FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA)
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2021-ll-789-799
Asadov Shahriddin Faxriddin o'g'li
Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchsi e-mail: shahriddinasadov@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada fuqarolik huquqiy munosabatlar va ularning xususiyatlari, ularning mazmun mohiyati va ushbu munosabatlar ishtirokchilari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilarning huquqiy maqomi va ularning o'zaro munosabatlardagi tengligi, jumladan, davlatning fuqarolik huquqiy munosabatlar sub 'ekti sifatidagi maqomi, unig ushbu munosabatlarda ommaviy munosabatlardagidek ustun mavqeyda emas, balki boshqa ishtirokchilar bilan teng mavqeylarda ishtirok etishi, davlat nomidan ishtirok etishga vakolatli bo 'lgan sub 'ektlar uchun ham fuqarolik huquq va mujburiyatlar boshqa ishtirokchilar uchun vujudga keladigan asoslarga ko'ra vujudga kelishi masalalari muhokama qilingan. Jumladan, davlat nomidan ishtirok etuvchi sub 'ektlar boshqa fuqarolik huquqiy munosabatlar kabi shartnomaviy munosabatlarga kirishi ham mumkinligi haqida so 'z yuritilib, davlat xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun davlat sherigi va xususiy sherik o'rtasida tuziladigan bitim, uni tuzish jarayonlari, davlat sherigi tomonidan mazkur bitimni tuzish uchun o'tkaziladigan tanlov jarayonlari va bitimda taraflarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, loyiha yuzasidan belgilanadigan javobgarlik haqida so 'z yuritilgan.
Shunigdek, maqolada davlat xususiy sheriklik doirasidagi boshqa fuqarolik huquqiy munosabatlar xaqida ham fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: fuqarolik huquqiy munosabatlar, fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari, fuqarolik huquqiy munosabatlar sub 'ektlari, davlat fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida, davlat xususiy sheriklik bitimi, xususiy sherikni tanlab olish, sheriklarning fuqarolik huquqiy javobgarligi
Scientific Journal Impact Factor
УЧАСТИЕ ГОСУДАРСТВА В ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВЫХ ОТНОШЕНИЯХ (НА ПРИМЕРЕ ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОГО
ПАРТНЕРСТВА)
Асадов Шахриддин Фахриддин угли
Ташкентский государственный юридический университет, Преподаватель кафедры гражданского права e-mail: shahriddmasadov@gmail .com АННОТАЦИЯ
Данная статья посвящена гражданским правоотношениям и их особенностям, сущности их содержания и участникам этих отношений. Также обсуждался правовой статус участников гражданских правоотношений и их равенство в отношениях, в том числе статус государства как субъекта гражданских правоотношений, его участие в этих отношениях не только в более высоком положении, как в общественных отношениях, но и в равных положениях с другими участниками, для субъектов, уполномоченных участвовать от имени государства. В частности, от имени государства упоминается, что участвующие субъекты могут вступать в договорные отношения, такие как другие гражданско-правовые отношения, соглашение между государственным партнером и частным партнером о реализации проекта государственно-частного партнерства, процессы его заключения, процессы отбора, проводимые государственным партнером для заключения этого Соглашения, и другие.
Таким образом, в статье также указывается на другие гражданско-правовые отношения в рамках государственно-частного партнерства.
