Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA BOLALAR VA YOSHLARNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH'

MAMLAKATIMIZDA BOLALAR VA YOSHLARNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH Текст научной статьи по специальности «Право»

37
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA BOLALAR VA YOSHLARNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

MAMLAKATIMIZDA BOLALAR VA YOSHLARNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH

Gulbahor Sulgiyevna Sharipova

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jamoat xavfsizligini

ta'minlash kafedrasi dotsenti

"Yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko'mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog'lom va barkamol bo'lib, hayotdan munosib o'rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz" - deya ta'kidlaydi prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev.[1]

Hammamizning oldimizda turgan muhim masala bu yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish. Chunki, yoshlar bizning kelajagimiz. Shundan kelib chiqqan holda, O'zbekiston yoshlar o'rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi umumsiyosiy munozaralarida ham yoshlar mavzusiga alohida to'xtalishi masalaning dolzarbligidan dalolat beradi.

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik bo'lgan joyda baraka va rivojlanish bo'ladi. O'zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etildi.

Mamlakatimizda voyaga etmaganlar huquq-erkinliklarini ta'minlash, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng asosiysi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Voyaga etmaganlar manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani samarali ijtimoiy himoya tizimini joriy etish hamda yoshlarni moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlashda muhim omil bo'lmoqda.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

48

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

Ayni paytda mamlakatimiz aholisining 40 foizini voyaga etmaganlar tashkil etadi. Ushbu ko'rsatkichning o'ziyoq masala nechog'li dolzarb ahamiyatga ega ekanidan darak beradi. Bu jarayonda ota-ona, mahalla-ko'y, ta'lim muassasalari, umuman, keng jamoatchilik zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklanadi.

Parlamentning yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, yaqinda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo'yicha komissiyasi tuzildi va o'zining faoliyatini boshladi. Yoshlarning, ayniqsa uyushmagan, ish bilan band bo'lmagan, tayin bir mashg'ulotga ega bo'lmagan yoshlarning kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratishga, bandligini ta'minlashga, ishbilarmonlik ko'nikmalarini rivojlantirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga ko'maklashish, yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha samarali mexanizmlarni joriy etish bo'yicha takliflar kiritish ushbu komissiyaning asosiy vazifalaridan biri qilib belgilandi.

Shu bilan birga, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni turli mafkuraviy tahdidlar va yot g'oyalar ta'siridan asrash, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, yoshlar bandligini ta'minlashga oid masalalar qamrab olingan. Masalan, internet klublar faoliyatini tartibga solish, ularning kechki soat 22.00 dan keyingi faoliyatini cheklash zarurati kabi masalalar shular jumlasidandir. Shu bois bu ishga mas'ul bo'lgan davlat idoralari, o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, voyaga etmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyalar faoliyati samaradorligi hamda mas'uliyatini yanada oshirish lozim.

Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni mamlakatimizda Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish profilaktika kuni sifatida belgilangani bolalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, o'smirlar orasida huquqbuzarliklarning oddini olish tizimini mustahkamlash, ota-onalar hamda vasiylik organlarining mas'uliyatini oshirish borasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yishda muhim yo'nalish bo'ldi.[2]

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oila, ta'lim muassasalari va keng jamoatchilik zimmasiga voyaga etmaganlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining oldini olish, hududlarda voyaga etmaganlarning ma'naviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etish, ularda sog'lom turmush tarzini shakllantirishga ko'maklashish, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan voyaga etmaganlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga yordam berish vazifalari yuklatildi.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

Xulosa qilib aytganda, joylarda yoshlarni sog'lom va komil inson qilib o'stirish va tarbiyalash, ularning sport va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishi uchun barcha sharoitni yaratib berish, bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishi uchun kutubxonalar tashkil etish borasida turli jamoat va davlat tashkilotlari vakillari, mahallalar faollari bilan hamkorlikda samarali ish olib borsak, har tomonlama bilimli, yuksak mana'viyatli yoshlarimiz yaqin va uzoq istiqbolda mamlakat va xalqimiz hayotining rivojlanishi uchun bor kuch-g'ayrat va salohiyatini ayamaydi.

Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Aytish joizki, bu borada mamlakatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o'smirlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning muammolarini hal etish, voyaga etmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasi MDH davlatlari orasida birinchilardan bo'lib 2007 yilda "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi qonunni qabul qildi. Ushbu huquqiy hujjatda bola, bolaning qonuniy vakili, vasiylik va homiylik, etim, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bola, ijtimoiy himoyaga muhtoj bola, nogiron bola, uning o'rnini bosuvchi shaxs kabi tushunchalar belgilangan. ota-onalar, ota-ona qo'llab-quvvatlashidan mahrum bo'lgan bola. Hokimliklar va boshqaruv organlarining bolalar huquqlarini ta'minlash bo'yicha vakolatlari, bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosatining vazifalari va bunda fuqarolik jamiyatining ishtiroki - fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari. ham ko'rsatilgan. [3]

Qonunda bolalarning himoyalanish, vijdon erkinligi, yashash joyidagi xususiy mulkka egalik qilish, mehnat qilish, dam olish, bo'sh vaqtlari, sog'lig'ini muhofaza qilish, bilim olish huquqlarini o'z ichiga olgan huquqiy kafolatlar belgilab berilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari, nogironligi bo'lgan va jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqlarining qo'shimcha kafolatlari belgilandi.

