Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN KICHIK SANOAT HUDUDLARI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI'

O’ZBEKISTONDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN KICHIK SANOAT HUDUDLARI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

362
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Erkin iqtisodiy zona / kichik biznes va xususiy tadbirkorlik / kichik sanoat zonasi / texnopark / turizm / biznes / klaster / Free economic zone / small business and entrepreneurship / small industrial zone / technopark / tourism / business / cluster

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bobirmirzo Botirjon O’G’Li Muhammadjonov, Otabek Absalomivich Xudayberdiyev

Mamlakatimizning jahon iqtisodiy hamjamiyatidagi o„rni va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatiga ko„proq e‟tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda kichik biznesni rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo‟llabquvvatlashning samarali yo‟llaridan biri bo‟lib kichik sanoat zonalari hisoblanadi. Kichik sanoat zonalari – bu tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga mo‟ljallangan, muhandislikkommunikatsiya va infratuzilma obyektlarini, ma‟lum yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonini o‟z ichiga oluvchi hudud. Kichik sanoat zonalari ular joylashgan hududlarni rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

It is necessary to pay more attention to the role of our country in the world economic community and the activities of free economic zones in improving the well-being of our people. Today, one of the most effective ways to develop small business its support from the state are small industrial zones. Small industrial zones are zones intended for the placement of business entities, including engineering, communication and infrastructure facilities, and production areas. Small industrial zones create great opportunities for the development of the zone in which they are located.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN KICHIK SANOAT HUDUDLARI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-265-273

O'ZBEKISTONDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN KICHIK SANOAT HUDUDLARI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI

Bobirmirzo Botirjon o'g'li Muhammadjonov

Namangan muhandislik-texnologiya instituti assistenti bobur17083@gmail.com

Otabek Absalomivich Xudayberdiyev

Namangan muhandislik-texnologiya instituti assistenti khudayberdievotabek@yahoo. com

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizning jahon iqtisodiy hamjamiyatidagi o'mi va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatiga ko'proq e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda kichik biznesni rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning samarali yo'llaridan biri bo'lib kichik sanoat zonalari hisoblanadi. Kichik sanoat zonalari - bu tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga mo'ljallangan, muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma obyektlarini, ma'lum yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonini o'z ichiga oluvchi hudud. Kichik sanoat zonalari ular joylashgan hududlarni rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratadi.

Kalit so'zlar: Erkin iqtisodiy zona, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kichik sanoat zonasi, texnopark, turizm, biznes, klaster

PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF SMALL INDUSTRIAL ZONES IN

UZBEKISTAN

ABSTRACT

It is necessary to pay more attention to the role of our country in the world economic community and the activities of free economic zones in improving the well-being of our people. Today, one of the most effective ways to develop small business its support from the state are small industrial zones. Small industrial zones are zones intended for the placement of business entities, including engineering, communication and infrastructure facilities, and production areas. Small industrial zones create great opportunities for the development of the zone in which they are located.

Keywords: Free economic zone, small business and entrepreneurship, small industrial zone, technopark, tourism, business, cluster.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-265-273

KIRISH

Shu munosabat bilan bu borada ko'plab hujjatlar qabul qilindi. "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son va 2018-yil 20-avgustdagi PF-5517-son qaroridan" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida"gi qarori. "Namangan" erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to'g'risida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari mazkur sohani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, sanoat ishlab chiqarishni jadallashtiradi, hududlarni tadbirkorlik uchun investitsion jozibadorligini oshiradi, yangi investitsiya va yangi texnologiyalarni jalb qilishga, tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga va ularni rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib beradi, jamiyat uchun o'lik yuk bo'lib yotgan bo'sh maydonlardan real iqtisodiy sektorni rivojlantirish orqali ulardan samarali foydalanishga, aholi uchun ish joylarini yaratishga, hamda yangi raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga olib keladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi "Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-2200-sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyundagi "Zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlarini hamda ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 192-sonli Qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 -yil 31-dekabrdagi "Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 378-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom Respublikamiz hududlarida kichik sanoat zonalarini barpo etish va rivojlantirishga huquqiy zamin yaratdi, desak bo'ladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Kichik sanoat zonalar zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning va davlat mulki bo'lib foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarida va binolarda tashkil etiladi. Bu joylarda ma'lum darajada ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjud, ya'ni, suv, gaz, elektroenergiya ta'minoti va avtomobil yo'llari. Bu, o'z navbatida, tadbirkorlarning o'z ishlarini yo'lga qo'yish

