Научная статья на тему 'ISHLAB CHIRISH JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARДАН FOYDALANISH'

ISHLAB CHIRISH JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARДАН FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1288
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ishlab chiqarish jarayoni / raqamli iqtisodiyot / raqamli texnologiya / avtomatlashtirish / dasturiy ta’minot / sun’iy intellect / aqlli korxona / blokcheyn / production process / digital economy / digital technologies / automation / software / artificial intelligence / intelligent enterprise / blockchain

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tuychieva, Odina Nabievna

Maqolada isanoat korxonalarida ishlab chiqarishni raqamli texnologiyalar asosida tashkil etishni rivojlantirish masalalari yoritilgan, ushbu sohada mavjud muammolar tahlil qilingan, raqamlashtirish jarayonlariga to’sqinlik qilayotgan omillar o’rganilgan va ishlab chiqarishni raqamlashtirish yo’nalishlari bayon etilgan. Zamonaviy raqamli ishlab chiqarish tizimlarining xususiyatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES TO IMPROVE THE EFFICIENCY OF PRODUCTION PROCESSES

The article highlights the issues of the development of the organization of production at industrial enterprises based on digital technologies, analyzes the existing problems in this area, considers the factors affecting the processes of digitization, and describes the directions of digitalization of production. The features of modern digital production systems are revealed.

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIRISH JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARДАН FOYDALANISH»

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

International journal of theoretical and practical research Scientific Journal

Year: 2022 Issue: 11 Volume: 2 Published: 30.11.2022

http://alferganus.uz

Citation:

Tuychieva, O.N. (2022). The use of digital technologies to improve the efficiency of production processes. SJ International journal of theoretical and practical research, 2 (11), 180-189.

Tuychieva, O.N. (2022). Ishlab chirish jarayonlari samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalargaH foydalanish. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (11), 180-189.

Doi:https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7391370

T. 2 №11. 2022

ISJIF 2022:5.962 QR-Article

Tuychieva, Odina Nabievna

Acting Associate Professor of the Department of Economics, Fergana Polytechnic Institute

UDC 339.138

THE USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES TO IMPROVE THE EFFICIENCY OF PRODUCTION PROCESSES

Abstract. The article highlights the issues of the development of the organization of production at industrial enterprises based on digital technologies, analyzes the existing problems in this area, considers the factors affecting the processes of digitization, and describes the directions of digitalization of production. The features of modern digital production systems are revealed.

Keywords: production process, digital economy, digital technologies, automation, software, artificial intelligence, intelligent enterprise, blockchain

ISHLAB CHIRISH JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR^AH FOYDALANISH

Tuychieva, Odina Nabievna

dotsent v. b. "Iqtisodiyot " kafedrasi Farg'onapolitexnika instituti

Annotatsiya. Maqolada isanoat korxonalarida ishlab chiqarishni raqamli texnologiyalar asosida tashkil etishni rivojlantirish masalalari yoritilgan, ushbu sohada mavjud muammolar tahlil qilingan, raqamlashtirish jarayonlariga to'sqinlik qilayotgan omillar o'rganilgan va ishlab chiqarishni raqamlashtirish yo'nalishlari bayon etilgan. Zamonaviy raqamli ishlab chiqarish tizimlarining xususiyatlari ochib berilgan. Tayanch so'zlar: ishlab chiqarish jarayoni, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiya, avtomatlashtirish, dasturiy ta 'minot, sun'iy intellect, aqlli korxona,blokcheyn.

