Научная статья на тему 'INGLIZ VA MILLIY HUQUQIMIZDA SHARTNOMAVIY JAVOBGARLIKNING ASOSLARI'

INGLIZ VA MILLIY HUQUQIMIZDA SHARTNOMAVIY JAVOBGARLIKNING ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
446
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shartnoma / shartnomaviy javobgarlik / ayb / zarar / huquqqa xilof harakat / sababiy bog‘lanish / shartnomaning ijobiy buzilishi / anticipatory repudiation / culpa in contrahendo. / contract / contractual liability / guilt / damage / wrongful act / causation / positive breach of the contract / anticipatory repudiation / culpa in contrahendo.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Doniyorbek Baxtiyor O‘g‘li Imomniyozov, Guljazira Shuraxanovna Atalikova

Ma’lumki, fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari o‘z xohish-irodalari va o‘z manfaatlari asosida harakat qilishadi. Shuning uchun ham ko‘pincha shartnomani buzish hollari uchrab turadi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy aylanmaning umumiy barqarorligiga ta’sir qiladi. Shu munosabat bilan, shartnomani buzganlik uchun javobgarlik mavzusi har doim dolzarb bo‘lib qoladi. Shuni ham aytish kerakki, shartnomani buzganlik uchun javobgarlik masalasi yuridik soha vakillari orasida har doim o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan huquqiy institut bo‘lib qolmoqda. Bunga ijtimoiy munosabatlarning rivojlangani sari turli xildagi yangi shartnomalarning vujudga kelishi va ularda taraflarning javobgarligi masalasi kundan kunga yangilanib borayotganidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FUNDAMENTALS OF CONTRACTUAL LIABILITY IN VARIOUS LEGAL SYSTEMS

It is known that participants in civil law relations act on the basis of their will and their own interests. Therefore, there are often cases of violation of the contract. And this, in turn, affects the overall stability of economic turnover. In this regard, the topic of liability for breach of contract always remains relevant. It should also be noted that the issue of liability for breach of contract remains a legal institution that does not lose its relevance among representatives of the legal sphere at all times. This is due to the fact that as social relations develop, new agreements of a different nature arise, in which the issue of the responsibility of the parties is updated day by day.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA MILLIY HUQUQIMIZDA SHARTNOMAVIY JAVOBGARLIKNING ASOSLARI»

INGLIZ VA MILLIY HUQUQIMIZDA SHARTNOMAVIY JAVOBGARLIKNING ASOSLARI

Doniyorbek Baxtiyor o'g'li Guljazira Shuraxanovna Atalikova

Imomniyozov

Toshkent davlat yuridik universiteti M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston

Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchisi davlat universiteti Yuridik fakulteti

Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasining katta o'qituvchisi, PhD

ANNOTATSIYA

Ma'lumki, fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari o'z xohish-irodalari va o'z manfaatlari asosida harakat qilishadi. Shuning uchun ham ko'pincha shartnomani buzish hollari uchrab turadi. Bu esa, o'z navbatida, iqtisodiy aylanmaning umumiy barqarorligiga ta'sir qiladi. Shu munosabat bilan, shartnomani buzganlik uchun javobgarlik mavzusi har doim dolzarb bo'lib qoladi.

Shuni ham aytish kerakki, shartnomani buzganlik uchun javobgarlik masalasi yuridik soha vakillari orasida har doim o'z ahamiyatini yo'qotmay kelayotgan huquqiy institut bo'lib qolmoqda. Bunga ijtimoiy munosabatlarning rivojlangani sari turli xildagi yangi shartnomalarning vujudga kelishi va ularda taraflarning javobgarligi masalasi kundan kunga yangilanib borayotganidir.

Kalit so'zlar: shartnoma, shartnomaviy javobgarlik, ayb, zarar, huquqqa xilof harakat, sababiy bog'lanish, shartnomaning ijobiy buzilishi, anticipatory repudiation, culpa in contrahendo.

FUNDAMENTALS OF CONTRACTUAL LIABILITY IN VARIOUS LEGAL

SYSTEMS

It is known that participants in civil law relations act on the basis of their will and their own interests. Therefore, there are often cases of violation of the contract. And this, in turn, affects the overall stability of economic turnover. In this regard, the topic of liability for breach of contract always remains relevant.

It should also be noted that the issue of liability for breach of contract remains a legal institution that does not lose its relevance among representatives of the legal sphere at all times. This is due to the fact that as social relations develop, new agreements of a different nature arise, in which the issue of the responsibility of the parties is updated day by day.

ABSTRACT

Keywords: contract, contractual liability, guilt, damage, wrongful act, causation, positive breach of the contract, anticipatory repudiation, culpa in contrahendo.

Ingliz huquqida kontinental Yevropa mamlakatlarining qonunlarida bo'lganidek fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortish uchun shartnomaning buzilishi va shartnoma buzuvchiga huquqiy vositalarni qo'llash shartlar majmui: zarar, qarzdorning aybi va ular o'rtasidagi sababiy bog'lanish asos bo'ladi. Biroq ingliz huquqida kontragentning fuqarolik-huquqiy javobgarligini asoslaydigan ushbu holatlarning tavsifi ayrim jihatlari bilan kontinental Yevropa mamlakatlaridagi asoslardan farqlanadi. Shuning uchun quyidagi ushbu farqlarni ko'rib chiqamiz.

