Научная статья на тему 'XORIJIY INVESTITSIYALAR TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI'

XORIJIY INVESTITSIYALAR TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2212
208
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Investitsiya / iqtisodiy faoliyat / kapital / nomoddiy investitsiya / Investment / economic activity / capital / intangible investment

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sharify Mohammad Shayeq

Ushbu maqolada iqtisodiyot nazariyasida investitsiya tushunchasi, uning nazariy asoslari haqida mulohazalar yuritilgan. G‘arb adabiyotlarida investitsiya atamasi borasida fikr bildirilganda birinchi e‘tibor fond bozorlari va birjalarga qaratiladi, negaki yetakchi rivojlangan davlatlarda investitsiyalar, asosan, qimmatli qog‘ozlar shaklida bo‘lib asosan shu shaklda amalga oshiriladi. Investitsiya tushunchasiga yagona va to‘liq tarif berish anchagina mushkuldir. Quyida “Investitsiya” terminining bir qancha ta’riflari mavjud adabiyotlarga tayanilgan holda keltirib o‘tilgan. Iqtisodiy fanlarda va amaliy faoliyatning turli jabhalarida investitsiyalarning mazmuni hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligi borasida ham fikrlar bildirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF FOREIGN INVESTMENT AND ITS THEORETICAL FUNDAMENTALS

This article discusses the concept of investment in economic theory, its theoretical foundations. In the Western literature, when the term investment is used, the first focus is on the stock markets and stock exchanges, because in the developed world, investments are mainly in the form of securities. It is very difficult to give a single and complete definition of the concept of investment. Here are some definitions of the term "investment" based on the available literature. Opinions were also expressed on the content of investments in economic sciences and various spheres of practical activity, as well as their specific features.

Текст научной работы на тему «XORIJIY INVESTITSIYALAR TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

XORIJIY INVESTITSIYALAR TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIY

ASOSLARI

Sharify Mohammad Shayeq Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'limyo'nalishi

1-bosqich magistranti

Annotatsiya. Ushbu maqolada iqtisodiyot nazariyasida investitsiya tushunchasi, uning nazariy asoslari haqida mulohazalar yuritilgan. G'arb adabiyotlarida investitsiya atamasi borasida fikr bildirilganda birinchi e'tibor fond bozorlari va birjalarga qaratiladi, negaki yetakchi rivojlangan davlatlarda investitsiyalar, asosan, qimmatli qog'ozlar shaklida bo'lib asosan shu shaklda amalga oshiriladi. Investitsiya tushunchasiga yagona va to 'liq tarif berish anchagina mushkuldir. Quyida "Investitsiya" terminining bir qancha ta'riflari mavjud adabiyotlarga tayanilgan holda keltirib o'tilgan. Iqtisodiy fanlarda va amaliy faoliyatning turli jabhalarida investitsiyalarning mazmuni hamda ularning o 'ziga xos xususiyatlari mavjudligi borasida ham fikrlar bildirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Investitsiya, iqtisodiy faoliyat, kapital, nomoddiy investitsiya Abstract: This article discusses the concept of investment in economic theory, its theoretical foundations. In the Western literature, when the term investment is used, the first focus is on the stock markets and stock exchanges, because in the developed world, investments are mainly in the form of securities. It is very difficult to give a single and complete definition of the concept of investment. Here are some definitions of the term "investment" based on the available literature. Opinions were also expressed on the content of investments in economic sciences and various spheres ofpractical activity, as well as their specific features.

Keywords: Investment, economic activity, capital, intangible investment Аннотация: В статье рассматривается понятие инвестирования в экономической теории, ее теоретические основы. В западной литературе, когда используется термин «инвестиции», в первую очередь обращают внимание на фондовые рынки и фондовые биржи, поскольку в ведущих развитых странах инвестиции в основном осуществляются в форме ценных бумаг. Дать однозначное и полное определение понятию инвестиций очень сложно. Вот несколько определений термина «инвестиции» на основе доступной литературы. Также были высказаны мнения о содержании

Scientific Journal Impact Factor

О

инвестиций в экономические науки и различные сферы практической деятельности, а также об их особенностях.

