Научная статья на тему '“BOBURNOMA” ASARIDAGI TILGA OID ILMIY-BADIIY TOPILMALAR'

“BOBURNOMA” ASARIDAGI TILGA OID ILMIY-BADIIY TOPILMALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
14267
889
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Boburnoma” / “Mubayyin” / “Xatti Boburiy” / tarix / adabiyot / geografiya / etnografiya / iboralar / maqolalar / fors tili tovush . / "Boburnoma" / "Mubayin" / "Hatti Boburiy" / history / literature / geography / ethnography / phrases / articles / Persian sound.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G’ofurova Shahnoza

Ushbu maqolada o’zbek mumtoz adabiyotining buyuk siymosi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar keltirildi.Bu ma’lumatlar asosan Boburning ijodiy asarlarini o’rganish orqali yuzaga keldi.Shoh va shoir deb ta’rif beriladigan Bobur o’z davrining olim insoni ham edi. Faqatgina she’riyat bobida emas, siyosat va deplomatiya sohasida ham o’z davriga xos yetakchi rahbar bo’la oldi. Bugungi kunda mumtoz asarlarni o’rganar ekanmiz, “Boburnoma” ni ustida qilingan ko’plab tadqiqotlar e’tiborni tortadi. “Boburnoma” ning mumtoz matnlari asosida ko’plab tilga va badiiy adabiyotga oid qimmatli ma’lumatlar aniqlangani bilan muhim ahmiyatga egadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND ARTISTIC DISCOVERIES ON LANGUAGE IN BOBURNOMA

The article provides information on the life and work of the great figure of Uzbek classical literature Zakhiriddin Muhammad Babur. This information was obtained mainly through the study of Babur's work. Babur, who is called a king and a poet, was also a scholar of his time. He became a leading figure not only in poetry, but also in politics and diplomacy. As we study the classics today, we notice a lot of Boburnoma's research. This is important because the classic Boburnoma texts contain valuable information about many languages and fiction.

Текст научной работы на тему «“BOBURNOMA” ASARIDAGI TILGA OID ILMIY-BADIIY TOPILMALAR»

Scientific Journal Impact Factor

"BOBURNOMA" ASARIDAGI TILGA OID ILMIY-BADIIY

TOPILMALAR.

G'ofurova Shahnoza Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti magistrant

Annotatsiya : Ushbu maqolada o 'zbek mumtoz adabiyotining buyuk siymosi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar keltirildi.Bu ma'lumatlar asosan Boburning ijodiy asarlarini o'rganish orqaliyuzaga keldi.Shoh va shoir deb ta'rif beriladigan Bobur o 'z davrining olim insoni ham edi. Faqatgina she'riyat bobida emas, siyosat va deplomatiya sohasida ham o'z davriga xos yetakchi rahbar bo'la oldi. Bugungi kunda mumtoz asarlarni o'rganar ekanmiz, "Boburnoma" ni ustida qilingan ko 'plab tadqiqotlar e'tiborni tortadi. "Boburnoma" ning mumtoz matnlari asosida ko'plab tilga va badiiy adabiyotga oid qimmatli ma 'lumatlar aniqlangani bilan muhim ahmiyatga egadir.

Kalit so'zlar: "Boburnoma" , "Mubayyin" , "Xatti Boburiy", tarix, adabiyot, geografiya, etnografiya, iboralar ,maqolalar, fors tili tovush .

Аннотация: В статье представлена информация о жизни и творчестве великого деятеля узбекской классической литературы Захириддина Мухаммада Бабура. Эта информация была получена в основном благодаря изучению творчества Бабура. Бабур, которого называют царем и поэтом, также был ученый своего времени. Он стал ведущей фигурой не только в области поэзии, но также в политике и дипломатии. Изучая сегодня классиков, мы замечаем большое количество исследований Бобурномы. Это важно, потому что классические тексты Бобурномы содержат ценную информацию о многих языках и художественной литературе.

Ключевые слова: «Бобурнома», «Мубайин», «Хатти Бобурий», история, литература, география, этнография, фразы, статьи, персидское звучание.

Abstract: The article provides information on the life and work of the great figure of Uzbek classical literature Zakhiriddin Muhammad Babur. This information was obtained mainly through the study of Babur's work. Babur, who is called a king and a poet, was also a scholar of his time. He became a leading figure not only in poetry, but also in politics and diplomacy. As we study the classics today, we notice a lot of Boburnoma's research. This is important because the classic Boburnoma texts contain valuable information about many languages and fiction.

