Научная статья на тему 'MEROS MUNOSABATLARINING KOLLIZION MASALALARI'

MEROS MUNOSABATLARINING KOLLIZION MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
171
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meros qoldiruvchi / merosxo’rlar / qonun bo’yicha vorislik / vasiyatnoma bo’yicha vorislik / shartli vasiyatnoma / egasiz qolgan mol-mulkka vorislik / vasiyatnoma / vasiyatnoma shakli / “okkupatsiya” huquqi. / legatee / heirs / inheritance by law / inheritance by will / conditional will / inheritance of property left without owner / will / form of will / "occupation" right.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Sultonov, Behzod Bahromjon o’g’li

Hozirgi davrda xalqaro doirada meros munosabatlari to’liqligicha yagona moddiy-huquqiy normalardan tashkil topgan xalqaro hujjatlardan iborat bo’lmagan, barcha xalqlar uchun umumiy qoidalar ishlab chiqilmagan va tartibga solish amalda qiyin bo’lgan yo’nalish hisoblanadi. Ya’ni meros munosabatlari asosan davlatlarning ichki qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Faqatgina ba’zi masalalar bo’yicha ko’p tomonlama konvensiyalar mavjud. Shu sababdan ushbu sohani o’rganish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada aynan xalqaro munosabatlarda meros huquqining holati, meros huquqi taraflarining biri, bir qanchasi yoki barchasi chet elda bo’lsa, shuningdek meros mulki chet mamlakatda joylashganda meros masalasi qanday hal etilishi, kollizion normalarning qo’llanilishi va istiqbolda merosga oid alohida xalqaro hujjat qabul qilishning imkoniyatlari, turli xil adabiyotlardan, olimlar, soha mutaxassislarining fikrlarini o’rganib chuqur tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar va fikrlarga tayanib yechimlar va xulosalar bayon etildi. Meros huquqi har bir davlatning madaniyati, mentaliteti, hayot tarzi, urf-odat va an’analariga bog’liqligi sababli, dunyo miqyosida har bir davlat uchun bir xil bo’lgan huquqiy hujjat ishlab chiqish mushkulligidan kelib chiqib, universal emas, balki mintaqaviy shartnomalar tuzish samarali degan xulosaga kelindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COLLISION ISSUES OF INHERITANCE RELATIONS

At the present time, inheritance relations in the international framework is a direction that does not consist of international documents consisting of uniform material and legal norms, general rules for all nations have not been developed, and regulation is difficult in practice. That is, inheritance relations are mainly regulated by the internal legislation of the states. There are multilateral conventions on only some issues. For this reason, the study of this field is relevant today. In this article, the situation of the right of inheritance in international relations, how to resolve the issue of inheritance when one, several or all of the parties to the right of inheritance are abroad, as well as when the inheritance property is located in a foreign country, the application of conflicting norms and the adoption of a separate international document on inheritance in the future possibilities were analyzed in depth by studying the opinions of scientists and specialists from various literatures. Based on the received information and opinions, solutions and conclusions were presented. Due to the fact that the right of inheritance depends on the culture, mentality, lifestyle, customs and traditions of each country, due to the difficulty of developing a legal document that is the same for every country on a global scale, it is necessary to conclude regional rather than universal agreements. it was concluded that it is effective.

Текст научной работы на тему «MEROS MUNOSABATLARINING KOLLIZION MASALALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

MEROS MUNOSABATLARINING KOLLIZION MASALALARI

Sultonov Behzod Bahromjon o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Hozirgi davrda xalqaro doirada meros munosabatlari to'liqligicha yagona moddiy-huquqiy normalardan tashkil topgan xalqaro hujjatlardan iborat bo 'Imagan, barcha xalqlar uchun umumiy qoidalar ishlab chiqilmagan va tartibga solish amalda qiyin bo'lgan yo'nalish hisoblanadi. Ya'ni meros munosabatlari asosan davlatlarning ichki qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Faqatgina ba 'zi masalalar bo'yicha ko'p tomonlama konvensiyalar mavjud. Shu sababdan ushbu sohani o'rganish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada aynan xalqaro munosabatlarda meros huquqining holati, meros huquqi taraflarining biri, bir qanchasi yoki barchasi chet elda bo 'lsa, shuningdek meros mulki chet mamlakatda joylashganda meros masalasi qanday hal etilishi, kollizion normalarning qo'llanilishi va istiqbolda merosga oid alohida xalqaro hujjat qabul qilishning imkoniyatlari, turli xil adabiyotlardan, olimlar, soha mutaxassislarining fikrlarini o 'rganib chuqur tahlil qilindi. Olingan ma 'lumotlar va fikrlarga tayanib yechimlar va xulosalar bayon etildi. Meros huquqi har bir davlatning madaniyati, mentaliteti, hayot tarzi, urf-odat va an'analariga bog'liqligi sababli, dunyo miqyosida har bir davlat uchun bir xil bo'lgan huquqiy hujjat ishlab chiqish mushkulligidan kelib chiqib, universal emas, balki mintaqaviy shartnomalar tuzish samarali degan xulosaga kelindi.

