Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
KONSTITUTSIYADA BELGILANGAN XAVFSIZLIK VA MUDOFAA
TIZIMLARI
Aqida Abdujabbarovna Dadasheva
Yuridik fanlar doktori, professori Suhrob Komilo'g'li Allanazarov
Toshkent Davlat Transport Universiteti, Iqtisodiyot fakulteti, «Xalqaro ommaviy huquq» kafedrasi 3-bosqich, YU-2 guruh talabasi
"O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan xavfsizlik va mudofaa tizimlari" mavzusi zamonaviy sharoitda dolzarbdir. Globallashuv va terrorizm, ekstremizm va uyushgan jinoyatchilik kabi zamonaviy tahdidlar sharoitida milliy xavfsizlikni ta'minlash har bir davlat uchun ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Shuni ham ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizning asosiy huquqiy hujjati bo'lib, davlat xavfsizlik va mudofaa tizimi faoliyat ko'rsatish tamoyillari va normalarini belgilab beradi. Ushbu mavzuni o'rganish O'zbekistonning davlat xavfsizlik va mudofaa sohasidagi huquqiy va institutsional asoslarini chuqurroq tushunish imkonini beradi. O'zbekistondagi davalt xavfsizlik va mudofaa tizimlarini o'rganish davlat o'z fuqarolarini qanday himoya qilishini, tahdidlarning oldini olish uchun qanday choralar ko'rilayotganini, bu jarayonda qanday muassasa va tashkilotlar ishtirok etayotganini tushunishga yordam beradi. Shunday qilib, ushbu mavzuning dolzarbligi davlat va uning fuqarolari barqarorligi va farovonligini ta'minlash uchun davlat xavfsizlik va himoya muhimligini tushunishdan iborat[1].
Xavfsizlik kuchlaridan foydalanish: huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik organlari davlat xavfsizlikni ta'minlash va fuqarolarni himoya qilishda muhim rol o'ynaydi.[2] Qonunchilik chora-tadbirlari: Konstitutsiya va boshqa huquqiy hujjatlar milliy xavfsizlik va mudofaa tizimi faoliyatining tamoyillari va normalarini belgilaydi. Turli tashkilotlar va muassasalar o'rtasidagi hamkorlik: jamoat tashkilotlari, biznes sektori va davlat idoralari milliy xavfsizlik va mudofaa sohasida umumiy maqsadlarga erishish uchun hamkorlik qiladi. Ilg'or texnologiya va innovatsiyalar: dronlar va video kuzatuv kabi texnologiyalarning yuksalishi xavfsizlik va xavfsizlik amaliyotlarini yaxshilashga yordam beradi. Xodimlarni o'qitish va tayyorlash: Davalt xavfsizlik va mudofaa bo'yicha mutaxassislar doimiy ravishda o'zlarini
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
90
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
o'qitishlari va yangi muammolar va tahdidlarni hal qilishga tayyor bo'lishlari kerak. Profilaktik chora-tadbirlar: huquqbuzarliklarning oldini olish va korruptsiyaga qarshi choralarni amalga oshirish xavfsizlik xavfini kamaytirishga va jinoyatchilarni o'z faoliyatining dastlabki bosqichida ushlab turishga yordam beradi. Bu usullar O'zbekistonda davlat xavfsizlik va mudofaani ta'minlashda birgalikda qo'llaniladi[3].
Tadqiqot natijalari: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatning xavfsizlik va muhofaza tizimlari belgilangan va ularni o'rganishga ta'lim berish tizimlari amalga oshirilgan. Bu tizimlar qonunlar va qoidalar tizimi, xavfsizlik kuchlari tizimi, muhofaza tizimi, xavfsizlik tizimini yuritish organlari va xalqaro hamkorlik tizimidan iborat. Bu tizimlar davlatning xavfsizlik va muhofaza sohalarida faoliyat ko'rsatuvchi organlarni, ularning vazifalarini va tashkil etilishini, ularning faoliyatini nazorat qilish organlarini belgilaydi. Ayniqsa, xalqaro hamkorlik tizimida xavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikning tashkil etilishi va uning asosiy maqsadlari haqida ma'lumotlar beriladi[4].
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham bu mustahkamlab qo'yilgan ushbu normalarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 27 bob Mudofaa va xavfsizlik deb nomlangan bo'lib unda 152 va 153-moddalar keltirilgan bo'lib, 152-moddada "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi." deb qayd etilgan. 153-moddada esa "O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun etarli darajada Qurolli Kuchlariga ega."[5]
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi to'g'risidagi qonunda ushbu organning asosiy vazifalari ham keltirib o'tilgan, ya'ni O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta'minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat[6].
Davlat xavfsizligi bu — O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro'yobga chiqarilishini ta'minlashdir[7].
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
Davlat xavfsizlik xizmati huquqiy maqomi va faoliyatining asosiy yo'nalishlariga quyidagilar kiradi:
- O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo'lgan tajovuzlaming oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo'yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;
- Davlat xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash tartibi:
O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati Davlat xavfsizlik xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonidir[8].
Davlat xavfsizligi xizmatininng qanday majburiyatlari mavjud?
Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda:
O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini va boshqa davlat manfaatlarini tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha barcha zarur choralarni ko'rishi;
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasida ham keltirib o'tilgan. Doktrina:
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi, xalqaro huquqning, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining prinsiplari va normalariga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo'lgan xalqaro shartnomalarga tayanadi;
O'zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati haqida:
O'zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
mustaqillikni, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni va konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish;
Qurolli Kuchlar, ularning asosiy vazifalari va ularni qo'llash asoslari:
Qurolli Kuchlarni qo'llash O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining — O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo'mondonining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mamlakat mudofaasini rejalashtirishga doir boshqa hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi[9],
Tashkent State Technical University
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda fuqarolari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilikda belgilangan doirada mudofaa vazifalarini hal qilishda ishtirok etadi[10].