Key words: "Boburnoma", "Mubayin", "Hatti Boburiy", history, literature, geography, ethnography, phrases, articles, Persian sound.

O'zbek klassik adbiyotining XV asr oxiri, XVI asr boshlarida yashab ijod etgan atoqli nomoyondalaridan Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining qarma -

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

qarshiligi,murakkab va qisqa hayotida (1483-1530) anchagina asarlar yaratgan bo'lsa-da, ularning hammasi bizgacha yetib kelgan emas.

Boburning hozirgacha ilm xazinasiga kelib qo'shilgan asarlari uncha to'liq bo'lmagan bir devoni, islom dini asoslarini bayon etuvchi "Mubayyin" nomli she'riy risolasi, "Volidiya" atalgan tasavvufga oid bir kitobchaning nazm bilan tarjimasi, Bobur ixtiro etgan va "Xatti Boburiy" nomi bilan mashxur bolgan alfavit jadvali hamda "Boburnoma" asaridan iboratdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zahiriddin Muhammad Bobur qilgan ijodiy merosining eng muxim va eng yirigi O'rta Osiyo, Afg'oniston,Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi,etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan v o'sha davr o'zbek klassik adabiyoti va adabiiy tilining yorqin namunasi bo'lgan "Boburnoma" asaridir.

Bu asar mazmuning rang-barangligi, bir jahon materiyalni o'z ichiga olganligi bilan, til va uslubning go'zalligi bilan XVIII, ayniqsa XIX asr sharqshunos olimlarning diqqatini o'ziga tortgan va uning turli qo'lyoama nushalari izlana boshlangan va g'arb tillariga tarjima qilishga kirishilgan edi.

Asarning asli nomi "Boburiya" bo'lsada, uni "Voqeanoma" , "Tuzuki Boburiy", "Voqeoti Boburiy",deb atadilar,keyinchalik "Boburnoma" degan nom bilan mashhur bo'lib ketdi.

Bu asarning to'liq teksti 1857-yilda tukolog H.U.Ilimenskiy tomonidan Qozonda tipografiya yo'li bilan o'zining to'rt betlik nashr prinsiplarini ko'rsatgan ruscha so'z boshisi bilan bosilgan. Asarni nashrga tayyorlash va dunyoga chiqarishga H.U.Ilimenskiyning zo'r faoliyati ko'rsatganini alohida qayd etish kerak.

Bu nashrdan keyin 1905-yilda ingiliz orentalistlaridan A.Beverij xonim "Boburnoma"ning Haydarobodda topilgan bir qo'lyozmasining faksimilesini qo'lyozmaning ayni o'zini sinkografiya yo'li bilan nashr etdi. Bu nushaning qachon va kim tomonidan ro'chirilgani noma'lum. Bu ham to'liq tekst bo'lsa-da, Qozon bosmasiga nisbatan ba'zi tushib qolgan joylari va ayrim nuqsonlari bordir. Lekin umuman olganda har ikkala nusxa ham ayrim-ayrim nuqsonlardan holi emasdir.

London nusxasining afzalligi bunda shundaki, A.Beverij nusxaning ayni o'zini berib juda yaxshi ish qilgan shu bilan birga asar oxrida mukammal kishi ismlari,geografiya va qabila, urug' nomlari ko'rsatkichi berilgan va ingiliz tilida o'n betlik so'z boshisi ham bor.Lekin ko'rsatkichlarni transliterasiyasiz arab yozuvi bilan berilishi nashrni to'g'ri o'qish masalasini qiyinlashtiradi.

Mana shu ikki mavjud nusxaga asoslanib,1848-1949 yillarda "Boburnoma"ning ikki qismidan iborat to'liq teksti bosib tarqatilgan edi. Bu nashr

Scientific Journal Impact Factor

yangi o'zbek alifbosida, kilish va geografik nomlar ko'rsatkichi, to'liq lug'at, ba'zi bir qisqa izoh va tarjimalar ilovasi bilan bosilgan edi.

Shundan keyin "Boburnoma"ning to'liq teksti 1960 yili qayta nashga tayyorlandi ba nashr etildi.

