Научная статья на тему 'FUQARONING HAYOTI VA SOG’LIGIGA YETKAZILGAN ZARAR O’RNINI QOPLASH TARTIBI VA USULLARI, QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI'

FUQARONING HAYOTI VA SOG’LIGIGA YETKAZILGAN ZARAR O’RNINI QOPLASH TARTIBI VA USULLARI, QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2452
222
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hayot / sog‘liq / zarar / zararni qoplash / jabrlanuvchi / aybdor / huquq / qonunchilik / boy berilgan foyda / mehnat qilish qobiliyati / qonuniy vakil / mehnatga layoqatsiz / ma’naviy zarar / qasd / da’vo muddati / vorislik / norma / xodim / sug‘urta / sug‘urta xodisasi / tamoyil. / life / health / damage / indemnification / victim / culprit / right / law / lost benefit / ability to work / legal representative / incapacity for work / moral damage / revenge / term of claim / inheritance / norm / employee / insurance / insured event / principle.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mustafayev, Baxtiyor Ulashevich

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida shaxsiy nomulkiy huquq bo‘lgan insonning yashash va sog‘lom bo‘lish huquqlariga daxl etilganda uning o‘rnini qoplash borasidagi huquqiy me’yorlar yoritib berilgan. Bu sohadagi qonunchilik hujjatlari va ularning rivojlanish tendensiyalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlariga asoslanib xulosalar berilgan. Fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash borasidagi qonunchilik va uni qo‘llash amaliyoti hamda Fuqarolik kodeksining ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi normalarini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirishning dolzarb masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Maqolada fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash yuzasidan muhim nazariy xulosalar va takliflar ilgari surilgan. Mazkur xulosa va takliflar hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashning nazariy – ilmiy asoslarini boyitish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashning xalqaro talablar asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari katta amaliy ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCEDURES AND METHODS OF COMPENSATION FOR DAMAGE TO LIFE AND HEALTH OF CITIZENS, PROBLEMS OF IMPROVING LEGISLATION

The civil legislation of the Republic of Uzbekistan sets out the legal norms for compensating a person who has a personal non-property right to the right to life and health. Legislative acts in this area and their development trends are based on the laws adopted by the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan, resolutions of the President of the Republic of Uzbekistan, resolutions of the Cabinet of Ministers, scientific and theoretical views of legal scholars. Legislation and practice of compensation for damage to life and health of citizens, as well as topical issues of improving the norms of the Civil Code governing which based on these issues are pointed to treat in line with modern requirements. The article puts forward important theoretical conclusions and recommendations on compensation for damage to life and health of a citizen. These conclusions and recommendations provide an opportunity to enrich the theoretical and scientific basis for compensation for damage to life and health. In addition, the proposals and recommendations developed to improve the compensation for damage to life and health in accordance with international requirements are of great practical importance.

Текст научной работы на тему «FUQARONING HAYOTI VA SOG’LIGIGA YETKAZILGAN ZARAR O’RNINI QOPLASH TARTIBI VA USULLARI, QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FUQARONING HAYOTI VA SOG'LIGIGA YETKAZILGAN ZARAR O'RNINI QOPLASH TARTIBI VA USULLARI, QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI

Mustafayev Baxtiyor Ulashevich

Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi

bahtiyor198027@umailuz tel: 998919037838

ANNOTATSIYA

O'zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida shaxsiy nomulkiy huquq bo'lgan insonning yashash va sog'lom bo'lish huquqlariga daxl etilganda uning o'rnini qoplash borasidagi huquqiy me'yorlar yoritib berilgan. Bu sohadagi qonunchilik hujjatlari va ularning rivojlanish tendensiyalari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlariga asoslanib xulosalar berilgan. Fuqaroning hayoti va sog'lig'igayetkazilgan zarar o 'rnini qoplash borasidagi qonunchilik va uni qo'llash amaliyoti hamda Fuqarolik kodeksining ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi normalarini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirishning dolzarb masalalariga to'xtalib o'tilgan. Maqolada fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar o'rnini qoplash yuzasidan muhim nazariy xulosalar va takliflar ilgari surilgan. Mazkur xulosa va takliflar hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar o 'rnini qoplashning nazariy - ilmiy asoslarini boyitish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, hayot va sog 'liqqa yetkazilgan zarar o 'rnini qoplashning xalqaro talablar asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari katta amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: hayot, sog'liq, zarar, zararni qoplash, jabrlanuvchi, aybdor, huquq, qonunchilik, boy berilgan foyda, mehnat qilish qobiliyati, qonuniy vakil, mehnatga layoqatsiz, ma 'naviy zarar, qasd, da 'vo muddati, vorislik, norma, xodim, sug 'urta, sug 'urta xodisasi, tamoyil.

Гражданское законодательство Республики Узбекистан содержит правовые нормы о компенсации права на жизнь и здоровье лица, имеющего личное неимущественное право. Законодательные акты в этой сфере и тенденции их развития основываются на законах, принятых Олий Мажлисом Республики Узбекистан, постановлениях Президента Республики Узбекистан,

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

постановлениях Кабинета Министров, научно-теоретических взглядах ученых-правоведов. Законодательство и практика возмещения вреда жизни и здоровью граждан, а также актуальные вопросы совершенствования норм Гражданского кодекса, регулирующих данные отношения, в соответствии с современными требованиями. В статье выдвигаются важные теоретические выводы и рекомендации по возмещению вреда жизни и здоровью гражданина. Эти выводы и рекомендации дают возможность обогатить теоретическую и научную базу возмещения вреда жизни и здоровью. Кроме того, большое практическое значение имеют выработанные предложения и рекомендации по совершенствованию возмещения вреда жизни и здоровью в соответствии с международными требованиями.

Ключевые слова: жизнь, здоровье, ущерб, компенсация, потерпевший, виновник, закон, законодательство, упущенная выгода, трудоспособный, законный представитель, нетрудоспособный, моральный вред, месть, срок исковой давности, наследство, норма, работник, страхование, страховой случай, принцип.

The civil legislation of the Republic of Uzbekistan sets out the legal norms for compensating a person who has a personal non-property right to the right to life and health. Legislative acts in this area and their development trends are based on the laws adopted by the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan, resolutions of the President of the Republic of Uzbekistan, resolutions of the Cabinet of Ministers, scientific and theoretical views of legal scholars. Legislation and practice of compensation for damage to life and health of citizens, as well as topical issues of improving the norms of the Civil Code governing which based on these issues are pointed to treat in line with modern requirements. The article puts forward important theoretical conclusions and recommendations on compensation for damage to life and health of a citizen. These conclusions and recommendations provide an opportunity to enrich the theoretical and scientific basis for compensation for damage to life and health. In addition, the proposals and recommendations developed to improve the compensation for damage to life and health in accordance with international requirements are of great practical importance.

Keywords: life, health, damage, indemnification, victim, culprit, right, law, lost benefit, ability to work, legal representative, incapacity for work, moral damage, revenge, term of claim, inheritance, norm, employee, insurance, insured event, principle.

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

KIRISH

Inson hayoti va sog'ligi oliy qadriyat sanalganligi bois, har bir shaxsning yashash huquqlarini ta'minlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi. Zero, insonning sog'ligi va yashashga bo'lgan huquqlari, ya'ni hayoti bu dunyoda boshqa hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydigan bebaho ne'matdir. Inson omilisiz shaxs, jamiyat va davlat, shuningdek millatlar va mamlakatlar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni tasavvur etish mumkin emas. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi"ning 3-moddasida ham har bir inson yashash, erkin bo'lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega ekanligi qayd etib o'tilgan"1.

