Научная статья на тему 'ERKIN IQTISODIY HUDUDLARGA INVESTITSIYA JALB ETISHNI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH'

ERKIN IQTISODIY HUDUDLARGA INVESTITSIYA JALB ETISHNI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

894
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkin iqtisodiy hududlar / investitsiya / boshqarish / mexanizm / takomillashtirish / tamoyillar / ustuvorlik / loyihalar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saida Azatovna Sheraliyeva

O‟zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg‟i energetika va don mustaqilligini ta‟minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o‟zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o‟rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko‟paytirish uchun ustuvor sohalarni qo‟llabquvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Ushbu maqolada, erkin iqtisodiy hududlar ha investitsiya jalb etish boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish haqidagi fikr va mulohazalar qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERKIN IQTISODIY HUDUDLARGA INVESTITSIYA JALB ETISHNI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-820-825

ERKIN IQTISODIY HUDUDLARGA INVESTITSIYA JALB ETISHNI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Saida Azatovna Sheraliyeva

NavDPI geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg'i energetika va don mustaqilligini ta'minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o'rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun ustuvor sohalarni qo'llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Ushbu maqolada, erkin iqtisodiy hududlar ha investitsiya jalb etish boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish haqidagi fikr va mulohazalar qilinadi.

Kalit so'zlar: erkin iqtisodiy hududlar, investitsiya, boshqarish, mexanizm, takomillashtirish, tamoyillar, ustuvorlik, loyihalar.

KIRISH

"Loyiha" so'zi bugungi kunga kelib iqtisodiy nazariya va amaliyotda keng tarqalib ulgurdi. Uning mazmunini talqin qilishda ham turlicha qarashlar mavjudligi mazkur atamaning tub mohiyatini o'rganish va ochib berishga bo'lgan qiziqishni oshiradi. Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti mutaxassislari tomonidan aniqlanishicha loyiha: birinchidan, maqsadli faoliyat; ikkinchidan, foyda uning xarajatlaridan har doim ortiq bo'ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va resurslarda qat'iy cheklanganlikka ega bo'ladi. Iqtisodiy rivojlanish kompleks jarayon sifatida o'zini namoyon etadi va bunda mazkur sohada yuksalish bir qancha ko'rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, daromad, foyda, iste'mol darajasi, sog'liqni saqlash, umrning uzunligi, savodlilik, sifatning oshishi va shu kabilar orqali aks ettirilishi mumkin. Shu sababli ham loyiha g'oyasi barcha holatlar uchun bir xil mazmun kasb etmasligi mumkin va loyihani ishlab chiqish va uni baholashnig ham yagona namunaviy shakli bo'lishi mumkin emas. O'z navbatida, loyihalar ularning alohida elementlari va ko'rsatkichlarini ifodalovchi bir qator maqsadli tadbirlar, loyihani amalga oshirish va ko'zlangan natijaga erishishga qaratilgan boshqaruv tizimi va boshqalardan tashkil topadi.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 820 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-820-825

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Har qanday loyihani amalga oshirish investitsiyalar bilan bevosita bog'liqdir. Shunga ko'ra, hayotda loyihalarning turli-tumanligidan kelib chiqib, unga yo'naltiriladigan investitsiyalarning ham yo'nalishlari, sohalari, manbalari, muddatlari, ishtirokchilari, investorlari, ahamiyati turlicha bo'ladi. Biroq, turli loyihalarga yo'naltirilgan investitsiyalarda shunday umumiylik saqlanib qoladiki, buni anglash maqqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda O'zbekistonda ham katta hajmdagi investitsiyalarni talab etuvchi davlat Dasturlari amalga oshirilayotganligi barchamizga ayon va bunga qishloq joylarda aholini uy-joylar bilan ta'minlash va ular qurilishini amalga oshirish, sanoatni rivojlantirish, aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transport va aloqa tizimini rivojlantirish va boshqa (yonilg'i va energetika, mashinasozlik, yo'llarni qurish va ta'mirlash, lokalizatsiya kabilar) davlat sasturlarini misol qilib keltirish mumkin. "Investitsiya loyihasi" tushunchasi 2 xil ma'noda talqin etiladi:

• muayyan maqsadlarga erishish (muayyan natijalarni olish)ni ta'minlovchi qandaydir harakatlar kompleksini amalga oshirishni nazarda tutuvchi ish, faoliyat, chora-tadbir sifatida;

• qandaydir harakat, faoliyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tashkiliy-huquqiy, texnik, hisob-moliyaviy hujjatlar tizimi sifatida. Birinchi holatdagi mazmunga "xo'jalik tadbiri", ish "ishlar yig'indisi", "loyiha" terminlari yaqin hisoblanadi.

