TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA SMART KONTRAKTLARNING
HUQUQIY REJIMI
Komilaxon Nodir qizi Abdullayeva
Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich Xususiy huquq fakulteti A potok 1-guruh
talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada muallif tashqi iqtisodiy faoliyatda smart kontraktlarning ahamiyati, ularning afzallik va kamchiliklari hamda huquqiy rejimi xususida fikr yuritib, analiz qiladi.
Kalit so'zlar: tashqi iqtisodiy faoliyat, smart kontrakt, shartnoma,, xalqaro tartibga solish, huquqiy rejim, transchegaraviy bitim, blokchain texnologiyasi, xalqaro arbitraj.
LEGAL REGIME OF SMART CONTRACTS IN FOREIGN ECONOMIC
ACTIVITY
ABSTRACT
In this article, the author analyzes the importance of smart contracts in foreign economic activity, their advantages and disadvantages, as well as the legal regime.
Keywords: foreign economic activity, smart contract, agreement, international regulation, legal regime, cross-border agreement, blockchain technology, international arbitration.
Hozirgi integratsiyalashuv jarayonida davlatlar o'rtasida tashqi iqtisodiy munosabatlar ko'lami keskin oshayotganligi, shubxasiz albatta. Negaki, har bir davlatning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi faol tashqi iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog'liq. Xususan, tashqi savdo munosabatlari deganda tovarlar, ishlar va xizmatlar, intelektual mulk obyekti, kriptovalyutalar hamda axborotga bo'lgan Mutlaq huquqlar savdosida tabiatan turlicha bo'lgan subyektlar davlatlar, xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslarining xalqaro- huquqiy, milliy huquqiy va boshqa normalar asosida savdo munosabatlariga kirishishishlari tushuniladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat" to'g'risida"gi qonuniga muvofiq, tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O'zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Xususan, hozirgi kunda tashqi savdo munosabatlarini amalga oshirish tartibi va shartlari, tashqi savdo munosabatlarining
mazmuni, tashqi savdo munoabatlarida "aqlli shartnomalar" va ularni samarali tadbiq qilish masalalari va eng muhimi ularning huquqiy rejimi masalasi hal etilishilishi lozim bo'lgan eng ustor vazifadir. Negaki, Covid- 19 pandemiyasi sharoitida shartnomaviy munosabatlarda yangi davr boshlanganligi xususan, standartlashtirilgan shartlardan foydalangan holda shartnoma tuzishning soddalashtirilgan shakliga urg'u berilib, muzokaralar jarayonida inson ishtirokini minimallashtirish va tranzaksion xarajatlarni kamaytirish bilan ommaviy bozorda shartnoma tuzish imkoniyatlarini kengayganligini qayt etish joiz albatta. Buning natijasida esa avvalo inson ishtirokisiz electron vositalar orqali to'g'ridan- to'g'ri shartnomaning yangi turlari paydo bo'layotganligini "aqlli shartnomalar" misolida qayd etishimiz kerak.
