Научная статья на тему 'JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHNING XALQARO HUQUQIY TARTIBI: O‘ZBEKISTON MISOLIDA'

JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHNING XALQARO HUQUQIY TARTIBI: O‘ZBEKISTON MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4414
603
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jahon savdo tashkiloti / a’zolik / antidemping / GATT / GATS / TRIPS / TRIMS / protektsionizm / milliy rejim tamoyili. / World Trade Organization / membership / antidumping / GATT / GATS / TRIPS / TRIMS / protectionism / the principle of national regime.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Eshto‘xtarov, Shahboz Qahramon O‘g‘li

Mazkur tadqiqotda Jahon savdo tashkilotining qanday tashkilot ekanligi, tashkilotga a’zolikning huquqiy tartibi, tashkilot tomonidan xalqaro savdoning boshqarilishidagi huquqiy normalar tizimi, tashkilotning davlatlar uchun afzalliklari va zararli tomonlari, shuningdek O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi huquqiy o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNATIONAL LEGAL PROCEDURE FOR MEMBERSHIP IN THE WTO: ON THE EXAMPLE OF UZBEKISTAN

The study examines what kind of organization the WTO is, the legal framework for membership, the system of legal norms governing international trade, the organization's advantages and disadvantages for countries, and Uzbekistan's membership in the organization.

Текст научной работы на тему «JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHNING XALQARO HUQUQIY TARTIBI: O‘ZBEKISTON MISOLIDA»

Scientific Journal Impact Factor

JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A'ZO BO'LISHNING XALQARO HUQUQIY TARTIBI: O'ZBEKISTON MISOLIDA

Eshto'xtarov Shahboz Qahramon o'g'li

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti eshtukhtarovshakhboz@gmail .com

Mazkur tadqiqotda Jahon savdo tashkilotining qanday tashkilot ekanligi, tashkilotga a'zolikning huquqiy tartibi, tashkilot tomonidan xalqaro savdoning boshqarilishidagi huquqiy normalar tizimi, tashkilotning davlatlar uchun afzalliklari va zararli tomonlari, shuningdek O'zbekistonning ushbu tashkilotga a'zo bo'lishi huquqiy o 'rganilgan.

Kalit so'zlar: Jahon savdo tashkiloti, a'zolik, antidemping, GATT, GATS, TRIPS, TRIMS, protektsionizm, milliy rejim tamoyili.

The study examines what kind of organization the WTO is, the legal framework for membership, the system of legal norms governing international trade, the organization's advantages and disadvantages for countries, and Uzbekistan's membership in the organization.

Keywords: World Trade Organization, membership, antidumping, GATT, GATS, TRIPS, TRIMS, protectionism, the principle of national regime.

Jahon iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlarning tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, tashqi savdoni erkinlashtirish jahon xo'jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyalaridan biriga aylanmoqda. Barcha mamlakatlarda bojxona bojlarining pasayishi, ko'plab turdagi cheklashlarning bekor qilinishi kuzatilmoqda. Ko'plab mamlakatlar yashirincha protektsionistik (davlatning o'z ichki bozorini himoya qilish siyosati) chora-tadbirlardan ham keng foydalanmoqdalar.

Bunday chora-tadbirlar jumlasiga milliy ishlab chiqarish turlariga dotatsiyalar berish, eksportni subsidiyalash, turli xil me'yorlar va standartlar joriy qi lish hamda boshqalarni kiritish mumkin. Jahon xo'jaligida erkin savdo va protektsionizm o'rtasida vujudga kelayotgan ziddiyatlarni hal etishda, xalqaro savdoni boshqarish, uning taraqqiyotiga bo'lgan to'siqlarni yo'q qilish va erkinlashtirishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Jahon savdo tashkiloti (JST) muhim o'rin egallaydi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmonida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur strategiyasining 3.1-bandida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish maqsadida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o'ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish lozimligi belgilandi1.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-dekabrdagi "Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo'yicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash to'g'risida"gi 1040-son qarorida O'zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi jarayoni tayyorgarlik bosqichi ishlarini samarali tashkil etishni va tizimli asosda muvofiqlashtirishni ta'minlash maqsadida Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo'yicha Idoralararo komissiya tasdiqlandi2.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Jahon savdo tashkilotining mamlakatlar hamda jahon savdosiga ahamiyati shu paytga qadar salmoqli darajada o'rganilgan. Buning boisi, ushbu tashkilot 1994-yilda tashkil etilgan bo'lsa-da, uning dastlabki shakli bo'lgan GATT 1947-yilda tashkil topgan. Shu sababli, olimlar tomonidan ko'plab ilmiy taqdiqotlar olib borilgan.

