Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR HUQUQ VA ERKINLIKLARI HIMOYASINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI'

O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR HUQUQ VA ERKINLIKLARI HIMOYASINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

18
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR HUQUQ VA ERKINLIKLARI HIMOYASINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR HUQUQ VA ERKINLIKLARI HIMOYASINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

Aqida Abdujabbarovna Dadasheva

Yuridik fanlar doktori, professori

Sunnat Jalil o'g'li Eshpo'latov

Toshkent davlat transport universiteti, Iqtisodiyot fakulteti, «Xalqaro ommaviy

huquq» kafedrasi 3-bosqich, talabasi

Konstitutsiyaviy institutlaridan biri sifatida e'tirof etilayotgan xotin-qizlarning huquq va majburiyatlari himoya qilinishi va qonun bilan tartibga solinishiga qaratilgan. Xotin-qizlarning huquqiy himoyasi, turmush qurish huquqi, ota-onalar va bolalar huquqlari, ayollar va bolalarni zo'ravonliklardan himoya qilish masalalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligida muhokama qilishga sabab bo'layotgan, shuningdek e'tibor ko'paygan masalalardir. Konstitutsiya va qonunlar yordamida bu muammolar hal etilishiga qaratilgan qator normalar bo'lsa ham, bu sohada yana ko'plab vazifalar va ishlar amalga oshirish uchun qo'llaniladigan qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshrish foydadan holi bo'lmas edi. Zero, ushbu sohadagi muaommolar dolzarblashib bormoqda[1].

O'zbekiston gender tengligi ko'rsatkichi ro'yhatida 2019 yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019 yil holati bo'yicha O'zbekistonning gender tengligi ko'rsatgichi ro'yhatdagi 189 mamlakat ichida 62-o'rinni egalladi. BMTning Aholishunoslik jamg'armasi (UNEPA) ekspertlarining fikriga ko'ra, O'zbekistondagi har 100 000 dan 29 ta ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming o'spirin qiz uchun tug'ish ko'rsatgichi 23,8 ni tashkil qiladi. Gender tengligi ko'rsatgichi ro'yhati bo'yicha 62-o'rinda O'zbekiston bilan bir qatorda Kosta-Rika va Urugvay ham ushbu ko'rsatgichi bilan o'rtasida qayd etilgan. O'rta Osiyo davlatlari orasida Qozog'iston 44, Qirg'iziston 82, Tojikiston 70 o'rinlarni egallashgan, Turkmanistonda esa bu ro'yhatda hech qanday ma'lumot ko'rsatilmagan. Endi davlat tashkilotlarida genderga oid audit o'tkaziladi. Bunda ayollar va erkaklar soni nisbatan o'rganiladi, tenglikni ta'minlash bo'yicha holat baholanadi.[2] Shuningdek, qonunchilikka amal qilingan holda yangi takliflar ishlab chiqilgan. "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" gi qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. 2019 yil 15 dekabr kuni prezident

| 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

mazkur O'RQ-809-sonli hujjatga imzo chekdi. Mazkur qonunda genderga oid audit tushuncha kiritildi. Bunda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, shuningdek genderga doir kompleks yondashuv o'rganiladi hamda baholanadi[3].

O'zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining IX bobi 42-moddasida, "Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega[4].

Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo'shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi."[5]

Ma'lumki "Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida" konvensiya (1979 yil 18 dekabr, Nyu-York)ga O'zbekiston Respublikasi 1995 yil 18 avgustda a'zo bo'lgan, ushbu Konsvensiyaning 11-moddasida ayollarning mehnat qilishi keltirilib o'tilgan:

1. Xotin-qizlarning ish bilan band bo'lish sohasidagi huquqlari kamsitilishini bartaraf etish, ayni vaqtda erkaklar bilan ayollarning teng huquqlarini ta'minlash maqsadida ishtirokchi-davlatlar barcha tegishli choralarni, jumladan, quyidagi huquqlarni ta'minlash choralarini ko'radilar:

a) barcha insonlarning ajralmas huquqi sifatida mehnat qilish huquqi;

b) ishga yollashda bir xil imkoniyatlarga ega bo'lish, shu bilan birga ishga yollashda bir xil tanlash mezonlarini qo'llash huquqi;

c) kasb yoki ish turini erkin tanlash, lavozim bo'yicha ko'tarilish va ish bilan band etish kafolatiga ega bo'lish, shuningdek, shogirdlik, yuqori darajadagi kasb bo'yicha tayyorgarlik va muntazam suratda malaka oshirishni o'z ichiga olgan holda mehnat qilishning barcha imtiyozlari va shart-sharoitlaridan to'liq foydalanish, kasb bo'yicha tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan o'tish huquqi;

d) imtiyozlar olishni ham hisobga olgan holda teng mukofotlanish, bir xil qimmatga ega bo'lgan mehnatga nisbatan

