Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI BO‘YICHA MEROSNI EGALLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI BO‘YICHA MEROSNI EGALLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
959
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vorislik / meros / merosni egallash / merosxo‘r / mol-mulk / huquq / majburiyat / vasiyatnoma / meros guvohnomasi / inheritance / occupying inheritance / heir / property / rights / obligations / will / certificate of inheritance

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Shodmonova, Moxira

Mulkdorning mulkiy huquqlari orasida tasarruf etish huquqi markaziy o‘rinni egallaydi va mazkur huquq mulkdorning o‘z vafotidan keyin unga tegishli bo‘lgan mol-mulkning yuridik taqdirini belgilashni ham o‘z ichiga oladi. Bunday tasarruf etish vasiyatnoma asosida amalga oshiriladi. Biroq vasiyatnoma qoldirish majburiyat emas balki, sub’ektiv huquq bo‘lib, bu huquqni mulkdor amalga oshirmasligi ham mumkin. Bunday hollarda esa vorislikning ikkinchi asosi, ya’ni qonun bo‘yicha vorislik vujudga keladi va vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari meros tariqasida unga tegishli mol-mulkning mulkdori bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda fuqarolarning mol-mulki ob’ektlari doirasi kengayib borayotganligi, mulkiy huquqlarning turli xil ko‘rinishlari (aksiyalarga va devidendlarga bo‘lgan huquq, bankdagi omonatlarga bo‘lgan huquq, intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mutlaq huquqlar, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlaridagi ulushlarga bo‘lgan huquq va shu kabilar) vujudga kelayotganligi hamda xususiy mulkning miqdor va qiymat bo‘yicha cheklanmasligi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (keyinchalik matnda FK deb yuritiladi) 207-moddasining ikkinchi qismi), qonun bo‘yicha vorislik o‘tishining yangi shakllari (meros transmissiyasi)ning vujudga kelayotganligi qonun bo‘yicha vorislik institutini, unga oid huquq normalarining amaliyotda tatbiq etilishi holatini chuqur o‘rganish hamda bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF IMPROVING THE OCCUPATION OF INHERITANCE UNDER THE LEGISLATION OF UZBEKISTAN

Among the property rights of the owner, the right of disposal occupies a central place, and this right also includes the determination of the legal fate of the property belonging to the owner after his death. Such disposal is made on the basis of a will. However, leaving a will is not an obligation, but a subjective right, and this right may not be exercised by the owner. In such cases, the second basis of the inheritance, that is, the inheritance under the law, is created, and the close relatives of the deceased will be able to inherit the property belonging to him. Today, considering into account the fact that the range of objects of property of citizens is expanding, different forms of property rights (the right to shares and dividends, the right to bank deposits, the exclusive rights to intellectual property, the right to shares in companies and corporations, etc.) are appearing and the private property is not limited in quantity and value (The second part of Article 207 of the Civil Code of the Republic of Uzbekistan), the emergence of new forms of succession under the law (inheritance transmission) it necessitates an in-depth study of the institution of succession under the law, the state of its application in law and the improvement of legislation in this area.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI BO‘YICHA MEROSNI EGALLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

O'ZBEKISTON QONUNCHILIGI BO'YICHA MEROSNI EGALLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Moxira Shodmonova

TDYU magistranti

ANNOTATSIYA

Mulkdorning mulkiy huquqlari orasida tasarruf etish huquqi markaziy o 'rinni egallaydi va mazkur huquq mulkdorning o 'z vafotidan keyin unga tegishli bo 'lgan mol-mulkning yuridik taqdirini belgilashni ham o 'z ichiga oladi. Bunday tasarruf etish vasiyatnoma asosida amalga oshiriladi. Biroq vasiyatnoma qoldirish majburiyat emas balki, sub 'ektiv huquq bo 'lib, bu huquqni mulkdor amalga oshirmasligi ham mumkin. Bunday hollarda esa vorislikning ikkinchi asosi, ya'ni qonun bo 'yicha vorislik vujudga keladi va vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari meros tariqasida unga tegishli mol-mulkning mulkdori bo 'lishlari mumkin bo 'ladi.

