Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI «INSON QADRI UCHUN» TAMOYILINI TA’MINLASHNING HUQUQIY KAFOLATI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI «INSON QADRI UCHUN» TAMOYILINI TA’MINLASHNING HUQUQIY KAFOLATI Текст научной статьи по специальности «Право»

35
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI «INSON QADRI UCHUN» TAMOYILINI TA’MINLASHNING HUQUQIY KAFOLATI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI «INSON QADRI UCHUN» TAMOYILINI TA'MINLASHNING HUQUQIY KAFOLATI

Mafura Muxtarxonovna Inagamova

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori

O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilishni ta'minlash masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan keng ko'lamli demokratik islohotlarning bosh mezonidir. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, «Inson qadri uchun» degan tamoyil barcha islohotlarimizning asosini tashkil etmoqda. «Inson - jamiyat - davlat» degan yangi tizim asosida O'zbekiston oldinga qarab intilmoqda.

Jumladan, inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta'minlash borasida maqsadli choralar amalga oshirilmoqda.

Bu borada amalga oshirilgan islohotlarni tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo'llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari, shu jumladan BMTning 7 ta asosiy shartnomalari va 4 fakultativ protokollari qoidalari milliy qonunchilikda o'z aksini topmoqda. [1]

Inson huquqlari bo'yicha asosiy xalqaro shartnomalarga qo'shilish inson huquqlarini himoya qilishning samarali milliy tizimini yaratishga xizmat qildi. Xususan, inson huquqlarini himoya qilish sohasini tartibga solishga qaratilgan 12 ta Konstitutsion qonunlar, 18 ta kodekslar va 700 dan ortiq qonunlar qabul qilindi.

2023 yilning 30 aprel kuni umumxalq referendumida tasdiqlangan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O'zbekiston «huquqiy davlat» degan tamoyil ham qat'iy qilib belgilanib, inson huquq va erkinliklari borasidagi normalar 3 baravarga ko'paytirildi. Unga ko'ra inson sha'ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emasligi nazarda tutilgan. Xususan, unda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash - davlatning oliy majburiyati etib belgilandi. Inson va davlat organlari o'rtasidagi yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi,

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

huquqiy ta'sir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun etarli va mutanosib bo'lishi kerakligi belgilandi.

Ushbu qoidalar inson huquqlari ustuvorligini ta'minlaydi, davlat idoralarining o'z vazifalarini inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirishda mas'uliyatini oshiradi hamda insonga me'yoridan ortiq huquqiy ta'sir choralari qo'llanilishining oldini oladi.

Shuningdek, Konstitutsiyada insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg'or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirildi. Jumladan, shaxsni sudning hukmisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turish mumkin emasligi, odamlarning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog'liq barcha harakatlarga faqat sud qarori asosida yo'l qo'yilishi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarning "sukut saqlash" huquqi mustahkamlandi. "Inson qadri uchun" tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo'lishi shartligi belgilab qo'yildi.

Darhaqiqat, O'zbekistonda islohotlar samarasi o'laroq, inson qadrini ulug'lashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Ularni xalqimiz va xalqaro hamjamiyat vakillari o'zlarining ijobiy baholarini berib borishmoqda. Xalq bilan muloqot tizimining yo'lga qo'yilganligi, mantiqsiz «propiska» tizimining tubdan isloh qilinishi, davlat xizmatlarini ko'rsatishda eksterritoriallik prinsipining joriy etilganligi, mansabdorlarning doimiy hisobot berib borishi, ular faoliyatining ochiqligini ta'minlashga qaratilgan talablarning belgilanganligi, majburiy mehnatga barham berilib, inson huquq va erkinliklariga bo'lgan hurmatning yangi bosqichga ko'tarilganligi, aholining qanchadan-qancha mushkuli osonlashgani kabi bir qator misollar shular jumlasidandir.

