Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VORISLIK HUQUQI SUB’EKTLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VORISLIK HUQUQI SUB’EKTLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

73
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VORISLIK HUQUQI SUB’EKTLARI»

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VORISLIK HUQUQI SUB'EKTLARI

Nargiza Xalimbaevna Egamberdieva

Toshkent davlat transport universiteti "Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi

dos v.b.

Merosxo'r bo'lish bu so'z qanchalik jozibador bo'lmasin, uni taqsimlashda va qabul qilishda o'ziga yarasha tartibi va talablari mavjud. Inson umri chegaralanganligi bois, umr mobaynida orttirgan mol-mulkining taqdiri uning merosxo'rlarini befarq qoldirmaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kim mulkdor bo'lishligi va uning huquqiy kafolati belgilangan, hamda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 182-moddasiga muvofiq, meros mulk huquqining vujudga kelish asoslaridan biri hisoblanishi belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V bobi Vorislik huquqiga bag'ishlangan. Vorislik huquqi meros bilan bog'liq ekan, meros tarkibini, merosxo'rlar doirasini aniqlash, uni merosxo'rlar o'rtasida to'g'ri taqsimlash notarius, sudlar uchun alohida vakolatni beradi.

Mavzuning dolzarbligi, meros ishlari bo'yicha ko'p tushuntirishlar, izohlar berib borilishi ushbu masala doim e'tiborda ekanligini anglatadi. Meros munosabatlari yuqori darajadagi himoyani talab etadi. Zero, merosxo'rlarga nafaqat mulkiy, balki nomulkiy huquqlar ham o'tadi. Vorislik huquqi fuqarolik huquqining alohida o'ziga xos bo'limi sifatida vujudga kelayotgan vaziyat va belgilar sabab bo'lmoqda.

Avlodlar o'rtasidagi rishtalar, merosning avloddan-avlodga topshirilishi nafaqat huquqiy asoslarga, balki urf-odat va an'analarga, inson ruhiyatiga ham bog'liqdir. Shu sabab meros jarayonini aniq tartibga keltirish muhim hisoblanadi.

Huquqiy munosabatlarning sub'ektiv sostavi alohida o'rinni egallar ekan, ularning huquqiy maqomi ham aniq belgilanishi kerak. Merosda ishtirok etuvchilarning doirasini aniqlab olish, ularning ishtirokini ta'minlash meros huquqiy munosabatlarini to'g'ri talqin etilishida muhim o'rin tutadi. Birgina merosxo'rlar doirasini hamda maqomini belgilash doim muhokamalarga sabab bo'lib kelgan.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

Soliev Dilshod

Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi katta o'qituvchisi [email protected]

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo etishning huquqiy kafolati

O'zR FKsining 1118-moddasida meros ochilgan paytda hayot bo'lgan fuqarolar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo'lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug'ilgan bolalari vasiyat va qonun bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkin. Meros ochilgan paytda tuzilib bo'lgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari vasiyat bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkin.

Islom ensiklopediyasida meros (irs, virasa, virs, tarika, turas) - mol mulk, huquq va majburiyatlar egasi vafot etishi bilan ularning boshqa shaxs ixtiyoriga o'tishligi belgilangan. Merosxo'rlar o'rtasida qolgan mulkning kamida uchdan ikki qismi taqsimlanadi, vasiyat bo'yicha esa, ko'pi bilan uchdan biridan mahrum etish mumkin. Marhumning meros olish huquqiga ega bo'lgan qarindoshlari uch toifaga bo'linadi: a) 1 darajadagi eng yaqin qarindoshlar: ota onasi, xotinlari, farzandlari; b) 2 darajadagi qarindoshlar: bobolar va buvilar, aka-uka va opa-singillar, nabiralar; v) 3 darajadagi qarindoshlar: amaki, tog'a va amma xolalar, ammavacha, amakivachcha, xolavachchalar. Bunda qondosh va o'gay qarindoshlar o'zaro teng huquqqa ega, boqib olingan bolalar qondoshlar bilan teng deb belgilangan[1].

