UDC: 347.44 (042)(575.1)
Achilova Liliya
Toshkent davlat yuridik universiteti "Biznes huquqi" kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boyicha falsafa doktori (PhD) E-mail: Liliya.achilova@mail.ru
TEMIRYO'L TIZIMI ORQALI YUK TASHISH SHARTNOMASINING TASNIFI VA TARKIBIY TUZILISHI
Annotatsiya. Ushbu maqolada temiryo'l tizimi orqali milliy va xorijiy yuk tashish, temiryo'l tizimi orqali yuk tashishda qo'llaniladigan terminlar va ularga tasnif, shuningdek, ushbu shartnomaviy munosabatlarning huquqiy asoslari va nazariy tahlili, shartnomaning o'ziga xos xususiyatlari va alohida jihatlari, mazkur shartnomadan kelib chiqadigan munosabatlarning milliy va xalqaro normalar orqali tartibga solinishi, ularning amaliyotda tartibga solinish jihatlari, O'zbekition Respublikasidagi tashkilotlar va xalqaro miqyosdagi tashkilotlarning o'zaro hamkorligi va ularning ushbu munosabatdagi roli va o'rni tadqiq qilingan bo'lib, mavzuni yoritish mobaynida turli ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ham ilgari surilgan.
Kalit so'zlar: temiryo'l tizimi, temiryo'l tizimi orqali yuk tashish, yuk tashish shartnomasi, yuk xati, temiryo'l faoliyati, xalqaro shartnomalar, xalqaro hamkorlik.
Ачилова Лилия
и.о. доцента кафедры "Бизнес-право" Ташкентского государственного юридического университета,
доктор философии по юридическим наукам (PhD)
КЛАССИФИКАЦИЯ И СТРУКТУРА ДОГОВОРА ПЕРЕВОЗКИ ГРУЗОВ ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНЫМ ТРАНСПОРТОМ
Аннотация. В данной статье изучены термины и классификация, применяемые при перевозке национальных и иностранных грузов по железнодорожной системе, грузоперевозках по железнодорожной магистрали, а также правовые основы и теоретический анализ настоящих договорных отношений, специфика договора, регулирование отношений, вытекающих из договора, через национальные и международные нормы, аспекты их регулирования на практике, взаимодействие организаций Республики Узбекистан и международных организаций, их роль и место в этих отношениях, а также рекомендации.
Ключевые слова: железнодорожная система, железнодорожный транспорт, экспедирование грузов, договор экспедирования грузов, железнодорожная деятельность, международные соглашения, международное сотрудничество.
Achilova Liliya
Docent of the Departament of Business Law, Tashkent State University of Law, Doctor of Philosophy in Law (PhD)
CLASSIFICATION AND STRUCTURE OF THE CONTRACT OF CARRIAGE BY RAILWAY
TRANSPORT
Ab&ract. This article examines the terms and classification used in the transportation of national and foreign goods on the railway sytiem, cargo transportation on the railway, as well as the legal basis and
theoretical analysis of these contractual relations, the specifics of this Agreement, the regulation of relations arising from this Agreement through national and international norms, aspects of their regulation in practice, the interaction of organizations of the Republic of Uzbekitfan and international organizations and their role and place in these relations, and recommendations are also put forward.
Keywords: railway sytfem, railroad transport, freight forwarding, freight forwarding contract, railway activities, international agreements, international cooperation.
O'z navbatida, temiryo'l orqali yuk tashish shart-nomalaridan kelib chiqadigan munosabatlar ham se-zilarli darajada o'sib boradi. Bunda, albatta, temiryo'l yuk tashish shartnomasining mukammalligi, shartno-ma tomonlari har birining huquq va majburiyatlarin-ing aniq ifoda etilishi va o'zaro manfaatdorlik asosida tuzilishi va shakllanishi kelajakda yuzaga keladigan turli shartnomaviy nizolar va qarama-qarshiliklarning oldi olinishida zamin hozirlagan bo'lar edi.
