Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONNING IJOBIY IMIJINI SHAKLLANTIRISH INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA'

OʻZBEKISTONNING IJOBIY IMIJINI SHAKLLANTIRISH INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
536
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasi / davlatning ijobiy imiji / investitsion jozibadorlik / xalqaro munosabatlar / O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan-tog'ri investitsiyalar jamg‘armasi (UzDif) / O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo Vazirligi / iqtisodiy aloqalar / milliy brend. / Action Strategy for the Development of the Republic of Uzbekistan for 2017-2021 / positive image of the state / investment attractiveness / tourism potential / international relations / Uzbekistan direct investment fund (UzDif) / Ministry of Investment and Foreign Trade of the Republic of Uzbekistan / economic relations / national brand.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kasimova, Zilola Gʻulomiddin Qizi

O‘zbekiston fuqaroviy demokratik davlat qurayotgan hozirgi davrda, o‘z milliy madaniy qadriyat va an’analarini saqlab qolgan holda davlatimizni iqtisodiyot, siyosat, madaniyat sohasida modernizatsiya qilishga va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga intilmoqda. Mazkur maqolada davlatimiz ijobiy imijining rivojlanishi uning investitsion jozibadorligini oshishiga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida tahlil etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OʻZBEKISTONNING IJOBIY IMIJINI SHAKLLANTIRISH INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA

This article analyzes the development of a positive image of our state as an important factor contributing to the increase of its investment attractiveness. The point examines how Uzbekistan, during the construction of a civil democratic state, preserving its national cultural values and traditions, strives to modernize our state in the sphere of economy, politics, culture and attracting foreign investment.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONNING IJOBIY IMIJINI SHAKLLANTIRISH INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA»

Scientific Journal Impact Factor

OZBEKISTONNING IJOBIY IMIJINI SHAKLLANTIRISH INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA

Kasimova Zilola G'ulomiddin qizi

siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) TDSHU, o'qituvchi

ANNOTATSIYA

O'zbekiston fuqaroviy demokratik davlat qurayotgan hozirgi davrda, o 'z milliy madaniy qadriyat va an 'analarini saqlab qolgan holda davlatimizni iqtisodiyot, siyosat, madaniyat sohasida modernizatsiya qilishga va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga intilmoqda. Mazkur maqolada davlatimiz ijobiy imijining rivojlanishi uning investitsion jozibadorligini oshishiga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida tahlil etilgan.

Tayanch so'zlar: 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasi, davlatning ijobiy imiji, investitsion jozibadorlik, xalqaro munosabatlar, O'zbekiston Respublikasi to'g'ridan-tog'ri investitsiyalar jamg'armasi (UzDif), O'zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo Vazirligi, iqtisodiy aloqalar, milliy brend.

АННОТАЦИЯ

Узбекистан в период строительства гражданского демократического государства, сохраняя свои национальные культурные ценности и традиции, стремится к модернизации нашего государства в сфере экономики, политики, культуры и привлечению иностранных инвестиций. В данной статье анализируется развитие положительного имиджа нашего государства как важного фактора, способствующего повышению его инвестиционной привлекательности.

Ключевые слова: Стратегия действий по развитию Республики Узбекистан на 2017-2021 годы, позитивный имидж государства, инвестиционная привлекательность, туристический потенциал, международные отношения, фонд прямых инвестиций Республики Узбекистан (UzDif), Министерство инвестиций и внешней торговли Республики Узбекистан, экономические связи, национальный бренд.

ABSTRACT

This article analyzes the development of a positive image of our state as an important factor contributing to the increase of its investment attractiveness. The

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2

educational, natural and social sciences q ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

point examines how Uzbekistan, during the construction of a civil democratic state, preserving its national cultural values and traditions, strives to modernize our state in the sphere of economy, politics, culture and attracting foreign investment.

Keywords: Action Strategy for the Development of the Republic of Uzbekistan for 2017-2021, positive image of the state, investment attractiveness, tourism potential, international relations, Uzbekistan direct investment fund (UzDif), Ministry of Investment and Foreign Trade of the Republic of Uzbekistan, economic relations, national brand.