Mamlakatimizda fuqarolar, ya'ni insonlar hayoti va sog'lig'i birinchi o'rinda qo'yilar ekan, bu borada zarar yetkazish bilan bog'liq vujudga keluvchi munosabatlar va ularni tartibga solish o'ziga xos huquqiy ahamiyat kasb etadi.

Hayotimizda shunchalik ko'plab voqea-hodisalar yuz beradiki, bular orasida inson hayoti va sog'lig'i hech bir holatda zarar yetkazilmasligi mumkinligidan kafolatlanmagan. Fuqarolik huquqidagi normalar qo'riqlash funksiyalarini bajarishga qaratilgan huquq sohalaridan farqli ravishda, inson sog'lig'ini tiklashga, moddiy yo'qotishlarni qoplashga yo'naltirilgan. Ilm-fan va texnologiyalar taraqqiy etgan sari yer yuzida yirik sanoat majmualari va korxonalar soni ham oshib boradi. Bu esa mehnat munosabatlari sohasida ham xodimlarning hayoti va sog'lig'i ximoyasini kuchaytirishni talab etadi. Mamlakatimizda islohotlarning rivojlanishi va amaliyotda vujudga kelayotgan muammoli vaziyatlar mazkur sohani tadqiq etishni, shu bilan birga masalaning to'g'ri yechim topish uchun qonunchilik normalarini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirish choralarini ko'rish zaruratini ham yuzaga keltirmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ushbu sohada mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, birinchi navbatda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga alohida ahamiyat qaratish kerak. Chunki mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi o'zida barcha umuminsoniy prinsiplarni jamlagani holda to'liq demokratiya tamoyillari va asoslariga hamda halqimizning tarixi va mentalitetiga asosanlangan holda ishlab chiqilgan hujjatdir. Zero, hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar o'rnini qoplash bilan

1 EMT "HHCOH xy^y^apu yMyM^a^OH geKrapaquacH" 10.12.1948., Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu TOMOHHgaH 30.09.1991 HH^ga para^HKaqHH KH^HHraH.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bog'liq munosabatlar sohasida vujudga kelgan fuqarolaming huquqlarini amalga oshirishning kafolati bo'lib O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida "davlat fuqarolaming Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi" deb belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolaming shaxsiy huquq va erkinliklari, shu jumladan, yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi hamda inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyat ekanligi haqidagi qoida qat'iy belgilab qo'yildi

Fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bilan bog'liq qoidalar yuqoridagi tamoyillardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Jumladan, ushbu munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi 985-1022-moddalari bilan tartibga solinadi. Kodeksning ushbu bobida zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo'yicha umumiy qoidalar, fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bilan bog'liq qoidalar, tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, ma'naviy zararni qoplash bilan bog'liq huquqiy munosabatlar tartibga solingan.

Qonunchilik normalarini qo'llash borasida qonunosti hujjati sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.2005 yildagi "Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog'liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to'lash qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 60-sonli qarori bo'lib, unga ko'ra xodimlarning hayot va sog'liqqa yetkazilgan zararni rasmiylashtirish tartibi, zararni hisoblab chiqish va to'lash tartibi va usullarining mexanizmlari to'liq belgilab berilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003 yil 19 dekabrdagi "Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo'yicha sud amaliyoti haqida"gi 18-sonli qarori bilan sudlarga ushbu boradagi qonunchilik normalarini qo'llash borasida tushuntirishlar berilgan. Huquq normalarini takomillashtirib borish zaruratini hayotning o'zi taqozo etadi va ushbu masalalar doimiy tarzda o'rganilib, qonundagi bo'shliqlar to'ldirilib boriladi. Ayniqsa, ushbu yo'nalishda huquqshunos olimlarning ilmiy izlanishlari muhim rol o'ynaydi. Aytish joizki, bu borada mamlakatimizning yetuk huquqshunos olimlari tomonidan hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar va uni qoplash borasidagi qonunchilik normalarining qo'llanilishi bilan bog'liq muammolar o'rganilib, ularni takomillashtirishga qaratilgan bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan. O.Oqyulovning "Fuqarolik huquqi" darsligi 1-qismi,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

H.Raxmonqulovning "Fuqarolik huquqi" darsligi maxsus qismi (II), M.Ziyadullaevning "Delikt majburiyatlar: ijtimoiy ta'minotga oid huquqiy muammolar", A.Inoyatovning "O'zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi" darsligi kabilar shular jumlasiga kiritish mumkin.

Xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan ham hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar va uni qoplashning huquqiy asoslariga bag'ishlangan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, Rossiyalik huquqshunoslar N.A.Ivanovaning "Возмещение вреда, причиненного жизни или здоровью гражданина", S.S.Alekseyevning "Гражданское право" darsligi, Y.A.Suxanovning "Российское гражданское право" darsligi, II Tom, Majburiyat huquqi, shuningdek M.B.Smolenskiy, Ye.V.Astapova, S.V.Mixaylov "Гражданское право" darsligini ko'rsatish mumkin.

Bugun yangi O'zbekistonda qonunchilik hamda barcha huquq tarmoqlari sohalarini zamon talablariga mos tarzda rivojlantirish uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan. Shu bois, yuritimiz huquqshunos olimlari va sohaning boshqa yetuk mutaxassislari tomonidan sohadagi qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan tinimsiz ilmiy izlanishlar olim borilmoqda.

MUHOKAMA

Hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar o'rnini qoplash bilan bog'liq munosabatlar sohasida vujudga kelgan fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishning kafolati bo'lib O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim rol o'ynaydi.

Zero, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi deb belgilab qo'yilgan.

Shu bois, hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar bilan bog'liq kelib chiqadigan munosabatlar boshqa fuqarolik huquqiy munosabatlardan tartibga solinishi xususiyatlari jihatidan bir qator o'ziga xoslikka ega.

Insonning yashash huquqi, uning hayoti va sog'lig'i borasidagi munosabatlari shaxsiy nomulkiy munosabatlardir. Biroq unga daxl etilishi, zarar yetkazilishi oqibatida mulkiy ya'ni moddiy ko'rinishdagi huquq va majburiyatlar kelib chiqishi bilan baholanadi. Bunday deyishimizga sabab jabrlanuvchida faqat huquq bo'ladi ya'ni qonunchilikda mustahkamlab qo'yilgan huquqlardan foydalanib yetkazilgan zararni qoplash talablarini qo'yish, aybdor shaxsda esa faqat majburiyat bo'ladi ya'ni jabrlanuvchining talablarini bajarish va o'zi tomonidan yetkazilgan zararni qoplash majburiyati paydo bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Delikt majburiyat bo'lgan fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar bilan bog'liq munosabatlar odatda sodir etilgan jinoiy qilmishlar bilan bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining maxsus qismi 1-bobi Hayotga qarshi jinoyatlar, 2-bobi Sog'liqqa qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilab qo'yilgan. Jinoyat qonunchiligi normalarida aybdor shaxsga nisbatan sodir etgan qilmishi uchun faqat jazo choralari ya'ni sanksiyalarni nazarda tutadi.

Hayot va sog'liq borasida sodir etilgan jinoiy qilmishlar oqibatida kelib chiqqan zararlarning o'rnini qoplashning huquqiy asoslari Fuqarolik qonunchiligi normalarida belgilab berilgan. Hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar bilan bog'liq kelib chiqadigan munosabatlar asosan shartnomadan tashqari, ya'ni delikt majburiyatlar hisoblanganligi sababli O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi 985-1022-moddalari bilan tartibga solinadi.

