Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYADA IJTIMOIY MASALALARNING HUQUQIY JIHATDAN KAFOLATLANISHI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYADA IJTIMOIY MASALALARNING HUQUQIY JIHATDAN KAFOLATLANISHI Текст научной статьи по специальности «Право»

17
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYADA IJTIMOIY MASALALARNING HUQUQIY JIHATDAN KAFOLATLANISHI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYADA IJTIMOIY MASALALARNING HUQUQIY JIHATDAN KAFOLATLANISHI

B. E. Yuldashev

Ilmiy rahbar dotsent, tarix fanlari nomzodi Iqtisodiyot fakulteti BHT-6 guruh talabalari: Satibaldieva M. D., G'aybullaeva S. A

1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqillikning mahsuli bo'ldi, unda suveren mamlakat sifatida mavjudligimiz e'lon qilib, respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining asosiy tartib-qoidalari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burch va majburiyatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining milliy-davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi siyosati kabi masalalar qamrab olindi[1].

Keyingi yillarda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida xalqimiz farovonligini yanada oshirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Prezident lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis qo'shma majlisidagi nutqida hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan xalqimizga yo'llagan tabrigida Asosiy Qonunimizni jamiyatda bugungi real voqelikka moslashtirish, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratish muhim vazifaga aylanganligini ko'rsatib o'tilgan edi. Shuni nazarda tutga holda 2022 yil 20 may kuni Oliy Majlis Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo'shma majlisida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi[2]. Mazkur komissiyaga Konstitutsiyani o'zgartirish bo'yicha takliflarni qabul qilish, jamlash va tahlil qilish, Parlament tomonidan ishlab chiqilgan yangilangan Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasida ko'rib chiqish, umumxalq muhokamasi natijasida maromiga etkazilgan Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi qonun loyihasini referendum o'tkazish yo'li bilan qabul qilish vazifasi yuklatildi[3].

Yangi tahrirdagi O'zbekiston Konstitutsiyasining birinchi moddasida "O'zbekiston - boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat,"[4] -deb e'lon qilindi. Ijtimoiy davlatda siyosat ijtimoiy adolat

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

80

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

tamoyillariga muvofiq yuritilishi, har bir fuqaroning munosib turmush sifati ta'minlanishi, eng muhimi, ehtiyojmandlarga davlat yordam qo'lini cho'zishi e'tirof etiladi[5]. Boshqacha aytganda, ijtimoiy davlatda davlat idoralari bilan jamiyat a'zolarining maqsad va manfaatlari bir-biriga nihoyatda yaqin, mushtarak bo'ladi. Jaydari aytganda, ijtimoiy davlat fuqarolar haqida g'amxo'rlik qilishni o'zining bosh vazifasi deb biladi[6].

Yangi O'zbekiston Konstitutsiyada ijtimoiy davlat g'oyasi shunchaki deklarativ tarzda bayon etilmagan, balki bu g'oyaning ishlash mexanizmi va kafolatlari aks ettirilgan[7]. Xususan, Konstitutsiyaning 42-48 moddalarida har bir shaxsning mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish, homildadorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo'shatish va ularning ish haqini kamaytirishni taqiqlash, davlat fuqarolarning bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnatni taqiqlash, har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo'qotganda ijtimoiy ta'minot olish, davlat sog'liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug'urtaning har xil turlarini rivojlantirish kabi mexanizmlar o'z aksini topgan[8]. Konstitutsiyada inson va fuqarolarning ijtimoiy huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari o'z echimini topgan. Mazkur kafolatlar o'zining mazmun va mohiyatiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi, birinchidan, inson va fuqarolarning qonun bilan mustahkamlangan huquq va erkinliklarini to'liq amalga oshirilishini ta'minlash, bu borada davlat idoralari ma'suliyatini qonuniylashtirish. Bu borada Konstitutsiyaning 54-moddasida "Insonning huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi,"[9] deb belgilangan. Ikkinchidan, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarining amalga oshirilishini mustahkamlashga qaratilgan va qabul qilingan normativ hujjatlarning bajarilishi majburiy ahamiyatga ega bo'lgan, tegishli idoralari va jamoat birlashmalari, muassasalar va mansabdor shaxslarning qonun yo'li bilan mustahkamlangan huquqiy faoliyati. Konstitutsiyaning 55-moddasida bu borada "Har kim o'z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Har kimga o'z huquq va erkinliklarinim sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining

| 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko'rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi, "[10] deb ta'kidlangan. Uchinchidan, shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlanishini ta'minlovchi mexanizmni takomillashtirish va maxsus huquqiy ma'yorlar tizimini mustahkamlash. Masalan, Konstitutsiyaning 57-moddasida "Mehnatga layoqatsiz va yolg'iz keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir. Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to'laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko'radi[11]. Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob'ektlari va xizmatlaridan to'laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta'lim olishiga ko'maklashadi, ularga zarur bo'lgan axborotni to'sqinliksiz olish imkoniyatini ta'minlaydi"[12], 58-moddasida esa "...Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi"[13].

Xulosa qilib aytganda, yuqorida tahlil qilingan kafolatlarning asosiy vazifasi bir tomondan shaxs huquqlariga to'sqinliq qiluvchi omillarning oldini olish bo'lsa, ikkinchi tomondan ularni amalga oshirish uchun sharoitni yaratishdan iborat.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T: "O'zbekiston", 2021.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaati. "Xalq so'zi", 2022 yil, 21 dekabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar № PF-60 sonli "20222026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. Lex UZ on-line.

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., "O'zbekiston", 2023.

5. Kasimova A.A Рол женщины в современной науке. Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

6. Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

82

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.

7. Dadasheva A.A Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022

8. Inagamova M.M, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.

9. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi -Academic research in educational sciences, 2022

10. Dadasheva A.A O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI-KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLAR DAVR TALABI. Uzbek Scholar Journal 15, 10-12

11. Dadasheva A.A Emergence and development of local state representative bodies in the Republic of Uzbekistan (theory and practice) autoreferat of the dissertation for the candidate of legal „.T.: Publishing house of the National university of Uzbekstan, 13

12. Dadasheva A.A MAIN DIRECTIONS OF IMPLEMENTATION OF PUBLIC CONTROL OVER THE ACTIVITY OF GOVERNORS IN THE CONDITIONS OF CIVIL SERVICE REFORM. Academic research in educational sciences, 117-122

13. Inagamova M.M. O'zbekistonda ayollar huquqlari himoya qilish islohotlarimizning bosh mezoni. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3(1/2), Jan., 2023. B. 632-637

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

83

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.