Научная статья на тему 'MOL–MULKNI ISHONCHLI BOSHQARISH TUSHUNCHASI VA UNING SHAKLLANISHI'

MOL–MULKNI ISHONCHLI BOSHQARISH TUSHUNCHASI VA UNING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
858
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mol-mulkni ishonchli boshqarish / boshqaruv muassisi / ishonchli boshqaruvchi / trast / fidusiar munosabat / foyda oluvchi. / trust management of property / founder of management / trustee / trust / fiduciary relations / beneficiary.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Topildiyev, Baxromjon Raximjonovich

Ushbu maqolada mol-mulkni ishonchli boshqarish tushunchasi va uning vujudga kelishi asoslari, uning huquqiy mohiyatini aniqlash, ushbu institutning anglosakson huquqida qo‘llanilishiga oid qoidalarni qit’a huquq tizimiga uyg‘unlashtirish, ishonchli boshqaruvchining huquqiy maqomini aniqlashtirish, ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish va rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish, professional ishonchli boshqaruvchilar faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish, ishonchli boshqarishning turli huquq tizimlarida qo‘llanilishini ilmiy tadqiq etish va majburiyatlar tizimida tutgan o‘rni va ishonchli boshqarishga berishning huquqiy asoslarini tadqiq etish hamda ushbu munosabatlarning tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish kabi masalalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF TRUST MANAGEMENT OF PROPERTY AND ITS FORMATION

This article discusses some issues such as the concept of trust management of property and the grounds for its occurrence, the definition of its legal nature, bringing the provisions on the application of this institution in Anglo-Saxon law in accordance with the system of continental law, clarifying the legal status of the trustee, simplifying the procedure for concluding and formalizing a trust management agreement, creating the legal basis for the activities of professional trusts managers. Furthermore issues like scientific study of the use of trust management in various legal systems and its role in the system of obligations and legal bases of transfer to trust management, as well as the improvement of legislation regulating these relations are also covered by the article.

Текст научной работы на тему «MOL–MULKNI ISHONCHLI BOSHQARISH TUSHUNCHASI VA UNING SHAKLLANISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MOL-MULKNI ISHONCHLI BOSHQARISH TUSHUNCHASI VA UNING

SHAKLLANISHI

Topildiyev Baxromjon Raximjonovich,

Toshkent davlat yuridik universiteti "Fuqarolik huquqi" kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori. Email: Bakhromj on1969@mail .ru

Ushbu maqolada mol-mulkni ishonchli boshqarish tushunchasi va uning vujudga kelishi asoslari, uning huquqiy mohiyatini aniqlash, ushbu institutning anglosakson huquqida qo'llanilishiga oid qoidalarni qit'a huquq tizimiga uyg'unlashtirish, ishonchli boshqaruvchining huquqiy maqomini aniqlashtirish, ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish va rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish, professional ishonchli boshqaruvchilar faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish, ishonchli boshqarishning turli huquq tizimlarida qo'llanilishini ilmiy tadqiq etish va majburiyatlar tizimida tutgan o 'rni va ishonchli boshqarishga berishning huquqiy asoslarini tadqiq etish hamda ushbu munosabatlarning tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish kabi masalalar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: mol-mulkni ishonchli boshqarish, boshqaruv muassisi, ishonchli boshqaruvchi, trast, fidusiar munosabat, foyda oluvchi.

ПОНЯТИЕ ДОВЕРИТЕЛЬНОГО УПРАВЛЕНИЯ ИМУЩЕСТВОМ И ЕГО

Топилдиев Бахромжон Рахимжонович.

Профессор кафедры "Гражданского права" Ташкентского государственного юридического университета, доктор юридических наук.