Kalit so'zlar: meros qoldiruvchi, merosxo'rlar, qonun bo'yicha vorislik, vasiyatnoma bo'yicha vorislik, shartli vasiyatnoma, egasiz qolgan mol-mulkka vorislik, vasiyatnoma, vasiyatnoma shakli, "okkupatsiya " huquqi.

At the present time, inheritance relations in the international framework is a direction that does not consist of international documents consisting of uniform material and legal norms, general rules for all nations have not been developed, and regulation is difficult in practice. That is, inheritance relations are mainly regulated by the internal legislation of the states. There are multilateral conventions on only some issues. For this reason, the study of this field is relevant today. In this article, the situation of the right of inheritance in international relations, how to resolve the issue of inheritance when one, several or all of the parties to the right of inheritance are abroad, as well as when the inheritance property is located in a foreign country, the application of conflicting norms and the adoption of a separate international

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

document on inheritance in the future possibilities were analyzed in depth by studying the opinions of scientists and specialists from various literatures. Based on the received information and opinions, solutions and conclusions were presented. Due to the fact that the right of inheritance depends on the culture, mentality, lifestyle, customs and traditions of each country, due to the difficulty of developing a legal document that is the same for every country on a global scale, it is necessary to conclude regional rather than universal agreements. it was concluded that it is effective.

Key words: legatee, heirs, inheritance by law, inheritance by will, conditional will, inheritance ofproperty left without owner, will, form of will, "occupation " right.

Meros huquqi bu vafot etgan kishidan qoladigan mol-mulk uning vorislariga yoki boshqa shaxslarga, shuningdek ayrim hollarda mahalliy organlar va davlatga egalik qilish uchun o'tishi hisoblanadi. Merosga oid normalar vafot etgan kishidan qoladigan mol-mulkka egalik huquqi kimlarda vujudga kelishi va kimlar birinchi navbatda vorislik qilishlarini tartibga soladi. Meros odatda ikki xil shaklda, vasiyatnoma bo'yicha va qonun bo'yicha vorislarga o'tadi.

Chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, shu jumladan meros munosabatlarida ikki tomonning kelishuvga erishuvi tomonlarning milliy qonunchiligiga bevosita bog'liqdir. Bugungi davrda deyarli barcha mamlakatlar meros munosabatlarini o'z milliy qonunchiligiga binoan hal etadi. Faqatgina ayrim masalalarda, shu jumladan, vasiyatnoma asosida meros qoldirilayotgan hollarni tartibga solish uchun "Vasiyatnoma shakli to'g'risidagi 1961-yil 5-oktabr qonunlar kolliziyasi to'g'risidagi konvensiya" va 1973-yil 26-oktabrda Vashingtonda o'tkazilgan diplomatik konferensiyada xalqaro shartnomaning shakli to'g'risidagi ko'p tomonlama Konvensiya qabul qilingan.1

Ushbu maqolada bugungi kunda meros huquqi bo'yicha to'plangan bilimlar va fikr-mulohazalar bayon qilinadi. Maqolaning I qismi merosga doir umumiy qarashlar, II qismi esa vasiyatnoma bo'yicha vorislikning kollizion masalalari va III qismi esa egasiz qolgan mol-mulkka nisbatan vorislikni ko'rib chiqadi.

