Научная статья на тему '“GARRI POTTER”—FENTEZI JANRINING ENG MASHHUR NAMUNASI'

“GARRI POTTER”—FENTEZI JANRINING ENG MASHHUR NAMUNASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1219
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fantaziya / vizual tarjima / kviddich / snich / sarguzasht asar / magl / vol de mort / interaktiv o’yinchoqlar. / фентези / визуальный перевод / квиддич / синч / преключение / магл / вол де морт / интерактивные игрушки

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saidova Nozima

Ushbu maqolada Britaniyaning mashhur bolalar asarlari yozuvchisi Joan Roulingning butun duynyo bo’ylab eng ko’p o’qilgan asarlaridan biri Garri Potter haqidagi asosiy faktlar, boshqa tillardagi tarjimalari, turli muharrirlar hamda yozuvchi va jurnalistlarning asar haqida bildirgan fikrlari aks ettirilib, Joan Roulingning sehrgar bola haqidagi asari mashhurligi sabablari o’rin olgan. Bundan tashqari, ushbu asarning yetti qismining har biri haqida qisqacha ma’lumot berilib, muxlislar e’tiroflari ta’kidlab o’tilgan hamda boshqa fentezi janridagi asarlar bilan qiyoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"HARRY POTTER" THE MOST POPULAR EXAMPLE OF THE FANTASY GENRE

В этой статье представлены основные факты о Гарри Поттере, одном из самых читаемых произведений известной британской детской писательницы Джоан Роулинг во всем мире, его переводы на другие языки, мнения различных редакторов, писателей и журналистов о произведении и причины популярности рассказа о маленьком волшебнике. Кроме того, дается краткое описание каждой из семи частей этого произведения, выделяются признания поклонников и сравниваются с другими произведениями в жанре фэнтези.

Текст научной работы на тему «“GARRI POTTER”—FENTEZI JANRINING ENG MASHHUR NAMUNASI»

"GARRI POTTER"—FENTEZI JANRINING ENG MASHHUR

NAMUNASI

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi

Saidova Nozima saidova_nozima@mail. ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada Britaniyaning mashhur bolalar asarlari yozuvchisi Joan Roulingning butun duynyo bo 'ylab eng ko 'p o 'qilgan asarlaridan biri Garri Potter haqidagi asosiy faktlar, boshqa tillardagi tarjimalari, turli muharrirlar hamda yozuvchi va jurnalistlarning asar haqida bildirgan fikrlari aks ettirilib, Joan Roulingning sehrgar bola haqidagi asari mashhurligi sabablari o 'rin olgan. Bundan tashqari, ushbu asarning yetti qismining har biri haqida qisqacha ma'lumot berilib, muxlislar e'tiroflari ta'kidlab o'tilgan hamda boshqa fentezi janridagi asarlar bilan qiyoslangan.

Kalit so'zlar: Fantaziya, vizual tarjima, kviddich, snich, sarguzasht asar, magl, vol de mort, interaktiv o'yinchoqlar.

Аннотация: В этой статье представлены основные факты о Гарри Поттере, одном из самых читаемых произведений известной британской детской писательницы Джоан Роулинг во всем мире, его переводы на другие языки, мнения различных редакторов, писателей и журналистов о произведении и причины популярности рассказа о маленьком волшебнике. Кроме того, дается краткое описание каждой из семи частей этого произведения, выделяются признания поклонников и сравниваются с другими произведениями в жанре фэнтези.

Ключевые слова: фентези, визуальный перевод, квиддич, синч, преключение, магл, вол де морт, интерактивные игрушки.