Email: Bakhromj [email protected]

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются вопросы, как понятие доверительного управления имуществом и основания его возникновения, определение его юридической природы, приведение положений о применении данного института в англосаксонском праве в соответствие с системой континентального права, уточнение правового статуса доверительного управляющего, упрощение порядка заключения и оформления договора доверительного управления, создание правовых основ деятельности профессиональных доверительных управляющих, освещаються такие вопросы,

ANNOTATSIYA

ФОРМИРОВАНИЕ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

как научное исследование применения доверительного управления в различных правовых системах и его роль в системе обязательств и правовых основ передачи в доверительное управление, а также совершенствование законодательства, регулирующего эти отношения.

Ключевые слова: доверительное управление имуществом, учредитель управления, доверительный управляющий, траст, фидуциарные отношения, выгодоприобретатель.

THE CONCEPT OF TRUST MANAGEMENT OF PROPERTY AND ITS

FORMATION

Topildiev Bakhromjon Rakhimjonovich,

Lecturer at Civil Law Department of Tashkent State University of Law, professor

Email: Bakhromj [email protected]

This article discusses some issues such as the concept of trust management of property and the grounds for its occurrence, the definition of its legal nature, bringing the provisions on the application of this institution in Anglo-Saxon law in accordance with the system of continental law, clarifying the legal status of the trustee, simplifying the procedure for concluding and formalizing a trust management agreement, creating the legal basis for the activities of professional trusts managers. Furthermore issues like scientific study of the use of trust management in various legal systems and its role in the system of obligations and legal bases of transfer to trust management, as well as the improvement of legislation regulating these relations are also covered by the article.

Keywords: trust management ofproperty, founder of management, trustee, trust, fiduciary relations, beneficiary.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga asoslangan yangi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltirish va ularni izchil huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonunchilik bazasini yaratish hisoblanadi. O'tgan davrlar mobaynida respublikamizda bozor qonuniyatlari bilan uyg'unlikda bir qator yangi iqtisodiy-huquqiy mexanizmlar vujudga keldiki, ularning asosiy maqsadi mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sub'ektlarga tegishli huquqlarning amalga oshirilishini huquqiy jihatdan kafolatlashga qaratildi. Bu holat ayniqsa, bozor

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

munosabatlari rivojlangan sharoitda amal qilishi lozim bo'lgan iqtisodiy-huquqiy munosabatlarning respublikamizda joriy qilinishi bilan bog'liq bo'ldi. Shu munosabat bilan 1997 yil 1 martdan amalga kiritilgan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga bir qator yangi, rivojlangan bozor munosabatlari sharoiti uchun xos bo'lgan shartnomalar kiritildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2017 - 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da xususiy mulkka, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, savdo va xizmat ko'rsatish sohasi korxonalarining butunlay davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi natijasida mamlakatimizda amalda ko'p ukladli iqtisodiyot shakllandi, mulkdorlar va tadbirkorlarning yangi sinfi paydo bo'ldi va bu sinf yildan-yilga yurtimiz hayotida tobora salmoqli rol o'ynamoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mol-mulkni ishonchli boshqarish ham bozor munosabatlari qonuniyatlaridan kelib chiqib, mamlakatimizda amal qila boshlagan yangi fuqarolik-huquqiy institutlaridan biri hisoblanadi. Mazkur huquqiy institutning mohiyati birinchi navbatda bozor munosabatlari sharoitida vujudga kelgan mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish va ularning mulkiy huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini kengayti-rish bilan belgilanadi. Zero, mol-mulkni ishonchli boshqarish orqali mulkdor o'z mulkidan begonalashmagan («uzoqlashmagan») holda mulkiy huquqlarini amalga oshiradi va bu orqali foyda ko'radi.

Mol-mulkni ishonchli boshqarishning yana bir o'ziga xos jihati sifatida bu munosabatlarning o'zaro ishonchga asoslanishini va bu orqali «bo'sh turgan» molmulklar fuqarolik-huquqiy muomalaga kiritilishi evaziga, bozor munosabatlaridagi iqtisodiy muomalada moddiy ne'matlar almashinuvi vujudga kelishini ko'rsatib o'tish lozim.

Ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda mol-mulkni ishonchli boshqarish munosabatlarini huquqiy tartibga solish mexanizmi yaratilgan bo'lsa-da, mazkur institut fuqarolik-huquqiy amaliyotda keng qo'llanilmayapti. Mol-mulkni ishonchli boshqarish instituti qonunchiligimizga kiritilganidan hozirgi kunga qadar o'tgan davr mobaynida mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi orqali moddiy ne'matlar fuqarolik muomalasiga kiritilganligi holatini amaliyotda uchratish qiyin hisoblanadi.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish instituti bozor munosabatlari sharoitida o'ziga xos «murakkab mol-mulklar» bo'lgan qimmatli qog'ozlar, pullar, mulkiy huquqlar va korxonalarni fuqarolik muomalasiga kiritishda va ulardan samarali foydalanishda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muhim o'rin tutadi. Bunda esa muayyan sohada bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lgan mutaxassis - boshqaruvchilarning mavjud bo'lishi, professional boshqaruv kompaniyalarining yaratilishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan birdir. Zero, hozirgi kunda O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar, pullar, mulkiy huquqlar va korxonalarni boshqarish (tadbirkorlik muomalasiga kiritish, ulardan samarali foydalanish va daromad ko'rish)ga ixtisoslashgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mavjud emasligi, ayrim sohalarda esa muayyan iqtisodiy-huquqiy faoliyatini amalga oshiruvchi mutaxassislarning yetishmasligi ko'zga tashlanmoqda.

Shu bilan birga, davlatga tegishli molmulklarni ishonchli boshqarishga topshirish, bugungi kundagi bozor munosabatlari sub'ektlarining tengligini ta'minlashga xizmat qilishini inobatga olib, davlat aktivlari va aksiya paketlarini ishonchli boshqarishga topshirish orqali bozordagi halol raqobat, talab va taklif qonuniyatlarining samarali amal qilishini ta'minlash mumkin bo'ladi.

Shu bilan birga, bozor munosabatlari sharoitida davlatga tegishli mol-mulklarni ishonchli boshqarishga topshirish, bugungi kundagi bozor munosabatlari sub'ektlarining tengligini ta'minlashga xizmat qilishini inobatga olib, davlat aktivlari va aksiya paketlarini ishonchli boshqarishga topshirish orqali bozordagi halol raqobat, talab va taklif qonuniyatlarining samarali amal qilishini ta'minlash mumkin bo'ladi.

Mol-mulkni fuqarolik muomalasiga kiritish (mulkdor bo'lmagan shaxslar tomonidan)ning boshqa institutlariga qaraganda mol-mulkni ishonchli boshqarishning mulkdor va ishonchli boshqaruvchi uchun afzal jihatlarini inobatga olib, hozirgi kunda, davlat korxonalari va muassasalariga mol-mulkni operativ boshqarish va xo'jalik yuritish huquqi asosida biriktirish o'rniga mol-mulkni ishonchli boshqarish institutini tatbiq etish masalasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash lozimligini ta'kidlash lozim.

Bundan tashqari milliy sivilistika fanida ham mol-mulkni ishonchli boshqarish institutining huquqiy jihatlarini, ushbu huquqiy munosabatning fuqarolik-huquqiy munosabatlar tizimida tutgan o'rnini, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini fuqarolik-huquqiy tartibga solishning ilmiy-nazariy jihatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarining mavjud emasligi, mazkur muammo bugungi kun nuqtai-nazaridan dolzarb ekanligidan dalolat beradi.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish instituti xususida fikr yuritganda, mazkur huquqiy munosabatlarning asosi XII-XIII asrlarda Angliyada shakllanganligini va hozirda ko'pchilik davlatlar fuqarolik qonunchiligida qo'llanilayotgan mol-mulkni ishonchli boshqarishning asosiy qoidalari o'sha paytlardayoq shakllanganligini aytib

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

o'tish lozim1. Zero, anglo-amerika huquq tizimi uchun xos bo'lgan mazkur institut ishonchli mulk, deb atalishi bilan birga, ya'ni mol-mulkni ishonishga asoslangan — fidusiar (fiduciary owenrship) va trast (trust) nomlari bilan ham keng tarqalgan.

Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, mazkur huquqiy institutning vujudga kelishi uchun asosiy sabablardan biri bu ko'chmas mulkdan foydalanishga nisbatan feodal tusdagi cheklovlar, shuningdek o'rta asr Angliyasi uchun xos bo'lgan yerni cherkov va monastr foydasiga o'tkazishni ta'qiqlash qoidalari hisoblangan. Ushbu cheklovlarni «aylanib o'tish» uchun mol-mulkni ishonchli boshqarish instituti o'ylab topilgan bo'lib, bunda yer uchastkasining mulkdori va yerda hosil yetishtirgan va undan foyda olayotgan shaxs aynan bir shaxs bo'lmasdan, formal jihatdan mulkdor bir kishi hisoblansa-da, u ko'chmas mulkni boshqa shaxs manfaatlari uchun boshqarar va ish yuritar edi2. Bundan tashqari mol-mulkni ishonchli boshqarish insti-tutining vujudga kelishida sudlarning ahamiyati katta bo'lganligini ham ta'kidlab o'tish lozim. Zero, sudlar mulkni uchinchi shaxs foydasiga o'tkazishga nisbatan belgilangan cheklashlardan qochish ma'nosida adolat huquqi nuqtai-nazaridan kelib chiqib shu yo'lni tanlagan. Ko'pchilik vaziyatlarda o'rta asr Angliyasida yirik yer egasi — risarning uzoq muddatli harbiy yurishlarda bo'lishi davrida uning oilasi, oila boshlig'ining uzoq muddat davomida uyida bo'lmasligi yoki urushda vafot etishi munosabati bilan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulklar risarning oila a'zolari manfaatlari uchun boshqarilishi lozim bo'lar edi. Shu munosabat bilan sudlar yuqorida aytganimizdek, adolat huquqi nuqtai-nazaridan mazkur huquqiy institutni yaratadilar.

Biroq o'sha davrlar Angliya qonunchiligi mol-mulkni ishonchli boshqarish instituti qo'llanilishini huquqiy tartibga solishga bir necha marotaba harakat qilgan, ba'zi vaziyatlarda esa bu institut amal qilishini ta'qiqlagan. Mazkur institutga bo'lgan hayotiy zaruriyatlar 1535 yilgi Foydalanish to'g'risidagi (trast to'g'risidagi) qonunda belgilangan cheklovlarni istisno etish maqsadida sudlarga murojaat etishga sabab bo'ldi va sudlar bu o'rinda mol-mulkni ishonchli boshqarish institutining rivojla-nishida muhim o'ringa ega bo'ldi3.

G.Laskning fikriga ko'ra, mol-mulkni ishonchli boshqarish dastlabki davrlardanoq agar kimdir mol-mulkka nisbatan mulk huquqiga ega bo'lib, umumiy qoidaga va adolat huquqiga ko'ra, unga bildirilgan ishonch va zimmasidagi burchdan

1 Колосов Д.Ю. Договор доверительного управления имуществом в российском гражданском праве. Автореф.дис...к.ю.н. М., 2005. С.3.

2 Нарышкина Р.Л. Доверительная собственность в Англии и США. М., 1965. С 26.

3 Коммерческая право зарубежных стран./Под.ред.И.Бушев. Санкт-Петербург., 2005. С. 174-175.

1002

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

kelib chiqib, mol-mulkdan boshqa shaxs manfaatlari uchun foydalansa, ahamiyatli hisoblanadi4.

O'sha paytlardagi mol-mulkni ishonchli boshqarish institutining xususiyati sifatida mulk huquqining o'ziga xos tarzda taqsimlanishini ko'rsatib o'tish lozim. Ya'ni, bunda mol-mulkni tasarruf etish va uni boshqarish huquqi bir shaxsga, daromaddan foydalanish huquqi esa ikkinchi shaxsga tegishli bo'ladi5.