Mamlakatimizda bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu boradagi qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida ulkan va salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Voyaga etmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar bandligi va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni ta'minlash, ularni sportga keng jalb etish, sog'lom turmush tarziga daxldorlikni shakllantirish, shuningdek yosh avlodni giyohvandlik va alkogolizmning zararli ta'siridan, diniy

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

ekstremistik oqimlar ta'siridan, tayanch ommaviy madaniyatdan asrash.

2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan "Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish to'g'risida"gi qonun davlatimizning yangi avlod tarbiyasiga so'zda emas, har tomonlama, balki amalda ko'rsatilayotganining yorqin dalili bo'ldi.[4]

Darhaqiqat, mamlakatimizda voyaga etmaganlarga e'tibor, ularga bo'lgan g'amxo'rlikni xukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlardan xam bilsak bo'ladi, mustaqillik yillarida ushbu yo'nalishda bir qator islohotlar olib borilmoqda, ularning huquq va erkinliklarini ta'minlash bilan bog'liq islohotlar natijasi halqaro hamjamiyat tomonidan ham munosib baholanmoqda. Farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga etishi sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi umumsiyosiy munozaralarida ham yoshlar mavzusiga alohida to'xtalishi masalaning dolzarbligidan dalolat beradi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 57-moddasida voyaga etmaganlar davlat himoyasida ekanligi ko'rsatilgan bo'lsa, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida Bola (bolalar)- o'n sakkiz yoshga to'lgunga (voyaga etgunga) qadar bo'lgan shaxs (shaxslar) hisoblanishi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 22 aprel kuni "Shaxs huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 4296-sonli qarori qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) o'rinbosari — Shaxs huquqlari bo'yicha vakil lavozimi joriy etildi va Kotibiyat tuzilmasida shaxs huquqlarini ta'minlash faoliyatiga ko'maklashuvchi yangi sektor tuzildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2833 Qarori bilan "Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo komissiyalar to'g'risida"gi Nizom tasdiqlanib, ushbu Nizomga asosan komissiyalar tumanlar (shaharlar), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida olib boriladi. [5]

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 4 oktyabrdagi "Bolalarni qo'llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida ham og'ir vaziyatga tushgan,

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko'rsatish tadbirlarini tashkil etish va moliyalashtirish belgilanganligini ko'rsatib o'tishimiz lozim.

Ushbu sohada qonunchilikni isloh qilishda, muvofiqlashtirilgan, tizimli, insonparvarlik, odillik tamoyillariga amal qilgan xolda aniq tushuncha va izchil xatti-harakatni talab qiladi. Bunday faoliyat ko'p jihatdan jinoyat siyosatining tub yo'nalishlarini nazariy tushunishga va ularning qonunchilikda etarli darajada aks etishiga bog'liq. Voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligini tabaqalashtirish haqli ravishda jinoyat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi, bu qonun chiqaruvchi tomonidan malakali huquqbuzarliklarning shakllanishida namoyon bo'ladi.[6]

Jinoyat tarkibining belgilari, jinoyat huquqida javobgarlikni farqlashning muhim vositasidir. "Jinoyat tarkibi deganda, aniq ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo'lgan ob'ektiv va sub'ektiv elemenlar yig'indisi tushuniladi. Bu elementlar jinoyat qonunida mustahkamlanganligi bois, u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat deb baholanmog'i uchun zarur xisoblandi" .Bu belgilarning mohiyati, tegishli holatlar bilan sodir etilgan harakatning jamoat xavfi darajasining sezilarli darajada o'zgarganligini, uning belgilarini aks ettiradi. Ularning funktsional maqsadi jinoyatning oddiy turi uchun standart jazodan farq qiladigan jazoning yangi chegaralarini belgilash, jinoyat qonunchiligidagi javobgarlikni bosqichma-bosqich o'zgartirishdir.