ASOSIY QISM

Shartnomani buzish fuqarolik-huquqiy javobgarlikning sharti sifatida. Ingliz huquqiy doktrinasining pragmatik tabiati, birinchi navbatda, shartnoma javobgarligini huquqiy tartibga solish muammolari, shartnoma buzilishining oqibatlari kabi aniq jihatlarga e'tibor qaratdi. Shartnoma buzilishi (breach of contract) konsepsiyasining asosiy qoidasi, ushbu munosabatlarning tuzilishini oldindan belgilab beradi ya'ni shartnoma bajarilmasligi natijasida yuzaga kelgan zarar uchun qarzdorning javobgarligi uni buzish fakti bilan asoslanadi. Qarzdor o'zining shartnomaviy majburiyatlarini bajargan yoki bajarmaganligi, ijroni kechiktirgan yoki kechiktirmaganligi hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, chunki shartnomaning buzilish (breach of contract) faktini ifodalash uchun va'da qilingan muvaffaqiyatga erishilmaganligi, qarzdor tarafidan berilgan kafolatning yo'qolishi fikoya. Bundan tashqari, zararni qoplashni talab qilish huquqining paydo bo'lishi sababi qarzdorning shartnomani bajarmaganligi uchun aybdor yoki yo'qligiga bog'liq emas.

1979-yil "Tovarlarni sotish to'g'risida"gi qonunning 10-moddasida1 tegishli shartnomalarni bajarish muddatlari to'g'risida qoidalar mavjud bo'lib, shartnomani buzishning boshqa turlaridan farqli o'laroq, ular faqat ijro muddatini buzish oqibatlarini tartibga soladigan maxsus qoidalarni o'z ichiga olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ingliz qonunchiligi ushbu shartnoma buzilishiga xos bo'lgan huquqiy oqibatlarni aniqlash naqtayi nazaridan kech bajarilishini (ijro muddatining buzilishini) ta'kidlamasdan, shartnomani buzish haqidagi umumiy tushunchaga asoslanadi.

Shuni aytish kerakki, ba'zi hollarda shartnomani buzish nafaqat nuqsonli kontragentning javobgarligi uchun, balki shartnomani bekor qilish uchun ham asos sifatida ko'rib chiqilishi mumkin. Biroq zarar ko'rgan tarafning shartnomadan voz

1 Юрист Лебедев Антон Дмитриевич: Sale of Goods Act 1979 (lebedevlaw.blogspot.com)

KIRISH

kechish va yetkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi da'vo ariza berish huquqi o'rtasidagi munosabatlar masalasi ingliz huquqida aniq tartibda solinmagan.

Ingliz huquqi an'anaviy ravishda shartnomaning "muhim" va "oddiy" shartlar

л

(kafolatlar) deb nomlanadigan shartlarni ajratib turadi . Shartnomani buzish ushbu shartlarning bajarilmasligiga qarab farqlanadi. Muhim shartni bajarmaganlik zarar ko'rgan tarafga nafaqat zararni qoplash, balki shartnomani bekor qilish huquqini beradi, oddiy shartni bajarmaganlik esa faqat zararni talab qilish huquqini beradi. Shartnomaning qaysi sharti "muhim" yoki "oddiy" ekanligi, qonun hujjatlarida hal qilinadi yoki sud amaliyoti (sud qarorlari) bilan belgilanadi. Masalan, 1979 yil Tovarlarni sotish to'g'risidagi qonun shartnomaning ijro etilish vaqti masalasini quyidagicha tartibga soladi. Qonunning 10-moddasiga ko'ra agar shartnoma shartlaridan boshqacha holatlar kelib chiqmasa, shartnomaning to'lov muddati haqidagi

"5

sharti oldi-sotdi shartnomasining muhim sharti emas . Lekin bu kabi qoidalar zarar ko'rgan tarafni shartnomaning "muhim" yoki "oddiy" shartlarini buzilishidan qat'i nazar zararni qoplashni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Soddaroq aytganda shartnomani buzgan taraf yetkazilgan zararni qabulashga majbur bo'ladi.

Ingliz huquqining juda muhim xususiyati - bu shartnoma mazmunini to'ldirishga imkon beradigan huquqiy fiksiyalarning (uydirma) keng qo'llanilishidir. Shuningdek, shartnomani buzish shartnomada qonun normalaridan kelib chiqadigan yoki sud tomonidan e'tirof etilgan "nazarda tutilgan" shartnoma shartlari buzilgan taqdirda ham sodir bo'lishi mumkin. 1979 yilgi Tovarlarni sotish to'g'risidagi qonunda shartnomada ba'zi bir "nazarda tutilgan" shartlarning mavjudligi prezumptsiyasi mavjud bo'lib, ularning buzilishi huquqiy oqibatlari jihatidan shartnomada aniq ko'rsatilgan shartlarning buzilishiga o'xshaydi (bunga qonunning 12-moddasini misol qilish mumkin).