O'zbek mumtoz adabiyotining muazzam silsilasida Boburning o'rni alohida, albatta. Abdulla Oripov haqli ravishda qayd etganidek, Bobur-Havoiydan keying eng ulug' ijdkorimiz. Zahiriddin Muhammad Bubur o'n ikki yoshga to'lgunga qadar, ya'niotasi Umarshayx Mirzo jarga qulab —shunqor bo 'lishi"'dan avval ham temuriy shahzodalaridan biri sifatida maktab ta'limini olganini yoki maxsus tayinlangan ustoz ko'magida savod chiqarib, muayyan darajada bilim eganlaganligi shubhasiz. Biroq o'sha dahshatli voqeadan keyin u endigina muchal yoshiga yetgan chog'ida podshoh bo'ladi, nomi xutbaga qo'shilib o'qiladi. Bundan keying o'ttiz olti yillik umri esa betininim jang-jadallar, g'alaba va mag'lubiyatlar bilan kechadi. Qizi Gulbadanbegim haqli ravishda qayd qilinganidek, "Sohibqiron (Amir Temur - Z.I)" zamonidan tartib, to Firdavsmakon (Bobur) haziratlari zamonigacha o'tgan sultonlardan hech qaysisi bu kishi (Bobur) singari notinch bo'lmagan" Darvoqe, bular Bobur qalamiga mansub "Voqoe" ("Boburnoma") da ham, hatto Muhammad Solihning "Shayboniynoma"sida ham mufassal bitilgan. Bobur Mirzo madrasa ta'limini ko'rmagan, yovqur beklar va amirlardan bo'lak uning yonida biron-bir ilm yonalishidagi ustozi ham bo'lmagan. Bobur nimaniki yozgan bo'lsa, bunga unung o'sh, o'n ikki yoshiga qadar olgan maktab bilimi asos bo'lib xizmat qildi. Qolgani uning hayot maktabida o'qib-o'rganib, boshidan o'tgan sinoatlaridan chiqargan xulosalari negizida barpo bo'ldi.SHu bilan birga, Bobur Afg'oniston va Hindistonga muazzam bir saltanatga asos soldi Boburiylar sulolasi qariyib 333 yil davomida hukm surdiki, tarixda buncha uzoq davr mobaynida taxt ustiga bo'lgan sululalar kamdan-kam.

Boburning ana shu behisob urushlar, muzokaralar toj-taxt ustida bo'lgan tashvish orasida badiiy va ma'naviy qimmatli beqiyos bo'lgan devon tartib berishi, filologik ilmlarning eng mushkuli she'rshunoslik bilan shug'ullanib, aruz tizimi to'g'risida "Mufassal" degan asar yozgani, Xo'ja Ahrorga azbaroyi ixlosidan uning nasrda bitilgan "Volidiya" asarini nazmga solib tarjima qilgani, Islomning besh arkoniga bag'ishlab,she'riy yo'lda ma'rifiy risolalar bitgani, yigirmayoshlik yigit chog'ida "Xatti Boburiy" ixtiro qilib, bu xat bilan Qur'oni karimni ko'chirgani,xususan butun musulmon dunyosida ilk bor realistic uslubdagi avtobiografik memuar barpo etgani hayratlanarlidir.

Dunyo xalqlari orasida o'zaro ma'daniy aloqalar keng tus olgan hozirgi kunda "Voqoe" jahondagi turli tillarga tarjima qilinib, talay xalqlarning ma'naviy xazinasidan o'rin oldi.Ayni asarda ulug' shoir Boburning nasrda ham nechog'liq tengsiz bir ijodkor bo'lgani yaqqol ko'rinadi.O'lkan bir saltanat sohibining

Scientific Journal Impact Factor

oddiy odam sifatidagi o'y-hayollari, orzu-armonlari, nozik-lutfumutoyibalari, odob-ahloq, davlat arboblarining etiketi,mamlakat ishlarini yuritish borasidagi kuzatishlardan tortib, turli dov-daraxtlar,o't-o'lanlar,ularning nomi, etimologiyasiga qadar keng va qiziqarli ma'lumotlar muallifning qomusiy bilim va salohiyotga ega bo'lganligini ko'rsatib turadi.

