Научная статья на тему '“GARRI POTTER” ASARIDA FANTASTIK OBRAZLAR TAHLILI'

“GARRI POTTER” ASARIDA FANTASTIK OBRAZLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1083
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fentezi / komik / gotik / kentavr / elf / mifologiya / suv parisi / sirena / goblin / fantasy / comic / gothic / centaur / elf / myth studies / mermaid / siren / goblin

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nozima Axrorovna Saidova

Ushbu maqolada fentezi janriga ta‘rif berilib, ushbu janrning turlari hamda eng mashhur na‘munalari qayd etilgan va butun dunyo yozuvchilarining fantaziya janri haqida bildirgan fikrlari aks ettirilgan. Shuningdek, fentezi janriga oid asarlarda tilga olinadigan jonzotlarga qisqacha tavsif berilib, turli manbalardagi tashqi ko‘rinishlari solishtirilib, Joan Rouling asaridagi obrazlari bilan ham taqqoslangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF FANTASY IMAGES IN HARRY POTTER

This article describes the fantasy genre, highlights the types and most popular examples of this genre, and reflects the views of writers around the world on the fantasy genre. It also includes brief descriptions of supernatural creatures participating in various fantastic works and the comparison of their appearances in Joan Rowling‘s and other writers‘ books.

Текст научной работы на тему «“GARRI POTTER” ASARIDA FANTASTIK OBRAZLAR TAHLILI»

"GARRI POTTER" ASARIDA FANTASTIK OBRAZLAR TAHLILI

Nozima Axrorovna Saidova

Toshkent davlat yuridik universiteti n.saidova@tsul.uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada fentezi janriga ta'rif berilib, ushbu janrning turlari hamda eng mashhur na'munalari qayd etilgan va butun dunyo yozuvchilarining fantaziya janri haqida bildirgan fikrlari aks ettirilgan. Shuningdek, fentezi janriga oid asarlarda tilga olinadigan jonzotlarga qisqacha tavsif berilib, turli manbalardagi tashqi ko'rinishlari solishtirilib, Joan Rouling asaridagi obrazlari bilan ham taqqoslangan.

Kalit so'zlar: fentezi, komik, gotik, kentavr, elf, mifologiya, suv parisi, sirena, goblin.

ANALYSIS OF FANTASY IMAGES IN HARRY POTTER

Nozima Akhrorovna Saidova Tashkent State University of Law n.saidova@tsul.uz

ABSTRACT

This article describes the fantasy genre, highlights the types and most popular examples of this genre, and reflects the views of writers around the world on the fantasy genre. It also includes brief descriptions of supernatural creatures participating in various fantastic works and the comparison of their appearances in Joan Rowling's and other writers' books.

Keywords: fantasy, comic, gothic, centaur, elf, myth studies, mermaid, siren, goblin.

KIRISH

Fentezi - bu xayoliy koinotda sodir bo'ladigan voqealar aks etgan janr bo'lib, ko'pincha haqiqiy dunyo afsonasi va folkloridan ilhomlanadi. Uning ildizi og'zaki an'anaviy dostonlarga borib taqalib, keyinchalik fantastik adabiyot, ilmiy fantastika hamda drama kabi alohida sabjanrlar kelib chiqqan. Yigirmanchi asrdan boshlab u

turli xil ommaviy axborot vositalarida, jumladan kino, televidenie, grafik romanlar, animatsion filmlar va video o'yinlarda ham o'z aksini topdi.

Fantaziya, ilmiy fantastika va qo'rqinchli gotik janrlari bir-biriga juda o'xshasada, ularning asosiy farqi fentezi janriga mansub asalrarda ilmiy mavzular muhokama qilinmaydi. Fentezi janrning o'ziga xos xususiyatlari juda ko'p bo'lib, ular qatoriga g'ayrioddiy jonzotlarning mavjudligi (elf, kentavr, suv parisi, goblin, sirena va boshqalar), qahramonlarning noreal xatti-harakatlari (kelajakni bashorat qilish, devorning narigi tomonini ko'rish, uchish va hokazolar) kabilar kiradi.