KIRISH

O'zbekiston fuqaroviy demokratik davlat qurayotgan bir davrda, o'z milliy madaniy qadriyat va an'analarini saqlab qolgan holda davlatimizni iqtisodiyot, siyosat, madaniyat sohasida modemizatsiya qilishga va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga intilmoqda. Davlatimizni barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasini ishlab chiqildi. Ushbu Harakatlar Strategiyasining 5.2. bandida "Chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar: davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to'la huquqli sub'yekti sifatida o'rni va rolini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O'zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik mintaqasini vujudga keltirish; O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni yetkazish" zarurligi qayd etilgan. Mazkur Strategiyaning dolzarbligi belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirishi hamda davlat ijobiy imijini shakllantirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog'liq ko'pgina masalalarning yechimini topishda muhim ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR VA METODLAR

2018 yil 2 avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan investision muhitning jozibadorligini oshirish maqsadida "O'zbekiston Respublikasida investisiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni e'lon qilindi [1]. Ushbu farmonga ko'ra:

chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investisiyalar ulushining eng kam miqdorini 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirish;

chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi to'g'risidagi talabni bekor qilish;

Scientific Journal Impact Factor

o

chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini 600 million so'mdan 400 million so'mgacha kamaytirish;

chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun davlat boji miqdorini uch baravarga kamaytirish;

aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdorini 400 million so'm miqdorida belgilash va boshqa muhim masalalarga ahamiyat qaratilgan.

2018 yil 28 dekabr O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida: "Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investisiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investisiya - bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Biz faqat investisiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to'planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi. Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart. Xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investisiya salohiyatini to'la namoyon etish choralarini ko'rishimiz kundalik hayotimizdan joy olgan eng dolzarb masalalardan biri bo'lmog'i lozim" [2], deb ta'kidlab, o'tdi. Darhaqiqat, hozirgi paytda davlatimiz rahbari tomonidan O'zbekiston ijobiy imijini yaxshilash, mamlakat jozibadorligini oshirish, investisiyalarni kiritishni oshirish, milliy brend mahsulotlarini ko'paytirish, turizmni rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev investitsiyalarni iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, boshqa sohalar va mamlakat hududlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi, yangi texnologiyalar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiluvchi kuch deb atadi. Investitsiyalarning so'nggi maqsadi -O'zbekistonda yashovchi har bir insonning hayot darajasini oshirishdan iborat, dedi Shavkat Mirziyoyev. [2]. Shunga binoan, O'zbekistonda 2019-yilni "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"[3] deb nomlandi.

2019 yil 28 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Investisiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"[4] farmoni imzolandi. Respublikaning investisiya salohiyatini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlariga investisiyalarni jalb qilish, investisiya kiritish jarayonining raqobatbardosh eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan o'zaro bog'liqligini ta'minlash

Scientific Journal Impact Factor

hamda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasini "Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi muhim yo'nalishlarga etibor qaratildi:

birinchi — raqobatbardosh eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mahalliy va xorijiy tadbirkorlarga O'zbekistonning ustuvor soha, tarmoq va hududlariga investisiya kiritish uchun qulay investisiya iqlimi va rag'batlarni yaratish, shuningdek, har bir davlat organi tomonidan investisiyalarni faol jalb qilish va savdoni rivojlantirishga ko'maklashish borasidagi vazifalarning so'zsiz bajarilishi;

ikkinchi — mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal qilish uchun davlat moliyaviy vositalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz resurslari va texnik ko'maklashish vositalari (grantlari)dan foydalanish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi markazlashgan investisiyalarning boshqaruv tizimini yaratish;

uchinchi — O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash, ilg'or texnologiyalarni transfer qilish uchun xorijiy, shu jumladan to'g'ridan-to'g'ri investisiyalarni keng jalb qilish, ishbilarmonlik va investisiya iqlimini bosqichma-bosqich takomillashtirish;

to'rtinchi — respublikaning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda davlat organlari va tadbirkorlik sub'ektlarining xorijiy investorlar, savdo bo'yicha hamkorlar, xorijiy hukumat va xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro samarali aloqalarini ta'minlash;

beshinchi — barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida optimal bojxona-tarif siyosatini amalga oshirish, Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalash, boshqa ko'p tomonlama savdo-iqtisodiy tizimlar bilan hamkorlik qilish;

oltinchi — eksport qiluvchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, savdo, shu jumladan tashqi savdo infratuzilmasini, elektron tijorat tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

yettinchi — mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali transport yo'laklarini shakllantirish, yetkazib berish geografiyasini diversifikatsiya qilish maqsadida zamonaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish;

sakkizinchi — tashqi bozorlarda mahalliy tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun mahsulotni sifat jihatdan boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng

Scientific Journal Impact Factor

R

O

joriy qilishni hamda ularning xalqaro standartlar va texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini ta'minlash, savdoning barqaror o'sishi va investisiya siyosatini faollashtirishni ta'minlovchi ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.