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

December 1-7, 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

teng sharoitlarga, shuningdek, ish sifatini baholashga teng yondashish huquqi;

e) jumladan, nafaqaga chiqish, ishsiz qolish, kasallik, nogironlik, qarilik va mehnat qobiliyatini yo'qotishdan iborat boshqa holatlarda ijtimoiy ta'minot huquqi shuningdek, haq to'lanadigan ta'til huquqi;

f) sog'liqni saqlash va xavfsiz mehnat sharoitlarga ega bo'lish, shuningdek, naslni davom ettirish vazifasini saqlab qolish huquqi[6].

2. Ayollarning turmushga chiqmaganligi yoki onaligi sababli kamsitilishining oldini olish va ularga mehnat qilishning samarali huquqlarini kafolatlash maqsadida, ishtirokchi-davlatlar quyidagilarni amalga oshirish uchun tegishli choralarni ko'radilar:

a) homiladorlik sababli ishdan bo'shatishni yoki homiladorlik va tug'ruq bo'yicha ta'tilga chiqarishni yoxud oilaviy ahvol tufayli kamsitishni sanksiyalar qo'llanish tahdidi ostida man qilish;

b) oxirgi ish joyini, lavozimini yoki ijtimoiy nafaqalarini yo'qotmagan holda homiladorlik va tug'ruq bo'yicha haqi to'lanadigan ta'tillar yoki taqqoslama ijtimoiy nafaqalar, to'lanadigan ta'tillar joriy etish;

c) ota-onalar oilaviy burchlarining bajarilishini mehnat faoliyati va jamoat hayotdagi ishtiroki bilan birga qo'shib olib borish imkonini yaratish uchun, jumladan, bolalarni tarbiya qilish muassasalari tarmog'ini kengaytirish yo'li bilan qo'shimcha zarur ijtimoiy xizmat ko'rsatishni rag'batlantirish;

d) ayollar homiladorligi davrida ularning salomatligi uchun zararli deb isbotlangan mehnat turlarida alohida himoyalashni ta'minlash[7].

3. Mazkur moddada o'z aksini topgan huquqlarni himoya qilishga taalluqli qonunchilik ilmiy-texnikaviy bilimlar asosida vaqti-vaqti bilan ko'rib chiqiladi, shuningdek, zaruratga qarab qaytadan ko'riladi, bekor qilinadi yoki kengaytiriladi.

Mehnat qonunchiligida ayrim ish jarayonlariga ayollarni ishlash mumkin emasligini keltirilib o'tilgan, bu cheklovlar ularning sogligi va jismoniy holatiga ta'sir qilishi mumkin[8].

Ayollarning alohida toifalari (homilador, ikki yoshga to'lmagan farzandi bor ayollar va farzandi I-II guruh nogironligi bo'gan ayollar) uchun ish vaqti va jaroyonlari uchun ayrim imtoyozlar mavjuddir. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 452-moddasiga asosan, vaqtincha masofadan turib ishlashga o'tish yoki o'tkazish uchun ustuvor huquq beriladigan xodimlar quyidagilar: • homilador ayollar;

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

December 1-7, 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

• o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolalarning ota-onalari, vasiylari;

• nogironligi bo'lgan shaxslar;

• yoshga doir pensionerlar;

• nogironligi bo'lgan shaxslarni yoki oilaning o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan bemor a'zolarini parvarishlayotgan xodimlar[9].

Kamsitish deb hisoblanmaydigan holatlar - mehnat va mashg'ulotlar sohasida xodimlarning huquqlarini mehnatning muayyan turiga xos bo'lgan talablar yoki yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan shaxslar (oilaviy vazifalarni bajarish bilan band bo'lgan shaxslar, voyaga etmaganlar, nogironligi bo'lgan shaxslar, homilador ayollar va boshqalar) to'g'risidagi alohida g'amxo'rlik bilan bog'liq holda asoslangan tarzda farqlash, istisno etish, ularga afzallik berish, shuningdek ularni cheklash[10].