Mazkur mulk shaklining mazmuni shuni anglatadiki, ishonchli mulkni belgilovchi, ya'ni muassis (settlor) sifatida ishtirok etayotgan shaxs ishonchli mulkdor (trustee) deb nomlanuvchi ikkinchi tarafga mol-mulkni o'zi ko'rsatgan bir yoki bir necha shaxs — foyda oluvchi, ya'ni benefisiar (beneficiary) manfaatini ko'zlab boshqarish uchun topshiradi6.

Keyinchalik mol-mulkni ishonchli boshqarish institutining rivojlanib borishida sud presedentlari alohida ahamiyat kasb etgan. Biroq, mazkur institutning keng rivojlanishi natijasida mol-mulkni ishonchli boshqarish munosabatlarini tartibga so-luvchi maxsus qonun hujjatlari qabul qilingan. Masalan, mol-mulkni ishonchli boshqarish to'g'risidagi qoidalar To'plami (Svod) (Restatements of the Law of Trusts) yoki bir qancha shtatlarda amal qiluvchi ishonchli boshqaruvdagi mulk to'g'risidagi Umumlashtirilgan qonun yoxud ishonchli boshqaruvning alohida turlariga oid qonun-lar shular jumlasidandir7.

Ta'kidlash lozimki, mol-mulkni ishonchli boshqarish institutiga o'xshash munosabatlar qit'a huquq tizimida ham, musulmon huquq tizimida ham mavjud bo'lgan. Biroq, bunda mol-mulkni bir shaxs tomonidan boshqa shaxs manfaatlari uchun boshqarish holatlari ko'pchilik vaziyatlarda mulkdor — xo'jayin va uning xiz-matkori o'rtasidagi munosabatlarda namoyon bo'lgan. Shu bilan birga, voyaga yetmagan shaxslarning mol-mulklarini boshqarish ham odat huquqi normalari asosida yaqin qarindoshlar yoki davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan.

Masalan, Qur'oni karimda voyaga yetmagan yetimlar yoki aqli noraso shaxslarning mol-mulkini boshqarishga nisbatan quyidagi oyatlar keladi:

«...(qo'l ostingizdagi) aqlsiz kimsalarga (ya'ni yosh, nodon yetimlarga) Alloh sizlar uchun turmush vositasi qilib qo'ygan mollaringizni (ya'ni, qo'llaringizdagi ularning mollarini) berib qo'ymangiz, balki ularni o'sha mollardan yedirib-kiydiring va ularga yaxshi so'zlar bilan muomala qiling!

4 Ласк Г. Гражданское право США. М., 1961. С. 152.

5 Гражданксое и торговое право капиталистических стран./Под.ред.В.П.Мозолина, М.И.Кулагина. М., 1980. С. 140.

6 Гражданское и торговое право капиталистичесикх государств./ Под.ред. Е.А.Васильева. М., 1993. С. 235-236.

7 Коммерческая право зарубежных стран./Под.ред.И.Бушев. Санкт-Петербург. 2005. С. 220.

1003

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Yetimlarning to balog'at yoshiga yetgunlaricha imtihon qilib (tekshirib) turinglar. Agar ularning es-hushlari joyida ekanligini ko'rsangiz mollarini o'zlariga topshiringlar. U mollarni isrof qilib va (egalari) katta bo'lib qolmasin, deb shoshilib yeb qo'ymanglar. (Yetimni otaliqqa olgan kishi) agar boy bo'lsa, (yetimning molidan) parhez qilsin. Bordi-yu, kambag'al bo'lsa, yaxshilik bilan (ya'ni, qilingan xizmatiga yarasha) olib yesin. Mol-mulklarini o'zlariga qaytarganlaringizda esa, guvoh keltiringlar. Allohning o'zi yetarli hisob-kitob qilguvchidir».2