Yana bir muhim masala, o'tgan yillarda aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi orqali qonun ustuvorligini ta'minlash, aholini qiynab kelgan muammolarni hal etish, qiynoqlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, so'z erkinligini mustahkamlash kabi qator yo'nalishlarda salmoqli natijalarga erishildi. Bundan tashqari, jinoyat sodir etib, chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan fuqarolarning avf etilishi va ularning jamiyatga moslashishiga ko'maklashish, «Mehr» operatsiyalari doirasida urush o'choqlaridan ayollar va bolalarni qaytarish, ularga g'amxo'rlik ko'rsatish borasidagi O'zbekiston tajribasi xalqaro hamjamiyat tomonidan ko'p bora e'tirof etildi.

Jumladan, sud hokimiyati va adolat tamoyillarining isboti sifatida 2017-2022 yillarda sudlar tomonidan oqlangan shaxslarning jami soni 4712 nafarni tashkil etdi.

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University

The Constitution of the Republic of Uzbekistan

is a Legal Guarantee of the Establishment of a

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

O'tgan yillar mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) instituti faoliyatida ham tub o'zgarishlar ro'y berdi. Xususan, Ombudsman faoliyatining qonunchilik bazasi mustahkamlanib, uning huquq va vakolatlari kengaydi, qiynoqlarning oldini olish bo'yicha milliy preventiv mexanizm joriy etildi. Tabiiyki, bu chora-tadbirlar tufayli Ombudsmanning xalqaro maydondagi pozitsiyasi ham mustahkamlandi.

Ma'lumki, o'tgan yili Prezidentimiz tashabbusi bilan Parlamentimiz tomonidan «Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya»ni [2] ratifikatsiya qilingan edi. Mazkur Konvensiya nogironligi bo'lgan shaxslarning tenglik asosida barcha huquqlarini to'liq amalga oshirishni rag'batlantirish, himoya qilish va ta'minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli. Endilikda nogironligi bo'lgan shaxslarga etarli shart-sharoitlarni yaratish borasidagi xalqaro majburiyatlarning bajarilishiga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bunda imkoniyati cheklangan shaxslarning mavjud sharoitlardan foydalanishi, shaxsiy harakatlanish, sog'liqni saqlash, ta'lim, bandlik, abilitatsiya va reabilitatsiya, tenglik va kamsitmaslik kabi qator muhim masalalar qamrab olinishi lozim.

Mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo'ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, bolalar orasida nazoratsizlikning va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, shuningdek nogironligi bo'lgan bolalarni hamda ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va bolalar huquqlari,

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

33

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi [3] 2023 yil 11 aprel kunidagi O'RQ-829-son Qonuni ayollar huquqlari himoyasining chinakam poydevori bo'ldi. Mazkur qonunga muvofiq, xotinini urgan, so'kkan, tag'qirlagan, qo'rqitgan erkaklar buning uchun javobgarlikka tortiladi. Endilikda shaxs o'z turmush o'rtog'ini qadr-qimmatini tag'qirlasa, jarima tortiladi, g'arazli niyatlar bilan kaltaklab, badaniga og'ir tan jarohati etkazsa ikki yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Qonunchilikka kiritilgan o'zgatirishga ko'ra bu shaxsni uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tag'qirlash, shu mazmundagi so'zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash yohud unga nisbatan shahvoniy maylni ko'rsatuvchi harakatlar deya baholanadi. Shaxsning irodasiga qarshi unga tinmay qo'ng'iroq qilish, uni qidirish, ish, o'qish va yashash joyiga borib orqasidan yurish esa jabrlanuvchi uchun o'ta noqulaylik keltirib chiqaradi.

Agar aksincha bo'lsa, qizlar yigitlarning ortidan mana shunday bezori harakatlarni sodir etsa ham yigitlar bemalol qizlarning ustidan shikoyat qilishi mumkin. Beozor ko'ringan bunday qilmishning bezorilikka aylanishi o'rtasida bir bahiya bo'lib u jabrlanuvchining o'z hayoti va sog'lig'i uchun asosli havfsirashiga asos bo'ladi. Zero Yevropa Ittifoqi hududida o'tkazilgan so'rovlarda ishtirok etgan jinsiy zo'ravonlikka uchragan ayollarning 18 foizi ayblanuvchi ularni oldindan beozor ko'rinishda ta'qib etib kelganini bildirishgan.