Konragent tomonidan shartnoma shartlarini bajarilmasligiga qarab, huquqbuzarlikning ko'rsatilgan turlaridan tashqari, huquqiy adabiyotlarda shartnomani buzganlik uchun boshqa tasnif mezonlari ham ta'kidlangan. Xususan, P.O.Xalfina shartnomani buzishning haqiqiy va kutilayotgan turlarini ajratib ko'rsatadi4

Shartnomaning haqiqiy buzilishi deganda shartnomani belgilangan muddatda bajarmaslik tushuniladi. Bunda shartnomaning buzilish faqat shartnomani bajarish muddati tugagandan keyin aniqlanishi mumkin. Kutilayotgan (taxmin qilinadigan) buzilish deganda esa kontragent o'zining shartnomaviy majburiyatini bajarishdan bosh tortishi haqida yoki shartnomani ijro etish mumkin emasligi to'g'risidagi ikkinchi tarafni shartnoma muddati tugashidan oldin xabardor qilishi tushuniladi.

2 https://casetext.com/case/williams-v-salmond

3 Юрист Лебедев Антон Дмитриевич: Sale of Goods Act 1979 (lebedevlaw.blogspot.com)

4 Халфина P.O. Договор в английском гражданском праве. - М.„ 1959. С.с. 308-309

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2022

"Kutilgan buzilish (anticipatory repudiation)" doktrinasi. Ushbu doktrinaning Hochster v.s Dela Tour 1853 ishi5 bo'yicha ingliz sudining qaroridan kelib chiqqan mohiyati shundaki, agar qarzdor o'z majburiyatlarini bevosita yoki bilvosita shaklda bajarish muddati tugaguniga qadar uni bajarishdan voz kechsa, kreditor bunday xatti-harakatni shartnomaning buzilishi deb hisoblashi mumkin. Shunday qilib shartnomaning kutilayotgan buzilishi to'g'risidagi doktorinasining asosi shartnomadan kelib chiqadigan majburiyat bo'lib, uning buzilishi, shartnomani bekor qilishni emas, kontragentga yetkazilgan zararni qoplash uchun sudga murojaat qilish huquqini beradi.

Kutilayotgan buzilishning huquqiy oqibatlari shundan iboratki, zarar ko'rgan taraf kontragent bilan "kelishadi", ya'ni yo shartnomani bekor qilingan deb hisoblaydi va zararni qoplashni talab qiladi yoki u bunday holatlarni e'tiborsiz qoldiradi va belgilangan muddatgacha shartnomani haqiqiy deb hisoblaydi.

Ta'kidlash lozimki, kutilayotgan buzilish doktrinasini qo'llashning huquqiy oqibatlaridan eng muhimi, qarzdorga shartnoma majburiyatini bajarish muddatini kutmasdan, kreditorning zararni qoplash uchun da'vo qilish huquqini tan oldirishdir.

Ingliz yuridik doktrinasida kutilayotgan rad etishning huquqiy mohiyatini asoslashga nisbatan boshqa fikrlar ham bildirilgan. Xususan, S.Uillistonning ta'kidlashicha, majburiyatni bajarish uchun bajarilishdan oldin mantiqan hech qanday buzilish bo'lishi mumkin emas. Muayan voqea yoki muddat yuzaga kelishi bilan shartnoma bo'yicha biror narsa qilishga majbur bo'lgan shaxs, ushbu voqea sodir bo'lgunga qadar yoki belgilangan vaqt kelguniga qadar hech qachon o'z majburiyatini buzishi mumkin emas6. Bizningcha, muallifning ushbu fikriga qo'shilib bo'lmaydi. Negaki ayrim holatlarda kontragent o'zining majburiyatlarini o'ziga bog'liq bo'lmagan holda bajara olmay qolishi mumkin yoki uning o'z majburiyatini bajarmasligiga ikkinchi tarafning ham hissasi bo'lgan bo'lishi mumkin.

Zarar fuqarolik-huquqiy javobgarlikning sharti sifatida. Shartnomani buzish natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlarni ingliz huquqi bilan tartibga solish kontinental Yevropa mamlakatlari qonunlari bilan deyarli bir xil prinsiplarga asoslanadi ya'ni ingliz huquqida ham zarar moddiy va ma'naviy zararga ajratiladi.

Shartnomani buzish natijasida ko'rilgan zarar, odatda, da'vogarga uning buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplatish uchun mo'ljallangan. Shartnomani buzish oqibatida ko'rilgan zarar to'g'risidagi sud qarorining maqsadi, da'vogarnining mulkiy holatini avvalgi ya'ni shartnoma buzilishidan oldingi holatga keltirishdir. Ingliz huquqida zararni hisoblashning huquqiy asoslari shundan iboratki, qarzdor da'vogarning shartnomani bajarishga tayorgarlik ko'rishda va uning buzilishi sababli foydasiz bo'lib qolgan har qanday xarajatlarni qoplashi kerak. Shartnoma tuzilgunga

5 Hochster v. De La Tour case brief (onelbriefs.com)

6 Williston S. Treatise on the law of contracts. New York. 1937. - P. 1055.

87

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

qadar qilingan xarajatlar ham, agar taraflar shartnoma buzilgan taqdirda, bunday xarajatlar kelib chiqishini kutgan bo'lsa, qoplanadi.

