Научная статья на тему 'ABDULLA QODIRIY IJODI VA MILLIY RUH'

ABDULLA QODIRIY IJODI VA MILLIY RUH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4347
375
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abdulla Qodiriy / roman / adabiyot / millat / ma’naviyat / tarix. / Abdullah Kadiriy / novel / literature / nation / spirituality / history

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulzoda Raxmatilla Qizi Bahromova

Mazkur maqolada buyuk jadid Abdulla Qodiriy ijodi va milliy ruh masalasi ko’rib chiqiladi. Xususan uning eng mashhur romani bo’lmish “O‘tgan kunlar” romani qahramonlarining o’ziga xosligi ilmiy muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABDULLA KADIRIY’S CREATIVITY AND NATIONAL SPIRIT

This article discusses the work of the great enlightenment writer Abdullah Kadiri and the issue of national spirit. In particular, the identity of the protagonists of his most famous novel, Days Gone By, is scientifically discussed

Текст научной работы на тему «ABDULLA QODIRIY IJODI VA MILLIY RUH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 ABDULLA QODIRIY IJODI VA MILLIY RUH

Gulzoda Raxmatilla qizi Bahromova

Qarshi davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada buyuk jadid Abdulla Qodiriy ijodi va milliy ruh masalasi ko'rib chiqiladi. Xususan uning eng mashhur romani bo'lmish "O'tgan kunlar" romani qahramonlarining o'ziga xosligi ilmiy muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Abdulla Qodiriy, roman, adabiyot, millat, ma'naviyat, tarix.

ABDULLA KADIRIY'S CREATIVITY AND NATIONAL SPIRIT

Gulzoda Rakhmatilla kizi Bahromova

Master Student, Karshi State University

ABSTRACT

This article discusses the work of the great enlightenment writer Abdullah Kadiri and the issue of national spirit. In particular, the identity of the protagonists of his most famous novel, Days Gone By, is scientifically discussed.

Keywords: Abdullah Kadiriy, novel, literature, nation, spirituality, history.

KIRISH

Abdulla Qodiriy o'z davrining ilg'or bir ziyolisi sifatida Vatan va millat taqdiri xususida qayg'urdi. Zamon taloto'plari adib qalbini iztirobga soldi. "O'tkan kunlar" romani orqali xalqning milliy ongini uyg'otmoqchi, "tariximizning eng kir, qora kunlari"- yurtni mustamlaka balosiga yo'liqtirgan keyingi noahil "xon zamonlari"dan so'z ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi bo'ldi.

Romanning ma'no-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hoji shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yo'liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilar sanaladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"O'tkan kunlar" romani bamisoli ulkan va tiniq ko'zgu, unda o'zbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-

ma'naviy dunyosi, bo'y-basti, qiyofasi keng ko'lamda aniq-ravshan tasvirlanadi. Romandagi uchlik - oshiq, ma'shuqa va ag'yor, bir qarashda, an'anaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning toza muhabbati, ishqiy kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zo'r mahorat bilan ko'rsatiladi. Asardagi juda kam insonlar qalbidan chuqur joy oladigan bir "durri bebaho" - ishq-muhabbat tuyg'usiga doir inja tafsilotlar kitobxonni hayajonga soladi. Otabek bilan Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojiaviy sahnalar kishini chuqur o'yga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni - Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini ko'z oldimizda gavdalantiradi. Ayni damda o'lkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va o'zaro ichki nizolardir, degan fikrni g'oyat ustalik bilan asarning mazmun-mohiyatiga singdiradi.

"O'tgan kunlar" romani mehnatkash xalqqa chuqur hurmat ruhi bilan sug'orilgan. Yozuvchi Hasanali, usta Olim, Saodat, To'ybeka, Oybodoq singari mehnatkash xalq vakillari obrazlarini mehr bilan tasvirlagan. Jumladan, Yusufbek hojining xizmatkori Hasanali uddaburro, tadbirli, sadoqatli, aqlli, g'amxo'r, vijdoni pok, mehribon - umuman oddiy insonga xos eng yaxshi fazilatlarni o'zida mujassamlantirgan kishi obrazi sifatida kitobxon hurmatiga sazovor bo'ladi. «O'tgan kunlar» romanida xotin-qizlar obrazi salmoqli o'rin egallaydi. Yozuvchi xotin-qizlarning Kumushbibi, Zaynab, O'zbek oyim, Oftob oyim, Saodat, Oybodoq, To'ybeka, Xushro'ybibi, Jannat kampir kabi o'nlab xilma-xil obrazlarini yaratgan. Muallif Homid, Xushro'ybibi, Jannat kampir, Musulmonqul, Azizbek, Sodiq kabi murakkab obrazlarni ham zo'r mahorat bilan yaratgan. Asarda, Kumushbibi vafodorlik, go'zallik va samimiylikning ramzi bo'lsa, Xushro'ybibi ichi qoralik va shumlik, battollik va yomonlik, behayolik va urshqoqlik, o'jarlik va xudbinlik timsolidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"O'tgan kunlar" romanidagi obrazlarning har biri o'zicha bir olamki, ular hech qachon bir-birini takrorlamaydi. Ularning hammasi ham yuksak darajada mahorat bilan yaratilgandir. Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" asari - o'zbek romanchiligining birinchi cho'qqisidir.