METODOLOGIYA

Hozirgi kungacha Fentezi janrining quyidagi turlari sanab o'tilgan:

1) hayvonlar va o'yinchoqlar fentezisi;

2) g'alati va g'ayritabiiy kuchga ega qahramonlar fentezisi;

3) epik fentezi;

4) kulgili (komik) fentezi; 5) gotik (qo'rqinchli, qora) fentezi

Ingliz mashhur adibasi Joan Rouling 1997-yilda o'zining fentezi janrida yozilgan "Garri Potter" asarini chop ettirdi, mana 14 yildirki asar butun dunyo bolalari hamda katta yoshdagi kitobxonlarning sevimli asarlari ro'yxatidan tushmasdan keladi. 11 yoshli sehrgar bola Garri Potterning sehrgarlik va afsungarlik maktabi Hogvartsdagi sarguzashtlarini butun dunyo bolalari qiziqish bilan o'qib chiqishdi. Bunga o'xshash voqealar tasvirlangan asarlar Meri Frensis Zembreno va Diana Uins Jons kabi fentezi yozuvchilari tomonidan yozilib, omma e'tiboriga taqdim qilingan bo'lsa-da, ularning hech biri Joan Rouling asaridek kitobxonlar e'tirofiga sazovor bo'la olmadi.

Zamonaviy ingliz tiliga yaqin tilda ijod qilgan dastlabki ingliz yozuvchisi Jofri Choser "fantasye" so'zini har kunlik hayotda duch kelmaydigan noodatiy va g'ayritabiiy narsalarga nisbatan qo'llagan.

Fentezi janrini o'z asarlari orqali butun dunyoga mashhur qilgan ingliz yozuvchisi R.R.Tolkinning ta'riflashicha, fentezi "birlamchi dunyo" elementlaridan tuzilgan "ikkilamchi dunyo" haqida hikoya qiluvchi asar hisoblanadi. Uning aytishicha, fentezi san'atning yuqori hamda eng toza shakli bo'lib, qo'yilgan maqsadga erishilganda u eng o'tkir janrga aylanadi.

Mashhur fransuz strukturalisti Tzvetan Todorov fenteziga quyidagicha ta'rif beradi: "faqatgina tabiat qonunlari ma'lum bo'lgan inson tabitni kuzata turib,

g'ayritabiiy bo'lgan narsalarga duch kelganda ikkilanish his etishi fentezi hisoblanadi.

NATIJALAR

Fentezi janri haqida gapirilar ekan, unga ishora etuvchi bir qancha jihatlar mavjudki, ular bizga ushbu janrni tezda farqlab olish imkonini beradi. Vaqtlar almashinuvi hamda turli xayoliy qirolliklar fentezi dunyosida tez-tez uchrab turadigan hodisa. Janrning xususiyatlaridan yana biri fantastik dunyoda g'alati jonzotlar ham hayot kechirishadi (so'zlovchi buyumlar va hayvonlar, afsonaviy jonzotlar, ritsarlar, sehrgar-u afsungarlar, bo'ri-odamlar, elflar, arvohlar, ajdarholar va shunga o'xshash boshqa mavjudotlar).

Yuqorida sanab o'tilgan xususiyatlardan kelib chiqar ekanmiz, mashhur ingliz bolalar yozuvchisi J.K.Roulingning "Garri Potter" seriyalarini fentezi janriga aloqador deya qo'rqmay ayta olamiz. Chunki ushbu asardagi voqealar bizning real dunyomizdan uzoqda bo'lgan sehrli dunyoda sodir bo'ladi, sehrgarlar tun-u kun sehr-jodudan foydalanadilar hamda ushbu dunyoda sehrgarlardan tashqari yana turli xil mifologik obrazlar—goblinlar, elflar, suv parilari va boshqalar ham hayot kechiradi.

