Научная статья на тему 'SHAROF BOSHBEKOV DRAMALARIDA HAYOT HAQIQATI VA TALQIN MAHORATI'

SHAROF BOSHBEKOV DRAMALARIDA HAYOT HAQIQATI VA TALQIN MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4393
322
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tragikomediya / estetik ideal / detal / dialog / portret / qahramon nutqi / psixologizm / xarakter / hayotiy reallik / davr muammolari. / tragicomedy / aesthetic ideal / detail / dialogue / portrait / heroic speech / psychologism / character / life reality / period problems.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shomurodova Dilorom Husanmurotovna, F.F.N.Dotsent Imomova Gulchehra Muhammadiyevna

Maqolada dramaturgiyada makon va zamonni aniq, yorqin tasvirlash, personajlar surati va siyratini aks ettirishdagi o`ziga xosliklar haqida so‘z boradi. Bunda Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asari asosida hayotiy haqiqatlarni ijodkor estetik ideali asosida talqin qilish, detallar, dialoglar orqali qahramon yaratish badiiy mahoratini ochishga harakat qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TRUTH OF LIFE AND INTERPRETATION SKILLS IN SHAROF BOSHBEKOV'S DRAMA

The article deals with the peculiarities of dramaturgy in the accurate and vivid depiction of space and time, the portrayal of characters and biographies. At the same time, we tried to reveal the artistic skills of Sharof Boshbekov's work "Iron Woman" to interpret the realities of life on the basis of creative aesthetic ideals, to create a hero through details, dialogues.

Текст научной работы на тему «SHAROF BOSHBEKOV DRAMALARIDA HAYOT HAQIQATI VA TALQIN MAHORATI»

Scientific Journal Impact Factor

SHAROF BOSHBEKOV DRAMALARIDA HAYOT HAQIQATI

VA TALQIN MAHORATI

Shomurodova Dilorom Husanmurotovna QarDu Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi Adabiyotshunoslik kafedrasi 1-bosqich magistranti dilorom.shomurodova.92@inbox. ru Ilmiy rahbar: f.f.n.,dotsent Imomova Gulchehra Muhammadiyevna

Annotatsiya: Maqolada dramaturgiyada makon va zamonni aniq, yorqin tasvirlash, personajlar surati va siyratini aks ettirishdagi o^ziga xosliklar haqida so Z boradi. Bunda Sharof Boshbekovning "Temir xotin" asari asosida hayotiy haqiqatlarni ijodkor estetik ideali asosida talqin qilish, detallar, dialoglar orqali qahramon yaratish badiiy mahoratini ochishga harakat qildik.

Kalit so zlar: tragikomediya, estetik ideal, detal, dialog, portret, qahramon nutqi, psixologizm, xarakter, hayotiy reallik, davr muammolari.

Abstract: The article deals with the peculiarities of dramaturgy in the accurate and vivid depiction of space and time, the portrayal of characters and biographies. At the same time, we tried to reveal the artistic skills of Sharof Boshbekov's work "Iron Woman" to interpret the realities of life on the basis of creative aesthetic ideals, to create a hero through details, dialogues.

Keywords: tragicomedy, aesthetic ideal, detail, dialogue, portrait, heroic speech, psychologism, character, life reality, period problems.

Аннотация: В статье рассматриваются особенности драматургии в четком, ярком изображении пространства и времени, изображении персонажей и биографий. При этом мы постарались раскрыть художественное мастерство произведения Шарофа Бошбекова «Железная женщина», осмыслить жизненные реалии на основе творческих эстетических идеалов, создать героя через детали, диалоги.

Ключевые слова: трагикомедия, эстетический идеал, деталь, диалог, портрет, геройская речь, психологизм, характер, жизненная реальность, проблемы периода.

