Научная статья на тему 'CHINGIZ AYTMATOVNING “OQ KEMA” ASARINI O’QITISHDA INTERAKTIV USULLAR'

CHINGIZ AYTMATOVNING “OQ KEMA” ASARINI O’QITISHDA INTERAKTIV USULLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2554
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interaktiv usullar / “10x10” usuli / “O’yla / izla / top” usuli / “Nima uchun…?” usuli / interactive methods / "10x10" method / "Think / search / find" method / "Why…?" method

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Odiljon Qizi Abdullayeva

Ushbu maqolada Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarini o’qitishda turli interaktiv usullar ishlab chiqilgan va ushbu usullarning ta’lim tizimidagi ahamiyati hamda samarasi haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERACTIVE METHODS IN TEACHING CHINGIZ AITMATOV'S “OQ KEMA”

This article discusses various interactive methods of teaching Chingiz Aitmatov's "White Ship" and the importance and effectiveness of these methods in the education system.

Текст научной работы на тему «CHINGIZ AYTMATOVNING “OQ KEMA” ASARINI O’QITISHDA INTERAKTIV USULLAR»

CHINGIZ AYTMATOVNING "OQ KEMA" ASARINI O'QITISHDA

INTERAKTIV USULLAR

Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda turli interaktiv usullar ishlab chiqilgan va ushbu usullarning ta'lim tizimidagi ahamiyati hamda samarasi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: interaktiv usullar, "10x10" usuli, "O'yla, izla, top" usuli, "Nima uchun...?" usuli

INTERACTIVE METHODS IN TEACHING CHINGIZ AITMATOV'S "OQ

KEMA"

Ozoda Odiljon kizi Abdullaeva

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABCTRACT

This article discusses various interactive methods of teaching Chingiz Aitmatov's "White Ship" and the importance and effectiveness of these methods in the education system.

Keywords: interactive methods, "10x10" method, "Think, search, find" method, "Why.?" method

KIRISH

Bugungi kunda ta'lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi interfaol metodlar, interaktiv usullarni ta'lim beruvchilar tomonidan o'zlashtirilib va qo'llanib borilishi, ta'lim mazmunini o'zgartirib yubordi desak yangilishmagan bo'lamiz.

Zamonaviy o'qituvchi ta'lim oluvchilarni fanga ijodkorlik nuqtayi nazaridan qarashlarini tashkil etishi, izlanuvchanlik va mustaqil fikr yuritish xususiyatlarini to'g'ri shakllantirishi hamda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda dars soatlarini tashkil etishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adabiyot fani bugungi kun o'quvchisining fikrlay olish, tasavvurini boyitish, ziyrakligi, diqqatini oshirish, nutqini o'stirish, o'z shaxsiy fikrini ayta olish, hayotga

real qarashini shakllantish, matnni tahlil qilish imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi va uni o'stirishga, takomillashishga xizmat qiladi.

Maktab o'quv dasturida Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari 7-sinfda o'qitiladi. Ma'lumki, bu asar bir muncha murakkabroq, turli ramziy obrazlarga boy asar hisoblanadi. Shuning uchun ham bu asarni tahlil qilishda o'quvchilar yaxshi tushunishi uchun ularga oldinroq uyda mustaqil o'qib kelish topshirg'i berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ushbu asarni o'qitishda quyidagi interaktiv usullardan foydalanish tavsiya etiladi MUHOKAMA VA NATIJALAR

Uyga vazifa sifatida berilgan mustaqil o'qib kelish topshirig'i asosida uni tahlil qilish uchun sinf 3 ta kichik guruhga ajratiladi va guruhlardan turli usullarda tahlil namunalari olinadi.

1-usul - "10 x 10" yoki "O'ntalikni top" deb nomlanadi. Bunda o'quvchilar berilgan savollarga 10 ta variantdagi javob keltirishlari talab etiladi. Bu usul o'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi, so'z boyligini oshiradi, sinonim so'zlardan foydalanish mahoratini shakllantiradi, zehnining o'tkir bo'lishi va har bir narsaga diqqat bilan qarashiga o'rgatadi.

1-kichik guruh. Asarning bosh qahramoni kim? Unga 10 ta ta'rif bering.

Masalan: Asarning bosh qahramoni sakkiz yoshli bola.1) ota-onasi yo'q 2) "tuya" degan sarg'ish bukri toshi bor 3) eng sevimli toshi bu "tank" 4) qop-qora dermatin portfeli bor 5) kuzda maktabga borishi kerak 6) durbini bor 7) buzoqchasi bor 8) Qorovultog'dan durbin bilan oq kemani kuzatadi 9) uning g'alati orzusi bor : baliqqa aylanib qolishni va uzoq-uzoqlarga suzib ketishni xayol qiladi 10) unga bobosi ko'lob yasab bergan.