Bobur bu asari ("Vaqoe") da turli o'lkalarining tabiati, tog' va daryolari,el-ulusi,ularning tarixi, etnografiyasi,tili, adabiyoti tirikchilik vositalari,dunqarashi haqida, o'sha yerdagi nabotot va hayvonot singari behisob sohalar to'g'risida shu qadar ko'p ma'lumotlari jam etadiki,ularning aksari hanuzgacha o'z ilmiy qimmatini saqlab kelmoqda. Birgina filologiya sohasini olsak, u ana shu sarguzasht memuari sahifalarida "yo'l-yo'lakay"bitib o'tgan ayrim so'z va atamalarining kelib chiqishiga oid farazlar ham,Navoiy haqida bor-yo'g'I bir sahifaga Xondamirning Navoiy haqida yozgan butun bir "Makorimul ahloq" risolasida topilmaydigan eng qimmatli ma'lumotlardan tortib, mutafakkir shoir she'riyatiga baho berganda "to turkey til bila she'r aytibdurlar, hech kim oncha ko'p va xo'p aytqon ermas" Degan bir og'iz qaydi,mana oradan besh asr o'tsa hamki, karomat singari o'z ahamiyatini yo'qotmay kelyapti.

Albatta ulug' shoir va davlat arbobi bu asarini o'z hayotining tarixnomasi, avlodlarga o'git tariqasida bitgan. SHu bilan birga,tarixga baho berishga undagi turfa sabab va oqibatlarini anglashga ham "Vaqoe" ning ahamiyati tengsiz. Shoir uning pirovardida yozadi: Bu olam aro ajab alamlar ko 'rdum, Olam elidin turfa sitamlar ko'rdum. Har kim bu "Vaqoe "ni o 'qur,

Bilgaykim,Ne ranju ne mehnatu Ne g 'animlar ko 'rdum.

Mumtoz adabiyot namunalari o'z zamondoshlarigagina emas, balki kelajak avlodlarga ham ta'sir qilish qudratiga ega.Ammo bu kabi asarlar barcha holda ham dafatan o'z kitobxonlarini topavermaydi.

Xususan, boshqa tillarga tarjima qilinganda shoir asarlari matnidagi dardni to'liq ilg'ay olmaslik adibni o'rtamiyona qalamkash darajasiga tushurgan hollar oz emas. Chunonchi, o'ziga yaqin deb bilgan kishilardan aksar hollarda vafo sadoqat o'rniga xiyonat ko'rgan, o'z hassos qalbiga munosib bir sirdosh topilgan Bobur bir g'azalida chuqur iztirob bilan shunday deb yozgan edi: Kim ko'ribtur,ey ko 'gul, Aqli jahondin yaxshilig ', Kimki ondinyaxshi yo 'q, Ko 'z tutma andin yaxshilig '.

Bu payt ko'p tillarga "jahon ahlidan hech biri yaxshilik qilmaydi, kimki undan yaxshi (lik) yo'q bo'lsa,bu odamdan yaxshilik kutish behuda",degan darajasiga

Scientific Journal Impact Factor

tushiradi.Aslida esa ikkinchi misra "kimki ondin yaxshi boshqa odam yo'q bo'lsa, hatto ana o'sha kishidan ham yaxshilik kutish kerak emas",degan ma'noda.Ana endi shoirning iztirobi to'la namoyon bo'ladi.

Bobur o'zbek adabiyotida ruboiy janri taraqqiyotini yangi bosqichga ko'targan ijodkordir.Shoir devondan qariyib ikki yuz ruboiy o'rin olgan.Ularning bir qismi an'anaviy tarzda yor vasfiga bag'ishlangan bo'lsa, boshqa bir qismi kundalik voqea-hodisalar ta'sirida yuzaga kelgan. Ammo bundan qat'iy-nazar, Bobur ruboiylari ham mazmunan,ham shaklan mukammaligi, jozibadorligi so'z o'yinlari, badiiy san'atlari bilan e'tiborga sazovar. Bobur, necha bu dahr Meni zor aylar, Sabrimni kamu g'amimni Bisyor aylar, To dahrdurur, budur Aning rasmikim-Ayrib kishini azizidin, Hor aylar