Ta'kidlash kerakki, ingliz huquqida zararni qoplashning asosiy funktsiyasi, qarzdorga yetkazilgan zarar uchun jazo qo'llash emas, balki ushbu institutning kompensatsion tabiati mavjudligi bilan bog'liq. Boshqacha aytganda, zararni qoplash bu zarar ko'rgan tarafning mulkiy holatini ikkinchi tomonning kompensatsiyasi asosida tiklashdir. Shuning uchun zarar miqdori shartnomaning buzilishi, ayb va ular o'rtasidagi sababiy aloqadorlikka bog'liq emas.

Shartnomani buzgan holda ma'naviy zarar (psychological injury) uchun kompensatsiya uning huquqiy tartibga solinishida yetkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi qoidalarning umumiy tamoyillariga bo'ysunadi.

Ayb fuqarolik-huquqiy javobgarlikning sharti sifatida. Kontinental Yevropa mamlakatlarining huquqiy tizimlaridan farqli o'laroq, ingliz qonunchiligida ayb shartnoma majburiyatlarini buzganligi uchun javobgarlikning asosiy elementi emas. Aybdorlik darajasi yoki shakli javobgarlik doirasini aniqlashda u darajada ahamiyat kasb etimaydi. Qonun nuqtayi nazaridan, shartnomaning buzilishi qasddan, ehtiyotsizlik tufayli yoki majburiyatni bajarmagan shaxs tarafidan umuman aybsiz sodir etilganmi bu e'tiborga olinmaydi. Sud amaliyoti tarafidan kamdan-kam hollarda yo'l qo'yiladigan ushbu prinsipdan tashqari holatlar tijorat aylanmasining asosiy qismiga ta'sir qilmaydi. Shunga qaramay, yetkazilgan zararni qoplashni belgilashda aybdorlik inobatga olinadigan hollarda, bu mas'uliyat masalasi bo'lishi mumkin, bu shartnoma majburiyatini buzish emas, balki noto'g'ri xatti-harakat oqibati hisoblanadi. Aybdorlik buzuvchi taraf tarafidan to'lanadigan tovon miqdoriga ta'sir qiladi degan tamoyil ushbu huquq tizimida ustunlik qiladi.

Sababiy bog'lanish fuqarolik-huquqiy javobgarlikning sharti sifatida. Shartnoma majburiyatlarini buzilishi va natijada yetkazilishi mumkin bo'lgan zarar o'rtasidagi sababiy munosabatlar, shubhasiz, shartnomani buzganlik uchun javobgarlikni shakllantirishning muhim elementidir. Biroq ta'kidlash kerakki, kontinental Yevropa huquqidan farqli o'laroq, ingliz yuridik doktrinasida shartnoma majburiyatlarida sababiy bog'lanishga katta e'tibor berilmaydi. Bu quyidagicha izohlanadi:

Birinchidan, shartnoma huquqi asosida qoplanishi kerak bo'lgan zarar, jismoniy emas, balki moddiydir. Shartnomani buzish va yetkazilgan zarar o'rtasidagi sababiy munosabatlarni o'rnatish, garchi u delikt huquqi sohasida bo'lgani kabi, boshqa munosabatlar bilan bog'liq.

Ikkinchidan, shartnoma huquqidagi javobgarlik, delikt majburiyatlaridan ko'ra ko'proq xavf tushunchasiga asoslanadi: kontragent shartnomani buzish natijasida zarar

ko'rganligi uchun tovon to'lashga majburdir, garchi ba'zan kontragentning bevosita zarar yetkazuvchi ekanligini aniq aytish mumkin bo'lmasada.

Shunday qilib, sababiy munosabatlarni topish muammosi faqat shartnoma majburiyatini buzish faktini aniqlash uchun muhimdir. Kompensatsiya miqdorini aniqlashda sababiylik prinsipi boshqa prinsip bilan cheklanadi.

Yuqoridagi tahlillardan xulosa shuki, ingliz huquqida shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik chorasi qo'llashda, romano-german huquqida bo'lgani kabi, shartnomaning buzilishi, zarar, ayb va ular o'rtasidagi sababiy bog'lanishning mavjudligi muhim hisoblanmaydi. Ingliz huquqida shartnomaning buzilish faktining mavjudligi zarar yetkazgan shaxsga nisbatan javobgarlikni qo'llash uchun asos bo'ladi. Shuni ham aytish kerakki, romano-german huquqida shartnomaning buzilishi ikkinchi tarafga shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqini bersa, ingliz huquqi buni shartnomaning "muhim" va "oddiy (muhim bo'lmagan)" shartlariga bog'laydi. Yuqorida ta'kidlanganidek, ingliz huquqida qonun shartnomaning "oddiy" sharti buzilganda, ikkinchi tarafga faqat zararni qoplashni talab qilish huquqinigina beradi.