Aytish joizki, hozirgi rivojlangan zamonda raqamli texnologiyalarning ildam rivojlanib borishi o'z navbatida davlatlar o'rtasidagi tashqi iqtisodiy munosabatlarga ham ijobiy ta'sir ta'sir ko'rsatmoqda. Ya'ni, axborot taraqqiyoti - jamiyat hayotining har bir jabhasiga xususan, davlatlarning iqtisodiy munosabatlariga ham shiddat bilan kirib bormoqda. Natijada esa tashqi iqtisodiy faoliyatda shartnomaviy munosabatlar tubdan takomillashib, ularning ko'lami kengaymoqda. Xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida hozirgi axborotlashuv asrida zamonaviy shartnomalarning yangi turi Smart kontrakt atamasi paydo bo'ldi va u tez sur'atlarda ommalashdi. Zero, rivojlangan axborot asrida bu turdagi aqilli shartnomalar davr talabi hisoblanadi. Aytish o'rinliki, aqlli (Smart) kontrakt inglizchadan tarjima qilinganda biror narsaga egalik huquqini yaratish, boshqarish va ma'lumot berish uchun mo'ljallangan kompyuter algoritmi degan ma'noni anglatib, u blokcheyndagi ma'lum bir manzilda joylashgan funksiyalar va ma'lumotlar bazasi hisoblanadi. Ya'ni, aqilli kontrakt majburiyatlarni nazorat qiluvchi va amalga oshiradigan kompyuter dasturi hisoblanadi va unda tomonlar bitim shartlarini va ularning bajarilmasligi uchun sanksiyalarni belgilaydilar, electron raqamli imzolarini qo'yadilar. Aqilli shartnoma mustaqil ravishda hamma narsa bajarilganligini aniqlaydi tranzaktsiyani yakunlash va talab qilinadigan narsalarni pul, ulush, ko'chmas mulk berish, ishtirokchilarga jarima yoki jarima solish hamda aktivlarga kirishni yopish va hakozalar haqida va qaror qabul qiladi. Ya'ni, aqlli shartnomalar o'zida ham dasturiy vositalarni ham huquqiy jarayonlarni qamrab olgan bo'lishligidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, "smart contracts"- aqlli shartnomalar bu taraflardan kamida bittasi shaxs bo'lmagan, tuzilishi va amalga oshirilishi to'liq avtomatlashtirilgan, muallifning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishgan deb hisoblash uchun yetarli bo'lgan xatti -harakatlarni sun'iy intellekt yordamida baholaydigan, avvvaldan yaratilgan dasturiy ta'minot va algoritmlarga asoslangan , yaratuvchisida shartnomaviy munosabatlar bilan birga mualliflik huquqini paydo qiladigan electron shartnomalar tushuniladi1. Shu
1 Tashqi savdo munosabatlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish// yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) disertatsiyasi avtoreferat. Toshkent- 2020.
boisdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, aqlli shartnomalarni ham huquqiy mazmunga ega bo'lgan shartnoma hisoblanadi.
Shu o'rinda dastlab Smart shartnoma (kontrakt)larning vujudga kelish tarixiga qisqacha to'xtalamiz. Negaki, Smart kontraktlar ham o'z-o'zidan paydo bo'lmasdan, aksincha muayyan zaruriyat natijasi o'laroq yuzaga kelgan. Xususan, aqlli shartnomalarning tarixiga to'xtaladigan bo'lsak, ilk bora Smart (aqlli) shartnoma g'oyasi AQSHlik informatika, kriptografiya va huquq bo'yicha mutaxassis Nika Sabo tomonidan 1994-yilda ilgari surilgan va u tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan. Nika Sabo tomonidan ilgari surilgan nazariyaga muvofiq smart kontrakt (shartnoma) deganda shartnoma taraflarining mazkur shartnomada nazarda tutlgan majburiyatlarini raqamlarda ifodalanishi ularning bajarilishini ham ta'minlashi ma'nosida yoritilgan. Ya'ni, u smart shartnomalarga "tomonlar o'rtasidagi majburiyatlarning raqamli vakili, shu jumladan ushbu majburiyatlarni bajarish uchun protokol", - deya ta'rif bergan. Olimning fikriga ko'ra smart-kontraktlar - bu tom ma'nodagi shartnoma emas, balki shartnomalarni tuzish yoki bajarish uchun plaftormadir. Ya'ni, uning nazariyasiga muvofiq Smart kontraktlar shartnomaviy munosabatlarning raqamlashgan sodda ko'rinishi hisoblanadi. Shuningdek, aytish kerakki, shartnomalarni tuzish yoki bajarish uchun kompyuterlardan foydalanish imkoniyati haqidagi bilimlar, tushunchalar uzoq 1996 yildayoq Allen T. va Widdison R. tomonidan yoritilgamn bo'lib, ular o'zlarining "Kompyuterlar kontraktlar tuza oladilarmi" degan maqolasida kibermakonda kontraktlar tuzish imkoniyati haqida birinchi bo'lib e'lon qilishgan .