Bugungi kunda fuqarolarning mol-mulki ob 'ektlari doirasi kengayib borayotganligi, mulkiy huquqlarning turli xil ko'rinishlari (aksiyalarga va devidendlarga bo'lgan huquq, bankdagi omonatlarga bo'lgan huquq, intellektual mulk ob 'ektlariga nisbatan mutlaq huquqlar, xo 'jalik jamiyatlari va shirkatlaridagi ulushlarga bo'lgan huquq va shu kabilar) vujudga kelayotganligi hamda xususiy mulkning miqdor va qiymat bo'yicha cheklanmasligi (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (keyinchalik matnda - FK deb yuritiladi) 207-moddasining ikkinchi qismi), qonun bo 'yicha vorislik o 'tishining yangi shakllari (meros transmissiyasi)ning vujudga kelayotganligi qonun bo 'yicha vorislik institutini, unga oid huquq normalarining amaliyotda tatbiq etilishi holatini chuqur o 'rganish hamda bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Kalit so'zlar: vorislik, meros, merosni egallash, merosxo'r, mol-mulk, huquq, majburiyat, vasiyatnoma, meros guvohnomasi

ISSUES OF IMPROVING THE OCCUPATION OF INHERITANCE UNDER THE LEGISLATION OF UZBEKISTAN

Mokhira Shodmonova

Master of TSUL

ABSTRACT

Among the property rights of the owner, the right of disposal occupies a central place, and this right also includes the determination of the legal fate of the property belonging to the owner after his death. Such disposal is made on the basis of a will.

883

Scientific Journal Impact Factor

R

However, leaving a will is not an obligation, but a subjective right, and this right may not be exercised by the owner. In such cases, the second basis of the inheritance, that is, the inheritance under the law, is created, and the close relatives of the deceased will be able to inherit the property belonging to him.

Today, considering into account the fact that the range of objects of property of citizens is expanding, different forms of property rights (the right to shares and dividends, the right to bank deposits, the exclusive rights to intellectual property, the right to shares in companies and corporations, etc.) are appearing and the private property is not limited in quantity and value (The second part of Article 207 of the Civil Code of the Republic of Uzbekistan), the emergence of new forms of succession under the law (inheritance transmission) it necessitates an in-depth study of the institution of succession under the law, the state of its application in law and the improvement of legislation in this area.

Keywords: inheritance, occupying inheritance, heir, property, rights, obligations, will, certificate of inheritance

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЗАНЯТИЯ НАСЛЕДСТВОМ ПО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВУ УЗБЕКИСТАНА

Мохира Шодмонова

Магистр Ташкентского государственного юридического университета

АННОТАЦИЯ

Среди имущественных прав собственника право распоряжения занимает центральное место, и к этому праву относится также определение юридической судьбы имущества, принадлежащего собственнику, после его смерти. Такое распоряжение производится на основании завещания. Однако оставление завещания является не обязанностью, а субъективным правом, и это право не может быть реализовано собственником. В таких случаях создается второе основание наследования, то есть наследование по закону, и близкие родственники умершего смогут наследовать принадлежащее ему имущество.

Сегодня, с учетом того, что круг объектов собственности граждан расширяется, различные формы вещных прав (право на акции и дивиденды, право на банковские вклады, исключительные права на интеллектуальную собственность, право на акции в общества и корпорации и др.) и неограниченная по количеству и стоимости частная собственность (часть вторая статьи 207 ГК РУз), появление новых форм правопреемства по закону

(наследственное передача) обусловливает необходимость углубленного изучения института правопреемства по закону, состояния его правоприменения и совершенствования законодательства в этой области.

Ключевые слова: наследование, занятие наследства, наследник, имущество, права, обязанности, завещание, свидетельство о праве на наследство.

KIRISH

Meros tushunchasi doktrinal tus kasb etadi, chunki bir qator mamlakatlar qonunchiligida, shu jumladan milliy qonunchilikda ham unga sinonim bo'lgan "meros" tushunchasi qo'llaniladi. Biroq qonun chiqaruvchi ko'rsatib o'tilgan tushunchani ifodalashda boshqa atamalar, xususan: "meros mol-mulki" (FKning 1157-moddasi), "mol-mulk" (FKning 1114, 1120-moddalari), "meros tarkibiga kiradigan mol-mulk" (FKning 1153-moddasi)dan foydalanishini ham hisobga olish lozim.

Bunda atamashunoslikdagi "xilma-xillik"da ularning bir-biridan aniq farqlarini belgilash va tadqiq etilayotgan institutning terminlari aniqlab olish lozimki, shu sababli sivilistikadagi alohida kategoriya sifatida "meros" atamasining huquqiy mohiyati va mazmunini aniqlashga e'tibor qaratamiz.