Milliy huquqda taraflarning shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganligi uchun ularni javobgarlikka tortish asoslari yuridik jihatdan tartibga solingan. Biroq avvalgi bobda aytilganidek, ushbu institut majburiyat huquqining tarkibiy qismi bo'lganligi uchun javobgarlik ham umumiy majburiyatlardan kelib chiqqan holda belgilangan. Shunday bo'lsa-da yuridik doktorinalar qonundagi umumiy asoslar ichidan shartnomaviy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi asoslarni ajratgan. Ta'kidlash lozimki, Fuqarolik kodeksi 333-moddasi milliy huquqimida shartnomaviy javobgarlikning elementlarni belgilab bergan. Ayrim manbalarda majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikning zaruriy elementlar sifatida:

- majburiyatni bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi - huquqqa xilof qilmish sifatida

- qarzdor aybining mavjudligi;

7

- javobgarlik subyekti bo'lgan qarzdorning mavjudligi belgilab qo'yilgan va yetkazilgan zarar muhim element sifatida emas, balki fakultativ element sifatida e'tirof

о

etiladi . Aynan mana shu jihat romano-german huquqiy tizimiga xos bo'lgan umumiy doktorinalardan farq qiladi. Biz avvalgi paragraflarda romano-german huquqini qabul qilgan ko'plab davlatlarning fuqarolik huquqi uchun asos bo'lgan nemis huquqi va birinchilardan bo'lib fuqarolik-huquqiy javobgarlikni sharnomaviy va delikt javobgarligiga ajratgan va tom ma'noda shartnomaviy javobgarlik institutining

7 21.12.1995. Узбекистан Республикасининг Фукаролик кодекси (биринчи кисм) (lex.uz)

8 Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi -T.: TDYU nashriyoti, 2016. 252-bet.

Milliy qonunchiligimizda shartnomaviy javobgarlikning asoslari.

shakllanishiga xissa qo'shgan fransuz huquqida qarzdorning aybi va yetkazilgan zarar muhim element ekanligini ko'rib chiqqan edik. Shu jihatdan olib qaraganda, milliy huquqimizdagi zararning fakultativ element ekanligi ingliz huquqidagi doktorinalar bilan o'xshab ketadi.

Shuni ham aytish kerakki, boshqa bir adabiyotda majburiyatni buzganlik uchun qarzdorni javobgarlikka tortilishi uchun quyidagi to'rtta asos bo'lishi ko'rsatilgan:

birinchidan, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik;

ikkinchidan, zarar yetkazilishi;

uchinchidan, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik bilan sodir bo'lgan zarar o'rtasida sababiy bog'lanish bo'lishi;

to'rtinchidan, qarzdorning yoki zarar yetkazuvchining aybi mavjud bo'lishi9. Bu shundan dalolat beradiki, milliy huquqda yuqoridagi davlatlarda bo'lgani kabi shartnomaviy javobgarlik to'g'risida turli xil qarashlar mavjud. Biroq bunda ham muallif zararning mavjudligini zaruriy shart sifatida keltirishdan chekinadi.

Ta'kidlash lozimki, shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarda taraflarning o'z zimmasiga olgan majburiyatini bajarmasligi boshqa shaxsga g'ayriqonuniy ravishda zarar yetkazish -huquqqa xilof bo'lib ko'riladi. Bunda qarzdor xatti-harakatining huquqqa xilof bo'lishini belgilashda qanday shartlar mavjud bo'lganida majburiyatni ijro etmaslik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikning belgilanishini aniqlash zarur bo'ladi.

Shuni ham aytib o'tish joizki, taraflardan biriga yetkazilgan zarar har doim ham qarzdorning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi vujudga kelavermaydi. Ya'ni majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi natijasi mulkiy zarar keltirib chiqarmaydi. Misol uchun mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatlar to'g'risidagi shartlarni buzish har doim ham zarar yetishiga olib kelmaydi. Biroq bu fuqarolik-huquqiy javobgarlikni belgilashda zararni inobatga olmaslik kerak degani emas. Chunki aksariyat holatlarda zarar javobgarlikni belgilash uchun zarur shartlardan biri bo'lishi mumkin.

Shartnomaviy javobgarlik sifatida kreditor qarzdordan o'ziga yetazilgan zararni undirishni talab qilsa, unda qarzdorga nisbatan zararni undirish chorasini qo'llash uchun quyidagilar:

- zararning haqiqatda mavjud bo'lishi;

- qarzdorning huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligi va buning kreditorga yetkazilgan zarar bilan sababiy bog'liqligi;

9 Топилдиев, Б. Р. (2019). ОСОБЕННОСТИ ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПЕРЕДАЧИ ПРЕДПРИЯТИЯ В ДОВЕРИТЕЛЬНОЕ УПРАВЛЕНИЕ. ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ОБЩЕСТВЕННЫХ ОТНОШЕНИЙ, 29-33.

- qarzdorning aybi kabi asoslar bo'lishi talab etiladi10.

Biz yuqorida majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi huquqqa xilof harakat yohud harakatsizlik sifatida fuqarolik-huquqiy javobgarlikning muhim elementi ekanligini ko'rdik. Ilmiy ishimizning 1.2-paragrafida huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik shartnomaning buzlishi bilan bir ma'noni ifodalashini ta'kidlab o'tgan edik. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, milliy huquqdagi ushbu element o'rganilayotgan davlatlardagi (Germaniya, Fransiya, Angliya) umumiy asoslarga mos kelmoqda.