O'z navbatida esa ularning fikrini isboti sifatida XXI asrning birinchi o'n yilliklarida informatika fanidagi jadal rivojlanish o'zini sohada namoyon etib, innovatsion texnologiyalarning yaratilishiga zamin yaratdi. O'z navbatida esa ushbu rivojlanishlar ijtimoiy sohani modernizatsiya qilishga ijobiy ta'sirini ko'rsatib, xalqaro xususiy huquqdagi shartnoma munosabatlarini ham takomillashtirdi. Va Smart kontraktlar paydo bo'lishiga olib keldi. Negaki, rivojlangan kiber zamonda insonlar orasidagi masofa qisqarib, axborotlashuv vositasida elektron shaklda namoyon bo'lyapti. Xususan, tashqi iqtisodiy munosabatlar, kelishuv va muzokaralar ham axborot texnologiyalari vositasida masofadan turib online amalga oshirilmoqda. Shuningdek, raqamlashtirish va moliyaviy texnologiyalarning joriy etilishi dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiyoti, moliya bozorlaridagi mavjud holatlarni tubdan o'zgartirmoqda. Yangiliklar va zamonaviy infratuzilma tufayli ilgari shaxsiy ishtirok va ko'p vaqt talab qilgan ko'plab operatsiyalar, endilikda axborot olamidagi ilg'or rivojlanishlar sabab juda qisqa muddatda amalga oshirilishi imkoni tug'ildi. Bu imkoniyat xalqaro xususiy-huquqiy munosabatlaridagi kelishuvlar, turli shartnomalarni
2 Smart shartnoma - kelishuv majburiyatlari bajarilishining aqlli nazorati //Yangi O'zbekiston gazeta, №223(223) 2020 yil 19 noyabr
tuzishga ham taaluqli bo'lib, ularning eng zamonaviy ko'rinishi bu shubxasiz Smart kontraktlardir.
Aqlli kontraktlar xalqaro xususiy huquq muammolarini o'rganishning istiqbolli yo'nalishi bo'lib, ular blokcheyn texnologiyasiga asoslangan bo'lib, u bitta serverga ulangan kompyuterlar zanjiridan iborat taqsimlangan daftarning markazlashtirilmagan tizimidir. Blokcheyn texnologiyasi aqlli shartnomalar ishtirokchilariga banklar, notariuslar, agentlar, kafillar va boshqalar kabi vositachilarsiz mulkiy qiymatlarni almashish uchun noyob imkoniyatni beradi.
Xorijiy mamlakatlarda smart kontraktlarni tartibga solish sohasidagi qonunchilik bazasini izchil shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Axborot texnologiyalarining amaldagi qonunchilik normalariga muvofiqligi masalalarini hal etish uchun yetakchi dasturchilar va huquqshunoslardan iborat maxsus komissiyalar tuzilmoqda. Asosan, aqlli shartnomalar uchun yangi huquqiy tuzilmalarni ishlab chiqish kriptovalyuta aylanmasi sohasidagi eng yirik investorlarning manfaatlarini himoya qilish zarurati bilan bog'liq. Smart shartnoma, o'z navbatida, real vaqt rejimida etkazib beriladigan
"5
tovarlarga kirishni ta'minlaydi .
