Научная статья на тему 'FHDYO ORGANLARINING FUQAROLIK-HUQUQIY SUB’EKTLILIGI MUAMMOLARI'

FHDYO ORGANLARINING FUQAROLIK-HUQUQIY SUB’EKTLILIGI MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
488
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fuqarolik holati dalolatnomalari / FHDYO organi / huquqiy maqom / yuridik shaxs / yuridik shaxs belgilari. / acts of civil status / registry office / legal status / legal entity / signs of a legal entity.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Nurova, Zilola

Shaxs hayotidagi tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralishga oid fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish FHDYO organlari tomonidan amalga oshiriladi. Hozirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar barobarida FHDYO organlari faoliyatiga oid ayrim jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Ta’kidlash lozimki, FHDYO organining huquq sub’ekti sifatidagi maqomini belgilovchi alohida qonun hujjati mavjud emas. Ushbu maqolada FHDYO organlarining huquq sub’ekti sifatidagi maqomi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi hamda uni takomillashtirish istiqbollari yuzasidan tegishli takliflar ilgari suriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF CIVIL LEGAL PERSONALITY OF THE BODIES OF REGISTRATION OF ACTS OF CIVIL STATUS

Registration of acts of birth, death, marriage, divorce in the life of a person is carried out by the registry office. Along with the ongoing legal reforms in the country, it is necessary to pay attention to some aspects of the activities of the civil registry offices. It should be noted that there is no separate legislation defining the status of the registry office as a legal entity. This article discusses issues related to the status of civil registry offices as a legal entity and puts forward appropriate proposals on the prospects for its improvement.

Текст научной работы на тему «FHDYO ORGANLARINING FUQAROLIK-HUQUQIY SUB’EKTLILIGI MUAMMOLARI»

FHDYO ORGANLARINING FUQAROLIK-HUQUQIY SUB'EKTLILIGI

MUAMMOLARI

Zilola Nurova

Huquqshunos

ANNOTATSIYA

Shaxs hayotidagi tug'ilish, o'lim, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralishga oid fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish FHDYO organlari tomonidan amalga oshiriladi. Hozirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar barobarida FHDYO organlari faoliyatiga oid ayrim jihatlarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Ta 'kidlash lozimki, FHDYO organining huquq sub 'ekti sifatidagi maqomini belgilovchi alohida qonun hujjati mavjud emas. Ushbu maqolada FHDYO organlarining huquq sub'ekti sifatidagi maqomi bilan bog'liq masalalar muhokama qilinadi hamda uni takomillashtirish istiqbollari yuzasidan tegishli takliflar ilgari suriladi.

Kalit so'zlar: Fuqarolik holati dalolatnomalari, FHDYO organi, huquqiy maqom, yuridik shaxs, yuridik shaxs belgilari.

PROBLEMS OF CIVIL LEGAL PERSONALITY OF THE BODIES OF REGISTRATION OF ACTS OF CIVIL STATUS

Zilola Nurova

Lawyer

ABSTRACT

Registration of acts of birth, death, marriage, divorce in the life of a person is carried out by the registry office. Along with the ongoing legal reforms in the country, it is necessary to pay attention to some aspects of the activities of the civil registry offices. It should be noted that there is no separate legislation defining the status of the registry office as a legal entity. This article discusses issues related to the status of civil registry offices as a legal entity and puts forward appropriate proposals on the prospects for its improvement.

Keywords: acts of civil status, registry office, legal status, legal entity, signs of a legal entity.

ПРОБЛЕМЫ ГРАЖДАНСКОЙ ПРАВОСУБЪЕКТНОСТИ ОРГАНОВ РЕГИСТРАЦИИ АКТОВ ГРАЖДАНСКОГО СОСТОЯНИЯ

Зилола Нурова

Юрист

АННОТАЦИЯ

Регистрация актов о рождении, смерти, браке, расторжении брака в жизни человека осуществляется органами ЗАГС. Наряду с проводимыми в стране правовыми реформами необходимо обратить внимание на некоторые аспекты деятельности органов ЗАГС. Следует отметить, что отдельного законодательства, определяющего статус ЗАГСа как юридического лица, не существует. В данной статье рассматриваются вопросы, связанные со статусом органов ЗАГС как юридического лица и выдвигаются соответствующие предложения о перспективах его совершенствования.

Ключевые слова: акты гражданского состояния, органы ЗАГС, правовой статус, юридическое лицо, признаки юридического лица.