Agar ayrim sohalarda fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog'liq alohida maxsus qonun normalari mavjud bo'lmasa yoki yoki tartibga solinmagan bo'lsa Fuqarolik kodeksining mazkur bobi qoidalari ushbu munosabatlarga qo'llaniladi. Hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar o'rnini qoplash bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishning o'zining ma'lum bir huquqiy tamoyillari mavjuddir. Fuqarolik kodeksining 1-moddasida Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari qayd etib o'tilgan. Ushbu negizlar (tamoyillar) fuqarolik qonunchiligining butun mazmunini ya'ni o'zagini qamrab olgan. Shu bois, ushbu tamoyillar ham bevosita fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararni o'rnini qoplash bilan bog'liq kelib chiqadigan munosabatlarga ham taalluqlidir.

Delikt majburiyatlar ham muayyan yuridik faktlarga tayanadi. Ya'ni hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan yuridik faktlarning sodir etilishi tegishli huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar uchun javobgarlik va uni qoplash asoslari fuqarolik qonunchiligining umumiy tamoyillariga asoslanadi.

Delikt majburiyatning har ikkala tarafi ham huquqiy jihatdan qonun oldida tengdir. Jabrlanuvchi yoki manfaatdor shaxs hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar o'rnini qoplanishini talab qilib murojaat etishga haqli.

Hayot va sog'liqqa zarar yetkazish bilan bog'liq kelib chiqadigan munosabatlarda zararni qoplashning eng muhim huquqiy asosi bo'lib Fuqarolik kodeksining 985-moddasi sanaladi. Qonunga ko'ra, g'ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to'liq hajmda qoplanishi lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Fuqarolarimizning hayotini va sog'lig'ini asrash, insonning ajralmas huquqi bo'lgan yashash hamda sog'lom bo'lish huquqini ta'minlashda yuqoridagi qonun normalari hamda Fuqarolik kodeksi muhim rol o'ynaydi. Buni jamiyatimizda yuz berayotgan ko'plab holatlar misolida ham kuzatish mumkin.

Jumladan, BUGUN.UZ saytida 2022 yil 17 fevralda O'zbekistonda 2021 yilda yo'l transport hodisalari oqibatida halok bo'lgan fuqarolar soni haqida ma'lumot keltirilgan bo'lib, unda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati YTHlar bo'yicha taqdim etgan yillik statistikaga ko'ra, O'zbekistonda 2021 yil davomida sodir etilgan yo'l -transport hodisalari oqibatida 2426 kishi halok bo'lgan.2

Gazeta.uz saytida 2021 yil 4 fevralda e'lon qilingan ma'lumotga ko'ra: Davlat mehnat inspeksiyasi 2020 yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 tani tashkil etganini, bu esa 2019 yilga nisbatan 107 taga ko'pligini ma'lum qilgan. Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo'lgan.

2020 yil davomida respublikada ushbu ko'rsatgich 607 tani (107 taga ko'paygan) tashkil etgan bo'lsa, 2019 yilda ishlab chiqarish bilan bog'liq baxtsiz hodisalar 500 ta bo'lgan.

Baxtsiz hodisalar oqibatida 693 nafar xodim jabrlangan. Shundan 201 nafar xodim halok bo'lgan, 457 nafari og'ir va 35 nafari yengil tan jarohati olgan.3

Statistik raqamlardan ham ko'rinib turibdiki insonlar hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazish bilan bog'liq turli xil hodisalar yildan-yilga faqat ko'payib kelmoqda.

Bu esa o'z navbatida huquqi buzilgan shaxslarning huquqlarini tiklash hamda yetkazilgan zarar o'rnini qoplash borasidagi murojaatlarining oshib borishiga ham sabab bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi sudlariga fuqaroviy munosabatda fuqaroning sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmati, hayoti, sog'lig'iga, mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog'liq kelib tushgan ishlarni tahlil qilganimizda: 2019 yilda 269 ish ko'rib tamomlangan bo'lib shundan 183 tasi qanoatlantirilgan. 2020 yilda 671 ta ish ko'rib tamomlangan bo'lib shundan 459 tasi qanoatlantirilgan. Majburiyat huquqiy munosabat hisoblangan fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar va uning kelib chiqish sabablari, sub'ektlari, jabrlanuvchi va zarar yetkazuvchining huquqiy holatlari, zararni qoplashning maqsadi alohida o'ziga xoslikka ega.

2 Узбекистонда 2021 йилда йултранспорт ходисалари окибатида неча киши халок булгани маълум килинди. 17.02.2022 й. https://bugun.uz/2022/02/17/ozbekistonda-2021-yilda-yol-transport-hodisalari-oqibatida-necha-kishi-halok-bolgani-malum-qilindi/

3 2020 йилда ишлаб чикаришдаги бахтсиз ходисалар сони ошди 04.02.2021 й. https://www.gazeta.uz/uz/2021/02/04/incident/

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Fuqarolik kodeksida sog'liqqa yetkazilgan zarar va uni qoplashning doirasi deganda qanday holatlarni tushunish mumkinligi va u nimalardan iborat ekanligi yoritib berilgan.

Fuqarolik kodeksining 1005-moddasida, Shartnoma majburiyatlarini bajarishda, shuningdek harbiy xizmat majburiyatlarini, ichki ishlar organlaridagi xizmatni va boshqa shunga o'xshash majburiyatlarni bajarishda fuqaroning hayoti yoki sog'lig'iga yetkazilgan zarar, agar qonunda yoki shartnomada javobgarlikning ancha yuqori miqdori nazarda tutilmagan bo'lsa, 57-bob qoidalariga muvofiq qoplanishi tartibi belgilab qo'yilgan. Mazkur norma shartnomaviy (mehnat) munosabatlar hamda harbiylashtirilgan va shunga o'xshash sohalarda xizmat majburiyatlarini bajarishda fuqaroning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilgan taqdirda agar boshqa qonunlarda javobgarlikning yuqori darajasi belgilab qo'yilgan bo'lmasa fuqarolik kodeksida belgilangan normalar asosida qoplanishini ko'zda tutgan. Ushbu norma dispozitiv harakterdagi umumiy norma hisoblanadi. Maxsus qonunda yoki shartnomada zarar yetkazganlik uchun oshirilgan javobgarlik nazarda tutilgan bo'lmasa, ushbu umumiy norma qoidalari qo'llaniladi. Agarda maxsus norma yoki shartnoma qoidalari FKning 57-bobi qoidalariga nisbatan jabrlanuvchining holatini yomonlashtirsa, bu holda FKning normalari qo'laniladi4.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 189, 192-moddalarida ish beruvchi xodimning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar uchun to'liq javobgar ekanligi haqida qoida mustahkamlangan.

MK 191-moddasi talabiga ko'ra jabrlanuvchining qo'pol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishi yoki ko'payishiga sabab bo'lsa, to'lanishi lozim bo'lgan zarar miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytirilishi mumkinligi belgilangan. Ammo qonun jabrlanuvchi aybdor bo'lgan holatlarda ham ish beruvchi tomonidan hayot va sog'liqqa yetkazilgan zararni rad qilishga yoki boshqacha tarzda qoplashdan bo'yin tovlashga yo'l qo'yilmasligini qat'iy belgilab o'tgan5.

Fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar bilan bog'liq tarzda vujudga keladigan majburiyat munosabatlarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin. Birinchisi fuqaroning sog'lig'iga yetkazilgan zararni undirish bilan bog'liq munosabatlar bo'yicha javobgarlik (FKning 1006, 1008-moddalari), ikkinchisi fuqaroning vafot etishi oqibatida boquvchisini yo'qotganlik uchun yetkazilgan

4 X,.PaxMOHKy^OB, O.Orm^ob Ba 6omrça Mya^H^ap ^aMoacu "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu ©yrçapo^HK KogeKCHra mapx" T. 2013 h. 304-6eT

5 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu Me^Har KogeKCH 21.12.1995 h.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

zararni undirish bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiquvchi javobgarlik (FKning 1009-moddasi).