MUHOKAMA

Kentavrlar—yarim odam-yarim ot jonzotlar. Grek mifologiyasiga ko'ra, kentavrlar Ares o'g'li Iksion hamda Zevs xohishiga ko'ra Gera qiyofasiga kirgan bulutdan dunyoga kelgan. Kentavrlar Fessalida yashagan, go'sht yeb hamda ichkilik ichib kun kechirgan. Ular o'z qo'shnilari lapifalar (bahaybat odamlar) bilan tinimsiz jang qilib, ushbu qabiladan o'zlariga rafiqa o'g'irlaganlar. Gerakl kentavrlar ustidan g'alaba qozongach, ular butun Yunonistonga tarqalgan.

Ba'zi bir manbalarda aytilishicha, Gomer davrida yunonlar hali ot minib yurmaganlar, shuning uchun ot mingan odamni ko'rgach, ular ot hamda uning ustidagi odam bir butun deb o'ylashgan. Yozib qoldirilgan manbalarga ko'ra, Pisarro hamda Ernan Kortes jangchilarini ko'rgan hindular ularni yarim ot-yarim odam deb o'ylagan va jangchilardan biri otdan tushganda, bu jonzot ikkiga bo'lindi deb o'ylagan hindular qo'rquvdan baqirib qocha boshlagan.

Kentavrlar turli xalqlar mifologiyasida o'z aksini topgan. Eron mifologiyasi "Gopotshoh"da shu nom bilan ataluvchi odam boshli buqa obrazi tasvirlangan bo'lib, u turli xudolarga xizmat qilgan. Turli manbalarga ko'ra Gipotshoh Gilshoh hamda Garshoh kabi shohlar bilan tenglashtirilgan. Islom dinida Muhammad payg'ambar Makkadan Iyerussalimga hijratini Buroq deb ataluvchi mo'jizaviy jonzotda amalga

oshirgan. Buroq boshi odamniki bo'lgan ot deya tasvirlangan. Uning katta ko'zlari qora va quloqlari yumshoq, rangi qizil va dog'lar bilan qoplangan. Hindiston musulmonlari Buroqni qanotlari va tovus dumi bilan tasvirlaydilar.

"Garri Potter" asarida ham kentavr obrazi taqdim etilgan. Hogvarts maktabi yaqinidagi o'rmonda kentavrlar yashaydi. Asarning birinchi qismi "Garri Potter va falsafa toshi"da Hogvarts maktabi qorovuli Hagrid Garri va uning do'stlarini kentavrlar bilan tanishtiradi. Asarda kentavrlar o'rmonni boshqa maxluqotlardan, begonalardan himoya qiladilar. Ular juda dono, aqqli, ko'pni ko'rgan jonzotlar deya ta'riflanadi hamda sayyoralarning holatiga qarab kelajakni bashorat qila oladi. Asar davomida kentavrlar goh Garriga qarshi kurash olib borsa, goh uning tomonida turib Volandemortga qarshi harakat qilishadi.

And into the clearing came — was it a man, or a horse? To the waist, a man, with red hair and beard, but below that was a horse's gleaming chestnut body with a long, reddish tail. Harry and Hermione's jaws dropped. "Oh, it's you, Ronan," said Hagrid in relief. "How are yeh?"

He walked forward and shook the centaur's hand

Zamonaviy ingliz tilining Longmen lug'atiga ko'ra, elf—sehr-jodudan foydalanadigan o'ylab topilgan obraz bo'lib, oddiy odamdan uchli quloqlari hamda gavdasining kichkinaligi bilan farq qiladi. Elf so'zi nemis tilidan olingan bo'lib, "oq" degan ma'noni bildiradi. Bu obraz dastlab german-skandinav hamda kelt qabilalarining folklorida paydo bo'lgan, shved tilida "alv", irland tilida esa "sidx" nomlari bilan ma'lum.

Elflarning tashqi ko'rinishi odamlardan uncha farq qilmaydi, quloqlarining shaklini hisobga olmaganda, albatta. Shunday bo'lsa-da, ularning o'ziga xos tomonlari mavjud. Masalan, erkak elflarda odamlardagi singari soqol va mo'ylov bo'lmaydi, boshidagi sochdan tashqari tanasida umuman tuk yo'q. Elflar go'zallikda tengi yo'q deya ta'riflanadi. Ular juda uzoq umr ko'radi. R.R.Tolkinning asarlarida tasvirlangan elflar esa umrboqiy.