Har bir ijodkor biror asar ustida ishlar ekan, ma'lum bir g'oya asosida ma'lumotlar to'plab, ularni hayotiy tajribalari bilan boyitgan holda ruhiy va ma'naviy

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

olami prizmasidan o'tkazib, saralaydi, estetik ideali asosida umumlashtirib jozibador, ta'sirchan asar namunasini yaratadi. Ijodkorning mahorati ham aynan hayotiy reallikni badiiy tasvirlashida namoyon bo'ladi. Zero, "Badiiy mahorat, bir tomondan — real hayotdagi yangilikni ko'ra bilish va uni adabiyot vositalari ila tahlil qila bilish san'ati bois, ikkinchi tomondan — san'atning sirlarini, texnikasini, minglab hissiy-tasviriy vositalarni chuqur bilishga bog'liqdir."1

Dramatik asarlar yaratishda nafaqat kitobxon, balki tomoshabin nuqtai nazari hisobga olinib, soha dramaturgdan muayyan tayyorgarlikni, nazariy bilimlarni, mazkur janrga xos bo'lgan badiiy shartlilik tizimlarini puxta o'zlashtirishni talab qiladi. Chunki bu turda tasvir imkoniyati chegaralangan bo'lib, asosan qahramonlar harakati, dialog va monologlar, detallar orqali badiiy reallik ko'rsatib beriladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ushbu maqolada "badiiy adabiyotning gultoji" sanalgan dramaturgiya haqidagi yirik adabiyotshunos olimlarning fikrlariga tayangan holda mohir dramaturg SHarof Boshbekovning "Temir xotin" tragikomediyasida talqin muammosi, shuningdek qahramon yaratishdagi mahoratini tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, izchillik, psixologik, tavsifiy yondashuvlardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Dramaturg Sharof Boshbekov sahna asarlarida hayot va uni badiiy ifodalashdagi yuksak mahoratni ko'rish mumkin. Xususan, mustaqillikning ilk shabadalari esa boshlagan, biroq mustabid tuzum hali ham o'z siyosatini yurgizayotgan bir davrda yozilgan "Temir xotin" tragikomediyasida voqealar o'sha zamondagi hayotiy muhitdan kelib chiqqan holda yaratilib, bunda qishloq tasvirlari, Qo'chqorning yashash sharoiti aniq keltirib o'tiladi. "Qishloq. Oddiy, kamtarona hovli. To'g'rida bir necha ustunli peshayvon, o'ngda pastakkina ko'cha eshigi, oldinroqda yog'och karavot. Sahnadagi har bir jihoz, har bir buyumda nimadir yetishmaydi: eshik-deraza romlarining yarmi bo'yalgan, yarmining rangi o'chib ketgan; yog'och karavotning bitta oyog'i yo'q, o'rniga g'isht terib qo'yilgan; ko'rpa-yostiqqa yamoq tushgan; piyolalarning labi uchgan yoki chegalakgan, choynakning jo'mragiga tunuka kiygazilgan va hokazo." 2Bu chizgilar orqali kitobxonda davr haqida aniq tasavvur uyg'onsa, asar davomida Olimjon tilidan aytilgan "hozir «oilani planlashtirish» degan bir gap chiqib turibdi." degan so'zlari orqali hodisalar sodir bo'layotgan zamonning ham aniq ko'rsatilganini, ya'ni 80-yillar o'rtalari aks etganini ilg'aydi.

1Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.79-b.

2 Boshbekov Sh. Temir xotin. www.Ziyouz.com kutubxonasi 1-b. (Keyingi orinlarda mazkur elektron kitobning sahifalari korsatiladi)

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Taniqli adabiyotshunos olim V. Xalizev shunday yozadi: "dramatik asarlarda bayon etuvchi parchalar qanchalik muhim o'rin tutmasin, tasvirlanayotgan asar qanchalik bo'laklarga bo'linmasin, personajlar aytayotgan so'zlar ularning ichki nutqiga qanchalik muvofiq bo'lmasin, baribir drama zamon va makon jihatidan o'zaro muvofiqlashtirilgan manzaralarni tasvirlashga moyildir."3