Ijodkorning mahorati yana shunda ko'rinadiki, u o'zi mansub bo'lgan xalqning hayotini milliy til vositasida tasvirlayotganida tarixiy hodisalar orqali milliy qahramon va milliy urf- odatlarni bir - biriga o'yg'unlashtirib yuboradi.

Albatta, "...badiiy mahorat chiroyli iboralar, chiroyli ifodalar, antiqa voqealar, kugili va qayg'uli holatlar topish emas, xalqqa aytadigan zarur so'zimizni

kitobxonning qalbiga olib kiradigan obrazlar yaratish demakdir." Binobarin, adabiy asarlardagi personajlar ma'lum inson shaxsining ifodasi bo'lib, ularning o'zlari ham izhor etib berolmaydigan murakkab ruhiy holatlari muallif nutqi yordamida tasvir etilad

Qodiriy asarlaridagi sehrli jozibaning omillaridan biri uning milliy tilidir Adib asar yozish uchun poydevor bo'ladigan manba qidirgan paytda o'zbek xalqiga tegishli bo'lgan jozibador, madaniy va go'zal til shaklini ham izladi. Manbani xalq og'zaki ijodidan topgan bo'lsa, bunday til shaklini adabiy tilimizga asos bo'lgan lahjalarimiz va ularning zahirasi hisoblangan shevalarimizdan izladi va topishga muyassar bo'ldi. Shu asnoda barcha shevalarimiz adabiy til uchun bitmas -tuganmas xazina ekanligiga amin bo'lgan holda buni amalda isbotladi. Aslida sheva mulki hisoblangan leksik birliklarimizni adabiy tilimizga olib kirdi. Holbuki adabiy tilda ularning o'rni bo'sh edi, ana shu bo'shlikni to'ldirishda ham Abdulla Qodiriyning xizmati beqiyosdir. Undagi so'z tanlash jarayoni xuddi rassom surat uchun rang tanlash misoli yorqin aks etgan. Buni adibning asarlarini o'qiyotgan paytda his qilasiz. Yozuvchi o'zbekona sodda so'zlashuv tarzini romanlariga olib kirib, asarlari tilining jonli va hayotiyligini ta'minladi. Bu o'z-o'zidan bo'lgani yo'q, chunki adibning o'zi xalq orasida yurib ustachilik, ya'ni uylarning tomini yopish bilan shug'ullandi. Keyin mahallasidagi tashlandiq yerni tozalab, unga jon bag'ishlab bog' yaratdi. Oddiy insonlar bilan yaqin munosabat, jismoniy mehnatdan rohatlanish hissida tiniqlashgan aql ana shunday badiiy jihatdan mukammal, kitobxonni o'ziga rom etadigan asarlarning yaratilishiga zamin bo'ldi.

Haqqoniy badiiy asarlarda shoir va yozuvchilarning shaxsi, o'ziga xos ichki dunyosi, tabiati, yashagan muhiti aks etib turadi. Shu nuqtai nazardan yozuvchining o'zi ham asarda individuallashgan tipik xarakterlar singari namoyon bo'ladi. " Jumladan, O. Balzak "Odamizod komediyasi"da 2000 obrazni yaratdi, deylik. Demakki, Balzak qalbi, hayoti, fikrlari, turmush va insonlar haqidagi tushunchasi ana shu 2000 obrazga taqsimlanib, har bir obraz o'z hayoti bilan yashadi, o'z fikrlari bilan o'yladi, o'z tilida so'zladi. Buning ustiga, shu 2000 obrazni "Odamizod komediyasi"ga jamlashtirgan, ular faoliyatini ma'lum maqsadga yo'naltirgan ikki ming birinchi obraz mavjudki, busiz Balzak hayotini, xarakterini, qalbini, dunyoqarashini, iste'dodini, uslubini mukammalligicha anglash mumkin emas. Bu ikki minginchi obraz barcha obrazlar ustidan mutlaq hokimlikka ega bo'lgan, har birining hayot faoliyatini ko'rsatib turgan, ularni harakatlantirgan kuch - avtor obrazidir."