O'sha davrlardayoq joni uzilayotgan musulmon o'zidan qol ayotgan mol-mulkni boshqarishni hamda yetim bolalariga ko'z-quloq bo'lib turishni kimgadir vasiyat qilib ketishi mumkinligi va bu ishni o'z zimmasiga olgan kishi qanday yo'l tutishi lozimligi Qur'oni karimda mustahkamlab qo'yilgan. Quyidagi oyatni esa va'dasiga vafo qilmaydigan «ishonchli boshqaruvchi»larga nisbatan qo'llaniladigan jazo choralariga misol qilishimiz mumkin: «Yetimlarning mollarini zulm yo'li bilan yeydigan kimsalar hech shak-shubhasiz qorinlariga olov yegan bo'lurlar. Va albatta do'zaxga kirajaklar»8.

Mamlakatimizda bu munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishi bilan vujudga keldi. Biroq, shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, mol-mulkni ishonchli boshqarish munosabatlariga o'xshash holatlar ilgari vasiylik va homiylik ostidagi mol-mulkka vasiy tayinlash holatlarida ham kuzatilgan. Masalan, 1963 yilgi Grajdanlik kodeksi bo'yicha bedarak yo'qolgan fuqaroning mulkini qo'riqlash va idora etish (19-modda), vasiyatning ijro etilishi (597-modda) va 1991 yil 19 fevralda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar to'g'risida»gi qonunining 7-bo'limi (mazkur qonun 2000 yil 15 dekabrda o'z kuchini yo'qotgan).

Lekin, bunda fuqarolarga tegishli mulk asosan shaxsiy mulk bo'lganligi sababli ham mazkur institut o'z o'rnida tatbiq etilmagan. Shu bilan birga, bu holatlarda mol-mulkni ishonchli boshqarishning fuqarolik-huquqiy elementlari kuzatilmaganligini ham aytib o'tish lozim. Zero, bedarak yo'qolgan fuqaroning mol-mulkiga boshqaruvchi tayinlangandan so'ng u bilan shu haqda shartnoma tuzilishi holatlari mavjud bo'lmagan. Amaldagi fuqarolik qonunchiligi esa bu holatlarda boshqaruvchi ma'muriy tartibda tayinlansa-da, u bilan ishonchli boshqarish muassisi hisoblangan davlat organi o'rtasida mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi tuzilishi lozimligini belgilaydi.

2 «hhco» cypacH, 5-6 oaraap.

8 «Hhco» cypacu, 10-oat.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shu munosabat bilan mulkdor o'z mol-mulkni o'zidan begonalashtirmagan holda undan samarali va oqilona foydalanish uchun ishonchli boshqarishga topshiradi. Bunda rentadan farqli ravishda mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqlar boshqa shaxsga o'tib ketmaydi va ishonchli boshqaruvchi faqatgina «boshqaruv xizmati»ni amalga oshiradi.

Shu o'rinda mol-mulkni ishonchli boshqarish instituti (trast) ning ingliz-amerika huquq tizimi va qit'a huquq tizimida qo'llanilishidagi farqli jihatlarga e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Zero, biz mol-mulkni ishonchli boshqarishni qit'a huquq tizimi qonunchiligi, xususan, shu huquq tizimiga mansub O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida fuqarolik-huquqiy tartibga solinishini tahlil etamiz.

Huquqshunos olimlar I.B.Zokirov va A.A.Ivanovlarning fikricha, ingliz-amerika huquq tizimida mulkni talqin etishning asosiy jihati bo'lingan (ikkilangan) mulkning mavjudligi hisoblanadi. «Bir ashyoga — bitta mulk huquqi» tamoyili bu o'rinda amal qilmaydi. Buning o'rniga bir necha shaxslarni bir ashyoga nisbatan mulk huquqining mazmuni va miqdori ishtirokchilarning kelishuvi orqali belgilangan. Qit'a huquqida esa ashyoviy huquqlar turlari va mazmuni ob'ektiv huquqda qayd etilgan bo'lib, bu esa har ikkala tizim o'rtasidagi farqni yaqqol ko'rsatadi9.

