Научная статья на тему '“MUSHUKLAR SHAHRI”NING KULFATI YOXUD MADANIYAT TANAZZULI'

“MUSHUKLAR SHAHRI”NING KULFATI YOXUD MADANIYAT TANAZZULI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
477
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyat / ma’rifat / qadriyat / satira / badiiy obraz / yovuzlik / tubanlik / Culture / enlightenment / value / satire / artistic image / evil / lowness.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullayeva Nasiba Bo‘ronovna

Ushbu maqolada Xitoy yozuvchisi Lao Shening “Mushuklar shahri xotiralari” asari va unda ko‘tarilgan muammolar tahliliga e’tibor qaratiladi. Xitoy madaniyatining tanazzuliga sabab bo‘lgan omillar va uning badiiy asar orqali majoziy talqini muallif tomonidan tadqiq etiladi. Asarda g‘ayrioddiy manzil Marsda kechgan voqealar hajviy usulda bayon etilgan. Lao She Xitoy madaniyati, ma’naviyati, ma’rifatidagi salbiy holatlarni ko‘rsatib beradi. Maqolada asar zamonaviy nuqtai nazardan ham ahamiyatli ekanligi ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISASTER OF CATS OR CULTURAL DECLINE

This article analyzes the works of the Chinese writer Lao She "Memories of the City of cats". The author examines the factors that cause the degradation of Chinese culture and its figurative interpretation through a work of art. The novel satirically describes the current events in the city of cats. Lao She shows the negative circumstances in Chinese culture, spirituality, and enlightenment. The article says that the novel is also significant from a modern point of view.

Текст научной работы на тему «“MUSHUKLAR SHAHRI”NING KULFATI YOXUD MADANIYAT TANAZZULI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

"MUSHUKLAR SHAHRI" NING KULFATI YOXUD MADANIYAT

TANAZZULI

O'zbekiston Milliy universiteti Abdullayeva Nasiba Bo'ronovna F.f.d.prof v.b

Annotatsiya: Ushbu maqolada Xitoy yozuvchisi Lao Shening "Mushuklar shahri xotiralari" asari va unda ko 'tarilgan muammolar tahliliga e'tibor qaratiladi. Xitoy madaniyatining tanazzuliga sabab bo 'lgan omillar va uning badiiy asar orqali majoziy talqini muallif tomonidan tadqiq etiladi. Asarda g'ayrioddiy manzil Marsda kechgan voqealar hajviy usulda bayon etilgan. Lao She Xitoy madaniyati, ma'naviyati, ma'rifatidagi salbiy holatlarni ko'rsatib beradi. Maqolada asar zamonaviy nuqtai nazardan ham ahamiyatli ekanligi ta 'kidlanadi.

Tayanch so'zlar: Madaniyat, ma'rifat, qadriyat, satira,badiiy obraz, yovuzlik, tubanlik

Аннотация: В этой статье анализируется произведения китайского писателя Лао Шэ "Воспоминания о городе кошек". Автор исследует факторы вызывающие деградацию китайской культуры и ее образную интерпретацию через произведение искусства. В романе сатирически описана проиизходяшие события в городе кошек. Лао Шэ показывает негативные обстоятельства в китайской культуре, духовности, просвещении. В статье говорится, что роман также значима с современной точки зрения.

Ключевие слова: Культура, просвещение, ценность, сатира, художественный образ, зло, низменность

Annotation: This article analyzes the works of the Chinese writer Lao She "Memories of the City of cats". The author examines the factors that cause the degradation of Chinese culture and its figurative interpretation through a work of art. The novel satirically describes the current events in the city of cats. Lao She shows the negative circumstances in Chinese culture, spirituality, and enlightenment. The article says that the novel is also significant from a modern point of view.

Keywords: Culture, enlightenment, value, satire, artistic image, evil, lowness.

