Научная статья на тему 'Nazar eshonqulning “momoqo‘shiq” Qissasi badiiy talqini'

Nazar eshonqulning “momoqo‘shiq” Qissasi badiiy talqini Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2251
273
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qissa / nasriy asar / badiiy talqin / xarakter / harakat / janr / ildiz / Narrative / prose work / literary commentary / character / action / genre / root.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Niyozmatov Abdullajon

Ushbu maqolada mashhur o‘zbek adiblaridan biri bo‘lgan Nazar Eshonqul va uning “Momoqo‘shiq” qissasining badiiy talqini aks etgan. Biz bu maqola orqali talabalar ongida ushbu qissani jonlantirishga harakat qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LITERARY COMMENTARY OF THE NARRATIVE “MOMOQO‘SHIQ” BY NAZAR ESHONQUL

This article describes the literary commentary of the narrative “Momoqo‘shiq” by Nazar Eshonqul, who is one of the most famous uzbek writers. We try to enliven this narrative on student’s mind through this article.

Текст научной работы на тему «Nazar eshonqulning “momoqo‘shiq” Qissasi badiiy talqini»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

NAZAR ESHONQULNING “MOMOQO‘SHIQ” QISSASI BADIIY TALQINI

Niyozmatov Abdullajon Qo‘qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada mashhur o'zbek adiblaridan biri bo'lgan Nazar Eshonqul va uning “Momoqo'shiq” qissasining badiiy talqini aks etgan. Biz bu maqola orqali talabalar ongida ushbu qissani jonlantirishga harakat qildik.

Kalit so‘zlar: Qissa, nasriy asar, badiiy talqin, xarakter, harakat, janr, ildiz.

LITERARY COMMENTARY OF THE NARRATIVE “MOMOQO‘SHIQ” BY

NAZAR ESHONQUL

Niyozmatov Abdullajon Kokand SPI

Abstract: This article describes the literary commentary of the narrative “Momoqo ‘shiq” by Nazar Eshonqul, who is one of the most famous uzbek writers. We try to enliven this narrative on student’s mind through this article.

Keywords. Narrative, prose work, literary commentary, character, action, genre, root.

Qissa janri hikoyaga nisbatan badiiy fikr harakati uchun keng imkon beradi. Ana shu imkoniyatdan foydalangan yozuvchilar inson fojiasining yangicha badiiy talqinini yaratishga erishmoqdalar.

Qissa epik tur janrlari orasida imkoniyatlari hikoyaga qaraganda kengligi, shaklining rang-barangligi, mazmunining ko‘lamdorligi bilan ham ajralib turadi. Mana shu xususiyatlariga ko‘ra bu janrni ummonga qiyoslash mumkin. Badiiyat olami esa kashfiyotlar manbaidir.

Xususan, mustaqillik davrida ko‘plab ijodkorlar qissachilik janrida barakali ijod qilmoqdalar. Sh.Bo‘taev, M.Boboev, X.Do‘stmuhammad, N.Norqobilov, Sh.Hamro, N.Eshonqul yaratgan asarlar kitobxonlar e’tiborini jalb qilmoqda. Chunki, bugungi adabiyot - alohida, ayni chog‘da turli-tuman shaxslarning tuyg‘ulari, qiyofalari aks etgan adabiyot sifatida qad rostlagan. Zamondoshimizning o‘zi - alohida, betakror va yaratuvchi inson. Shu ma’noda, zamondoshimizni o‘z shaxsiyatining elchisi, deyish mumkin.

Mustaqillik davri o‘zbek qissalarida o‘zbekning o‘ziga xos tabiatini, ko‘nglidagi sezimlar va mayllarini aks ettirishga intilishning kuchayganligi ham kitobxon

г<м

71

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

e’tiboridan chetda qolmayapti. Bunday o‘ziga xoslik qahramon ruhiyati timsolida uning surati va siyrati orqali tasvirlanmoqda, bunday uslub tasvirning teranligini, badiiy nigohning o‘tkirligini taqozo etmoqda.