Ijtimoiy munosabatlarning jadallashuvi bugungi kunda hayotimizning har bir jabhasida tezlashish-lar, yangilanishlar va islohotlarni taqozo etmoqda. Ijtimoiy munosabatlar turli soha taraqqiyotiga pro-porsional ravishda ta'sir qilib boradi. Bunday o'sish-lar temiryo'l yuk tashish faoliyatini ham cheklab o'tmagan. Stati^ik ko'rsatkichlarga nazar solsak, mamlakatimiz hududida temiryo'lda yuk tashish hajmi 2017-yilda 55238,2 ming tonnadan 2018-yilda 73209,9 ming tonnaga oshganini guvohi bo'lamiz, 2019-yilda esa koronavirus infeksiyasining pandemi-yasi tarqalishi tufayli keskin pasayish kuzatiladi. [1].
Mamlakatimiz hududida ichki temiryo'l yuk ta-shish shartnomasidan kelib chiquvchi munosabat-lar, avvalo, O'zbeki^on Respublikasining Fuqarolik kodeksi (39-bob. Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish (709, 711, 713-719, 721-724-moddalari), O'zbekis-ton Respublikasining 1999-yil 15-aprelda tasdiqlan-gan "Temiryo'l transporti to'g'risida"gi 766-I son qonuni (1, 2, 11, 13-moddalari) va asosan Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrda "O'zbeki^on Respublikasi Temiryo'l u^avini tasdiqlash to'g'risi-da"gi 232-sonli qaroriga binoan tasdiqlangan O'zbeki^on Respublikasi Temiryo'l u^avi (IV bob. Tashish shartnomasini tuzish va tashish to'lovlarini olish) bilan tartibga solinadi.
Temiryo'l orqali yuklarni tashish shartnomasi ham fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga kel-tirish, o'zgartirish yoki bekor qilish funksiyasiga ega bo'lgan shartnoma, u amaldagi FKning 709-moddasi-ga ko'ra yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnoma-lari asosida amalga oshiriladi [2].
Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasiga ta'rif berishdan oldin ularning turlarini aytib o'tish kerak, chunki bu shartnomaning tushunchalari uning turiga qarab farqlanadi. Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasining quyidagi asosiy ikki turi mav-jud: 1) yo'lovchi tashish shartnomasi; 2) yuk tashish shartnomasi. Na'munaviy yuk tashish shartnomasi)
[3].
Temiryo'l yuk tashish shartnomasi mu&aqil turdagi shartnoma bo'lib, uning predmeti transport xizmati, ya'ni yuklarni joyini o'zgartirish xizma-tidir. Temiryo'l yuk tashish shartnomasining asosiy mazmuni shundan iboratki, temiryo'lchi yukni ta-yinlangan manzilga eltib berish va uni yuk oluvchiga topshirish majburiyatini oladi. Temiryo'l yuk tashish shartnomasi - buyurtmaga asoslangan shartno-madir, ya'ni temiryo'lchi va yuk jo'natuvchi uchun majburiy bo'lgan, qabul qilingan buyurtmanoma top-shiriqlari asosida va uni ijro etish maqsadida tuzila-di. B.L. Xaskelberg, K.K. Yaichkov, S.S. Alekseyev buyurtmanomani berish - yuk jo'natuvchi tomonning bir tomonlama o'ziga xos talabi hisoblanadi va bu o'zining yuridik tabiatiga ko'ra bir tomonlama bitim deb ta'kidlashadi [4]. Buyurtmanomani bitim sifatida tan olish unga yuridik kuch beradi va bunda buyurt-manoma yuklarni tashish jarayonini amalga oshirish-da operativ-tartibga solish hujjati bo'lib xizmat qiladi hamda yuk jo'natuvchi buyurtmanomani yuk tashuv-chiga berishi orqali uning oldida transport vositasi-dan foydalanish majburiyati, yuk tashuvchida esa yuk jo'natish uchun tegishli transport vositasini o'rnatishi kerak deb ta'kidlashadi [10].
Tashish bo'yicha munosabatlarda buyurtmano-ma qanchalik yuqori darajadagi aniqlikda yetkazilsa ham, har bir qatnovdagi yukni jo'natish ta'minlansa ham, u har qaysi bir marotabalik tashishning barcha shart-sharoitlarini inobatga ololmaydi. Bu masalani esa shartnoma hal qiladi. Temiryo'l yuk tashish shart-nomaviy munosabatlar va imperativ normalar bilan tartibga solinadi, yuklarni tashish shart-sharoitlariga nisbatan bitimlar ramkasi cheklanganligi va shartno-
ma mazmunining individuallashganligi uchun taraflar xohishi bo'yicha tashish shartlarini belgilash cheg-arasi temiryo'llarda anchagina tor [5].