KIRISH

Ta'kidlash lozimki, FHDYO organining huquq sub'ekti sifatidagi maqomini belgilovchi alohida qonun hujjati mavjud emas. Biroq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi 498-son qaroriga ilova "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to'g'risida"gi 1 Nizomda va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"da FHDYO organlarining yuridik shaxs sifatidagi maqomiga nisbatan ayrim qoidalar belgilangan. Lekin Nizom FHDYO organlari faoliyatining tashkiliy asoslari belgilanishi qayd etilgan.

Qoidalar va Nizomga ko'ra, FHDYO organlarining faoliyatiga umumiy rahbarlik, FHDYO organlarini tashkil etish, qo'shib yuborish, tugatish, qayta tashkil etish va ular faoliyatini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bu holatdan shuni anglash mumkinki, FHDYO organlari mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega va ularning muassisi O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha Adliya vazirligi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, Adliya vazirligi buyruq asosida FHDYO organlarini tashkil etadi va FHDYO organlarini yuridik shaxs sifatida qayta tashkil etish va tugatish masalasini hal etadi.

1 Крнун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 03.07.2018 й., 09/18/498/1438-сон.

1060

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu o'rinda FHDYO organlarining amaldagi Fuqarolik kodeksida yuridik shaxslarga berilgan ta'rif va fuqarolik huquqida nazariyasida shakllangan yuridik shaxsning belgilariga mosligi masalasini ko'rib chiqish zarur. FKning 39 -moddasiga binoan, o'z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.

H.R.Rahmonqulovning fikricha, yuridik shaxs tushunchasi qonunning o'zida berilgan belgilari bilan ifodalanadi. Ushbu belgilar quyidagilardan iborat:

1) tashkiliy birlik;

2) o'z mulkiga va alohida mol-mulkka ega bo'lish;

3) mustaqil balans va smetaga ega bo'lish;

4) o'z majburiyatlari yuzasidan mol-mulki bilan mustaqil javobgar bo'lish;

5) o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'lish va sudda javobgar bo'lish2.

I.B.Zokirovning fikricha, FKda yuridik shaxsga berilgan ta'rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridik shaxs bo'la oladi.

Yuridik shaxslar:

1) tashkiliy birlik;

2) mulkiy mustaqillik;

3) mustaqil mulkiy javobgarlik;

4) fuqarolik muomalasida o'z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo'lishi kerak3.

Yuridik shaxslarga xos bo'lgan ana shu belgilar FHDYO organlarida ham mavjud bo'lishini tahlil etish lozim.

Qoida tariqasida FHDYO organlari ham o'zining tashkiliy birligiga ega bo'ladi va bu tashkiliy birlik o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bunday o'ziga xoslik birinchi navbatda, FHDYO organlarining Adliya vazirligi tizimiga kiritilganligi va ma'muriy boshqaruv va tashkiliy rahbarlikning Adliya vaziriligi va uning tuzilmalariga biriktirilganligi bilan belginadi. Shu bilan birga FHDYO organlari davlat organi

2 PaxMOH^y^OB X,. ©yrçapo^HK xyrçyKHHHHr cy6beKraapH.-TomKeHT: T^TOH, 2008.-68 6.

3 3oKHpoB H.E. ©yrçapo^HK xy^y^H. I-KHCM.-TomKeHT: T^TOH, 2009.-166 6.

1061

Scientific Journal Impact Factor

bo'lib, o'ziga xos vazifani bajaradi va shu sababli FHDYO organining tashkiliy birligi ham Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.

Yuridik adabiyotlarda "tashkiliy birlik" tushunchasiga yuridik shaxsning o'z faoliyatini olib borishi va o'z oldiga qo'ygan vazifalarini bajarishi hamda faoliyati bo'yicha zimmasiga huquq va majburiyat olishi muayyan boshqaruv organlari, ichki tarkibiy tuzilmalariga ega bo'lishi lozimligi ekanligi e'tirof etiladi va bu tushuncha odatda yakdillik bilan e'tirof etiladi. Ushbu holat esa FHDYO organlarida ham ko'zga tashlanadi FHDYO organlari to'g'risidagi Nizomning 5-bobi 34-bandiga ko'ra, FHDYO organlari shtatlar jadvali belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq to'lash fondi doirasida Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.