Xususan, A.P.Sergeyev va Y.K.Tolstoylar tomonidan bu atamaga nisbatan umumiy ta'rif beriladi va ularning fikricha "meros deganda meros qoldiruvchining vafotidan keyin uning merosxo'rlariga huquqiy vorislik tartibida o'tadigan narsalar tushuniladi"1.

Ushbu atama E.B.Eydinova tomonidan kengroq yoritiladi: "meros tarkibi -meros qoldiruvchiga qonuniy asoslarga ko'ra tegishli bo'lgan va uning vafotidan keyin vorislik huquqi asosida merosxo'rlarga o'tadigan meros qoldiruvchining mulkiy va ayrim shaxsiy nomulkiy huquqlari va majburiyatlaridir"2.

N.S.Kirillova meros aktivlar va passivlardan iborat bo'ladi, degan xulosaga keladi. "Aktiv - merosxo'r "toza ko'rinishda", ya'ni qandaydir cheklashlardan xoli holda oladigan meros ochilishi vaqtida meros qoldiruvchiga tegishli bo'lgan mol-mulk, mulkiy huquqlar yig'inidisi; Passiv - meros qoldiruvchining qarzlari. Merosning cheklashlari sifatida muallif vasiyat majburiyatidagi majburiyat va meros tartibida o'tgan mol-mulkdan soliq to'lovlari, meros qoldiruvchining vafotidan oldingi kasalligida qilingan xarajatlar, uning dafn etilishi bilan bog'liq xarajatlarni

1 Гражданское право / Под ред. А. П. Сергеева, Ю. К. Толстого. - Т. 3. - М.: Статут, 1999. - С. 527.

2 См. подробнее: Эйдинова Э.Б. Наследование по закону и завещанию. - М.: Юридическая литература, 1984.

885

kiritadi"3.

Darhaqiqat, meros nafaqat aktiv (huquq)lardan, balki passiv element (majburiyat)lardan ham, boshqacha aytganda, qarzlardan tashkil topadi. Ilgari sivilistikada qarzlar, ayrim mualliflarning fikricha, meros hajmi tarkibiga kirmagan4.

Meros tarkibiga faqat meros qoldiruvchi hayotligida unga tegishli bo'lgan huquq va majburiyatlar kirishi mumkin. Agar huquq va majburiyatlar meros qoldiruvchi vafotidan keyin yuzaga kelsa, bu holda huquqiy vorislik haqida so'z yuritib bo'lmaydi, binobarin bunday huquq va majburiyatlar merosxo'rda vujudga keladi, aksincha vorislik bo'yicha o'tmaydi. Boshqacha aytganda, bu o'rinda mers qoldiruvchining vafotidan tashqari, qonunda belgilangan boshqa yuridik faktlar ham mavjud bo'lishi lozim.

FKning 1118-moddasiga ko'ra, meros ochilgan paytda hayot bo'lgan fuqarolar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo'lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug'ilgan bolalari vasiyat va qonun bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkin.

Meros ochilgan paytda tuzilib bo'lgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ham vasiyat bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qonun bo'yicha yoki vasiyat bo'yicha voris meros ochilganidan keyin vafot etsa va uni olti oylik muddat ichida qabul qilishga ulgurmasa, uning ulushini qabul qilish huquqi uning qonun bo'yicha yoki vasiyat bo'yicha, agar u mavjud bo'lsa, vorislariga o'tadi. Vorislikning bunday tartibini qonun vorislikning o'tishi deb ataydi (FKning 1140-1-moddasi). Vorislar vorislikning o'tishi tartibida merosni vorisning o'limidan keyin qolgan merosni qabul qilish uchun belgilangan muddat mobaynida qabul qilib olishlari kerak. Masalan, K. 2018 yilda shimolda uzoq muddat xizmat safarida bo'ldi. Shu 5 dekabrda u uyiga qaytib keldi va 2018 yil 1 martda bobosi vafot etib, uning mol-mulkiga qonun bo'yicha otasi voris bo'lganligini bildi. Biroq, merosga egalikka kirishmagan K.ning otasi ham 2018 yil 12 iyulda vafot etdi va butun mol-mulkini o'g'liga vasiyat qilib qoldirdi. Otadan qolgan merosga voris bo'lish muddati K. uchun 2018 yil 12 oktyabrda tugagan, biroq uzoq muddatli xizmat safarini sud uch oylik muddat o'tkazib yuborilishida uzrli sabab deb topib, K.ning vorislikka kirishish

3 Кириллова Н. С. Наследственное правоотношение: Автореф.канд.юрид.наук. - М.2002. - С.18.