Yuqorida sanab o'tilgan majburiyat munosabatlari yuz beradigan oqibatlari va huquqiy tartibga solinish asoslariga ko'ra bir-biridan ancha farq qiladi.

Birinchi munosabat, fuqaroning sog'lig'iga zarar yetkazilganda zarar yetkazuvchi shaxsning aybi bilan u faqat ma'lum bir mehnat qobiliyatini yo'qotadi, ya'ni mehnat unumdorligi darajasi o'zi hohlamagan holda majburiy tarzda pasayadi. Bunday holatda fuqaroda qonunchilikka muvofiq sog'lig'iga yetkazilgan zarar o'rnini qoplashni talab qilish huquqi paydo bo'ladi.

Qonunga ko'ra, fuqaro mayib qilinganda yoki uning sog'lig'iga boshqacha shikast yetkazilganda jabrlanuvchi oladigan yoki muayyan ravishda olishi mumkin bo'lgan yo'qotilgan ish haqi (daromadlari), shuningdek salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qo'shimcha harajatlari, shu jumladan davolanish, qo'shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protez qo'ydirish, birovning parvarishida bo'lish, sanatoriy-kurortda davolanish, maxsus transport vositalarini sotib olish, boshqa kasbga tayyorgarlikdan o'tish harajatlari, agar jabrlanuvchining ana shu yordam va parvarish turlariga muhtojligi hamda ularni bepul olish huquqiga ega emasligi aniqlansa, o'rni qoplanishi lozim(FK 1006-moddasi 1-qismi).

Yo'qotilgan ish haqi va daromadlar tushunchasiga ta'rif berib shuni aytish mumkinki, fuqaroning sog'lig'iga zarar yetkazilganida u buning natijasida kundalik (vazifasini bajaraolmasligi) ishini davom ettira olmasligi oqibatida ilgari olib kelgan yoki kelajakda ishlab topishi mumkin bo'lgan ish haqi va boshqa daromadlaridan to'liq yoki qisman mahrum bo'lib qolishini tushunish lozimdir. Mazkur holatda jabrlanuvchi Fuqarolik Kodeksining 14-moddasi talablari asosida zarar va boy berilgan foydani undirish huquqiga ega bo'ladi. Moddiy zarar deganda fuqaroning sog'lig'iga yetkazilgan zararni da'volash va uni tiklash uchun haqiqatda qilgan moddiy ko'rinishda amalga oshirgan harajatlaridir. Jabrlangan fuqaro ya'ni jismoniy shaxs sog'lig'ini (tanasi, organizmining olgan moddiy jarohatlarini) tiklash uchun harajatlar qilishga majbur bo'ladi. Albatta bular (davolanish, qo 'shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protez qo 'ydirish, birovning parvarishida bo 'lish) bepul tarzda amalga oshirilmaydi, sog'liqni tiklash ishlari ma'lum bir to'lov va harajatlarni talab qiladi. Jabrlangan fuqaro avvalgi ishini (kasbini), korxona tashkilot, muassasalardagi mehnat faoliyatini qisman yoki butunlay davom ettirishdan mahrum bo'lishi ham mumkin. Fuqaro ishlamagan taqdirda turmush kechirish uchun daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullanib yurgan odatiy ishini bajara olmaydi. Buning oqibatida jabrlanuvchi amalda olishi yoki daromad topishi mumkin bo'lgan foydadan

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qisman yoki butunlay mahrum bo'lib qoladi. Sudlar tomonidan bunday toifadagi nizolarni ko'rishda boy berilgan foydani undirish haqida talab mavjud bo'lsa, albatta yuqorida qayd etib o'tilgan holatlarni sinchkovlik bilan e'tibor berib o'rganishlari lozim bo'ladi.

Rossiyalik huquqshunos olim Ye.A.Suxanov agar fuqaroning sog'lig'iga yetkazilgan zararni o'rganish davomida boy-berilgan foydaning yo'qligi (masalan, ishlamaydigan pensiya olayotgan fuqaroning sog'lig'iga zarar yetkazilganligi) aniqlansa undirilmaydi degan fikrni bildirgan6.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Huquqshunos olimning fikriga qo'shilgan holda uni quyidagicha to'ldirish maqsadga muvofiqdir. Sog'liqqa yetkazilgan zarar oqibatida kelib chiqqan boy berilgan foydani aniqlashda jabrlanuvchining nogironlik nafaqasida ekanligi yoki muomalaga layoqatsiz ekanligi ham muhim rol o'ynaydi. Chunki 1 va 2-guruh nogironlari va muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning o'zlari ham ko'roq birovning qaroviga muhtoj bo'ladi, ya'ni daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullanmaydi. Shu bois, ushbu shaxslarning sog'lig'iga zarar yetkazilganda ham boy berilgan foyda mavjud bo'lmaydi.

Agar sog'lig'iga zarar yetkazilgan fuqaro vaqtincha ishsiz bo'lsa yoki ishlamasa boy berilgan foydani hisoblab chiqarish uning oxirgi ishlagan joyidagi ish haqi yoki jabrlanuvchining yashash hududidagi belgilangan o'rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Rossiyalik huquqshunos olimlar A.Smolenskiy va boshqalar agar ish haqi yoki boshqa daromad manbaiga ega bo'lmagan 14 yoshga to'lmagan yoki voyaga yetmagan shaxsning sog'lig'iga zarar yetkazilgan bo'lsa, aybdor zarar yetkazuvchi shaxs faqatgina sog'liqqa yetkazilgan zararni da'volash uchun qilingan harajatlarni qoplashga majbur.

Agar voyaga yetmagan biroq 14 yoshdan yuqori bo'lgan (14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan) hech qaerda ishlaymadigan, ish haqi va daromad manbaiga ega bo'lmaganlarning sog'lig'iga zarar yetkazilgan bo'lsa, aybdor zarar yetkazuvchi shaxs, moddiy zarar bilan birgalikda mutanosib tarzda mehnat qobiliyatining yo'qotilishi ya'ni pasayishi bilan bog'liq zararlarni ham qoplashga majburdir. Mustaqil ish haqiga ega bo'lgan voyaga yetmaganning sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplash summasi qonunda belgilangan mehnatga layoqatli aholining yashashi uchun zarur bo'lgan minimal miqdordan kam bo'lmasligi lozim deydi7.

6 Е.А.Суханов "Российское гражданское право" учебник Том II обязательственное право М. 2015 й. 1128-бет. file:///C:/Users/User/Downloads/%D0%A0%B2%20(z-lib.org).pdf

7 М.Б.Смоленский, Е.В.Астапова, С.В.Михайлов Гражданское право учебник, Москва -2021, 192-бет.

188

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Rossiyalik ushbu olimlarning fikrini 14 yoshga to'lmagan mustaqil ish haqiga ega bo'lmagan voyaga yetmagan shaxslarning sog'lig'iga yetkazilgan zarar borasida bildirgan fikrlariga qo'shilish mumkin.

Biroq 14 yoshdan yuqori bo'lgan mustaqil ish haqiga ega bo'lgan yoki bo'lmagan shaxslarning sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplash borasidagi fikrlarini to'ldirish lozim.

Bunday deyishimizga sabab, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko'ra ishga qabul qilishga o'n olti yoshdan, ayrim holatlarda qonuniy vakillarning yozma roziligiga asosan o'n besh yoshdan qabul qilishga yo'l qo'yilishi belgilab qo'yilgan.

Shunday holatda mamalakatimiz qonunchiligiga ko'ra 15 yoshga to'lgan voyaga yetmagan shaxslarga sog'lig'ini yo'qotishi oqibatida yetkazilgan moddiy zarar, ishchanlik ya'ni mehnat qobiliyatining yo'qotilishi yoki pasayishi bilan bog'liq zarar bilan birgalikda kelgusida topishi mumkin bo'lgan va ololmay qolgan daromadlarni ya'ni boy berilgan foydani ham undirish lozimdir.