Yozuvchilar ijtimoiy hayot muammolari yoki ma’naviy-axloqiy yo maishiy hayotga oid muammolarni ko‘tarib, ularning inson hayotiga, ruhiyatiga ta’sirini badiiy tadqiq etishdan ko‘ra odamlar qismatining fojeiy nuqtalarini tadqiq qilishga, adabiyotning asosiy predmeti insonni o‘rganishga bor imkoniyatlarini safarbar etishmoqda va o‘ziga xos badiiy kashfiyotlar yaratmoqdalar. Shunday ijodkorlardan biri Nazar Eshonquldir. Nazar Eshonqul bugungi milliy zamonaviy adabiyotimizda o‘ziga xos ijodkor sifatida allaqachon keng jamoatchilikka tanilib ulgurgan.

Uning asarlarida uslubning o‘ziga xosligi, ifodaning qabariqligi, yangicha yechimlar, asarning inson ruhiy dunyosiga, uning ichki sezimlariga kuchli ta’sir ko‘rsatishi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Shunday asarlardan biri yozuvchining “Momoqo‘shiq” qissasidir.

Qissa shoir-yozuvchilarning paxta terimi mavsumida qishloqqa yordam bergani kelgani, ularning ichida Shamsi Saloh degan ancha shuhrat taratgan ijodkorning ham borligi xabarini berish bilan boshlanadi:

“Shamsi Saloh tund, biroz oliftaroq, jimjima narsaga o‘ch, biroz kibrliroq, hamma narsaning go‘zal bo‘lishini istovchi va hamisha shunga intiluvchi, hashamli va jilvali narsalarni sevuvchi, har bir manzaraning nihoyatda zebo tomonlarini ko‘ra oluvchi, nafis tashbehlarga ustasi farang, yashashi va kiyinishida ham o‘ta ziyolilik barq urib turuvchi kishi edi; u hayotga ham, tevarak-atrofga ham mana shu ziyolilik “ko‘zoynagi” bilan qarardi”.

U dalalarni aylanib yurib Muazzamni ko‘rib qoladi. Muazzam shu darajada butun borlig‘i bilan kuylar ediki, Shamsi Saloh bunday qo‘shiqni umri bino bo‘lib eshitmaganligini eslaydi. Muazzam oliy maktabni tugatgan bo‘lishiga qaramay o‘z turmush o‘rtog‘i Otaqulga g‘amxo‘rlik qilish uchun shiyponga ko‘chib kelgandi. Otaqul ham oliy ma’lumot olgan bo‘lishiga qaramay, shaharda qolmagan, o‘z qishlog‘iga qaytib dalalarga mehrini berib ishlay boshlagan edi.

Cho‘kayotgan tun, qizargan shafaq, churalay aytib, sigir sog‘ayotgan suluv ayol, dala uzra yugurib yurgan kuzgi shabada... Bular hammasi naqadar uyg‘un, naqadar go‘zal va betakror ediki, bu yerda Shamsi Saloh bularning bariga yot, begona odam edi. Shu bois Momoqo‘shiq ham, bu manzara, atrofdagi tabiiy go‘zallik - bari uniki emas edi, uning tasavvuriga zid o‘ta jo‘n va sodda, ayni chog‘da go‘zal edi! Shamsi Saloh uni hayratga solgan go‘zallik ana shu jo‘nlik, soddalik, samimiylikka uyg‘un ekanini idrok eta olmaydi. Muazzam uning nazarida boshqa dunyo va boshqa hayot uchun tug‘ilganday edi. Chaylada hamma narsa betartib sochilib yotar, u odam yashaydigan joydan ko‘ra ko‘proq tovuq katagiga o‘xshardi, bu yerda hamma narsa qo‘pol, ko‘rimsiz, xunuk edi. U mana shu qora turmushning baxtsiz asoratini izlab

