Научная статья на тему 'O`ZBEKSITONDA XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALAR FAOLIYATINING TARMOQ VA HUDUDIY XUSUSIYATLARI'

O`ZBEKSITONDA XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALAR FAOLIYATINING TARMOQ VA HUDUDIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

827
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xorijiy investitsiyalar / to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar / investitsion jozibadorlik / ishlab chiqarish / foreign investment / direct investment / investment attractiveness / manufacturing

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Musobek Samijonov

Ushbu maqolada O’zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining tarmoq va hududiy xususiyatlari yoritilgan, muallif investitsiyalarni yanada rivojlantirish uchun bir qator chora-tadbirlarni taklif qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the sectoral and regional characteristics of enterprises with foreign investment in Uzbekistan, the author suggests a number of measures to further develop investment.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKSITONDA XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALAR FAOLIYATINING TARMOQ VA HUDUDIY XUSUSIYATLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-359-365

O ZBEKSITONDA XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALAR FAOLIYATINING TARMOQ VA HUDUDIY

XUSUSIYATLARI

Musobek Samijonov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti musobeksamij onov7 @ gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining tarmoq va hududiy xususiyatlari yoritilgan, muallif investitsiyalarni yanada rivojlantirish uchun bir qator chora-tadbirlarni taklif qiladi.

Kalit so'zlar: xorijiy investitsiyalar, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar, investitsion jozibadorlik, ishlab chiqarish,.

ABSTRACT

This article describes the sectoral and regional characteristics of enterprises with foreign investment in Uzbekistan, the author suggests a number of measures to further develop investment.

Keywords: foreign investment, direct investment, investment attractiveness, manufacturing.

KIRISH

Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalaridan biri investitsiyalar tushunchasi bugungi hayotimizga keng va tez kirib kelishining o' zi uning mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko'rsatadi. Shuni ta'kidlash joizki, hududlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash respublikamizda yuriltilayotgan iqtisodiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri bolmoqda. To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda mamlakat va uning mintaqalarida yaratilgan investitsion jozibadorlik va nisbiy afzalliklar eng dolzarb masala hisoblanadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-359-365

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotni jadal rivojlantirish omillaridan biri bo'lib qolmasdan, u bir vaqtning o'zida mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ham ta'sir qiladi. Xorijiy investitsiyalar hajmi oshishi bilan mamlakatda raqamli iqtisodiyot ham rivojlanib boradi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev (2018) ta'biri bilan aytganda «Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya - bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi» [1].

Igoninaning (2005) "Investisiya" darsligida -"investisiya muhiti o'zida mamlakat (yoki mintaqa) iqtisodiyotiga investisiyalashni jozibadorligi va maqsadga muvofiqligini aniqlab beruvchi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa shart-sharoitlar majmuasining tasnifini umumlashtiradi", deb ta'riflanadi [2].

Butov (2001) investisiya muhitini shakllantirish masalalariga mintaqaviy iqtisodchi sifatida yondashib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtirish maqsadida har bir mintaqaning o'ziga xos bo'lgan investisiya jozibadorligini aniqlash lozimligini ta'kidlaydi [3]. Shu o'rinda mualliflar turli xil farqlanishlarga ega bo'lgan mintaqalar (rivojlangan, muammoli, depressiv) uchun o'ziga xos investisiyalash rejimi belgilab oli shga e'tibor qaratadi. Shunga ko'ra, mintaqaviy investisiya muhiti - bu makro, mikro va mintaqa darajasidagi boshqaruvda o'zaro aloqadorliqda bo'lgan jarayonlarning keng doirasi ta'sirida shakllangan va barqaror investisiya faoliyati uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratib beradigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidir.

Orlovaning (2003) "Investisii" darsligida "Mintaqaning investisiya jozibadorligi investisiyalashning dastlabki ob'ektiv omillarini o'zida aks etiradi va mintaqaning o'ziga xos investisiya salohiyati va notijorat investisiya tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda shu mintaqaga jalb qilingan kapital qo'yilmalar hajmida miqdoriy tomonlama aks etadi", deb ta'riflanadi [4]. Orlova (2003) o'z tadqiqotida, investisiya salohiyatidagi har bir o'zgarishlar investisiya tavakkalchiligi o'zgarishi bilan sodir bo'ladi. Investisiya salohiyatini pasayishi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-359-365

investisiya tavakkalchiligini oshishiga olib kelsa, aksincha, investisiya salohiyati darajasini oshishi esa investisiya tavakkalchiligini pasayishiga olib kelishini aytib o'tadi.

