Научная статья на тему 'O'ZBEK XALQ MAQOLLARI VA INGLIZ XALQ MAQOLLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI'

O'ZBEK XALQ MAQOLLARI VA INGLIZ XALQ MAQOLLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

3805
329
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o'zbek tili / ingliz tili / maqol / tarbiya / janr / ma’no / tarjima / Uzbek language / English / proverb / education / genre / meaning / translation

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shohida Abiyrovna Matyoqubova

Ushbu maqolada o’zbek va ingliz tilidagi maqollarining tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr mulohaza va millatlararo tarbiyaning o’xshashlik va farqli jihatlari ko’rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATIONAL IMPORTANCE OF UZBEK FOLK PROVERBS AND ENGLISH FOLK PROVERBS

In this Article is discussed educational importance of Uzbek and English proverbs and comparison of cultural education.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK XALQ MAQOLLARI VA INGLIZ XALQ MAQOLLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI»

O'ZBEK XALQ MAQOLLARI VA INGLIZ XALQ MAQOLLARINING

TARBIYAVIY AHAMIYATI

Shohida Abiyrovna Matyoqubova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek va ingliz tilidagi maqollarining tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr mulohaza va millatlararo tarbiyaning o'xshashlik va farqli jihatlari ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: o'zbek tili, ingliz tili, maqol, tarbiya, janr, ma'no, tarjima

EDUCATIONAL IMPORTANCE OF UZBEK FOLK PROVERBS AND

ENGLISH FOLK PROVERBS

Shohida Abiyrovna Matyokubova

Master Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

In this Article is discussed educational importance of Uzbek and English proverbs and comparison of cultural education.

Keywords: Uzbek language, English, proverb, education, genre, meaning, translation

KIRISH

Maqol — xalq og'zaki ijodi janri; qisqa va lo'nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma'noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli janr. Muayyan ritmik shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuy-g'ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Har bir tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafak-kurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik va falsafiyi qarashlari, qisqasi, o'zi va o'zligi to'la namoyon bo'lgandir. Shuning uchun ham maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli so'zlashuv va o'zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va

ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo'llanilib kelgan va qo'llanmoqda.

METODOLOGIYA

Yillararo, davrlararo ularning yangilari yaratilib turgan, eskilarining — jonli muomalada, tilda mavjudlarining ma'no doirasi kengayib yoki torayib borgan. Hatto ularning muayyan qismi unutilib ketgan. Maqollar ko'p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat'iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so'zning ma'no xilma-xilligi, iboralarning turg'unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi. Ammo qo'llanish o'rniga qarab ularning ma'no doirasi doimiy ravishda kengayib boradi. Shuning uchun ham maqoldagi har bir so'zga alohida e'tibor berish kerak. Ularda shunday so'zlar borki, bu so'zlar tarixan butunlay boshqa ma'nolarni anglatgan. Bundan tashqari har bir millatning o'z diniy e'tiqodi, yashash uslubi, madaniyati, dunyoqarashi borki, ular folklorshunoslikda o'rganiladigan maqollarda qisman o'z aksini topadi.

Millatni madaniyatini, xalqning o'zligini milliy qadriyatlarini ko'rsatuvchi, ifodalovchi omillardan biri bu shu xalqqagina xos bo'lgan xalq og'zaki ijodidir. Xalq og'zaki ijodining takrorlanmas janrlari va o'ziga xos durdonalari bo'lib shulardan xalq o'g'zaki ijodining eng muhim janrlaridan biri bo'lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o'rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Folklo rning eng muhim janrlaridan biri bo'lgan maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o'rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Folklorshunos olimlar asrlar davomida maqollar yuzasidan o'z mamlakatlarining olis qishloqlariga ekspeditsiyalar uyushtirib kelishmoqda va xalq tilidan yildan yilga turli mavzularga doir bo'lgan takrorlanmas maqollarni jamlab kelishmoqda.