Sog'liqqa yetkazilgan zarar borasida ishchanlik qobiliyatining pasayishi tushunchasiga ham e'tibor qaratish lozim. Ishchanlik qobiliyati deganda jabrlanuvchining kasbiy mehnat unumdorligi darajasi tushuniladi.

Fuqaroning kasbiy mehnat layoqatini yo'qotilishi darajasi tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyalari tomonidan o'tkazilgan tegishli tartibdagi tekshirishlar natijasida aniqlanadi. Bunda fuqaroning mehnatga layoqatlilik qobiliyati foizlarda hisoblanadi. Masalan, ekspert fuqaro mehnatga layoqatililik qobiliyatining 60 foizini saqlab qolgan degan xulosaga kelsa, yo'qotilgan mehnat qobiliyati 40 foizini tashkil etadi. Bunda ushbu yo'qotishga mutanosib ravishda yetkazilgan zararning o'rnini qoplanishi shartdir.

Sog'liqqa yetkazilgan zarar albatta jismiy ya'ni inson tanasida yetkazilgan moddiy zarar ko'rinishida bo'lishi lozimdir. Fuqaroning sog'lig'iga yetkazilgan zararni hisoblab chiqish hamdan shundan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Qonunning o'zida sog'liqqa yetkazilgan zarar o'rnini qoplash summasini hisoblab chiqarishning tartibini belgilab bergan bo'lib, unga ko'ra, "Ish haqi (daromad)ning barcha turlari soliqlar ushlab qolinmasdan oldin hisoblangan summalarda hisobga olinadi.

O'rtacha oylik ish haqi (daromad) sog'liqqa shikast yetkazilishidan oldingi ishlangan o'n ikki oy ichidagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini o'n ikkiga bo'lish yo'li bilan hisoblab chiqiladi. Zarar yetkazilgan paytgacha jabrlanuvchi o'n ikki oydan kam ishlagan hollarda o'rtacha ish haqi (daromad) sog'liqqa shikast

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

yetkazilishidan oldingi amalda ishlangan oylardagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini ana shu oylar soniga bo'lish yo'li bilan hisoblab chiqiladi.

Jabrlanuvchi to'liq ishlamagan oylar uning xohishiga ko'ra bundan oldingi to'liq ishlangan oylarga almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoniyati bo'lmaganda hisobdan chiqarib tashlanadi.

Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan paytda ishlamayotgan bo'lsa, uning xohishiga ko'ra mehnat shartnomasi bekor qilinishigacha bo'lgan ish haqi (daromadi) yoxud mazkur joyda uning malakasidagi xodimga to'lanadigan, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasidan kam bo'lmagan odatdagi haq to'lash miqdori hisobga olinadi."8

Ikkinchi munosabat, bu fuqaroning hayotiga zarar yetishi bilan bog'liqdir. Bunda fuqaroning vafot etishi oqibatida uning qaramog'ida bo'lgan boquvchisini yo'qotganlik natijasida yetkazilgan zarar o'rnini qoplashdir. Bu borada fuqarolik kodeksining 1009-moddasida kimlar bunday huquqqa ega bo'lishi belgilab qo'yilgan. Boquvchisi vafot etgan taqdirda quyidagilar zararni undirish huquqiga ega: marhumning qaramog'ida turgan yoki u vafot etgan kungacha undan ta'minot olish huquqiga ega bo'lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar; marhumning vafotidan keyin tug'ilgan farzandi;

mehnat qobiliyatidan qat'i nazar, marhumning qaramog'ida bo'lgan uning o'n to'rt yoshga to'lmagan yoxud ko'rsatilgan yoshga to'lgan bo'lsa ham tibbiyot muassasasining xulosasiga ko'ra salomatligi bo'yicha boshqalarning parvarishiga muhtoj bo'lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo'lgan va ishlamaydigan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa a'zosi;

marhumning qaramog'ida bo'lgan va uning vafotidan keyin besh yil ichida mehnatga qobiliyatsiz bo'lib qolgan shaxslar.

Ishlamaydigan va marhumning 1009-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo'lgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud oilaning boshqa a'zosi parvarishlashni amalga oshirish davrida mehnatga qobiliyatsiz bo'lib qolgan taqdirda, ana shu shaxslarni parvarishlash tugaganidan keyin zararni undirish huquqini saqlab qoladi.

Boquvchisining vafoti oqibatida yetkazilgan zararni undirish huquqiga ega bo'lgan shaxslarning marhum bilan bo'lgan qarindoshlik aloqalari O'zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligida belgilab berilgan normalardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

8 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH ©y^apo^HK KogeKCH hrrhhhh RHCM 29.08.1996 H. 1007-Mogga

190

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mazkur majburiyat munosabatlarida aybdor shaxsning aybi bilan fuqaro o'zining ajralmas huquqi bo'lgan yashash huquqidan g'ayriqonuniy tarzda mahrum etiladi. Buning oqibatida manfaatdor shaxslar aybdordan o'zlarining boquvchisini yo'qotishi oqibatida ko'rgan moddiy hamda ma'naviy ziyonni undirish huquqlariga ega bo'ladilar.

Boquvchisining vafoti oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchining ish haqi va boshqa daromadlaridan kelib chiqib to'lanishi lozim bo'lgan summa marhumning qaramog'ida bo'lgan yoki u ta'minlab turgan barcha shaxslarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Fuqarolik qonunchiligi talablari asosida aybdor shaxs o'zi sodir etgan huquqbuzarlik oqibatida vafot etgan jabrlanuvchining oila a'zolariga yoki oila a'zosiga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga, shuningdek jabrlanuvchi vafot etganligi tufayli ko'rilgan zarar uchun dafn etish uchun zarur bo'lgan xarajatlar o'rnini bu xarajatlarni qilgan shaxslarga qoplab berishi majburdir.

Qonunchilikda marhumning yaqinlari fuqaroning vafoti sababli davlatdan olgan yoki olishga haqli bo'lgan dafn etish nafaqasi aybdor shaxs to'lashi yoki qoplashi lozim bo'lgan to'lovlarning hisobiga kiritilmasligi belgilab qo'yilgan.

Amaliyotida shartnomaviy (mehnat va boshqa xizmat majburiyatlari bilan bog 'liq bo 'Imagan) munosabatlardan tashqari vujudga kelgan fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash borasida juda ko'plab muammolar mavjud.

Aybdor shaxsda zararni qoplash imkoniyati bo'lmasligi yoki qoplashdan qasddan bo'yin tovlash hollari ham juda ko'p. Masalan, qasddan hayot va sog'liqqa qarshi jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan jabrlanuvchiga shunday zarar yetkazishni hohlagan yoki shunga harakat qilgan. Bunday holatda aybdor yetkazilgan zararni qoplashdan qasddan bosh tortishi yoki qoplash uchun moddiy imkoniyati umuman bo'lmasligi tabiiy holdir. Mazkur holatda muammoning ayrim yechimlari davlat tomonidan hal etilgan. Bunda jabrlanuvchi mamlakatimiz qonunchiligida belgilab qo'yilgan tartibda sog'lig'iga zarar yetkazilganlik darajasidan kelib chiqib davlatdan nogironlik nafaqasi olish huquqining vujudga keladi yoki marhumning oila a'zolariga boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi tayinlanadi.

Qonunda yo'qotilgan ish haqini (daromadlarni) aniqlashda jabrlanuvchiga mayib bo'lishi yoki sog'lig'iga boshqacha shikast yetishi sababli tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek sog'lig'iga zarar yetkazilmasidan oldingi va undan keyingi boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga o'xshash to'lovlar e'tiborga olinmaydi va zararni qoplash miqdorini kamaytirishga sabab

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bo'lmaydi (zararni qoplash hisobiga kiritilmaydi). Zararni qoplash hisobiga, shuningdek jabrlanuvchi sog'lig'iga shikast yetkazilganidan keyin oladigan ish haqi (daromadi) ham kiritilmasligi belgilangan.