Elflarning jahlini chiqarish juda oson va ular uzoq vaqt kek saqlash xususiyatiga ega, lekin ularga yaxshilik qilgan, yordam bergan insonga sodiqlar va ulardan o'z saxiyliklarini ayamaydilar. Rouling elflarning ushbu xususiyatlaridan kelib chiqib ushbu jonzotlarni o'z asarida xo'jayiniga sodiqlik bilan butun umr xizmat qiladigan xizmatkorlar deya tasvirlagan.

Garri Potter asarining deyari barcha qismlarida elflar ishtirok etgan va ular uy-elflari deya nomlangan. Ularning ma'lum bir oilaga biriktirib qo'yilgan hamda shu oilaga xizmat qiladi. Elflar asarda xuddi xizmatkordek tasvirlangan—ular uy ishlarini

bajaradi, o'z xo'jayinlarining barcha istaklarini amalga oshiradi va hatto o'z xo'jayinlari ularni haydamaguncha hech qayerga keta olmaydi. Elflar o'z xo'jayinlariga qaram bo'lib, ular uchun bu odiy hol sanaladi; ozodlikga chiqish esa elflar nigohida daxshatli va sharmandali hodisadek go'yo.

Dobby is a house-elf — bound to serve one house and one family forever...

"A house-elf must be set free, sir. And the family will never set Dobby free. Dobby will serve the family until he dies, sir.

Asarda elf obrazi lug'atlar hamda mifologik ensiklopediyalarda tasvirlanganidek chiroyda betakror va go'zal maxluqotlar deya emas, balki katta va ko'rshapalaksimon quloqli, tennis koptochalari hajmidagi bo'rtib chiqqan yashil ko'zli kichkina jonzot deya tasvirlangan.

The little creature on the bed had large, bat-like ears and bulging green eyes the size of tennis balls. Harry knew instantly that this was what had been watching him out of the garden hedge that morning.

Suv parisi—ayol ko'rinishidagi mifologik obraz. Suv parilarining qanday jonzotlar ekanligi haqida bir qancha farazlar mavjud.

L.N.Vinogradova fikricha, suv parisi xavfli ruh bo'lib, dala, o'rmon, suv yoqasida paydo bo'ladi va odamlarni o'ldiradigan darajada qitiqlaydi yoki suvga cho'ktiradi. "Rusalka" so'zining kelib chiqishi qadimiy rus bayram "rusaliya"dan kelib chiqqan.

D.K.Zeleninning fikriga ko'ra esa, suv parisi o'z o'limi bilan o'lmagan insonning ruhi bo'lib, yosh ayol ko'rinishida ifodalanadi.

Suv parilarining tashqi ko'rinishi turli xalqlarda turlicha aks ettirilgan. Slavyan xalqlarida suv parisi uzun sochli, yashil ko'zli oppoq yosh qizlar obrazida namoyon bo'ladi. German qabilalarida suv parilari "undina" deb atalib, dumi mavjud bo'lmagan hamda chiroyli sochli ayollar obrazida tasvirlangan va daryo bo'ylarida uchragan. Nemis folklorida "lozeley" nomi bilan mashhur jonzotlar go'zal qiz obrazida tasvirlanib, Reyn daryosi bo'yida sochlarini taragan kuy o'tirib, baliqchilarni o'ziga asir qilgan. G'arbiy Yevropa davlatlarida suv parilari sirenalar, ya'ni yarim qush-yarim odam yoki yarim baliq-yarim odam tarzida tasvirlangan. Suv parilarining barcha xalqlar tasviridagi o'xshash jihati uzun va chiroyli sochlarining mavjudligi hisoblanadi.