Tovar sifatiga qo'yiladigan talablar buzilgan taqdirda, blokcheyn platformasiga ulangan kompyuter dasturi xaridorning elektron hisobini avtomatik ravishda yo'q qiladi. Biroq, bu texnologik imkoniyatlarning barchasi faqat shakllanish bosqichida bo'lgan mustahkam huquqiy asosga ega bo'lishi kerak. Eng avvalo, aqlli shartnomalar tuzishda internet platformalarida amaldagi qoidalarga amal qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o'rtasida smart-kontraktlar tuzish orqali savdoni amalga oshirishning yagona qoidalarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Transchegaraviy bitim taraflari duch keladigan asosiy muammo kontragentga ishonchsizlikdir. Blockchain texnologiyasi, uning asosida aqlli shartnomalar ishlaydi, tovarlarni yetkazib berish paytidagi salbiy tomonlarni bartaraf etadi. O'z navbatida bu turdagi shartnomalar o'zining bir qator afzalliklariga ega bo'lib, ulardan eng asosiysi barcha huquqlar himoyalanganligidir. Negaki, Smart kontrakt (shartnoma)larda majburiyatlar va huquqlar tuzilgan shartnoma tegishli kodlar va shifrlar to'plami bilan biriktiriladi. Boshqacha qilib aytganda, tizimlashtirilgan, raqamli formatdagi shartnoma asosida shartnomalar tuzish bo'yicha xalqaro shartnomalar qoidalariga muvofiq manfaatdorlik tamoyili muhim rol o'ynaydi. Xususan, smart kontraktlar o'z-o'zidan amalga oshirilib, shartnoma va uning xulosasi virtual muhitda - blokcheynda sodir bo'ladi. Shuningdek, aqlli shartnoma avtomatik ravishda ruxsat berish mumkin holatlarni va ularning oqibatlarini hisoblab chiqadi. Agar, ushbu holatda taraf kontragentni buzadigan holatlarda shartnoma bekor qilingan hisoblanadi. Shuningdek, aqilli shartnomalarning yana bir afzal jihati aqlli shartnomalarni bajarish qoidalari hamma bilan kelishilganidan
3 Ubareva A. V., Kovalenko K. E., Kovalenko N. E. Problems of choice of law applicable to smart contracts in private international law. Bulletin of the South Ural State University. Ser. Law, 2020, vol. 20, no. 4, pp. 44-48. (in Russ.) DOI: 10.14529/law200408.
keyin o'zgartirilishi mumkin emas. Misol uchun, ICO o'tkazilishini ta'minlaydigan aqlli shartnoma investitsiyalarni jalb qiluvchi kompaniyaga faqat ma'lum bir umumiy investitsiya hajmiga erishilganda investor mablag'lariga kirish imkoniyatini beradi. Binobarin, aqlli shartnomaning vazifalari ICO ni amalga oshirish uchun belgilangan harakatlar. Shunga qaramay, bu o'sha vaqtga qadar vaqtinchalik tendensiya, xulosa qilish uchun ilg'or texnologiyalar aqlli shartnomalar hali ishlab chiqilmagan, bu uning moslashuvchanligi, konstruktivligi va barqarorligini ta'minlaydi tuzilgan shartnoma bo'yicha kontragentga etkazib beriladigan tovarlarni tekshirish xususiyatlarining kiritilishi sifat va miqdor birliklariga ajratiladi4. Shuningdeek, aqlli kontraktlar dasturlash tillari yordamida yaratiladi, buning natijasida imkoniyatlar kelishmovchiliklar minimallashtiriladi, shu bilan birga mumkin bo'lgan shartnoma qoidalari o'z dastur kodlari darajasida qat'iy algoritmlar doirasida cheklangan. Shuni ta'kidlash kerakki, aqllilarning "tillari" shartnomalar tuzilayotgan shartnoma tilidan juda farq qiladi. Ya'ni, uning tanlovi dasturlash tili siz aqlli shartnomalar yaratish uchun foydalanmoqchi bo'lgan texnologiyaga bog'liq. Loyihalar taqsimlangan daftar texnologiyasiga asoslangan holda, o'ziga xos tilga mos keladigan tildan foydalanishni nazarda tutadi. Yuqorida aytib o'tilganidek, aqlli shartnoma tillari ma'lum bir mavzuda yaratilgan platforma