KIRISH

Garrí Potter haqida jami sakkizta kitob - "Garrí Potter va falsafa toshi", "Garrí Potter va maxfiy xona", "Garri Potter va Azkaban mahbusi", "Garri Potter va olovli jom", "Garri Potter va qaqnus ordeni", "Garri Potter va shahzoda tilsimi", "Garri Potter va ajal tuhfalari" yozilgan. Sarguzasht asar tarkibidagi yettita kitobning mazkur yilgacha 500 millionga yaqin nusxasi sotildi. Birgina "Garri Potter va shahzoda tilsimi" (oltinchi kitob) kitobi faqatgina AQShning o'zida dastlabki 24 soat ichida 6,9 million nusxasi sotilgan. Yana bir qiziq ma'lumot, kitobning hatto sotilish tezligi ham aniqlangan: bir daqiqada 80 ta. Asar eng xaridorgir kitoblarning ro'yxatidan tushmay kelmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Garrí Potter sarguzashtlar voqealari "Garrí Potter va falsafa toshi", "Garrí Potter va maxfiy xona", "Garrí Potter va Azkaban mahbusi", "Garrí Potter va olovli jom", "Garrí Potter va qaqnus ordení", "Garrí Potter va shahzoda tílsímí", "Garrí Potter va ajal tuhfalarí" kitoblarida obyektiv ochib berildi. Garri Potter yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Britaniyalik taniqli adiba Joan Keyt Rouling qalamiga mansub Garri Potter haqidagi bestseller romanlarning birinchisi — "Garrí Potter va falsafa toshí" ínglíz tílídan o'zbek tílíga to'g'rídan-to'g'rí tarjíma qílíndí. Bu haqda tarjímon Jo'raali Solíjonovníng o'zí "Daryo"ga ma'lum qíldí.

140 betdan íborat tarjíma Termízdagí "Surxon-nashr" nashríyotí tomonídan 2015-yilda nashr qilindi.Taqrizchilar — filologiya fanlari doktori Poyon Bakirov, filologiya fanlari nomzodi Nasiba Panjiyeva, Termiz davlat uníversítetí o'qítuvchílarí Abdulla Xudoyqulov va Shahnoza Qayumova bo'lgan.

"Garrí Potter va falsafa toshí" romaníní ínglíz tílídan o'zbek tílíga tarjíma qílíshda O'zbekístonda endí rívojlana boshlagan yangí "vízual tarjíma" (rasmlar qo'shíb tarjíma qilish) usulidan foydalanilgan.

O'zbekíston Yozuvchílar uyushmasí Surxondaryo víloyat bo'límí rahbarí Mengnor Allamurodov asar haqída shunday dedí: "Joan Keyt Roulíng qalamíga mansub mazkur fantastik sarguzasht roman jahon bolalar adabiyoti gultojidir. Uning fílmlarí haqída barchamíz eshítgan bo'lsak-da, uníng o'síb kelayotgan o'zbek farzandlarí uchun mos keluvchí ona tílímízdagí bevosíta tarjímasí yo'qlígí ko'ngílní xira qilar edi. 2014-yilning dekabr oyida ushbu roman muallifiga uning tarjima qilinayotganlígí haqída rasman xabar jo'natíldí va adíbaníng e'tírozí yo'qlígídan juda mamnun bo'ldík. Yozuvchílar uyushmasí tomonídan "Yosh tarjímon" maqomi berílgan Jo'raalí Solíjonovníng shu kungacha ta'lím sohasída íkkí bora xalqaro grant sovrindori hamda ikkita ijtimoiy va ta'límíy loyíha asoschí va boshqaruvchílarídan biri, shuningdek, bir necha hikoyalarning ham tarjimoni. Uning bu asarni ingliz tílídan o'zbek tílíga bevosíta tarjímasí alohída e'tíborga molík, bu esa Surxondaryo viloyatida shu sohadagi rasman tan olíngan ílk badííy ísh hísoblanadí, ya'ní víloyatímízda ínglíz tílídan o'zbek tílíga bevosíta tarjíma jarayoní boshlandí. Bu barchamíz uchun bír yutuq, deb bílaman. Tarjíma asardagí so'zlarníng sodda va bo'yoqdorlík xususíyatlarídan foydalanílganí, she'ríy qísmlarining qolipni saqlab qola olganlígí har qanday o'zbek o'quvchísí uchun osongína tushunarlí bo'la oladí"

