Научная статья на тему 'Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish'

Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1707
153
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Urf-odat / an’ana / udum / illat / ibrat / xalq og’zaki ijodi. / tradition / desease / example / public / folklore

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayeva Kibriyo Ravshanbekovna

Ushbu maqolada xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarning faolligini oshirishning masalalari ko’rilgan va ularning faolligini oshirish bo’yicha tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS THROUGH PEOPLE'S PEDAGOGY

In this article the author denoted issues of developing pupils' activity through public pedagogigy and given recommendations increasing their activity

Текст научной работы на тему «Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish»

XALQ PEDAGOGIKASI VOSITASIDA O'QUVCHILARNING IJTIMOIY

FAOLLIGINI OSHIRISH

Abdullayeva Kibriyo Ravshanbekovna Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada xalq pedagogikasi vositasida o'quvchilaming faolligini oshirishning masalalari ko'rilgan va ularning faolligini oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan

Kalit so'zlar: Urf-odat, an'ana, udum, illat, ibrat, xalq og'zaki ijodi.

ПОВЫШЕНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ

НАРОДНУЮ ПЕДАГОГИКУ

Абдуллаева Кибрийо Равшанбековна Наманганский государственный университет

Аннотация: В статье рассмотрены вопросы активизации деятельности учащихся посредством средств народной педагогики и данырекомендации в данной области

Ключевые слова: традиции, обичаи, образец, устное народное творчество

IMPROVEMENT OF SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS THROUGH

PEOPLE'S PEDAGOGY

Abdullaeva Kibriyo Ravshanbekovna Namangan State University

Abstract: In this article the author denoted issues of developing pupils' activity through public pedagogigy and given recommendations increasing their activity Keywords: tradition, desease, example, public, folklore

Bebaho qadriyatimiz- xalq og'zaki ijodi manbalaridan farzandlarimiz tarbiyasida foydalanishimiz zarur. Zero, yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.

Xalq pedagogikasi manbalariga kiruvchi xalq og'zaki ijodi janrlarining tarbiyaviy ahamiyati juda ham katta. Milliy urf-odatlar, an'analar, udumlar, xalq o'yinlari va o'yinchoqlari, bayram va marosimlarning tarbiya vositasi sifatidagi o'rni,

ЕЗ^^Н 126 http://oac.dsmi-qf.uz

oila tarbiyasi, yoshlarni tarbiyalashning metod, usul va vositalari, islom dinining odob-axloq, ilm-fan haqidagi ta'limotlari, xalq amaliy san'ati va hunarmandchiligi, milliy me'morchilik, milliy musiqa, xalq qo'shiqchiligi, raqs san'ati va milliy teatrlarning axloqiy tarbiyadagi o'rni, o'zbek xalqining muomala madaniyati, axloqiy me'yorlari, tabiat va inson munosabatlari, sog'lom turmush tarzi masalalari asosiy o'rinni egallaydi.

Xalq og'zaki ijodida barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid barcha masalalarni o'zida mujassam etish bilan birga o'quvchi yoshlar tarbiyasiga ijobiy fazilatlarni singdirish va turli yomon illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo'yicha qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud.

O'git-nasihat qilish, ibrat-o'rnak ko'rsatish, rag'batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo'llab kelgan bo'lib, uning quyidagi ijobiy shakllari: tushuntirish, o'rgatish, mashq qildirish, kun tartibini rejalashtirish, yaxshi xislat va ishlarga undash, istak bildirish, maqtash, olqish aytish, duo qilish, alqash, mukofotlash, taqdirlash, ishonch bildirish, oqlash, vasiyat qilish kabi metod va vositalar yoshlar tarbiyasida muhim o'rin egallaydi.

Hayotning mazmuni to'g'ri tushuntirish, farzandlarga odob-axloqni o'rgatish, ezgu ishlarga odatlantirishda xalq og'zaki ijodining na'munalari (qo'shiqlar, tez aytishlar, topishmoqlar, laparlar, dostonlar, ertaklar)da o'z aksini topgan. Masalan, xalq maqollari o'git va nasixat shaklida beriladi:

-Ko'kka boqma, ko'pga boq.

-Ko'kka boqqan yiqilur,

Loy botqoqqa tiqilur.

-Gap bilan shoshma, ish bilan shosh.

-Bugungi ishni ertaga qo'yma.

Ko'rib turganimizdek, maqollardagi odob-axloq mazmuni o'git-nasihat tarzida berilgan. Xalq dostonlarida ham tarbiyaning bu shaklini ko'plab uchratamiz. Masalan, "Erali va Sherali" dostonida ustoz o'z shogirdlariga quyidagicha nasihat qiladi:

Yaxshilikdan ajratmasin dilingni,

Ham yaxshilik ustun qilar qo'lingni,

Miskinlarga sarf ayla, ber puligni,

Men sening qurboning bo'lay, Erali.