Meros qoldiruvchi bo'lib vafot etgan har qanday fuqarolar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, chet el fuqarolari, shuningdek sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilingan fuqarolar bo'lishi mumkin. Oldinma ketin, ya'ni bir sutka ichida merosxo'rlardan biri vafot etsa, bir vaqtda vafot etgan deb topiladi. Meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxo'rlari vorislikka chaqiriladi (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1116 -moddasi)[2]. Yuridik shaxslar meros qoldiruvchi bo'la olmaydi. Ular faqat qayta tashkil topganda, qo'shib yuborilganda mol-mulki, huquq va majburiyatlari yangi tashkil topgan yuridik shaxsga o'tadi (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 50-moddasi). Biroq merosni oluvchi sifatida yuridik shaxslar fuqarolar qatorida turadilar. Merosxo'rlar tarkibi quyidagicha:

fuqarolar - yuqorida keltirilganlar qatoriga meros qoldiruvchining hayot chog'ida homila bo'lgan va keyin tirik tug'ilganlar. Rim huquqida ular "nassituruslar" (lot. nasciturus ona qornidagi homila) deb atalgan. Fuqarolarning muomala layoqatining doirasi merosni qabul qilishiga ta'sir etmaydi[3]. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasida, ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o'limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so'ng uch yuz kun ichida tug'ilgan bolasi nikohda tug'ilgan bola hisoblanadi. Agar nikoh tugaganidan so'ng 300 kun ichida bola tug'ilsa va bu davrda ayol

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

yangi nikohga kirgan bo'lsa, bola yangi nikohga kirgan bo'lsa, bola yangi nikohda tug'ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega. Vorislik huquqida tug'ilmagan chaqaloqni merosxo'r sifatida tan olinishi, bu vorislik huquqiy munosabatlarning alohida o'ziga xos jihatidir. Chunki tug'ilmasidan (keyin tirik tug'ilsa, albatta) huquqiy himoyasi qonun bilan kafolatlanmoqda. Xulosa qilib aytganda, fuqaroning tirikligi ya'ni moddiy mavjudligi muayyan huquqlarni vujudga kelishida yoxud davom etishida muhim o'rinni tutmaydi. Huquq layoqatining mavjudligini shaxsning huquq va manfaatlarining qonuniy himoyasi bilan aralashtirmaslik kerak. Qonuniy huquq va manfaatlarining himoyasi shaxsning moddiy jihatdan bor-yo'qligi (vafot etganligi yoki hali tug'ilmaganligi) ga qaramay taqdim etiladi. Shunga o'xshash normalar Shvesiya, Belgiya, Vengriya, Niderlandiya, Ruminiya qonunchiligida qayd etilgan. Germaniya qonunchiligi bo'yicha meros ochilguniga qadar tug'ilmagan chaqaloq (homila bo'lgan) meros ochilgan paytda tug'ilgan deb e'tirof etiladi ( Germaniya Fuqarolik Tuzuklari 1923-modda). Mazkur fuqarolar tug'ilgan va huquq layoqatiga ega fuqarolarga tenglashtiriladi deb hisoblanadi[4].

So'nggi paytlarda YeKO (sun'iy urug'lantirish yordamida homilador bo'lish) natijasida tug'ilgan chaqaloqlarning (meros qoldiruvchining vafotidan so'ng YeKO qilinganlar) merosxo'r bo'lish masalasi ham ayrim maqolalarda uchrab turibdi. Qonun bu masalada aniq bir to'xtamga kelgan, ya'ni meros qoldiruvchining tiriklik chog'ida homila bo'lib, vafot etgandan so'ng tirik tug'ilganlar merosxo'r bo'lishlari mumkin[5].

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasida, 16 yoshga to'lgan biroq, voyaga etmagan shaxs mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan yoki ota-onasining, farzandlikka oluvchilarning roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan bo'lsa, u to'la muomala layoqatiga ega bo'ladi (emansipatsiya). Ular topgan daromadlari yuzasidan mustaqil tarzda foydalanishlari va tasarruf etishlari mumkin. Shunday ekan, o'zlariga tegishli bo'lgan mol-mulkni keyingi taqdirini belgilash huquqiga ega, ya'ni vasiyatnoma rasmiylashtirishi mumkin. Muomala layoqatiga ega bo'lib turgan paytda vasiyatnoma qoldirgan bo'lsa, keyinchalik muomalaga layoqatsiz deb topilsa ham, vasiyatnoma o'z kuchida qoladi[6].