Loyihaning amalga oshirilishi ma'lum ichki dinamik va tashqi muhit qurshovida yuz berib, unga ma'lum ta'sirini o'tkazadi. Shu bilan birga, qurilish loyihalarida bino etilayotgan qurilma konstruktsiyalariga tushadigan barcha turdagi statistik va dinamik yuklarni aniqlay olish va hisoblay olish zarurligi kabi, kengroq ko'lamdagi loyihada ham, loyihaga va uning muhitiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan barcha jismoniy, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy tashkiliy va omillarni aniqlash va hisobga olish muhim, ma'lum sharoitlarda bunday omillarning har biri loyiha uchun xavfli bo'lib chiqib, uning buzilishiga olib kelishi mumkin. Loyiha atrof-muhit o'rtasidagi munosabatni ma'lum bir mahsulot ishlab chiqaradigan korxona uchun mahsulotni rivjlantirish loyihasi misolida ko'rib chiqish mumkin. Oddiy, uzoq muddat faoliyat tashkilot o'zgarishlar va yangilanish sharoitida talabning yuzaga chiqishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Bu esa,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-820-825

natijada loyihaning paydo bo'lishiga olib keladi. Qachonki loyiha xaqiqatdan boshlangan bo'lsa, u mustaqil rivojlana boshlaydi. Loyihani amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari o'z vazifalarini bajarishga e'tibor qaratadilar.

Loyihani amalga oshirish davomida korxonaning ishlab chiqarish, sotish, boshqaruvdagi oddiy hayoti davom etaveradi. Xuddi shu holat loyihaning muhitiga ham tegishli. Bu yerda ham o'zgarishlar yuz berib, ular korxona orqali loyihaga ta'sir etadi. Ishlab chiqarishni kengaytirishga qilingan investitsiyalarda tavakkalchilik xavfi yangi ishlab chiqarishga qilingan investitsiyalarga qaraganda pastroq. Ayni paytda samaradorlikni oshirishga qilinadigan investitsiyalar bozor allaqachon qabul qilgan tovarlarning sifatini oshirish, tannarxini kamaytirishni ko'zda tutgani uchun ham, ularda tavakkalchilik xavfi darajasi ikkinchi va uchinchi guruhlar investitsiyalarinikidan ancha past bo'ladi. Xuddi shu kabi davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarishga sarflangan investitsiyalarning tavakkalchilik xavfi darajasi ancha kichik hisoblanadi. Loyihalarning turlariga tasniflanish va bo'linmalariga mos ravishda loyihalarni bir-biridan ajratib turadigan bir necha xususiyatlari va odatiy shartlarni ajratish mumkin. Shunga ko'ra, uning quyidagi turlarini bilish zarur. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilish jarayoni loyihaning ichki muhitiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ushbu omillar quyidagilardir: Maxsus tashkillashtirilganlik - loyihaning asosiy ishtirokchilari, huquqlar, taqsimot, javobgarlik va majburiyatlar orasidagi o'zaro aloqani aniqlab beradi hamda loyihani amalga oshirish muvaffaqiyatiga ta'sir qiladi. Loyiha ishtirokchilari - loyihani amalga oshirish jarayonida turli xil qiziqishlarni amalga oshirib, maqsad va rag'batga mos ravishda o'z talablarini shakllantiradi va o'zlarining qiziqishlari, qobiliyatlari va loyiha "jalb qilinganlik" darajasi bilan loyihaga ta'sir ko'rsatadi. Loyiha jamoasi -loyihaning "aql markazi", motori va ishni bajaruvchi a'zosi bo'lib, loyihaning rivoji va muvaffaqiyati, ko'p jihatdan. unga bog'liq. Loyiha ishtirokchilarining tarkibi. Ularning roli, loyihaning turi, qurilish ko'lami va murakkabligiga bog'liq holda vazifa va javbgarlikni taqsimlash hamda loyihaning hayotiylik sikli fazalariga bog'liq holda shunday qilib, loyihaning vazifalari bo'yicha uning butun hayotiylik sikli davomida amalga oshirish doimiy bo'lib hisoblanadi, ishtirokchilar tarkibi esa uning roli javobgarlik va majburiyatlarni taqsimlash o'zgarishi mumkin. Bu yerda umum qabul qilingan qattiq reglamentlar yo'q. Quyida loyiha ishtirokchilari va ularning vazifalari sanab o'tilgan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-820-825

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tashabbuskor - loyihaning bosh g'oyasi bo'lgan tomon, uning loyihani amalga oshirish bo'yicha boshlang'ich asoslari va takliflari. Tashabbuskor sifatida loyihaning kelajakdagi ishtirokchilaridan deyarli har qaysi maydonga chiqishi mumkin, lekin, natijada loyihani amalga oshirish bo'yicha ishbilarmonlik tashabbusi loyiha buyurtmachisidan kelib chiqishi kerak. Buyurtmachi - asosiy tomon bo'lib, u loyihani amalga oshirish va uning natijalariga erishishdan manfaatdor. Loyihaning yangi egasi va natijalardan foydalanuvchidir. Buyurtmachi loyihaning asosiy talablari va ko'lamini aniqlab beradi, o'z vositalari yoki jalb qiluvchi investorlar vositalari hisobiga loyihani moliyalashtiradi, loyihani asosiy bajaruvchilari bilan shartnomalar tuzadi. Bu shartnomalar bo'yicha javobgar bo'ladi, loyihaning barcha ishtirokchilari orasidagi o'zaro munosabatlari jarayoni boshqaradi. Loyiha bo'yicha butun jamiyat va qonun oldida javobgar hisoblanadi.