O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunida voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligi jinoiy huquq fani bo'yicha holatlarni o'rganishga e'tibor qaratish zarurati muhim masalalardan biridir. Biz qonunni buzgan, mamlakatimizda yashayotgan voyaga etmagan fuqarolarimiz haqida to'xtalayapmiz, davlat maqsadlarga erishish, Kodeksda belgilangan vazifalarga rioya qilish va amalga oshirishga yordam beradigan bunday choralarni qo'llashdan manfaatdor, chunki bu shaxslarni jamiyatga, qarindoshlari, do'stlari xamda jamoatchilik bilan aloqalar sohasiga ijobiy tarzda kirishishga yo'naltirilgan holda qaytishi demakdir.

Jinoyat huquqida voyaga etmaganlarning javobgarligining maxsus normalariga bo'lgan ehtiyoj to'g'ridan-to'g'ri adolat va insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, voyaga etmagan shaxsning o'ziga xos jismoniy va ruhiy etukligi, ularning alohida himoya va g'amxo'rlikka, shu jumladan tegishli huquqiy himoyaga muhtojligi bo'lib, jamiyat unga etuk yoshdagi fuqarolar bilan teng talablar qo'ya olmaydi, boshqa tomondan, voyaga etmaganlar psixologiyasining o'ziga xos xususiyatlari bizga

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

maxsus, unchalik qattiq bo'lmagan jazolarni qo'llash orqali jinoiy jazo maqsadlarini yaxshiroq amalga oshirishga imkon beradi.Jinoyat qonunchiligida voyaga etmagan shaxsga jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik belgilashda qonun chiqaruvchi tomonidan voyaga etmagan shaxsning yoshi, o'ziga xos fiziologik va intellektual rivojlanishi, shaxsning o'z xatti-harakatlarining mohiyatini anglash qobiliyati, uning jamiyatda tutgan o'rni, shug'ullanishi mumkin bo'lgan kasbi hamda boshqa omillar hisobga olingan.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasida jismoiy shaxslarning javobgarligi ko'rsatib o'tilgan. Jinoyat qonunchiligida o'n olti yoshdan boshlab jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoiy-huquqiy munosabatlarning alohida ishtirokchisi sifatida voyaga etmaganlar jinoyat sodir etgunga qadar o'n tor yoshga to'lganda jinoiy javobgarlikni og'irlashtiridigan holatlarda qasddan odam o'ldirganliklari (97 moddaning 2 qismi) uchungina javobgarlikkka tortilishi belgilangan. Shuningdek, jinoyat sodir etgunga qadar o'n to'rt yoshga to'lgan shaxslar Kodeksda qayd etilgan ayrim jinoyatlar uchungina javobgarlikka tortilishi ko'rsatib o'tilgan.

Voyaga etmaganlar javobgarligi —18 yoshga to'lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarning javobgarligi, jinoyat qonunchiligiga binoan tayinlanadigan, qat'iy cheklangan jazo turlaridir. O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunida voyaga etmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning o'ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlari e'tiborga olinib, alohida javobgarlik belgilangan:

a) jarima;

b) majburiy jamoat ishlari v) axloq tuzatish ishlari; g)ozodlikdan cheklash

e) ozodlikdan maxrum qilish.

Ular jinoyatning turi va xarakteriga qarab tayinlanadi va voyaga etmaganlarga nisbatan jazoning boshqa turlari, qo'shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas (O'zbekiston Respublikasi JK, 81-modda).[7]

Voyaga etmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan tayinlanadigan jazo miqdori va muddatlari ancha qisqartirilgan. Majburiy jamoat ishlarini belgilanishida faqat mehnatga layoqatli voyaga etmaganlarga olmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha muddat tayinlanishi, o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bog'liq

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

bo'lmagan holatlar yuzaga kelganda taqdirda, bir yilgacha bo'lgan muhlatda ikki soatdan oshmasligi ko'rsatilgan. Axloq tuzatish ishlari bir oydan bir yilgacha muddat doirasida belgilanadi va bu jazoni o'tash uchun mahkumni o'zi yas hayotgan joydan boshqa joylarga jo'natish mumkin emas. Ozodlikdan cheklash voyaga etmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi. Ozodlikdan mahrum qilish muddati ham voyaga etmaganlar yoshi va jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. Ushbu jazo olti oydan o'n yilgacha muddatga belgilanadi. O'n uch yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslar og'ir jinoyatlar uchun - olti yilgacha, o'ta og'ir jinoyatlar uchun o'n yilgacha tayinlanadi. O'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga —og'ir jinoyat uchun etti yilgacha, o'ta og'ir jinoyat uchun — o'n yilgacha muddat doirasida tayinlanadi va har qanday holda bu muddatlardan chetga chiqilishi mumkin emas. Sud tomonidan ozodlikdan mahkum etishga hukm qilingan voyaga etmaganlar jazoni tarbiya koloniyalarida o'taydi. Voyaga etmaganlarni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishning alohida qoidalari tadbiq qilinadi. (O'zbekiston Respublikasi JK 85 -va 86-moddalari). O'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq javobgarlikka tortilsalar-da, ularga jazo belgilashda voyaga etmaganlar javobgarligining xususiyatlari hisobga olinadi.

