QALBGA YAQIN SATRLAR
Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva Maftuna Odiljon qizi Abdullayeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o'zbekning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusuf ijodi va hayotiga oid qarashlar aks etgan, uning o'zbek adabiyotiga qo'shgan hissasi qoldirgan boy adabiy merosi haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: shoir, qalb, she'riyat, halol, adabiyot, vatanparvar
LINES CLOSE TO THE HEART
Ozoda Odiljon kizi Abdullaeva Maftuna Odiljon kizi Abdullaeva
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
ABCTRACT
This article reflects on the life and work of Muhammad Yusuf, the son of the Uzbek nightingale, and discusses his rich literary heritage, his contribution to Uzbek literature.
Keywords: poet, heart, poetry, honest, literature, patriot
KIRISH
She'riyat - ichidan umuman bir-biriga o'xshash gul topib bo'lmas chamanzor. Bu gullarni har birining o'z dunyosi, o'z ruhi bor. She'rlarning birida do'stlik ulug'lansa, boshqasida ona mehrining quyosh taftidan ham qaynoqligi haqida so'z boradi. She'riyat chamanzori ichra sayohat qilar ekanmiz, sayohatning davomiy bo'lishini chin dildan xohlaymiz.
Ana shu she'riyat gulzorining o'zidan juda xushbo'y ifor taratib turgan guli bu Muhammad Yusufdir. Muhammad Yusuf o'z she'rlarida o'zgacha dunyoni kashf etadi. Dilni orziqtiruvchi o'zgacha she'rlar dunyosi, lol aylaguvchi badialar sandig'i, chanqoqni qondiruvchi bitiklar bulog'i, bemorga jon ato etguvchi hayot giyohi, bitmas -tuganmas his-tiyg'ular o'z o'rnini topgan she'rlar egasi Muhammad Yusuf haqida so'zlar ekanmiz, beixtiyor she'riyat koshonasi ostonasidan xatlab o'tamiz. Bunday koshona hech qayerda yo'q. Undagi betakror tabiat topib bo'lmas xazina. Bu qasrning hukmdori bo'lmish Muhammad Yusuf esa she'riyat tog'ining eng yuqori cho'qqisini zabt etgan shoirlardan biridir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov aytganidek: "Muhammad Yusuf degan shoir she'riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda hammani hayron qoldirib, og'izga tushib ketdi. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, o'ta jiddiy, ammo xalq diliga juda yaqin, ravon tilda yozilgan... Muhammadning she'rlari bir qarashda juda sodda, jo'n yozilganga o'xshab tuyuladi. Ammo unga o'xshatib yozib ko'ring-chi? Qo'lingizdan kelmaydi! Muhammadjon kamdan kam tug'iladigan este'dod egasi bo'lish bilan birga, kamdan kam shoirda uchraydigan xislat egasi - shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas, shuhrat uning ortidan quvib yuboradi".
Har dam dilimizdan hirgoyi qilib yuradigan, kezi kelganda bahs-munozaraga sabab bo'ladigan she'rlari-yu dostonlari hayotni anglashga, o'tmish, bugun va kelajak haqida bir zum fikr yuritishga, vijdonimizni esa tuyg'ular so'rog'iga tutishga, V atanga bo'lgan mehr-muhabbatni ulug'lashga, kitobxonning o'ylarini goh ohiri yo'q osmonlarga, goh tubsizlikka sho'ng'itishga muvaffaq bo'lgan. Har gal osmonlarga boqqanimda yulduzlar ma'yus yerga tikilib, nimalarnidir qidiradi, o'ylaydi. Xuddi Muhammad Yusuf kabi ("Osmonning oxiri" dostonida ular inson bo'lib, osmon ohirini izlagan edilar.) Balki, hozir yulduz bo'lib o'z savollariga javob topgandirlar.
Qiziq, har gal kamtarlik haqida gap ketganida shoirimiz Muhammad Yusuf yodimga keladi. Taniqli shoirimiz Abdulla Oripov ular haqida: "U obro' talashmas, izzatini so'roqlab yugurib yurishdan or qilar edi. Xuddi shunday yaxshi insongina yaxshi ijodkor bo'lishi tabiiy va qonuniydir", - degan edi o'gan kunlarini eslab. Ularni xalqning o'zi falakka ko'tardi, biroq ular kamtarlik ila yerga tikilib turdilar. Nimagadir ularning bu kamtarona yerga tikilib turishlarini hazrat Alisher Navoiyga o'xshataman...
NATIJALAR
Shoirni doim o'ylatgan, tashvishlantirgan jamiyatdagi kamchiliklar ularning she'rlarida, yutuqlari esa qilichidan o'tkir nutqlarida aks etadi. Shunday ekan, she'riyat bu - xalqqa ko'zgu, shoirlar esa shu ko'zgu ustalari.Shoir ta'biri bilan aytganda "Shoir boshqa shoirlardan ko'ra zo'rroq shoir bo'lishni emas, balki xalqning buyukligini anglab, zo'r shoir bo'lishni maqsad qilishi kerak. Shoir - burgut bo'ladigan bo'lsa, xalq mana shu burgut uchadigan tog'lar, qoyalardir. Shuning uchun shoir butun umr bu xalq oldida bosh egib yashashi kerak". Ularning she'rlaridagi jo'nlik, izchillik, dolzarblik va soddalik buyuk rassom asaridagi ranglar kabi o'z o'rnida qo'llangan misralardan ufurib turgan tuyg'ular to'fonining haybati, olam va odam birlashuvi kitobxoning ham hadikka, ham hayratga soladi!