Sakkizta kitobdan iborat roman dunyo bo'ylab jami 75 ga yaqin tilga tarjima qilingan. Azarbayjon, ukrain, arab, urdu, hind, latv va boshqa tillar shular jumlasidandir. Kitobning dastlabki qismi hatto lotin va qadimgi yunon tillariga ham tarjima qilingan. Endi esa bu asar tarjima qilingan tillar orasiga o'zbek tili ham qo'shildi va uni hozirgi o'zbek adabiy tilida o'qish imkoniyati paydo bo'ldi. Buyuk Britaniyada chop etiladigan "The Telegraph" gazetasi Joan Rouling qalamiga mansub "Garri Potter va falsafa toshi" romanini mamlakatning so'nggi chorak asr tarixidagi eng yaxshi asari deb topdi.

Gazeta tahririyati minglab o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan ijtimoiy so'rovdan keyin ana shunday xulosaga keldi. Britaniyaning "The Telegraph" gazetasi hamda "Waterstone's" kitob do'konlari tarmog'i bilan hamkorlikda o'tkazgan so'rovlar xuddi shunday natija bergan. So'rov tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi 100 ta asardan o'quvchilar aynan Joan Roulingning "Garri Potter va falsafa toshi" romanini tanlashi bejiz emas. "Waterstone's" vakili Roulingning asari muvaffaqiyati haqida to'xtalib, shunday deydi: "Bu roman so'nggi o'n yil mobaynida juda ko'p o'quvchilarni o'ziga jalb etgan asar bo'ldi. "Garri Potter" kitobning nimalarga qodirligi haqidagi tasavvurlarni o'zgartira oldi" 1

Kitobning oxirgi qismlari kitobxonlar tomonidan shu qadar intiqlik bilan kutilganki, "Garri Potter va shahzoda tilsimi" deb atalgan oltinchi kitob chop etilganining dastlabki 24 soati davomida deyarli 9 mln nusxasi sotildi. Uzoq kutilgan oxirgi kitob "Garri Potter va ajal tuhfalari" esa 1 kun davomida 11 mln nusxada sotilib, kitob tarixida eng tez sotilgan deb topildi.

"Garri Potter" asarining ta'siri shu qadar kattaki, asar muallifi Rouling tomonidan kashf etilgan so'zlar ingliz tili lug'ati Oksfordga kiritilib, umumxalq foydalanishiga kirgan.

Uelsning janubiy qismidagi maktablardagi o'quvchilar orasida jismoniy tarbiya darslarida kviddich o'ynash an'anaga aylanmoqda, deb xabar berdi "Daily Telegraph" gazetasi. Bolalar va o'smirlar o'rtasida ancha mashhur bo'lgan ushbu o'yin Joan Rouling qalamiga mansub asar qahramoni Garri Potter nomi bilan bog'liq. O'quv maskanining jismoniy tarbiya o'qituvchisi uchar supurgi va sehrlangan koptoklar yordamida o'ynaladigan kviddichni ancha soddalashtirib, real hayotga moslashtirdi. "Kinodagidan farqli o'laroq, jamoalarda mitti uchar koptok(snitch)ni tutuvchi o'yinchi va yugurishga xalaqit beradigan supurgi yo'q, ammo quvuvchi, darvozabon va ovchi vazifasini bajaradigan ishtirokchilar yordamida ham musobaqalar ancha qiziqarli o'tmoqda", — deydi pedagog. Ushbu o'yin orqali

1 Byatt,A.S. (7 July 2003). "Harry Potter and the Childish Adult". The New York Times. Retrieved 1 August 2008.

13

o'quvchílarda ko'z bílan mo'ljalga olísh layoqatíní rívojlantírísh, tezlik olish reaksiyasini kuchaytirish mumkin.