Qolaversa foto suratlarni tarqatish bilan tahdid qilish ham Kanada, Germaniya, Angliya, Shotlandiya, Yaponiya, Avstraliya, AQShdagi kabi jinoiy taqib belgilanishiga va uch yilgicha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishiga sabab bo'lishi mumkin. [4]

Bugungi kunda qonunchiligimizla himoya orderlarining berilishi ham ayollar huquqlarining kamsitilishini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, 2022 yilda ilgari himoya orderi berilgan xotin-qizlarning 12 nafari takroran zo'ravonlikka uchragan. Amalda zo'ravonlikdan jabr ko'rgan shaxsga himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan 30 kun muddaga berilar edi. Yangi qonunga muvofiq esa bunday orderning muddati sud tomonidan 1 yil muddatgacha uzaytirilishi belgilandi.

Yuqoridagi qonun bilan yana bir muhim masala, bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik uchun belgilangan jazolar esa undanda kuchaytirilmoqda. Jazolarning kuchaytirilayotganligi sababi, O'zbekistonda bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik jinoyatlarini

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

sodir etish yildan-yilga ko'payib bormoqda. Masalan, 2019 yilda 16 yoshga to'lmagan bola bilan jinsiy aloqa qilishda aybli deb topilganlar soni 99 nafarni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020 yilda 153 nafarni, 2021 yilda 216 nafarni, 2022 yilda 238 nafarni tashkil etgan. 14 yoshga to'lmagan bola bilan zo'rlik ishlatib jinsiy aloqaga kirishish jinoyatini sodir etganlar soni esa 2019 yilda 52 nafar, 2020 yilda 35 nafar, 2021 yilda 57 nafar, 2022 yilda 73 nafarni tashkil etgan. [5]

Bundan tashqari internetda bolalar pornografiyasini targ'ib qiluvchi saydlar 2013 yildan 2017 yilga qadar 7 barobar oshgan bo'lib, 18,4 milliontani tashkil etgan. Bunday nohush holatlar takrorlanishining oldini olish maqsadida, aholi o'rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, huquqbuzarlik sodir etganlarning esa qilmishiga yarasha jazolash maqsadida, xalqaro standartlar o'z ichiga qamrab olgan biz yuqorida tilga olgan qonun qabul qilindi.

Unga ko'ra, 14, 16 yoki 18 yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan, jinsiy zo'ravonlikni sodir etgan shaxsning qilmishi, u jabrlanuvchining yoshidan xabardor yoki xabardor emasligidan qat'iy nazar, jabrlanuvchining haqiqiy yoshidan kelib chiqib, baholanishi va mutanosib og'ir jazo ya'ni, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi nazarda tutildi.

Vaholanki, avvalgi tahrirdagi qonunga ko'ra, ayblnuvchi jabrlanuvchining haqiqiy yoshini bilmasligi, unga nisbatan engilrok jazo berilishiga sabab bo'lar edi.

Amaldagi qonunga 16 yoshga to'lmagan shaxs bilan garchi uning roziligi olingan taqdirda ham jinsiy aloqaga kirishgan ayblanuvchi, jabrlanuvchining yoshini bilmaganligini bahona

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

35

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

qilib, javobgarlikdan ozod bo'lib qolish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Yangi qonunda bunday shaxslarning javobgarligining muqarrarligi ta'minlanib, ayblanuvchi, jabrlanuvchining yoshini bilgan, bilmaganligidan qat'iy nazar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortiladi.