Ключевые слова: гражданские правоотношения, участники гражданских правоотношений, субъекты гражданских правоотношений, как участник публичных гражданских правоотношений, соглашение о государственно-частном партнерстве, выбор частного партнера, гражданско-правовая ответственность партнеров
STATE PARTICIPATION IN CIVIL LAW RELATIONS (ON THE EXAMPLE OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP)
Asadov Shahriddin Fahriddin ugli
Tashkent State University of Law, Lecturer of the department of Private law,
e-mail: shahriddinasadov@gmail .com
ABSTRACT
This article is devoted to civil legal relations and their features, the essence of their content and participants in these relations. They also discussed the legal status of participants in civil legal relations and their equality in relations, including the status of the state as a subject of civil legal relations, its participation in these relations not only in a higher position, as in public relations, but also in equal positions with other participants, for subjects authorized to participate on behalf of the state. In particular, it is mentioned on behalf of the State that the participating entities may enter into contractual relations, such as other civil law relations, an agreement between a public partner and a private partner on the implementation of a public-private partnership project, the processes of its conclusion, the selection processes conducted by the state partner to conclude this Agreement, and others. Thus, the article also points to other civil law relations within the framework of public-private partnership.
Keywords: civil legal relations, participants in civil legal relations, subjects of civil legal relations, as a participant in public civil legal relations, agreement on public-private partnership, choice of a private partner, civil liability ofpartners
KIRISH
O'zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda jamiyat hayotining turli jabhalarida qator islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan, mavjud infratuzilmani yanada rivojlantirish, yuzaga kelgan turli ijtimoiy, iqtisodiy muammolarini samarali hal qilish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu muammolarni samarali hal qilish maqsadida turli zamonaviy mexanizmlar, ilg'or xorijiy tajriba keng qo'llanilmoqa. Ushbu maqsadda xususiy sektor imkoniyatlaridan keng foydalanish, xususiy sektor vakillarini davlat-xususiy sheriklik asosida jalb etish samarali amaliyoti yo'lga qo'yildi. Mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi qator huquqiy normalar, kerakli normativ-huquqiy baza yaratildi.
Mazkur normalar ushbu munosabatlar ishtirokchilari o'zaro teng mavqeyini e'tirof etishga, ularga mutanosib huquq va majburiyatlarni taqdim etishga as oslanadi1. Ushbu munosabatlar mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus normalar mavjudligiga qaramasdan fuqarolik huquqi umumiy normlari bilan ham tegishli tarzda tartibga solinadi.
1 Топилдиев Бахромжон ДОГОВОР ДОВЕРИТЕЛЬНОГО УПРАВЛЕНИЯ НЕДВИЖИМОСТЬЮ И ПЕРСПЕКТИВЫ ЕГО РАЗВИТИЯ // Review of law sciences. 2020. №Спецвыпуск. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/dogovor-doveritelnogo-upravleniya-nedvizhimostyu-i-perspektivy-ego-razvitiya (дата обращения: 11.10.2021).
Davlat xususiy sherikchilik munosabatlari tomonlar o'rtasida tuzilad igan bitim asosida tartibga solinishi, bitim tuzish uchun xususiy sherikni tanlash uchun tanlov mexanizmlarini o'zida mujassamlashtirgan tartibning belgilanganligi, ishtirokchilarning mazkur bitimni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun tegishli tarzda javobgarlik mexanizmlari mazkur munosabatlardagi fuqarolik huquqiy elementlar hisoblanadi.
TADQIQOT MATERIALLARI TAHLILI VA NATIJALARI
Fuqarolik huquqiy munosabatlarda davlatning ishtirok etishi ikki shaklda amalaga oshirilishi soha tadqiqotchilari va olimlari tomonidan e'tirof etiladi. Davlat turli mulkiy va majburiy huquqiy munosabatlarda bevosita o'zi va uning tomonidan tashkil etilgan yuriik shaxslar orqali ishtirok etadi2. Bunda davalat nomidan fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirok etuvchi mazkur sub'ektlar ushbu munosabatlar ishtirokchilari bo'lgan boshqa sub'ektlar bilan teng mavqeyda bo'ladi va ular orasida munosabatlar tenglikka asoslanadi. Davlat nomidan fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi uning vakolatli organ-muassasalari yoki yuridik shaxslari mazkur munosabatlarda ishtirok etayotgan uchinchi shaxslarga nisbatan o'zining "hokimiyat" pozisiyasiga tayangan holda ularga nisbatan ustun mavqega ega bo'la olmaydi.