Mazkur Nizomning 4-bobida esa yuridik shaxs sifatida FHDYO organlarining rahbarlari va xodimlariga qo'yladigan talablar belgilangan bo'lib, bu holat FHDYO organining rahbari va xodimlari mavjudligi va bu holat uning ichki tarkibiy tuzilmasini anglatiishini ko'rish mumkin. Masalan, Nizomning 4-bobiga ko'ra, FHDYO organi rahbari lavozimiga oliy yuridik ma'lumotli hamda FHDYO sohasida kamida bir yillik ish stajiga ega yoki huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha kamida uch yillik ish stajiga va FHDYO organlarida muayyan tajribaga ega bo'lgan shaxslar tayinlanishi mumkin. Nizomda esa FHDYO organining 1 va 2-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimiga nisbatan talablar belgilangan. Unga ko'ra, FHDYO organining 1 va 2-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimiga oliy yuridik ma'lumotga ega yoki huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanishi mumkin. Ish yurituvchi kotib chiroyli dastxatga ega bo'lishi lozim.

Shu bilan birga FHDYO organlarining tashkiliy birligi ularni tashkil etish haqidagi qarorda belgilanadi. FHDYO organini tashkiliy birligini uning nomidan faoliyat olib boradigan mudir hamda 1va 2-toifali ish yurituvchi kotib tashkil etadi va FHDYO organining faoliyatiga mudir rahbarlik qilgani holda ish yurituvchi kotiblar mudirga bo'ysunadi. Bunday holat yuridik shaxslarning hamda yuridik shaxs hisoblanadigan har qanday davlat organining faoliyatida ko'zga tashlanadi. Zero, davlat organi fuqarolik huquqida yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi va o'z nomidan turli fuqarolik-huquqiy bitimlarda ishtirok etishi mumkin. Yuridik adabiyotlarda yozilishicha, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat ishtirokiga nisbatan yuridik shaxslar ishtirokiga oid me'yorlarning belgilanishi davlatning fuqarolik huquqi sub'ekti sifatidagi holatini aniqlashtiradi. Shu bilan birga, bunday qoidaning mustahkamlanishi davlatga nisbatan fuqarolik huquqiy javobgarlikni belgilashda, fuqarolik-huquqiy munosabatning boshqa ishtirokchilaridan huquqlarini amalga

oshirilishini (davlat bilan bo'lgan munosabatlarda) kafolatlashda muhim o'rin tutadi. Bozor munosabatlari sharoitida huquqiy munosabatning har bir sub'ektiga nisbat an belgilanadigan huquq va majburiyatlar hamda ularning amalga oshirilishi juda muhimdir4.

FHDYO organini huquq sub'ekti sifatida, yuridik shaxs sifatida ifoda etadigan navbatdagi belgisi uning mulkiy mustaqilligi hisoblanadi. FHDYO organlarining maqomini belgilovchi va uning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda FHDYO organlariga mol-mulkni biriktirish usuli va shartlariga oid qoidalar belgilanmagan. Biroq FHDYO organining fuqarolik huquqining alohida sub'ekti sifatida alohida mol-mulkka ega bo'lishi uni davlat organlari va muassasalariga mol-mulkni biriktirish shaklida amalga oshirilishi bilan ta'minlanadi. FKda davlat organlari va muassasalariga mol-mulk operativ boshqarish huquqi asosida biriktirilishi qoidasidan kelib chiqadigan bo'lsak, FHDYO organlariga mol-mulk operativ boshqarish huquqi asosida biriktiriladi, - degan xulosaga kelish mumkin. Boshqacha aytaganda, FHDYO organlarining yuridik shaxs sifatidagi mulkiy mustaqilligi operativ boshqarish huquqi asosida vujudga keladi.

Boshqa davlat organlarida bo'lgani kabi FHDYO organlarining mustaqil mulkiy javobgarligi davlatning javobgarligi sifatida yuritiladiva FKnig 15, 999-moddalaridan kelib chiqib, FXDYo organi tomonidan yetkazilgan zarar uchun davlat javobgar hisoblanadi. Bunda FHDYO organlari ko'rsatgan xizmati uchun daromad bevosita davlat byudjeti hisobiga o'tkazilganligi sababli ham ular yetkazgan zarar va FHDYO organini moddiy texnik ta'minlash yuzasidan xarajatlar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Bu holat davlat muassasalarining huquqiy maqominiifodalaydigan FKning 76-moddasi qoidalaridan kelib chiqadi. Ushbu normaga binoan, boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo'lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to'la yoki qisman moliyaviy ta'minlab turiladigan tashkilot muassasa hisoblanadi.