© ©

180

Туйчиева, Одина Набиевна

И.о доцента Кафедра "Экономика" Ферганский политехнический институт

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ПРОЦЕССОВ

Аннотация. В статье освещены вопросы развития организации производства на промышленных предприятиях на основе цифровых технологий, проанализированы существующие проблемы в этой области, рассмотрены факторы, влияющие на процессы оцифровки, а также описаны направления цифровизации производства. Раскрыты особенности современных цифровых производственных систем. Ключевые слова: производственный процесс, цифровая экономика, цифровые технологии, автоматизация, программное обеспечение, искусственный интеллект, интеллектуальное предприятие, блокчейн

Kirish

Zamonaviy sharoitlarda iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish va axborot texnologiyalari faoliyatning barcha sohalariga kirib Ьогмовда. Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham raqamli iqtisodiyotni iqtisodiy rivojlanishning asosiy "drayveri"ga aylantirish va uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish rejalashtirilgan. Dasturiy ta'minot ishlab chiqarish hajmini 5 barobar, ularning eksportini 10 barobar 500 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. [1] Ushbu vazifalarni bajarishuchun raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish va uni qo'llab-quvvatlash borasida keng ko'lamli chora-tadbirlar belgilandi va mazkur vazifalar ijrosi o'laroq, mamlakatimizda yangi elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to'lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda, elektron infratuzilma va tijorat shakllantirilmoqda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli transformatsiyaga o'tilishi qadamma-qadam amalga oshirilmoqda.

Ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarning kirib borishi bilan korxonalarning raqobatdosh ustunlik manbalariga, ularning faoliyati va boshqaruvining samarali kontseptsiyalariga yangi talablar qo'yilmoqda. Raqamli iqtisodiyotga o'tishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni prognozlash, shuningdek, salbiy oqibatlarni minimallashtirish bo'yicha yechim va takliflar ishlab chiqish korxona faoliyatini tashkil etishning asosiy shartiga aylanmoqda. Sanoat korxonalarida mavjud resurslar va biznes-jarayonlarni samarali boshqarishning innovatsion texnologiyalar va biznes jarayonlarini optimallashtirish usullariga asoslangan tizimi raqobat ustunligiga erishishning muhim jihati hisoblanadi.

181

T. 2 №11. 2022

RESEARCH _

SJIF 2022:5.962

SHunday ekan, raqamlashtirish sharoitida korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishning xususiyatlarini o'rganishsh va raqamli transformatsiya jarayonini amalga oshirish algoritmini shakllantirish ob'ektiv zaruriyat sifatida maydonga chiqali. Adabiyotlar sharxi

Raqamli iqtisodiyot va uning mamlakatlar, soha va tarmoqlar taraqqiyotiga ta'siri masalalari juda ko'p iqtisodchi olimlar tomonidan tadqiq qilinmoqda.

Xususan, Karl Dalman (Carl Dahlman), Sem Mili (Sam Mealy), Martin Vermelinger (Martin Wermelinger) "Taraqqiyot uchun raqamli iqtisodiyotdan foydalanish" mavzusidagi maqolalarida raqamlashtirishning mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati tadqiq qilingan.

Ya. Nikonova va A.Dementevning "Rossiyada raqamli iqtisodiyot taraqqiyoti tendentsiyalari va istiqbollari nomli maqolalarida raqamlashtirishning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi va tarkibiy o'zgarishlarga ta'siri o'rganilgan. I.N.Kosareva va V.P.Samarina o'zlarining "Raqamlashtirish sharoitidakorxonani boshqarish xususiyatlari" maqolalarida ishlab chiqarishni raqamlashtirish sharoitida korxonalarni boshqarishning o'ziga xos jihatlarini, boshqarish jarayonida axborot texnologiyalarini qo'llashning afzalliklarini yoritib berishga xarakat qilingan.

A. J. Siddikovning "O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqishga doir yondashuvlar" nomli maqolasida O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishiga oid ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqishga doir muallifning ayrim fikrlari bayon etilgan. Tahlil va natijalar

O'zbekiston sanoatini rivojlantirib borish raqamlashtirilgan texnologik platformalarni yaratish, tashqi va ichki bozorlar uchun yuqori qo'shilgan qiymatga ega bo'lgan mahsulotlar yetkazib beruvchi yuksak texnologiyali korxonalarni tashkil etishni taqazo etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10-октябрдаги pf-6079-sonli " Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmonida ham iqtisodiyotning real sektorida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:

- sanoat korxonalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish dasturlarini ushbu korxonalarni texnologik qayta jihozlash dasturlari bilan uyg'unlashtirish;