I MEROSGA DOIR UMUMIY QARASHLAR

Meros turli g'oyalar va tushunchalarni o'z ichiga oladi. Ko'pchilik meros nima ekanligi haqida bir xil pozitsiyada turishsada, bu atamaning ma'nosi haqidagi qarashlari juda xilma-xildir. Konsepsiya harakatchan, chunki u doimiy ravishda

KIRISH

1 Богуславский М.М. Международное частное право., Учебник 3-й изд. перераб. и. доп. - М.: Юристь 2000.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

xalqaro va milliy miqyosdagi ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy o'zgarishlar, shuningdek, turli manfaatlar va e'tiqodlar ta'siri ostida shakllanadi.2

Umuman olganda, meros - bu yaratilgan va avloddan avlodga o'tadigan shaxslar guruhi bilan bog'liq bo'lgan moddiy va nomoddiy elementlardir.3

Huquqshunos olimlar B.S.Antimonov va K.A.Grav meros huquqiy munosabatlarini ikki xil deb hisoblaydilar: birinchi hodisa (merosning ochilishi), ikkinchisi - merosxo'rlarning xohishiga ko'ra, merosni qabul qilish bilan vujudga keladi.4

I.L. Korneeva esa meros huquqiy munosabatlarini merosni ochish va qabul qilish hamda meros olish bilan bog'liq boshqa harakatlarga oid meros huquqi normalari bilan tartibga solinadigan fuqarolik-mulk huquqiy munosabatlarning bir turi sifatida qaraydi. 5

Shuni aytib o'tish lozimki, meros huquqiy munosabatlarga beriladigan ta'riflar meros munosabatlarining yuzaga kelishini meros qoldiruvchining vafoti kabi yuridik fakt bilan bog'laydi. Ammo bir narsani unutmaslik lozimki, meros qoldiruvchining vafotidan ancha oldin vujudga keladigan va merosni merosxo'rlarga o'tkazadigan vasiyatnoma ham bor va yuqoridagi ta'riflar unchalik ham to'g'ri emas. Ya'ni meros munosabatlari meros qoldiruvchining o'limidan oldin ham vujudga kelishi mumkin. Misol uchun, ko'pgina davlatlar qonunchiligida vasiyatnoma yozma shaklda tuzilishi va guvoh yoki guvohlar ishtirokida guvohlantirilishi lozimligi belgilab qo'yilgan. Yoki bo'lmasam, O'zbekiston Fuqarolik kodeksida vasiyatnomalar notarius ishtirokida notarial tasdiqlanadi yoxud alohida hollarda notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar qo'llaniladi. Yopiq vasiyatnomalar ham notarius ishtirokida o'tkaziladi. Ushbu nuqtayi nazardan olib qaraganda vasiyatnomani tuzish ham yuridik fakt bo'lib, meros ochilgandan keyin uning mazmuniga ta'sir o'tkazadi. Shuningdek, meros huquqiy munosabatlari mutlaq xarakterga ham ega bo'lishi mumkin. Agarda vasiyatnoma mavjud bo'lmasa, meros qonun bo'yicha merosxo'rlarga o'tadi. Qonun bo'yicha merosxo'rlik masalasi ham har bir davlatda turlicha belgilangan. O'zbekiston qonunchiligiga binoan, agar meros qoldiruvchi o'limidan oldin o'z mol-mulkini vasiyat qilib qoldirmagan bo'lsa, undan qolgan meros mulklari qonun bo'yicha merosxo'rlariga o'tadi.

Shunday qilib meros huquqiy munosabatlar - bu meros huquqi qoidalariga asoslangan va meros qoldiruvchi, merosxo'rlar va boshqa shaxslar o'rtasida

2 Ben Boer and Graeme Wiffen, Heritage Law in Australia (Oxford University Press, Melbourne, 2006)

3 Derek Fincham. Assistant Professor, South Texas College of Law; PhD University of Aberden; JD Wake Forest.

4 Антимонов Б. С., Граве К. А. Советское наследственное право. М., 1995. С. 4650.