Yangí qabul qílíngan "5x60" dasturída Uelsdagí barcha maktablarda jísmoníy tarbíya soatlarí haftasíga besh soatgacha ko'paytírílíb, kvíddíchní yanada ommalashtírísh maqsad qilingan.

"Garrí Potter" kítobí nashr etíla boshlangan dastlabkí davrda juda ko'plab íjobíy fíkrlarga sazovor bo'ldí. "Garrí Potter va falsafa toshí" nomí bílan chop etílgan dastlabkí kítob "The Scotsman" kabí shotland gazetalarí e'tíboríga tushíb, "haqíqíy klassík asar" degan nomga sazovor bo'ldí. "The Glasgow Herald" gazetasí esa kítobní "sehrlí kítob" deya maqtaydí. Tez orada chet el maqtovlaríga ínglíz gazetalarí ham qo'shílíb, "The Maíl on Sunday" hamda "The Sunday Tímes" gazetalarí kítobní Roald Dal davridan buyon chop etilgan eng yaxshi badiiy asar deya atashadi. "The Tímes" gazetasí "Garrí Potter" asaríní nafaqat bolalar adabíyotí taríxídagí eng ko'p sotílgan bestseller, balkí eng yaxshí adabíy tuhfadír deya ta'kídlaydí. "Vogue" jurnali esa J.K.Roulingning Garri Potter haqidagi kitoblari bolalarga allaqachon unut bo'lgan kítob o'qíshga bo'lgan mehrní qaytardí deydí. Roulíng haqíqíy kult asar yarata oldi va bir soat ichida mashhurga aylandi.

"Garrí Potter va qaqnus ordení" deb atalgan beshínchí kítob chop etílíshí bílan kítob seriyalari endi nafaqat maqtovlar balki tanqidiy fikrlarni ham qarshi oldi. Adabiyotshunos olim va tanqidchi Garold Blum kitobni shunday tanqid qildi: "Roulíngníng boshí o'lík metaforalar va bír xíl kuyní chaladígan plastínkalar bílan to'lalígí sabablí u boshqa xíl yozísh usulíga ega emas"

Ursula Le Gvín asar haqída yaxshí fíkrda emaslígíní aytíb, "hamma kítobxonlar dastlabkí "Garrí Potter" kítobíníng orígínallígíga qoyíl qolayotgan bír paytda, men uníng naqadar chalkash, stílístík jíhatdan sodda, tasavvuríy ko'c hirma va axloqíy jíhatdan kam ahamíyatga egalígíní payqadím" deya ta'kídlaydí.

Xo'sh, nega endí allaqanday sehr-jodular haqidagi kitob bu darajada mashhur bo'líb ketdí? Axír bu kabí asarlar dunyo bo'ylab oz-muncha yaratílayotganí yo'q. Qolaversa, uchar supurgilar haqidagi filmlar ham kam emas. Gap shundaki, jamoatchílíkníng aksaríyat qísmí asar haqída íjobíy fíkr bíldírgan. O'quvchílarníng ko'pchílígí bugungí dunyoníng juda yalang'och va prímítív bo'líb qolganlígíní aytíb, ko'ngíl allaqanday sírlílíkní, bíroz sehrgarlíkní ístashíní ta'kídlashdí. Garrí Potter haqidagi kitoblar jahon bolalar adabiyotining eng yaxshi asari sifatida baholandi. Mutaxassislarning aytishicha, murakkab texnika, fazo janglari, kimyoviy laboratoriyalarda yaratilgan allaqanday maxluqchalar haqidagi kitoblar, film va multfílmlar, g'arbda an'anaga aylangan komíkslar so'nggí yíllarda juda ko'payíb

R

ketgan. Joan Ketlin asarlari esa bolalarga biroz yengillik beradi. Ularning xotirjam fikrlashiga ko'maklashadi.