O, ota makonim Onajon o'lkam -O'zbekiston.
Jonim to'shay soyangga! Senday mehribon yo'q, Seningdek ko'rkam, Rimni alishmasman bedapoyangga!
Ushbu misralarni har bir yurtdoshimiz Muhammad Yusuf tuygan mehr-muhabbat ila aytadi. Vatan tuyg'usi inson bilan egizak tug'ilgan, faqat biz uni yuzaga chiqarishimiz kerak. Shoir she'rlari esa ana shunday kuchga ega.
MUHOKAMA
Vatan tuyg'usi - barcha ezguliklar negizi. She'riyat atalmish bo'ston ham shu tuyg'u tufayli yaralgan bo'lsa ajabmas. She'riyat qo'lidan mahkam tutgan, misralarni g'amnok qalblarga malham etgan shoir uchun she'riyat Muhammad Yusuf yozganlaridek, "Shirin g'am"
Suhbatlarning birida shoirdan: "Siz uchun eng qadrli so'z qaysi?" - deb so'rashganda, u hech ikkilanmay "Ona" deya javob qaytargan. Axir, o'zingiz o'ylang, o'z volidayi muhtaramasiga mehr ko'rsatgan farzanddan yomonlik kutish mumkinmi? Yo'q, aslo. Shoir ona va Vatan so'zlarini ajralmas deb biladi, ular bir so'zning, bir mazmuning boshqacha shakllaridir. Ona sog'inchi Vatan sog'inchi kabidir. Shoirlik men uchun aslo orzumas, Shu ham ish bo'ldimi yigit boshimga. Hamma shoir zotin yig'sa arzimas, Onamni sog'inib to'kkan yoshimga.
Dunyoda tug'ilishlar bir xil bo'lishi mumkin, ammo umr hamda o'lim olamda kamalak ranglar misoli turfa. O'lim har kimning boshida bor. Bu ayni haqiqat: Ko'nglim sezar, endi bu yog'i ayon, Do'stlarim.. .do'stlarim, baxtli bo'laman: Yo Toshkentda eng zo'r shoir bo'laman, Yo uyimga ketib, ariq bo'yida Yalpizga suyanib o'lib qolaman!...
Biroq bu umr bir dilbar shoirning tug'ilishi, kamol topishi, o'zining voyaga yetkazgan yurt va millatga samimiy va ixlos ila xizmat qilib ortidan yaxshi nom qoldirishi uchun kifoya qildi.
Ol, deya bir Egam, osmonga uchsa ruhlarim, Bir ajib moviy diyor bo'ynini quchsa ruhlarim, Ko'k mening ko'ksim bo'lur, yulduzlari - anduhlarim, Gul o'pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur, Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur.
XULOSA
Shoirning o'limi nafaqat uning yaqinlari balki uning muhlislari, adabiyot ahli uchun juda katta yo'qotish bo'ldi.U bilan hamnafas bo'lganlar esa Muhammad Yusuf haqida ko'pgina fikrlarini tarix, adabiyot zar varaqlariga muhrladilar:
"Uning ko'ksida hali yorug'likka chiqmagan bir dunyo she'r, bo'g'zida bastakor bilan yuz ko'rishmagan yetim qo'shiqlar qoldi!...(Said Ahmad)"
"Muhammad Yusuf betakror she'rlarida yashaydi, qo'shiqlarimizda yashayveradi!... (Yulduz Usmonova)"
Halima Hudoyberdiyeva ham shoir vafotidan so'ng bejizga ushbu satrlarni bitmagan edi:
Bir arsloni o'tdi O'zbekning, Ohi ko'kka etdi O'zbekning, Kuyosh yig'la, osmon, aza tut, Muhammadi ketdi O'zbekning.
Muhammad Yusuf, hech qachon o'lmaydi, u hamisha qalbimizda uyg'oq.Adabiyot atalmish tilsim bor ekan, u tirik, uning tengsiz she'rlaridagi mung yuraklarimiz tubidagi dengizda doimo to'lqinlanajak. Bu dunyo o'tkinchi. Unda shoir aytganidek, faqat mehr-muhabbat qolajak!
Shunday ekan, mehr ulashishdan aslo chekinmaylik, olamni faqat yaxshilik ila bezaylik. Zero, qalblarimizda mehr-muhabbat bor ekan, shoir ham hamisha barhayot.
REFRENCES
1. Muhammad Yusuf saboqlari / to'plovchi va hammuallif Sh. Qurbon. - Toshkent: O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashryoti, 2012.
2. Abdullayeva, O. O. (2021). ABAY IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 4-9.
3. Abdullayeva, O. O. (2021). IBROYIM YUSUPOV IJODI ASOSIDA O'QUVCHILARNING VATANPARVARLIK TUYG'ULARINI O'STIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 176-180.
4. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'LJAS SULAYMONOV IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 20132018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834
5. Abdullayeva, O. (2021) BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)
6. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). O'ZBEK TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING O'RNI. Scientific progress, 1(5)
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021
ISSN: 2181-1601
7. Abdullaeva O. O. K, Tadjibaeva D. SH. K, Shermatova U.S. (2021). From Interactive Methods In Mother Tongue Classes Use. International Journal of Academic Pedagogical Reserch (IJAPR), 5(4)
8. Abdullaeva O. O. K, Kurbanova M. F. (2021). The Role of International EGRA and EGMA Reserch in Increasing Educational Efficiency. International Journal of Academic Pedagogical Reserch (IJAPR), 5(4)
9. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник, 16(161)
10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,.2(1)
11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientificprogress,2(1)
12. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)
13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)
14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)
15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)
16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2)