4 Серебровский В.И. Избранные труды по наследственному и страховому праву // http://civil.consultant.rU/elib/books/9/page_1.html

muddatini uzaytirish mumkin bo'ladi. Agar voris amalda merosni qabul qilgan, biroq o'z huquqlarini notarial tarzda rasmiylashtirmasdan vafot etgan bo'lsa, vorislikning o'tishi yuz bermaydi, uning vorislari esa umumiy asosda voris bo'ladilar, ya'ni mol -mulk sobiq meros qoldiruvchiga emas, balki uning o'ziga tegishli deb hisoblanadi.

Agar fuqaroda voris merosdan voz kechgan taqdirda yoki nomunosib voris merosdan chetlatilgan taqdirda vorislik huquqi yuzaga kelsa, bunday fuqarolar ularda vorislik huquqi yuzaga kelgan kundan boshlab 6 oy mobaynida merosni qabul qilishlari mumkin.

Merosxo'r o'ziga tegishi lozim bo'lgan merosni yoki uning bir qismini (ulushini) olish huquqiga, agar u keyinchalik merosdan voz kechmasa, vorislik huquqidan mahrum etilmasa va uni merosxo'r etib tayinlash to'g'risidagi vasiyat farmoyishi haqiqiy emas deb topilishi natijasida meros olish huquqini yo'qotmasa, meros ochilgan vaqtdan e'tiboran ega bo'ladi.

Merosni qabul qilib olish merosxo'rning iltimosiga ko'ra unga meros ochilishi joyidagi notarius tomonidan beriladigan vorislik to'g'risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

Merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e'tiboran 6 oy o'tganidan keyin beriladi. Qonun bo'yicha meros olinganida ham, vasiyatnoma bo'yicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni so'rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo'rlar yo'qligi to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lsa, guvohnoma yuqorida ko'rsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo'llanilishi to'g'risida" 2011 yil 20 iyuldagi 05-son qarorining 18-bandida merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnoma, vorislik vasiyat yoki qonun bo'yicha ekanligidan qat'i nazar, meros ochilgan kundan boshlab olti oy o'tgandan so'ng meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilishi, FK 1146-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnoligi, merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnomani olish merosxo'rning majburiyati emas, balki huquqi bo'lganligi sababli, qonunda merosxo'r bunday guvohnoma berish to'g'risida ariza bilan murojaat qilishi shart bo'lgan muddat belgilanmaganligi sudlarga tushuntirilgan5.

Notariusning merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnoma berishni rad etishi ustidan merosxo'r tomonidan sudga shikoyat berilishi mumkin bo'lib, u

5 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH O^hh cygn n^eHyMHHHHr "Cyg^ap TOMOHngaH Mepoc xy^y^nra ong KOHyHHHOTKHHHr Ky^aHH^HmH TyrpncHga" 2011 hh^ 20 HM^garn 05-coH ^apopn // https://lex.uz/docs/2414320

887

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 28-bobi qoidalariga binoan ko'rib chiqiladi.

Agar notarius tomonidan rad etilishi boshqa shaxsga merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnoma berilganligi yoki meros mulki FKning 1157-moddasiga asosan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari yoki davlatga o'tkazilganligi bilan bog'liq bo'lsa, ariza da'vo ishi yuritish tartibida ko'riladi6.

Merosni qabul qilish uchun muddat O'zbekiston qonun hujjatlari bilan belgilanmagan. Ya'ni voris istalgan vaqtda notariusga unga vorislik to'g'risidagi guvohnoma berish talabi bilan, agar u shunday huquqqa ega bo'lsa, murojaat qilishi mumkin.

Darvoqe, ba'zi xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi merosni qabul qilish uchun muayyan muddatni nazarda tutadi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Grajdanlik kodeksining7 1154-moddasiga muvofiq bunday muddat 6 oy deb belgilangan. Agar voris notariusga ushbu muddat mobaynida murojaat qilmasa, u vorislik huquqini yo'qotadi, bundan muddatni sud uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan deb topganligi mustasnodir.