Mazkur fikrlarni davom ettirib ta'kidlash lozimki, ko'pchilik vaziyatlarda ingliz-amerika huquq tizimida mol-mulkni ishonchli boshqarish instituti mulkning alohida shakli sifatida e'tirof etiladi va ko'pchilik vaziyatlarda bu munosabatdagi ishtirokchilar to'laqonli mulkdorlar sifatida qaraladi. Masalan, muassis mol-mulkni ishonchli boshqaruvga bergandan so'ng ishonchli boshqaruvchi mulkdorning barcha huquqlariga ega bo'ladi. Biroq, uning mulkiy huquqlari adolat huquqi va foyda ko'ruvchi (mulkdor - muassis ) huquqlari nuqtai-nazaridan cheklanadi. Ya'ni, bunda ishonchli mulkdor mol-mulkni sotishi, uni garovga qo'yishi yoki boshqacha usulda uni tasarruf etishi uchun muassis mulkdorning roziligi talab etiladi. Mazkur cheklovlar mavjudligiga qaramasdan ishonchli mulkdor ham mulk huquqi egasi va sof ma'nodagi mulkdor hisoblanadi, binobarin, unga topshirilgan mol-mulkni muassis ham o'z holicha mustaqil tasarruf etishi mumkin bo'lmaydi.

Qit'a huquq tizimida esa, birinchi navbatda ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi ishonchli boshqaruvchiga o'tib ketmasligi qoidasi qat'iy belgilangan bo'ladi va bunda mol-mulk ishonchli boshqaruvga o'ziga xos xizmat ko'rsatish uchun shartnoma asosida beriladi. Masalan, FKning 849-moddasi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9 Зокиров И.Б. Фукаролик хукуки: Дасрлик. I кисм. Т., 2006. ТДЮИ, 47-б., Гражданское право: Учебник.Ч.2./Под.ред.А.П.Сергеева,Ю.К.Толстого. М., 2003. С. 90.

1005

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

2-qismida mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga o'tishiga olib kelmasligi qoidasi belgilangan.

Qit'a huquq tizimida mol-mulkni ishonchli boshqarish muayyan ma'noda «xizmat ko'rsatishning bir ko'rinishi» sifatida qaraladi. Ya'ni, bunda bir shaxs ikkinchi shaxsga tegishli mol-mulkni uning yoki u ko'rsatgan shaxsning foydasini ko'zlab boshqarish xizmatini amalga oshiradi.

Agar ingliz-amerika tizimida mol-mulkni ishonchli boshqarish mulkdor tomonidan mol-mulk ishonchli boshqarishga berilganligi shunchaki aytish orqali amalga oshirilsa (agar ishonchli boshqaruvga berilayotgan mol-mulk ko'chmas mulk bo'lsa, bunday «aytish» yozma ravishda amalga oshiriladi)10 yoki muassisning xohishiga ko'ra ishonchli boshqaruvchi tayinlash va mulkni ishonchli boshqaruvga berish haqidagi ta'sis dalolatnomasi tuzish yo'li11 bilan vujudga kelsa, qit'a huquq tizimida muassis va ishonchli boshqaruvchi o'rtasida tuziladigan shartnoma orqali vujudga keladi.

Mazkur holatdan kelib chiqib aytish mumkinki, ingliz-amerika huquq tizimida mol-mulkni ishonchli boshqarish o'ziga xos ashyoviy-huquqiy munosabatlar hisoblansa, qit'a huquq tizimida bu majburiyat — huquqiy munosabatlari sifatida shakllantirilgan.

FKning 849-moddasi 3-qismiga muvofiq, ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarar ekan, ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ushbu mol-mulkka nisbatan foyda oluvchining manfaatlarini ko'zlagan holda har qanday yuridik va amaliy harakatlarni qilishga haqli bo'ladi. Mazkur normadan shuni anglash mumkinki, ishonchli boshqaruvchi mol-mulkka nisbatan mulk huquqini tashkil etuvchi uch asosiy element - egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini amalga oshirish huquqiga ega. Biroq, mazkur huquqlarni amalga oshirish ishonchli boshqaruvchida mulkka nisbatan mulk huquqini vujudga keltirmaydi. Bu esa mol-mulkni ishonchli boshqarishning o'ziga xos majburiyat munosabati sifatida har doim muassis va ishonchli boshqaruvchi o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini belgilaydi.