- korxona ta'minotining barcha bosqichlarini avtomatlashtirish va boshqarishni ta'minlash, shuningdek, bu orqali logistika va xarid xarajatlarini qisqartirish;

- zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning tannarxini, ishlab chiqarishdagi to'xtalishlarni kamaytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish;

- innovatsion avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va dasturiy mahsulotlarni j oriy etish bo'yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

- ishchi joylarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini robotlashtirish, shuningdek, sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;

- savdo hajmini oshirish va mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilash maqsadida buyurtmachilar (mijozlar) bilan o'zaro munosabat mexanizmlarini takomillashtirish;

182

T. 2 №11. 2022

RESEARCH_,

ISJIF 2022:5.962

- boshqaruv ma'lumotlarini qabul qilishni qo'llab-quvvatlash tizimini, jumladan, real vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish;

- 2025 yilda korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy qilgan yirik xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ulushini 90 foizga yetkazish;

Iqtisodiyotni yangi texnologik bosqichga o'tishi bilan mamlakat ishlab chiqarish tuzilmalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkiliy-iqtisodiy ta'minoti, boshqaruv usullari zamonaviy yodashuvlarni shakllantirishga extiyoj paydo bo'lmoqda. Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish sharoitida sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va robotlashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg'or usul va uslublarini joriy etish, uning raqamli intelektuallashuv darajasini oshirish jarayonlari jadal rivojlanmoqda. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuvlar qisqa vaqt ichida to'liq axborot almashinuvi, ishchilar va xodimlar sonini qisqartirish, ularning kompetentligini oshirish, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari va robotlashtirish komplekslarini joriy etishga tayanadi. Buning uchun innovatsion, yuqori texnologik mahsulot chiqaruvchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga e'tibor qaratilishi lozim. Raqamli ishlab chiqarish sohasida "buyumlarning sanoat interneti" "ishlab chiqarishning additive texnologiyalari" "bulutli texnologiyalar" "sun'iy intelekt" "aqlli robotlashtirilgan ishlab chiqarish "kabi zamonaviy yo'nalishlar rivojlanib bormoqda, tashkilot qarorlarini qabul qilishda imitatsion va iqtisodiy matematik modellashtirishdan foydalanilmoqda.

Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasining quyidagi ijobiy tomonlariga va xatarlarini keltirish mumkin (1- jadval).

1- jadval

Raqamli transformatsiyaning ijobiy tomonlari va xatarlari

Ijobiy tomonlari Xatarlari

Yangi yorib kiruvchi raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, sanoat buyumlar interneti, katta ma'lumotlarni tahlil qilish, Qarzga olingan import texnologiyalariga bog'liqlik, o'z vakolatlarining buzilishi, apparat va dasturiy ta'minotda yashirin "xatcho'plar" ning mavjudligi

Yangi savdo bozorlari, biznes modellari, innovatsion ishlab chiqarishlar, ommaviy axborot xizmatlari Iqtisodiyjixatdan rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari tomonidan innovatsion bozorlarni tezda egallab olish xavfi

Mehnat unumdorligining o'sishi, ishlab chiqarish samaradorligi, avtomatlashtirish, robotlashtirish Ish o'rinlarini qisqartirish, ayrim maxsus ishlarni tugatish, ishsizlik, ijtimoiy ziddiyatlar

Xizmatlarning samaradorligi va standartlashtirilishini oshirish, vositachilarni chiqarib tashlash, transportai, tibbiyotni, ta'limni, xizmat ko'rsatish sohasini uberizatsiyasi Huquqiy sohadagi noaniqlik, firibgarlikning o'sishi, axloqiy muammolar, ijtimoiy tabaqalanish

Katta hajmli ma'lumotlarni tahlil qilish, shaxsni raqamli identifikatsiyasi, xizmatlarni talabga moslashtirish. Maxfiylikning yo'qolishi, intruziv reklama, korxonalarning maxfiy ma'lumotlari va fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlari oshkor bo'lishi

Investitsiyalar, startaplar, raqamli pullar, yangi faoliyat sohalari, yangi texnologik usul Iqtisodiyotni tashqi boshqarish, raqamli globalizm, raqamli mustamlaka

@ ©

183

Zamonaviy sharoitlarda ishlab chiqarishni tashkil etishga mahsulot hayot siklini boshqarishni raqamlashtirish asosida zaruriy kompetiylikka ega bo'lgan yuqori malakli xodimlar (ishchilar) ning innovatsion mehnat vositalari va buyumlari bilan ma'lum bir muhitda hamda vaqtda samarali uyg'unlashtirish jarayoni sifatida qaraladi.

