www.scientificprogress.uz
HAR BIR MILLATNING OZLIGINI ANGLATADIGAN OYNASI BU UNING
ONA TILI VA ADABIYOTIDIR
Bekova Mahkamtosh Kupaysinovna
Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada har bir millatning o'zligini anglashda ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishda va ijtimoiy rivojlanishida o'z ona til va adabiyotining o'rni beqiyosligi bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Til, ona tili, adabiyot, vatan, millat, o'zbek tili, rivojlanish, islohot, interfaol, muloqot.
THE MIRROR OF EVERY NATION IS ITS MOTHER TONGUE AND
LITERATURE
Bekova Mahkamtosh Kupaysinovna
Teacher of Native Language at the Presidential School in Tashkent [email protected]
ABSTRACT
This article describes the unique role of the native language and literature in the expansion of the spiritual worldview and social development of each nation in the understanding of its identity.
Keywords: Language, native language, literature, homeland, nation, Uzbek language, development, reform, interactive, communication.
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh maqsad-mohiyati xalqimizga munosib hayot sharoitini yaratib berish; "Islohot islohot uchun emas, inson uchun, uning manfaatlari uchun", - degan ezgu g'oyani amalga oshirishdan iboratdir.
Keyingi yillarda jamiyatimizda kuzatilgan ma'naviy yangilanish, shaffoflik ijtimoiy adolat tamoyillarida ustuvorlik insonlar qalbida ertangi kunga ishonch hissini bir necha barobar oshiradi. Buning uchun esa sog'lom turmush tarzini jamiyatdagi o'rni beqiyosdir. Aynan shuning uchun ham mamlakatimiz ta'lim tizimining oldida yosh avlodga zamonaviy bilim va hunarlar bo'yicha mustahkam ta'lim berish bilan birga
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3
ruhiy komillikka erishish, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma'naviyatli barkamol inson etib tarbiyalash va o'z ona tiliga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otishdan iboratdir [1].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ona tili - millatning ruhi, uning or-nomusi, ma'naviy qiyofasi, orzu-umidlarining namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o'z atrofida birlashtiradi va dunyoda borligini ta'min etadi. Har bir millatning o'z Vatani, oilasi bo'lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo'ladi. Inson uchun uning Vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo'lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo'ladi. Hattoki, go'dak ham o'z vatanini, ota-onasini, dunyoni o'z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o'rni beqiyos bo'lganidek, insonning hayotda o'z o'rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o'rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois, tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg'u, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek: "Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug'urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur" [2-3].
Suvsiz daryo bo'lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Biror millatga mansub bo'lgan til, o'sha millat bilan yashaydi va bardavom bo'ladi. Ota-bobolarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan, rivojlantirishgan. Masalan, A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va boshqalar. O'zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo'shganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo'lgan o'zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So'z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o'zi yashagan murakkab davr - XV asrda tilimiz himoyasiga otlanib, turkiy til o'z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlab berdi. O'zining "Xamsa" kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi.
Hozirda ham shoirlarimiz o'zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk adabiyoti bo'lgan xalqning buyuk tili ham bo'ladi. Insonning qanday ma'naviyatga ega ekani uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo'ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma'naviy merosi, urf-odatlari va an'analari unda mujassam bo'ladi. Shu sababli ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to'liqligicha yetkazishimiz kerak. Birinchi Prezidentimizning ta'biri bilan aytganda "O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-milliy bog'liqlik til orqali vujudga keladi". Bu fikrlarni doimo yodimizda tutishimiz kerak. Darhaqiqat, tilsiz millat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi. 1989-yil 2121
oktabrda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi. O'zbek tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so'ng barcha davlat hujjatlari o'zbek tilida yuritiladi, gazeta va jurnallar o'zbek tilida chop etila boshlandi. 1993-yil 2-sentabrda "Lotin tiliga asoslangan o'zbek alifbosini tuzish tog'risida"gi qonun qabul qilingandan so'ng, mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib o'rin egallash muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shu sababli chet ellarda ham o'zbek tiliga qiziquvchilar, uni o'rganuvchilar soni ortib bordi. Dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo'lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilingan. Ularning orasida o'zbek tilining borligi uning naqadar sof, mukammal, purma'no va jozibadorligidan darak beradi. Rossiyalik tilshunos olima, professor A.M.Kozlyanina "O'zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador" deb bejiz ta'kidlamagan. Shunday ekan ona tilimizning shundayin go'zalligini, sofligini keyingi avlodlarga yetkazish bizning vazifamizdir. Negaki, ona tilini ulug'lash, asrab-avaylash o'sha tilda so'zlashadigan har bir insonning burchidir [4].
