Scientific Journal Impact Factor
KADZUO ISIGURO ASARLARIDA UMUMINSONIY TAMOYILLAR
TASVIRI
Begmatova Sohiba Mustafoyevna O'zbekiston Davlat Jahon Tillari universiteti Ingliz tili integrallashgan №1 kafedrasi o 'qituvchisi E-mail: [email protected]
Annotatsiya: Maqolada XXI asr yozuvchilarining eng zabardastlaridan biri hisoblangan Kadzuo Isiguro asarlarida umuminsoniy tamoyillar tasviri va ularga yozuvchining mashhur asarlari misolida ilmiy yondashildi. 2017 yilgi adabiyot bo „yicha Nobel mukofoti sovrindori bo „lgan Kadzuo Isiguroning asarlari "ozining katta hissiy qudratga ega romanlarida bizning dunyo bilan bo „lgan soxta bog'liqligimiz ostidagi bo'shliqni fosh qilgan yozuvchi" deya tasvirlanadi. Maqolada yozuvchining asarlaridan iqtiboslar keltirilgan.
Kalit so'zlar: "Umuminsoniy" asar, ingliz adabiyoti, Kadzuo Isiguro, Nobel mukofoti, " Xira ko'rinayotgan tepaliklar" asari, "Suzuvchi dunyo musavviri" asari, "Kunning qoldiqlari" asari, "Meni hech qachon qo'yib yuborma" asari, ilmiy fantastika.
Аннотация: В статье представлен научный подход к изображению универсальных принципов в творчестве одного из самых влиятельных писателей XXI века Кадзуо Исигуро, а также на примере известных произведений автора. Работы Казуо Исигуро, лауреата Нобелевской премии по литературе 2017 года, описываются как «писатель, который раскрыл пустоту нашей ложной связи с миром в своих романах огромной эмоциональной силы». В статье приведены цитаты из авторских работ.
Ключевые слова: «Универсал», английская литература, Кадзуо Исигуро, Нобелевская премия, «Размытые холмы», «Художник парящего мира», «Остатки дня», работа «Never Let Me Go», научная фантастика.
Abstract: The article provides a scientific approach to the depiction of universal principles in the works of Kazuo Ishiguro, one of the most influential writers of the XXI century, and the example of the author's famous works. The works of Kazuo Ishiguro, a 2017 Nobel Laureate in Literature, are described as "a writer who exposed the void under our false connection to the world in his novels of great emotional power." The article quotes from the author's works.
Scientific Journal Impact Factor
Keywords: "Universal", English literature, Kazuo Isiguro, Nobel Prize, "Blurred Hills", "Artist of the Floating World", "Remains of the Day", "Never Let Me Go" work, science fiction.
Bugungi kunda XXI asr yozuvchilari orasida bizga o'z asarlari qahramonlari tilidan zavq olishga imkon beradigan va shu bilan birgalikda hayot mazmuni haqida fikr yuritishga undaydigan ko'plab yozuvchilar mavjud. Bizning zamonamizning ana shunday mualliflaridan biri- kelib chiqishi asli yaponiyalik bo'lgan, lekin Buyuk Britaniyada ulg'ayib, voyaga etgan, faqatgina ingliz tilida ijod qiluvchi mohir romannavis Kadzuo Isigurodir. Kadzuo Isiguro 2017 yilgi adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindoridir. Shvetsiya Akademiyasi Isiguroni "o'zining katta hissiy qudratga ega romanlarida bizning dunyo bilan bo'lgan soxta bog'liqligimiz ostidagi bo'shliqni fosh qilgan yozuvchi" deya tasvirladi. Uning asarlarida ikki madaniyat-yapon va ingliz madaniyatini uyg'unlashuvini his qilish mumkin. Dmitriy Bikov, yozuvchi, adabiyotshunos shunday deydi: — Isiguroning Nobel mukofotini qo'lga kiritishi favqulodda yangilik emas. Kadzuo shiddat bilan ketayotgan adabiyot poezdining ilk eshelonlaridan biri va u allaqachon yaponlar ingliz tilida britaniyaliklardan yaxshiroq ijod qilishi mumkinligini isbotladi. Aslida, uning zaboni ingliz tilida chiqqan emas, u Britaniya tuprog'iga besh yoshida qadam qo'ygan. SHu bilan birgalikda, muallif o'z asarlarini har qanday odam tushuna oladigan "umuminsoniy" xarakterga ega ekanligi ta'kidlaydi. Darhaqiqat, Kadzuo Isiguroning asarlari mavzusi asosan insonga xosdir. Adib o'z asarlarida umubashariy muammolar va munosabatlarni tasvirlaydi.