5 Корнеева И. Л. Наследственное право Российской Федерации: учеб. для магистров / И.Л. Корнеева. - 3-е изд., перераб и доп. - М.: Юрайт, 2012. - С. 17.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

vasiyatnomani tayyorlash, merosni ochish, merosni qabul qilish yoki rad etish bo'yicha vujudga keladigan huquqiy munosabatlar majmuasidir.6

Endi turli davlatlar qonunchiligini ko'rib chiqsak, dastavval Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik kodeksining 1119, 1121, 1123, 1125, 1134, 1137 moddalarida merosga oid qoidalar qayd qilingan bo'lib, ularga ko'ra meros qoldiruvchi:

1) mol-mulkni har qanday shaxsga vasiyat qilish;

2) merosxo'rlarning merosdagi ulushlarini belgilash;

3) merosxo'rni merosdan mahrum qilish;

4) vasiyatnomani bekor qilish yoki o'zgartirish;

5) vasiyatnoma sirini buzuvchidan tovon undirishni talab qilish;

6) asosiy merosxo'r merosni qabul qilib olmasidan vafot etgan yoki qabul qilmagan yoxud noloyiq merosxo'r deb e'tirof etilganda, ikkinchi merosxo'rni tayinlash;

7) bir yoki bir nechta merosxo'rlarga bir yoki bir nechta shaxslar foydasiga mulkiy xarakterdagi har qanday majburiyatni meros hisobidan yuklash;

8) merosxo'rga umumiy foydali maqsadga erishishga qaratilgan mulkiy yoki nomulkiy xarakterdagi har qanday majburiyatni vasiyatnoma asosida yuklash;

9) vasiyatnomani notarial tasdiqlashda guvohni talab qilish;

10) notariusdan vasiyatnomasini savodsizlik yoki jismoniy nuqsoni va boshqa kamchiliklari tufayli boshqa shaxs tomonidan imzolanishini so'rash;

11) vasiyatnomani bajarilishini ijrochiga topshirish kabi huquqlarga ega.

Shu bilan bir qatorda, merosxo'rning,

1) vasiyatnomani o'z qo'li bilan yozish;

2) favqulodda holatlardagi vasiyatnomani, shuningdek yopiq vasiyatnomani o'z qo'li bilan yozish va imzolash;

3) vasiyatnomani tuzish va ro'yxatdan o'tkazish xarajatlarini to'lash kabi majburiyatlari ham mavjud.

Rossiya Federatsiyasining merosga bag'ishlangan fuqarolik kodeksining qoidalari bilan solishtirganda, O'zbekiston qonunlari unchalik katta farqni vujudga keltirmaydi. Jumladan, O'zbekiston Fuqarolik kodeksida Rossiya qonunida bo'lgani kabi meros qoldiruvchi mol-mulkini har qanday shaxsga meros qilib qoldirishi, har qanday shaxsni merosdan mahrum qilishi, o'zi tuzgan vasiyatnomani o'zgartirishi yoki bekor qilishi, merosxo'rdan keyingi merosxo'rni tayinlashi, meros hisobidan merosxo'rlarga majburiyatlar yuklashi, vasiyatnomani nuqsonlari sababli shaxsan

6 Ленковская Рената Романовна, кандидат юридических наук, доцент кафедры, гражданско-правовых дисциплин

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

tuzish imkoniga ega bo'lmaganda boshqa shaxs tomonidan tuzilishi mumkin. Shu bilan birga ba'zi bir farqlar ham ko'zga tashlanadi. Masalan, O'zbekiston fuqarolik kodeksiga ko'ra, vasiyat qiluvchi merosning olinishi uchun merosxo'r xulq-atvorining xususiyatini qonuniy ravishda shart qilib qo'yishi mumkin. Bu shartli vasiyatnoma deb yuritiladi. Umumiy qilib olganda, O'zbekiston va Rossiya qonunchiligining merosga bag'ishlangan qoidalari bir-biriga o'xshash.

AQSh qonunchiligi esa meros masalasiga yuqoridagi davlatlardan boshqacha yondashadi. AQShda har bir shtatlarning alohida qonunlari mavjud bo'lib, bir masala yuzasidan turli xil qoidalar kelib chiqadi. Lekin, aslini olganda, AQSh qonunchiligiga ko'ra vasiyat qiluvchilar bir qator rasmiyatchiliklardan xalos etilishgan. Misol uchun, hali ham ba'zi shtatlarda vasiyatnomani notarial tasdiqlash talablari mavjud bo'lsada, ko'plab shtatlarda bir vaqtning o'zida guvohlik berish va notarial tasdiqlash talablari bekor qilingan. Shuningdek, ko'pgina shtatlarda tirik qolgan turmush o'rtoqlarga katta majburiy ulush beriladi. Biroq, Amerika huquqiy an'analarida tirik qolgan bola majburiy ulush olish huquqiga ega emas.7 Shu tariqa, Amerika huquqiy tizimi vafot etgan shaxsning farzandlaridan ko'ra turmush o'rtog'i haqida ko'proq qayg'uradi. Umumiy olib qaraganda, Amerika huquq tizimi juda kengdir. Shu sababli ham meros munosabatlari ko'proq ishonchga va amaliyotga asoslanadi.