KIRISH

Ekzistensializmni XX asrda inson borlig'ining hayot va o'lim, borliq va yo'qlik o'rtasida kechadigan dramatik xususiyatining falsafiy in'ikosi sifatida qarash mumkin. Ekzistensializm ko'targan muammolarning dolzarbligi va ijtimoiy ahamiyati bu falsafani keng ommalashtirishni ta'minladi va uni XX asrning ikkinchi

yarmidagi ijodkor ziyolilarnmg salmoqli qismining muayyan "fikrlash tarzi" ga

408

Scientific Journal Impact Factor

aylantirdi. Inson mavjudligi tahliliga e'tibor qaratgan ekzistensializm yo'nalishi garchi falsafada shakllangan bo'lsada XX asr adabiyotida yetakchi uslubga aylandi. Ushbu yo'nalishda ko'plab badiiy asarlar yaratildi. Jumladan, xitoylik yozuvchi Lao Shening "Mushuklar shahri xotiralari" asari ham ekzistensializm uslubida yaratilgan.

Lao She Xitoyning buyuk yozuvchilaridan biri bo'lib uning asarlari ingliz, rus, yapon, nemis va boshqa tillarga tarjima qilingan bo'lib nafaqat o'z yurtida balki uning chegarasidan tashqarida ham munosib e'tirofga sazovor bo'ldi. Adibning romanlari, pesa va hikoyalari zamonaviy kitobxonlar tomonidan qiziqib o'qilmoqda, tarjimon va tadqiqotchilarni o'ziga jalb qilmoqda. 1937 - 1949-yillar Lao She ijodida yangi g'oyaviy-badiiy obrazlarning rivojlanishi bilan e'tiborlidir. 1933 yilda nashr etilgan "Mushuklar shahri xotiralari" asar yozuvchi xayoloti, tasavvuri tarzida paydo bo'lgan bo'lsada chet eldan qaytgan muallif Xitoydagi iqtisodiy, ijtimoiy-axloqiy muammolar, xitoy madaniyati, an'analari tanazzulini tasvirlaydi. Romanning asosiy mavzusi chet elliklarning Xitoy madaniyati, hayotiga salbiy ta'siri va mamlakatni tark etmaydigan o'tmish qoldiqlari bilan chirigan jamiyatning qiyofasi bo'lib bu illatlar uni tanazulli sababi ekanligi ko'rsatilgan.

Erkin fikrli odamlar sudsiz osongina qamoqqa tashlanishi mumkin bo'lgan bir paytda, Lao to'g'ridan-to'g'ri gapira olmasdi. Shuning uchun asarlariga yumoristik rang berish 30-yillarning Xitoy voqeligiga o'tkir hajv yaratish uchun zarur edi. Asardagi voqealar Xitoyda ro'y bermaganligini kitobxon eng boshidayoq sezadi. Barcha harakatlar Marsda bo'lib o'tadi, u yerda rivoyat qiluvchi uchayotgan samolyot halokatga uchraydi. Yozuvchi romandagi harakat vaqti va o'rnini yashirishga harakat qiladi.

Asar sayyoralar aro kemaning halokati bilan boshlanadi va qahramon tomonidan hikoya qilinadi. Marsga uchayotgan asar qahramoni mushuklar shahriga tushib qoladi. Shu ondan boshlab asar qahramonining mushuklar shahrining hayoti bilan tanishuvi boshlanadi. Uch oyda mushuklar tilini o'rganib oladi. Albatta ularning tilini boy deb bo'lmaydi "Bor yo'g'i 400-500 so'z bor. Ularni unday yoki bunday ishlatib, nima xoxlasangiz ayta olishiningz mumkin". [8.33-b.] So'zning taqchilligi muloqotni qiyinlashtiradi degan xayolga borishingiz turgan gap. Ammo mushuklar buni ham yo'lini topishgan umuman gapirmay qo'yaqolishadi. Mushuklar tili qashshoq ekan bu tilda ijod qilish ham qiyin deb o'ylarsiz. Hech narsa bildirmaydigan 3-4 so'zni qatorga qo'yib mushuklar she'ri yaratiladi.