Shuningdek qonunchilik yoki shartnoma bilan FKning 1012 va 1013-moddalariga muvofiq jabrlanuvchiga tegadigan to'lov hajmi va miqdori ko'paytirilishi mumkinligi ko'rsatilgan.

Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat davlat siyosati darjasiga ko'tarilganligi bois kasallik, nogironlik, boquvchini yo'qotganlik hollarida xar xil ijtimoiy jamg'armalar xisobidan turli pensiyalar, nafaqalar va sh.k. to'lanadi. Biroq bu sog'liqqa shikast yetkazilgani sababli yetkazilgan zararni undirilishini rad etish yoki miqdorini kamaytirish uchun asos bo'la olmaydi deydi huquqshunos olim O.Oqyulov9.

Hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar o'rnini qoplash bilan bog'liq majburiyatlar uzoq davomiylikka ega bo'lgan munosabatlar hisoblanadi. Shu bois vaqt o'tishi bilan to'lanadigan summalar ham inflyatsiya va narxlarning oshishiga qarab indeksatsiya qilib boriladi.

Haqiqatda oxirgi besh yil davomida davlatimiz tomonidan mamalakatimiz fuqarolarining ijtimoiy ximoyasini kuchaytirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, daromad soliq stavkalari 12 foizga tushirildi, mehnatga kam haq to'lash miqdori belgilab qo'yildi, pensiya va boshqa nafaqa turlari tinimsiz ravishda miqdori oshirib borilmoqda. Mamalakatimiz hududidagi tuman, shaharlardagi mahallalarda "Temir daftar" yuritilib ijtimoiy ximoyaga muhtoj xotin-qizlarga moddiy ko'mak berib borilmoqda. Bundan tashqari joylardagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan kam ta'minlangan oilalar ro'yxati shakllantirilib, ularni ijtimoiy ximoya qilish maqsadida bir martalik pul shaklida moddiy yordam berib borilmoqda. Huquq normasi shuni ta'kidlaydiki jabrlanuvchi fuqaroning yoki boquvchisini yo'qotgan shaxslarning pensiya, nafaqa va boshqa to'lovlarni olib kelishi fuqaroning sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashda zararning kamaytirilishiga yoki boquvchisini yo'qotgan shaxslarning nafaqa va boshqa to'lovlar olishining to'xtalishiga asos bo'lmaydi. Fuqaroning sog'lig'i shikastlanganidan keyin oladigan daromadlari ham uning sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash his obiga kiritilmaydi va to'lab boriladigan zarar miqdori kamaytirilmaydi.

Fuqarolik qonunchiligi hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar borasida kelib chiqqan munosabatlarga nisbatan da'vo muddatini joriy etmaydi. Ushbu qoida

9 X,.PaxMOHKy^OB, O.Oktotob Ba 6omrça Mya^H^ap ^aMoacu "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu ©y^apo^HK KogeRCura mapx" T. 2013 h. 307-6eT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Fuqarolik kodeksining 163-moddasida o'z aksini topgan bo'lib, unga ko'ra, fuqaroning hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararni to'lash haqidagi talablarga da'vo muddati joriy qilinmaydi. Da'vo muddati o'tganidan keyin qo'zg'atilgan talablar da'vo qo'zg'atilishidan oldingi ko'pi bilan uch yil bo'yicha qondiriladi.

Bu davlatimiz tomonidan har bir fuqaroning hayot va sog'lig'i borasida yetarlicha qayg'urayotganligi, ushbu holatlar doimiy e'tiborda ekanligini ko'rsatadi.

Delikt majburiyat bo'lgan hayot va sog'liqqa zarar yetkazishdan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi normalar ham insoniyat taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib takomillashtirish zarurati vujudga keladi. Mamlakatimiz ham tezkorlik bilan iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirib bormoqda. O'tgan besh yil davomida sud huquq va qonunchilik sohasida qator islohotlar o'tkazildi. O'zbekiston Respulikasining 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida belgilab olingan tadbirlar ijrosidan kelib chiqib ko'plab Qonun hujjatlari va qonun osti hujjatlari takomillashtirildi hamda yangilari qabul qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi "O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi F-5464-sonli Farmoyishi qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi ma'qullandi hamda O'zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi. Farmoyish bilan fuqarolik qonunchiligini yanada takomillashtirishning qator ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi. Shu bois, fuqarolik qonunchiligining fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog'liq vujudga keladigan delikt majburiyatlar borasidagi normalarini ham yanada takomillashtirish zarurati mavjud. Amaliyotdan kelib chiqqan holda quyidagi yo'nalishlarda qonunchilik normalarini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Odatda oshiqcha xavf manbai hisoblangan transport vositalari egalari(mulkdorlari)ning fuqarolik huquqiy javobgarligi muhim rol o'ynaydi. Chunki amaliyotda fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga avtrotransport vositalari tomonidan zarar yetkazilishi holati ancha yuqoridir. Mazkur holatda jabrlanuvchi fuqaroda yetkazilgan zararni aybdor shaxsning sug'urta kompaniyasidan undirib olish huquqi vujudga keladi.

Fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar o'rnini qoplash bilan bog'liq munosabatlarda ham regress huquq mavjuddir. Bunga ko'ra aybdor shaxs tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar agar zarar yetkazuvchi bo'lmagan uchinchi shaxslar

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tomonidan qoplangan taqdirda zararni qoplagan shaxs aybdor shaxsga nisbatan qoplangan zararni undirish haqidagi (regress) talab bilan chiqishga haqli.

Mazkur holatda Fuqarolik kodeksining 1001-moddasiga e'tiborni qaratish lozim bo'ladi. Qonunning ushbu normasida "Boshqa shaxs (mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim, transport vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k) tomonidan yetkazilgan zararni to'lagan shaxs bu shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan bo'lsa, to'langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega." ekanligi belgilangan.

Biroq amaliyotda avtotransport vositasi orqali fuqaroning hayoti yoki sog'lig'iga yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs tomonidan ayrim hollarda o'zaro kelishuv asosan to'liq qoplab berilgan. Biroq jaburlanuvchi fuqaro yoki manfaatdor shaxs ixtiyoriy ravishda zarar qoplanganligidan qat'iy nazar javobgarligi sug'urta qilingan aybdorning sug'urta tashkilotidan yoki FKning 921-moddasida ko'rsatilgan shaxsiy sug'urta shartnomasini tuzgan holatda tegishli sug'urta tashkilotidan sug'urta hodisasi yuz berganligi bo'yicha murojaat etib hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar uchun sug'urta summasi (mukofoti)ni ham olgan. Jabrlanuvchi ikki bor ya'ni zararni to'liq ixtiyoriy ravishda qoplagan aybdor shaxsdan hamda sug'urta tashkilotidan yetkazilgan zarar uchun to'lovlar olgan.

Shunday holatlarda aybdor shaxs yetkazilgan zararni to'liq qoplab berganligini vaj keltirib zararni qoplagan shaxsga regrees talab qo'yuvchiga nisbatan e'tirozlarini bildirish holatlar uchramoqda.