J.K.Rouling ham o'z asarida suv parisi obrazidan foydalangan va yuqoridagi tasvirlarni uyg'unlashtirib, suv parilarining bo'yniga ijobiy bo'lmagan vazifani yuklagan. "Garri Potter va olovli jom" qismida suv parilari maktablararo musobaqalashayotgan sehrgarlarning eng yaqin insonlarini o'g'irlab, o'z makonida

yashirib qo'ygan va sehrgarlarning vazifasi o'z yaqinlarini suv parilari zulmidan xalos qilish qilib belgilangan. Suv parilari asarda uzun yashil sochli, sarg'ish ko'zli, chiroyli ko'rinishga ega bo'lmagan ayollar obrazida tasvirlangan va tanasining pastki qismida oyoqlar o'rniga baliq dumi mavjud.

"The second task's to go and find the merpeople in the lake and..."

"The merpeople had grayish skin and long, wild, dark green hair. Their eyes were yellow, as were their broken teeth, and they wore thick ropes of pebbles around their necks. They leered at Harry as he swam past; one or two of them emerged from their caves to watch him better, their powerful, silver fish tails beating the water, spears clutched in their hands.

Goblin—odamsimon, g'ayritabiiy jonzotlar bo'lib, G'arbiy Yevropa mifologiyasiga ko'ra, yer osti g'orlarida yashaydi va quyosh nurlariga toqat qila olmaydi.

Goblinlarning tashqi ko'rinishi turli manbalarda turlicha tasvirlangan, lekin bir jihati aniq—ular miflar dunyosidagi eng badbashara jonzotlardan biri. Goblinlar odam qiyofasiga kira oladi, ammo ularning tashqi ko'rinishida 3 jihat o'zgarmay qoladi—uzun quloqlar, xunuk va mushuksimon ko'zlar hamda qo'llaridagi tirnoqlarining uzunligi. Ular ko'pincha quloqlarini bosh kiyim bilan, tirnoqlarini qo'lqop bilan bekitadilar, faqat mushuksimon ko'zlarini berkitishning iloji yo'q, shuning uchun ham goblinlarni xunuk ko'zlaridan tanib olish mumkin deya xitob qilinadi.

Butun dunyo bolalar adabiyotining sevimli muallifi J.K.Rouling ham o'zining shoh asari bo'lmish "Garri Potter"da goblin obrazini taqdim etgan. Asarning birinchi qismi bo'lmish "Garri Potter va falsafa toshi" qismida asar bosh qahramoni Garri umrida birinchi marta goblinni ko'radi. Asarda goblin past bo'yli, qorachadan kelgan hamda aqlli yuzida uchli soqoli bor jonzot bo'lib, tirnoqlari uzun-uzun deya tasvirlangan.

"Yeah, that's a goblin," said Hagrid quietly as they walked up the white stone steps toward him. The goblin was about a head shorter than Harry. He had a swarthy, clever face, a pointed beard

and, Harry noticed, very long fingers and feet. He bowed as they walked inside."

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Angliyada bolalar adabiyoti adabiyotning mustaqil tarmog'i sifatida XVII asrda ajralib chiqqan. Undan oldin ham bolalar o'z

vaqtlarini kitob o'qish bilan o'tkazgan bo'lsalar-da, ushbu kitoblar aslida kattalar uchun mo'ljallangan kitoblar bo'lgan. XX asr o'rtalari-XXI asr boshlariga kelib, Angliya adabiyotida shunday asarlar yaratildiki, ular hozirga qadar butunjahon bolalar adabiyotining durdonasi deb tan olinadi. Bunday asarlar sirasiga A.A.Millnning "Vinni Puh", R.Dalning "Charli va shokolad fabrikasi", R.R.Tolkinning "Hobbit" hamda J.K.Roulingning "Garri Potter" asarlarini kiritamiz.