Hozirgi kunda mana shu holatlar bo'yicha turli sohalarda mehnat qonunchiliklari buzilayotganliklarini ko'rishimiz mumkin: Masalan, Maktabgacha talim muassasasida ishlab dekretga chiqib ketayotgan ayolni ish joyi saqlangan holda unga homiladorlik va tug'ish nafaqasi beriladi, bunda hodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo'lgan vaqtida ish beruvchi uning o'rniga boshqa hodim olishga majbur bo'ladi, shu vaqtda ish beruvchi yangi hodimni ogohlantirishi kerak yani "sen kirayotgan joyingni egasi bor lekin u hozir homiladorligi sabab sen bilan mehnat shartnomasini muddatli tuzishga majburman"[11] deb ogohlantirishi kerak, lekin afsuski ko'p ish beruvchilar hodimlarni ogohlantirmasdan ishga qabul qilib olib keyin avvalgi hodim (dekretga ketgan) qaytib kelgandan so'ng, norozilik yuzaga kelmoqda. Shu holatlar bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga juda ko'plab murojaatlar kelib tushmoqda. Bu masalada huquqlarini tiklab olganlar juda kam, chunki hamma ham o'z haq-huquqlarini bilmaganligi sababli ishdan bo'shashga ham tayyorlar ko'pchilikni tashkil etadi[12].

Bugungi kunda muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz Xotin-qizlari uchun juda katta imkoniyatlar yaratib bermoqda, jumladan oliy talim sohasida xotin-qizlarga alohida foizsiz talaba kreditlari, magistraturaga topshirganlar uchun kontrakt pulini davlat tomonidan to'liq qoplab berilishi bo'yicha keng imkoniyatlar yaratilmoqda, chunki buyuk allomalarimizdan biri Mirzo Ulug'bek bobomiz tomonidan Buxorodagi madrasaning peshtoqiga hadisdan olingan lavhani: "Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir" deb yozdirib qo'ygan.

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Prezidentimiz 2023 yil 24-noyabr kuni Ozarbayjonning Baku shahrida bo'lib o'tgan BMT ning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi sammitida: "Hurmatli delegatsiya ishtirokchilar, deb boshlangan nutqining 7-qismida, SPEKA doirasida ishbilarmon xotin-qizlarning faol tashabbuslarini va aniq rejalarini doimiy va tizimli rag'batlantirish maqsadida SPEKA Tadbirkor ayollari kengashini tuzish bo'yicha taklifimizni ko'rib chiqishingizni so'rayman[13].

Shuningdek, Kengash doirasida mamlakatlarimiz ravnaqi va iqtisodiy taraqqiyotiga, umumiy hamkorligimizga beqiyos hissa qo'shib kelayotgan ayollarni "SPEKA e'tirofi" xalqaro mukofoti bilan taqdirlashni taklif etaman."[14]

Xulosa qilib aytganda, hozirgi vaqtda xonadonlarimizning fayzu farishtasi bo'lgan, farzandlarimizni barkamol insonlar etib tarbiyalashga munosib hissa qo'shayotgan ayollarimiz barcha islohotlarimizda faol ishtirok etmoqdalar. Bu, o'z navbatida, hurmatli onalarimiz, opa-singillarimizga doimiy etibor va g'amxo'rlik ko'rsatish O'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining uzviy qismi bo'lib kelayotganining yorqin dalolatidir. Jamiyatning demokratik o'zgarishlar yo'lidan nechog'lik ilgarilab ketgani - shu jamiyatning ayollarga munosabati, bu boradagi madaniy-ma'naviy saviyasi bilan belgilanadi. Zero, oqila, go'zal ayollar o'zlarining g'amxo'rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oilalardagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023 y.

2. Aliyeva K.R "O'zbekiston Respublikasida gender tengligini ta'minlashning konstitutsiyaviy huquqiy asoslari" ilmiy ishi, Toshkent. 2019 y.

3. Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida 1995-yil 18-avgust

4. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.2023 y.

5. Kasimova A.A Rol jen^in^i v sovremennoy nauke. Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

6. Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.

7. Dadasheva A.A Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

88

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022

8. Inagamova M.M, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.

9. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi -Academic research in educational sciences, 2022

10. Dadasheva A.A O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI-KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLAR DAVR TALABI. Uzbek Scholar Journal 15, 10-12

11. Dadasheva A.A Emergence and development of local state representative bodies in the Republic of Uzbekistan (theory and practice) autoreferat of the dissertation for the candidate of legal ...T.: Publishing house of the National university of Uzbekstan, 13

12. Dadasheva A.A MAIN DIRECTIONS OF IMPLEMENTATION OF PUBLIC CONTROL OVER THE ACTIVITY OF GOVERNORS IN THE CONDITIONS OF CIVIL SERVICE REFORM. Academic research in educational sciences, 117-122

13. Inagamova M.M. O'zbekistonda ayollar huquqlari himoya qilish islohotlarimizning bosh mezoni. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3(1/2), Jan., 2023. B. 632-637.

14. Inagamova M.M. Ayol huquqlarini himoya qilishda ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi // Falsafa va huquq ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, falsafiy-huquqiy jurnal. №1. -T.: 2020. -B. 64-68.

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

89

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.