Fikrimizcha, ishlab chiqarishni raqamlashtirishga korxonalarda eskirgan texnologiyalardan foydalanib kelayotganligi (64%) ma'lum bir tajriba, bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan mutaxassislarni yetishmasligi (61%) mavjud va yangi texnologiyalar o'rtasida integratsion aloqalarni sustligi (62%) kabi omillar to'sqinlik qilmoqda.

Ishlab chiqarishni raqamli trnasformatsiyasi sohasidagi tadqiqotlarning natijalariga ko'ra (ko'rsatishiga) raqamli texnologiyalar va boshqaruv usullaridan foydalanayotgan korxonalar o'z raqobatchilariga nisbatan 26% ga ko'proq foyda ko'rishar ekan. Raqamli texnologiyalashga yetarli darajada mablag' sarflagan xolda boshqaruvga kam e'tibor qaratayotgan korxonalarning moliyaviy natijalari 11% ga past, faqat boshqaruv jarayonini modernizatsiyalash hisobiga esa faqat 9% ga qo'shimcha daromad olish mumkin.

Zamonaviy iqtisodiy vaziyat to'rtinchi sanoat inqilobini boshlanganligi bilan xarakterlandi. Ushbu inqilob doirasida raqamlashtirilgan "aqilli" korxonalar tashkil etilmoqda. Bunday korxonalar ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.

Lekin bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng ko'lamda joriy etish jarayoni qoniqarli darajada emas. Bunga quyidagi xolatlar to'sqinlik qilmoqda:

- yangi iqtisodiy tartibni tartibga soluvchi qonunchilik bazasining yo'qligi yoki uning hozirgi bosqichda sodir bo'layotgan texnologik o'zgarishlarga mos kelmasligi; rivojlanish;

- yangi texnologiyalar, iqtisodiy munosabatlar ob'ektlari va sub'ektlari paydo bo'lishi, kapital shakliga aylangan ma'lumotlar hajmining tez o'sishi;

- malakali kadrlar tayyorlashning yetarli darajada emasligi, inson kapitalining etishmasligi;

- katta hajmdagi ma'lumotlar katta miqdordagi axborot oqimlarini va ma'lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlashda axborot xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq xavflarni keltirib chiqaradi;

- korxona moliyaviy resurslariningyetishmasligi va sanoat sohasini raqamlashtirishga yo'naltirilgan loyixalar qiymatining yuqori ekanligi;

- axborot xavfsizligi,ish o'rinlari sonining kamayib ketish,ishlab chiqarishni boshqarish jarayonlarining yomonlashuvi bilan bog 'liq xatarlarning mavjudligi;

- ayrim sanoat tarmoqlarining konservativ xarakteri. Raqamli texnologiyalarning keng ko'lamda qo'llanilishi korxonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishini bilgan xolda, ushbu jarayonlarga kam e'tibor qaratilmoqda.

Korxonada biznes jarayonlari va yangi texnologiyalarni boshqarishga samarali yondashuvni ishlab chiqish oson ish emas. Sanoat korxonasining barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun boshqaruvning innovatsion nazariyalari va metodologiyalarini qo'llash talab etiladi. Korxonada sodir bo'layotgan jarayonlar rahbariyat, jarayon