Umuman olganda, davlat ishtirok etadigan mulkiy munosabatlarda davlat ushbu munosabatlar "shartli kreditori" maqomida ishtirok etishi holatlari kuzatiladi3. Ushbu jarayon davlat turli to'lovlar (davlat boji, yig'im va soliqlar) belgilovchisi, o'rnatuvchisi, o'zgartiruvchisi va yig'uvchusi bo'lgan soliq va moliyaviy munosabatlarda yanada yaqqol ko'zga tashlanadi. Davlat o'zining hokimiyat vakolatini amalga oshirish mobaynida iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari bo'lgan sub'ektlar uchun to'lanishi majburiy bo'lgan soliq va boshqa to'lovlarni belgilaydi4.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarda esa davlat o'zining ustun mavqeyiga havola qila olmaydi. Ushbu munosabatlarda davlat teng ulushlarda ishtirok etadi, boshqa ishtirokchilar bilan teng asoslarda munosabatlarga kirishadi va javobgarlik oladi.
2 Рахмонкулов д. Фукаролик хукукининг субъектлари, укув кулланма - Т.: Узбекистан, 2008. 170 бет
3 Бурханова Л. М., Эгамбердиев Э. Х. СЕМЕЙНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН КАК СПОСОБ РАЗРЕШЕНИЯ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ ПРОБЛЕМ В УСЛОВИЯХ РЫНОЧНОЙ ЭКОНОМИКИ //Материалы VII Международной научно-практической конференции «Актуальные проблемы социально-трудовых отношений», посвященной 60-летию основания Института социально-экономических исследований ДФИЦ РАН. - 2019. - С. 121-123.
4 Imomniyozov, Doniyorbek Baxtiyor O'G'Li. IKKIYOQLAMA SOLIQQA TORTMASLIK PRINSIPINING AHAMIYATI // ORIENSS. 2021. №10. URL: https://cyberieninka.m/artide/n/ikkiyoqlama-soliqqa-tortmaslik-prinsipining-ahamiyati (дата обращения: 16.12.2021).
Davlat xususiy sheriklik munosabatlarida davlat ushbu munosabat ishtirokchisi bo'lgan xususiy sherik bilan teng asoslarda ishtirok etadi. Taraflar o'rtasida tuzilgan bitimda taraflarning har ikkalovisi uchun javobgarlik mexanizmlari beligilanadi. Umuman olganda davlat davlat xususiy sheriklik munosabatlarida ishtirok etayotganda qator fuqarolik huquqiy munosabatlarga kirishadi5. Jumladan, davlat xususiy sheriklik bitimini tuzish uchun xususiy sherikni tanlab olish yuzasidan belgilangan tartibda tanlov o'tkazish jarayonida, xususiy sherik tomonidan davlat xususiy sheriklik loyihalarini taklif qilish, shartnoma shartlarini va unga binoan taraflarning huquq va javobgarliklarini belgilashda va boshqa qator vaziyatlarda fuqarolik huqquqiy munosabatlar yuzaga keladi.
Ushbu munosabatlarni tartibga solish va tizimli tarzda tashkillashtirish maqsadida 2019 yil 10 mayda "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunda davlat-xususiy sheriklik tushunchasi, ushbu sohasidagi davlat boshqaruvi, davlat xususiy sheriklik loyixasi va bitimi, davlat-xususiy sheriklik bitimning taraflari, bitim taraflarining huquq va majburiyatlari, uni tuzish va amalga oshirish tartibi, xususiy sherikni tanlash, xususiy sherik va kreditor huquqlari kafolati kabi tushunchalar belgilangan.
Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi munosabatlar kompleks ijtimoiy munosabatlarni o'zida jamlagan bo'lib, ushbu ijtimoiy monosabatlar turli huquqiy normalar asosida tartibga solinadi 6 . Masalan, loyihada belgilangan faoliyat lisenziyalanadigan faoliyat turi bo'lganda, xususiy sherik tomonidan ushbu faoliyat bilan shug'ullanish uchun davlat bilan davlat xizmatlari sohasidagi ma'muriy munosabatlarga kirishish talab etiladi. Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yuqorida nomi keltirilgan qonunda davlat-xususiy sheriklik loyihasini shakllantirish, xususiy sherikni tanlab olish kabi masalallarga atroflicha to'xtalib o'tilgan. ushbu munosabtalarni tartibga solishda qonun chiqaruvchi vaziyatdagi fuqarolik-xuquqiy munosabatlarni tartibga solishga, fuqarolik qonunchiligi umumiy normalariga qo'shimcha ravishda aynan mazkur munosabatlardagi ushbu jarayonlar qanday tartibda amalaga oshirilishini batafsilroq belgilashga harakat qiladi. Qonun chiqaruvchi ushbu munosabatlarni tartibga solib
5 Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA // ORIENSS. 2021. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bitimni-haqiqiy-emas-deb-topish-va-uning-oqibatlarini-qo-llash-iuqarolik-huquqlarini-himoya-qilish-vositasi-sifatida (дата обращения: 16.12.2021).
6 Иброхимов Азимжон Абдумумин Угли КОРПОРАЦИЯНИ БОШ^АРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА КУЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ // ORIENSS. 2021. №10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/korporatsiyani-bosh-arishda-fidutsiar-mazhburiyatlar-va-ularni-zbekistonda-llash-imkoniyatlari (дата обращения: 16.12.2021).
Scientific Journal Impact Factor
loyihadan ko'zlangan maqsadlarga erishish uchun qulay muhit va imkoniyat yaratishga, xususiy sherik uchun ham manfaatli bo'lgan, davlat sherigiga ustun mavqey taqdim etmaydigan tartibni belgilashga intiladi7.
Fuqarolik qonunchiligi tanlov (tender) savdolarini o'tkazishning umumiy tartibini belgilaydi, biroq davlat xususiy sherikchiligida munosabatlari doirasida o'tkaziladigan mazkur tanlovlar umumiy tartidagi tanlovlardan farqli hisoblanadi. Fuqarolik qonunchiligi umumiy normalariga asosan tender savdolari tanlov tashkilotchisi ( fuqarolik huquqiy munosabatlar to'la qonli sub'ekti sifatida tanlov tashkilotchisi davlat bo'lishi ham mumkin) tanlov g'olibi bilan tanlovda ko'rsatilgan harakatlarni (loyihani) amalaga oshirish yuzasidan shartnoma tuzadi va loyihada ko'rsatilgan ishlar belgilangan tartibda amalaga oshirilganda shartnomada o'rsatilgan to'lovni to'lash majburiyatini oladi (to'lovni to'lash tartidi taraflarning kelishuviga ko'ra to'lovning ma'lum bir miqdorini avans sifatida to'lash yoki to'lovni oldindan to'lash shaklida ham keltirilishi mumkin, qonunda bundan boshqacha holat nazarda tutilmagan bo'lsa). Davlat-xususiy sheriklik munosabatlarida esa loyiha davlat sherigi tomonidan taklif etilgan hollarda tanlov tashkilotchisi sifatida davlat sherigi yoki vakolatli davlat organi (davlat) ishtirok etadi8. Shuningdek, loyiha tanlov g'olibi hisobidan amalaga oshiriladi, davlat sherigi esa tanlov g'olibiga loyihani aalaga oshirish uchun kerakli bo'lgan huquqni taqdim etadi (masalan yer uchastkasidan yoki davlat mulki ob'ektlaridan foydalanish huquqini).