Xususan, mahalliy olimlarimizdan G.Yuldasheva, M.X.Voxidova; Sh.Xajibakiev, shuningdek, xorijiy olimlardan E. Petersmann, M. Herdegen, I.V.Zenkinlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.

Shuningdek, tadqiqot ishida mavzusining spetsifikatsiyasi tizimli-tuzilmaviy, dialektik, mantiqiy, rasmiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy va qiyosiy-tipologik tahlil metodlariga murojaat qilishni taqozo etdi.

Umum mantiqiy metodlar - induksiya, deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo'llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanildi. Tadqiqotda ilmiy mushohada, tizimli va iqtisodiy-statistik tahlil, taqqoslash va guruhlash usullari qo'llanildi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi. https://lex.uz/docs/-3107036

2 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-dekabrdagi 1040-son qarori bilan tasdiqlangan Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo'yicha Idoralararo komissiya tarkibi. https://lex.uz/docs/-4124260

185

Scientific Journal Impact Factor

MUHOKAMA

JSTga a'zo bo'lish tabiatan murakkab bo'lib, iqtisodiyotning barcha sohalariga ta'sir qiladi va nafaqat mamlakatning tashqi savdo rejimiga (bojxona stavkalari, texnik reglament, sanitariya va fitosanitariya tadbirlari va boshqalar), qishloq xo'jaligi (qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash), iqtisodiyot, narxlarni tartibga solish va boshqalar), intellektual mulk, xizmatlar (chet el kompaniyalari xizmatlari), davlat buyurtmalari, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqalarni tartibga solishga ham o'zgarishlar kiritadi.

Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan mamlakatimizning asosiy savdo sheriklari, O'zbekistonni jahon savdosiga yanada ochiqroq qo'shilishini qo'llab-quvvatlaydi va O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayoniga har tomonlama yordam beradi. Xususan, Yevropa Ittifoqi O'zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a'zo bo'lish jarayonini moliyalashtirish uchun 5 million yevro miqdorida grant ajratdi. Tomonlar o'rtasidagi bitim 2019-yil 11-noyabrda Bryusselda imzolangan va Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonida, shu jumladan, zarur hujjatlarni tayyorlashda, o'zbekistonlik mutaxassislarning JST shartnomalari bo'yicha bilimlarini oshirishda O'zbekistonga yordam ko'rsatishni nazarda tutadi.

Mamlakatlarning JST ga a'zo bo'lishi ushbu davlatlardagi iqtisodiy rivojlanish hamda mamlakatdagi monopoliyani bartaraf etishning asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. O'zbekiston Respublikasining JST ga a'zo bo'lish uchun ariza topshirganiga 25 yildan oshiqroq bo'lgan bo'lsa-da, haligacha ushbu jarayon davom etmoqda. Tarixga nazar soladigan bo'lsak, boshqa mamlakatlarni JST ga a'zo bo'lishi 4-15 yilni tashkil etadi. Shu boisdan, O'zbekistonning ushbu mamlakatga a'zo bo'lishiga to'sqinlik qilib kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.

JSTning o'ziga xos xususiyati shundaki, tashkilot o'z a'zo davlatlarining savdo amaliyotini bosqichma-bosqich erkinlashtirish, raqobat va mamlakatlar o'rtasidagi savdo almashinuvining samaradorligi uchun ko'proq imkoniyatlar yaratish orqali savdoni rivojlantiradi. I.A. Xamedov va A.M. Alimovlar ta'kidlanganidek, tashkilot a'zo davlatlar o'rtasida kamsitilmaydigan savdo-sotiqni ta'minlaydi, savdo amaliyotining shaffofligi va bashorat qilinishini qo'llab-quvvatlaydi, shuningdek a'zolar o'rtasida yuzaga keladigan savdo nizolarini hal qiladi . Mamlakatlar Jahon savdo tashkilotiga erkin savdo imkoniyatlaridan foydalanish va JSTning nizolarni hal qilishning yaxlit mexanizmidan foydalanish maqsadida qo'shilishadi, bu esa o'z navbatida bizning davlatimizning ushbu tashkilotga a'zo bo'lishining asosiy sabablaridan biridir.

Scientific Journal Impact Factor

NATIJALAR

O'zbekistonning ushbu tashkilotga a'zo bo'lishi natijasida O'zbekiston qonunchilida kutilayotgan o'zgarishlarni tizimli tahlil qilish hamda xalqaro normalar bilan unifikatsiyalash kelajakda vujudga kelishi mumkin bo'lgan nizolarni oldini oladi hamda ortiqchi ovoragarchilikni cheklaydi.