Jazo chorasi sifatida belgilangan qamoq jazosini olib tashlanishi (O'zbekison Respublikasining 2017 yil 29-martdagi 421-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonuni) xam muxim insonparvarlik ko'rsatkichlaridan biri bo'ldi. [8]

Voyaga etmaganlarning huquqlarini yanada kengroq himoya qilish, ularning yoshi, o'ziga xos fiziologik va intellektual rivojlanishi, ularga nisbatan insonparvarlik printsipini kengroq qo'llash, qo'llaniladigan jazolarning samaradorligini oshirish, o'z xatti-harakatlarining mohiyatini anglash qobiliyati, uning jamiyatda tutgan o'rnini inobatga olgan holda jinoyat sodir etgan yoshlarni qayta tarbiyalash, voyaga etgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan javobgarlikka tortish va jazoni ijro etish muddatining o'tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlik va jazodan ozod qilish muddatlarini qisqartirish masalasini ko'rib chiqish, mazkur yo'nalishda chet el tajribasi, jumladan, MDH davlatlari jinoyat qonunchiligini o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Dunyoning ayrim davlatlari bilan taqqoslaydigan bo'lsak, masalan Avstraliya, Germaniya, Yaponiya, Frantsiya jinoyat kodeksida 13 yoshdan, Gollandiya va Portugaliyada- 12 yoshdan, Angliya qonunchiligida - 10 yoshdan, Irlandiya qonunchiligida - 7 yoshdan jinoiy javobgarlikning paydo bo'lishini nazarda tutadi.

December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Voyaga etmaganlarning harakat (harakatsizligi)larining huquqiy mohiyati va ijtimoiy xavfini to'liq anglay olmasligi yoki ularni nazorat qila olmasligidan kelib chiqadi. Aqliy zaiflik tufayli o'z harakatlari (harakatsizligi) ning tabiati va ijtimoiy xavfini to'liq anglay olmagan yoki ularni nazorat qila olmagan jinoiy javobgarlik yoshiga to'lgan voyaga etmagan shaxs ham javobgarlikka tortilmaydi. Agar voyaga etmagan shaxs o'z harakatlarining mohiyati va xavfini to'liq anglay olmasa, ruhiy kasallik tufayli nazorat qila olmasa, u jinoyat qoidalarini hisobga olgan holda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Agar ijtimoiy xavfli qilmishni jinoiy javobgarlik yoshiga etmagan yoki shu yoshga etgan shaxs aqli zaifligi tufayli o'zi qilmishning mohiyati va xavfini tushuna olmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa, jinoyat predmetining belgisi yo'q bo'lsa, jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'lmaydi.

Voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligi to'g'risidagi normalar orasida quyidagilarni ajratish kerak:

-jinoyat sodir etilgan vaqtda balog'atga etmagan shaxslarga nisbatan amaldagi normalar.

-me'yor qo'llanilgan vaqtda voyaga etmagan shaxslarga nisbatan amaldagi normalar.

Birinchi guruh me'yorlari (shu jumladan jazo turlari, jazo, muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, da'vo muddati va hukm) to'g'risidagi qoidalar - jinoyat sodir etuvchining yoshiga mos bo'lmagan adolat tamoyilining amalga oshirilishi, jinoiy oqibatlarning yumshatilishi. Ikkinchi guruh me'yorlari (koloniyalar turini aniqlash, tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning majburiy choralari) jinoyatchining shaxsiyatining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzatishni maqsadli tashkil etish zarurati bilan bog'liq.

Voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligi to'g'risidagi normalarni to'g'ri qo'llash uchun shaxsning yoshini to'g'ri belgilash zarur. [9]

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Toshkent: O'zbekiston, 2023.

2. Mirziyeyov.Sh.M "Yangi O'zbekiston Strategiyasi".Toshkent-2021 yil

3. O'zbekiston Respublikasining Qonuni - Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 12-avgustda qabul qilinganSenat tomonidan 2010-yil 28-avgustda ma'qullangan

4. O'zbekiston Respublikasining Qonuni - O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabr kunidagi "Yoshlarga oid

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

davlat siyosati to'g'risida"gi. O'zRQ №406 "Xalq so'zi" gazetasining 15.09.2016 yil 182 (6617)-soni

5. 2021 yil 4 oktyabrdagi "Bolalami qo'llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori

6. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. Toshkent-2021 yil

7. O'zbekison Respublikasining 2017 yil 29-martdagi 421-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonuni

8. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. Toshkent-2023 yil

9. Inagamova M.M, Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. B. 59-64.

10. Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Inagamova M.M, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.

12. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi - Academic research in educational sciences, 2022

13. Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.

14. Kasimova A.A, Рол женщины в современной HayKe. Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

56

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.