184

T. 2 №11. 2022

RESEARCH!_,

ISJIF 2022:5.962

egalari va biznes jarayonlarini amalga oshirishni ta'minlovchi xodimlardan doimiy e'tiborni talab qiladi. Jarayonlarni takomillashtirish va optimallashtirish jarayonida jarayon yondashuvini amalga oshirish natijasida erishilgan samaradorlik va taraqqiyot darajasini saqlab qolish zarur. Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy usuli korxonalarni boshqarishning yangi avlodi kontseptsiyalarini ishlab chiqish bilan tavsiflanadi. Ushbu konsepsiyalar sanoat robotlari, boshqaruvsiz transport, raqamli boshqaruv dasturlari asosida ishlaydigan jihozlarni qo'llash, 3D printerlarni qo'llash, katta xajimdagi ma'lumotlarni bulutli texnologiyalarda saqlash, sun'iy intelekt, sanoat buyumlari interneti (Internet of Things, IoT), blokcheyn innovatsiyasi, imitatsion va matematik modellashtirish va prognozlashtirish, kiber xafsizlik kabi jarayonlar bilan xarakterlanadi.

Yangi kontseptsiyalarni qo'llash korxonalarga bir qator raqobatdosh ustunlik beradi. Asosiy funksiyalariga ko'ra texnologiyalarni 3 guruhga bo'lish mumkin:

• kiritish ma'lumotlari (IoT, dronlar);

• ma'lumotlarni qayta ishlash (sun'iy intellekt, blokcheyn);

• chiqish ma'lumotlari (robotexnika, 3D printerlar, kengaytirilgan va virtual reallik) [312].

Korxonani raqamli o'zgartirish jarayoni algoritmini amalga oshirishda, tanlangan ustuvor yo'nalishga qarab, korxona boshqaruvida quyidagi zamonaviy tushunchalardan foydalanishni taklif qilish mumkin. Masalan, IoT texnologiyalaridan foydalanish tashkilotning biznes-jarayonlarini o'zgartirishga va ishlab chiqarishning muddatini va ishlab chiqarish siklining davomiyligini qisqartirish hisobiga operatsion samaradorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini beradi; operatsion xarajatlarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish; uskunaning ishlamay qolishi soni va davomiyligini qisqartirish, uning yuklanganlik darajasini oshirish; mahsulotlar sifatini yaxshilshni ta'minlaydi.

Raqamli boshqaruvga asoslangan ko'p koordinatli ishlov beish markazlarini qo'llash, tokarlik, parmalash, jilvirlash ishlarini bajarish davomida ishchi asboblarni mexanik ishlov berish jarayonida ko'chirish imkoniyatini ham yaratadi. Bunday to'rt-olti koordinatli jihozlar har qanday murakkab detallarga ishlov berishda bir necha jarayonlarni bir vaqtda bajarishni ta'minlaydi va o'z navbatida ishlab chiqarish siklining qisqarishiga olib keladi.

Raqamli ishlab chiqarish mehnat unumdorligining yuqori darajasi va mahsulotning yuqori sifatini, loyixa ishtirokchilarining masofadan turib birgalikda ishlashlarini ta'minlaydi, xarajatlarni nazorat qilishni sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi. Ishlab chiqarishning va nazorat qilishning dasturli-apparatli komplekslarini qo'llash inson omili ta'sirida yuzaga keladigan xatolarni oldini olishga olib keladi. Buyumlar sanoat internetining rivojlanishi. neyrotarmoqli texnologiyalarga asoslangan sun'iy intelektning qo'llanilishi oqibatida muammoli vaziyatlar yuzaga kelgan sharoitda ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish borasidagi qarorlarni tezkorlik bilan qabul qila oladigan "aqilli ishlab chiqarish" ni yaratish imkoniyati paydo bo'ladi.

Ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy paradigmasi (ko'rinishi) jihozlarni turli xildagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga moslashtirish, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishda band bo'lgan ishchi xodimlarning sonini qisqartirish, moslashuvchan

185

T. 2 №11. 2022

RESEARCH!_,

ISJIF 2022:5.962

texnologiyalarni va robotlashtirilgan komplekslarni joriy etish asosida yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga o'tish imkoniyatini aks ettiradi.

Raqamli boshqaruvga asoslangan jihozlar ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori aniqlikda kuzatish va olingan ma'lumotlar asosida mustaqil qaror qabul qilishga imkon yaratadi.