Umuman olganda davlat-xususiy sheriklik munosabatlari davlat sherigi va xususiy sherik (taraflar)ning majburiyati, taraflar huquqlari kafolati kabi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni xam o'zida mujassamlashtiradi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi va uni amalga oshirish dosrasida tomonlar orasida vujudga keladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi, "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida"gi O'zbeksiton Respublikasi Qonuni va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
Mazkur normalarda taraflarning huquq va majburiyatlari, xususiy sherik va kreditor huquqlari kafolatlari kabi bir necha normalar belgilangan. Jumladan, "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida"gi qonunga binoan davlat sherigi bir necha huqularga ega hisoblanadi. Jumladan, (a) tomonlar o'rtasida tuzilgan bitim shartlariga
7 Дилором Мамировна Караходжаева, Лейла Мариусовна Бурханова Особенности осуществления реформ частной собственности на землю в Республике Узбекистан // Science and Education. 2021. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-osuschestvleniya-reform-chastnoy-sobstvennosti-na-zemlyu-v-respublike-Uzbekistan (дата обращения: 07.10.2021).
8 Yakubova I., Satvaldieva Y. Comparative legal analysis civil-law protection of honor, dignity and business reputation in the civil legislation of Uzbekistan and Japan //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. - 2020. - Т. 7. -№. 2. - С. 584-594.
Scientific Journal Impact Factor
xususiy sherik tomonidan rioya etilishi va bitimda belgilangan loyihaning borishi to'g'risida ma'lumot taqdim etishni so'rash, (b) bitim shartlarining ikkinchi taraf tomonidan bajarilishini nazorat qilish, (s) bitimda ko'rsatilgan loyihalar va rejalarning bajarilishi va ularning natijalariga baho berish kabi nisbatan ustun mavqedagi huquqlarga ega hisoblanadi9.
Ushbu munosabatlarning ikkinchi tomoni bo'lgan, loyihani bevosita amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub'ektlariga (xususiy sherikka) qonunchilik quyidagi huqularni taqdim etadi. Ushbu sub'ektlar (a) o'zlari va vakolatli davlat sherigi o'rtasidagi shartnomanig turli bandlariga o'zgartirish kiritish yoki shartnoma ma'lum shartini o'zgartirish yuzasidan taklif bilan chiqishlari, (b) davlat sherigi tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan harakatlarni bajarmaslik yoki tiyilishi belgilangan harakatlarni sodir etish natijasida loyiha asosida qo'lga kiritilishi kutilgan daromadlarni boy beradigan, yoki zararga uchraydigan bo'lsa, ushbu zararni qoplashni davlat vakili sifatida shartnomada qatnashayotgan tomondan talab qilishlari mumkin10.
Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi qonunchilik davlat-xususiy sheriklik shartnomasiga o'zgartirish kiritish tartibini ham belgilaydi11, unga binoan, agar qonunchilikda yoki davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitim taraflarning kelishuviga ko'ra yoxud sudning qaroriga binoan o'zgartirilishi, unga qo'shimcha kiritilishi yoki u bekor qilinishi mumkin.
Shuningdek, qonunchilik xususiy sherik huquqlari ta'minlanishining qator kafolatlari ham keltiradi. Jumladan, agar shartnoma tuzilgan davrda amalda bo'lgan qonunchilik normalariningo'zgartirilishi xususiy sherik loyihani amalga oshirish mobaynida sarflaydigan xarajatlarning oshishiga, yoki xususiy sherik tomonidan loyiha doirasida ko'rilayotgan daromadlarning kamayishiga sabab bo'lsa, oshgan xarajatlar yoki boy berilgan daromadlar kompensatsiya qilinishini talab qilishi mumkin. Ushbu vaziyatda xususiy sherik tomonidan bitimning ma'lum bir bandiga yoki tegishli qismiga o'zgartirish kiritishni talab qilinishi ham mumkin.