So'z tanlash va uni joy-joyida qo'llash Bobur uslubida alohida o'rin tutadi.Adib ba'zi o'rinlarda shunday so'z va iboralar qo'llaydiki,uning ma'nosini ijodkorning o'sha damdagi kayfiyatidan yoki uning ayrim odamlar va hodisalar bo'lgan munosabatidan qidirishga to'g'ri keladi.Muallif bir so'z yoki iborani jumlalarida takror qo'llamaydi.Masalan,asaridan o'rin olgan "ko'p" so'ziga berilgan muqobillarga nazar tashlasak, bu ma'no-besh,

behad,bisyor,bebadal,bepayo,vofir,ziyod,kulli,mabzul,ma'fur,mufrid,pul,pur,arfaravo n,bemumar,ko'chum,cho'x,cho'p,g'alaba,qalin va yana boshqa variantlarda berilganini ko'ramiz. Bu kabi ma'nodan so'zlarga deyarli har sahifada duch kelinadi va ularning har biri o'z joyida qo'llanganligi muallif mahoratiga dalildir.

Ajdodlarimizdan o'tib kelgan bu kabi so'z va iboralar ham xalqimiz so'z xazinasining mulki albatta. Hozirda lug'aviy istifodada qayta o'z o'rnini topayotgan aksar tarixiy so'z va xilma-xil istilohlar Lutfiy, Navoiy,Bobur,Mashrab,Ogahiy va boshqa allomalarimizning noyab asarlarida nozik did bilan ishlatilgan va mumtoz she'riyatimizning dovrug'ini oshirgan.

Garchi "'eskirgan" bo'lsa ham, juda ko'p ko'hna so'z va iboralar ham barhayot,muomaladan chiqmaydi.Aksincha, yangi-yangi ma'nolar kasb etdi,evrilib, yosharib boradi. "Zamonaviy"avomga tushunarli bo'lmagan kamchiliklarni tildan chiqarish emas,balki omma ma'rifatini ularni tushunish darajasiga ko'tarish kerak. Bunda izohlash,tafsir, sharh,talqin maqsadga muvofiq.

Boburning purma'no g'azallari, "Vaqoe" singari oliymaqom asarlarning xorijiy tillardagi mukammal tarjimalarini barpo etish uchun, avvalo, ularni teran tushunish shart.Hamonki chet ellik mutarjimlar hali-hozir kimdir satrma-satr amallab tarjima qilayotgan she'rlarni o'z tiliga o'girmoqdalar.

Scientific Journal Impact Factor

"Boburnoma" asari Boburni faqatgina turkiy tilni emas fors tilini ham xuddi shunday mukammal bilishini ko'rsatib beradi. Va o'sha davrda tillarning qanchalik kantaktda bo'lganini o'z tilida ko'rsatadi.

"Boburnoma" da o'zbek tilidagi maqollar bilan bir qatorda fors tilidagi maqollar ham ishlatilgan. Bu narsa Boburning fors-tojik klassik adabiyotinigina emas, balki folklorni,xalq tilini ham yaqin bilganida darak beradi.

Masalan: Uzram battar oz gunoh (Uzri gunohidan yomonroq), Deh kunjovu daraxton kujo (Qishloq qaydayu daraxtlar qayda),G 'ofil az injo randa va az onjo manda (G 'ofil bu yerdan quvulgan, u yerdan ajralgan),Marbo yoron sur ast (Do'stlar bilan birga bo'lgan o'lish to'ydir), Dah darvish dar yak gileme buxsoband va du podshoh dar iqleme nag 'unjand (O 'n darvish bir gilamga sig'ibyotarlar, ikkipodsho bir iqlimga sig'maydi) va h.k.

Bobur mazkur maqollarni o'rnida qo'llaydi, ularni kitobxon voqealarni yana ham aniqroq tasavvur qilishni, bayonning ta'sir kuchini oshirish uchun ishlatadi.Masalan, keltirilgan oxirgi maqol Shayx Sa'diyning "Guliston"idan olingan bo'lib, Bobur uni Xusayn Bayqaro vafotidan keyin ikkita o'g'li barobar taxtga o'tirgani munosabati bilan ishlatadi:

"...Sulton Xusayn Mirzoni Qirimga keltirib,podshohona rasm va oyin bila bardosht qilib, madrasasida dafn qildilar. Bu fursatda Zununbek ham hozir bo'ldi. Muhammad Burunduqbek va Zununbek va yana sulton Xusayn Mirzodin qolg 'on va bu Mirzolar bila bo'lg'on beklar yiqilib, ittifoq qilib,Badi'zamon Mirzo eshigida sohibixtiyor Zununbek, Muzaffar Xusayn Mirzo eshigida sohibixtiyor Muxammad Burunduqbek.Badi 'zamon Mirzo tarofiddin Yusuf Ali ko 'kaldosh.Bu g'arb amri edi,hargiz podshohliqta shirkat eshitig'an emas. SHayx Sa'diy so 'zining mazmunining xilof voqi bo 'ldi:

Neukkim, "Guliston "da kelturubtur: "Dah darvish dar yak gileme buxsoband va du podshoh dar iqlime nag 'unjand".