Merosni olish (qonun bo'yicha yoki vasiyat bo'yicha) uchun voris uni qabul qilishi, ya'ni vorislik mol-mulki meros qoldiruvchidan unga o'tishi to'g'risidagi xohish-irodasi va merosni olishga doir o'z niyatini izhor etishi kerak. Bunda voris meros qoldiruvchiga hayotligida tegishli bo'lgan mulkiy huquqlar va majburiyatlarda uning o'rnini bosadi. Shuni ta'kidlash lozimki, kishini merosni qabul q ilib olishga majburlab bo'lmaydi, vorisning o'zi uni qabul qilish yoki rad etishga bo'lgan o'z xohish-irodasini izhor etishi kerak.

Qonun merosni qandaydir shartlar yoki ta'kidlashlar bilan qabul qilib olishga yo'l qo'ymaydi, masalan, vorisda qabul qilayotgan meros uchun soliq to'lashga pul bo'lgandagina merosni qabul qilib olish mumkin emas. Agar merosni qabul qilib olish to'g'risidagi arizada biror-bir shartlar yoki ta'kidlashlar mavjud bo'lsa, u haqiqiy emas (o'z-o'zidan haqiqiy emas) deb baholanadi, shu sababli uni taqdim etish merosni olishga olib kelmaydi, ushbu arizaga asosan berilgan merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnoma esa kuchga ega bo'lmaydi.

Agar vorislar bir nechta bo'lsa, ularning har biri merosning o'ziga tegishli ulushini qabul qilganligi to'g'risida e'lon qilishi kerak. Agar uni bir voris qabul qilgan bo'lsa, bu narsa boshqa vorislar tomonidan meros o'z-o'zidan qabul qilib olinishiga olib kelmaydi.

6 Узбекистан Республикасининг Фукаролик кодекси // https://lex.uz/docs/180552

7 Гражданский кодекс Российской Федерации // http://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_34154

888

Voris merosni haqiqatda qabul qilib olganligidan dalolat beruvchi, xususan, quyidagi harakatlar sodir etganligi e'tirof etiladi:

- vorislik mol-mulkiga egalik qilish yoki uni boshqarishga kirishish (masalan, meros qoldiruvchining kvartirasida amalda yashaganlik);

- vorislik mol-mulkini but saqlash, uni boshqa shaxslarning tajovuzlari yoki da'volaridan himoya qilish choralarini ko'rish (masalan, meros qoldiruvchining avtomashinasiga signalizatsiya o'rnatish);

- vorislik mol-mulkini saqlash xarajatlarini o'z hisobidan amalga oshirish (masalan, kommunal xizmatlar haqini to'lash);

- meros qoldiruvchining qarzlarini o'z hisobidan to'lash yoki uchinchi shaxslardan meros qoldiruvchiga tegishli pul mablag'larining olinishi (masalan, meros qoldiruvchiga hayotligida to'lanmagan ish haqining).

Bunday harakatlarning ro'yxati meros qabul qilib olinganligini tasdiqlaydigan har qanday boshqa amaldagi qonuniy harakatlar bilan to'ldirilishi mumkin.

Qonunda nazarda tutilgan, merosni amaldagi harakatlar bilan qabul qilish usuli keyinchalik vorisning notarial idoraga merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma berish yuzasidan ariza bilan murojaat qilishini istisno etmaydi. Vorisda merosni qabul qilishda notarial idora uchun yetarli isbot-dalillar bo'lmaganda merosni qabul qilish uchun yuridik ahamiyatga ega bo'lgan dalillar sud tartibida belgilanishi mumkin.

Agar haqiqatda merosni qabul qilib olgan voris unga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnomani rasmiylashtirmagan bo'lsa, bu hol uning bunday huquqdan mahrum etilishini bildirmaydi. "Ochiq ulush" (voris meros qoldiruvchi bilan uning vafot etishigacha birga yashagan va vorislik huquqlarini rasmiylashtirmagan holat) voris yoki vorislar uning vafotidan keyin merosga oid huquqni rasmiylashtirishga qaror qilishlariga qadar mavjud bo'lishi mumkin. Merosni rasmiylashtirishning vaqt doiralarini mazkur hollarda qonun chiqaruvchi belgilamagan.