9 Sharaxmetova, U. (2017) "Issues of improving the regulation of circumstances preventing marriage in family law," Review of law sciences: Vol. 1 : Iss. 2 , Article 10. Available at: https://uzjournals.edu.uz/rev_law/vol1/iss2/10
10 Dilorom K., ' Burkhanova L., Sharakhmetova U. FEATURES OF DETERMINING THE LEGAL STATUS OF LEGAL ENTITIES IN THE DRAFT NEW VERSION OF THE CIVIL CODE OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THE NEED TO INTRODUCE NEW INSTITUTIONS IN THE LEGISLATION: THEORETICAL DEVELOPMENTS AND PROPOSALS //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. -2020. - T. 7. - №. 2. - C. 2151-2161.
11 Nurillo Imamov; Dinara Babajanova. "Scientific and theoretical analysis of the nature of legal entities". European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, 2, 2020, 6160-6168
XULOSA
Bevosita bitimning o'zida bitim bitim muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda munosabatlarda taraf sifatida ishtirok etmagan, biroq manfaati bevosita bog'liq bo'lgan uchinchi shaxslar, ya'ni kreditorlar manfaatlarini himoya qilish vositalari belgilanishi, ularga shunday vaziyatlarda kompensatsiya to'lanishi nazarda tutilishi mumkin12.
Xususiy sherik o'z kreditorlariga ta'minotning har qanday turini yoki shaklini taqdim etishi, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitim doirasidagi o'z huquqlarini ham taqdim qilishi mumkin. Shuni e'tirof etish zarurki, davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi qonunchilik davlat-xususiy sheriklik munosabatlari doirasidagi kreditorga boshqa munosabatlar doirasida kreditorlarga taqdim etiladigan kafolatlardan ko'ra ko'proq kafolat(huquq)ni taqdim etadi. Jumladan, kreditor davlat sherigi bilan kelishuvga asosan loyihani amalga oshirishdan xususiy sherikni bitimda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq chetlashtirishga yoki bitimda belgilangan shartlarga muvofiq uni yangi xususiy sherikka almashtirishga haqli. Bunda mazkur normaning taraflar o'rtasida tuzilgan bitimda bevosita ko'rsatilganligi mazkur normadan foydalanishning zaruriy sharti hisoblanadi va o'z navbatida xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik shartnomasini tuzish jarayonida o'z huquqlarini kafolatli himoya qilish imkonini beradi. Ya'ni, bitimga ushbu mazmundagi bandning kiritilishiga yo'l qo'ymaslik orqali xususiy sherik bitim doirasidagi o'z huqulariga nisbatan kelajakda vujudga kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy tahdidlardan himoyalanadi. Xususiy sherik odatda tender (tanlov) orqali tanlanadi. Biroq, boshqa potensial investorlar loyihaga qiziqish bildirmasa yoki loyiha intellektual mulk huquqlaridan yoki faqat kompaniyaga tegishli bo'lgan boshqa aktivlardan foydalanishga asoslangan bo'lsa, raqobatsiz xususiy sherikni tanlashga imkon beruvchi bir nechta istisnoli vaziyatlar vujudga kelganligi kuzatiladi. Ushbu vaziyatda loyiha yuzasidan bitim tuzishga vakolatli sifatida belgilangan davlat sherigi ushbu loyiha yuzasidan shartnoma tuzishi xohishini bildirgan barcha talabgorlarga birdek imkoniyat yaratishi, ya'ni ularning imkoniyatlari va takliflarini atroflicha o'rganib chiqqan holda baholashi kerak.
Umuman olganda, davlat-xususiy sheriklikda fuqarolik-huquqiy munosabatlar taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilash, xususiy sherik va kreditor huquqlari kafolatlarini belgilash va boshqa bir necha o'rinlarda o'z aksini topgan bo'lib,
12 Trust management agreement Property and prospects for its development in the Republic of Uzbekistan Bakhromjon Topildiev Rustam Khursanov Muniskhon Usmonova
European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 2020, Volume 7, Issue 3, Pages 3199-3205
796
Scientific Journal Impact Factor
taraflarning mazkur munosabatlar doirasida kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarligi batafsil tartibini va amalga oshirish protsedurasini belgilash maqsadga muvofiq bo'ladi.