Xalqaro doirada meros munosabatlarini to'liq bo'lmasa ham asosiy qoidalarini belgilab beruvchi hujjat yo'q. Ko'rib chiqilgan holatlardan ko'rinib turibdiki, meros masalasida har bir davlat o'z milliy qonunchiligiga asoslanadi. Shu tufayli ham bu borada davlatlarning qonunchiligi bir-biridan jiddiy farq qilishi mumkin.

II VASIYATNOMA BO'YICHA VORISLIKNING KOLLIZION

MASALALARI

Vasiyatnoma sifatida shaxsning ( vasiyat qoldiruvchining ) o'limidan keyin o'z merosiga nima bo'lishi to'g'risida o'z niyatini bildirgan va muayyan qonuniy rasmiyatchiliklarga muvofiq rasmiylashtirilgan yuridik hujjat8 tushuniladi. Aytish mumkinki, vasiyatnoma bo'yicha vorislik qonun bo'yicha vorislikka qaraganda aniqroq va tartibga solish birmuncha oson hisoblanadi. Albatta, bu masalada davlatlarning qonunchiligi bir xilda emas. Masalan, O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha vasiyatnoma yozma shaklda tuzilishi va notarius tomonidan tasdiqlanishi lozim. Buyuk Britaniya qonunchiligiga ko'ra esa faqatgina yozma shaklni bo'li shi yetarli.

7Paul B. Miller. Professor, Associate Dean for International and Graduate Programs, and Director of the Notre Dame Program on Private Law, Notre Dame Law School

8 https://uk.practicallaw.thomsonreuters.com/4-382-6317?transitionType=Default&contextData=(sc.Default)&firstPage=true

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

Xalqaro doirada vasiyatnoma shakliga oid 1961-yilgi "Vasiyatnoma shakliga oid qonunlarning ziddiyatlari to'g'risida"gi Konvensiya qoidalariga ko'ra, davlatlar chet elda tuzilgan vasiyatnomalarni, agar uning shakli ichki qonunlarga muvofiq bo' lsa, shaklga amal qilinmaganini ro'kach qilib, uni bekor qilishga haqli emas. Shuningdek, vasiyat qiluvchi vasiyatnomani tuzayotganda turar joyiga yoki fuqaroligiga qarab qaysi qonunchilikni tanlashni ham hal etishi mumkin. 1961-yilgi konvensiyaga tayanib, misollar yordamida vasiyat qiluvchining qonunchilikni tanlash huquqini ko'rib chiqish mumkin. Misol uchun, vasiyat qiluvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, lekin uch yildan beri Rossiya Federatsiyasida doimiy asosda yashab kelmoqda. Bunday holda, vasiyat qiluvchi o'zining fuqaroligi mansub bo'lgan O'zbekiston Respublikasi huquqini tanlamasa, u tomonidan tuzilgan vasiyatnoma uning doimiy turar-joyi hisoblangan Rossiya Federatsiyasi qonunlari bilan tartibga solinadi. Konvensiya qoidalari bu tanlovni ko'char mulklar uchun vorislik masalalariga taqdim etadi. Ko'chmas mulkka vorislik masalasi u turgan joydagi mamlakat qonuni bilan tartibga solinadi. Lekin hamma davlatlar ham o'z qonunchiligida bunday qoidalarni o'rnatmagan. Misol uchun, Buyuk Britaniya, Amerika Qo'shma Shtatlari va Fransiya kabi davlatlarda ko'char va ko'chmas mulkka oid qonunlar o'rtasida farqlar bor. Germaniyada esa ko'char va ko'chmas mulklarga nisbatan amalda bir xil qoidalar belgilab qo'yilgan. Ushbu davlatda ikkala mulk turi uchun ham vasiyat qiluvchining fuqaroligi qonuni tatbiq etiladi. Xuddi shunday qoidalar, Vengriya, Polsha va boshqa davlatlar qonunchiligida ham aks etgan. 9