Investisiya salohiyati o'zida mintaqaning ishlab chiqarish omillari bilan ta'minlanganligini hamda iqtisodiy - ijtimoiy ko'rsatkichlarini ifodalovchi ishlab chiqarish, ishchi kuchi, tabiiy, iste'mol, infratuzilmaviy, institusional, intellektual, innovasion, moliyaviy kabi salohiyatlarni qamrab oladi (Gladkiy va Chistobaev, 2000) [5].

Shuningdek, Nazarenkoning (2009) fikricha, xorij tajribasi asosida rivojlanishda, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish ko'p jihatdan iste'mol bozori tarkibi va rivojlanish xususiyatlariga bog'liq. Bu sohani rivojlantirish ning asosiy sharti milliy mahsulotning tashqi bozorga chiqishi uchun qulay shart-sharoit yaratishni taqazo etadi, deb ta'kidlaydi [6].

Hududlarning investitsion jozibadorligini umumiqtisodiy rivojlanish darajasi, moliyaviy resurslar bilan ta'minlanganligi, investitsion infratuzilmaning rivojlanish darajasi, hududning demografik tavsifi, institutsional o'zgarishlar va rivojlanish darajasi, investitsion faoliyat xavfsizligi darajalariga ko'ra uchta guruhga boyish mumkin :

Birinchi guruhga Toshkent shahri, Qashqadaryo , Andijon va Farg'ona viloyatlari kiradi hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay hisoblanadi. Investitsion jozibadorlik yuqori bo'lishi ushbu hududlarda tabiiy iqtisodiy salohiyat, infratuzilma, jumladan, transport va axborot komunikatsiyalarining rivojlanish darajasi yuqoriligini bildiradi. Bu hududlarda davlat investitsiyalari va kreditlariga bo'lgan talab yuqori emas.

Ikkinchi guruhga Samarqand, Buxoro, Navoiy va Namangan viloyatlari tashkil etadi. Bu hududlarda esa asosan xorijiy investorlar sanoatning qazib olish va uni qayta ishlash yo'nalishlariga qiziqishi katta.

Uchinchi guruhga nisbtan kam rivojlangan hududlar -Xorazm, Surxandaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikalari kiradi. Bu hududlarda xorijiy investorlarni jalb qilishda davlatning o'rni yuqori bo'lish zarur, davlat o'zi rivojlanmayotgan sohalarga mablag' ajratishi maqsadga muvofiqdir.

Statistik ma'limotlardan ko'rinib turibdiki, hududlar bo'yicha xorijiy investitsiya miqdori notekis taqsimlangan, bu esa shu hududlarga xorijiy

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-359-365

investitsiyalarni jalb qilishda, xojalik infratuzilmasining noto'g'ri tashkil qilinishi sabab bo'lishi muqarrar.

Yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar hududlar

kesimidagi soni, birlikda(2018) 1-grafik

Manba:www.stat.uz (grafik Ozbeksiton statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida

muallif tomonidan yaratilgan). 1-grafikda korinib turibdiki, xorijiy investitsiyalarning katta qismi Toshkent shahrida yig'ilib qolgan, ya'ni jamiga nisbatan deyarli 61% i to'g'ri keladi. Eng past ko'rsatkichlar esa Surxandaryo, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlarida kuzatiladi , jamiga nisbatan atiga 3% ga yaqini to'g'ri keladi. Past ko'rsatkichli hududlar rivojlanmayotgan sohalariga, hududiy iqlimiy sharoitlariga mos holda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali aholi turmush darajasini oshirish, ish bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Bu hududlarda xo jalik infratuzilmasini to g ri tashkil etilsa maqsadga muvfiq bo' lar edi

Xorijiy investitsiyalar ishtrokidagi korxonalar iqtisodiy faoliyat turlari boyicha ko'rsak, asosan sanoatning ulushi yuqori ya'ni 44,2 % tashkil etadi

(2-grafik). Bu esa sanoatning qazib olish va konchilik yo'nalishi asosiy qismini tashkil etadi. Lekin bu iqtisodiy naflilikni anglatmaydi. Chunki tabiiy resusrlar cheklangan, xom ashyo resurslari soni chegaralangan, shuning uchun ko'proq xom ashyo qazib olish emas, balki tayyor mahsulot ishlab chiqarish sohalariga investitsiya olib kirilsa iqtisodiy samaradorlikka erishsa bo'ladi.

Academic Research in Educational Sciences

VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-359-365

2-grafik

Faolioyat ko'rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha ulushi,fozida(2018)

Sanoat Savdo Boshqalar Qurilish

Yashash va ovqatlanish Tashish va saqlash Axborot va aloqa Sog'liqni saqlash

44.

19.1 18

10

20

30

40

50

60

70

80

90

100

Manba:www.stat.uz (grafik Ozbeksiton statistika qo'mitasi ma' lumotlari asosida

muallif tomonidan yaratilgan).