Muallifning asarda qahramonlar singari namoyon bo'lishida uning nutqi muhimdir. Muallif nutqi yozuvchi mahoratinig oynasi bo'lib, asarda qiyofalar,

ularnig portretlari, ichki dunyosi, tabiat manzaralari, hamma - hammasini yozuvchining tili va dilidan bayon qiluvchi "hokimlikka" ega nutqdir. Hokim nutq badiiy asarning g'oyaviy yo'nalishi va qahramonlar xarakterini ochishga xizmat qiladi.

Biz badiiy asarlarda muallif nutqining ahamiyatini o'rganar ekanmiz, o'zbek milliy romanchiligi asoschisi A.Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanida muallif nutqining juda antiqa shakliga duch keldik.

- "Kumushbibi uyqudan turib favqulodda bir holga uchraydi: bir kechada hammaning tushiga "to'y"kirib chiqqan.

- To'y uchun yangi ko'rpalar qoplamoqchi bo'ladilar, par to'shaklar olmoqchi bo'ladilar, kuyov uchun qanday kiyim yarashmog'i ham bahs qilinar, Oftob oyim eriga oltin kamar olmoqqa buyuradir... Tavba, demay chora yo'q: Oftob oyimning kuyovlari kim, qaysi qizlarini erga beradilar, ularning Kumushbibidan ham boshqa qizlari bormi? Ularning qizlari yolg'iz, demak, Kumush erga beriladir...

- Tushunarli gap emas:

- Erga kim tegadir?

- Kumush!

- Kumushbibi kuyovni yoqtiradimi, yo'qmi? Bu to'g'rida uning fikrini bilish kerakmi, emasmi?

- So'zlashish ham kerak emas, bildirish ham.

- Nega?

- Chunki odat shul? Kumush ota -ona yoqtirgan kishiga rozi bo'lish uchun majbur"

Mazkur badiiy nutq bayonini o'qigan kitobxon, albatta, ikki qahramon so'zlashayotgan dialog bo'lsa kerak, deyishi mumkin. Sinchiklab e'tibor bersangiz, bu nutqda hech qanday qahramonlar ishtirok etmayapti. Qizig'i shundaki, yuqoridagi ko'chirmani yozuvchi qahramonlar nutqiga ham yuklashi mumkin edi. Ammo Kumushbibining uyqudan uyg'onishi, bir kechada hammaning tushiga tuy kirib chiqishi, tuy uchun yangi ko'rpalaru par to'shaklarni tayyorlash kabi badiiy tasvirlarni faqatgina hokim nutq izohlab berishi mumkin. Izohdan anglashiladiki, muallif nutqining milliyligi har bir so'z va iboralarda yaqqol ko'zga tashlanib tura di.

Sharq xotin - qizlarining iffati, nafosati, go'zalligi, hatto kuyovni yoqtirish -yoqtirmasligi haqida u bilan so'zlashish kerak emasligi, balki odat shul ekanligi muallif nutqida ishonarli qilib berilgan.

Bundan tashqari, "Qudalarni kutib olish" bobida shunday bir jumla bor: "Kumush salom berdi va qo'lidagi paranjisini yerga tashladi, yugurib kelib o'zini O'zbek oyimning quchog'iga otdi. O'zbek oyim ham uni mahkam siqib quchoqlab

olgan, yuzidan shap-shap o'pib, aylanib, o'rgilar va tikilib-tikilib nima uchundir yig'lar edi...»

Garchi yozuvchi bu o'rinda «nima uchundir» so'zini ishlatsa ham, kitobxon O'zbek oyimning «nima uchun yig'lashini» juda yaxshi tushunadi. O'zbek oyimday sodda va sofdil ayol Kumushning go'zalligini, uning bo'lakcha jozibasini, tortinchoq, uyatchan tabassumini ko'rganida o'zining nohaqligini, unga nisbatan qilgan adolatsizliklarini, uni baxtsiz qilib qo'yganini tushunmasligi mumkin emas edi. O'zbek oyim, soddadil ayollarga xos bir sezgirlik bilan buni tushungan va o'z qilmishidan pushaymon bo'lib, ko'z yoshi to'kar va bu bilan Kumushdan kechirim so'rar edi.