Sud amaliyotidan: Farg'ona viloyati xo'jalik su-didan da'vogar "Denov neft bazasi" unitar korxonasi o'z foydasiga javobgar Farg'ona neftni qayta ishlash zavodidan 481,551 so'm kamomad summasini undi-rib berishni so'rab murojaat etgan. Javobgar vakili da'voni tan olmay, da'vogar tomonidan neft mahsu-lotlarini qabul qilishda amaldagi P-6 Yo'riqnomasi talablariga rioya qilinmaganligini bildirib, da'voni rad etishni so'ragan.
Ish materiallariga qaraganda taraflar o'rtasida tu-zilgan shartnomaga asosan javobgar tomonidan da'vogar manziliga vagon sig'imlari va yuk xatlari orqali neft mahsulotlari yuborilgan. Ushbu neft mahsulo-tini jamoatchilik hamda militsiya vakili ishtirokida Temiryo'l u^avi 65, 67-moddasiga rioya etilgan hol-da tekshirilib [6], qabul qilingan mahsulot hajm-og'ir-lik usulda o'lchab ko'rilganda uning miqdor jihatdan ja'mi 997 g, 481551 so'mlik kamomad mavjudligi, sig'im qopqog'idagi plombalar esa butunligi va tex-nik holati sozligi aniqlangan. Bu holatda Temiryo'l u^avining 124-moddasida temiryo'lchi yukni tashish uchun qabul qilib olganidan to yukni qabul qiluvch-iga topshirguncha yoki yuklarni tashish qoidalariga binoan boshqa korxonaga topshirguncha bu yukni as-rashga javobgarligi belgilangan. Ammo Temiryo'l us-tavining 125-moddasi [6] birinchi xatboshisiga ko'ra "tashuvchining yuk tashishda yuk yo'qolishi, kamo-madi, isrof yoki nobud bo'lishidagi javobgarligidan ozod qilinadi. Agar tovar butun (yaroqli) vagon (kon-teyner)da yuk jo'natuvchining butun (yaroqli) qul-flash va mahkamlash asboblari (plombalar) bilan yoki butun (yaroqli) ochiq yuklovchi tarkibda, yo'lda u&i-ga ortiqcha yuk yuklanmasdan himoya markirovkalari bilan yoki yaroqli bog'lamalar bilan yoki yukning saqlanganligini isbotlovchi boshqa belgilar bilan manzilga kelgan bo'lsa" deyilgan [14]. Yuqoridagi ja-moatchilik hamda militsiya vakili tomonidan tuzilgan sig'im qopqog'idagi plombalar butunligi va texnik holati sozligi to'g'risidagi dalolatnoma temiryo'lchini ushbu nizodagi javobgarlikdan ozod qiladi.
Muddatlar bo'yicha sud amaliyotiga na-zar solsak, Toshkent shahar xo'jalik sudining 10-0910/19553-sonli ishida shartnomadagi kelishil-gan muddat buzilishi bo'yicha nizoni ko'rishimiz mumkin. Unga ko'ra da'vogar "Denov neft bazasi" unitar korxonasining javobgar "O'zbekis-
ton temiryo'llari" DATK va "O'ztemiryo'lhisob" markazi hisobidan 11215969 so'm temiryo'l jari-masini undirishni so'ragan. Javobgar "O'zbekis-ton temiryo'llari" DATK va "O'ztemiryo'lhisob" markazi da'vo talablarini to'liq rad etib, da'vo ta-lablari qanoatlantirilishini rad etishni so'ragan. Ish hujjatlaridan ma'lum bo'lishicha, javobgar "O'zbeki^on temiryo'llari" DATK tomonidan aso-siy shartnomaviy hujjat hisoblanuvchi yuk xati (na-kladnoy) orqali neft mahsulotlarini Farg'ona neftni qayta ishlash zavodiga qarashli "Ohunboboyev" temiryo'l ^ansiyasi va "Angren - POP" DENBsi, "Angren" temiryo'l ^ansiyasi hamda BNKIZdagi "Qorovulbozor" temiryo'l ^ansiyasidan "Denov" temiryo'l ^ansiyasigacha tashib berish amalga oshi-rilib kelingan. Yuk xatlari bo'yicha tashib berish "gruzovoy skoro^i po vagonniy" tezlikda amalga oshirilgan. Bunda vagon bir sutkada 330 km maso-fani bosib o'tishi lozim bo'lgan. Shu holda "Ohun-boboyev - Denov" ^ansiyalari 1000 