Sharof Boshbekov qalamga olgan mazkur zamon va makonga uyg'un tarzda jonli, kitobxon yoxud tomoshabin qalbidan chuqur joy oladigan obrazlarni yaratadi. Ayniqsa sodda, to'pori, beg'am, hazilkash qishloq odami Qo'chqorning xatti-harakatlari, so'zlari drama pardalaridagi ko'rinishlar davomida dastlab kulgi uyg'otsa, ammo asar yakunida uning taqdiriga hamdardlik, achinish hissi uyg'onadi.

Dramaturgning mahorati shundaki, asarning boshidayoq qahramon tutqun, erkidan mahrum kishi ekanligigi arqon bilan bog'langan holda ishora qilinadi. Buni qarangki, asar so'nggi pardasida ham shu holatda ko'rsatiladi. Mazkur detal orqali ijodkor o'sha davrda o'zbek xalqi qullik, mutelik iskanjasida bo'lganini Qo'chqor obrazi aynan mana shunday kishilardan biri ekanligini ta'kidlaydi va qahramonlar nutqi davomida bu fikrlar mustahkamlanadi.

Drama janrining murakkab jihatlaridan biri qahramon portretini yaratish masalasi bo'lib, asarda muallif nutqining yo'qligi sababli ba'zi sahna asarlarining boshida har bir obrazga ta'rif berilsa, ba'zan bir qahramonning surati va siyrati haqida boshqa bir qahramon nutqi orqali bilib olish mumkin. Xususan, Sharof Boshbekovning ushbu asarida Qo'chqor obrazi o'sha davr insonlarining tipiklashtirilgan timsoli bo'lib, uning tashqi ko'rinishi, ruhiy hamda ma'naviy olami to'g'risida Olimjon, Alomat, Qumri nutqi orqali kitobxon tanishish imkoniga ega bo'ladi. Ayniqsa, Alomat va Qumri o'rtasidagi dialogda bu yaqqol namoyon bo'ladi: "Alomat:... Aft-angoringizga bir qarang, qirqqa kirgan qirchillama yigitsiz-u, ko'rgan odam sizni ellikdan oshgan, deb o'ylaydi. Qurib-qaqshab boryapsiz... Esingizni tanibsizki, tinmay mehnat qilasiz, lekin hech biringiz ikki bo'lmaydi. Ro'zg'or, bola -chaqa tashvishi, deysiz, afsuski, bu tashvishlarning cheki yo'q. Ertalabdan-kechgacha chumoliday g'imir-g'imir qilasiz-u, rohatini ko'rmaysiz. «Paxtakorman» deb ko'kragingizga mushtlaysiz-u, ko'rpangizga paxta topolmaysiz! Kiyib olgan kiyimingizni qarang, yengil sanoat yetishtirayotgan hamma brak mahsulot siz va sizga o'xshaganlarga nasib qiladi. Manavi nima? Shu issiqda kim neylon ko'ylak kiyadi?......

3 Xalizev V.E. Drama kak rod literature. M.1986,s. 46 (Q. Yoldoshev, M. Yo ldosh Badiiy tahlil asoslari. T.: Kamalak, 2016 kitobidan olindi)

Scientific Journal Impact Factor

Bu dunyoga kelib nima ko'rdingiz, Qo'chqor aka? «Ikki marta Toshkentga borganman» deb maqtanasiz, odamlar «Oq dengizu Qora dengiz» qilib yurishibdi! «Ha endi, ular boshqacha odamlarda» deysiz. Qanaqa, boshqacha? Nimasi boshqacha? Nahotki, oddiygina insoniy g'urur bo'lmasa?! Shu darajaga yetgansizki, bora-bora undaylarga havas ham qilmay qo'ygansiz! Havas qilaverib, orzu qilaverib

charchagansiz, holdan toygansiz!......