Zamonaviy raqamli ishlab chiqarish tizimlarining bir nechta darajalari ajratiladi.

Jismoniy darajada, sexlarida jihozlarga datchiklar, sensorlar, tarmoqlar joylashtiriladi.

Jihozlarni nazorat qilish va boshqarish darajasida dasturlashtirilgan mantiqiy nazoratchilar (PLC - Programmale logis controller) o'rnatiladi va ular yordamida axborotlar yig'iladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Jarayonlarni boshqarish darajasi dispetcherlik boshqaruvi tizimlari (SCADA -Supervisory Control And Data Acguisition) va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimlari (MES - Manufakturing Execution System) yordamida taminlanadi.

Yuqori boshqaruv darajasini ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarining serverlarida joylashadigan korxona resurslarini rejalashtirish tizimlarini (ERP -Enterprise Resoures Planing) tashkil etadi.

Raqamli ishlab chiqarishni tashkil etish istemolchilarning talabiga mos keladigan mahsulotni loyihalashtirishga buyurtma berish va raqamli model asosida tayyor maxsulotni ishlab chiqarish orasidagi muddatni qisqartirish imkonini yaratadi. Raqamli ishlab chiqarish texnlogiyalarini qo'llash sanoat robotlari 3D printelar yordamida murakkab ko'rinishga ega bo'lgan maxsulotlarni yaratishni ta'minlaydi.

Raqamli ishlab chiqarish konsepsiyasinig yutug'i shundaki, mahsulotni virtual muxitda modellashtirish bosqichidayoq xatoliklarni aniqlash, bartaraf etish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga erishiladi.

Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish korxona yoki tashkilotning moliyaviy operatsiyalar va moddiy va nomoddiy aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish sohasidagi faoliyatini yaxshilaydi, shuningdek, yakunlangan tranzaktsiyalarni (tashqi va ichki) kuzatish va qayd etish orqali boshqaruv tizimini o'zgartiradi [ 15-27] .

Xulosa

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan xolda sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalarni joriy qilishni takomillashtirishning quyidagi yo'nalishlarini (algoritmini )taklif qilinadi:

o'l xaritasini shakllantirishda moddiy-texnik salohiyat darajasini va uni modernizatsiya qilish zaruratini, shuningdek, korxonaning kadrlar salohiyati darajasini va tashkilot xodimlarining malakasi va motivatsiyasi darajasini oshirish zarurligini hisobga olish kerak.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, ishlab chiqarishni tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish to'g'risidagi qaror butun korxona faoliyatiga ta'sir qiladi va bunda bilan yuzaga kelish mumkin bo'lgan xavflarni hisobga olish kerak. Faqat istiqbolli texnologiyalarni, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini puxta rejalashtirish va har tomonlama o'rganish bilangina istalgan samarani olish mumkin. Shuningdek, raqamlashtirish sharoitida korxona boshqaruvining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga

186

olish kerak. Raqamli axborot texnologiyalaridan foydalangan holda moslashuvchan tashkiliy tuzilmalarni yaratish mumkin.

Raqamlashtirish davrida sanoat korxonasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish tashkilot rahbariga ham menejment, ham ishlab chiqarish texnologiyalari, ham IT texnologiyalari sohasida kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga bo'lgan talablarni qo'yadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni, www lex.uz

2. Ahunova, M. K. (2021). Use of investment in the development of the national economy. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 232-236.

3. Axunova, M. R. X. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligi: muammo va yechimlar. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(1), 7-14.

4. Khakimovna, A. M. (2022). Pandemiyaning dunyodagi innovatsiyalar rivojlanishiga ta'siri. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(2), 15-22.

5. Nabiyevna, T. O. (2021). Economic potential of enterprises and its essence. Academicia Globe: Inderscience Research, 2(6), 49-53.

6. Nazarova, L. T. Q. N. (2022). Kimyo sanoati korxonalarida tashkiliy-iqtisodiy boshqaruvning ayrim xususiyatlari. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(3), 42-51.