Mazkur holatlardan kelib chiqib, mol-mulkni ishonchli boshqarish tushunchasiga quyidagicha ta'rif berish mumkin:

— mol-mulkni ishonchli boshqarish deganda, boshqaruvchining o'z nomidan mulkdorning vakolatlarini yoki boshqa shaxslar (boshqaruv muassislari) ning

10 Бу холат купрок АКТТТдя траст белгиланишига мансуб./Коммерческая право зарубежных стран. /Под.ред.И.Бушев.-Санкт-Петербург. 2005. С. 220.

11 Таъсис далолатномасини тузиш оркали трастни вужудга келтириш Англия хукукига хос./ Коммерческая право зарубежных стран. /Под.ред.И.Бушев. Санкт-Петербург.2005. С. 176.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

huquqlarini ular yoxud ular tomonidan ko'rsatilgan shaxslar manfaatlarini ko'zlab, qonun yoki shartnoma asosida samarali amalga oshirishga qaratilgan faoliyati tu-shuniladi.

Xulosa qilib aytish lozimki, mol-mulkni boshqarish munosabatlari ko'pchilik holatlarda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi asosida vujudga keladi. Shu munosabat bilan mazkur huquqiy institutning mohiyati va majburiyatlar tizimidagi o'rnini mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasinining o'ziga xos jihatlarini tahlil etish orqali ochib berish mumkin.

REFERENCES

1. Колосов Д.Ю. Договор доверительного управления имуществом в российском гражданском праве. Автореф.дис...к.ю.н. М., 2005. С.3.

2. Нарышкина Р.Л. Доверительная собственность в Англии и США. М., 1965.

3. Коммерческая право зарубежных стран./Под.ред.И.Бушев. Санкт-Петербург., 2005. С. 174-175.

4. Koryogdiev, B. U. U., & Nechaeva, E. V. (2022). DEFENSE MECHANISMS AGAINST HOSTILE TAKEOVERS (COMPARATIVE ANALYZE). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 124-135.

5. Ласк Г. Гражданское право США. М., 1961. С. 152.

6. Гражданксое и торговое право капиталистических стран./Под.ред.В.П.Мозолина, М.И.Кулагина. М., 1980. С. 140.

7. Гражданское и торговое право капиталистичесикх государств./ Под.ред. Е.А.Васильева. М., 1993. С. 235-236.

8. «Нисо» сураси, 5-6 оятлар.

9. «Нисо» сураси, 10-оят.

10. Ibrohimov, A. A. O., Koryogdiyev, B. U. O., & Tojiboyev, S. Z. (2022). KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O'ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1068-1082.

11. Зокиров И.Б. Фукаролик хукуки: Дасрлик. I кисм. Т., 2006. ТДЮИ, 47-б., Гражданское право: Учебник.Ч.2./Под.ред.А.П.Сергеева,Ю.К.Толстого. М., 2003. С. 90.

XULOSA

С 26.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

12. Бу холат купрок А^Шда траст белгиланишига мансуб./Коммерческая право зарубежных стран. /Под.ред.И.Бушев.-Санкт-Петербург. 2005. С. 220.

13. Ibrohimov, A. A. M. O. G. L., & Nechaeva, E. V. (2022). XALQARO INVESTITSIYA HUQUQIDA MILLIY REJIM VA ENG QULAY SHARTLAR REJIMI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 414-425.

14. Таъсис далолатномасини тузиш оркали трастни вужудга келтириш Англия хукукига хос./ Коммерческая право зарубежных стран. /Под.ред.И.Бушев. Санкт-Петербург.2005. С. 176.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.