To'y-ma'rakalarda poygakda o'tirasiz! «Ulug'larga» tayyorlangan dasturxonga yaqinlasholmaysiz! Joyingizni bilib o'tirishga majbursiz, chunki «mehnatkash» degan mansab bilan to'rga chiqolmasligingizni yaxshi bilasiz! Shlyapa kiyib, galstuk taqqan ketmondasta ham sizni haqoratlashi, tahqirlashi mumkin!"4

Yuqoridagi o'tkir, achchiq kinoyali so'zlar (real hayotiy faktlar) orqali Qo'chqorning faqirona kiyinishi, achinarli hayoti, tinmasdan mehnat qilsa-da rohatini ko'rmagani, insoniy g'ururi ham allaqachon so'ngani, o'zidan katta mansabdorlar oldida bosh egib o'tirishi hatto orzu qilishdan, yaxshi yashash umididan-da kechgan o'sha davrning jismonan va ma'nan tutqun kishisi ekanligini sezgan kitobxon beixtiyor qahramon dardiga sherik bo'ladi.

Alomat so'zlaridagi Qo'chqor tashqi ko'rinishiga xos (neylon ko'ylak, kalish), mansabdorlarga xos (shlyapa, galstuk) detallar zamon kishilari o'rtasidagi tafovutni ko'rsatadi. Umuman olganda, "Har bir badiiy asar kishilarning yashash sharoiti, xarakterlar, qahramonlarning psixologiyasi va ularning to'xtovsiz o'zgarib turishiga, rivojiga aloqador sanoqsiz badiiy detallar yig'indisidan iboratdir."5 Ayniqsa, dramaturgiyada detallar muhim o'rin egallaydi. Chunki haqqoniy keltirilgan detallar vositasida tomoshabin-kitobxon davr ruhini, qahramonlarga xos xususiyatlarni aniq ko'z oldiga keltira oladi.

Asardagi hayotiy reallikni voqealar, tuyg'ular asosida emas, xarakterlar to'qnashuvi tutib turadi. Qo'chqor va Qumri, Qo'chqor va Olimjon, Qo'chqor va Alomat o'rtasidagi dialoglarda zamon ruhiyatini, millat miqyosidagi muammolari ochib beriladi.

Komediyaning kulminatsiyasi o'ziga xosdir, dramaturg Qo'chqor va Alomatning o'zaro suhbat jarayonida gipnoz holatini qahramon ruhiyatining qirralarini, Qo'chqor tan olishni istamagan haqiqatlar Alomat tilidan aytiladi va ularni inkor qilolmagan qahramonning bu jarayondagi ruhiy azob po'rtanalari yig'i bo'lib vulqon kabi otiladi. "ALOMAT. Hamma gap shunda-da — nolimaysiz. Ko'nikib

4 39-40-b.

5 I. Sulton Adabiyot nazariyasi. T.: Oqituvchi, 1986, 193-b.

278

Scientific Journal Impact Factor

ketgansiz. Yaralar toshga aylangan — og'riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku qo'lingizdan kelmas, hech qursa ingrab qo'yishga ham qodir emasmisiz, Qo'chqor aka? «Hayot deganlari shunaqa bo'lar ekan» deb umringizni o'tkazyapsiz. Qalbingizning unut bo'lib ketgan, o'zingiz ham bilmaydigan allaqaysi burchaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo'rqasiz, uyalasiz, uni sezmaslikka olasiz! To'g'ri, qadr-qimmatingiz oshkora haqoratlanganida o'sha miltillayotgan cho'g' alanga olganday bo'ladi va siz uni aroq bilan o'chirishga urinasiz. Dunyoga shirakayf ko'zlar bilan qarab taskin topasiz, bir qadar yupanasiz ham. Lekin ertasi kuni kayfingiz tarqab, dunyo yana asl holiga qaytadi! Shunda o'zingizni qo'yarga joy topolmaysiz, hadsiz-hududsiz olamda mushtdekkina jussangizni qo'ygani joy yo'q! So'ng yig'lamoqdan o'zga chorangiz qolmaydi va o'ksib-o'ksib yig'laysiz..."