Ammo faqat til emas madaniyat, ma'naviyat, ilm ham qahat mushuklar shahrida. Bu hammasi mushuklar davlatiga qandaydir chet ellik kishilar afyun

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

yaproqlari, afyun daraxtini olib kelishganidan so'ng ro'y bergan. Asarda mushuk davlati har doim ham tanazzulga yuz tutmaganligi, uning yuksak madaniyati va sivilizatsiyaga ega qadimiy tarixi borligi ham aytiladi. Mamlakat chet elliklar va ularning afyun daraxti kelishi bilan nochor ahvolga tushib qolgan. Avvaliga bu daraxtning barglarini faqat oliy tabaqadagilar iste'mol qilgan. Ammo ellik yil o'tar o'tmas afyun daraxti mushuk davlatining barcha aholisi uchun asosiy yegulikka aylangan. Chet elliklar kelishi bilan ular taralla bedod hayot kechira boshladi, daraxtining barglari bekorchilikka sabab bo'ldi. Ularni yeb aholining qo'llari va oyoqlarini harakatdan to'xtatadi. Shunday qilib, davlatda dangasalik va bekorchilik paydo bo'lib o'zini parchalab, yemira boshladi.

Afyun daraxti shahar armiyasi uchun yemish. Afyun barglari juda yoqimli, mazali va shirador, uni iste'mol qilgach o'ylarni tizginlab bo'lmaydi, biroq qo'l va oyoq ishlamay qoladi. Endi afyun yaprog'i asosiy yemish bo'lgan mushuklar armiyasini ko'z oldingizga keltiring. Bu borada yozuvchining fikri o'ziga xos. "Harbiy kuchning ojizligi hech qachon xalqaro nufuzning pasayishiga sabab bo'lmagan. Asosiy sabab qadr-qimmat va sha'nning yo'qotilishidir. Bunday davlat bilan hech kim hamkorlik qilishni xoxlamaydi[8.64-b.]

Asarda mushuklar mamlakati bejiz tasvirlanmagan. Xitoy adabiyotida ertak va afsonalarida hayvonlar tasviri ko'plab uchraydi. Ko'pincha hayvonlar odamlar bilan muloqotda bo'lib, dunyo sarhadlarini qorong'u kuchlarning kirib kelishidan himoya qiladi, donolikni o'rgatadi yoki yo'l ko'rsatadi. J. J. M. De Groot "Xitoy folklorida sehrli kuchni ko'plab hayvonlar: yo'lbarslar, bo'rilar, itlar, tulki, maymunlar, Mushuklar va boshqalar egallaganini qayd etadi. [4.56-b.]" Ammo bu romanda Lao She fantastik qahramonlari mushuk odamlarini salbiy ijtimoiy- axloqiy sifatlar tashuvchisi sifatida ko'rsatadi. Muallif "mushuk odamlar" ning bir xilligi, qiyofasizligi, nafaqat o'tmishini, balki buguni va kelajakni ham eslab qolishi mantiqsizligini ko'rsatadi.

Romandagi mushuk obrazi-yovuzlik va o'limni ifodalovchi mushuk-vayronkor, mushuk-iblis sifatida talqin etilgan. Bejiz Lao asosiy qahramonlari ota va o'g'il mushukka Katta Chayon va Kichik Chayon nomlarini bermaydi. Chayon Xitoy madaniyatida yovuzlik, o'lim, vayronkor kuchlar, falokat, zulmatni ifoda etadi. Shuning uchun ham "katta" va "kichik" sifatlari, ularning yovuzlik kuchini, " zaharlilik darajasi " ni aks ettiradi. Lao She Katta chayon zahari faqat bir kishi emas butun jamiyat uchun xavfli ekanligini ko'rsatadi.