"Boburnoma" da forcha she'r, maqol-matallarning tarjimasiz ishlatilishini ikkita narsadan darak beradi:avvalo yuqorida aytilganidek, Boburning fors-tojik adabiyoti, folklori, tilini yaxshi bilishini ko'rsata,ikkinchidan,o'sha davrda fors tili keng tarqalganini va turkiygo'y aholi uni bemalol tushungan.

Aniqlanishicha ,Boburning barcha asarlari leksikasidagi forscha so'zlar salmog'i 16,08 foizni tashkil etadi.

Yana bir holat ko'zga tashlanadi. "Boburnoma" da forscha so'zlarga asosan 2 xil turkiycha suffiks qo'shilgan. Va bu hodisa tillarni kontakda ekanini yana bir marta ko'rsatib beradi: Bular,-ilk (-liq,-liq,luq) va -siz.

"Boburnoma" da Alisher Navoiy,Abdurahmon Jomiy,Shayxim Suxaymiy, Xusayn Ali Tufaymiy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, Muhammad Solih

Scientific Journal Impact Factor

kabi o'nlab ijodkorlar,Xoja Abdulla Marvariy, Qul Muhammad Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi ko'plab san'atkorlar tavsif etilib, ularningijodiy faoliyatlariga xolis baho beriladi.

Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday deyiladi: " Alisherbek naziri yo 'q kishi edi.Turkiy til bila to she'r aytibturlar, -hech kim oncha ko 'p va xo'p aytqon emas". "Boburnoma" 15- asr o'zbek badiiy nasrining yorqin namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli tasvirlar,an'anaviy lirik chekinishlarga boy.Nasriy matn ichida keltirilgan xalq vaqol-matallari,iboralari,ibratli o'gitlar,she'riy parchalar uning badiiyligini yanada oshiradi,o'ziga xos joziba bag'ishlaydi.

"Boburnoma" ni o'rganishga xissa qo'shgan O'zbekistonlik olimlarning ilmiy izlanishlari ham,bu asarning nechog'lik nodirligini izohladi.Professor Fitrat tomonidan tuzilgan "O'zbek adabiyoti namunalari" xristomatiyasida "Boburnoma" dan parchalar, Boburning 31 g'azali . 2 masnaviy va 28 ruboiy berilgan. M.Sale "Boburnoma" ni rus tiliga to'la tarjima qilib, 3 marta (1958,1982,1993) nashr ettirdi (S.Azimjonovaning kirish so'zi va taxriri ostida).P.SHamsiyev va S.Mirzaevlar tomonidan"Boburnoma" ning ikki jildli (1948) va bir jildli (1960) nashri chop etildi. 1956-66 yillarda Boburning uch jildli tanilgan asarlari chop etilib, unga Boburning she'riy devoni (1-jild) va "Boburnoma" (2-3 jildlari) kirgan.

Bobur va uning ilmiy merosini o'rganishga S.Azimjonova kata ulush qo'shgan. "Boburnoma" ning M.Sale tomonidan qilingan tarjimalari uning batafsil so'z bolisi va taxriri ostida nashr etilgan.

Boburning turkey til rivoji uchun qo'shgan xissasi yana bir holatda ko'rinadi.Ya'ni, "Xatti Boburiy" risolasini yaratadi.Risolada muallif arab alifbosini taxrir etib,yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtiradi.

Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiydan so'ng o'zbek adabiy tilining taraqqiyotida juda kata rol o'ynaydi. Bobur ko'pincha oddiy kishilar va o'z askarlari orasida bo'ldi.Bu esa uning xalqning soda,ayni paytda boy tilini o'rganishga va o'z navbatida asarlari tilining jozibali bo'lishiga olib keldi.

Bobur til san'atini shu darajada chuqur egallaganki,go'yo uning g'azallaridan o'ziga xos musiqa ovozi sizib turadi.Mana besh asrdirki, uning g'azallari hamon qalbni titratadi,oshifta dillarni qitiqlaydi.

