Научная статья на тему 'INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY VA UNIVERSAL XUSUSIYATLARI'

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY VA UNIVERSAL XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3234
546
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqol / Alisher Navoiy / Furqat / Zavqiy / Lutfiy / grammatika / qiyoslash / proverb / Alisher Navoi / Furkat / Zavqiy / Lutfiy / grammar / comparison

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirzaaxmedova Maxliyo Yo‘ldashevna

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning ikki tildagi milliy-madaniy va universal xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqolada mashhur yozuvchi va olimlarning maqollar ustida olib borgan ishlaridagi xulosalari va maqollarning inson hayotidagi o‘rni, ahamiyati keltirib o‘tilgan. Turli tillardagi maqollarni qiyoslab o‘rganganimizda, ular o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni aniqladik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL-CULTURAL AND UNIVERSAL FEATURES OF PROVERBS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES

This article examines the role of “proverbs” in English and Uzbek cultures. In this article several ideas about proverbs and their peculiarities have been done by famous writes and researchers. This article will be useful in my own research as I develop a clear theoretical framework for the role of proverbs in in English and Uzbek cultures.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY VA UNIVERSAL XUSUSIYATLARI»

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY

VA UNIVERSAL XUSUSIYATLARI Mirzaaxmedova Maxliyo Yo'Idashevna TDYUU. Xorijiy tillar kafedrasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va o'zbek tillaridagi maqollarning ikki tildagi milliy-madaniy va universal xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Ushbu maqolada mashhur yozuvchi va olimlarning maqollar ustida olib borgan ishlaridagi xulosalari va maqollarning inson hayotidagi o 'rni, ahamiyati keltirib o 'tilgan. Turli tillardagi maqollarni qiyoslab o'rganganimizda, ular o'rtasidagi farq va o'xshashliklarni aniqladik.

Kalit so'zlar: maqol, Alisher Navoiy,Furqat,Zavqiy, Lutfiy,grammatika, qiyoslash,

Abstract: This article examines the role of "proverbs " in English and Uzbek cultures. In this article several ideas about proverbs and their peculiarities have been done by famous writes and researchers. This article will be useful in my own research as I develop a clear theoretical framework for the role of proverbs in in English and Uzbek cultures.

Аннотация: В статье рассматриваются национально-культурные и универсальные особенности двуязычных статей на английском и узбекском языках. В этой статье кратко излагается работа известных писателей и ученых над пословицами, а также роль и значение пословиц в жизни человека. Когда мы сравнивали пословицы на разных языках, мы выявили различия и сходства между ними.

KIRISH

Xalq yaratgan ma'naviy madaniyatning yaxlit bir butunligi bu albatta o'sha xalqning maqollari hisoblanadi. Har bir halqning og'zaki yoki o'zma yodgorligini olib qaraylik, unda bani bashar xotirasida elas-elas saqlanib kelayotgan asotir-afsonalar, uzoq tarix qa'ridagi ibtidoiy tasavvur va tushunchalar, asr-asrlar davomidagi kuzatishlardan xosil bo'lmish hayotiy hikmatlar qaymog'i-insoniy tafakkur tajribasining in'ikosini ko'ramiz. Ingliz va o'zbek xalq maqollari ham ana shunday ming yillar ichida yig'ilib, sayqal topgan ilmiy-badiiy tafakkur hosilasi sifatida yuzaga kelgan, xalq orasida aytilib, puxtalanib, avloddan avlodga eng yaxshi ma'naviy meroslardan biri bo'lib o'tib keladi. O'tmishda yaratilib va ishlatilib kelinayotgan eng yaxshi maqollar, xalq donishmandlarining namunasi sifatida, hozir ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bunday maqollar va hikmatli so'zlar har bir xalqning ma'naviy boyligining qimmatbaho xazinasini tashkil etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ingliz va o'zbek tillarida maqollarning milliy-madaniy va universal xususiyatlari haqida qisqacha tahlil olib borildi. Пермяков Г.Л. Основы структурной паремиология, Кухарева Е. В. Типологически-универсальное и национально- специфическое в арабских пословицах и поговорках nomli o'quv qo'llanma metodologik manba bo'lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Alisher Navoyi, Bobir, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Lutfiy kabi shoir va yozuvchilar xalqqa tushinilishi oson bo'lsin deb xalq ijodidan samarali foydalanganlar. YOzuvchi M.Gorkiy ham maqqollarga yuksak baho berib: "Eng ulug' donolik so'zning soddaligadadir. Maqollar va qo'shiqlar har vaqt qisqa bo'ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo'ladi" degan edi.