Lao She asarda sivilizatsiyaning tanazzulini tushuntirmaydi balki ko'rsatib beradi deyish mumkin. Yozuvchi ta'kidlaganidek , muallif eng yaxshi hajviy

Scientific Journal Impact Factor

asarlarida bir zarba bilan insoniyat jamiyatining qusurlarini yalang'ochlantiradi va uning tub ildizini ko'rsatadi. Asarda Mushuklar shahri - o'z aholisi hayotiga qayg'urmaydigan, ma'naviy birlik, birdamlik yo'qolgan shahar sifatida namoyon bo'ladi. Asar sizda ko'plab savollar paydo qiladi, ajablantirdi. Muallif ta'kidlaganidek bu satirik asar u qancha zaxarxanda bo'lsa shu qadar jonli va qiziqarli yozilish kerak, shunda kulgi ham ko'z yosh ham paydo qiladi. Asarni o'qib qah-qaha otib kulmaysiz, ayrim o'rinlarda kulgingiz qistaydi, ayrim o'rinlarda achinasiz.

Mushuklar jamiyatida hissiyotlarni qo'yavering inson ongiga ham hojat yo'qdek. Bu shaharda davlat o'z aholisining hayotiga aralashmaydi, xalaqit bermaydi, shunday qonunlar chiqariladiki ular mushuk-odamlarni ushbu qonunlarga rioya etishini taqozo qilmaydi. Mushuklar shahrining aholisi belgilangan tamoyillar asosida yashaydi, ulardan eng muhimi har bir kishi boshqalar ustidan hukmronlik qilish, uning narsasiga egalik qilishdan iborat. Aholini hech kim himoya qilmaydi. Pogonli mushuk-odamlar o'z istaklari yo'lida jamiyatni ma'naviy jihatdan parokanda qiladi, tuzish emas buzish bilan shug'ullanishadi, faqat o'z mulkini asrash va himoya qilish bilan band yoki ovora bo'lishadi.

Katta Chayon mamlakatdagi eng yirik yer egasi, imperator sudining yaqin do'sti, vatandoshlari uning oldida titrab turadigan zolim sifatida tasvirlangan. Qonunlar uning uchun mavjud emas. U askarini faqat bitta afyun daraxti bargini yegani uchun o'ldiradi. U bunda dahshatli hech narsani ko'rmaydi, jinoyatining og'irligini anglamaydi. Va ushbu hikoya roviysining askar o'limi haqidagi hasratiga juda hayron bo'ladi. Zero, u o'z qudratini mustahkamlash va hokimiyatini ko'tarish uchun chet ellikni (roviy) olib, uni o'ziga yaqinlashtiradi va fuqarolarga ilohiy elchi sifatida taqdim yetadi. U plantatsiyalarida ishlaydigan askarlarni to'g'ri ovqatlantirishni va halok bo'lgan askarning oilasiga moddiy yordam ko'rsatishni talab qilganda himoyasiz qolmaslik uchun darhol rozi bo'ladi. Yozuvchi bor imtiyozlarni saqlab qolish uchun dushman qo'lidan huquq olish uchun o'z xalqini o'ldirishga tayyor bo'lgan mushuk davlatining zodagonlarining milliy mohiyatini hajviy shaklda ochib beradi. Vatan tarixining eng fojiali damlarida ham uning taqdiri haqida qayg'urmaydilar. Dushman qo'shinining yaqinlashishini bilgan imperator poytaxtni mamlakat ichkarisiga ko'chirish to'g'risida farmon chiqardi va faqat unga yaqin kishilargagina - yuqori lavozimli amaldorlar, olimlarni o'zi bilan ketishga ruxsat beradi. Boshqalarga Vatanning sharafi, ozodligi va mustaqilligi uchun o'lish huquqini beradi. Demak, yozuvchi "haqiqiy" vatanparvarlarning mohiyatini ochib beradi. Ular o'z hayotlarini asrab qolishlari kerak, vatan esa o'zlari hisobidan

Scientific Journal Impact Factor

yashaydigan, ular uchun foyda keltiradiganlar tomonidan najot topishi kerak. Mushuk davlati aholisi uchun ularni kim boshqarishi, imperator huzuridagi zombi bo'ladimi yoki chet el bosqinchilari tomonidanmi farqi yo'q. Sarxushlik siyosati xalqni shu qadar buzadiki, ko'pchilik o'z taqdiriga butkul befarq. Mamlakat yoshlaridan bo'lgan Kichik Chayon ham "Men chet ellarda bo'lganman, dunyoni ko'rdim, lekin hech narsa qilishni xoxlamaydigan xalq orasida faqat moslashishi mumkin aks holda yashash olmaysan" [8.123-b.] deydi.