O'zbek adabiy tili tarixida esa bu murakkab, ayni paytda jiddiy masala dastlab Zahiriddin Muhammad Bobur e'tiborini tortdi.U o'zbek tilidagi nutq tovushlari bilan yozuv usulidagi nomuttanosiblikni sezib, mavjud alifboni isloh qilishga kirishadi va 1503-1504 yillarini ko'zda tutib, "Ushbu mahallarda Boburiy xatni ixtiro qildim",-deb yozadi.Bobur ixtiro qilgan bu yozuv turkiy xalqlar tillariaga mos alifbo qidiruv yo'lidagi katta jasorat edi.Bobur yozuvida hech bir harf nuqta bilan yozilmagani,soddaligi va qulayligi bilan iste'moldagi alifboga nisbatan ancha

Scientific Journal Impact Factor

afzalliklarga ega edi.Bu,birinchidan,Boburning yetuk tilshunos olim sifatida nafaqat so'ga,balki har bir tovushga jiddiy e'tibor berib,unga ilmiy nuqtai nazardan yondashganligini ko'rsatadi. Ikkinchidan,o'zbek tili imlosining hozirgi ahvoliga nazar tashlaydigan bo'lsak,masalaning mohiyati yanada chuqurroq ochiladi. Chunki o'zbek tili imlosi turkiy tillar ichida eng g'aribi.Tildagi nutq tovushlarini to'liq ifodalay oimaydi.

Bobur o'zining "Boburnoma" sida ayrim tovushlarning qo'llanilishi va hatto ularda uchraydidan ba'zi jarayonlarni izohlash bilan ham tovushlar tadqiqotchisi ekanligini namoyish etadi.Bu ayni payda bizga o'sha so'zning, hatto ba'zi urg'ularning tarixini belgilash uchun ham qimmatli man'ba bo'lib xizmat qiladi.

Masalan, u "min" va "sin" ning almashinib qo'llanilishini "Kashmir" nomini izohlash jarayonida juda chiroyli ifodalaydi: "... bu tog' elini kasderlar ... Hindiston eli "min" ni "sin" talaffuz qilur. Chun bu tog'da mu'tabar shahr Kashmir ... Bu jihatdin bo'la olurkim, Kashmir deyesh bo'lg'aylar".

Ko'rinadiki, kas aslida kam bo'lib chiqadi va Kashmir shu tog'dagi qabila nomi bilan bog'liq. Zahiriddin Muhammad Bobur izohlagan bu fonetik jarayon haqidagi fikr yana shu bilan ahamiyatliki, u turkiy tillarga o'zining ilmiy xulosasini to'liq topdi.Bu tovushlarning har ikkalasi ham til oldi,j arangsiz,sirg'aluvchi.

Ma'lumki,Bobur bir necha tilni yaxshi bilgan. Shuning uchun bir til dan ikkinchi tilga o'tgan so'zning shu tilde ifodalagan ma'nosi,hatto o'sha o'tish davri da unda yuz bergan fonetik jarayonlarni ham izohlashga harakat qiladi. Jumladan, mug'ul tilida o'zlashgan "olacha"so'ziga olimning bergan izohishu fikrga to'liq dalil bo'la oladi: "Olachaning vajhi tasmiyasi muni derlarkim,qashshoq va mug'ul tili bila o'ldirguchini "olacha" derlar,qashshoqni necha qatla bosib, qalin kishisin qirg'oni uchun Olachi de-de hasrati is'temol bila Olacha bo 'libtur"(B.68-69 b.)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

1. V.Zohidov. Bobirning faoliyati va ilmiy-adabiy merosi haqida. Kitobda: Bobir.

Bobirnoma. -T.:1960;

2. Azimdjanova S. Indiyskiy divan Babura. T.: Fan, 1966.

3. X.Nazarova."Boburnoma" tilining sintaktik qurilishi. Dokt. diss. — T.: 1980;

4. Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. — M.: 1983.

5. H.Qudratullaev. Boburning adabiy-estetik qarashlari. -T.: Fan, 1983;

6. S.Hasanov. Boburning „Risolayi aruz" asari. -T.:1986;

7. Xayriddin Sulton. Boburiynoma. -T.:1996;

8. G'aybulloh as-Salom, N.Otajon. Jahongashta „Boburnoma" — T.:1996;

(B.342-b)

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.