Meros mulki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga, davlatga yoki biror-bir shaxsning egaligiga o'tkazilganligi to'g'risida merosxo'rlarga notarial idora tomonidan merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma berish rad etilsa, merosxo'r sudga shikoyat qilishga haqli. FKning 1146-moddasiga asosan merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e'tiboran olti oy o'tgach beriladi. Ushbu o'rinda aytish joizki ayrim davlatlarda merosni qabul qilish bo'yicha turlicha muddat belgilangan. Jumladan, Ukraina FKning 1268- moddasiga asosan, qonun bo'yicha merosni qabul qilib olish uchun olti oy muddat belgilangan8

8"Сроки для принятия наследства и последствия их пропуска"// Ж.Бюллетень нотариальной практики. ООО Издательство Юрист.2007,- №4. -С.6-8.

bo'lsa, Germaniyada merosni qabul qilish uchun olti hafta, Italiyada o'n yil, Polshada olti oy, Chexiyada bir oy muddatda, Fransiyada o'ttiz yil muddat ichida merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnomani olish uchun notarial idoraga murojaat etish mumkin9.

FKning 1147- moddasida merosdan voz kechish huquqi ko'rsatilgan bo'lib, bunga asosan, merosxo'r o'zining vorislikka chaqirilganini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab olti oy ichida merosdan voz kechishga haqli. Qonunning ushbu moddasi amaliyotda qo'llanilgach, ijobiy natija bermadi. Bu holatni misol bilan tahlil qiladigan bo'lsak, shaxs vafot etgach, uning vorislari ichidan birortasi meros olishni istamasa, olti oy muddat ichida notarial idoraga, merosdan o'ziga tegishli ulushini olishdan voz kechganligi haqida ariza berishi lozim. Olti oy o'tgach notarius ushbu mazmundagi arizani qabul qilishi qonunga zid bo'lib hisoblanadi. Bizning odatlarimizga ko'ra, hovli-joy ota-ona vafotidan so'ng, ko'pincha kichik o'g'ilga qoladi. Buning uchun boshqa merosxo'rlar o'z ulushini olmaslik haqida olti oy ichida notariusga ariza berishi kerak. Odatda milliy urf-odatimizdan kelib chiqib, meros haqida marhumning yilini o'tkazib notariusga murojaat etiladi. Bunday hollarda barcha merosxo'rlar mazkur huquq normasidan kelib chiqib, amaliyotda avval merosni qabul qilib olib, so'ng ulushini bir merosxo'r (ukasi)ga hadya shartnomasi asosida o'tkazib bermoqdalar. Ushbu holatda fuqarolar idorama-idora yurib, meros ishiga alohida hujjat, hadya uchun alohida hujjat to'plab, sarson bo'lmoqdalar. Fikrimizcha, FKning 1147- moddasidagi "merosxo'r o'zining vorislikka chaqirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab, degan jumladan so'ng "olti oy muddat" degan jumlani "bir yil muddat ichida" deb o'zgartirib, "merosdan voz kechishga haqli" degan jumlani qo'shish lozim. Bu o'zgartirish fuqarolarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan omillardan bo'ladi deb o'ylaymiz.

Ta'kidlash joizki, Fransiyada merosdan voz kechish huquqini amalga oshirish uchun o'ttiz yil muddat belgilangan10. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi "Notariat to'g'risida"gi 343-I-son qonuni 59-moddasining ikkinchi qismiga ko'ra, merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnoma barcha merosxo'rlarga birgalikda yoki ularning xohishiga ko'ra har biriga alohida berilishi

9 "Сроки для принятия наследства и последствия их пропуска"// Ж.Бюллетень нотариальной практики. ООО Издательство Юрист.2007,-№4. -С. 6-9.

10 "Сроки для принятия наследства и последствия их пропуска"// Ж.Бюллетень нотариальной практики. ООО Издательство Юрист.2007, -№4. -7 с.

mumkin11. Agarda meros qolgan mulkka sud yoki tergov idoralari tomonidan taqiq solingan bo'lsa, meros olish huquqi to'g'risidagi guvohnomani berish taqiq olib tashlanguncha to'xtatib turiladi.

Adabiyotlarda otalikni tan olish yoki otalik faktlari belgilanishi, u qaysi shaklda amalga oshirilganligidan qat'iy nazar, ota-ona hamda bola o'rtasida huquq va majburiyatlar vujudga kelishiga asos bo'lishi ta'kidlanadi12. Bu esa ayni paytda merosxo'rlar doirasini belgilash muammolarni vujudga keltirishi mumkin. Shu sababli otalikni belgilash orqali merosxo'rlar doirasini aniq ifodalash imkoni yuzaga keladi.