REFERENCES
1. Топилдиев Бахромжон ДОГОВОР ДОВЕРИТЕЛЬНОГО УПРАВЛЕНИЯ НЕДВИЖИМОСТЬЮ И ПЕРСПЕКТИВЫ ЕГО РАЗВИТИЯ // Review of law sciences. 2020. №Спецвыпуск. URL: https://cyberleninka.ru/artide/n/dogovor-doveritelnogo-upravleniya-nedvizhimostyu-i-perspektivy-ego-razvitiya (дата обращения: 11.10.2021).
2. Рахмонкулов X,. Фукаролик хукукининг субъектлари, укув кулланма - Т.: Узбекистан, 2008. 170 бет
3. Бурханова Л. М., Эгамбердиев Э. Х. СЕМЕЙНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН КАК СПОСОБ РАЗРЕШЕНИЯ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ ПРОБЛЕМ В УСЛОВИЯХ РЫНОЧНОЙ ЭКОНОМИКИ //Материалы VII Международной научно-практической конференции «Актуальные проблемы социально-трудовых отношений», посвященной 60-летию основания Института социально-экономических исследований ДФИЦ РАН. - 2019. - С. 121-123.
4. Imomniyozov, Doniyorbek Baxtiyor O'G'Li. IKKIYOQLAMA SOLIQQA TORTMASLIK PRINSIPINING AHAMIYATI // ORIENSS. 2021. №10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ikkiyoqlama-soliqqa-tortmaslik-prinsipining-ahamiyati (дата обращения: 16.12.2021).
5. Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA // ORIENSS. 2021. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bitimni-haqiqiy-emas-deb-topish-va-uning-oqibatlarini-qo-llash-fuqarolik-huquqlarini-himoya-qilish-vositasi-sifatida (дата обращения: 16.12.2021).
6. Иброхимов Азимжон Абдумумин Угли КОРПОРАЦИЯНИ БОШ^АРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА ^УЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ // ORIENSS. 2021. №10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/korporatsiyani-bosh-arishda-fidutsiar-mazhburiyatlar-va-ularni-zbekistonda-llash-imkoniyatlari (дата обращения: 16.12.2021).
7. Дилором Мамировна Караходжаева, Лейла Мариусовна Бурханова Особенности осуществления реформ частной собственности на землю в
Scientific Journal Impact Factor
Республике Узбекистан // Science and Education. 2021. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-osuschestvleniya-reform-chastnoy-sobstvennosti-na-zemlyu-v-respublike-uzbekistan (дата обращения: 07.10.2021).
8. Yakubova I., Satvaldieva Y. Comparative legal analysis civil-law protection of honor, dignity and business reputation in the civil legislation of Uzbekistan and Japan //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. - 2020. - Т. 7. - №. 2. - С. 584-594.
9. Sharaxmetova, U. (2017) "Issues of improving the regulation of circumstances preventing marriage in family law," Review of law sciences: Vol. 1 : Iss. 2 , Article
10. Available at: https://uzjournals.edu.uz/rev_law/vol1/iss2/10
10. Dilorom K., Burkhanova L., Sharakhmetova U. FEATURES OF DETERMINING THE LEGAL STATUS OF LEGAL ENTITIES IN THE DRAFT NEW VERSION OF THE CIVIL CODE OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THE NEED TO INTRODUCE NEW INSTITUTIONS IN THE LEGISLATION: THEORETICAL DEVELOPMENTS AND PROPOSALS //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. - 2020. - Т. 7. - №. 2. - С. 2151-2161.
11. Nurillo Imamov; Dinara Babajanova. "Scientific and theoretical analysis of the nature of legal entities". European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, 2, 2020, 6160-6168
12. Trust management agreement Property and prospects for its development in the Republic of Uzbekistan Bakhromjon Topildiev Rustam Khursanov Muniskhon Usmonova European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 2020, Volume 7, Issue 3, Pages 3199-3205
13. Qobiljon ogli, A. A. (2021). The Concept, Types and Licensing Procedures of Activities that Must Be Licensed in International Investment Law. International Journal of Development and Public Policy, 1(6), 188-193.