Maqollar dunyo xalqlarining yillar davomida to'plangan dono hikmatlari namunalaridir. Maqollardan insonlar tarbiyaviy masalalarga xos bolgan tushunchalarni, ota bobolardan qolgan eng muhim boylik hisobida e'zozlab foydalanib kelishadi.

Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janrdir.

O'zbek folklorshunosligida maqolga adabiy nuqtai nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiy til ravonligini ta'minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so'z sanatkorlarining diqqat markazida bo'lgan. Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy til ravonligini ta'minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so'z san'atkorlarining diqqat markazida bo'lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur,

Abulg'ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G'afur G'ulom va boshqa o'nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o'rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba'zan aynan, ba'zan o'zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. Ingliz xalq maqollari ham xuddi o'zbek xalq maqollari singari g'oyat mukammal va xalq o'gzaki ijodining eng sara namunalaridan biri hisoblanadi. Ishimizning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda ingliz xalq maqollarini ingliz tilshunosligida o'rganilish tarixi juda muhim. Bu sohada ish olib borgan olimlar, va ularning qilgan ishlarini o'rganish mavzuyimizni yanada mustahkamlab beradi. Shu o'rinda quyida ingliz olimlari tomonidan qilingan ishlarni keltirib o'tamiz.

Odatda tili va madaniyati bir xil bo'lgan millatlarning maqollari ham bir-biriga yaqin bo'ladi. Ingliz va butun butun G'arbiy Yevropa davlatlarining xalq o'g'zaki ijodi va aynan maqollarning tarqalishida, maqollar kitobi deb atalmish "Bible" ya'ni Biblyaning o'rni katta. Kitob ingliz xalq maqollarini o'zida jamlagan bo'lib, aynan qadimgi davrdagi ajdodlar tomonidan aytilgan maqollar keltirilgan. Ko'plab ingliz olimlari tomonidan maqolga quyidagicha izohlar keltiriladi. Mashhur ingliz filklorshunosi, professor Mayder maqolni quyidagicha izohlaydi:

"Proverbs are used in a wide range of situations and no limits to the use of the proverb. They can be used to: "strengthen our arguments, express certain generalizations, influence or manipulate other people, rationalize our own shortcomings, question certain behavioral patterns, satirize social ills, poke fun at ridiculous situations".

Ya'ni : "Maqollar juda keng ko'lamda qo'llanilib ularni qo'llashda chegara yuq. Maqollar bizning dalillarimizni mustahkamlash, umumiy va aniq fikrlarimizni ifodalash, boshqa insonlarni boshqarish yoki ularga ta'sir o'tqazish, jamiyatdagi illatlarni ifodalash".

MUHOKAMA

Qaysi til qaysi millatning maollarini jamlasakham ulararo o'zaro o'xshashliklar va sezilarli farqlarni ko'rishimiz mumkin. O'xshashlik tomonlari shundan iboratki, tarbiya masalasi qaysi din, qaysi millat bo'lishidan qat'iy nazar bir biriga juda o'xshash. Tarbiya har bir oilada deyarlik birdek. Ammo dinlar o'zgachaligi, millatning erki o'zgachaligi uzaro farqlarni keltirib chiqaradi.

Quyida bir qator ingliz va o'zbek maqollarini tahlil qilamiz:

"Early to bed and early to rise" Erta turganga xudo beradi

Har ikki millatda ham erta uyg'ongan insonning kuni barakali bo'lishi haqida.

You have made bed, and you must lie on it. "Har kim ekkanini o'rar"

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 As a man sows, so shall he reap.

"O'z pishirgan oshingni aylanib ham, o'rgilib ham o'zing ye"

Inglizcha: "The nearer the Church, the farther from God" maqolini o'zbek tiliga tarjima qilsak - cherkovga yaqinlashgan sari Xudodan uzoqlashar- ma'nosini beradi. Bu o'zbek tilida: "Besh vaqt namozini tark etmas, Harom-xarishni farq etmas" maqoli orqali ifodalanadi.