Muassasaning o'ziga biriktirib qo'yilgan va o'zi sotib olgan mol-mulkka bo'lgan huquqlari ushbu Kodeksning 178 va 180-moddalariga muvofiq belgilanadi. Muassasa o'z majburiyatlari bo'yicha ixtiyoridagi pul mablag'lari bilan javob beradi. Bu mablag'lar yetarli bo'lmasa, tegishli mol-mulkning egasi uning majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo'ladi. Ayrim turdagi davlat muassasalari va boshqa muassasalar huquqiy mavqeining xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

4 EapaTOB M.X. ©yRapo^HK-xy^y^HH MyHOca6araapga gaMaTHHHr umTHpoKu: Ha3apua Ba aMa^HëT.-TomKeHT: TflTOH, 2008.-32 6.

Scientific Journal Impact Factor

Nizomga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori FHDYO organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, huquqni qo'llash amaliyotini muvofiqlashtirish, «FHDYOning yagona elektron arxivi» axborot tizimini yuritish va FHDYO organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik qilish uchun mas'ul hisoblanadi.

Agentlik "fuqarolik holati dalolatnomalarini ro'yxatga olishni tashkil qiladi, FHDYO organlari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va ularni nazorat qiladi" -deb ko'rsatilgan. Shuningdek mazkur Nizomda "adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta'minlash, shuningdek adliya tizimining xodimlari mehnatiga haq to'lash Agentlikka ajratiladigan mablag' doirasida davlat byudjeti Sudlar, adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi" qoidasi belgilangan bo'lib, bu holat FHDYO organlari faoliyati Agentlik tomonidan ta'minlanishini va shu sababli FHDYO organlarining majburiyatlari uchun Adliya vaziriligi, ya'ni davlat subsidiar javobgar bo'lishini anglatadi.

Yuridik shaxslarga xos bo'lgan navbatdgi belgi fuqarolik muomalasida o'z nomidan ishtirok etish hisoblanadi. FHDYO organlari fuqarolarga huquqiy xizmat ko'rsatar ekan o'z nomidan ish olib boradi va tegishli yozuvlarni qayd etganligi haqidagi hujjatlarda o'z nomini ifoda etadi. FHDYO organiga tegishli huquqiy xizmat (fuqarolik holati yozuvlarini qayd etish) ni ko'rsatishni so'rab murojaat etgan fuqaroning arizasida ham FHDYO organi mudirining nomi ko'rsatiladi.

FHDYO organlarining fuqarolik-huquqiy sub'ektliligi avvalo ularning davlat muassasasi ekanligi hamda davlat tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarni amlga oshiruvchi sub'ektliligidan kelib chiqadi. Bunda FHDYO organi davlat tomonidan unga yuklangan huquq va majburiyatga ega bo'ladi va bu huquq va majburiyatlar huquqiy xizmat ko'rsatishga qaratiladi. FXDYo organi tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar haq evaziga xizmat ko'rsatishning bir turi bo'lib, fuqarolik holati yozuvlarini qayd etib borish orqali fuqarolarning to'liq ma'nodagi huquq sub'ektliligi, uning fuqarolik huquq va majburiyatlari, shaxsi belgilanadiki, bunday tartibdan nafaqat jismoniy shaxsning o'zi balki, davlat ham manfaatdor bo'ladi. Shu sababli ham FHDYO organi huquqlari fuqarolik holati yozuvlarini qayd etish tartibiga rioya etilishi talab qilish, amalga oshirilgan huquqiy xizmat uchun belgilangan miqdorda o'rnatilgan tariflar asosida haq to'lashni talab qilish, tegishli guvohnoma va ma'lumotlarni navbati bilan berilishini va qonun hujjatlarida belgilangan hollarda qo'shimcha haq to'lanishi talab qilish bo'lsa, uning majburiyatlari bo'lib, fuqarolik

holati dalolatnomalarini o'z vaqtida va to'g'ri qayd etish bilan bog'liq xatti-harakatlarni amalga oshirish lozmligida ifodalanadi.