Shu o'rinda adabiyotshunos olim Izzat Sultonning "... badiiy asardagi muallif nutqi dastavval axborot xarakterga egadir", degan fikriga qo'shilgan holda o'z qarashlarimizni ham aytib o'tsak. Bizningcha, muallifning nutqi "axborot xarakteridan" iborat bo'lsa, asarning badiiy ta'sirchanligiga putur yetadi. Shunday ekan, yozuvchi muallif nutqida qahramonlarning ma'lum bir vaziyatdagi holati, milliy sharoit ta'sirida uning ruhiyatida sodir bo'lgan o'zgarishlarni badiiy tasvirlaydi.

XULOSA

Yuqoridagi fikrlarimizdan ko'rinib turibdiki, Abdulla Qodiriy ijodida milliylik ikki yo'nalishda o'z ifodasini topadi. Birinchidan, adib barcha asarlari, xususan, "O'tkan kunlar" romani badiiy niyatiga mavzuni o'z ona yurti, ona xalqi tarixi, mentalitetidan kelib chiqib ifodalash orqali erishadi. Ikkinchidan, mavzu, g'oya, obraz yechimi islom ma'rifati hamda jadidchilik ta'limotiga yo'g'rilgan va bu esa milliylikni yanada chuqurlashtirgan.

Bundan tashqari , adib folklor asarlarining umumiy ruhidan ilhom olib, o'zi yaratgan obrazlar xatti-harakatida, ularning faoliyatini tasvir-lashda oilaviy-maishiy muhit, xalqning urf-odatlari va marosimlaridan oziqlanib ijod qildi. Albatta, Abdulla Qodiriyning folklor an'analariga munosabati bevosita emas, balki bilvosita soniyaga ega. Ana shunda ham adib o'zi yaratgan obrazlarning realistik qiyofasini ishonarli aks ettirishda, romanlar konfliktini hayotiy asoslarda rivojlantirish va hal etishda xalq og'zaki ijodi an'analariga murojaat etdi. Aniqroq qilib aytganda, Abdulla Qodiriyning folklor an'analaridan foydalanishi sintezlash asosida amalga oshdi.

Adib asarlariga diqqat bilan yondashilsa, ularda xalq hayotiga oid lavhalar, ayniqsa, folklorga xos komik obrazlarni o'z asari tarkibiga singdirib yuborganligi sezilib turadi. Uning "O'tgan kunlar" romanidagi qiziqchi va masxarabozlarning

san'ati real hayotidagi xalq tomosha san'atining roman tarkibiga mohirona singdirib yuborilganligining yorqin namunasi bo'la oladi.

Abdulla Qodiriy "O'tgan kunlar" romanida maishiy-psixologik tasvirga moyillik bildiradi. Shu bois uning ushbu romanidagi folklor an'analari ham mana shu nuqtai nazardan istifoda etilgan.

Aytish mumkinki, yangi o'zbek adabiyotida epik obraz va epik rivoya (bayon), avvalo, Abdulla Qodiriydan boshlangan bo'lib, bunda uning xalq og'zaki ijodi va yozma mumtoz adabiyotdagi poetik tasvir shaklini, romantik ifoda usulini realistik nasrga nihoyatda tabiiy ko'chirgani ulkan kashfiyot bo'ldi.

Abdulla Qodiriy asarlarida milliy ruh va folklor an'analari uyg'unlashib, ijodkorning o'ziga xos, betakror uslubini namoyon qiladi.

Umumun olganda, Abdulla Qodiriyning nafaqat "O'tkan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlariyu, " Obid ketmon" qissasi, balki "Ahvolimiz", "To'y", "Millatimga", "Fikr aylagil" kabi she'rlarida, "Juvonboz", "Uloqda", "Jinlar bazmi" kabi hikoyalarida, "Baxtsiz kuyov" dramalarida ham milliy ruh hukmronlik qiladi.

REFERENCES

1. А.К,ахдор. Асарлар. Т ВИ. Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1970. 411 -бет.

2. У.Носиров. Ижодкор шахс бадиий услуб, автор образи. Тошкент: Фан,1981.109 -110 бетлар

3. А.К,одирий. "Утган кунлар" Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974.47 бет.

4. И.Султон. Адабиёт назарияси. Автор нущи ва персонаж нущи. Тошкент: У^итувчи, 1980.199 бет.

5. Botirova Sh.I. (2018). The Role оf Artistic Literature In The Spiritual Development оf Youth. Мировая наука, 5(14), 26-28.

6. Botirova Sh.I. (2019). Poetics of artistic psychologism. Теория и практика современной науки, 2(44), 31-34.

7. Botirova Sh.I. (2018). Symbolic-figurative talk and psychological relations.

«Экономика и социум». 12(55), 114-118.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.