7. Rakhmonazarov, P. Худудларда иктисодий-экологик тизимларни бошкариш самарадорлигини ошириш механизмлари // Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali. 2022. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ududlarda-i-tisodiy-ekologik-ti zi m l arni -bosh-ari sh-sam aradorl i gi ni-oshiri sh -m ehanizm l ari .

8. Raxmonazarov P.Y. Hududlarning iqtisodiy - ekologik tizimlarini boshqarish samaradorligini oshirish: Monografiya / Raxmonazarov P.Y. - Farg'ona politexnika instituti. Al-Ferganus, 2022. - 170 б. ISBN 978-9943-7707-6-8

9. Tukhtasinova, D. (2020). To resolving problems to attract foreign investments in the industry. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(4), 189-193.

10. Tukhtasinova, D. R. (2022). Raqamli o'zgarishlar sharoitida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish muammolari. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(3), 52-56.

11. Tuychieva, O. (2019). Questions of increasing economic efficiency of production. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(8), 105-108.

12. Tuychieva, O. N. (2020). On the problem of training competitive personnel for the digital economy. Theoretical & Applied Science, (5), 701-707.

13. Tuychieva, O. N. (2021). Determining the Cost-Effectiveness of Investments Specific Features. Central Asian journal of innovations on tourism management and finance, 2(12), 40-46.

cc

®

1S7

T. 2 №11. 2022

RESEARCH!_,

ISJIF 2022:5.962

14. Tuychieva, O.N. (2022). Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish sanoat korxonalari samaradorligini oshirish omili. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (4), 83-92. DOI: https: dx.doi.org/10.5281/zenodo. 6503479

15. Xamdamova, U., & Khudoyberganova, D. (2020). Impact of the pandemic on the introduction of elements of the digital economy. Экономика и социум, (7), 70-75.

16. Амелин С.В., Щетинина И.В. Организация производства в условиях цифровой экономики // Организатор производства. 2018. Т.26. № 4. С. 7-18. DOI: 10.25987/VSTU.2018.50.18.001

17. Гафурова, Ф. С., & Давлятова, Г. М. (2019). Выявление и мобилизация резервов рационального использования ресурсов как фактор повышения эффективности производства. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)), 52-55.

18. Давлятова, Г. М. (2016). Методические подходы к определению эффективности использования научно-технических новшеств в производстве.

Журнал научных и прикладных исследований, (5-2), 21-25.

19. Давлятова, Г. М. (2021). O некоторых направлениях развития промышленности Узбекистана на перспективу. Экономика и бизнес: теория и практика, (10-1), 101-105.

20. Давлятова, Г. М. (2021). Совершенствование организации рабочих мест как фактор эффективного использования оборудования и рабочей силы на промышленном предприятии. In Современная наука. XXI век: научный, культурный, ИТ контекст (pp. 60-64).

21. Косарева И.Н., Самарина В.П. Особенности управления предприятием в условиях цифровизации // Вестник Евразийской науки, 2019 №3.

22. Курпаяниди, К. (2021). Актуальные вопросы цифровизации в индустриальном секторе экономики Узбекистана. Общество и инновации, 2(4/S), 201-212.

23. Курпаяниди, К. И. (2022). Цифровая трансформация как перспективное направление развития промышленности Узбекистана. Экономика и бизнес: теория и практика, (9), 120-123.

24. Тешабаева, О. Н., & Назарова, Л. Т. (2020). Классификация развития факторов инновационного потенциала предприятия в Узбекистане. In Минтаца ицтисодиётини инвестициялашнинг молиявий-ууцуций ва инновацион жщатлари (pp. 471-474).

25. Туйчиева, О. Н. (2021). К вопросу о роли нормирования труда как основе рациональной организации труда в условиях углубления интеграционных процессов в производстве. In Современная наука. XXI век: научный, культурный, ИТ контекст (pp. 261-264).

26. Ашуров, М. С., & Шакирова, Ю. С. (2019). Пути повышения экономической эффективности инновационного развития промышленных предприятий. Известия Ошского технологического университета, (3), 265-270.

© ®

188

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.