Ushbu o'rinda ijodkor psixologizmning yutuqlaridan biri gipnozni bejizga qo'llamaydi. Chunki erkaklar ayniqsa, Sharqda o'zlari uchun to'g'ri deb bilgan haqiqatni inkor etib, o'z turmushidan nolib yig'lamaydi. Shu sababdan gipnoz, ya'ni kimningdir ruhiy ta'siri natijasida beixtiyor bu holat sodir bo'ladi. Alomatning so'zlari orqali Qo'chqorning asar davomidagi har bir xatti-harakatining sabablari ochiladi. Ana shu o'rinda kitobxon toshga aylangan yaralar og'rig'ini his qiladi.

Asar so'nggida ilm-yutug'i sanalgan Alomat tanazzulga uchraydi, zero bu mantiqan muvofiqdir. Bu davr uchun allaqachon o'ylashni, tafakkur qilishdan uzoqlashgan, yuqoridan berilgan har qanday topshiriqni robot kabi bajarishga odatlangan xalq uchun bunday ixtirolar begona edi.

Asarda ayollar obrazi alohida e'tiborga molikdir, aslida bu komediyani mehnatkash o'zbek ayoli sha'niga qo'yilgan haykal desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunonchi shuni tan olish kerakki, bu davrda xotin-qizlarimizga juda qiyin bo'lgan. Qo'chqor, Olimjon nutqi davomida ayollarning mehnat-u chekkan zahmatlari tilga olinadi. Qo'chqor butun ko'rinishlar davomida Alomat va Qumrini o'zaro qiyoslaydi hamda aynan ana shu jarayonda ularning xarakter qirralari ochila boradi. Asr boshida Qumrini muallif "U o'ttiz-o'ttiz beshlarda, lekin yoshiga nisbatan ancha katta ko'rinadi." Deb ta'riflanadi, keyinchalik esa uni qaritgan cheksiz jismoniy va ruhiy qiyinchiliklar ayonlasha boshlaydi. Qo'chqor ko'rinishlar davomida "Ayol kishining joni temirdan bo'ladi, hamma ishni bajaraveradi" degan aqidani bir necha bor ta'kidlab o'tadi. Vaholanki, temir-da ayollarimizning achchiq qismatiga chidolmadi, kuyib bir uyum temir bo'lagiga aylandi. Olimjon Qo'chqorga jahl ustida Alomatga ortiqcha yumushlarni buyurib, uni halokatiga sabachi bo'lganini ta'na qilib aytganlari: "Ertalabdan kechgacha tinmadi-ya! Bir minut dam olgani yo'q, bechora,