Tarbiya metodlari ichida eng ko'p qo'llaniladigan turi bu na'muna, ibrat ko'rsatish, ya'ni o'rnak bo'lishdir. Buyuk allomalar va mutafakkirlarning hayot yo'li bizga doimo ibrat maktabi bo'lib qoladi. Chunonchi, oiladagi kattalar ham o'z farzandlari uchun doim o'rnak ko'zgusi bo'lmoqliklari kerak. Chunki, bola barcha yaxshi fazilatlarni ham, yomon illatlarni ham, eng avvalo oiladan o'rganadi, zero, xalqimiz "Qush uyasida ko'rganini qiladi", deb bejiz aytishmagan.

"Qobusnoma"dan keltirilgan quyidagi parchalarda ham o'quvchilarni tarbiyali va tartibli bo'lishga o'rgatiladi:

- Ey farzand, bilginki, ko'p uxlash-yomon odat. U kishini lanj va dangasa qiladi.

-Uyqu uchun ko'p vaqt sarflab, kunduzni kechaga aylantirma.

-Erta turishni odat qil.

-Hunarsiz kishi bilan do'st bo'lma.

Xalq pedagogikasidagi rag'batlantirish metodiga maqtash, ma'qullash, alqash, mukofotlash kabi shakllarni kiritishimiz mumkin. Bolalarning yaxshi fazilat ila amalga oshirgan ibratli ishlari kattalar tomonidan ma'qullansa, maqtalsa, olqishlansa, rahmat aytilsa, alqansa va imkon doirasida taqdirlansa, ular yanada yaxshi hislatlarga ega bo'lishga, yaxshi ishlarni bajarishga harakat qiladilar. Bunga o'zbek xalq og'zaki ijodidan ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Asar qahramonlari xalqni zolimning zulmidan qutqarib, xalqning olqishi va rahmatiga sazovor bo'lganligi, munosib taqdirlanganligi haqidagi ertak, rivoyat, afsona, asotir va dostonlar behisob. Maqtash, alqash paytida:

-"Tarbiya bergan ota-onangga rahmat", -"Ta'lim bergan ustozingga rahmat", -"Barakalla, o'g'lim, qizim", -"Aql-u hushing, idrokingga ofarin", -"Oqilaligingga tahsinlar bo'lsin" kabi jumlalar ishlatiladi. Xalq og'zaki ijodining ko'plab janrlarida xalq orzu qilgan, el-yurt va hukmdorlar topshirig'ini o'zining mardligi va matonati, donishmandligi bilan ado etgan obrazlarning mukofotlanganliklari haqida bayon qilinadi. Bu asarlardagi "...Barakalla, seni o'stirgan ota-onangga rahmat", -deb, ustidan tillo, javohirlar sochibdi; "Podsho uch kun-u uch tun to'y tomosha qilib, qizini bahodirga uzatibdi";"...Uni jasorati va mardligi uchun shaharga hokim (yoki vazir) etib tayinlabdi"; "Tila tilagingni, -debdi va barcha tilaklarini bajo aylabdi", kabi jumlalarda o'z aksini topgan. Asosan yoshi ulug'lar, ota-onalar farzandlarining ijobiy ishlaridan minnatdor bo'lishganda o'zlarining chuqur ichki istak va niyatlarini alqash orqali amalga oshirganlar. Keyinchalik, bu istak va tilaklarni ollohdan so'raydigan bo'lganlar va shu tariqa alqash-duolar yuzaga kelgan, alqashdan oldin "ilohim" so'zi ishlatila boshlagan. Quyida alqash-duolarga misollar keltiramiz: (ilohim) umringdan baraka top; qo'ling dard ko'rmasin; tan-u joning sog' bo'lsin; ilohim niyatingga yet; to'y bo'lsin, g'am bo'lmasin; yaxshi kunlarga yetkazsin; ko'p bersin, ko'l bersin, keng fe'l, ketmas davlat bersin; biring ikki, ikking tuman bo'lsin; yegan noning halol bo'lsin; farishtalar omin desin va h.

O'zbek xalqi azal-azaldan yosh avlodni komil inson sifatida voyaga yetkazishga katta e'tibor qaratib kelingan. Xususan, shuning natijasida yurtimizda Alisher

Navoiy, Beruniy, ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Al-Xorazmiy, Bobur, Al- Buhoriy, Farobiy va shu kabi buyuk olim-u fuzalolar tarbiya topganlar. Bundan tashqari yurtimizda XIX asr va XX asrda yashab ijod etgan bir qancha ijodkorlarni Usmon Nosir, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Cho'lpon, Oybek, G'ofur G'ulom, Ozod Sharafiddinov kabi vatanparvarlar, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar Otin, Zulfiya, Saida Zunnunova kabi vafoda tengi yo'q, ilmda zukko ayollarimizni ham tilga olish zarur.