XULOSA

Yuqorida biroz maqollar tahlili bilan cheklandik. Ammo diniy, madaniy, axloqiy bir biriga o'xshash, ayniqsa ingliz va o'zbek maqollarida solishtirib tahlil qilishga arzigulik maqollar soni beqiyos. Har bir xalqning folklorshunosligi hisoblanmish maqol janriga nazar tashlar ekanmiz biz bu janrning naqadar beqiyos ekaniga guvoh bo'lamiz. Xulosa qilib aytganda qaysi til, madaniyat bo'lishi dan qatiy nazar maqollar juda chuqur ma'noli boy janr hisoblanishiga amin bo'lamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. "O'zbek xalq maqollari" T.Mirzayev,A. Musaqulov. Toshkent(2005)

2. J.Raymond "Naprijonnost v poslovitsah" Zapadniy folklor. 1956

3. https://en.wikipedia.org/wiki/Proverb

4. Makhmatkulov, K., Gaziyeva, S., & Ashirova, M. (2020). LANGUAGE INTERFERENCE IN UZBEK AND ENGLISH. nternational Journal for Innovative Engineering and Management Research A Peer Reviewed Open Access International Journal, 09(09), 198-201

5. Usmonova, G. (2020). Borrowings of English vocabulary and their distinctive features. Экономика и социум, 72(5), 98-100.

6. Shohimardonova, M. O. (2020). the role of polysemantic verbs in the English and Uzbek languages. Amaliy lingvistika va adabiyotshunoslik muammolari, 1(2), 208211.

7. Abduramanova, D. V. (2020). INNOVATIVE TECHNIQUES OF TEACHING VOCABULARY IN THE SECOND LANGUAGE CLASSROOM. Science and Education, 1(Special Issue 2).

8. Khakimova, K. B. (2020). THE SUBJECT AND PLACE OF TOPONYMICS IN THE SYSTEM OF SCIENCES. Science and Education, 1(Special Issue 2).

9. Ashirbaeva, A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. Science and Education, 1(Special Issue 2).

10. Yusupova, M. A. (2019). COMMUNICATIVE COMPETENCE AS A CORE COMPETENCE IN TEACHING ENGLISH TO STUDENTS. Современные

исследования в области преподавания иностранных языков в неязыковом вузе, (8), 39-44.

REFERENCES

1. "O'zbek xalq maqollari" T.Mirzayev,A. Musaqulov. Toshkent(2005).

2. J.Raymond "Naprijonnost v poslovitsah" Zapadniy folklor. 1956

3. https://en.wikipedia.org/wiki/Proverb

4. Makhmatkulov, K., Gaziyeva, S., & Ashirova, M. (2020). LANGUAGE INTERFERENCE IN UZBEK AND ENGLISH. nternational Journal for Innovative Engineering and Management Research A Peer Reviewed Open Access International Journal, 09(09), 198-201

5. Usmonova, G. (2020). Borrowings of English vocabulary and their distinctive features. Экономика и социум, 72(5), 98-100.

6. Shohimardonova, M. O. (2020). the role of polysemantic verbs in the English and Uzbek languages. Amaliy lingvistika va adabiyotshunoslik muammolari, 1(2), 208211.

7. Abduramanova, D. V. (2020). INNOVATIVE TECHNIQUES OF TEACHING VOCABULARY IN THE SECOND LANGUAGE CLASSROOM. Science and Education, 1(Special Issue 2).

8. Khakimova, K. B. (2020). THE SUBJECT AND PLACE OF TOPONYMICS IN THE SYSTEM OF SCIENCES. Science and Education, 1(Special Issue 2).

9. Ashirbaeva, A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. Science and Education, 1(Special Issue 2).

10. Yusupova, M. A. (2019). COMMUNICATIVE COMPETENCE AS A CORE COMPETENCE IN TEACHING ENGLISH TO STUDENTS. Современные исследования в области преподавания иностранных языков в неязыковом вузе, (8), 39-44.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.