Ключевые слова: инвестиции, хозяйственная деятельность, капитал, нематериальные вложения.

O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat maqomiga erishgan so'ng mamlakat iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirishning turli xil xususiyatlarini hisobga olib o'zining yo'nalishini belgilab oldi hamda ushbu yo'l bo'ylab o'zining iqtisodiy rivojida davom etmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan va takomillashtirilayotgan investitsion faoliyat yo'lga qo'yilgandir. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonunida "investitsiyalar" tushunchasiga quyidagicha izoh berilgan: investitsiyalar - investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo'lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar [2].

Shunday qilib, "Investitsiya" deyilganda kelajakda samarali natija olish yoki ijtimoiy foydaga erishish uchun qonuniy tartibda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga sarmoyadorlar yoki davlat tomonidan kiritiladigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushunilishi mumkin. Ushbu boyliklarning barchasi investitsiyalarni shakllantirishda muhim hisoblanib, ularning umumiy holatiga o'z ta'sirini o'tkazib turadi. Boyliklarning shakllanishi esa mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarasini ko'rsatib turadi va ularning natijalarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Ushbu maqolani yozish jarayonida statistik, analitik, qiyosiy, kuzatuv, induktiv, deduktik, mantiqiy, monitoring kabi tahlil usullaridan foydalanildi. Shuningdek, R.X. Karlibayeva "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish", N.M.Maxmudov, Sh.A.Majidov "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish" o'quv qo'llanmalaridan nazariy jihatdan foydalanildi.

Fikrimizni davom etirgan holda bayon qilsak, investitsiyalar - turli xil mulkchilikning shakllaridagi moliyaviy, mulkiy va intellektual boyliklarni iqtisodiy -ijtimoiy samaradorlikka erishish uchun muomalaga kiritish hamda yo'naltirishdir.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

NATIJA VA MUHOKAMALAR

Scientific Journal Impact Factor

0

Iqtisodiyot nazariyasida investitsiyalarni iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagicha xarakterlanishi mumkin:

- kapitalni boyitish uchun mablag'larni tadbirkorlikning deyarli barcha obyektlariga jalb qilish, yo'naltirish va kiritish hisoblanadi;

- loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsion faoliyat ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar sifatida ham ko'rish mumkin. Asosiy fondga investitsiyalar asosan kapital qo'yilma ko'rinishida amalga oshirilishi mumkin, hamda yangi qurilishga, kengaytirishga, rekonstruksiyaga va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarni texnik qayta jihozlashga, uskunalar, loyiha uchun zarur xom-ashyoni sotib olishga qilinadigan xarajatlar yig'indisidir. Iqtisodiy fanlar va amaliyotda "investitsiya" va "kapital qo'yilma" terminlari ma'nodosh ya'ni sinonim so'zlar emasligini ko'p bora ta'kidlab o'tilmoqda. Investitsiyalar kapital qo'yilmaga nisbatan ancha keng ma'noga ega tushuncha ekanligi isbotlangan. G'arb adabiyotlarida investitsiya termini haqida so'z borganda birinchi e'tibor fond bozorlari va birjalarga qaratiladi, chunki yetakchi rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalar, asosan, qimmatli qog'ozlar ko'rinishida bo'lib asosan shu shaklda amalga oshiriladi. Investitsiya tushunchasiga yagona va to'liq ta'rif berish anchagina qiyin hisoblanadi. Iqtisodiy fanlarda va amaliy faoliyatning turli jabhalarida investitsiyalarning mazmuni hamda ularning o'ziga xos xususiyatlari mavjud deb uchragan. Iqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishda yangi texnika va texnologiyalarga, binolarga shu bilan birga moddiy va nomoddiy zaxiralar hajmining ortishi uchun qilinadigan xarajatlardan tashkil topadi va umumiy xarajatlarning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lishi ham mumkin.