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-265-273

uchun ketadigan boshlang'ich xarajatlarini keskin kamaytirishga olib keladi va biznesni boshlashni tezlashtiradi. Kichik sanoat zonalar uchun ajratiladigan maydonlar tadbirkorlik subyektlariga minimal stavka bilan qo'shimcha koeffitsientlarsiz uzoq muddatga ijaraga beriladi. Ular uchun zarur bo'lgan tashqi muhandislik kommunikatsiya va infratuzilma obyektlarining qurilishi DAK "O'zbekenergo", AK "Uztransgaz" va mahalliy hokimiyatlar budjeti mablag'idan amalga oshiriladi va kichik sanoat zonasida joylashgan tadbirkorlik subyektlari elektroenergiya va tabiiy gaz bilan muntazam ravishda ta'milanadi.

Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish tanlov asosida amalga oshiriladi. Bunday yondashuv kichik sanoat zonalarga raqobatbardosh va eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi, ya'ni zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqrishni yo'lga qo'yuvchi tadbirkorlarni jalb qilishga sharoit yaratadi. Bu kichik sanoat zonalarning raqobatbaroshligini oshiradi.1

2019 yilning holatiga jami 16 ta erkin iqtisodiy zona direktsiyasi (keying o'rinlarda - EIZ), 63 ta kichik sanoat zona direktsiyasi (keying o'rinlarda-KSZ), 3 ta texnopark hamda 117 ta paxta-to'qimachilik klasterlari (keying o'rinlarda - klaster) mavjud bo'lib, ularning tarkibidagi korxonalar soni ElZlarda 388 tani, KSZlarida 1317 tani, texnoparklarda 49 tani va klasterlarida 117 tani tashkil etadi

Erkin iqtisodiy zonalar soni, birlikda ElZlar tarkibidagi korxonalar soni, birlikda

° 405

Kichik sanoat zonalar soni, birlikda «

KSZIar tarkibidagi korxonalar soni, birlikda | 1317

Texnoparklar soni, birlikda

Texnoparklar tarkibidagi korxonalar soni, birlikda

Paxta to'qimachilik klasterlari, birlikda

1 Salimboev B.B. O„zbekistonda kichik sanoat zonalarini barpo etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. // "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. - № 1, yanvar-fevral, 2018-yil.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 267 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-265-273

1-rasm. 2019 yilda EIZ, KSZ, texnopark, klasterlar

ElZlarning shakllanishi va rivojlanishiga bir qancha omillar ta'sir ko'rsatsa-da, ularda yaratilgan EIZlarning samaradorligi jahon iqtisodiyoti va alohida mamlakatlar iqtisodiyotining o'sish sur'atlaridan bir necha barobar yuqori ekanligini ta'kidlash lozim. Xususan, "ElZda rentabellik o'rtacha 25-30 foizni, Osiyo EIZda esa 35-40 foizdan ortiqni tashkil qiladi. Bu hududlarda kapital qo'yilmalarning o'zini oqlash muddati 2-3 barobar qisqaradi.

Erkin iqtisodiy zona Kichik sanoat zona Texnopark Paxtachilik to'qimachilik va agro klaster

O'zbekiston Respublikasi 16 63 3 117

Qoraqalpog' iston Respublikasi 1 7 — 3

Andijon — 2 — 9

Buxoro 2 3 1 10

Jizzax 2 1 — 9

Qashqadaryo — 5 — 31

Navoiy 1 — — 3

Namangan 2 6 — 6

Samarqand 1 1 — 9

Surxondaryo 1 9 — 5

Sirdaryo 1 1 — 7

Toshkent vil 3 17 1 9

Farg'ona 1 2 — 8

Xorazm 1 1 — 6

Toshkent sh. — 8 1 2

1-jadval. 2019 yilda hududlar kesimida EIZ, KSZ, texnopark va klasterlar soni2

2019 yilda hududlar bo'yicha eng ko'p erkin iqtisodiy zona Toshkent viloyatida 3 tani, Buxoro, Jizzax, Namangan viloyatlarida 2 tadan tashkil etadi.