Fikrimizcha, asarning yana bir yutug'i shundaki, ular jajjilarga orzu qilish imkonini beradi. Axir hammamiz ham yoshligimizda sehrli qalpoqchamiz yoki tayoqchamiz bo'lishini istaganmiz-ku. Qachondir uni topib olishga ishonganmiz. Uchar supurgida osmonga parvoz etishni xohlamaganlar dunyo bolalari orasida juda kam topilsa kerak. Lekin Garri Potter faqat bolalar kitobi bo'lib qolmadi. Uning yana bir muvaffaqiyati shunda bo'ldiki, kattalar ham bu asar bilan jiddiy qiziqib qoldi. Aslida har bir insonda bolalik orzulari yashirin. Shu sababli, ba'zan eng jiddiy odamning ham multfilm ko'rib o'tirganiga guvoh bo'lib qolamiz. Axir u ham chindan biror sehrgarlikni ko'rishni juda istaydi. Biroq bolalardan farqi shundaki, u bunday bo'lmasligiga o'zini allaqachon ishontirib qo'ygan.

Kattalar bu kitob bilan chindan-da qiziqib qolganligi aniq. "Garri Potter va falsafa", "Garri Potter va fan" kabi asarlarning yaratilishi — buning yaqqol dalili. Kattalar o'z qiziqishlarini asardan falsafa izlash yo'li bilan «oqlashadi». Tadqiqotchilar asarni durdona, deb baholash fikridan yiroq. Ular har holda Joan Ketlinni Shekspirga qiyoslashmayapti. Bilasizmi, Mark Tven o'z asarlariga baho berar ekan, "mening asarlarim vinodan ko'ra ko'proq suvga o'xshaydi, lekin suvni har doim ichsa bo'ladi", degan edi. Mutaxassislarning asarga bergan turlicha baho va talqinlarini ham ana shu qarashlar manzarasida tasavvur qilish, balki to'g'ridir. Ular Garri Potter sarguzashtlarini haqiqiy falsafa, deb izohlayotgan o'rinlar ham yo'q emas. Bir jihatdan bu to'g'ri. Chunki bolalarni nega, nimaga, degan savollar qurshovida qoldirayotgan asar ularni borliq haqiqatlarini bilishga undaydi.

"Falsafa esa hayratdan boshlanadi", - degan edi Platon. Mutaxassislar Garri Potter haqidagi kitoblar fan qonuniyatlarini inkor etayapti, degan xulosani ham berishgan. Yerning tortishish kuchini yenggan bolakaylar obrazida shu maqsad bormi-yo'qmi, buni aytish mushkul. Bu o'rinda Artur Klarkning "Yetarli darajada rivojlangan har qanday texnologiya magiyadan farq qilmaydi", degan fikrini keltirish o'rinli bo'ladi. Negaki, qadimda yaratilgan oynai jahonnamo, uchar gilam kabi obrazlar oradan bir qancha vaqt o'tib, televizor, samolyot shaklida haqiqatga aylangan. Shu sababli, fan qonuniyatlari bilan inkor etish va orzu qilish imkoniyatini aralashtirib yubormaslik lozim. Chunki bugungi orzular ertaga ana shu fan uchun kutilmaganda ulkan xizmat qilishi mumkin.

Asarning dastlabki 3 qismi 28 mln nusxada sotilib, dunyo aholisini hayratga solarli songa yetdi. Muallif Rouling noodatiy ismli ajoyib qahramonlar, qiziqarli voqealar rivoji va ham tanish ham notanish atmosfera yarata oldi. Kitoblarning

farqlovchi jihati shundaki, boshqa dunyoning g'ayrioddiy voqealari, kitobxonlarni yoshi, jinsi va ta'bidagi farqlarga qaramay birlashtiradi. Ko'p oilalarning ta'kidlashicha , katta farzandlari hali o'qishni bilmaydigan kichik ukalariga kitob o'qib berishdan charchaydilar. Northwestern Universitetining ingliz tili professori Kristofer Gerbert "Xuddi shunday voqea XIX asrda Charlz Dikkensning "Qadimiy buyumlar do'koni" asari e'lon qilinganda sodir bo'lgandi" deb aytadi. 1841-yilda Angliyadan kelgan kemaning dastlabki yo'lovchilari qirg'oqqa oyoq qo'yishlari bilan kitobning ushbu mamlakatda hali chop etilmagan qismini o'qimagan odamlar ularni qurshab olib, "Kichkina Nel o'ldimi?" degan savolni berishgandi. Gerbertning hamkasbi Lourens Evans bu fikrlarga qo'shimcha tarzda, hatto xat-savodsiz odamlar ham Dikkensni o'qiganini ta'kidlab o'tgan. O'sha davrlarda o'qishni biladigan kishi boshqalarga kitobni o'qib bergan.