Kadzuo Isiguro 1954 yilning 8 noyabrida Nagasakida, taniqli okeanograf olim Sidzuo Isiguro oilasida tug'ilgan. Bola 5 yoshga to'lganida otasi Buyuk Britaniyadan
"Men umuminsoniy asarlar yozadigan yozuvchiman. "Umuminsoniy" asar nima degani? Menimcha, bu-dunyoda kelib chiqishi turli xil bo'lgan insonlar, ammo ulardagi barcha uchun muhim ahamiyat kasb etadigan hayot haqidagi oddiy bir tasavvurdir. Bu tushunchalar yer yuzidagi turli xil qit'alar qahramonlariga tegishli bo'lishi mumkin, lekin ularni ham osongina bir mo'jaz maydonga yig 'ish mumkin ".
Kadzuo Isiguro, adabiyot bo 'yicha Nobel mukofoti sovrindori
KIRISH
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Scientific Journal Impact Factor
o'z mutaxassisligi bo'yicha yaxshi ish topadi va oilasi bilan shu mamlakatga ko'chadi. Kadzuo Isiguroning bolalik xotiralariga ko'ra, uning otasi vaqtinchalik Buyuk Britaniyada ishlab -yashashni rejalashtirgan, ammo taqdir taqazosi tufayli bu o'lka oilaning bir umrlik qo'nalg'asiga aylanadi. Kent universitetini tamomlagan Isiguro SHarqiy Angliya (Norvich) universitetida yozuvchilik mahorati bo'yicha ham tahsil oldi va shu erda "badiiy adabiyot magistri" darajasiga erishdi. Isiguroning ilk ijodiy ishi 1980 yilda "Bananas" jurnalida hikoya ko'rinishida bosilib chiqdi. 1982 yilda chop etilgan dastlabki romani - " Xira ko'rinayotgan tepaliklar" asari yozuvchining ilk romanidir va u 1982 yilda nashr etilgan. Asar Angliyada yashaydigan va to'ng'ich qizi Keykoning o'z joniga qasd qilishini boshdan kechirgan o'rta yoshli yapon ayoli Etsukoning hikoyasidir. Etsuko yadro bombardimonidan so'ng qayta tiklanayotgan Nagasakini tark etib, o'zi uchun mutlaqo begona bo'lgan dunyoga - Angliyaga ko'chib keladi. Roman Britaniyaning chet hududlarida nashr etilgan yilning eng yaxshi asarlari uchun beriladigan Uinifred Xoltbi xotirasi mukofoti bilan taqdirlangan. Isiguroning keyingi romani - 1986 yilda e'lon qilingan "Suzuvchi dunyo musavviri" ham YAponiyaga bag'ishlangan asar bo'lib, Kadzuo Isiguroga xalqaro doirada shuhrat keltirdi: kitob Buker mukofotining so'nggi ro'yxatidan joy oldi va Uitberd mukofotiga sazovor bo'ldi. 1989 yilda dunyo yuzini ko'rgan "Kunning qoldiqlari" asari Isiguroga olamshumul shuxrat keltirdi va uni tirikligidayoq britan adabiyotining haqiqiy afsonasiga aylantirdi. Asar XX asr so'ngidagi eng yaxshi ingliz romanlaridan biri deya tan olindi. Angliya adabiyotshunoslarining fikriga ko'ra, o'ziga adabiyot ixlosmandlarini ko'proq jalb qilgan " Kunning qoldiqlari " asariga xar-xil masofadan qarash mumkin. Avvalo, asar qahramoni , zodogon xonadonning bosh xizmatchisi Stivens timsolida milliy ingliz kishisi qiyofasi tahlil qilingan. Garchi ba'zi tadqiqotchilar Isiguroning barcha romanlarida o'zgarmas