Kichik sanoat zonalari iqtisodiyot tarmoqlarini sanoatlashtirish, mahalliy xomashyo va materiallardan samarali foydalanish, yangi ish o'rinlarini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning ishlab chiqarish, eksport xajmini oshirish kabilar orqali iqtisodiyot raqobatbardoshligini

2 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO'MITASI www.stat.uz

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 268 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-265-273

kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan respublikamizda so'nggi yillarda barcha mintaqalarda kichik sanoat zonalari (KSZ)ni tashkil etishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Kichik sanoat zonalarining samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

- kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarshni klaster asosida tashkil etilishi sinergetik samaraga olib keladi.

- kichik sanoat zonalarida kichik biznes subyektlariga umumiy xizmat ko'rsatuvchi tuzilmalarni tashkil etilishi ham qo'shimcha samaraga olib keladi. Masalan: yagona omborxona xizmati, transport xizmati, uskuna va texnologiyalarni ta'mirlash xizmati, ta'minot xizmati, qo'riqlash xizmati va boshqalar.

- kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlik subyektlari o'rtasida kooperatsiyani yo'lga qo'yilishi har bir tadbirkorlik subyekti amalga oshira olmaydigan yirik loyihalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Masalan: qimmatbaho yangi uskuna yoki texnologiyani sotib olish, eksportni qo'llab quvvatlash, qo'shimcha ishlab chiqarish tsexlarini tashkil etish, logistika xizmatlarini kengaytirish. Yuqoridagilar kichik sanoat zonalarini ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshishga olib keladi.

KSZlarini barpo etishni tashkil etish masalalari zonalarning o'zida ishlab chiqarish subyektlarini joylashtirishga tayyorlash bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Maydonlarni tekislash, muhandislik-kommunikatsion elementlarini barpo etish, markaziy avtomobil yo'liga chiqishni taminlaydigan yo'lni qurish, zona atrofini o'rash, zonada qancha kichik biznes subyektlarini joylashtirish mumkinligini aniqlash, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatish obyektlarini aniqlash va ularni joylashtirish, har bir tadbirkorlik subyekti uchun qancha joy ajratish kerak, ularni bir-biridan ajratib turadigan masofa qanday bo'lishi kerak degan masalalarni hal qilishga to'g'ri keladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-265-273

2-rasm 2020- yilning MIZ, KSZ, texnopark va klasterlar

Odatda, investitsiya qilingan mablag'lar 3-3,5 yil ichida to'lanadigan bo'lsa, bunday investitsiya normal hisoblanadi. Ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda erkin iqtisodiy zonalar o'z iqtisodiyotlariga kiritilgan barcha xorijiy investitsiyalar hajmining 30% dan 80% gacha. [2] Shu munosabat bilan keyingi yillarda O'zbekistonda milliy iqtisodiyot, uning tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada so'nggi paytlarda o'z samarasini berayotgan islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada samarali faoliyat ko'rsata oladigan mutaxassislarning mavjudligi va yetarli darajada bo'lishini ta'minlash mazkur islohotlarni yanada tatbiq etish va samaradorligini oshirishning muhim vazifasidir. Xususan, EIZlarni tashkil etish va rivojlantirishga, shu jumladan xorijiy investitsiyalarga yo'naltirilayotgan investitsiyalar muhimligidan kelib chiqqan holda, EIZlar faoliyati va xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga xizmat ko'rsatish uchun malakali, zamonaviy, raqobatbardosh kadrlarga bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda. ortib bormoqda. paydo bo'ladi va o'sadi.

Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami - 27824,2 mlrd. so'mni tashkil qildi, shundan: MIZda - 12268,8 mlrd. so'mni, KSZda - 2694,2 mlrd. so'mni, texnopark - 252,2 mlrd. so'mni va klasterlarda - 12609,0 mlrd. so'mni tashkil qildi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-265-273

Eng yuqori ko'rsatkich klasterlar hissasiga to'g'ri kelgan bo'lib, 12609,0 mlrd. so'mni tashkil etgan.