Shu bilan bir qatorda, 1961-yilgi konvensiyaning ishtirokchisi hisoblanuvchi davlat o'zga davlatlar fuqaroligiga ega bo'lmagan o'z fuqarolarining og'zaki vasiyatnomalarini tan olmaslik huquqini amalga oshirishi mumkin. Shundoq ham, ko'pgina davlatlar qonunchiligi vasiyatnomalarning yozma shaklda bo'lishini talab qiladi. Masalan, O'zbekiston Fuqarolik kodeksining 1124-moddasida va Fransiya Fuqarolik kodeksida vasiyatnomalar yozma ravishda tuzilishi lozimligi belgilangan.

Umuman olganda, merosga oid konvensiyalar vasiyatnomalarning shakliga doir talablarni belgilash bilangina cheklangan. Vasiyatnoma bo'yicha meros qoldirish tartibi qanday, kimlar vorislik huquqidan foydalana olishi, kimlar bu huquqdan mahrum qilinishi davlatlarning o'z qonunchiligi bilan belgilanadi.

Meros munosabatlari bir davlat hududida bo'lsa hech qanday qiyinchilik yuzaga kelmaydi. Ammo, vasiyat qoldiruvchi chet mamlakatda bo'la turib, vasiyat qoldirgan va o'sha yerda vafot etgan bo'lsa, uning merosxo'rlari esa o'zining vatanida bo'lsa

9 Международное частное право (Действующие правовые акты). М. Институт международного права и экономики. - Издательство "Триада, Лтд". - 1997. - Б. 45-46.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

yoki vasiyat bo'lib qoluvchi mulk meros qoldiruvchining o'z mamlakatida bo'lsayu, uning qarindoshlari va boshqa merosxo'rlari chet elda bo'lsa, bunday meros munosabatlarini tartibga solish bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. O'z navbatida, chet el subyekti aralashgan munosabatlarni tartibga solish uchun kollizion normalardan foydalanishga to'g'ri keladi.

Merosni vasiyat qilib qoldirishda vasiyat qiluvchining irodasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi misolga o'xshash ravishda, O'zbekiston fuqarosi o'ziga tegishli ko'char mulklarni (mashina, qimmatbaho materiallar, portretlar va hokazo) meros qilib qoldirishga qaror qildi. Bu shaxs Rossiya hududida doimiy turar-joyga ega bo'lgan holda istiqomat qiladi. O'zbekiston qonunchiligi vasiyat qiluvchiga oxirgi yashash joyining qonunchiligini tanlash imkoniyatini taqdim etadi. Bunday holda fuqaro Rossiya qonunchiligini tanlash imkoniyatiga ega. Agar tanlovi Rossiya qonunchiligi bo'lsa, aynan ushbu davlat qonunlariga binoan meros merosxo'rlarga o'tadi. Albatta bundan ko'chmas mulklar va O'zbekiston davlat reyestriga kiritilgan mol-mulklar mustasno. Ko'chmas mulk qayerda joylashgan bo'lsa, o'sha yerning qonunchiligi qo'llaniladi. Reyestrga kiritilgan mol-mulkka faqat O'zbekiton qonunchiligi tatbiq etiladi. Germaniya fuqarolik hujjatlari esa boshqacha qoidalarni belgilaydi. Ushbu davlatda fuqaro qayerda bo'lishidan va mulk qayerda joylashganligidan qat'i nazar shaxsning fuqarolik qonunchiligi qo'llaniladi. Tabiiyki, O'zbekistonga o'xshagan davlat fuqarolari bilan Germaniya fuqarolari o'rtasida meros munosabatlari paydo bo'ladigan bo'lsa, murakkab muammolar paydo bo'ladi. Misol tariqasida, agar Germaniya fuqarosi O'zbekiston hududida ko'chmas mol-mulkka egalik qiladi va ushbu mol-mulkni vasiyatnoma asosida Germaniyadagi qarindoshlariga qoldirmoqchi. Vasiyatnomaga nisbatan Germaniya qonunchiligini qo'llashni xohladi. Lekin O'zbekiston qonunchiligiga binoan ko'chmas mulk qayerda joylashgan bo'lsa, o'sha yerning qonunlari qo'llanilishi kerak. Ammo boshqa tomondan, Germaniya qonunchiligi meros munosabatlarida har qanday mulkka nisbatan shaxsning fuqaroligiga e'tibor qaratadi. Bunday vaziyatda, tabiiyki ikki davlat o'rtasida qaysi tomonning qonun normalarini qo'llash masalasida qarama-qarshilik kelib chiqadi. Bu holat uchun ikki davlat o'rtasida kelishuv bitimi tuzish eng yaxshi yechim bo'lishi mumkin. Chunki meros munosabatlari uchun universal hujjat ishlab chiqish amalda imkonsiz. Sababi, barcha mamlakatlar o'z manfaatlari, qadriyatlari, madaniyatlari, urf-odat va an'analari bilan bir-biridan farq qilishadi. Ayniqsa, sharq mamlakatlari bilan g'arbning yashash va turmush tarzi bir-biridan jiddiy farq qiladi. Shu sababli, universal hujjat ishlab chiqishdan ko'ra, mintaqaviy yoki davlatlar o'rtasidagi ikki tomonlama kelishuvlar ishlab chiqish anchayin samarali hisoblanadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