14. Ibratova F., Khabibullaev D., Sh S. COURT ORDERS AND CONTENT REQUIREMENTS: THEORY AND PRACTICE //Norwegian Journal of Development of the International Science. - 2021. - №. 73-2. - С. 20-23.
15. Aminjon, K. (2021). COMPARATIVE ANALYSIS OF CORPORATE BANKRUPTCY IN UZBEKISTAN AND ABROAD. Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka, 1(5).
16. Akhrorova S. THE INFLUENCE OF DIGITAL MARKETING IN COMPETITION LAW: OVERVIEW //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. - 2021. - Т. 1. - №. 5.
17. Khumoyun, S. (2021). CONCEPT AND PURPOSES OF HUMAN RESOURCE MANAGEMENT IN THE ASPECT OF LABOR LAW: CONCEPT AND PURPOSES OF HUMAN RESOURCE MANAGEMENT IN THE ASPECT OF LABOR LAW. TSUL Legal Report International Electronic Scientific Journal, 2(1), 118-126. Retrieved from https://www.legalreport.tsul.uz/index.php/iournal/article/view/52
18. Miryokub, R. (2020). CONSTITUTIONAL AND LEGAL STATUS OF SELF-EMPLOYED CITIZENS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Review of law sciences, З^тоцвыпуск).
19. Ismoilov, S. A. The Last Tendencies of Liberalization of Labor and Employment Legislation of the Republic of Uzbekistan. JournalNX, 539-547.
20. Бyрxaнxоджaевa, Х. (2019). APPLICATION OF LABOR LEGISLATION IN ENTREPRENEURIAL ACTIVITY. Юридик фанлар ахборотномаси, (3), 46-49.
21. Рахим^лова, Л. (2020). ПРИНЦИПЫ РАЗРЕШЕНИЯ ИНДИВИДУАЛЬНЫХ ТРУДОВЫХ СПОРОВ. Review of law sciences, 1(Спецвыпyск).
22. Karimjonov, M. (2017). Experience of foreign countries with regard to the regulation of disability pensions. Review of law sciences, 1(1), 13.
23. Юсупов, Н. (2021). Факторы формирования и развития патриотического дyxa y стyдентов. Общество и инновации, 2(2/S), 339-348.
24. Пандемия: ^ждается ли трyдовое законодательство в реформах? М Рахимов - Review of law sciences, 2020.
25. Хакбердиев, А., & Абдyллaевa, Р. (2021). ВОПРОСЫ ДОСУДЕБНОГО УРЕГУЛИРОВАНИЯ ИНДИВИДУАЛЬНЫХ ТРУДОВЫХ СПОРОВ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН. Scientific progress, 1(6), 786-791.
26. Хожабеков, М. (2020). ПРАВОВОЙ СТАТУС ГОСУДАРСТВЕННОГО СЛУЖАЩЕГО. Review of law sciences, 1(Спецвыпyск).
27. ДАМРОКУЛОВ, Б. (2020). ИТАЛИЯ ВА БЕЛЬГИЯДА МАЪНАВИЙ ЗИЁННИ КОПЛАШ КОНУНЧИЛИГИ ВА СУД АМАЛИЁТИ. ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ, 1(1), 32-38.
28. Myродyллaев, Д. (2020). ЗНАЧЕНИЕ МЕЖДУНАРОДНО-ПРАВОВЫХ СТАНДАРТОВ В ОБЛАСТИ ОХРАНЫ ТРУДА. Review of law sciences, 4(Спецвыпyск).
29. Sultonmurodovich, A. B. The Regulation of Fixed-term Employment Contracts in Uzbekistan. JournalNX, 573-579.