Asosan bunday hollarda sudga murojaat qiluvchilar o'rtasida, ya'ni merosxo'rlar doirasini aniqlashda yuzasidan da'vo yoki alohida ish yuritish tartibida ish qo'zg'atish to'g'risida munozara qilinadi, lekin qonunchiligimizda vafot etgan shaxs (farzand)ga nisbatan otalikning belgilanishi haqida hech qanday ko'rsatma mavjud emas. Bunday hollarda vafot etgan shaxsdan qolgan merosga ega bo'lish maqsadi ota-ona yoki boshqa manfaatdor shaxslarni sudga murojaat qilishiga olib keladi va natijada ish bo'yicha manfaatdor shaxslar o'rtasida turli xil nizolar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Bunday nizoli holatlarning oldini olish maqsadida, Oila kodeksining 62-moddasiga beshinchi qism sifatida "o'zaro nikohda bo'lmagan shaxslardan tug'ilgan bolaning vafotidan so'ng unga nisbatan otalikni belgilashga yo'l qo'yilmaydi", degan jumla kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Qonun bo'yicha voris (merosxo'rlar) doirasini belgilashda yuridik shaxsning merosxo'r bo'lishi masalasi FKda noaniq belgilanganligiga e'tibor qaratish lozim. FKning 1118-moddasi ikkinchi qismida "meros ochilgan paytda tuzilib bo'lgan yuridik shaxslar" merosxo'r bo'lishlari mumkinligi belgilangan. Biroq meros ochilgan paytda tuzilib, keyinchalik ushbu yuridik shaxsning tuzilishi haqiqiy emas deb topilishi yoki uning tugatilishi holatlari esa FKda ochiq qoldirilgan. Fikrimizcha, bu holatda "meros ochilgan paytda" emas, balki "meros ochilguniga qadar" yuridik shaxs tuzilgan bo'lishi lozim. Chunki, "meros ochilgan paytda tuzilib bo'linish" noaniq hisoblanadi, zero FKning 1116-moddasiga ko'ra meros shaxs vafotidan so'ng darhol ochiladi.

Bu borada Qozog'iston GKning 1044-moddasida aniq qoida o'rnatilganligini

11 Узбекистан Республикасининг 1996 йил 26 декабрдаги "Нотариат тугрисида"ги 343-1-сон конуни // https://lex.uz/docs/54458

12 Эсанова З.Н. Оталикни белгилаш тугрисидаги ишларни судда куришнинг процессуал хусусиятлари. юрид. фан. номз. дисс...автореф. -Тошкент: 2005. -22 б.; Эсанова З.Н. Болалар тарбияси билан боглик низоларни фукаролик судида куришнинг процессуал хусусиятлари. юрид. фан. док. дисс...автореф. -Тошкент: 2010. -42 б.

ko'rish mumkin. Jumladan, Qozog'iston GKning 1044-moddasi 2-qismida13 belgilanishicha, meros ochilgunga qadar tuzilib bo'lgan va meros ochilgan vaqtda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat vasiyat bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkin.

XULOSA

Shundan kelib chiqib, FKning 1118-moddasi ikkinchi qismini quyidagicha belgilash lozim:

Meros ochilgunga qadar tuzilib bo'lgan va meros ochilgan vaqtda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ham vasiyat bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkin.

Qonun bo'yicha voris noloyiq merosxo'rlarni merosdan chetlatish masalasi muhim o'ringa ega. Chunki, meros qoldiruvchi va merosxo'rlar o'rtasidagi munosabatlar qarindoshlik va o'zaro yaqinlikka asoslanar ekan, ushbu aloqalarni o'zgan va meros qoldiruvchi yoki boshqa merosxo'rlardan birining hayotiga suiqasd qilgan yoki ularni o'ldirgan merosxo'rlarni merosdan chetlatish va ularni noloyiq merosxo'r deb topish asoslari qonunchilikda o'z ifodasini topishi o'rinli. Shu ma'noda FKning 1119-moddasi noloyiq merosxo'rlarni merosdan chetlatish masalasi nazarda tutilgan.