III EGASIZ QOLGAN MOL-MULKKA NISBATAN VORISLIK

Egasiz qolgan mol-mulk (inglizcha. heirless property) - fuqarolik huquqida mulkdor ega bo'lmagan mulk (masalan, mulkdor o'z xohishi bilan mulkdan voz kechishi, yoki mulkdor ma'lum emas va hokazo).10

Meros munosabatlarida meros qoldiruvchining qonuniy merosxo'rlari bo'lmasa, vasiyatnoma tuzilmagan bo'lsa yoki vasiyatnoma haqiqiy emas deb topilgan bo'lsa, ya'ni meros qoldiruvchining merosxo'rlari yo'q bo'lsa, meros mulki tegishincha egasiz deb topiladi.

O'zbekiston qonunchiligida bu masala Fuqarolik kodeksining 1157-moddasi bilan hal etilgan. Ushbu moddaga binoan, meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari arizasi bo'yicha meros ochilgan kundan uch yil o'tganidan so'ngina sud tomonidan egasiz deb topilishi mumkin. Agar uni qo'riqlash va boshqarish bilan bog'liq xarajatlar mulk qiymatidan oshib ketsa, muddatidan oldin ham egasiz deb topilishi mumkin.

Bu masala yuzasidan ham davlatlarning qonunchiligi turlicha hisoblanadi. Masalan, O'zbekiston qonunchiligiga asosan egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga o'tadi, agar bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda davlat mulkiga o'tadi. Ko'rish mumkinki, bu yerda egasiz mulk dastlab fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organiga o'tadi. Qachonki ushbu organ mol-mulkdan voz kechgan holatdagina davlatga o'tadi. Lekin, AQSh, Fransiya Avstriya kabi davlatlar qonunchiligi bu vaziyatga boshqacha yondashadi. Ushbu davlatlarda, mulk egasiz hisoblanishi tufayli davlat mulkni "okkupatsiya" huquqi asosida o'zlashtiradi - bu yerda mulk barcha holatlarda fuqaro vafot etgan mamlakatning mulki bo'lib qoladi.11 Ya'ni bu huquq ko'char va ko'chmas molmulklar uchun birdek qo'llaniladi.

Bu masala ham davlatlar tomonidan turlicha hal qilingan. Agarda, ikki huquqiy tizimga ega mamlakatlar o'rtasida ushbu masala yuzasidan nizo chiqqudek bo'lsa, vaziyatga yechim topish juda qiyinlashadi. Shu sababdan mol-mulkni egasiz deb topish masalalari bo'yicha ham ikki taraflama kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday turdagi holatlarni Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo mamlakatlar 1993-yil "Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to'g'risida"gi Minsk konvensiyasi asosida kelishib olganlar. Unga ko'ra, ko'chmas mulk bilan bog'liq masalalar u joylashgan joy qonuni bilan tartibga

10 Xalqaro xususiy huquq: Darslik. / Mualliflar jamoasi // y.f.d., dots. I.Rustambekov umumiy tahriri ostida. T.: TDYU, 2019. - 354 bet.