Lao She badiiy shakllardan foydalanib oila va davlat misolida Xitoy jamiyatidagi parokandalikni umumlashtirdi. Bu Katta Chayon va Kichik Chayon oilasi, munosabatlari orqali ko'rsatiladi. Hajviy usullar orqali hech narsa qilishni istamaydigan, o'tmishga intiladigan konservativ fikrli kishilarni masxara qiladi, ular o'z xalqining ming yillik madaniyati qadriyatlarini saqlab qolishga ham hissa qo'shmaganligini ko'rsatadi. Buni maymunlar shahri muzeyi misolida ko'rsatib beradi .

Roviy bu davlatning kelajagiga umid bog'lab mushuk davlati muzeyiga borganida, u yerda olimlar, muzey xodimlari ilgari zallarda namoyish etilgan eksponatlar haqida eslarida bor narsalarni mehmonlarga aytib berishadi. Ularga bu eskponatlar bo'ladimi yo'qmi farqi yo'q, olimlar uchun moddiy manfaat muhim, darhol muayyan ko'rgazma narxini aytishadi. Bu piching boshqa mamlakatlarning o'sishi va muvaffaqiyatini ko'rishni va tan olishni istamaydigan, o'z xudbin millatchilik manfaatlarini qondirish uchun hamma narsani qurbon qiladigan rahbarlarga qarshi qaratilgan. Ular qaysi biri mushuk davlatidagi birinchi olim ekanligi haqida o'zaro qattiq bahslashishadi. Olimlar foydasiz suhbatlar va ilmga aloqasi bo'lmagan muammolar bilan shug'ullanishadi. Olim larning barcha izlanishlari faqat bitta maqsadni ko'zlaydi - boy odamdan afyun daraxtining qo'shimcha bargini olish uchun ularni e'tiborini qozonish. Ular shaxslarga xizmat qilishadi sabab boshqa qilinadigan ishning o'zi yo'q. Ular feodal-burjua elitasining ixtiyorida bo'lgan qullardir va faqat qancha pul to'lashlari haqida qayg'uradilar. Mushuk davlati olimlari misolidan foydalanib, yozuvchi grotesk shaklida haqiqiy ilmga befarq bo'lgan soxta olimning mohiyatini ochib beradi. Roviyning "Sizlarda olimlar bormi o'zi? degan savoliga, "Bor va juda ko'p.Olimlarning behisobligi yoki madaniyatning gullab yashnashi, yoxud tanazzulga yuz tutitishdan dalolat beradi" [8.98.] deydi Kichik Chayon. Yozuvchi adabiy tilning imkoniyatlari, qirralaridan foydalanib muallif nutqi va diaologlarda ham, roviy tilidan hikoya qilishida ham

tilning barcha boyligi va jozibasini ochib bergan [6.8].

madaniyat tanazzulga uchragan har qanday jamiyatda kechishi mumkinligiga amin

Asarni o'qirkansiz bu hodisa

Scientific Journal Impact Factor

bo'lasiz. Afyun maishat, bekorchilikni hayot tarzga aylantiradi. Qizig'i shundaki afyun yaproqlari inson o'ylariga uchqir oyoq berib, oyoqlarini kishanlaydi. Masalan, afyun yaprog'i davlat taomi maqomini olgach mushuklar tamadduni avalgidan tezroq rivojlana boshlagan. Afyun yaprog'i jismoniy mehnatga ishtiyoqni so'ndirsada butun kuch-g'ayratni ma'naviy faoliyatga qaratish imkonini bergan. She'riyat va san'at jadal taraqqiy etadi. Albatta, 400-500 so'zdan iborat tilda she'riyatning jadal rivoji kishini taajjubga soladi. Ammo bu taraqqiyotga qay tarafdan kim tomonidan qarashga bog'liq. Ular she'riyat tiliga "qimmatbaho qorin" degan so'z birikmasini kiritishgan, she'riyat mana shu kabi " mushukona kashfiyotlarlar " bilan boyigan.