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 16-moddasida, uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug'ilishi, voyaga etmagan shaxsning to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

ko'ra nikoh davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin. Nikoh yoshi 18 deb belgilangan paytda, 17 yoshda ham uzrli sabablarga ko'ra nikohga kirishishlari mumkin. Demak, ular ham to'la muomala layoqatiga ega bo'ladilar.

E'tiborli jihatlardan yana biri umumiy birgalikdagi mulkni er-xotin birgalikda vasiyatnoma tuzishlari mumkinligini Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksining 1118-moddasida ko'rishimiz mumkin. Mazkur moddada er-xotin birgalikdagi mulkni vasiyat bo'yicha qoldirishlari mumkinligi, vasiyatnomani tuzish, unga o'zgartirish kiritish, bekor qilish tartiblari keltirib o'tilgan. Bizning O'zR FK si 1120-moddasida vasiyatnoma faqat bir kishi tomonidan tuzilishi mumkinligi belgilangan. Nazarimizda, buning afzallik tarafi er-xotin bir vaqtning o'zida vafot etsa (baxtsiz hodisa tufayli) qolgan merosning taqdiri hal oldindan hal etilgan bo'ladi. Agar ikkalasidan biri avval vafot etsa, ulushni ajratib olish va uni taqsimlash kabi huquqiy harakatlar sodir etilmaydi. Bunday normaning amaliyotda qanchalik darajada o'z samarasini berishligini albatta vaqt belgilaydi[7].

yuridik shaxslar - O'zR FKsining 1118-moddasiga muvofiq, meros ochilgan paytda tuzilib bo'lgan yuridik shaxslar vasiyat bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkin.

davlat va o'zini o'zi boshqarish organlari - 1118-moddasining davomida davlat va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ham vasiyat bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkinligi qayd etilgan. Shuningdek, mazkur kodeksning 1157-moddasida qonun bo'yicha ham vasiyatnoma bo'yicha ham merosxo'rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo'lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo'lsa, meros mol mulk egasiz deb topiladi. Oqibatda meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organining arizasiga binoan meros ochilgan kundan e'tiboran uch yil o'tganidan so'ng sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol mulk, agar uni qo'riqlash va boshqarish bilan bog'liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, ko'rsatilgan muddat o'tishidan oldin egasiz deb topiladi. Egasiz mol mulk u turgan joydagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mulkiga o'tadi, agar voz kechsa davlat ixtiyoriga o'tadi. Biroq, chet el davlat va yuridik shaxslari merosxo'r bo'lish yoxud bo'lmasliklari borasida qonunda aniq bir ko'rsatmalar mavjud emas. Xulosa o'rnida, merosxo'rlar merosni qoldirishda va olishda avvalam bor qonun va vasiyatnoma bo'yicha huquqlari nimadan iborat ekanligiga e'tibor qaratishlari lozim.

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

December 1-7, 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

REFERENCES

1. Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E.O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.

2. Касимова А.А Рол женщины в современной науке. Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234/

3. Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022

4. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi -Academic research in educational sciences, 2022

5. Дадашева А.А. Право свободно получат и распространят информatsiю-важный фактор непосредственного общественного контроля над деятелностю органов государственной власти и управления - Academic research in educational sciences, 2022

6. Dadasheva A.A PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN - The American Journal of Interdisciplinary Innovations ..., 2022

7. Дадашева А. А - Взаимодействие органов представителной власти на местах и самоуправления граждан в осуществлении действенного общественного контроля. Fuqarolik jamiyati. Гражданское общество, 2021

8. Dadasheva A.A - Mahalliy ijro hokimiyati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini natijadorligini oshirishning ilmiy-nazariy есЫт1ап. Журнал правовых исследований, 2020

9. Egamberdieva N.X Voyaga еtmagan shaxsning hayoti va sog'lig'iga еtkazilgan zararlarni qoplashning ayrim masalalari. O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudining AXBOROTNOMASI. 2014/

10. Inagamova. M.M. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

11. Inagamova M.M, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social

Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

December 1-7, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.