Shuning uchun keyingi o'rinlarda milliy huquqdagi shartnomaning buzilishi elementining o'ziga xos jihatlarini ko'rib o'tamiz.

Shartnomaning buzilishi fuqarolik-huquqiy javobgarlikning sharti sifatida.

Shartnomaning buzilishi fuqarolik-huquqiy javobgarlikka olib kelishi haqida fikr yuritishdan oldin shu mazmundagi sud amaliyotidan misollar keltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Negaki real keyslar ushbu munosabatlarni yaxshiroq tushunishimiz uchun asos bo'ladi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 30 martadagi 4-1001-2104/3465-sonli ishining hujjatlaridan ko'rinishicha11, "Betolux" MCHJ (huquqiy vorisi "Durable Beton" MCHJ) va Maxsus mexanizatsiyalashgan yo'l stantsiyasi o'rtasida 2019 yil 23 avgustda 3/B-sonli mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzilgan. Mazkur shartnomaga muvofiq, da'vogar (sotuvchi) javobgar (sotib oluvchi)ga beton mahsulotlarini yetkazib berishi, javobgar esa uni qabul qilib, haqini to'lash majburiyatini olgan. Shuningdek, shartnomaning 6.1-bandiga ko'ra, javobgar har bir yetkazib beriladigan tovar navbati uchun to'lovlarni oldindan amalga oshirish majburiyatini olgan. Da'vogar tomonidan javobgarga 2020 yil 15 maydagi tegishli hisob-varaq faktura asosida 17.512.500 so'mlik mahsulotlar yetkazib berilganligi o'z tasdig'ini topgan. Biroq yetkazib berilgan mahsulotlar uchun javobgar to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirmagan. Natijada, da'vogar tomonidan taqdim qilingan hisob-kitoblarni o'zaro taqqoslash dalolatnomasiga ko'ra, javobgarning da'vogar oldida 17.142.500 so'mlik debitorlik qarzi vujudga kelgan. Ushbu vaziyatda sud Fuqarolik kodeksi 437-, 333-, 326-moddalari va Xo'jalik yurituvchu subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risidagi qonun 32-moddasiga tayangan holda da'vogarning da'vosini to'liq qanoatlantirgan.

E'tibor beradigan bo'lsak, da'vogar javobgarning shartnomadagi majburiyatini bajarmaganligi, ya'ni yetkazib berilgan tovar uchun o'z vaqtida to'lovni amalga oshirmaganligi uchun sudga murojaat qilgan. Sud esa holatni o'rgangan holda,

10 Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B.Zokirov; Qayta ishlangan va to'ldirilgan beshinchi nashr. -T.: TDYUI nashriyoti, 2009. 530-bet.

11 https://public.sud.uz/api/file/download/11153551

da'vogarning vajlarini to'liq qanoatlantirgan. Boshqacha aytganda javobgarga da'vogarga yetkazilgan zararni to'liq qoplash majburiyati yuklatilgan.

Shuningdek, Chust tumanlararo sudining 2021-yil 23-martdagi № 4-16041 9

2102/253-sonli ishida taraflar o'rtasida 2019 yil 16 dekabrda 6-sonli qarz shartnomasi tuzilgan. Shartnoma shartlariga muvofiq, da'vogar javobgarga 2020 yil 31 yanvarga qadar yillik 25 foiz ustama to'lash sharti bilan 50800000 so'm miqdorida qarz bergan. Biroq shartnoma shartlari javobgar tomonidan lozim darajada bajarilmasdan olingan qarz qaytarib berilmagan. Bunga ko'ra javobgarning da'vogar oldida asosiy qarzdan 50800000 so'm hamda foiz to'lovlaridan 12700000 so'm miqdoridagi qarzdorligi vujudga kelgan. Sud ushbu holatda da'vogarning da'vosini taraflar o'rtasidagi shartnomaning tegishli bandlarini, shu bilan birga Fuqarolik kodeksining 234-, 236- va 732-moddalarini inobatga olgan holda qanoatlantirgan. Ushbu ish bo'yicha sud majburiyatning shartnomadan kelib chiqqanligiga va shartnomaning bir necha bandlari buzilganligiga e'tibor qaratib, ish yuzasidan javobgarga shartnomani majburiy tarzda bajarish va yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklagan.

Yuqoridagi ishlardan ko'rishimiz mumkinki, sudlar da'vogarning da'vosini ko'rib chiqishda avvalo shartnomaning bandlarida taraflar o'zlariga majburiyat olgan yoki olmaganligiga, ushbu majburiyatlarning amalda buzilganligiga e'tibor qaratishlarini va javobgarga majburiyat yuklashda, avvalo, shartnomaga so'ng tegishli qonun hujjatlariga tayinishlarini ko'rdik. Shu nutayi nazardan qaraganda, milliy huquqda shartnomaning buzilishi ikkinchi tarafga fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasini qo'llash uchun asosiy elementlardan biri hisoblanar ekan.