Asardagi eng dahshatli sahnalardan biri o'qituvchilarning o'z o'quvchilari tomonidan vahshiylarcha o'ldirilishida aks etadi. Roviy bu vahshiylik, razolat xususida tushuntirishni so'raganda Katta Chayon ta'lim haqida "O'zimiznikini rivojlantirmadik, o'zgalarnikini o'zlashtira olmadik.. Ha men umidvorsizman va millatimizni zaif deb hisoblayman..Ta'limimizga umid bog'lab bo'lmaganidek, davlatimizni qayta qo'rish kulgilidir" deydi.

Asar qahramonining (roviy) holati o'quvchida norozilik uyg'otadi. Uning maqsadini tushunish qiyin, u mushuk odamlarga yordam bermoqchi bo'ladi, ammo passiv kuzatuvchiga aylanadi. Sarxush qiluvchi barglarni iste'mol qilishni xoxlamaydi oxir oqibatda baribir iste'mol qiladi. Muallif bu obraz orqali ham ikkilanuvchi insonni ko'rsatadi. Zero, har bir inson jamiyatda mavjud qoidalarini qabul qilishi, belgilangan me'yorlar asosida yashashi talab etiladi. Shunday ekan hayot, o'lim, erkinlik, yolg'izlik, mavhumlik oldida o'zini qanday tutadi? To'g'ri qaror qabul qila oladimi, uning qarorlari qanday oqibatlarga olib keladi? Inson hayotida muammolar, qarama-qarshiliklar kelib chiqishi tabiiy negaki, birinchidan, har bir qaror to'g'ri bo'lavermaydi, ikkinchidan, ayrim hollarda qaror qabul qilishni o'zidan soqit qiladi. Bunday mas'uliyatdan qochish inson uchun yaxshiday ko'ringani bilan hayotni ma'nosiz, mavhumlikka aylantirish mumkin. Qahramon ham mushuklar shahri qonun qoidalari asosida yashashni boshlaydi. "O'zimda mushuklar psixologiyasi paydo bo'layotganini his etayotgandim; jasurligim tobora moslashuvchanlikka joy bo'shatib berayotgandi[8.55-b.] deya tan oladi. Asar kishini hushyorlikka chorlaydi, har qanday holatda insoniylikdan voz kechmaslik, jamiyatdagi o'rnini anglashga chaqiradi.

Lao She romanda faqat ko'ngilchan, miyasi bo'm bo'sh odamlar tasvirlangan emas. Bu yerda haqiqiy qahramonlar ham bor, ularga muallif buyuk xalqqa munosib fazilatlarni beradi. Bunday xususiyatlarga Katta Qarchig'ay ega. Yozuvchi bu obrazda o'z Vatanining buyuk vatanparvarini ko'rsatgan. " Yo'q, afyun daraxtining

Scientific Journal Impact Factor

barglarini yeyishdan ko'ra ochlikdan o'iish yaxshidir", deydi u[8.124-b.] " . Bu so'zlar bilan Katta Qarchig'ay o'z yurtiga vayronlik olib kelgan chet elliklarni inkor etadi, shuningdek, vatani manfaatlariga zid bo'lgan harholatlarga murosasiz. U o'tmishga ham kelajakka ham murosasiz, oliynasab beklarni qo'llarida olib yurish kabi eski va ahmoqona urf-odatlarni rad etadi. U tanazzul va betartiblik sabablarini tushunadi. Vatanparvar, xalqning ma'rifati uchun qayg'uradi. Yozuvchi Katta Qarchig'ayga xalqqa xos ko'plab fazilatlarni berdi. Qat'iyat, kuchli iroda tashqi ko'rinishi bilan uyg'un tasvirlanadi. U baland bo'yli, yelkalari keng, baquvvat. Ma'naviyati, ulug'vorligi, va jismoniy baquvvatligi qahramonni romantik figuraga aylantiradi. Uning o'limi vatan taqdirini o'zgartirmagan bo'lsada, ammo fidoyilik edi.