km, "Angren - Denov" ^ansiyalari 800 km, "Qorovulbozor - Denov" ^ansiyalari 600 km ni tashkil etadi. Javobgar "O'zbeki^on temiryo'llari" DATK ko'p holatlarda yukni o'z muddatida tashib bermasdan korxonaning ish rejimi buzilishiga, i^e'molchilarning da'vogar korxonasiga nisbatan ishonchi yo'qolishiga va qish-loq xo'jaligining dala ishlarini orqaga surilishiga sa-babchi bo'lib, da'vogarga moddiy va ma'naviy zarar yetkazgan. O'zbeki^on Respublikasi Fuqarolik ko-deksining 234-moddasi ikkinchi xatboshisiga asosan majburiyatlar ... zarar yetkazishdan kelib chiqadi. Mazkur xo'jalik nizosi zarar yetkazish oqibatida kelib chiqqan. O'zR FKning 14-moddasiga ko'ra agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda to'lash nazarda tutilmagan bo'lsa, huquqi buzilgan shaxs o'ziga yetkazilgan zararning to'la qoplanishi-ni talab qilishi mumkin. FKning 711-moddasi birinchi xatboshisida yuk tashish shartnomasi bo'yicha yuk tashuvchi yuk jo'natuvchi tomonidan o'ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga ye-tkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxs (oluvchi)ga topshirish, yuk jo'natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to'lash majburiyatini oladi deyilgan. Yuk tashish shartno-masi tuzilganligi tegishli transport hujjati - transport yuk xati tuzish va uni yuk jo'natuvchiga topshirish yo'li bilan tasdiqlangan. FKning 717-moddasida tashuvchi yo'lovchi, bagaj yoki yukni belgilangan manzilga transport u^avlari, kodekslari yoki shart-
nomada nazarda tutilgan tartibda belgilangan mud-datda, bunday muddat bo'lmagan taqdirda esa oqilo-na muddatda eltib qo'yishi shartligi belgilangan [7].
Demak, yuk xatida transportning harakatlanish tezligi va uning tezligi bo'yicha bosib o'tish maso-fasi to'g'risidagi texnik shartlar belgilanganligi sa-babli da'vogarning talabi asoslidir. Ushbu ishni sud mazmunan hal etib, ish bo'yicha "Denov neft bazasi" unitar korxonasi foydasiga javobgar "O'zbeki^on temiryo'llari" DATK hisobidan 9334648 so'm jari-ma va boshqa xarajatlar undirish to'g'risida hal qiluv qarori chiqargan.
Temiryo'l yuk tashish shartnomasi haq evaziga tuziladigan shartnoma. Yuk jo'natuvchi ko'rsatilgan temiryo'l xizmati uchun tarifga muvofiq yuk tashish yo'l haqlari va yig'imlarini to'laydi. Temiryo'l yuk tashish shartnomasi o'zarodir, chunki shartnomaning har bir tarafi ma'lum huquqlarga va majburiyatlarga ega bo'lib, o'zining har bir harakatiga, boshqa tarafning ma'lum harakatlarini talab qilish huquqiga ega bo'ladi. Temiryo'lchi yuk yetkazib berishga va'da beradi, yuk jo'natuvchi esa buning uchun yuk tashish haqini to'lashga va'da beradi [5].
Temiryo'l yuk tashish shartnomasi yozma shakl-da tuziladi. Temiryo'l transportida yuk tashish transport yuk xatida rasmiylashtiriladi. Yuk xatda bir qator ma'lumotlar, chunonchi, yukjo'natilgan bekat va yo'ln-ing nomi, tayinlangan bekat va yuk oluvchining man-zili, jo'natilayotgan yuk turi, miqdori, o'rovning xili, yuk tashish tezligi, yo'l haqi, yukni qabul qilish vaq-ti, tushirish, yuk topshirish vaqti va yukka doir bosh-qa ma'lumotlar ko'rsatiladi [8]. Temiryo'l u^avining 38-moddasiga muvofiq "Yuk jo'natuvchi har bir yuk jo'natmasi uchun jo'natuvchi ^ansiyaga asosiy tashish hujjati hisoblangan yuk xatini taqdim etishi kerak [9].