11 Xalqaro xususiy huquq: Darslik. / Mualliflar jamoasi // y.f.d., dots. I.Rustambekov umumiy tahriri ostida. T. : TDYU, 2019. - 354 bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

solinadi. Ko'char mulklar bilan bog'liq masalalar esa meros qoldiruvchining fuqaroligi bilan belgilanadi. Mol-mulkni egasiz deb topish ham asoslari ham agarda mulk ko'chmas bo'lsa, joylashgan joyi bo'yicha, ko'char bo'lsa shaxsning fuqaroligiga qarab belgilanadi.

Albatta, bu turdagi konvensiyalarni ahamiyati katta hisoblanadi. Zero, merosga oid universal hujjat ishlab chiqish imkoniyatlari juda minimal bo'lganda, bu turdagi konvensiyalar yoki boshqa turdagi xalaro hujjatlar davlatlarning qonun normalari turlicha bo'lganda yoki ziddiyatlar kelib chiqqanda, vaziyatlarni to'g'ri hal qilish, davlatlar o'rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqishini oldini olishda katta rol o'ynaydi.

Ushbu maqolada meros tushunchasiga turli mutaxassislar tomonidan berilgan turli ta'riflar, merosning qonun va vasiyatnoma bo'yicha o'tishi, bugungi kunda xalqaro doirada meros munosabatlarining ahvoli qay darajada ekanligi turli davlatlar qonunchiligidan misollar keltirgan holda ko'rib chiqildi. To'plangan ma'lumotlar, fikrlarga tayanib, hozirgi davrda meros munosabatlarini tartibga soluvchi universal hujjat ishlab chiqish juda murakkab va amalda samarasiz oqibatlarga olib kelishi mumkin degan xulosaga kelindi. Sabab sifatida esa dunyo miqyosida davlatlar turli xil huquqiy tizim ostida yashashlari, fuqarolarining turmush tarzi bir-birinikidan jiddiy farq qilishi, har bir davlatning madaniyati, urf-odat, an'analari bo'yicha bir-biridan jiddiy farqlanishi keltirib o'tildi. Ya'ni, universal hujjat ishlab chiqilgudek bo'lgan taqdirda ham bir davlat uchun to'g'ri kelishi mumkin bo'lgan qoidalari boshqa davlatlar milliy qonunchiligiga umuman to'g'ri kelmasligi mumkin. Oqibatda ishlab chiqilgan hujjat yetarlicha a'zolar yig'a olmasligi ehtimoli katta. Shu sababdan, davlatlar o'rtasida meros munosabatlarini tartibga solish uchun mintaqaviy miqyosda yoki ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar tuzish eng samarali yo'l degan xulosaga kelindi. Bunda albatta, davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, diniy, madaniy va boshqa tomonlardan bir-biriga yaqinligi, o'xshashligi yoki manfaatlarining siyosiy mushtarakligi e'tiborga olinishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Xalqaro xususiy huquq: Darslik. / Mualliflar jamoasi // y.f.d., dots.

1.Rustambekov umumiy tahriri ostida. T.: TDYU, 2019. - 354 bet.

2. Международное частное право (Действующие правовые акты). М. Институт международного права и экономики. - Издательство "Триада, Лтд". -1997. - Б. 45-46.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

3. Богуславский М.М. Международное частное право., Учебник 3-й изд. перераб. и. доп. - М.: Юристь 2000.

4. Ben Boer and Graeme Wiffen, Heritage Law in Australia (Oxford University Press, Melbourne, 2006).

5. Derek Fincham. Assistant Professor, South Texas College of Law; PhD University of Aberden;

6. Антимонов Б. С., Граве К. А. Советское наследственное право. М., 1995. С.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Корнеева И. Л. Наследственное право Российской Федерации: учеб. для магистров / И.Л. Корнеева. - 3-е изд., перераб и доп. - М.: Юрайт, 2012. - С. 17.

8. Ленковская Рената Романовна, кандидат юридических наук, доцент кафедры, гражданско-правовых дисциплин

9. Paul B. Miller. Professor, Associate Dean for International and Graduate Programs, and Director of the Notre Dame Program on Private Law, Notre Dame Law School

10. https://uk.practicallaw.thomsonreuters.com/4-382-6317?transitionType=Default&contextData=(sc,Default)&flrstPage=true

4650.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.