MUHOKAMA
Til muloqot vazifasi ham hisoblanadi. Hammamizga ma'lumki, mashhur bo'lgan A.Navoiy bobomizga tegishli "Ko'ngil qulfi mahzanin qulfi til va ul qulfin kalitin so'z bil" Inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so'zdir. O'zbek tilining so'zlari shu qadar ma'noli, ko'pki bitta ma'noga ega bo'lgan tushunchani bir nechta so'zlar orqali ifodalash mumkin bo'ladi. Masalan, birgina ko'z so'zining bir necha ma'nolari bor. Bilamizki bir tushunchaga tegishli so'z, bir necha so'zlar bilan ifodalansa, ya'ni sinonim so'zlari qanchalik ko'p bo'lsa, ayni shu til boy til hisoblanadi. Ko'plab adiblarimiz til haqida ko'plab hikmatli so'zlarni aytganlar va tilni turlicha ta'riflaganlar. Masalan, "Til-millat ko'zgusi", "Til-ma'naviyat ko'zgusi", "Til -millatning bebaho boyligi" va shu kabilardir. Shuni ta'kidlash kerakki, o'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo'lidagi muhim qadamlaridan biri bo'lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo'lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o'zgarishlar yuz berdi.
O'zbek tilining xalqaro miqyosda obro'si oshdi. "Davlat tili haqida"gi qonun ona tilimizning bor go'zalligi va jozibasini to'la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug'atlar, darslik va o'quv qo'llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so'z va so'z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo'llaniladigan so'zlarni o'z ichiga olgan besh jildlik "O'zbek tilining izohli lug'ati" bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir.
www.scientificprogress.uz
NATIJA
Til - millatning ma'naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi - balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o'z navbatida o'zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillami qo'llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir.
Shu sababli ham har Ыг xalq o'z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi. XXI asr o'rtalariga borib, Xitoy tili asosiy til bo'lib olishi mumkin. Olimlaming fikricha, til yashab qolishi uchun undan kamida Ыг millon kishi so'zlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 tadir. O'zbek tili ham mana shu 250 taning ichida ekani quvonarli, albatta [5-6-7].
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o'z ifodasini topadi. Til - millat ko'zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asñik boy tarixi, ko'hna va serqirra madaniyati o'zbek tili ta'sirida shakllangan. Ulug' shoiгimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g'alabalaгi shaгafiga o'zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir.
Biz o'z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshiгishimiz, go'zal va sofligini avlodlaгga meгos sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o'z hissamizni qo'shishimiz kerak. "Til yashasa, millat yashaydi". AgaT biz o'z tilimizning ko'rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog'on bo'ladi va birligimiz mustahkam bo'ladi. Zeгo гus tarixchisi Shobelev aytganidek "Millatni yo'q qilish uchun u yerga qurol ko'tarib borish shaгt emas, uning tilini, ma'naviyatini, adabiyotini yo'q qilish kerak, shunda millatning o'zi yo'q bo'lib ketadi" degan fikri naqadar to'g'ri ekanligini ko'гishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLARLAR RO'YXATI
1. Sh.M.Mirziyoyev 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yichaharakatlar strategiyasi.
2. N. N. Azizxodjayeva. Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat Toshkent 2006 y.
3. B.To'xliyev. Adabiyot o'qitish metodikasi.T.: 2010 y.
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3
4. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
5. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617
6. Сулаймон Амиркулович Гайдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671
7. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
8. Хдйдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи. Scientific Progress. 1(1). 12-17.
9. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.
10. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.
REFERENCES
1. Sh.M.Mirziyoyev 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yichaharakatlar strategiyasi.
2. N. N. Azizxodjayeva. Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat Toshkent 2006 y.
3. B.To'xliyev. Adabiyot o'qitish metodikasi.T.: 2010 y.
4. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
5. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617
6. Сулаймон Амиркулович Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671
7. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
8. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи. Scientific Progress. 1(1). 12-17.
9. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.
10. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.