Qarchig'ay misolidan foydalanib, yozuvchi, agar biror kishi hukmron sinfning mafkurasiga rozi bo'lmasa, darhol davlat jinoyatchisi deb e'lon qilinishi va unga eng dahshatli jinoyatlarni yuklanganini ko'rsatadi. Jinoyatchi deb e'lon qilingan Qarchig'ay tog'larga yashirinib olgan, ammo vatani ustidan tahdid avjiga chiqqanida, qo'rqmasdan jonini berishi uchun mushuk davlatining poytaxtiga qaytishdan qo'rqmaydi. Qarchig'ay obrazida Lao She afsuski ko'p bo'lmagan xalq ximoyachilarini tasvirlagan, Vatanni qutqarish yo'lida qo'rqmasdan o'zini qurbon qilgan vatanparvar qahramonlarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan. Yozuvchi Qarchig'ay misolida haqiqat va adolat tantanasi uchun kurashda bo'ysunmas xalqning ko'rsata oldi. Xalqni tarbiyalash va inson qadr-qimmatini tiklashni orzu qilgan Lao Qarchig'ay bilan birga islohotlar haqidagi o'z ideallarini ham dafn qildi.

O'sha davr Xitoy voqeligi ushbu muammolarni ochiq-oydin yozish va ko'rsatishga yo'l qo'ymasdi. Fantastika, g'ayrioddiy manzil Lao Shega senzurani yengish va romanni chop etishga yordam bergan.

Xulosa qilganda, roman shu kungacha o'z ahamiyatini yo'qotmaganining sabablaridan biri "Lao ijodi Xitoy madaniyati an'analarni o'ziga singdirgani, folkorga xos badiiy vositalar orqali kitobxonlarni jalb etishi, yumshoq yumor, o'tkir satira orqali tubanlik, insoniy illatlarga bo'lgan salbiy munosabatini bildirgani bilan izohlanadi[1, s.89]

Ikkinchidan, Lao She romanidagi tanqidning hajviy usuldagi o'tkir tig'iga olingan muammolar bugun ham dolzarbligini yo'qotmagan, u insonni hushyorlikka chorlaydi, milliy qadriyatlarni asrashga chaqiradi, qadriyatlarini asramagan millat madaniyati ham, davlati ham tanazullaga uchrashini ko'rsatib beradi;

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

Uchinchidan, Lao She romanlari, pesa va hikoyalari butun bir davrni, ijtimoiy madaniy fenomen ta'sirida eski tuzumning vayron bo'lib yangi hayot tarzi shakllanayotganligini ko'rsatib beradi, bunda inson omilining muhimligiga e'tibor qaratadi;

To'rtinchidan, Lao She o'z asarlari orqali san'atning estetik funksiyalari bilan birga siyosiy ahamiyati, ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal etilishida o'z hissasiga egaligini ko'rsatadi.

1. Антиповский А.А Раннее творчество Лао Шэ. Темы, герои, образы сюжеты;- М; Наука, 1967,- 187с

2.Абдрахманова, Зайра Юнидовна.Последний этап творчества Лао Шэ, 1949-1966 гг. : диссертация ... кандидата филологических наук : - Москва, 1987.

3. Болотина О.Б. Лао Шэ Творчество военных лет: 1937-1949 -М; Наука, 1983,-231с.

4.де Гроот Ян.Демонология Китая. Евразия, 2000 С.56

5. Родионов, Алексей Анатольевич, Национальный характер китайцев в творчесте Лао Шэ.дисс.канд.фил наук.2001

6. Семанов В.И. Предисловие // Лао Шэ. Записки о кошачьем городе. М.: Муравей, 2000. - С. 3-8.

7. Сорокин В. Жизнь и судьба художника // Лао Шэ. Избранные произведения. -М.: Художественная литература, 1991. С. 143.

8. Учлик салтанати. Гафур Гулом номидаги нашриёт матбаа ижодий уйи, Тошкент. 2016.- Б.338

REFERENCES

- 209 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.