Yuqorida qayd etilgan holat bevosita sud amaliyotida kuzatilmoqda. Jumladan, da'vogar O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi "ALSKOM" MChJ sug'urta kompaniyasi manfaatida javobgar A.A.ga nisbatan yetkazilgan zararni regress tartibida undirish haqidagi da'vo arizasi bilan sudga murojaat etgan. Da'vo arizasida da'vogar "ALSKOM" MChJ sug'urta kompaniyasi "O'zbektelekom" AK Toshkent shaxar telefon tarmog'i filiali o'rtasida tuzilgan "Ish beruvchini fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish" to'g'risidagi sug'urta polisiga asosan fuqaro B.B.ni hayoti sug'urtalanganligini, javobgar boshqaruvida bo'lgan "Mersedes" rusumli transport vositasini "Yul harakati qoidalari" talablariga zid ravishda hamda spirgan ichimlik istemol kilgan xolda boshqarishi oqibatida, o'z xizmat vazifasini olib bajarayotgan "O'zbektelekom" AK Toshkent shaxar telefon tarmog'i filiali xodimini urib yuborib, yo'l transport hodisasini sodir qilishi oqibatida xodim B.B. turli tan jaroxatlari olib, voqea joyida vafot etganligini, mazkur yo'l transport hodisasi bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 24.06.2009 yildagi 177-sonli "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish" Qoidalariga hamda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jinoyat ishlari bo'yicha Yakkasaroy tuman sudining xukmiga asosan jabrlanuvchiga jami 830 777 718.11 so'm sug'urta tovoni to'lab berilganligini, ushbu Koidaning 74 -bandiga ko'ra ish beruvchi majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urtalovchi tomonidan to'langan zararlar bo'yicha javobgar bo'lgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sug'urta tovonini to'lashni amalga oshirgan sug'urtalovchiga u to'lagan summa doirasida o'tishini ko'rsatib, javobgar A.A. hisobidan da'vogar "ALSKOM" CK AJ foydasiga 830 777 718.11 so'm miqdorda yetkazilgan zararni regress tartibida undirishni so'ragan.

Toshkent shahri fuqarolik ishlari bo'yicha Uchtepa tumanlararo sudi tomonidan 03.12.2021 yilda mazkur da'vo arizasi yuzasidan qo'zg'atilgan fuqarolik ishi sud majlisida ko'rib chiqilib, da'vogarning da'vo talabi qanoatlantirilgan.

Sudda javobgar A.A. va uning vakillari manfaatdor shaxs manfaatdor shaxs ya'ni marhumning turmush o'rtog'i V.V. ga 33 000 AQSh dollari miqdorida tovon puli to'lab berganligini aytib da'voni rad qilishni so'rashgan.

Manfaatdor shaxs V.V. ham aybdor shaxs A.A. tomonidan unga turmush o'rtog'ining vafoti munosabati bilan tovon puli sifatida 33 000 AQSh dollari miqdorida pul berganligini tan olgan.

Qonunda ushbu holatda qanday yo'l tutish kerakligi aniq belgilanmaganligi bois ushbu holatlarga aniqlik kiritilishi lozim.

Shu bois Fuqarolik kodeksining 1001-moddasi normalarini takomillashtirish lozim.

Qonunni quyidagi "Jabrlanuvchining hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar o'rnini qoplash bilan bog'liq majburiyatlar bo'yicha zarar aybdor shaxs tomonidan to'liq qoplangan bo'lsa-da, biroq tegishli tartibda qo'yilgan talabga asosan mazkur zarar uchun to'lovlar uchinchi shaxs tomonidan ham takroran amalga oshirilgan hollarda ushbu to'lov ortiqcha to'lov sifatida qaralmaydi. Aybdor shaxs hamda zararni qoplangan shaxs jabrlanuvchiga nisbatan ortiqcha to'lov sifatida qayta (regress) talab qilish huquqiga ega bo'lmaydi." degan mazmundagi band bilan to'ldirish maqsadga muvofiqdir.

Huquqshunos M.Ziyadullaev mazkur sohada ayrim fikrlarni bildirgan bo'lib unga qo'shilmaslikning iloji yo'q. Jumladan "Delikt majburiyatlar munosabatlarida pereventiv choralarni ko'rilishi va pereventiv funksiyani samarali bajarilishi muhim ahamiyatga ega, chunki delikt tufayli yetkazilgan har qanday zararni o'rnini ham qoplash mumkin bo'lavermaydi. Masalan, o'lganni tiriltirish yoki kesib tashlangan oyoq yoxud qo'lni qaytarish mumkin emas. Shu sababli delikt yuzaga kelishi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sabablarini aniqlash hamda ularni oldini olishga qaratilgan norma va qoidalarni qonun hujjatlarida nazarda tutilishi muhim ahamiyatga egadir.

Delikt majburiyatlarning yana bir xususiyati sifatida shu holat ham qayd etilishi mumkinki, masalan, ma'muriy va jinoyat huquqi va fuqaro munosabatlarida shaxs manfaatlari davlat manfaatlaridan ustun turishi lozim, davlat o'z fuqarolari huquq hamda manfaatlari samarali ximoya etilishini ta'minlashi uchun mas'ul bo'lishi, ularning mulkiga yoki shaxsiga yetkazilgan zarar o'rnini qoplash choralarini ko'rishi kerak. Delikt tufayli zarar yetkazilganida, basharti bu hol jinoyat sodir etilishi bilan bog'liq bo'lsa va jinoyat sodir qilgan shaxs zararni qoplashga qodir bo'lmasa, zarar o'rni davlat hisobidan to'liq qoplab berilishi va keyinchalik jinoyatchi fuqarodan regress tartibda undirib olinishi kerak. Amaldagi jinoyat va fuqarolik qonunchiligida ushbu prinsip mustahkamlangan bo'lsa-da, uni yana ham kuchaytirish zarurati mavjud. Chunki aybdorning to'lovga qobiliyatsizligi sababli yetkazilgan zararni o'z vaqtida qoplanishiga erishilmayotgan hollar ancha ko'pdir."10 deya ta'kidlaydi.

Fuqarolik kodeksining 1009-moddasi "Boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon ko'rgan shaxslarga zararni to'lash" deb nomlangan. Ushbu normada faqatgina marhumning qaramog'ida mehnatga layoqatsiz shaxslar mavjud bo'lsagina ularga yetkazilgan zarar to'lanadi. Biroq marhumning qaramog'ida mehnatga layoqatsiz shaxslar bo'lmasa marhumning vafoti oqibatida yetkazilgan zarar uning yaqinlariga (otasi-onasi, xotini(eri), farzandlariga hech qanday zarar to'lanmaydi. Ular faqatgina dafn harajatini hamda FKning 1021-1022-moddalari talablari asosida ma'naviy zararni undirish huquqiga ega bo'lishadi xolos. Garchi jabrlanuvchi fuqaro jinoyat qurboni bo'lsa ham. Shu bois Fuqarolik qonunchiligini xuddi mehnat qonunchiligining 194-moddasi 2-qismida belgilab qo'yilganidek normadan kelib chiqib takomillashtirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Bunda Fuqarolik kodeksining 1009-moddasi nomini "Fuqaro yoki boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon ko'rgan shaxslarga zararni to'lash" deb o'zgartirish. Qonunni quyidagi mazmundagi "Marhumning yaqin qarindoshlari jabrlanuvchining vafoti munosabati bilan aybdor shaxsdan bir yo'la biroq BHMning 1000 baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda tovon puli undirilishini talab qilishga haqli." degan norma bilan to'ldirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Mazkur taklifni FKning 1021-moddasidagi ma'naviy zararni undirish haqidagi qoidadan farqlash lozim. Ma'naviy zarar bu marhumning yaqinlariga jabrlanuvchining vafoti munosabati bilan kechirgan jismoniy yoki ruhiy iztiroblari, hissiy kechinmalari natijasida ularga yetkazilgan zarar hisoblanadi.