Ayb fuqarolik-huquqiy javobgarlikning sharti sifatida. Biz yuqorida aytganimizdek, milliy huquqda ayb fuqarolik-huquqiy javobgarlikning elementlari sifatida keltirilgan. Xususan, I.B.Zokirov shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarga nisbatan ayb deganda shaxsning majburiyatini bajarishga talab qilingan tarzda munosabatda bo'lmaganligi, qonun va axloq talablariga muvofiq rioya qilmaganligi va natijada majburiyatning butunlay bajarilmasligi yoki lozim darajada

1 -5

bajarilmasligi tushunilishi kerakligini ta'kidlaydi . Bizningcha, ushbu ta'rif shartnomaviy aybning mazmunini ochib bera olgan. Boshqacha aytganda, o'z zimmasiga shartnomaviy majburiyat olgan subyektning ushbu majburiyatni bajarmaslikka qaratilgan harakati yoki harakatsizligi aybdir.

Shuni ham aytish kerakki, fuqarolik huquqida ayb masalasidagi umumiy yondashuv shundan iboratki, qarzdor o'zining aybsizligini isbotlab berishi lozim. Bunday isbotlashda ruhiy-psixik munosabat emas, balki qarzdorning amaliy harakatlari

12 https://public.sud.uz/api/file/download/10908384

13 Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B.Zokirov; Qayta ishlangan va to'ldirilgan beshinchi nashr. -T.: TDYUI nashriyoti, 2009. 541-bet..

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2022

birinchi o'ringa chiqadi14. Masalan FKning 333-moddasiga ko'ra agarda qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o'ziga bog'liq bo'lgan hamma choralarni ko'rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi15. Aynan shu holat shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan aybni repressiv huquqdagi aybdan farqlaydi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Nemis huquqida bo'lgani kabi milliy huquqda ham aybning ikkiga bo'linishi haqida nazariyalar mavjud. Ularning mazmuniga ko'ra shartnomaviy aybning qasd va beparvolik kabi ko'rinishlari farqlanadi16. Aybning qasd shaklida huquqbuzar o'z zimmasiga olgan shartnomaviy majburiyatlarni bajarishni ongli ravishda rad etadi. Uning oqibati qanday bo'lishini bilgan holda, o'z majburiyatini atayin bajarmaydi.

Shuni ta'kidlash kerakki, yuridik shaxslarda shartnomalar shu subyektning nomi bilan tuziladi. Bunda shartnomani ijro etish ham, undan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish ham, ushbu majburiyatlar bajarilmaganda uning uchun javobgarlik ham shu subyektga yuklatiladi. Tushunarli bo'lishi uchun quyidagi misolni keltiramiz. Aytaylik, "BEST" MCHJ "Alpha" xususiy korxonasi bilan mahsulot yetkazib berish bo'yicha shartnoma tuzdi. Bunda shartnomaning tomonlari shu yuridik shaxslarning o'zi hisoblanadi. Mabodo "BEST" MCHJ o'z majburiyatini bajarmasa, sud ushbu majburiyatni bajarishni, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplashni "BEST" MCHJga yuklaydi. Yuridik shaxs haqidagi "fiksiya" nazariyasidan kelib chiqsak, ushbu subyektning o'z majburiyatini qasddan bajarmasligi haqidagi nazariyalar o'zini oqlamaydi. Shuning uchun bunday vaziyatda ayblilik masalasi ushbu yuridik shaxsning irodasini ifodalaydigan shaxsning (rahbar) harakatlariga bog'liq bo'ladi. Shu tufayli yuridik shaxslarda shartnomaviy majburiyatlarni qasddan bajarmaslik ya'ni aybning qasd ko'rinishi bir jihatdan repressiv huquq bilan o'zaro aloqaga kirishadi. Boshqacha so'z bilan aytganda yuridik shaxsning shartnomaviy majburiyatini qasddan bajarmasligida ushbu yuridik shaxs rahbarining jinoiy yoki ma'muriy huquq normalari buzishi yotadi. Shunga ko'ra ayrim holatlarda yuridik shaxsni fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortish, shu yuridik shaxs rahbarining jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortilishiga olib keladi. Xususan, Ma'muriy javobgarlik kodeksi 1761-moddasiga ko'ra Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo'jalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Shartnomaviy majburiyatlarni beparvolik tufayli bajarmaslikda qarzdor majburiyatni bajarishga intilmaydi, harakat qilmaydi, buning uchun barcha kuch va

14 Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 211-225.

15 Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi -T.: TDYU nashriyoti, 2016. 255-bet.

16 Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B.Zokirov; Qayta ishlangan va to'ldirilgan beshinchi nashr. -T.: TDYUI nashriyoti, 2009. 541-bet.

93

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

qobiliyatini yetarli darajada safarbar qilmaydi, ishni bajarishda diqqatsizlikka,

1 V

e'tiborsizlikka yo'l qo'yadi .

Sababiy bog'lanish fuqarolik-huquqiy javobgarlikning sharti sifatida.