2- kichik guruh. Asarning keyingi qahramoni kim? Ularga 10 ta ta'rif bering.

Asarning keyingi qahramoni Mo'min chaqqon. 1) ko'pni ko'rgan kishilar uni Mo'min chaqqon deb atashadi 2) ko'pni taniydigan inson 3) ochiqko'ngil va yaxshilik ulashuvchi 4) sadoqatli va xushmuomala inson 5) atrofdagilar uni qadriga yetishmasdi, unga betakalluf muomala qilishardi 6) u bug'u avlodidan 7) ikkita qizi bor 8) o'zi sezmagan holda kamdan kam uchraydigan baxtli odam edi 9) kuyovining zug'umi va baxtsiz qizining iltijosi tufayli o'z qo'li bilan bug'u so'yishga majbur bo'ladi 10) nabirasiga mehribon bobo.

3- kichik guruh. Asarda keltirilgan daraxt, hayvon, taom va detallar nomi

1) shiroljin 2) buzoqcha 3) bug'u 4) ot 5) baliq 6) durbin 7) kema 8) tosh 9) chaqirtikanak 10) pechakgul

2-usulni "Nima uchun...?" deb ataymiz. Bunda kichik guruhlar berilgan topshiriq yuzasidan "—Nega...?" so'rog'iga bilganlari bo'yicha so'zlab beradilar. Bu usul o'quvchilarning fikrlash, eslab qolish va nutq so'zlash qobiliyatlarini shakllantiradi Umumiy savol: Bolaning ikkita ertagi bor edi. Ular

1-kichik guruh: Birinchi ertagi - o'zining ertagi. ^ .. .nega?

2-kichik guruh: ikkinchi ertagi - bobosi so'zlab bergan ertagi .. ...nega?

3- kichik guruh: ikki ertakni bog'lab turuvchi vosita - bug'u... ^ .. .nega?

3- usul "O'yla, izla, top". Bunda asardagi kichik epizodlarni topish bo'yicha yopiq test beriladi. Bu usul o'quvchilar zehnini va diqqatini o'rganadi.

1-savol: qo'ng'ir -oq oralagan, yoldor cho'ng peshonali tosh? ( "bo'ri")

2-savol: baland bo'yli, gulsiz, lekin xushbo'y hidli bo'ladi? ( shiroljin )

3-savol: kishining jonidak bo'lak hamma narsa bor? ( mashina-magazin )

4-savol: kulguli, sichqonning inicha keladi? ( ko'lob)

5-savol: kulrang cherepitsa bilan yopilgan, yolg'iz trubasi qiyshayib turgan bino? ( maktab )

Dars so'ngida "Qissadan olgan taassurotlarim" mavzusida matn yozish uyga vazifa sifatida beriladi.

Yuqorida keltirilgan usullar yordamida berilgan qissa o'quvchilar tushunchalarini kengaytiradi, asarni tahlil qilishga yordam beradi. Do'stlarining fikrlarini umumlashtirish, jamlash va xulosa chiqarish ko'nikmasini shakllantiradi.

XULOSA

Axborot asridagi turli yangilanishlar va o'zgarishlar adabiyotning o'zida ham, uni o'qitish sohasida ham yangicha yondashuvlarni talab etadi. Shunday ekan, har bir ta'lim beruvchi u yangiliklarni dars jarayonlariga tatbiq etishi, zamonaviy ta'lim standartlariga mos tarzda dars mashg'ulotlarini tashkil qilishi maqsadga muvofiq bo'ladi va bu darsning yanada sifatli va mazmunli bo'lishida katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Adabiyot . 7-sinf uchun darslik . / S. Ahmedov, R. Qo'chqorov, Sh. Rizayev. -Toshkent: , 2017

2. Ona tili o'qitish metodikasi. K. Qosimov, S. Matchonov, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. - T.: "NOSHIR", - 2009

3. Abdullayeva, O. O. (2021). ABAY IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 4-9.

4. Abdullayeva, O. O. (2021). IBROYIM YUSUPOV IJODI ASOSIDA O'QUVCHILARNING VATANPARVARLIK TUYG'ULARINI O'STIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 176-180.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

5. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'LJAS SULAYMONOV IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 20132018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834

6. Abdullayeva, O. (2021) BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)

7. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). O'ZBEK TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING O'RNI. Scientific progress, 1(5)

8. Abdullaeva O. O. K, Tadjibaeva D. SH. K, Shermatova U.S. (2021). From Interactive Methods In Mother Tongue Classes Use. International Journal of Academic Pedagogical Reserch (IJAPR), 5(4)

9. Abdullaeva O. O. K, Kurbanova M. F. (2021). The Role of International EGRA and EGMA Reserch in Increasing Educational Efficiency. International Journal of Academic Pedagogical Reserch (IJAPR), 5(4)

10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник,16(161)

11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,2(1)

12. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)

13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)

14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)

15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.