Научная статья на тему 'O’zbekistonda raqamli texnologiyalarni amalga oshirishning yo’nalishlari tadqiqi'

O’zbekistonda raqamli texnologiyalarni amalga oshirishning yo’nalishlari tadqiqi Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
33
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli transformatsiya / raqamli texnologiyalar / strategiya / biznes modellar

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Shahzodbek Xushnudovich Otajonov

Maqolada iqtisodiyotdagi raqamli transformatsiya qilish jarayonlari axborot-kommunikatsion texnologiyalarini jadal joriy etish, sanoatni innovatsion rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotga o‘tish bilan bog‘liqligi haqida fikr bildirilgan. Raqamli iqtisodyot sharoitida yangi biznes modellariga o‘tish tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekistonda raqamli texnologiyalarni amalga oshirishning yo’nalishlari tadqiqi»

O'zbekistonda raqamli texnologiyalarni amalga oshirishning

yo'nalishlari tadqiqi

Shahzodbek Xushnudovich Otajonov Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Maqolada iqtisodiyotdagi raqamli transformatsiya qilish jarayonlari axborot-kommunikatsion texnologiyalarini jadal joriy etish, sanoatni innovatsion rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotga o'tish bilan bog'liqligi haqida fikr bildirilgan. Raqamli iqtisodyot sharoitida yangi biznes modellariga o'tish tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, raqamli texnologiyalar, strategiya, biznes modellar

Study of directions of implementation of digital technologies in

Uzbekistan

Shahzodbek Khushnudovich Otajonov Urganch State University

Abstract: The article expresses an opinion that the processes of digital transformation in the economy are connected with the rapid introduction of information and communication technologies, innovative development of industry and the transition to a digital economy. The transition to new business models in the digital economy is analyzed.

Keywords: digital economy, digital transformation, digital technologies, strategy, business models

Bugungi kunda iqtisodiyotni transformatsiya qilishning dolzarbligi iqtisodiyotda bir tekis amalga oshirilayotgan ijtiomiy-iqtisodiy rivojlanish va transformatsiya jarayonlarining o'ziga xos tezkor xususiyatlari o'rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgarishlar bilan bog'liqdir.

Hududlarda iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni tizimli tahlil qilish, jahon iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlarini asosiy yo'nalishlarini va sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasini batafsil o'rganish talab etiladi.

Strategiya doirasida 2020-2022 yillarga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi"da to'rtta asosiy sohani, ya'ni elektron hukumatni, raqamli industriyani, raqamli ta'limni va

WWW.OPENSCIENCE.UZ / issn 2181-0842 669 LMJ^^^H

raqamli infratuzilmani rivojlantirish nazarda tutilgan va unda, hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida:

- aholi punktlarini Internet tarmog'iga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 mlngacha ko'paytirish, 20 ming kilometr optik- tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78 %dan 95 %ga yetkazilishi;

- hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etilishi;

- 587 ming nafar kishini, shu jumladan «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash asoslariga o'qitish tashkillashtirilishi;

- iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etilishi belgilangan.

Raqamli texnologiyalarni amalda tatbiq etilishi jamiyat va iqtisodiyotni rivojlanishining muhim yo'nalishlarini aniqlab beradi va odamlar hayotini tubdan o'zgarishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish ko'plab mamlakatlar, jumladan iqtisodiy lider - AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya uchun ham ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib hisoblanadi. Sun'iy intellekt, robotlashtirish, "Internet buyumlar" kabi texnologiyalarning yangi avlodini paydo bo'lishi ijtimoiy soha va biznes faoliyatida transformatsiya qilishni yangi to'lqinini boshlashni taqoza etmoqda.Mutaxassislarning fikricha hududlarda, kompaniyalarda bunday texnologiyalarni joriy etilishi mehnat unumdorligini 40 foizga oshiradi.

Microsoft kompaniyasi tomonidan berilgan ta'rifga ko'ra raqamli transformatsiyaning asosiy maqsadi raqobatbardoshlikni oshirish, doimo o'zgarib turuvchi iqtisodiy sharoitda kompaniyaga o'zini rivojlantirish uchun imkon berishdir.

Raqamli transformatsiyaning an'anaviy avtomatlashtirilgan tizimdan farqi samaradorlikning keskin oshishida hisoblanadi. Shuning uchun transformatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshrilishi, odatda yangi biznes modellarni yaratilishiga olib keladi. Shuningdek, korxonalarda korporativ axborot tizimlarini joriy etilishi yoki modernizatsiya qilinishi bo'yicha amalga oshirilgan har qanday loyihani ham raqamli transformatsiya deb bo'lmaydi.

Microsoft kompaniyasi raqamli transformatsiya loyihlarida quyidagi funksiyalarni ajratib ko'rsatadi:

1. Samaradorlikni keskin o'sishi: korxona faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari ikki barobarga yaxshilanishi mumkin.

2. Tejamkor, keng o'lchamli va moslashuvchan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish (Bulutli xizmatlar, Sun'iy intellekt, "Internet buyumlar", katta hajmdagi ma'lumotlar, robototexnika va boshqalar).

WWW.0PENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 670

3. O'zaro bog'liq bo'lgan o'zgarishlarning mavjudligi, ya'ni loyiha biznesning bir necha sohalariga ta'sir ko'rsatishi zarur. Mijozlar nafaqat iste'molchi bo'lishi balki biznesning bir qismiga aylanishi, tovar va xizmatlarning sifatiga ta'sir ko'rsatishi kerak.

Raqamli iqtisodiyot an'anaviy iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilishni, yangi bozorlarga chiqish yo'nalishlarini belgilab beradi. Yangi biznes modellari mijozlarga yo'naltirilgan (customer centric) bo'lib, ularning strukturasini to'liq belgilab beradi, ya'ni mijoz talabini oldindan belgilangan muhim taklifini hisobga olib, xaridor tomonidan mahsulotdan foydalanish davrida, o'z vaqtida (jus t-in-time) yetkazib berishdan boshlab daromad kelishgacha bo'lgan davrlarni o'z ichiga oladi.

Mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish yo'li bilan transformatsiya qilinishi muqarrar. Bu jarayonni samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun: axborot kommunkatsiya tizimlarini rivojlantirishda katta kadrlar salohiyati ega bo'lgan davlatning ta'sirini oshirish va butun jamiyat a'zolarini faol ishtirok etishini ta'minlash; keng miqyosda iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni va texnologik transformatsiyalarni keng miqyosda joriy etilishini, ayniqsa zamonaviy texnologiyalarga asoslangan sanoat va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish yo'nalishlarini qo'llab-quvvatlash zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Muroj aatnomasi. https: //president.uz/uz/lists/view/4057.

2. "Raqamli 0'zbekiston-2030" Strategiyasi. https://www.norma.uz/uz/ qonunchilikda_yangi/raqamli_uzbekiston.

3. Gulyamov S.S., Ayupov R.H, Abdullaev O.M., Baltabaeva G.R. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar. - T.: TMI, "Iqtisod-Moliya" nashriyoti, 2019.

4. Tursunov F.U. Raqamli iqtisodiyot va globallashuv: Raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishning muhimligi. - T. Iqtisodiyotda innovatsiyalar, 6-son, 3 jild, DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-9491-2020-6.

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

671

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.