"Garri Potter" asari yoshi katta kitobxonlar orasida ulkan shuxrat qozongan dastlabki asar emas, albatta. A.A.Milnning "Vinni Puh" asari, Roald Dalning kitoblari va K.Grahamning "Majnuntol shamoli" asarlari ham o'z davrida shunday mashhurlikka sazovor bo'lgan. Noterdam Universitetidagi kutubxonalardan birining boshqaruvchisi bunday kitoblar haqida shunday deydi: "Aholining yoshi katta qismi bu kitoblarni o'qib yoshlar allaqachon biladigan narsalarni o'zlari uchun kashf etmoqdalar. Bolalar esa Rouling asarlaridan tashqari ham yana ko'plab qiziqarli, sarguzashtlarga boy asarlar mavjudligini bilib olmoqdalar". "Publishers Weekly" gazetasining bolalar muharriri Diana Robek Garri Potter kitoblari boshqa bolalar adabiyoti namunalari, xususan, fentezi va sarguzasht asarlariga katta ta'sir

"5

ko'rsatayotganligini ta'kidlab o'tgan.

"Garri Potter haqidagi kitoblar oddiy asarlar emas, so'z o'yini va yangi kashfiyotlar dunyosidir" deb gap boshlaydi "Verbatim" jurnalidagi bir maqolada muallif Jessi Randal. O'z qahramonlari, maxluqlar, duolar va predmetlarni nomlashda J.K.Rouling lotin, fransuz va nemis so'zlaridan, stilistik vositalardan va hazillardan foydalanadi. Masalan, Rouling asardagi oddiy odamlarni nomlashda qo'llagan so'z "magl" eski ingliz tilida "dum" degan ma'noni bildirgan, ke yinchalik Amerika jargonida "marixuana" so'zi o'rnida qo'llanilgan. Asardagi Voldemort obrazini nomlashda muallif ikkiyoqlama so'z o'yinini qo'llagan. "Vole" so'zi "kemiruvchi" degan ma'noni bildirsa, lotincha "mort" "o'lim" so'ziga to'g'ri keladi. Fransuz tilida "vol de mort" degan birikma mavjud bo'lib, u "o'limdan qochish" degan ma'noni bildiradi. Rouling qo'llagan ba'zi ismlarni tushuntirish esa oddiy,

2 www.articles.chicagotribune.com/2000-07-06/features/0007060217_1_harry-potter-books-read

3 www.sltrib.com/home/3630834-155/harry-potter-authors-chair-heading-to

16

masalan, Potter familiyasi Roulingning bolalakdagi qo'shnilariga tegishli bo'lgan bo'lsa, Miss Norris deya nom olgan mushuk Jeyn Ostinning "Mansfild Parki" asaridagir bir obraz nomidan olingan. Ba'zi ismlar Roulingning tilshunoslikni yaxshi o'rganganini namoyon qiladi. Qahramonlardan biri Remus Lyupin nomining dastlabki qismi Rim shahrining asoschilari Remus hamda Romulus nomidan olingan bo'lsa, Lyupin so'zi lotincha "bo'ri" degan ma'nodagi "lupus"dan kelib chiqqan.4

XULOSA

Sehrgar bola haqidagi asar 75ga yaqin tilga tarjima qilinib, butun dunyo aholisining eng sevimli kitoblari ro'yxatidan joy oldi. "Garri Potter" asarining har yetti qismi mashhur tanqidchilar, yozuvchi va shoirlar, mualliflar tomonidan maqtovlaru tanqidlarga ko'mib tashlandi. Kitob nafaqat bolalar balki ularning ota-onalari va boshqa yoshi katta kitobxonlar tomonidan ham sevib o'qilishini ng sababi turlicha izohlanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Будур Н.В., Иванова Э.И. и др.Зарубежная детская литература. - М.: "Академия", 1998, -304 c.