Maqollarni chuqurroq tahlil etish va ularning turli tillardagi milliy-ma'daniy hamda umumbashariy qadriyatlarini aks etishi orqali o'rganish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammosi bo'lib kelmoqda. Qiyoslab o'rganadigan bo'lsak, dunyodagi barcha tillar o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin va aynan shu fenomen turli tillarni bir-biridan ajratadi. Lekin shu narsa ma'lumki, til o'rganuvchilar o'ziga begona bo'lgan tilni ona tili va shu til o'rtasida ma'lum bir bog'liqlik asosida o'zlashtiradi. Bu tillar ma'lum bir kategoriyalar ostida birlashadi. Bu kategoriyalarda grammatik kategoriyalar, leksik-semantik kategoriyalar, funksiyanal kategoriyalarga o'xshagan lisoniy belgilar kiradi. Demak, umumlashtiruvchi kategoriyalar tillardagi universallikni ta'minlaydi. SHu asnoda, maqollar har bir tilda uchraydigan o'ziga xos til birligi ekan, ularda ham umumiylik mavjud. SHu haqda G. L. Permiakov quyidagicha fikr yuritadi: holatlarni umumiylashtirish xususiyati ya'ni bir xil yoki o'xshash holatlarni birlashtirish turli xalqlar maqollarida uchraydi. Maqollardagi shu bir xillik universallikni ta'minlaydi va ko'p holatlarda alohida mantiqiy ma'noga ega bo'ladilar. Bundan kelib chiqadiki, maqol dunyosi jahon sivilizatsiyasi bilan bog'liqdir, uni faqat bir millatga tegishli deyish mutlaqo noto'g'ri. Maqollardagi universallik paremiologiyaning asosiy qirrasi bolib, u maqollardagi o'xshash va bir xil xolatlarni umumlashtiradi va hatto qarindosh bo'lmagan tillarda, ularning tarixiga, etnosiga qaramay uchraydi1.

SHuni aytib o'tish kerakki, ko'plab maqollarning har xil tillardagi shakllarida ham shaklan, ham ma'no jihatdan yoki umumiy bajarayotgan funksiyalaridan

o'xshashlik topsa bo'ladi. O'zbek tilidagi ayrim maqollar ingliz maqollariga funksional jihatdan mos keladi. Masalan, First think, then speak maqolini o'zbek tilidagi muqobil varianti Avval o'yla - keyin so'yla maqoliga to'g'ri keladi, chunki bu maqol har ikkala tilda aynan bir xil ma'noga ega hamda uning grammatik tizimi ham ancha yaqin.

SHu bilan birga, ma'lum bir tildan ikkinchi tilga berilgan o'girishlarda maqollarning aynan o'xshashini topish qiyin bo'ladi. SHunda izohlarga yoki ikkinchi bir adekvat variantga murojaat qilinadi. O'zbek tilidagi maqollarning ingliz tilida yoki ingliz tilidagi maqollarning o'zbek tilidagi muqobil variantini topish ancha mushkul, bu borada maqollarga o'rni kelganda izoh berib o'tish tarjimaga putur etkazmaydi balki uni to'ldiradi va boyitadi.

So'zlaguvchi nodon bo'lsa, eshitguvchi dano bo'lsin maqolinining aynan nusxasi inglizchala yo'q bo'lgani holda bu maqolni uning yaqinroq ekvivalenti bilan berish mumkin. Lekin uni If speaker is fool listener should be wise deb tarjima qilinsa uning o'zbekcha qoloriti saqlanib qoladi va bu hammaga tushunarli bo'ladi. Xuddi shu so'zlarni Qassob moy qayg'usida, echki - jon qayg'usida maqoliga ham qo'llab uni The butcher grieves for bacon, and the goat - for its life qabilida berilsa ma'qul bo'ladi. Qizi borning nozi bor maqolini ingliz tiliga Who has a daughter that has a whim qabilida berilsa Markaziy Osiyo xalqlari, xususan o'zbek urfodatlaridan bexabar ingliz o'quvchisi uni butunlay tushunmasligi mumkin. Ingliz tiliga uni Parents of the bride may be capricious (they can expose their own terms) deb ag'darishdan boshqa chora yo'q. Boshqa yo'li: bu maqol mazmunini beruvchi boshqa maqol topish lozim deb hisoblaymiz.

Bir-birlariga ma'no va stilistik vazifa jihatlaridan mos bo'lib, so'z tartibida kamdan-kam mos bo'lsa, sonda kamdan-kam farq qiladilar, leksik tarkib jihatidan farq qiladigan muqobil variantlar. Ularning ko'pchiligi shaklan milliy, mazmunan baynalmilaldirdar. Ular shakli bilan o'zlarining muayyan milliy tilga mansubliklarini tasdiqlasalar, mazmuni bilan jahon madaniyati va sivilizatsiyasi mahsuli ekanliklarini namoyon qiladilar.