Yuk xati ma'lum bir yuk oluvchi nomiga to'ldi-rilgan bo'lib, yuk jo'natuvchi tomonidan imzolanadi, butun yo'l safari bo'yi yuk bilan birga hamroh bo'lib boradi va tayinlangan ^ansiyada yuk oluvchiga yuk bilan birga topshiriladi. Yuk tashishga qabul qilingan vaqti yuk xati ^ansiyaning taqvim muhri bilan tas-diqlanadi. Yukni tashishga qabul qilib olinganligini tasdiqlash maqsadida ^ansiya yuk jo'natuvchiga yuk pattasini beradi...". Yuk xati temiryo'l yuk tashish shartnomasining majburiy yozma shakli hisoblana-di, chunki yuk jo'natuvchi faqat yuk bilan birga yuk xatini taqdim etgan taqdirdagina tashish shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. Yuk xati hisob-kitob ahamiya-tiga ega bo'lib, unda yukni tashishga qabul qilishdagi
va uni topshirishdagi yo'l haqlari va boshqa yig'im-lar bo'yicha temiryo'lchi bilan bajarilgan hisoblar aks ettiriladi [12]. Yuk xati tashish shartnomasini tuzish faktiga va uning mazmuniga nisbatan ham dalillik ahamiyatiga ega. Buyurtmanomaga asoslanganligini inobatga olinsa, yuk xati faqatgina shartnomadan ke-lib chiqqan majburiyatlar mazmunini aks ettiribgina qolmay, balki yukning turiga, tayinlangan ^ansiya-ga, temiryo'lchiga va shunga o'xshashlarga nisbatan qabul qilingan buyurtmanomadan kelib chiqadigan majburiyatlarning mazmunini ham aks ettiradi [11]. Bundan tashqari, yuk xati ba'zi bir holatlarda (yuk kam chiqqanida, buzilganida, shika^langanida va h.k.) temiryo'lchiga talab qo'yishda uni taqdim etish kerak bo'ladi. Yuk xatini yuk jo'natuvchi tuzadi. Bu bilan u tashish shartnomasini tuzishga o'zining xo-hishini erkin izhor etadi. Lekin hali buni shartnoma tuzish (oferta)ga taklif etish darajasiga yetilgan [16] deb ta'riflab bo'lmaydi. Agar yukni yuk xati bilan birga temiryo'lchi omboriga topshirsa, yuk jo'natuvchi-ning vositalariga yuk ortilganida esa yuk ortish tuga-ganidan so'ng va vagonga yoki konteynerga ortilgan yuk tashishga taqdim etilganida yuk jo'natuvchining shartnoma tuzishga so'nggi qarori namoyon bo'ladi. Stansiya yuk xatini vizalashi yoki yuk jo'natuvchining vositalarida yukni ortishdan oldin temiryo'ln-ing qabul qiluvchi (topshiruvchi)si yuk xati qabul qilishini tashish shartnomasini tuzilgan payti deb e'tirof etib bo'lmaydi [17]. Bu harakatlarning har biri-da temiryo'lning shartnoma tuzishga qaratilgan o'z xohishini erkin izhor etishi namoyon bo'ladi, ammo hali buni tashish shartnomasini tuzishga rozilik (ak-septa) berish deb bo'lmaydi [15]. Yuk tashish shartnomasi tuzilgan payti temiryo'lchi yukni tashishga qabul qilib, yuk jo'natuvchiga yuk pattasini bergan paytdan boshlanadi. Yuk xatidan tashqari yukni tashishga qabul qilishda jo'natuvchi &ansiya yo'l qaydnomas-ini (uch nusxada) tuzadi va u yuk xati bilan birga tayinlangan ^ansiyagacha yukka hamroh bo'lib boradi [13].