Xorijiy investitsiyalar ishtrokidagi korxonalar iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha eng past ko'rsatkich sog'liqni saqlash sohasida, ya'ni 1,3% ni tashkil etadi (2-grafik).. Bu nimani anglatadi , bu sohada davlatning o'rni yuqori, shuning uchun ham bu sohada rivojlanishga, aholini sog'ligini yaxshilashda hali hamon to'siqlar mavjud. Xorijiy investitsiyani shu sohaga kirib kelishiga sharoit yaratib berish orqali yaxshilasa bo'ladi.

2018-yil yanvar - dekabr holatiga ko'ra 3- grafik orqali hududlar kesimida ikki yetakchi tarmoq qayta ishlash sanoati va turar joy qurilishiga investitsiyalarni tarkibi ko'rsatilgan. Qayta ishlash sanoati eng yuqori bo'lgan hudud bu Navoiy viloyatida asosan ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish bo'yicha qurilish ishlari, azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish va shu kabi mineral resurlarni ishlab chiqarishda investitsiyalrni o'zlashtirilishi sababli, jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 68,9 % ini tashkil etadi. Ko'rib turganimizdek, asosan xom ashyolarni qazib olish va kamroq qayta ishlashga yo'naltirilganligi, bu hududa boshqa sohalarning past darajasini ko'rishimiz mumkin, masalan jamiga nisbatan turar joy qurilishi hissasi eng kami 7,4% ni tashkil etdi.

2

0

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-359-365

3-grafik

Manba:www.stat.uz(O,zbeksiton statistika qo'mitasi) Qayta ishlash sanoatiga yo'naltirilgan investitsiyalarning ulushi Qashqadaryo viloyatida kamroq, ya'ni 3,1% ni tashkil qilgan. Lekin bu viloyatda tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltirilgan degani emas, bu viloyatda tog'-kon sanoati, qazib olish sohalariga kiritilgan, bu ham yaxshi korsatkich emas.

XULOSA

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, mamlakatda investitsion muhitni yaratish orqali qoloq sohalarni rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilash ko'zda tutiladi. Lekin investitsion muhitni tashkil etishda mezonlarga, hududlarning ijtimoiy -iqtisodiy holatlariga, iqlimiga e'tibor berib to'g'ri tashkil etilmasa o'z samarasini bermaydi. Aholi zich joyga ko'p ishchi kuchi talab qiladigan ishlab chiqarishni tashkil qilsa bo'ladi. Masalan, Andijon , Samarqand, Farg'ona viloyatlariga ana shunday ko'lamdagi investitsiyalarni jalb qilish, yoki aholi nisbatan kam bo'lgan hududlar, masalan, Sirdaryo, Navoiy , Jizzax viloyatlarida ko'p ishchi kuchi talab qilmaydigan ishlab chiqarishlarni jalb qilsa bo'ladi. Shu hududlarga investitsiyalar jalb qilish, kreditlar ajratish davlatning muhim vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, Yuqorida o'rganib chiqilgan tadqiqotchi olimlarning tadqiqotlariga asoslanib, mamlakat (yoki mintaqa) iqtisodiyotiga investitsiyalashni jozibadorligini aniqlab beruvchi omillarga, shart-sharoitlarga va investitsion muhitni shakillantirish masalalariga mintaqaviy iqtisodchi sifatida yondashib, mintaqaning o'ziga xos investitsiya salohiyatini to'g'ri va aniq baholash orqali mamlakat (yoki

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-359-365

mintaqa) investitsiya salohiyatini oshirish hamda investitsiya risklarini pasaytirishga erishish mumkin.

REFERENCES

1. Xalq So'zi gazetasi 13-fevral 2019 https://xs.uz/uz/post/investitsiya-iqtisodiyotning-yuragi .

2. Игонина Л.Л. (2005) Инвестиции. Учебное пособие. - М.: Экономисте, 106.6.

3. Бутов В.И., Игнатов В.Г., Кетова Н.П. (2001) Основы региональной экономики:Учебное пособие. - Р.Д.: МарТ, 448

4. Орлова Е.Р. (2003) Инвестиции. Курс лекций. 2-е изд., доп. и пер. -М.: Омега-Л,15б.

5. Гладкий Ю.Н., Чистобаев А.И. (2000) Регионоведение. Учебник. -М.:Гардарики, 456 б.

6. Назаренко В.Н., Назаренко К.С.(2009) Таможенное обслуживание ВЭД.-М.: Экзамен, 280 стр.

7. N.G'.Karimov, R.X.Xojimatov, J.X.Razzoqov Investitsiya O'quv qo'llanma. Toshkent-2019.

8. www.journal.bfa.uz .

9. www.lex.uz .

10. www.stat.uz .

11. www.cbu.uz .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.