Pigeon's milk Anqoning urug'i

Every dog is a lion at home Har kim o'z uyida bek

All bread is not baked in one oven Besh qo'l baravar emas

No pleasure without pain Gul tikansiz bo'lmas

Biror kamyob, kimmatbaxo, orzu qilib etib bo'lmaydigan narsani inglizlar «Pigeon's milk» (kabutarning suti), ruslar «Ptiche moloko» desalar, o'zbeklar «anqoning urug'i » (afsonaviy qush tuxumi) deydilar. Aslzoda jamiyat vakillari

inglizlar va ruslar nazarida «Blue blood» (zangori kon), «Golubaya krov» hisoblansalar, o'zbeklar tasavvurida «Ok suyak»dirlar. Odamlardan allaqachon barchaga ma'lum sirni yashirishning bexudaligini obrazli ifodalash uchun ruslar «SHila v meshke ne utonesh» maqoliga murojaat qilsalar, o'zbeklar ushbu o'rinda «Oyni etak bilan yopib bo'lmas» maqolidan foydalanadilar. «Hamma odam bir xil emas» tushunchasini inglizlar obrazli tarzda «All bread is not baked in one oven» (barcha non bir tandirda yopilmaydi), o'zbeklar «besh qo'l baravar emas» deydilar.

Ma'lumki har bir xalq o'z e'tiqodi, milliy hususiyati, o'ziga xos fantastik obrazlari, turli tuman ko'chma manoli birikmalari uchun asos qilib olingan misollari bor.

SHu kabi V.SHekspir asarlaridagi maqol va matalarda ham yuqoridagi jihatlar o'z ifodasini topgan. Tillardan tillarga tarjima qilish mumkinligini asoslaydigan narsa jaxon xalqlari garchi turli tuman tillarda so'zlashsalar, ammo ularning taffakkur qonunlari bir xildir.

V.SHekspir asrlaridagi maqol va matallar ham o'z davri turmushining xalq taffakkuri asosida yuzaga degan tushunchalarni o'zida mujassam qiladi.

E. V. Kuxareva arab va rus maqollari bo'yicha tadqiqotlar olib borib, shunday xulosa qiladiki, aksariyat maqollar mavzu va xolatlarga nisbatan umumiylikka ega ekan. Bu umumiylikni paremiologlar turlicha asoslar ekanlar: bir guruh olimlar maqollardagi o'xshashlikni etnik kelib chiqish va qarindoshligi bilan asoslasa, boshqa olimlar yangi maishiy va ma'daniy aloqalarning kirib kelishi va qabul qilinishida deydilar, uchunchi guruh olimlari esa tarixiy rivojlanish pog'onalari natijasi va g'oyalar uyg'unligida deb asoslaydilar.

"Universaliya" atamasi lotincha "universalis" so'zidan olingan bo'lib, "umumiy", degan ma'nolarni anglatadi va u deyarli barcha tillardagi xususiyatlarni qamrab oladi. Universaliyalar ikki ko'rinishda bo'ladi: deduktiv universaliyalar -shunday til xususiyatlariki, ular barcha tillarda uchraydi va aniq ifodalanadi. Bularga asosan gaplarning har xil strukturaviy turlarining ishlatilishi kiradi; induktiv universiyalar esa deyarli barcha mashhur tillarda mavjud. Xulosa qilib shuni izohlaydiki, maqollar ta'rifi barcha xalq madaniyatiga mos kelishi va ularni qoniqtirishi kerak ekan2. Masalan: Love and cough cannot be hidden - Muhabbat va yo'talni yashirib bo'lmaydi va Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi maqollari turli madaniyatga xos bo'lsa ham, ya'ni biri ingliz milliy madaniyatiga va ikkinchisi o'zbek milliy madaniyatiga oid til birikmalari bo'lsada, ulardagi mantiqiy mazmun deyarli bir xil ya'ni kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi. Turli til va milliy madaniyatdagi universallik esa yuqoridagi maqollarda ochiq ko'rinib turibdi.

K. Y. Alibekov shuni ta'kidlaydiki, hozirgi kunda maqollar faqatgina xalq og'zaki ijodi namunasi sifatida emas, balki lingvomadaniyatning birligi sifatida o'rganilmoqda. U "sog'liq" va "gigiena" konseptlarini rus, o'zbek va qozoq tillarida qiyoslab o'rganib, shunday xulosaga keladiki, rus madaniyatida "sog'lik" va "gigiena" konseptlari qimmatbaho zaruratni kasb etsa, o'zbek va qozoq tillarida bu konseptlar boylik bilan tenglashadi. Bo'ndan ko'rinib turibdiki, uch xalqning milliy madaniyatida mazkur konseptida bir-biriga deyarli yaqin ma'nolarni anglatadi 3.