Mudofaa to'g'risidagi qonunning 8-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mudofaa sohasidagi vakolatlari berilgan bolib:
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan tartibda: O'zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug'ilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qiladi, hamda O'zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi[11].
O'zbekiston Respublikasini, uning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish — O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchidir.
Xavfsizlik va mudofaa haqida gap ketar ekan IIV va Milliy Gvardiyaning o'rnini ta'kidlab o'tish zarur, chunki bu tuzilmalar ham O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy birligini saqlash, uni muhofaza qilish va eng muhimi konstitutsiyaviy tuzumni har qanday yot kuchlardan himoya qilishda juda muhim rol o'ynaydi. Bu to'g'risida IIV va Milliy Gvardiya to'g'risdagi qonunchilik hujjatlarida keltirib o'tilgan va ularnig vazifalari belgilab qo'yilgan[12].
Ichki Ishar organlari to'g'risidagi qonunining 2 va 27-moddalarida aynan Konstitutsiyaviy tuzum va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish to'g'risida keltirib o'tilgan:
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalariga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat[13].
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
"Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirar ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga va'da beraman[14].
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
Vatanimga va O'zbekiston xalqiga sodiq bo'lishga qasamyod qilaman" O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi to'g'risidagi qonunning 20-moddasida ham konstitutsiya talablarini bajarish haqida keltirib o'tilgan:
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) kirayotganda harbiy xizmatchilar (xodimlar) quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
"Men (familiyasi, ismi, otasining ismi) O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga harbiy xizmatga (xizmatga) kirar ekanman, O'zbekiston xalqi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga sadoqatli bo'lishga, Vatanga qasamyodga, Jangovar Bayroqqa sodiq qolishga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, o'z xizmat burchimni so'zsiz hamda vijdonan bajarishga, har qanday sharoitda xiyonat va sotqinlik qilmaslikka, o'zimning jangovar shayligim uchun shaxsan javobgar bo'lishga, mardlik va fidokorlik bilan, o'z hayotimni ayamasdan xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga qasamyod qilaman" [15].
Umumiy xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, tizimlar mamlakatimiz tinchligi va barqarorligi uchun juda zarur. Chunki, davlatning konstitutsiyaviy tuzumi va aholining konstitutsiyaviy huquqlarini har qanday ichki va tashqi dushmanlardan muhofaza qilish, davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligini ta'minlash hamda aholining osoyishta hayot tarzini ta'minlashda alohida o'rin tutadi[16].
Konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza etishni ham 2 turga bo'lish mumkin: ichki va tashqi xavfsizlik. Ichki xavfsizlikni saqlashda ikki asosiy kuch, Ichki Ishlar organlari va Milliy Gvardiya tuzilmalarni misol sifatida ko'rsatish mumkin. Bu ikki tuzilma mamlakatimiz ichkarisida tinchlik, tartibni saqlash va aholining xavfsizligini saqlashga ma'suldir. Tashqi xavfsizlikkka misol sifatida quyidagi ikki tizimni ko'rsatish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo'shinlarining chegarada va davlat tashqarisidan bo'luvchi xavf xatar va ta'sirlarni bartaraf etish ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu kuch ishlatar tuzilmalarning yana bitta umumlashtirib turuvchi jihati shundaki, davlatimizning har qanday rangli inqiloblar, fuqarolik urushlari, davlat to'ntarishi, terrorizm, diniy ekstremizm, ko'p millatli va turli xil diniy konfessiyalar o'zaro tolerantlikda yashovchi xalqimizning o'rtasiga nizo keltirib chiqaruvchi yoxud shunga sabab bo'luvchi omillarni oldini olish va ularga qarshi kurashishdir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023
2. O'zbekiston Respublikasining qonuni O'zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik to'g'risida 15.03.2018
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
94
Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
Cvl&ocejy^nmmmmipeFmmmlySa^^
3. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari to'g'risidagi qonun 12.08.2016
4. Ozbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi to'g'risidagi qonun 18.11.2020 O'RQ-647-son
5. O'znekiston Respublikasining qonuni mudofaa doktrinasi to'g'risida 19.01.2018 O'RQ-458-son
6. O'zbekiston Respublikasining qonuni "Mudofaa to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish haqida 11.05.2001, 211-II-son
7. Kasimova A. A. Rol jenmlnbi v sovremennoy nauke. Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234
8. Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.
9. Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022
10. . Inagamova M.M, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.
11. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi -Academic research in educational sciences, 2022
12. DadashevaA.A O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI-KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLAR DAVR TALABI Uzbek Scholar Journal 15, 10-12
13. Dadasheva A.A Emergence and development of local state representative bodies in the Republic of Uzbekistan (theory and practice) autoreferat of the dissertation for the candidate of legal ... T.: Publishing house of the National university of Uzbekstan, 13
14. Dadasheva A.A, MAIN DIRECTIONS OF IMPLEMENTATION OF PUBLIC CONTROL OVER THE ACTIVITY OF GOVERNORS IN THE CONDITIONS OF CIVIL SERVICE REFORM. Academic research in educational sciences, 117-122
15. Inagamova M.M, O'zbekistonda ayollar huquqlari himoya qilish islohotlarimizning bosh mezoni. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3(1/2), Jan., 2023. B. 632-637
16. Inagamova M.M, G.Tastanbekova. Yangi O'zbekistonda ayollar huquqlari himoyasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim jihatlari. /Jamiyat va innovatsiyalar -Obm,estvo i innovatsii -Society and innovations. № 2 (2023). B. 136-141
17. Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research. American Journal of Social and Humanitarian
Research, 2(9), 111-115.