FHDYO orani o'ziga yukalatilgan huquq va majburiyatlar diorasida harakat qila oladi va aynan shu jihatdan qaraganda ularning faoliyatiga nisbatan fuqarolik huquqining dispozitivlik tamoyili qo'llanilmaydi. Bundan tashqari FHDYO organlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 31 dekabrdagi 400-mh-sonli buyrug'iga

ilova Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to'g'risidagi Yo'riqnoma va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"da belgilangan xizmatlarni ko'rsata oladi va ularga nisbatan FKning 8-moddasi 1-qismida belgilangan "qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlarni, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo'lmasa-da, lekin unga zid bo'lmagan shartnomalar va boshqa bitimlarni" tuzishga haqli bo'lmaydilar.

Qolaversa, FHDYO organlarining fuqarolik huquqi sub'ektliligi ular tomonidan berilgan hujjatlarning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirishi nuqtai nazaridan ham kelib chiqadi. Mazkur qoida FKning 8-moddasi 2-qismi 2-bandi belgilangan bo'lib, unga muvofiq, fuqarolik huquq va burchlari qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hujjatlaridan vujudga keladi.

I.B.Zokirovning fikricha, har qanday davlat organi tomonidan chiqarilgan normativ xarakterga ega bo'lmagan hujjatlar ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari ham majburiy tusdagi hujjatlar qabul qiladi. Bunda ular O'zbekiston Respublikasi nomidan harakat qiladi va bu hujjatlar fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, o'zgartirish yoki bekor qilishga asos bo'lishi mumkin5.

XULOSA

FHDYO organi esa aynan shunday hujjatlarni berish orqali fuqarollik huquq va burchlarni vujudga keltiradi, boshqacha aytganda, FHDYO organlari fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirishga qaratilgan huquqiy xizmatlarni ko'rsatuvchi muassasa hisoblanadi. Umuman olganda esa, FHDYO organi davlat organlari tizimida alohida o'ringa ega bo'lib, ommviy-huquqiy xizmatlarni ko'rsatishga

5 3OKHPOB H.E. ®yKapo^HR xy^y^H. I-KHCM.-TomKeKr: T^TOH, 2009.-240 6.

1065

Scientific Journal Impact Factor

qaratilgan faoliyatni olib borish orqali fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi bilan xarakterlanadi.

REFERENCES

1. ^онун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 03.07.2018 й., 09/18/498/1438-сон.

2. Рахмонкулов X,. Фукаролик хукукининг субъектлари.-Тошкент: ТДЮИ, 2008.-68 б.

3. Зокиров И.Б. Фукаролик хукуки. I-кисм.-Тошкент: ТДЮИ, 2009.-166 б.

4. Баратов М.Х. Фукаролик-хукукий муносабатларда давлатнинг иштироки: назария ва амалиёт.-Тошкент: ТДЮИ, 2008.-32 б.

5. Зокиров И.Б. Фукаролик хукуки. I-кисм.-Тошкент: ТДЮИ, 2009.-240 б.

6. Иброхимов Азимжон Абдумумин Угли (2021). КОРПОРАЦИЯНИ БОШ^АРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА КУЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 841-853. doi: 10.24412/2181-1784-2021-10-841-853

7. Asadov, Shahriddin Faxriddin O'G'Li (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 789-799. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11-789-799

8. Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 211-225. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11-211-225

9. Болтаев М.С. Ихтиёрий тиббий сугурта шартномасининг узига хос хусусиятлари // Юрист ахборотномаси - Вестник Юриста - Lawyer herald. -Тошкент, 2021. № 3. - Б. 37-44 (12.00.00).

10. Imomov N. F. New objects of intellectual property law/Editor-in-Chief O. Okyulov //Tashkent: TSIL. - 2011.

11. Топилдиев Б. Р. ОСОБЕННОСТИ ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПЕРЕДАЧИ ПРЕДПРИЯТИЯ В ДОВЕРИТЕЛЬНОЕ УПРАВЛЕНИЕ //ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ОБЩЕСТВЕННЫХ ОТНОШЕНИЙ. - 2019. - С. 29-33.

Scientific Journal Impact Factor

12. Sharaxmetova, U. (2017) "Issues of improving the regulation of circumstances preventing marriage in family law," Review of law sciences: Vol. 1 : Iss. 2 , Article 10. Available at: https://uzjournals.edu.uz/rev law/vol 1/iss2/10

13. Musaev E. T. Current issues of protecting the rights and interests of subjects in the field of sports //Review of law sciences. - 2018. - T. 2. - №. 2. - C. 7.

14. Topildiev B., Khursanov R., Usmonova M. Trust management agreement Property and prospects for its development in the Republic of Uzbekistan //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. - 2020. - T. 7. - №. 3. - C. 3199-3205.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.