moslama bo'lgan ishonchsiz ertakchining funksiyasini ushbu belgiga tushirishni xoxlasalar, ajablanarli bo'lsada Stivens obrazida haqikatan xam milliy afsona o'qiladi. Tasvirlangan mulk bilan birgalikda "ingliz bo'lish" tushunchasi. Mamlakat mulklari asta-sekin o'tmishga aylanib borayotgan bo'lsa-da, Stivens o'z qadriyatlariga sodiq qolmoqda. Qahramon butun ong va shuuri bilan o'ylaydigan burch va qadr-qimmat uning xo'jayinga xizmati oliy darajada bo'lishi kerakligini anglatadi.Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bu muallifning Angliyaga yoki insoniyatga nozik istehzosi ham bo'lishi mumkin. Ushbu g'oyadan kelib chiqqan holda, R.Trimm Stivensning cheklovlarini millatning odob-ahloq qoidalari bilan, xususan, yirik mulkdorlarning o'z qo'l ostidagi ishchilari bilan, ularning turmush tarzi va aniq, ammo yozilmagan qoidalari bilan bog'laydi.
Scientific Journal Impact Factor
Kadzuo Isiguroning yana bir umuminsoniy tamoyillarga yo'g'rilgan , yumshoq ilmiy fantastika yo'nalishida yozilgan asari " Meni hech qachon qo'yib yuborma" deb nomlanadi. Asarning bosh qahramoni Keti.X. o'ttiz yoshli klon. Keti " Kunning qoldiqlari" dagi Stivenning " qadr-qimmat " tushunchasini takrorlaydi. Asar 1990 yillarning oxiridagi muqobil ingliz jamiyatida yovuz hukumat klonlarni tana a'zolari donorlari sifatida ko'rishini tasvirlaydi. " Meni hech qachon qo'yib yuborma" chuqur xarakterli tadqiqotlar va shu bilan birgalikda jamiyatning ba'zi a'zolarini ongli ravishda suiste'mol qilishiga izoh beruvchi kinoya asardir.
"Meni hech qachon qo'yib yuborma"ning ajoyib xususiyati - bu Ketining jimgina ajralib chiqqan hikoyasidir. Kadzuo Isiguro kuchli xotiralar yordamida orqali Xeylsham degan xududda klonlar maktab-internatini tasvirlaydi. U erda Keti va uning o'rtoqlari o'zlari mutloq bexabar bo'lgan, sirli, yashirin taqdir uchun tayyorlanishadi. Ularning yoshi kattargan sayin "donor" bo'lish vaqti kelgani anglatilinadi. Ular uch, xatto to'rt marotabalab "donor" bo'lishadi. Klonlarning taqdiri o'lim bilan tugaydi va afsuski bu haqiqat barchaga boshidanoq ayon bo'ladi. Keti singari " g'amho'rlar" esa klonlarni donor bo'lish navbati kelguniga qadar qo ' llab-quvvatlaydilar.
Isiguro asarda Keti va uning klon do'stlarini oddiy inson ekanligini ustalik bilan tasvirlaydi. Lekin ularning hayotidagi shafqatsizliklarga ham to'xtalib o'tadi. Masalan, Keti, Xailshamda tinglagan xayoliy pop kuyining ayol xonandasi singari, o'z chaqalog'ini hech qachon quyib yubormaslikni xohlaydi. Bu Keti uchun imkonsiz orzu, chunki barcha klonlar bepushtdir. Bu istak Ketining ham insoniyligini, unda ham qalb borligini va shu barobarida jamiyatning unga nisbatan g'ayriinsoniy munosabatda bo'layotganligini anglatadi.
Tadqiqot natijalari.