Scientific Journal Impact Factor

bir minut! Yuv, tozala, tik, yama, supur! Bir chaqirim naridan suv olib kelib, kir yuvadi! Manavi tezak yoqiladigan la'nati o'chog'ingizda ovqat qiladi! Yeb to'ymaydigan ochofat mollaringiz bor: ertalabdan kech-gacha o't ber, yem ber, suv ber! Xamir qoradi, sigir sog'adi, kuvi pishadi! E, bu uyingizning ishi tugaydimi o'zi, yo'qmi?! Bundan tashqari, dalaga chiqadi! Ming chanoqqa ming egilib paxta teradi! Qirq-ellik kilo narsani ko'tarib, xirmonga olib boradi! Axir, bu do'zax azoblariga qanday dosh bersin, qandoq chidasin?!"6 aslida Qumrining har uni nolimay bajaradigan ishlarining bir qismi edi, xolos. Buni hattoki, butun asar mobaynida turmush o'rtog'ining mehnati qadriga yetmagan Qo'chqorning: "Tavba... Alomatga biron-bir ortiqcha yumush yurgan bo'lsam, til tortmay o'lay... Nima ish qilib qo'yibdi .?.. Hali qatorlashtirib yetti-sakkizta bolani tug'ib qo'ygani yo'q, kechalari uxlamay beshik quchoqlab chiqqani yo'q, har bolasi bilan ming bor kasal bo'lib, ming bor sog'ayganiyam yo'q... Axir u bitta o'zbek ayoli qiladigan ishning yarmini qildi, xolos-ku!.. Qanaqasiga men o'ldirgan bo'lay?.."7degan so'zlarida ayollarning matonatiga, irodasiga, har qanday azoblarga sabr-u toqatiga qoyil qolganini, ularning borligiga shukronalik hissini anglash mumkin. Qumrining o'zbek ayoliga xos mehribonligi Qo'chqor mast holda kelib, uni har qancha haqoratlasa ham, chanqaganida suv tutadi, qilgan xizmatlarini biror marta ta'na , minnat qilmaydi va oxirida uni arqon bilan bog'lab ketgani uchun, turmush o'rtog'ini azobga qo'yganidan qiynaladi. Qumri sadoqatli, oilasi uchun har qancha azobga bardosh bera olgan ayollarimizning yorqin siymosidir.

Komediyada Bozorboy ismli bir personaj borki, biror o'rinda sahnada ko'rinmaydi, ishtirok etmaydi. Biroq uning asardagi o'rni sezilib turadi. Qo'chqor siqilganida, quvonganida, o'zini yolg'iz sezganida, hattoki o'ksib yig'laganida ham Bozorboyni chaqiradi. Lekin xotini har safar uni goh sabzi, goh turp, goh baqlajon olib bozorga ketganini aytadi. Dramaturg aynan Bozorboy obrazi orqali o'z qobig'idan chiqa olgan, yaxshi yashash uchun intilayotgan, tinib-tinchimas, tadbirkor, yangi zamon kishisini tasvirlaydi.

Umuman,"san'at muayyan hayotiy qarashni tasdiqlashdir. Bu tasdiqlangan qarash esa san'atkorning estetik idealiga bog'liq. Hayot haqiqatini buzish, undan yuz o'girish axloqsizlikni targ'ib qilishga olib keladi. San'at hayot haqiqatini buzsa, u o'z axloqiy qimmatini yo'qotadi. Italiyalik kinorejissor F.Fellini : "Men shunday film

6 48-b.

7 48-b.

Scientific Journal Impact Factor

yaratayki, u kishilarga jasorat ato qilsin. Faqat haqiqatning ko'ziga tik qaray olgan taqdirdagina bunga erishish mumkin, xolos", - degan edi."8

Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib aytganda, jasoratli dramaturg Sharof Boshbekov o'zi teran his qilgan hayotiy haqiqatlarni, davrga xos muammolarni chuqur anglagan holda taraqqiyotdan orqada qolgan, og'ir sharoitda yashayotgan, eng achinarlisi buni his qilmagan, insoniyligini unutgan, xalqimiz fojiasini Qo'chqor, Qumri, Alomat, Olimjon singari qahramonlar taqdirida badiiy ifodasini yorqin ko'rsatib bergan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)

1. Hotamov U. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent: A. Qodiriy nomidagi

xalq merosi nashriyoti, 2004. 79-b.

2. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. T., O'qituvchi, 1986

3. Boshbekov Sh. Temir xotin. (komediya). www.ziyouz.com kutubxonasi

4. Q.Yo'ldoshev, M.Yo'ldosh. Badiiy tahlil asoslari. T., Kamalak, 2016

5. S.Mirvaliyev. Adabiyot - ma'naviyat demakdir. Muloqot. 2001, №6, 35-36-

XULOSA

betlar

8 S.Mirvaliyev Adabiyot -ma'naviyat demakdir. Muloqot, 2001/6, 35-36-b.

281

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.