г<м

72

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Muazzamning ko‘zlariga tikildi, biroq bu ko‘zlar Shamsi Salohga noma’lum bo‘lgan baxtdan yayrab turar, o‘zidan baxtsizlik izlayotgan sovuq ko‘zlarga yal-yal yashnab boqardi. Shamsi Saloh qanchalik urinmasin, bu ko‘zlarning sirlarini anglay olmadi, bu juvon nigohlari ortidagi baxtsizlik alomatlarining asl sabablarini idrok eta olmadi. “U o‘z baxtsizligini odamlardan ustalik bilan yashirishga urinyapti”, - deb o‘yladi. “Ha, u baxtsiz, ammo unga bu og‘ir va zahmatli sharoitdan qutilib, o‘z baxtini topish yo‘lini ko‘rsatish kerak”, - deb o‘yladi va Muazzamni shaharga olib ketish rejalarini tuzdi. Go‘yo bu ayolning chinakam baxtga erishishida Shamsi Saloh kabi tushungan, qo‘li uzun, san’atni, iste’dodni qadriga yetadigan homiy zarurday:

- Men sizni o‘qitish uchun hamma narsani gaplashib qo‘ydim. Siz faqat borsangiz bo‘ldi - qo‘lingizni sovuq suvga urmaysiz. Faqat ovozingizni parvarish qilish bilan mashg‘ul bo‘lasiz; o‘qiysiz, o‘rganasiz, eng muhimi - yaxshi, bilimdon, dardi katta odamlar ichida bo‘lasiz. Bu yerda esa - mana bu dala, mana bu paxta, mana bu chang-g‘ubor, anavi chayla, chivinlar, sassiq suv, isqirt qozon, har yili oldi-keti o‘ylanmay tug‘ilaveradigan kasalvand va chuvrindi bolalar, johil odamlar, tappilar, tezaklar orasida xor bo‘lasiz. Bu yerda na ilm-u fanni, na san’atni, na qo‘shiqni tushunishadi; hammalari ota bobolaridan qolgan kataklarda itday turmush kechirishadi. Bu yerda xor-zor bo‘lasiz.

- Meni kechiring, sizni ancha urintirdim. Bizning ham yelkamizga bir kun oftob tegar, biz o‘qimasak, bolalarimiz o‘qir, har qalay, hamisha shunday qoloq bo‘lib qolmasmiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, ana qishlog‘imizda qancha baxtiqaro ayollar bor, o‘shalarga yordam bering. Mening ildizim shu yerda! Shu odamlar orasida, men boshqa joyda ko‘karmayman.

Muazzam o‘zining qayerdan ekanligini, ildizi o‘zining tuprog‘idan uzilib qolgan nihol alal-oqibat qurib qolishini Shamsi Salohdek fikri teran ziyolidanda yaxshiroq tushunar edi. Shamsi Saloh qanchalik kuyib-yonmasin Muazzamni o‘z gaplariga ishontira olmadi. Bunday bo‘lishi mumkin ham emasdi.

Shamsi Saloh qishloqdagilarni yovvoyi yashashini xazm qilolmasdi: “Hali ham yovvoyi yashaymiz, juda qoloqmiz, -dedi hafsalasizlik bilan”.

U Muazzamni bunday yovvoyilik ichida baxtsiz deb o‘ylardi, ammo o‘zi istagan baxtsizlikni Muazzamning ko‘zlaridan topa olmadi.

“Yo ‘q, bular uning qalbini hech qachon tushuna olmaydilar, bu chaylada, bu sahroda tanazzul va zavolning hidi anqib turibdi”. Ushbu so‘zlarni aytayotgan Shamsi Salohning o‘zi inson qalbini yetarli darajada tushuna oldimikan?

Shamsi Saloh o‘z ota makonini tark etganiga o‘n yeti yil bo‘lgandi, maktabni bitirib, markazga o‘qishga ketgani, “o‘sha yoqlarda xalqimizning juda qoloq yashashini anglagan”i , bu qoloqlikdan faqat qurbon qilish bilangina chiqib ketish mumkinligini aytardi.