Investor(lar) - loyihaga investorlar kirituvchi tomonlar, masalan, kredit yo'li bilan. Investorlar maqsadi loyihani amalga oshirishdan o'z investitsiyalari bo'yicha maksimal foyda. Agar buyurtmachi va investor bitta shaxs bo'lmasa, unda investor sifatida odatda banklar, investitsion fondlar va boshqa tashkilotlar chiqadi. Investorlar buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi, kontraktlar bajarilishini nazorat qiladi va loyihani amalga oshirish bo'yicha boshqa tomonlar bilan hisob-kitoblarni bajaradi. Investorlar loyihaning teng huquqli sherigi va uning mulklari egasi bo'lib, buyurtmachi bilan shartnoma yoki kredit kelishuvi bo'yicha, ularga barcha vositalar to'lanmaguncha, o'z investitsiyalari hisobiga hosil qilinadi.

Loyihalarni boshqarish boshqaruv orqali amalga oshiriladi. Shunga ko'ra,

aytish mumkinki, boshqaruv - bu ma'lum bir ijobiy natijaga erishish uchun, uslublar va

tamoyillar yig'indisi orqali biror ob'ektga maqsadga muvofiq ta'sir etish. Inson

faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish

sohasiga ham boshqaruv jarayoniga taalluqlidir. Investitsiya loyihalarini boshqarish

ma'lum bir uslub va tamoyillarga tayanib maxsus loyiha menejeri yoki loyiha boshqaruv

kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Loyihalarni boshqarish, aksariyat hollarda,

loyiha menejeri tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha menejeri - bu loyihaga

yo'naltirilgan kapital harakati, pul oqimi, foyda, jamg'arma va reinvestitsiyalash,

daramad va xarajatlar balansini uzluksiz tahlil qilib va o'rganib boruvchi hamda ularga

ta'sir ko'rsatuvchi sub'ekt. Investitsiya loyihalarini boshqarish moliyaviy Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 823 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-820-825

menejmentning asosiyni tashkil etish bilan birga o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Moliyaviy menejment shunday tizimki, bunda korxonani boshqarishning umumiy maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan foliyat amalga oshiriladi. Investitsiya menejmenti quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo'ladi:

- xo'jalik sub'ektining ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy o'sishini ta'minlashga;

- investitsiya loyihasi, ob'ektining daromadliligini maksimallashtirish;

- investitsiya faoliyati, loyihasi risklarini minimallashtirish;

Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda strategik faoliyat terminiga nisbatan 2 xil yo'nalish mavjud. Kompaniyalarning investitsion faoliyatdagi strategik boshqaruv, shuningdek, uning investitsion strategiyasini ishlab chiqish jarayoni ushbu investitsion kompaniya portfelidagi boshqaruv taktik faoliyat yo'nalishi jarayoniga aniqlik kiritishni o'z ichiga oladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o'zaro nisbatini aniqlash, bu korxona faolyati funksional yo'nalishi bilan o'zaro bog'liq. Ko'p xollarda investorlar o'zlarining investitsion faoliyatini fond bozorida amalga oshiradilar. Bunda investorlar uchun qimmatli qog'ozlar bozorida o'z mablag'larini investitsiya qilish yaxshi samara berishi mumkin. Ularning uzoqqa mo'ljallangan investitsion faoliyatining asosiy shakli aksiya, obligatsiyalar va boshqa xil qimmatli qog'ozlar bo'lishi mumkin. Bu vaqtda ba'zi bir korxonalar (investorlar) real investitsiyalarga mablag'lar sarflashni o'zlari uchun maqsad qilib qo'yishadi. Bu esa kelajakda korxona asosiy fondlarini yangilash, texnik qayta jixozlash bilan yangi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga zamin yaratadi. Bu esa korxonaning yangi tovar va hududiy bozorlarga kirishga imkon beradi. Shuningdek, erkin iqtisodiy hududlar ha investitsiya jalb etish boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bu zamon va texnologiyalarning rivojlanishi, tomonlarning manfaatlariga ham bog'liqdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonuni. 2019-yil, 9-dekabr.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-820-825

2. O'zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

3. "O'zbekiston respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari tog'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni 2018-yil, 1-avgust.

4. Sh.SH. Shodmonov, U.V.G'afurov, "Iqtisodiyot nazariyasi" , T.: - "Fan va texnologiya", 2009 yil

5. Tojiboyeva D. —Iqtisodiyot nazariyasill: 2-kitob: Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'quv qo'llanma. -T. «Sharq», 2008, 79-b.

6. Korxonalarda investitsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish yo'llari. https://fayllar.org/industrial-va-innovatsion-iqtisodiyot.html?page=2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.