O'zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo Vazirligi oldiga quyidagi asosiy strategik vazifalarni va yo'nalishlarni hayotga joriy etish vazifasi qo'yili: [5]

- Davlat taraqqiyot dasturi va investisiya dasturini, shuningdek sohaviy va hududiy investisiya dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish hamda samarali amalga oshirishni ta'minlash bo'yicha davlatning yagona investisiya siyosatini hayotga tatbiq etish;

- chet el investisiyasini jalb qilish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari bilan, xorijiy hukumatga qarashli moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama formatda o'zaro samarali hamkorlik qilish;

- davlat organlari va tashkilotlari, O'zbekiston Respublikasining xalqaro va chet el moliya va iqtisodiy institutlaridagi doimiy vakillari faoliyatini, shuningdek Tashqi ishlar Vazirligining O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug'ullanayotgan xodimlari bilan birgalikda muvofiqlashtirish;

- O'zbekiston Respublikasining investisiyaviy hamkorlik masalalari bo'yicha xalqaro shartnomalarni tayyorlashi, kelishuv va imzolashida ishtirok etish;

- Investorlar bilan doimiy o'zaro qarama-qarshi aloqani ta'minlash, investisiyalarini jalb qilishda hududlarni va mahalliy kompaniyalarni qo'llab-quvvatlash, investisiyaviy takliflarni ishlab chiqishni tashkillashtirish;

- Tashqi savdoda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, eksportni qo'llab-quvvatlash Milliy tizimlarning samarali faoliyatini ta'minlash, tashqi savdoni tartibga solish sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

- savdoda tarifli va tarifsiz tartibga solish choralarni qo'llash bilan bog'liq tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek elektron savdo ishlarini takomillashtirish;

- O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo hamkorliklarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo'llab-quvvatlash;

- O'zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini va boshqa ko'p tomonli iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorliklarini muvofiqlashtirish;

Scientific Journal Impact Factor

- ulgurji va birja savdolarini tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, bozor holatini tahlil qilish va monitoringini yuritish va marketing tadqiqotlarini olib borish va tovarlar narxlari haqida ma'lumotlarni tahlil qilish;

- tashqi savdo infratuzilmalarini rivojlantirish masalalarini ilgari surish, jumladan tranzit imkoniyatlari darajasini oshirish, logistika va transport yo'laklarini yanada takomillashtirish, shuningdek eksport yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish.

2021 yil 7 iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6264-son Farmon imzolandi.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

• tarmoqlar va hududlar kesimida investisiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o'rganish, investisiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo'nalishlarini aniqlash;

• mamlakatda investisiya muhitini va tashqi savdo faoliyatini takomillashtirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish, hududlar va tarmoqlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish;

• iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning investisiyaviy jozibadorligi reytingini shakllantirish va doimiy yuritish, shu asosda davlat organlarining investisiya muhitini yaxshilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni hal qilish bo'yicha faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash;

• Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi kotibiyati, shuningdek Prezidentning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchisining loyiha ofisi ishini tashkil etish;

• investorlarni axborot bilan qo'llab-quvvatlash, yirik strategik muhim va yuqori samarador investisiya loyihalarini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqish, shuningdek ularni yanada qo'llab-quvvatlashni tashkil etish;

• hududlar va tarmoqlarning investisiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini yanada oshirish strategiyasi va siyosatini belgilash, erkin iqtisodiy zonalardan samarali foydalanish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va boshqalar [6].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-yanvardagi 5635-sonli Qaroriga muvofiq. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18-maydagi 420-sonli Qarori bilan O'zbekiston Respublikasi to'g'ridan-tog'ri investitsiyalar jamg'armasi (UzDif) tashkil etilgan. Ushbu Jamg'arma raqobatbardosh mahalliy kompaniyalarga investitsiyalar kiritish, shuningdek, xususiy mahalliy

Scientific Journal Impact Factor

va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o'zaro foydali sheriklik munosabatlarini yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etilgan.

Jamg'armaning investitsion falsafasi:

- Respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun uzoq muddatli kapitalni safarbar etish.

- Portfel diversifikatsiyasi va o'sishi uchun risk va daromadlarni baholash tizimining eng yaxshi jahon amaliyotini qo'llash.

- Yuqori qo'shilgan qiymat va eksportga yo'naltirilgan tarmoqlar yetakchilariga e'tibor qaratish.

- Portfel kompaniyasi o'sishi bilan yaxshi korporativ boshqaruvni rivojlantirishga ko'maklashish.

- Kompaniyalarga eng yaxshi tajriblarni joriy etish uchun xalqaro maslahatchilarni jalb qilishda yordam berish.

- ESG, Women in business tamoyillarini qo'llash, kichik va o'rta biznes va mintaqaviy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash.