K. Tumanishvili maqollar - bu millatning tarixiy o'y-fikrlari natijasi bo'lib, ularni ma'lum bir guruhning "avtobiografik" xotirasi deb nomlaydi. Maqollar milliy shakl namunalari bo'lib, millat ongida uyg'unlikda va milliy fikrlash tizimi asosida joylashgandir. Bu esa etnik guruhning qirralarini tabiiy ravishda namoyon etadi. Va genetik axborot natijasida quriladi 4.

Demak maqollarning universal va milliy xususiyatlari egaligi haqida ko'p tadqiqotlar olib borilgan. Universal xususiyatlar maqollarning tuzilishida, bir ma'noviylik va ko'p ma'noviylikligida hamda mavzularida namoyon bo'lsa, buning sababi tarixiy rivojlanish, xalqaro aloqalarning kuchayishi va umumbashariy qadryatlarning o'sishi hisoblanadi. Milliy xususiyatlar - milliy fe'l-atvor, milliy ruh aksi bo'lib, muayyan bir etnosga tegishli xususiyatlardir. Muayyan bir etnosning yashash joyi, tarixi va milliyligi kabi zaruriy qirralarini bilmasdan turib, uning maqollari mag'zini, ma'nosini tushunish mutlaqo mumkin emas.

Maqollar xushyor bo'lishga, do'stni dushmandan farq qilishga, insonparvar, xushfe'l, shirin so'z, sadoqatli bo'lishga, ota-ona, qarindosh-urug' va do'stlarni qadrlashga, kattalarni xurmat qilishga, kichiklarga nisbatan shafqatli bo'lishga o'rgatadi: "YAxshi bilan yursang etarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga", "Hurmat qilsang hurmat ko'rasan".

Insonni tozalik va sog'likga chaqiruvchi maqollar qisqa va sodda so'zli bo'lib, ammo chuqur, teran ma'noli va ayni maqsadga yo'naltirilgandir: "Ko'zing og'risa qo'lingni tiy, iching og'risa nafsingni tiy!", "Odam - po'latdan qattiq, guldan nozik", "Sihat tilasang, ko'p ema, izzat tilasang, ko'p dema!", "Pokliging-sog'liging" kabi maqollar xalqimizda keng tarqalgan bo'lib eng yaxshi ma'naviy meroslarimizdandir. SHunday ekan, milliy istiqlol g'oyasini yoshlar ongiga singdirishda, ularni barkamol avlod etib tarbiyalashda talabalarga tushinilishi oson bo'lsin deb dono fikrlarni o'z ichiga olgan maqollar bilan suhbatlarimizni bezash va samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Пермяков Г.Л. Основы структурной паремиология. - Москва, 1988

2. Кухарева Е. В. Типологически-универсальное и национально-специфическое в арабских пословицах и поговорках. Ч.2.- М.: РУДН,2003.

3. Алибекова К. Е. Обучение трюкоязычных студентов медицинской лексике и пословицам русского языка с базовыми концептами "здоровье", "гигеана". -Ташкент, 2006.

4. Tumanishvili. The specific and the Universal in the Proverb Genre / Rustaveli Institute of Georgian Literature. Volumel, 2007.

5. Mirzaev T. O'zbek xalq maqollari.- Toshkent: SHarq, 2012.

6. Yuldashevna, M. M. (2019). THE INTERPRETATION OF THE CONCEPT" KNOWLEDGE" IN ENGLISH LITERATURE. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(10).

7. Maxliyo, M. (2019). REVIEW OF THE SCIENTIFIC TRANSLATION PROBLEM. So'z san'ati xalqaro jurnali, 1(5).

8. Surmanov, S., Tuyevna Akobirova, S., & Alisherovna Rasulmukhamedova, U. (2020). PECULARITIES OF IMPLICITNESS IN ARTISTIC TEXT. Theoretical & Applied Science, 2, 158-161.

9. Dilsuz, Z. (2019). EFFECTIVE TEACHING OF THE ENGLISH LANGUAGE BASED ON THE COMMUNICATIVE-CUMULATIVE METHOD IN THE PROCESS OF EDUCATION USING MODERN TECHNOLOGIES. So'z san'ati xalqaro jurnali, 1(5).

10. Bazarova N. et al. The basis of the word "heart" to become a poetic image //Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. - 2019. -T. 11. - №. 7. - S. 982-991

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.