JST ga a'zo bo'lish natijasida O'zbekistonning xalqaro huquqiy ahvolidagi o'zgarishlar hamda boshqa mamlakatlar bilan bo'ladigan savdo-sotiq va boshqa turdagi munosabatlarda kutilayotgan o'zgarishlar O'zbekistonning hozirgi avholiga qay darajada ta'sir etishini tadqiq etish kutilayotgan muammolarni oldini olish va bartaraf etishni kafolatidir.

Birinchidan, jahon bozoriga beg'araz kirish masalalarini o'rganish kerak. Mamlakatlar JSTga birinchi navbatda JSTning boshqa a'zolari bozorlariga kirish huquqini olish uchun qo'shilishadi, bundan tashqari ular tashkilotning barcha a'zolariga beradigan afzalliklaridan foydalanishi mumkin, masalan kamsitilmasdan savdo qilish. Ushbu afzallik chegaradagi savdo choralariga ham, mamlakat ichkarisiga ham tegishli. Birinchi holda, bu Jahon savdo tashkilotining barcha a'zolari uchun bir xil import tariflari va bojlari qo'llanilishini kafolatlaydigan va har qanday kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligini kafolatlaydigan eng ma'qul bo'lgan tamoyilga o'xshaydi. Holbuki, ikkinchisi, milliy rejim tamoyili, JSTning barcha a'zolarini import qilinadigan tovarlarga nisbatan milliy mahsulotga nisbatan bir xil tartibda qo'llashni majbur qiladi. Biroq, JSTga a'zo bo'lmagan mamlakatlarda chet el tovarlariga mahalliy mahsulotlarga nisbatan unchalik qulay sharoit berilmaydi. Shu sabablarga ko'ra, JSTga qo'shilmasdan, mamlakatlar eksporti ham tariflar, ham mahalliy tartibga solish nuqtai nazaridan unchalik qulay bo'lmagan munosabatga duch kelishi mumkin.

Ikkinchidan, X.S. Islomxo'jaev ta'kidlaganidek, JST o'z a'zolarini tashqi savdo bilan bog'liq barcha ma'lumotlarni barcha a'zolarga taqdim etishni va rejalashtirilgan o'zgarishlar to'g'risida oldindan xabardor qilishni majbur qiladigan shaffoflik tamoyilini o'rnatish orqali bashorat qilinadigan savdo uchun shart-sharoitlar yaratishi mumkin. Keyinchalik, a'zolar rejalashtirilgan o'zgarishlarga moslashish uchun ma'lumotga ega bo'ladilar, bu esa savdo noaniqligi va a'zo davlatlar uchun xavflarni kamaytiradi.

Savdolarning ochilishi, shuningdek, berilgan imtiyozlar bilan bir qatorda, ichki sanoatga zarar yetkazish xavfini tug'dirishi mumkin, chunki ichki bozor tashqi va ichki bozorlarda qattiq raqobatga duch kelishi mumkin. Xalqaro raqobat mahalliy sanoat tarmoqlarining daromadlari va rentabelligini pasaytirib, ularni o'z bizneslarini

Scientific Journal Impact Factor

optimallashtirishga majbur qilishi mumkin, bu esa ish haqining pasayishi yoki ish joylarining yo'qolishi kabi salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, savdoning o'sishi firibgarlik va bozor ulushini olishning axloqiy bo'lmagan usullari ko'rinishidagi nohaq ishbilarmonlik amaliyoti xavfini ham oshiradi. Xalqaro amaliyotda kompaniyalar raqobatbardosh tarmoqlarni bozordan siqib chiqarib, bozor ulushini ko'paytirishning yuqori narxlari, demping va boshqa adolatsiz usullariga murojaat qilganliklari haqida ko'plab misollar mavjud. Ammo, agar mamlakatda bozorni kuzatish uchun ishlaydigan tegishli qoidalar va institutlar tizimi o'rnatilgan bo'lsa, bunday xatarlarni yengish va ularni minimal ko'rsatkichlarga kamaytirish mumkin.