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, temiryo'l orqali yuk tashish shartnomasi o'zining yuridik klas-sifikatsiyasi jihatdan boshqa yuk tashish shartnom-alari bilan deyarli bir xil bo'lsa-da, temiryo'l orqali yuk tashish shatnomasini tuzish uchun asos bo'luv-chi buyurtmanomani berish va temiryo'l yuk tashish shartnomasining yuridik kuchiga ta'sir qiluvchi, shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi yuk xati (nak-ladnoy)ni to'ldirishdan kelib chiquvchi munosabatlar
temiryo'l yuk tashish shartnomasining o'ziga xosligi-ni belgilab beradi hamda bu munosabatlarda nizo ke-lib chiqqanda uni sudgacha yoki sudda nizoning turli
tomonlarini chuqur tahlil qilgan holda hal qilishning alohida tartib-mexanizmi shakllanishini taqozo etadi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. O'zbeki^on Respublikasi Davlat &ati&ika qo'mitasi https://&at.uz/uz/
2. O'zbeki^on Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi "Temiryo'l transporti to'g'risida" 766-I son qonuni. https://lex.uz/docs/-13081; O'zbeki^on Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. - 1999. -№ 5. - 118-modda; O'zbeki^on Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. - 2006. - N° 14. - 113-modda; - 2011.
- № 36. - 364-modda; - 2015. - № 23. - 301-modda; O'zbeki^on Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi. - 2019. - № 2. - 47-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. - 2019. - 24-may.
- 03/19/542/3177-son;
3. Ачилова Лилия. «Влияние Covid-19 на гостиничные услуги: национальный и зарубежный опыт» Review of law sciences 2 (2020).
4. Ачилова Л.И. Правовая организация возмездного оказания гостиничных услуг // Актуальные проблемы юриспруденции. - 2019. - С. 25-31.
5. Turdimatov O.S. Transport huquqi asoslari (Temiryo'l tranporti): temiryo'l xodimlarining malakasini oshirish tizimidagi tinglovchilarga darslik - T.: Sharq, 2004. - 208 b.
6. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi "O'zbeki^on Respublikasi Temiryo'l u^avini tasdiqlash to'g'risida"gi 232-sonli qarori. [Sobraniye zakonodatel^va Respubliki Uzbeki^an. - 2008. -№ 43. - S. 436; - 2011. - № 45-46. - S.470; - 2014. - № 31. - S. 380.]
7. O'zbeki^on Respublikasi Fuqarolik kodeksi. - T.: Adolat, 2014.
8. Рахманбердиев Р.Х. Основы транспортного права - Т.: Навруз, 1994. - 167 с.
9. Рузиназаров Шухрат, Ачилова Лилия. «Тенденции и развитие правового регулирования иностранных инвестиций в Республике Узбекистан». Юрист ахборотномаси 1.4 (2020): 71-75.
10. Актуальные вопросы совершенствования законодательства по обязателствам причинения вреда Рузиназаров Ш., Ачилова Л. - Review of law sciences, 2017 https://cyberleninka.ru/article/n/aktualnye-voprosy-sovershen&vovaniya-zakonodatel&va-po-obyazatel&vam-prichineniya-vreda
11. Radjapov Husain. The Identification of Tacit Collusion in Oligopoli^ic Markets. Diss.
2019.
12. Рузиназаров Шухрат, Ачилова Лилия. «Свободные научно-технические зоны». Общество и инновации 1.1/s (2020): 287-291.
13. Ачилова Л.И. Правовые механизмы активизации возмездного оказания гостиничных услуг // Инновационные подходы в современной науке. - 2019. - С. 139-144.
14. Ачилова Л.И. Правовые отношения в сфере гостиничных услуг по законодательству Республики Узбекистан //Вестник БИСТ (Башкирского института социальных технологий). - 2017. - № 2. -С. 22-30.
15. Раджапов X. Правовые основы формирования конкуренции в сфере естественных монополий, Review of law sciences, no. 3, 2020, - С. 111-115
16. Ачилова Лилия Илхомовна. «Определение субъектов и объектов правового регулирования в сфере оказания гостиничных услуг». Modern science and technology. 2020.
17. Рузиназаров Ш.Н., Ачилова Л.И. Электронные сделки и проблемы их применения в условиях цифрового гражданского оборота // Развитие общества и науки в условиях цифровой экономики. -
2020. - С. 4-25.