Ota- bobolarimiz bu darajaga yetishish uchun, eng avvalo, qalblarda Allohga bo'lgan muhabbat va e'tiqodlari, vatanga bo'lgan sadoqatni, maqsadga yarasha intilish zarurligini, ilm ulug'ligini namoyon etganlar.

Bizda bolalar tarbiyasi qadar ahamiyat berilmagan bir masala yo'qdir. Shuning uchun kundan-kun har jihatdan qaror chekmakdamiz desak xato qilmag'on bo'lamiz.

Bolalarni tarbiyasida maktab darsligida berilgan xalq og'zaki ijodiga mansub materiallarni o'qish jarayonida o'quvchilar nafaqat o'zbek xalqining o'lmas ma'naviyat buloqlaridan bahramand bo'ladilar, balki o'zlari ham sevib o'qigan ertak-dastonlardagi qahramonlar kabi vatanparvar, mard, jasur, to'g'riso'z, mehnatsevar, kamtar va mehribon insonlar bo'lib yetishishni orzu qiladilar. Ana shunday kishilar haqida tasavvur hosil qiladilar; ezgulikni hayotdagi o'rnini bilib oladilar. Bularning hammasi bola shaxsining shakllanishiga yordam beradi.

Sinfdan tashqari o'qish darslarida bolalarni xalq og'zaki ijodi asarlari vositasida estetik tarbiyalashga ham alohida ahamiyat beriladi. O'qitilayotgan matn va uni o'rgatish metodlari bolaning estetik qabul qilish qobilyatini, tabiat va jamiyatdagi haqiqiy go'zallikni ajrata olish, kishilar hayoti va san'atdagi go'zallikni his qilish kabi estetik fazilatlarni rivojlantirish uchun xizmat qilishi lozim. Bularning hammasi boshlang'ich sinif o'quvchilarni tarbiyalashda hamda ularning ma'naviy dunyosini boyitishda xalq og'zaki ijodi materiallarining alohida o'rni borligini ko'rsatadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy barkamol inson qilib tarbiyalashda xalq og'zaki ijodi namunalaridan unumli foydalanish yo'llarini ochib berish masalasi hozirgi metodika va pedagogikaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi

Boshlang'ich sinf o'quvchilari eng avvalo ertaklar bilan tanishadilar. Ma'lumki, ertaklar xalq og'zaki ijodiyotining eng qadimiy ommaviy va keng tarqalgan jannrlardan biridir. Ertaklarda voqea va hodisalar bo'lib o'tgan o'rni va zamoni nooaniq umumiy tarzda ifodalanadi. Bundan tashqari, ertaklarning zamon va makon e'tibori bilan yuzaga kelgan o'rni ham turlicha. Ularning tili va uslubi farq qiladi. U yoki bu ertak qaysi turga taalluqli ekanini aniqlash uchun diqqat-e'tibor bilan mazmunini va asosiy vazifasini belgilash lozim bo'ladi. Masalan: sehrli ertaklar hamda hayvonlar haqidagi ertaklar bilan ishqiy-sarguzasht tipidagi yoki hajviy ertaklarning mustaqil janr sifatida tashkil topishi ham turli davrlarga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham har xil davrda yaratilgan va turli xil jamiyat qatlamlari tizimini

ozida saqlagan "Kenja Botir", "Ur to'qmoq", "Chol bilan kampir", "Bo'ri bilan tulki" kabi ertaklarning syujet tarkibi, xarakteri, obrazlar sistemasi, turli va hikoya qilishi uslubiga o'xshash va farqli tomonlar mavjud. Negaki, ertak o'zining taraqqiyoti davomida ba'zi motiv obrazlarni yo'qotishi, yangi-yangi belgilarni qabul qilishi mumkin, ba'zan esa an'anaviy elementlar yangicha talqin etilgan boladi.

Xullas, har bir ertakning xususiyat tarkibi, uning g'oyaviy mazmuni, badiiy vositalari oziga xos xususiyatni korsatib turadi. "Zumrad va Qimmat" yoki "Oltin tarvuz" kabilar asosan sehrli ertaklardir. Biroq asosiy qahramonlar qiyofasi, ularning xatti-harakatlari hajviy ertaklarning bosh qahramonlarini eslatadi. Lekin bu ertaklarda hajviy, hajviy ertaklarda bo'lganidek aql-idrok, tadbirkorlik uchun asar yechimida hal qiluvchi vazifalarni otaydi. Faqat ularning u yoki bu ertaklardagi mazmun darajasi, ishlatish o'rni, maqsad vazifalarini e'tiborga olish kerak. Shundagina o'qituvchi oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishi mumkin.

Demak, oilada bolani tarbiyalashda, oilada bolani ham bilimga qiziqishini oshirishda, ham komil inson qilib tarbiyalashda xalq pedagogikasi manbalariga kiruvchi xalq og'zaki ijodi janrlari na'munalaridan foydalanish ijobiy natija beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.