Texnika asrining bolalarini komputer va telefonlardan bosh ko'tarib, qayta kitoblarni qo'lga olishga undagan butun dunyo bolalari tomonidan sevib o'qiladigan "Garri Potter" seriyalarini yaratgan angliyalik bolalar yozuvchisi J.K.Rouling hozirgi zamonda nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham sevimli yozuvchisi desak adashmagan bo'lamiz. 11 yoshli bolaning biz yashab turgan oddiy dunyodan sehrgarlar dunyosiga tushib qolgani haqidagi sarguzashtlarga boy ushbu asarning bir necha yillar davomida 70dan ortiq tilga tarjima qilinganligi ham uning zamonaviy bolalar adabiyotida naqadar ulkan o'rin egallab turganini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Fayziyeva A.A. Joan Roulingning "Garri Potter" asarida stilistik o'ziga xoslik.Magistrlik dissertatsiyasi-Buxoro 2014. 18-19 b.

2. D'ammassa, Don. Encyclopedia of Fantasy and Horror Fiction. - New York: Facts on File, 2006. p.165.

3. Todorov Tzvetan. The Fantastic: A Structural Approach to a Literary Genre. Trans.by Richard Howard. Cleveland: Case Western Reverse University Press, 1973. P.33

4. Хорхе, Луис Борхес. Книга Вымышленных Существ. СПб.:Азбука, 1999.

5. Мифологический словарь/Гл.ред.Е.М.Мелетинский—М.:Советская Энциклопедия, 1990. С.672

6. Виноградова, Л,Н. Русалка, 2009, с. 495

7. Зеленин Д.К. Восточнословянская Этнография.—М.:Наука, 1991. С.419

8. Скандинавская мифология:Энциклопедия.—М:Изд-во ЭКСМО; СПб.:Мидгард, 2005. С.592

9. Nigorakhon Rakhimovna Ruzibaeva (2021). COGNITIVE LINGUISTICS: BASIC CONCEPTS. Academic research in educational sciences, 2 (1), 438-446.

10. Miraziz, R., & Oybek, T. (2020). INGLIZ, FRANSUZ VA O'ZBEK SHE'RIYATINI TARJIMA QILISHDA QO'LLANILADIGAN TRANSFORMATSIYALAR. Oriental Art and Culture,(V).

11. Ruzibaeva, N. (2019). PECULIARITIES OF THE ANTITHESIS IN THE LITERARY TEXT. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(11).

12. Dilsuz, Z. (2019). EFFECTIVE TEACHING OF THE ENGLISH LANGUAGE BASED ON THE COMMUNICATIVE-CUMULATIVE METHOD IN THE PROCESS OF EDUCATION USING MODERN TECHNOLOGIES. Суз санъати халкаро журнали, 1(5).

13. Baxriddinova, M. R. (2016). Эффективные методы предотвращения конфликтов в Высших учебных заведениях.

14. Rahimovna, B. M. (2020). THE LEXICOGRAPHICAL ASPECTS OF LEGAL TERMS IN GERMAN AND UZBEK LANGUAGES. Oriental Art and Culture, (V).

15. Raximovna, B. M., Farxodovna, . K. D., , . J., Axmedovna, N. & Ibragimovich, . U. B. (2020) VOCABULARY RETENTION IN COGNITIVE THEORY. Journal of Critical Reviews, 7 (2), 402-404. doi:10.31838/jcr.07.02.78.

16. Ametova, O., Ch, F., & Mamadayupova, V. (2019). THE THEME OF LIFE AND DEATH IN JK ROWLING'S BOOKS ABOUT 'HARRY POTTER'. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(11).

17. Rozmatovna, A. O., & Fotima, A. CORE ELEMENTS OF FANTASY GENRE IN THE WORKS:"HARRY POTTER" BY JK ROWLING AND "RIDING A YELLOW GIANT" BY KHUDOYBERDI TUKHTABAEV. Zbior artykulow naukowych recenzowanych., 24.

18. Тошматов, О. Ш. (2018). СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА. Экономика и социум, (6), 1175-1177.

19. Oybek Shokirovich Toshmatov (2021). TEACHING ENGLISH TO STUDENTS JUNIOR COURSES OF LAW FACULTIES. Academic research in educational sciences, 2 (1), 428-437.

20. Surmanov, S. (2020). ROLE GREADED READERS IN DEVELOPING VOCABULARY. Personal and Professional Development, 1(1), 40-43.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.