o'ziga xos "shakllarga" ega va an'anaviy shartnoma tilidan tubdan farq qiladi. Shartnoma to'liq qog'oz yoki elektron shaklda tuzilgan, shundan so'ng shartnomaning barcha bandlari smart-ga ko'chiriladi blokcheyn zanjirlarida ma'lumotlarni keyingi himoya qilish va saqlash bo'yicha shartnoma; shartnoma to'liq kompyuter dasturi shaklida bo'ladi. Bugungi kunda bunday kontraktlar soni o'sib bormoqda, ular aqlli shartnomalar sifatida to'liq tuzilgan, ammo ba'zi noqulayliklarni ta'kidlash kerak. Binobarin, ulardan biri muzokaralar olib borishning mumkin emasligi hamda aqlli shartlarini o'zgartirish jarayonining murakkabligidadir. Ya'ni, Smart kontraktlarda ko'pincha aqlli shartnomalarda ko'rsatilgan shartlarning bajarilishi uchinchi tomon axborot tizimlarida joylashgan ma'lumotlarga bog'liq. Shu o'rinda endi biz Smart kontraktlarning huquqiy tabiatiga qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Xalqaro statistik ma'lumotlarga ko'ra, aqlli shartnomalar yuridik shaxslar o'rtasidagi xususiy va ommaviy munosabatlarda jadallik kasb etmoqda. Shu bilan birga, va ichida keltirilgan muammolarga mutanosib ravishda biz to'g'ridan-to'g'ri, qo'shiladigan normalarni ko'rib chiqish majburiyatini olamiz. Xalqaro huquqda aqlli shartnomalar tuzish bo'yicha huquqiy munosabatlarni tartibga solish asosi, mos ravishda, boshqa bilan birga aqlli shartnomalar bo'yicha huquq va majburiyatlarning paydo bo'lishi uchun shartnomalar bo'yicha kelishuvga erishish kerak, bu esa irodaning qarshi ifodasida ifodalanadi Anton Vashkevichning aqlli shartnomalar bo'yicha ishida ta'kidlanganidek, bularda shartnomalar "taklif' - bu havola bilan shartnoma tuzish
4 "the value of smart contracts in regulating foreign economic transactions" International journal on economics, finance and sustainable development.
taklifini o'z ichiga olgan veb-sahifa taklif qiluvchining shaxsiy kaliti bilan imzolangan va taqsimlangan reestrga joylashtirilgan dastur kodi sanaladi. Binobarin, bu kalit elektron raqamli imzo (ERI) hosil qiladi va kalit tashuvchida (token) saqlanadi. Faqat egasiga ma'lum bo'lgan parol bilan himoyalangan, bu orqali hujjatga kirish tasdiqlanadi. Shu bilan birga, ochiq kalitdan foydalanib, siz EPC sotib olish uchun sertifikat olishingiz mumkin. Qoida tariqasida, aqlli shartnomani qabul qilish shakli uning taklifiga o'xshash tarzda - elektron shaklda tuziladi qabul qiluvchining shaxsiy kaliti bilan imzolangan xabar ko'rinishida bo'ladi.
"Aqlli" shartnoma tuzilganligi sababli qo'shilish shartnomasining shakli, aqlli shartnomani qabul qilish funksiyalari bilan ta'minlanmagan uning dastur kodini, shuningdek uning shartlarini o'zgartirish to'g'risida qarshi shikoyat qilish imkoniyati yo'q. Ushbu mavzuni o'rganish natijasida biz aqlli shartnomalar bir shakldan biri degan xulosaga keldik keng ma'noda kelishuv. Tor ma'noda ushbu elektron shartnomalar real vaqt rejimida tuziladi va faoliyatning o'z-o'zini amalga oshirish xususiyatiga ega. Mutaxassislarning ilmiy-amaliy tadqiqotlaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, shartnoma munosabatlarining ushbu shaklidan foydalanish tendensiyasi xorijiy element bilan murakkablashgan xo'jalik shartnomalarini tuzishda ahamiyatlidir. Negaki, bu texnologiya dunyoni vositachilardan butunlay xalos qila olmaydi, lekin u iqtisodiy aylanmani sezilarli darajada soddalashtirishi allaqachon aniq, buning natijasida zamonaviy biznes modellari samaraliroq bo'ladi va tranzaksiya xarajatlari sezilarli darajada kamayadi.