Kadzuo Isiguroning "Meni hech qachon qo'yib yuborma" nomli romani dunyo yuzini ko'rgach, ko'pchilik buni dahshatli futurologik bashorat deb atadi. Biroq adibning o'zi qayd etdiki, asar hech narsaga iqtibos emas, bu bor-yo'g'i hayot, oddiy inson hayoti, unda hech qanday farazu tusmol ham yo'q. U o'z intervyularidan birida shunday degan edi: Biz ozodlik bo'lmasa, taraqqiyot, rivojlanish bo'lmasligiga o'zimizni ishontiramiz, biroq Xitoy tutqunlik davrida ham gullab-yashnadik-ku!.. Biz ozodlikka erishmay turib, haqiqiy hayot qurib bo'lmaydi deb hisoblaymiz, ana Osiyoda kimningdir qutqusi bilan bo'lsada, umrguzaronlik qilib yurganlar qancha?! Umuman o'ylab ko'ring, qachon o'zingizni hayotda tamomila erkin his qilasiz? Faqat o'lim vaqtida... Adib ijodi haqida xulosa chiqarish uchun shu fikrlarning o'zi etarli.
Filologiya fanlari doktori, professor Muhammadjon Xolbekov "umumbashariy adabiyot" mazmunidagi tamoyillar sirasiga Kadzuo Isiguro
Scientific Journal Impact Factor
asarlarini xam kiritar ekan , " Uning asarlari "po'lat eritish qozoni" ko'rinishida namoyon bo'lg'uvchi "umumbashariy adabiyot", bu erda sinkretizm tamoyillari oshkora milliy aynan o'xshashlikni saqlash bilan uyg'unlashadi, mujassamlashib boradi" degan edi. Darhaqiqat Kadzuo Isiguro asarlarida bir vaqtning o'zida qahramonlar qiyofasida va ularni o'rab turgan zamon va makon misolida umuminsoniy tamoyillarning anglab olish mumkin.
Har qanday badiiy asar , avvalambor, uni yozgan odam shaxsiyatining g'oyalar to'plami nuqtai nazaridan ham, ularni tilshunoslik va uslubiy amalga oshirish darajasida ifodasidir. Hatto buyuk nemis faylasufi Yohann Volfgang Gyote ta'kidlaganidek, har bir yozuvchi xohlasa ham, xohlamasa ham o'z asarlarida o'zini ma'lum shaklda tasvirlaydi. Bu shuni anglatadiki, hayotning ma'lum bir qismini tasvirlab, yozuvchi shu bilan o'z munosabatini, o'z fikrlari va hissiyotlari uslubini namoyish etadi. Kadzuo Isiguro asarlari va undagi qahramonlar bizning oramizda. Ularda mujassam bo'lgan umuminsoniy his-tuyg'ular, dunyoqarash xammamizga tanish. Kadzuo Isiguroning eng katta yutug'i shundaki, u mana shu tamoyillarni angladi, qalamga oldi va o'quvchiga etkazishda davom etmoqda.
1. Григорьева Т.П. Идея судьбы на востоке. // URL: http: //www.aqimrun.ru/psih/fatum/fatum7 .html. [Дата обращения: 16.12.2010]
2. Литературный энциклопедический словарь/ Под общ. ред. В.М. Кожевникова, П.А. Николаева. М., 1987. 752с.
3. М. Холбеков , д.ф.н. , профессор. Универсальные принципы в мировой литературе "Звезда востока ", 2011-1.
4. Постмодернизм: Энциклопедия: Понятия, термины, концепты.../ Отв. ред. А.А. Грицанов. Минск, 2001. 1037с.
5. Ishiguro К. A Pale View of Hills/ К. Ishiguro. Vintage, 1990. 80p.
6. Ishiguro K. Never let me go/ K. Ishiguro. Vintage, 1990. 208p.
7. Ishiguro K. The Remains of the Day/ K. Ishiguro. Vintage, 1990. 256p.
8. Scherzinger К. The butler in passage: the liminal narrative of Kazuo Ishiguro's The Remains of the Day // Literator: Journal of Literary Criticism, comparative linguistics and literary studies. FindArticles.com. 21 Nov, 2009. // URL:
9. https://www.theguardian.com/books/2012/aug/17/rereading-remains-day-salman-rushdie
XULOSA.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)