- Santyago tamoyillari, xususan, shashfoflik, mustaqillik va sohalarda muvaffaqiyatli boshqaruv tajribasi ustunligi.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki BMTning savdo va rivojlanish bo'yicha konferensiyasi (UNCTAD), shuningdek Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESD) hisobotiga ko'ra jahon mamlakatlari iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb qilish sur'atlari so'nggi 3 yi ichida kamayish tendensiyasiga ega bo'lib, 2018 yilda bu ko'rsatkich o'rta hisobda 19% kamaygan bir sharoitda, Osiyo davlatlarida o'rta hisobda 5% o'sish sur'atlari kuzatilgan. Shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlarida o'sish sur'atlari o'rtacha 8-10% tashkil etgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasida o'sish sur'atlari 3 barobarni tashkil etgan. [7].

O'zbekiston Respublikasi Xorijiy sarmoyalarni jalb qilish agentligi mamlakatimizni investorlar oldida MDHning eng jadal rivojlanayotgan davlatlaridan biri sifatida ko'rsatadi. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi yillarda O'zbekiston biznes yuritish reytingida jiddiy o'sdi - 166-o'rindan 69-o'ringa chiqdi. [8].

2020 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlariga to'g'ridan -to'g'ri xorijiy investitsiyalarning umumiy oqimi 21 milliard AQSh dollarini tashkil etdi

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2

educational, natural and social sciences q ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

2021 yilda Jahon banki prognoziga ko'ra, jahon iqtisodiyoti 2020 yilda 3,5 foizga pasaygandan keyin 5,6 foizga o'sadi. Markaziy Osiyo (CA) mamlakatlarida ham o'sish prognoz qilinmoqda - yiliga 3,7%. Eng katta iqtisodiy o'sish O'zbekiston (plyus 4,8%) va Tojikiston (ortiqcha 5,3%) uchun prognoz qilinmoqda. O'z navbatida, Qozog'istonda o'sish 3,2%, Qirg'izistonda - 3,8%bo'lishi kutilmoqda. [9] Shunda, xalqaro institutsional kompaniyalar ekspertlari Markaziy Osiyodagi inqirozdan keyin investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy tiklanishning asosiy omili ekanligini qayd etishadi. Shunday qilib, investitsion jozibadorlik mamlakatlarning rivojlanishida asosiy rol o'ynaydi. XULOSA

Xulosa qilib aytganda, so'nggi yillarda O'zbekiston xalqaro maydonda o'zining ijobiy imijini yaratish, investitsion jozibadorligini oshirish uchun harakat qilmoqda va bugungi kunda bunday holat juda dolzarb masalalardan biriga aylandi. Negaki, mamlakatning ijobiy imiji va investitsion jozibadorligi tashqi muhitda davlatning o'rni va ahamiyati bilan bog'liq bo'lgan keng ko'lamli muammo bo'lib, bu xalqaro raqobat muhitida muvaffaqiyatli yashash va iqtisodiyotning rivojlanishi uchun muhim omili, shuningdek, milliy manfaatlarni himoya qilishning asosiy vositalaridan biri sifatida tushuniladi. Bunda davlatning ichki va tashqi siyosati xususiyatlari, shu bilan birga iqtisodiy, madaniy, siyosiy va gumanitar sohalardagi ijobiy o'zgarishlar, islohatlar uning mazmun-mohiyati hamda taraqqiyot tendentsiyalarini belgilab beradi. Ijobiy imij, qoidaga ko'ra, davlat va hukumatning nufuzi, demak, obro'-e'tibori va ta'siri ortishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. PF-5495-son 01.08.2018. O'zbekiston Respublikasida investisiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida (lex.uz)

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. «Xalq so'zi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr № 271-272 (72297230) soni

3. PF-5643-son 28.01.2019. Investisiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida (lex.uz)

4. PF-5643-son 28.01.2019. Investisiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida (lex.uz)

5. Vazirlik haqida (mift.uz)

6. https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda yangi/uzbekiston strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi

83

Scientific Journal Impact Factor

7. Investisiya va tashqi savdo vazirligi: 8 oyda jalb qilingan xorijiy investisiyalar 8,3 mlrd dollardan ortdi (kun.uz)

8. https://kursiv.uz/news/kursiv-guide/2020-10/kak-uzbekistan-budet-privlekat-inostrannyy-kapital-v-usloviyakh-mirovoy

9. Markaziy Osiyo davlatlari sarmoyaviy muhitni yaxshilamoqda. O'zbekiston xorijiy investitsiyalarning eng katta o'sishini ko'rsatdi | Invest In Uzbekistan -инвестиции в Узбекистан (invest-in-uzbekistan.org)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.