Yuqoridagi sud amaliyoti natijalarida biz kreditorning o'zi yetkazilgan zararni (asosiy qarz, boy berilgan foyda) undirishga qaratilgan harakatlarini ko'rib o'tdik. Bunday vaqtda kontragentdan zararni undirish uchun zararning mavjudligi, qarzdorning aybi va ular o'rtasidagi sababiy bog'lanishning bo'lishi talab etiladi. Agarda shartnoma bo'yicha kreditor qarzdordan neustoyka, penya yoki jarima undirishni talab qilsa, bu vaziyatda zararning mavjudligi va sababiy bog'lanishning mavjudligi masalasi ahamiyatli emas. Bunda aybning mavjudligi kifoya.

Yuridik adabiyotlarda sababiy bog'lanish to'g'risidagi masalani tahlil qilishda aksariyat mutaxassislar quyidagi ilmiy qoidalarga asoslanadilar:

- tabiatda va jamiyatda har bir hodisa faqat atrofdagi boshqa hodisalar bilan bog'liq holdagina olib qaralishi mumkin. Har bir hodisaning kelib chiqishi atrofdagi hodisalar bilan bog'liq bo'lishi, bir hodisaning kelib chiqishiga ikkinchisi, shu bilan birga, bir hodisaning o'zi boshqa birmuncha sabablar tufayli sodir bo'lishi mumkin;

- tabiat va jamiyatda sababiy bog'lanish hodisalar o'rtasidagi obyektiv ravishda mavjud bo'lgan bog'liqlikdan iborat. Bunday bog'lanishlar kishilar tomonidan

1 Я

o'rganilib, amaliyotda tekshiriladi . Shu nuqtayi nazardan qaraganda, sababiy bog'lanish kreditorga haqiqatda zarar yetkazilganlik holati mavjud bo'lganda va ushbu zararning qarzdor aybi bilan yetkazilganligidan kelib chiqadi. Agarda yetkazilgan zararda qarzdorning aybi mavjud bo'lmasa yoki zarar bilan o'zaro bog'liq bo'lmasa, unda sud da'vogarning arizasini qanoatlantirmasligi mumkin. Biroq shuni ham aytish kerakki, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qazrdor o'zining aybi yo'qligini yoki yetkazilgan zararga aloqador emasligini isbotlash majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Bu ham fuqarolik-huquqiy javobgarlikning o'ziga xos xususiyatlaridan biri sanaladi.

Yuqoridagilardan xulosa shuni, milliy huquqdagi shartnoma majburiyatlarini bajarmagan uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikning asoslari o'zining negizini romano-german huquqidan olgan bo'lsa-da, ayrim o'ziga xos xususiyatlarini anglo-sakson huquqidan olgan deb hisoblash mumkin. Shuningdek, milliy huquqda ham fuqarolik-huquqiy javobgarlik har ikki huquqda bo'lgani kabi shartnomaning buzilishi va shartnomani buzgangan shaxsga nisbatan javobgarlik choralarini qo'llash uchun shartlar majmuining (zararning mavjudligi, qarzdorning aybi va ular o'rtasidagi sababiy

17 Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B.Zokirov; Qayta ishlangan va to'ldirilgan beshinchi nashr. -T.: TDYUI nashriyoti, 2009. 541-bet.

18 Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B.Zokirov; Qayta ishlangan va to'ldirilgan beshinchi nashr. -T.: TDYUI nashriyoti, 2009. 539-bet.

XULOSA

bog'lanish) konstruksiyasidan tashkil topgan. Ushbu shartlarning har biri milliy huquqda nazariy jihatdan ham olimlarning ishlarida keltirilgan bo'lsa, qonun hujjatlarida aks ettirilishi bilan o'z mohiyatini to'liq ochib bergan deb hisoblashimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Юрист Лебедев Антон Дмитриевич: Sale of Goods Act 1979 (lebedevlaw.blo gspot. com)

2. https://casetext.com/case/williams-v-salmond

3. Юрист Лебедев Антон Дмитриевич: Sale of Goods Act 1979 (lebedevlaw.blo gspot. com)

4. Халфина P.O. Договор в английском гражданском праве. - М.„ 1959. С.с. 308-

5. Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 211-225.

6. Hochster v. De La Tour case brief (onelbriefs.com)

7. Williston S. Treatise on the law of contracts. New York. 1937. - P. 1055.

8. 21.12.1995. Узбекистан Республикасининг Фукаролик кодекси (биринчи кисм) (lex.uz)

9. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi -T.: TDYU nashriyoti, 2016. 252-bet.

10. Топилдиев, Б. Р. (2019). ОСОБЕННОСТИ ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПЕРЕДАЧИ ПРЕДПРИЯТИЯ В ДОВЕРИТЕЛЬНОЕ УПРАВЛЕНИЕ. ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ОБЩЕСТВЕННЫХ ОТНОШЕНИЙ, 29-33.

11. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B.Zokirov; Qayta ishlangan va to'ldirilgan beshinchi nashr. -T.: TDYUI nashriyoti, 2009. 530-bet.

12. https://public.sud.uz/api/file/download/11153551

13. https://public.sud.uz/api/file/download/109083 84

14. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B.Zokirov; Qayta ishlangan va to'ldirilgan beshinchi nashr. -T.: TDYUI nashriyoti, 2009. 541-bet.

15. Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 789-799.

309

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.