2. Детская литература//Под ред. Зубарева E. - М.: Просвещение, 1989. - 399 c.

3. Allsobrook, Dr. Marian (18 June 2003). "Potter's place in the literary canon". BBC News. Retrieved 15 October 2007.

4. Byatt, A. S. (7 July 2003). "Harry Potter and the Childish Adult". The New York Times. Retrieved 1 August 2008.

5. Carrington, Rachel. Baby Names Book: Getting Started on Choosing the Perfect Baby Names and Meanings. Speedy Publishing LLC, 2012.-72 p.

6. Colbert, David. The Magical Worlds of Harry Potter, Dover Publications, New York. p 195

7. Darton, Harvey. Children's Books in England: Five Centuries of Social Life. Cambridge University Press, 2011. - 394 p.

8. Fenske, Claudia. Muggles, Monsters and Magicians: A Literary Analysis of the Harry Potter Series. Frankfurt: Peter Lang Publishing, 2008.-471 p.

9. Granjer, John. Harry Potter's Bookshelf: The Great Books Behind the Hogwarts Adventures. - New York: Berkley Publishing Group, 2009. -336 p.

10.Ametova, O., Ch, F., & Mamadayupova, V. (2019). THE THEME OF LIFE AND DEATH IN JK ROWLING'S BOOKS ABOUT 'HARRY POTTER'. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(11).

4 www.articles.chicagotribune.com/2000-07-06/features/0007060217_1_harry-potter-books-read

17

11.Rozmatovna, A. O., & Fotima, A. CORE ELEMENTS OF FANTASY GENRE IN THE WORKS: "HARRY POTTER" BY JK ROWLING AND "RIDING A YELLOW GIANT" BY KHUDOYBERDI TUKHTABAEV. Zbior artykulow naukowych recenzowanych., 24.

12.Dildora Abduazizovna Usarova (2021). PRAGMATIC ASPECTS OF INTERPRETATION. Academic research in educational sciences, 2 (1), 410-414. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00051

13.Усарова, Д. А. (2017). Advantages of web based learning as means of foreign language teaching. Молодой ученый, (25), 319-321.

14.Усарова, Д. А. (2018). Difficulties in translating metaphors. Молодой ученый, (21), 218-219.

15. Dilsuz, Z. (2019). EFFECTIVE TEACHING OF THE ENGLISH LANGUAGE BASED ON THE COMMUNICATIVE-CUMULATIVE METHOD IN THE PROCESS OF EDUCATION USING MODERN TECHNOLOGIES. Суз санъати халкаро журнали, 1(5).

16. Shokirovich, T. O., & Abdijalilovna, Z. D. (2020). Teaching EFL and ESP for Law. Activities and challenges during the covid-19 pandemic in Uzbekistan. Solid State Technology, 63(6), 8318-8325.

17. Baxriddinova, M. R. (2016). Эффективные методы предотвращения конфликтов в Высших учебных заведениях.

18. Rahimovna, B. M. (2020). THE LEXICOGRAPHICAL ASPECTS OF LEGAL TERMS IN GERMAN AND UZBEK LANGUAGES. Oriental Art and Culture, (V).

19. Raximovna, B. M., Farxodovna, . K. D., , . J., Axmedovna, N. & Ibragimovich, . U. B. (2020) VOCABULARY RETENTION IN COGNITIVE THEORY. Journal of Critical Reviews, 7 (2), 402-404. doi:10.31838/jcr.07.02.78.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.