10 М.Д.Зиядуллаев "Деликт мажбуриятлар: ижтимоий таъминотга оид хукукий муаммолар" Тошкент. 2015. 21-22-бетлар. https://drive.google.com/file/d/1buSrnPvzgbhpbThZs82yJ155UgxUAkuK/view

196

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Bundan tashqari, FKning 1011-moddasi nomini "Zarar yetkazgan shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi yoki vafoti oqibatida uning merosxo'rlari tomonidan zararning qoplanishi" deb o'zgartirish hamda mazkur moddani "Agar zarar yetkazuvchi fuqaro yetkazilgan zararni qoplash imkoniyatiga ega bo'lmasa, yetkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanadi. Biroq davlat tomonidan qoplangan zarar keyinchalik aybdor shaxsdan yoki uning vorislaridan qayta (regress) undirib olinadi." degan band bilan to'ldirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Dunyodagi ro'y berayotgan global o'zgarishlar va mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotining rivojlanishi bosqichida xorijiy mamlakatlarda mehnat munosabatlarda bo'lgan fuqarolarimizning hayot va sog'lig'ini ximoyasini ta'minlash borasidagi qonunchilikning ayrim jihatlarini takomillashtirish zarurati mavjud.

Bunda quyidagi holatga e'tiborni qaratish lozim bo'ladi, ya'ni O'zbekiston aholisi orasida xorijda ishlash uchun borishga ishtiyoqmad fuqarolar juda ko'p. Ular ko'proq yaxshi daromad topish, yuqori ish haqlari olish va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash maqsadini ko'zlashadi. Mamlakatimiz aholisi o'rtasida mehnat migratsiya munosabatlarini tartibga solish uchun O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi davlat unitar korxonasi tashkil etilgan. Ushbu agentlikning nizomi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2018 yil 5 iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilib tasdiqlangan. Shunindek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining mehnat migratsiya borasida bir qancha hujjatlari qabul qilingan.

Parlament tomonidan O'zbekiston Respublikasining "Xususiy bandlik agentliklari to'g'risida"gi 2018 yil 16 oktyabrda O'RQ-501-sonli Qonuni qabul qilingan. Biroq mehnat migratsiya borasida anchagina normativ hujjatlar qabul qilingan bo'lsada, fuqarolik va mehnat qonunchiligida mehnat migrantlarining huquqiy holati va ijtimoiy ximoyasi borasida yetarlicha normalar mavjud emas. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati F.Sharipovning quyidagi "sohadagi milliy qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini yanada takomillashtirish, mehnat migrantlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash maqsadida "Tashqi mehnat migratsiyasi to'g'risida"gi Qonunni qabul qilish vaqti keldi."11 degan fikrini alohida e'tibor olish lozimdir.

11 "Таш^и ме^нат миграция тугрисида"ги конунни кабул килиш вакти келди" номли макола Конунчилик палатаси депутати Ме^нат ва ижтимоий масалалар кумитаси аъзоси Ф.Шарипов 29.05.2021 й. https://parliament.gov.uz/uz/events/opinion/34669/

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat qilayotgan fuqarolarimizning huquqlarini, ularning hayoti va sog'lig'ini ximoyasini kuchaytirish borasidagi tegishli qonunlarni qabul qilish va shundan kelib chiqqan holda fuqarolik hamda mehnat qonunchiligini takomillashtirish lozim deb hisoblayman. Yuqorida keltirib o'tilgan barcha takliflar fuqarolarning hayoti va sog'lig'ining ximoyasini kuchaytirish, yetkazilgan zarar o'rnini qoplashning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgandir.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Конституцияси 1992 й.

2. Узбекистан Республикаси Фукаролик кодекси умумий, махсус кисмлар 1995 й., 1996 й..

3. Узбекистон Республикаси мехнат кодекси 21.12.1995 й.

4. Узбекистон Республикасининг 22.09.2016 йилдаги "Мехнатни мухофаза килиш тугрисида"ги УР^-410-сонли ^онуни.

5. Узбекистон Республикасининг "Истеъмиолчининг хукукларини химоя килиш тугрисида"ги 26.04.1996 йилдаги ^онун.

6. Узбекистон Республикасининг "Фукаролар соглигини саклаш тугрисида"ги 29.08.1996 йилдаги 265-1-сонли Крнуни.

7. Узбекистон Республикасининг "Сугурта фаолияти тугрисида"ги 23.11.2021 йилдаги УР^-730-сонли ^онуни.

8. Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 11.02.2005 йилдаги "Ходимларга уларнинг мехнат вазифаларини бажариш билан боглик холда жарохатланиши, касб касалликларига чалиниши ёки саломатликнинг бошка хил шикастланиши туфайли етказилган зарарни тулаш коидаларини тасдиклаш тугрисида"ги 60-сонли карорига 1-илова.

9. Узбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2003 йил 19 декабрдаги "Мехнат вазифаларини бажариши муносабати билан ходимнинг хаёти ва соглигига етказилган зарарни коплашга оид низолар буйича суд амалиёти хакида"ги 18-сонли карори.

Darsliklar va ilmiy monografiyalar

1. Муаллифлар жамоаси О.Окюлов тахрири остида "Фукаролик хукуки" дарслик 1-кисм Т. ТДЮИ нашриёти 2016 й.

2. Фукаролик хукуки (II) Узбекистонда хизмат курсатган фан арбоби, юридик фанлари доктори, профессор Х..Ращонцулов, юридик фанлари доктори, Узбекистонда хизмат курсатган юрист, Тошкент давлат юридик институти

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

"Фуцаролик ууцуци" кафедраси мудири, профессор И.Зокиров ва Узбекистон Республикаси Адлия вазири, юридик фанлари номзоди, доцент Ф.Отахоновларнинг умумий таурири остида. 2008 й.

3. Узбекистон Республикаси Фукаролик кодексига шарх 3-жилд Тошкент 2013 й..

4. "Деликт мажбуриятлар: ижтимоий таъминотга оид хукукий муаммолар" М.Д.Зиядуллаев Тошкент 2015 й.

5. https://drive.google.com/file/d/1 buSrnPvzgbhpbThZs82yJ 155UgxUAkuK/view

6. А.Иноятов "Узбекистон Республикасининг Мехнат хукуки" дарслик Т. 2002 й.

7. Е.А.Суханов "Россия фукаролик хукуки" дарслик Том II мажбурият хукуки М. 2015 й.

8. Н.А.Иванова. Возмещение вреда, причиненного жизни или здоровью гражданина. Автореферат 2007 г.

9. С.С.Алексеев Гражданское право Учебник для вузов М. 2009 г.

10. М.Б.Смоленский, Е.В.Астапова, С.В.Михайлов Гражданское право учебник, Москва -2021,

Xalqaro hujjatlar

1. БМТ "Инсон хукуклари Умумжахон декларацияси" 10.12.1948 й., 30.09.1991 йилда ратификация килинган.

2. БМТ "Фукаролик ва сиёсий хукуклар тугрисида"ги Х,алкаро пакт 16.12.1966 й. Узбекистон 31.08.1995 йилда кушилган.

Internet ma'lumotlari (maqola va ma'ruzalar)

1. 2020 йилда ишлаб чикаришдаги бахтсиз ходисалар сони ошди 04.02.2021 й. https://www.gazeta.uz/uz/2021/02/04/incident/

2. Узбекистонда 2021 йилда йултранспорт ходисалари окибатида неча киши халок булгани маълум килинди. 17.02.2022 й. https://bugun.uz/2022/02/17/ozbekistonda-2021-yilda-yol-transport-hodisalari-oqibatida-necha-kishi-halok-bolgani-malum-qilindi/

3. "Ташки мехнат миграция тугрисида"ги конунни кабул килиш вакти келди" номли макола ^онунчилик палатаси депутати Мехнат ва ижтимоий масалалар кумитаси аъзоси Ф.Шарипов 29.05.2021 й. https://parliament.gov.uz/uz/events/opinion/34669/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.