Investitsiyalar - aynan aniq bir belgilangan davrda iste'mol qilinmagan va kelajakda aniq iste'mol qilinadigan iqtisodiyotdagi kapital qo'yilmalarning ko'payishini ta'minlashga ko'maklashuvchi yalpi ichki mahsulotning bir qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish nazariyasi va makroiqtisodiyotda esa investitsiyalar yangi kapitalni yaratish, shakllantirish hamda mavjudlarini ko'paytirish jarayoni hisoblanadi. Investitsiyaning iqtisodiy mohiyati - bu asosiy va aylanma kapitalni korxonani tashkil etish, rekonstruksiya yoki texnik qayta kurollantirishga sarflash; moliyaviy investitsiya bo'yicha - investorni moliyaviy kapitalini oshirish maqsadida uning instrumentlaridan foydalanib, mablag'larni aksiya, obligatsiya, bank depozitlariga va boshqa qimmatli qog'ozlarga qo'yishdir. Investitsiya keng ma'noda yuritilib, bu investitsion jarayondagi hudud, region yoki mamlakatdagi moliya

Scientific Journal Impact Factor

0

tizimini evolyusion jarayonining hozirgi holati bilan izohlanadi. Investitsiya so'zi Yevropaning rivojlangan mamlakatlari (AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya)da fond bozorlariga ko'proq e'tibor qaratilib, investitsiyalash qimmatli qog'ozlar yordamida amalga oshiriladi degan tushunchalari mavjud. Boshqacha so'z bilan aytilganda portfel investitsiyasi so'z bilan yuritiladi.

Investitsiyalar hajmiga inflyasiya sur'atlari ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Bu ko'rsatkich yuqori bo'lsa investorning kelajakdagi daromadi qadrsizlanadi va investitsiyalarni rag'batlantiruvchi omillar ham kamayib ketishiga olib keladi. Investitsiyalar turli xil shakllarda amalga oshirilib, ularni tahlil qilish, rejalashtirish alohida xususiyatlarini inobatga olgan holda yo'nalishlarga ajratish mumkin bo'ladi. Birinchidan, qo'yilish obyekti bo'yicha investitsiyalarni real va moliyaviy investitsiyalarga bo'lib olamiz. Real investitsiyalar ular moliyaviy mablag'lar korxona hisobidagi moddiy va nomoddiy boyliklarga yo'naltiriladi. Moddiy investitsiyalar esa asosiy fondning ma'lum bir qismlarini sotib olish bo'lib, investitsion loyihalar va innovatsion investitsiyalar tarkibida ishtirok etadi.

Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda bo'ladi:

— shaxsiy mablag'lar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog'ozlar;

— harakatdagi (asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va ko'chmas (binolar, inshootlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar;

— mualliflik huquqlar, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar;

— yerdan, tabiiy boyliklardan va boshqa mol-mulklardan foydalanish huquqlari (nomoddiy aktivlar qiymati) [2; -b.6].

Ushbu yondashuvlar natijasida investitsiyalarni jalb qilish va boshqarish konsepsiyasi haqidagi fikr va mulohazalarni umumlashtirgan holda, shuni aytish lozimki, har bir konseptual yondashuv mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga xizmat qilishi va uni yanada rivojlanishi uchun zamin yaratishi shart.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

1. R.X. Karlibayeva "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish", -Toshkent, Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. - 124 bet.

2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida", O'RQ-598-coh 25.12.2019 https://www.lex.uz/docs/-4664142

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

3. Мировая экономика: учебник /под. ред. Б.М. Смитиенко. - М.: Высшее образование, Юрайт - Издат, 2009.- 581 с.

4. Karimov N, Xojimatov R. —Investitsiyani tashkil etish va moHyalashtirishll O'quv qollanma. - Toshkent.: TDIU, 2011 yil, 97 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.