Taqqoslash uchun: 2019- yilning yanvar-dekabr oylarida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami 15074,3 mlrd. so'mni tashkil etgan shundan: MIZda -7877,5 mlrd. so'm, KSZda - 2516,5 mlrd. so'm, texnoparkda - 202,9 mlrd. so'm va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalarda 4477,4 mlrd. so'mni tashkil qilgan bo'lsa, 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida ushbu ko'rsatkich jami 27824,2 mlrd. so'mni tashkil qildi shundan: MIZda - 12268,8 mlrd. so'mni (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 55,7 % ga oshgan), KSZda - 2694,2 mlrd. so'm (7,1 % ga oshgan), texnoparkda - 252,2 mlrd. so'm (24,3 % ga oshgan) va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalarda 12609,0 mlrd. so'mni (2,8 m. ga ko'paygan) tashkil qilgan.

4000 3500 3000 2500 2000 1500 1000 500 0

Texnopark tarkibidagi korxonalar

,^304.6 X

KSZ tarkibidagi korxonalar

Klaster tarkibidagi korxonalar

MIZ tarkibidagi korxonalar

2-chizma MIZ, KSZ, texnopark, klasterlar bo'yicha asosiy kapitalga kiritilgan

investitsiyalar hajmi, mlrd. so'mda3

Taqqoslash uchun: 2019-yilning yanvar-dekabr oylarida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi jami - 5481,0 mlrd. so'mni tshkil qildi, shundan: MIZda - 3313,1 mlrd. so'm, KSZda - 415,0 mlrd. so'm, texnoparkda - 9,1 mlrd. so'm va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalarda 1743,8 mlrd. so'mni tashkil qilgan bo'lsa, 2020- yilning yanvar - dekabr oylarida ushbu ko'rsatkich jami - 6511,8 mlrd. so'mni tashkil qildi shundan: MIZda - 3971,6 mlrd. so'mni (investitsiyalar hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 19,9 % ga ko'paygan), KSZda - 304,6 mlrd. so'mni (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 26,6 % ga kamaygan), texnoparkda - 67,7 mlrd. so'mni (o'tgan yilning shu davriga nisbatan

3 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO'MITASI www.stat.uz

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 271 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-265-273

7,4 martaga ko'paygan), klasterlarda - 2167,9 mlrd. so'mni (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 24,3 % ga ko'paygan) tashkil qilgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi hududlarini kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish, hududlarda aholining o'zgarib borayotgan ehtiyojlarini to'laroq qondirishga erishishga, hududiy korxonalar faoliyatiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etishga, hududiy raqobatdosh va xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga, hududlarda ishlab chiqarishni ixtisoslashuvini to'g'ri tashkil etish va ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga o'tishga, hududlarning tabiiy resurs salohiyatidan oqilona foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga, hududlardagi mavjud mineral-xomashyo resurslari imkoniyatlarini to'g'ri baholash va qazib olish hamda qayta ishlash borasida tejamkor texnologiyalarni joriy qilishga, hududlarda kichik sanoat zonalarini tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirish va ishlab chiqarishning to'liq tsiklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi EIHlarni yanada rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ayni paytda mamlakatimizda 21 ta EIZ va 100 dan ortiq kichik sanoat zonalari mavjud. Sanoatda 9 ta, farmatsevtikada 7 ta, qishloq xo'jaligida 2 ta, turizm, transport logistikasi, sport anjomlari ishlab chiqarishda 1 ta EIZ mavjud. Navoiy, Angren, Jizzax, Urgut, G'ijduvon, Qo'qon va Xazorasp shaharlarida umumiy qiymati 46 million dollarlik 62 ta loyiha amalga oshirilib, 4 ming 600 dan ortiq ish o'rni yaratildi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- T.: "O'zbekiston", 2014 y.

2. 1996 yilning 25 aprelda mamlakat parlamenti O'zbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risida" qonuni

3. O'zbekiston Respublikasi Investitsiya faoliyati to'g'risidagi qonuni 24.12.1998 y. N 719-I

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-265-273

4. O'zbekiston Respublikasi Chet el investitsiyalari to'g'risidagi qonuni. 30.04.1998 h. N609-I

5. Mirziyoyev.Sh.M. "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak." "O'zbekiston" 2017y. 29- bet.

6. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent: O'zbekiston, 2016. - 56 b.

7. Rashidov O.Yu. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish. T.: TDIU, 2007.

8. Tkachenko I.Yu., Malix N.I. Investitsii. Uchebnoe posobie. M.: Izdatelskiy tsentr «Akademiya» -, 2009.-240 b.

9. http://www.uza.uz

10. http://www.stat.uz

11. http://www.mf.uz

12. http://www.mfer.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.