г<м

73

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Bir to‘y marosimiga borganida u yerda judayam yuragi siqildi, bular ham yovvoyilikdan xalos bo‘lmagan deb o‘yladi, bir payt boshqa xonadan Muazzamning qo‘shiq xirgoyi qilgani eshitildi. Bunday qo‘shiq aytishni kimdan o‘rgandi deb o‘ylay boshladi Shamsi Saloh: “U qo‘shiqqa momolarning nafasini, bobolarning shukuhini berishni qachon o‘rgana qoldi ekan .Qo‘shiqni eshitar ekan, qo‘shiqdagi mustar bir ohang uning xotirasini bir burchagini birdan yoritib yubordi. Xotiraninig bu unut burchagida bir quchoq o‘tin ortmoqlab olib qiyalikdan pastga tushib kelayotgan kampir va teri quloqchin kiygan ozg‘in bola aks etdi. Momosi qandaydir qo‘shiqni hirgoyi qilib tushib kelar va bu qo‘shiqni eslab qol, bu qo‘shiqni ota-bobolarimiz bizga nabiralaringga yetkazinglar deb o ‘rgatgan, sen ham yaxshilab yodalab ol va bir kuni menday bo‘lganingda nabiralaringga aytib berasan. Bu odam haqidagi qo‘shiq. Odamlar o‘lib ketadi, lekin qo‘shiqni aytadigan yangi-yangi zuryodlar dunyoga keladi, ular bu qo‘shiqni keyingi zuryodlariga yetkazadilar, shunday qilib odamlar o‘lib ketaveradi, lekin qo‘shiq o‘lmaydi”. Shamsi Saloh momosi o‘rgatib ketgan qo‘shiqni unutgandi, u qo‘shiqqa qo‘shib o‘z bolaligini, tuproqlarini changitib yurgan qishlog‘ini ham unutgan edi. Ammo qachon unutgan edi, hatto shuni ham eslolmasdi.

Muazzam uning yoniga kelib bu yerdan ildizi uzilishini xohlamasligini aytganda, Qarshisidagi yig‘layotgan ayolga o‘xshash bepoyon dalalar bilan shu ayol o‘rtasida qandaydir, o‘zi tushunmaydigan mutanosiblik borligini his etdi; o‘zining quruq, balandparvoz, puch gaplari bilan Muazzamlar hayotini, yurt tashvishlarini yengillashtira olmasligini ichdan tan oldi, bo‘g‘izi achishdi, oddiygina haqiqatni anglaganday bo‘ldi: bog‘ ko‘rkam va so‘lim bo‘lishi uchun bitta daraxtni emas, butun bog‘ni obod qilish kerak! Ana shu badiiy umumlashma Muazzam va Shamsi Saloh obrazlarining o‘ziga xos badiiy talqini vositasida yaratilgan.

Binobarin, san’at va adabiyot ravnaqini belgilovchi asosiy estetik tamoyillaridan biri - hayot hodisalari va inson shaxsini yangi tomonlardan kashf etish hisoblanadi. “Momoqo‘shiq”dagi qahramonlar faqat shu jihati bilangina diqqatga sazovor emas, balki asarda qalamga olingan manzaralar, xilma-xil odamlar, beixtiyor yozuvchi tug‘ilib o‘sgan makon haqida, u yerning bag‘ri keng, dag‘al, ammo sodda va samimiy odamlari haqida to‘la tasavvur beradi, qishloq manzaralari mahorat bilan gavdalantiriladiki, kitobxon beixtiyor o‘zini ona zaminning ajralmas bo‘lagi ekanini anglab boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy asar. Jild.1. -T.: Fan, 2001. -416 b.

2. Nazar Eshonqul. Ufq ortidagi quyosh. Qissalar. Momoqo‘shiq. To‘plam. -T.: “Sharq”, 2008.

3. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. -Toshkent: Akademnashr, 2018.

74

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

4. Xoldarov D. Hozirgi o‘zbek qissalarida badiiy uslub muammosi (Shoyim Bo‘tayev va Nazar Eshonqul asarlari misolida): filol, fanlari bo‘yicha falsafa dok. (PhD). ...diss. avtoref. -Toshkent, 2017. -B.11.

75

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.