Bu turdagi jinoyatlarning ijtimoiy xavfsizlik darajasi bir pog'onaga ortirilib, ilgari ijtimoiy havfi katta bo'lmagan jinoyatlar turkumiga kiruvchi qilmishlar, uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarga, uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar esa og'ir turdagi jinoyatlar turkumiga kiritildi. O'z yaqinlari, yoshi kichik yoki nogironlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarning sodir etilishi, ularning tajavvuzkordan himoyalanish imkoniyati cheklanganligi sababli alohida xavflilik darajasiga ega. Ammo qonunchilik bunday qilmishlarni alohida og'irroq jazoni nazarda tutuvchi modda bilan malakalash uchun etarli imkoniyatlarga ega emas edi. Yangi qonun bilan shaxs nafaqat amaldagi turmush o'rtog'i yoki yaqin qarindoshiga balki sobiq turmush o'rtog'iga, bir ro'zg'or asosida birga yashayotgan yoki umumiy farzandga ega bo'lgan shaxsga nogironga yoxud o'ziga o'qitish yoki tarbiyalash uchun topshirilgan shaxsga nisbatan jinsiy zo'ravonlik qiladigan bo'lsa, unga og'irqon jazo ya'ni ilgaridagidek 3 yildan 7 yilgacha emas, balki 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilandi. [6]

Bolalarning jinsiy erkinligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga tenglashtirilib, ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan, muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni engilrog'i bilan almashtirish tariqasidagi insonparvarlik aktlari qo'llanlmasligi belgilab qo'yildi. Bolalarning hayoti, sog'lig'i yoki ahloqi uchun havfli bo'lgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning yagona reestiri tuziladi va ushbu reestrga kirgan shaxslarning ta'lim, tarbiya, bolalar sog'lomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarda ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug'ullanishi taqiqlandi.

O'zbekistonda inson qadri uchun tamoyilini amalga oshirishdagi muhim

qadamlardan biri biri yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ishlab chiqish va ijroga

qaratishdan iborat bo'ldi. Bu jarayonida 10 dan ortiq Xalqaro tashkilotlar 94 ta

Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyalari, 63 ta Yevropa, Osiyo va MDH davlatlari

tajribasi o'rganilib, O'zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini

muhokama qilish portalida (regulation.gov.uz) 3 marta jamoatchilik muhokamasi

o'tkazildi. Fuqarolar tomonidan 93 ta ya'ni ishga qabul qilish va

bo'shatish, mehnatga haq to'lash, mehnat ta'tili, dam olish va ish

vaqti masalalari yuzasidan takliflar berilgan. Kodeksning asosiy

E^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^TPecember 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conférence

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

vazifalari: xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo'lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash; ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta'minlash; mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag'batlantirish va rivojlantirish; xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash; mehnat bozorining samarali faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashish etib belgilangan.

Bundan tashqari Mehnat kodeksda birinchi bor ayrim toifadagi xodimlarning mehnati huquqiy jihatdan tartibga solinmoqda. Xususan, ayrim toifadagi hodimlar tarkibiga birinchidan ayollar, oilaviy vazifalarni bajaruvchi shaxslar, nogironligi bo'lgan shaxslar, voyaga etmaganlar; ikkinchidan, o'rindoshlar, kasanachilar, masofaviy, vaxta usulida ishlovchilar; uchinchidan, mavsumiy (6 oy) va vaqtinchalik xodimlar (2 oy), pedagoglar, tibbiyot va transport xodimlari, sportchilar); to'rtinchidan, mehnat sharoitlari og'ir va zarar, tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo'lgan shaxslar; beshinchidan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar kiritilib, kafolatlar nafaqat onaga balki otaga va vasiyga berilishi belgilandi.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash mumkinki, O'zbekistonning demokratik o'zgarishlarga sodiqligi, yurtimizda kechayotgan ulkan o'zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag'batlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Sohada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o'zgartirmoqda. Inson qadri ulug'lanib, «Davlat - inson uchun» degan ezgu g'oya hayotga joriy etilmoqda.

REFERENCES

1. M.M.Inagamova. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. E. 59-64.

2. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 08.06.2021 h., 03/21/695/0536-son

3. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023 h., 03/23/829/0208-son

4. M.M.Inagamova. O'zbekistonda ayollar huquqlari himoya qilish islohotlarimizning bosh mezoni. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3(1/2), Jan., 2023. E. 632-637

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

37

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

5. M.M.Inagamova, G.Tastanbekova. Yangi O'zbekistonda ayollar huquqlari himoyasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim jihatlari. /Jamiyat va innovatsiyalar -Общество и инноватсии -Society and innovations. № 2 (2023). Б.136-141.

6. M.M. Inagamova, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

38

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.