Savdo munosabatlari sohasidagi nizolarning aksariyati buzilish faktidan yoki ushbu qonunbuzarliklarning xususiy kompaniyalar manfaatlariga ta'sir qiladigan oqibatlaridan kelib chiqadi deb ta'kidlashning boshlanishiga asoslanib, shuningdek, kelgusida qo'llanilishi va samaradorligini ta'minlash maqsadida Jahon savdo tashkilotining O'zbekiston Respublikasi uchun nizolarni hal qilish tizimi, savdo aloqalari sohasida davlat-xususiy sherikligini o'rnatish zarur. Hukumat va ishbilarmon doiralarning o'zaro o'xshash tizimi o'rnatilgan AQSh, Xitoy va Yevropa Ittifoqi kabi ilg'or mamlakatlar va assotsiatsiyalar tajribasidan foydalangan holda, savdo vakili institutini yaratish taklifi ilgari surilmoqda yoki faoliyati xalqaro savdo bo'yicha, xususan, JSTdagi faoliyat masalalari bo'yicha tavsiyalar berishga yo'naltirilgan maxsus komissiya tuzish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, biz ularga Jahon savdo tashkilotiga a'zo davlatlarning tashqi bozorlarida ko'rilgan choralarning noqonuniyligi to'g'risida shikoyat va takliflarni qabul qilish huquqini berish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, bu esa davlat organlari va kompaniyalarining harakatlarini muvofiqlashtirish va ularni himoya qilishga imkon beradi. JST shartnomalarining buzilishi to'g'risida o'z vaqtida xabar berish orqali davlat manfaatlari himoya qilinadi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining ushbu tashkilotga qo'shilish jarayoni juda mashaqqatli va uzoq davom etadi, bu ba'zi jihatlar uchun mavjud tizimlar va huquqiy me'yorlarni to'liq isloh qilishni, ba'zilarida esa davlat savdosini liberallashtirishga qaratilgan tuzatuvchi normalarni joriy etishni talab qiladi. Shu munosabat bilan, Jahon savdo tashkilotining hozirgi pozitsiyasi ko'rib chiqilishga arziyerdahozirda u yerda a'zo davlatlar tashkilotning institutsional vakolatxonasini tubdan o'zgartirish to'g'risida takliflar kiritmoqdalar, tabiiyki, bu bizning davlatimiz uchun bevosita kichik ahamiyatga ega bo'lmaydi. Shu sababli, davlat va umuman uning iqtisodiyoti uchun ijobiy va salbiy oqibatlarga olib kelishi ehtimolini inobatga

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

olgan holda ushbu tashkilotga qo'shilishning barcha jihatlarini tizimli va har tomonlama tahlil qilish kerak.

XULOSA

Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, Jahon savdo tashkilotiga O'zbekiston uchun kirish - bu iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bozor islohotlarini rivojlantirish uchun ko'proq imkoniyat va rag'batdir. Shu bilan birga, ushbu islohotlar tarkibiga import bojlarini pasaytirish, chet el tovarlari uchun ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarish bilan teng raqobatlashishi va ko'p tomonlama savdo muzokaralari orqali o'z savdosini erkinlashtirishni davom ettirish majburiyatini o'z ichiga oladi. Shu sababli, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning potentsialini kuchaytirish va ularning raqobatbardoshlik ko'rsatkichlarini oshirish zarur.

Bu ularning chet el mahsulotlarini qabul qilish sababli ichki bozordan siqilib chiqishiga yo'l qo'ymaslikdir. Shuningdek, faqat shu holatda savdo cheklovlarining kamaytirilishi, shubhasiz, ishbilarmonlik faolligini oshiradi, sarmoyalarni jalb qiladi va mamlakatning xalqaro qiymat zanjirlariga qo'shilishiga yordam beradi, bu esa davlatning iqtisodiy ko'rsatkichlarining keyingi modernizatsiyasi va o'sishida namoyon bo'ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O'zbekiston Respublikasining JSTga a'zolikka kelajakda qabul qilinishi inobatga olingan holda quyidagilar taklif etiladi:

tovar va mahsulotlar bozorga kirish huquqiga ega bo'lishi uchun, JSTga a'zo mamlakatlar GATT - 1994 II moddasi bilan tartibga solinadigan Tariflar ro'yxatida (Schedule of Concession) belgilangan maksimal boj stavkalarini oshirmasligi shart. Bundan tashqari, JST a'zolari, tovar va mahsulotlarni bozorga kirishida miqdoriy cheklovlarni ham qo'llashi qat'iyan man qilinadi. Shuningdek, JSTga a'zo mamlakatlar tarifsiz to'siqlari (masalan, bojxona rasmiylashtirish protseduralari) savdoga ortiqcha to'siq bo'lishiga yo'l qo'ymasliklari kerak.

Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga tegishli tartibga qayta ko'rib chiqilishi lozim. Jumladan, mazkur Kodeksning quyidagi miqdoriy cheklovlar belgilash huquqini beruvchi moddalari qayta ko'rib chiqilishi maqsadga muvofiq:

-I- 54-moddasi (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarlarni qayta ishlashga yo'l qo'yishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin);

-I- 82-moddasi (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin);

Scientific Journal Impact Factor

-I- 364-moddasi (Tovarni bojxona hududiga olib kirishda tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalar) yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga majburiy tartibda taqdim etiladi);

-I- Bojxona kodeksining Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha imtiyozlar va tarif preferensiyalari deb nomlanuvchi 43-bobi Eng ko'p qulaylik tug'diruvchi rejim tamoyili va Milliy rejim tamoyili asosida qayta ko'rib chiqilishi maqsadga muvofiq.

Antidemping bitimida, shuningdek, JSTga a'zo davlatlarning tekshiruv organlari antidemping tekshiruviga kirishish va uni amalga oshirishga doir qoidalar batafsil bayon etilgan. Shuningdek, vakolatli organ tomonidan bajarilishi kerak bo'lgan antidemping tekshiruvi haqida xabardor qilish va tekshiruv natijalarini e'lon qilish majburiyatlari haqida Antidemping bitimining 12-moddasida ko'rsatilgan. Bundan tashqari, Antidemping bitimining 13-moddasida mustaqil sudlar, arbitraj sudlari yoki ma'muriy sudlarning mavjudligi hamda antidemping protseduralarida tekshiruvlarga doir xulosalarni yoki yakuniy xulosalarni ko'rib chiqishga doir protseduralarning mavjudligini talab qilinadi.

Bizning qonunchiligimizda bu turdagi nizolar ma'muriy sudlar tomonidan ko'rib chiqilishi belgilangan. Shu boisdan, Antidemping bitimida belgilangan qoidalarni implementatsiya qilish maqsadida antidemping bilan aloqador nizolarni arbitraj sudlarida ko'rib chiqish tartibini qonunchiligimizda joriy etishimiz lozim.

Bundan tashqari, qonunchiligimizda mavjud bo'lgan investitsion cheklovlarni bartaraf etish choralarini ko'rish, bu maqsadda O'zbekiston Respublikasining Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risidagi qonunidagi investitsiya kiritish man etilgan sohalarni qayta ko'rib chiqish lozim, shuningdek mamlakatimizdagi investitsiyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni JST va uning TRIMS bitmi qoidalariga moslashtirish maqsadga muvofiqdir.

JST faoliyati to'g'risidagi fikrlar va qarashlarning hozirgi beqarorligi sababli biz ushbu tashkilotga a'zo bo'lishga da'vogar sifatida voqealar rivojlanishining barcha mumkin bo'lgan oqibatlari va natijalarini ko'rib chiqishimiz kerak. Biroq, shu bilan birga, jahon savdosi pozitsiyalarining o'zgarishi munosabati bilan mamlakat savdo tizimini o'zgartirish g'oyasining o'zi savdo-sotiqni tartibga solishning milliy tizimida ijobiy ko'rinishda bo'lishi mumkin.

REFERENCES

1. Sh.M. Mirziyoyev.Erkin va farovon, demokratik o'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish

Scientific Journal Impact Factor

tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. -Toshkent: O'zbekiston, 2016. -56 b.

2. Xalqaro iqtisodiy huquq. Darslik. Mas'ul muxarrir prof. G.Yuldasheva. Mualliflar jamoasi. Toshkent:TDYuU nashriyoti, 2019, 186 bet.

3. Белов, В. А. Международное торговое право и право ВТО в 3 кн. Книга 2. Частноунифицированное международное торговое право : учебник для бакалавриата и магистратуры / В. А. Белов. — Москва : Издательство Юрайт, 2019. — 426 с.

4. Страны СНГ в системе всемирной торговой организации тема диссертации и автореферата по ВАК РФ 08.00.14, кандидат экономических наук Захаров, Андрей Александрович. 2010. https://www.dissercat.com/content/strany-sng-v-sisteme-vsemirnoi-torgovoi-organizatsii

5. Юридическая природа и тенденции развития сложно структурных комплексов норм, создаваемых международными организациями для регулирования мирового торгового оборота тема диссертации и автореферата по ВАК РФ 12.00.10, доктор юридических наук Никифоров, Вадим Алексеевич. 2011. https://www. dissercat.com/content/yuridicheskaya-priroda-i-tendentsii-razvitiya-slozhnostrukturnykh-kompleksov-norm-sozdavaemy

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.