Shuningdek, FKning 1119-moddasi uchinchi qismida quyidagi shaxslar ham qonun bo'yicha vorislik huquqiga ega emasliklari nazarda tutilgan:

- bolalariga nisbatan ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan va meros ochilgan paytda bu huquqlari tiklanmagan ota-onalar ana shu bolalardan qolgan mulkka;

- meros qoldiruvchiga ta'minlab turish yuzasidan qonunga ko'ra zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlagan ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va voyaga yetgan bolalar (farzandlikka olinganlar).

REFERENCES:

1. Гражданское право / Под ред. А. П. Сергеева, Ю. К. Толстого. - Т. 3. - М.: Статут, 1999. - С. 527.

2. Эйдинова Э.Б. Наследование по закону и завещанию. - М.: Юридическая литература, 1984.

3. Кириллова Н. С. Наследственное правоотношение: Автореф.канд.юрид.наук. - М.2002. - С. 18.

13 Гражданский кодекс Республики Казахстан // https://kodeksy-kz.com/ka/grazhdanskii kodeks osobennaya chast /1044.htm

4. Серебровский В.И. Избранные труды по наследственному и страховому праву // http://civil.consultant.ru/elib/books/9/page 1 .html

5. Гражданский кодекс Российской Федерации // http://www.consultant.ru/document/cons doc LAW 34154

6. "Сроки для принятия наследства и последствия их пропуска"// Ж.Бюллетень нотариальной практики. ООО Издательство Юрист.2007,- №4. -С.6-8.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Эсанова З.Н. Оталикни белгилаш тугрисидаги ишларни судда куришнинг процессуал хусусиятлари. юрид. фан. номз. дисс...автореф. -Тошкент: 2005. -22 б.; Эсанова З.Н. Болалар тарбияси билан боглик низоларни фукаролик судида куришнинг процессуал хусусиятлари. юрид. фан. док. дисс...автореф. -Тошкент: 2010. -42 б.

8. Гражданский кодекс Республики Казахстан // https://kodeksy-kz.com/ka/grazhdanskii kodeks osobennaya chast /1044.htm

9. Иброхимов, А. А. У. (2021). КОРПОРАЦИЯНИ БОШ^АРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА ^УЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(10), 841-853. http://doi.org/10.24412/2181-1784-2021-10-841-853

10. Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 789-799. http://doi.org/10.24412/2181-1784-2021-11 -789-799

11. Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 211-225. http://doi.org/10.24412/2181-1784-2021-11-211-225

12. Болтаев М.С. Ихтиёрий тиббий сугурта шартномасининг узига хос хусусиятлари // Юрист ахборотномаси - Вестник Юриста - Lawyer herald. -Тошкент, 2021. № 3. - Б. 37-44 (12.00.00).

13. Imomov N. F. New objects of intellectual property law/Editor-in-Chief O. Okyulov //Tashkent: TSIL. - 2011.

14. Топилдиев Б. Р. ОСОБЕННОСТИ ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПЕРЕДАЧИ ПРЕДПРИЯТИЯ В ДОВЕРИТЕЛЬНОЕ УПРАВЛЕНИЕ //ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ОБЩЕСТВЕННЫХ ОТНОШЕНИЙ. - 2019. - С. 29-33.

Scientific Journal Impact Factor

R

15. Sharaxmetova, U. (2017) "Issues of improving the regulation of circumstances preventing marriage in family law," Review of law sciences: Vol. 1 : Iss. 2 , Article 10. Available at: https://uzjournals.edu.uz/rev law/vol 1/iss2/10

16. Musaev E. T. Current issues of protecting the rights and interests of subjects in the field of sports //Review of law sciences. - 2018. - Т. 2. - №. 2. - С. 7.

17. Topildiev B., Khursanov R., Usmonova M. Trust management agreement Property and prospects for its development in the Republic of Uzbekistan //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. - 2020. - Т. 7. - №. 3. - С. 3199-3205.

18. Бурханова Л. М., Эгамбердиев Э. Х. СЕМЕЙНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН КАК СПОСОБ РАЗРЕШЕНИЯ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ ПРОБЛЕМ В УСЛОВИЯХ РЫНОЧНОЙ ЭКОНОМИКИ //Материалы VII Международной научно-практической конференции «Актуальные проблемы социально-трудовых отношений», посвященной 60-летию основания Института социально-экономических исследований ДФИЦ РАН. - 2019. - С. 121-123.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.