Aytish o'rinliki, smart kontraktlarning ommalashuvi ulardan foydalanishdagi tushunmovchilik, nizoli holatlarni tartibga solish masalasi ham omma oldiga qo'ymoqda. Negaki, aqlli shartnomalarni huquqiy tartibga solish bilan bog'liq munosabatlar munozarali bo'lib, ularni huquqiy jihatdan tartibga solishning asoslari halicha mavjud emas. Va bu holat o'z o'rnida smart shartnoma munosabatlari sohasi rivojlanish bosqichida ekanligi bilan izohlanmoqda. Biroq mazkur sohadagi rivojlanishning ulkan tezligini ham hisobga olgan holda smart kontraktlarning tartibga soluvchi huquqiy asoslarini ishlab chiqish zarur. Chunki, aqilli shartnomalarbfuqarolik-huquqiy bitim shakli to'g'risidagi qoidalarga mos kelishi va mazkur shartnoma tuzish hamda uni amalga oshirish usulini qonunchilikda mustahkamlash, ularni huquqiy jihatdan tartibga solish xususan nizolarni hal qilishning qaysi vositalari aqilli shartnomalar uchun amal qilishliligi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ya'ni shartnomaviy munosabatlarnimng yangi shakli sifatida smart kontraktlar nizolarni muqobil hal etishning yangi modellari ishlab chiqilishini talab etadi.
Xalqaro xususiy huquqda smart kontraktlarning huquqiy tartibga solish ya'ni, ularning huquqiy rejimi xususida "aqlli arbitraj" sudlaridan foydalanish amaliyoti joriy etilgan bo'lib, bu orqali tashqi iqtisodiy munosabat subyektlari bo'lgan taraflarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishiga erishilmoqda. Negaki, mazkur
amaliyotning rivojlanishi bir tomondan advokatlarning yaqin hamkorligini talab qilsa ikkinchi tomondan kompyuter va matematika bo'yicha mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishini talab qiladi va u taraflarga qoidalar bo'yicha kelishib olish va hakamlik sudiga topshirishga imkon beradi. Shuningdek, an'anaviy usullardan foydalangan holda aqlli shartnomalar bo'yicha nizolarni ko'rib chiqish (muzokaralar, da'volar tartibi, vositachilik, arbitraj hamda sud protsesslaridan) foydalanish amaliyoti mavjud bo'lib, ular bir- biridan sezilarli farqqa ega. Xususan, aqilli shartnoma tilini tarjima qilish , dastur tilini tushunish uchun sud maxsus texnik bilimga ega mutaxxassis jalb qilish zarurati yuzaga keladi. Va yana nizolarni hal qilishda amaldagi joy qonuni amal qiladi va buni taraflar arbitraj shartnomasiga kiritishlari kerak. Shundagina, yuzaga kelgan nizo belgilangan protsessual qoidalarga muvofiq ishonchli hal etiladi va smart kontraktlarning huquqiy himoya masalasi ijobiy hal etilishiga erishiladi.
REFERENCES
1. Ubareva A. V., Kovalenko K. E., Kovalenko N. E. Problems of choice of law applicable to smart contracts in private international law. Bulletin of the South Ural State University. Ser. Law, 2020, vol. 20, no. 4, pp. 44-48. (in Russ.) DOI: 10.14529/law200408;
2. Tashqi savdo munosabatlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish// yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) disertatsiyasi avtoreferat; muallif: Ahtam Yakubovich Nusratillayev Toshkent- 2020;
3. "the value of smart contracts in regulating foreign economic transactions"// International journal on economics, finance and sustainable development.
4. Smart shartnoma kelishuv majburiyatlari bajarilishining aqlli nazorati// Yangi O'zbekiston gazeta, №223(223) 2020yil 19 noyabr