Научная статья на тему 'INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI JORIY ETISH ASOSIDA TO‘QIMACHILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI'

INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI JORIY ETISH ASOSIDA TO‘QIMACHILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
129
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
to‘qimachilik sanoati / paxta xom ashyosi / qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot / matolar. / textile industry / raw cotton / finished product with added value / fabrics.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Akhunova, Marifat Khakimovna

Mamlakatimizda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirishga qaratilgan Prezident va hukumat qarorlari qabul qilindi, davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda. To‘qimachilik sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga qaratilgan davlat dasturlari tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ishlab chiqarilayotgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlarning hajmi va turlarini kengaytirish hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

KEY ISSUES OF TEXTILE INDUSTRY DEVELOPMENT ON THE BASIS OF IMPLEMENTATION OF INNOVATIVE DEVELOPMENT STRATEGY

Presidential and government decisions aimed at rapid development of the textile and sewing-knitting industry in our country have been adopted, state programs are being developed. State programs aimed at modernization and diversification of the textile industry are expansion of the volume and types of ready-made competitive products that are in high demand in foreign markets.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI JORIY ETISH ASOSIDA TO‘QIMACHILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI»

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2022 Issue: 9 Volume: 2 Published: 30.09.2022

http ://alferganus.uz

Citation:

Akhunova, M.Kh., (2022). Key issues of textile industry development on the basis of implementation of innovative development strategy. SJ International journal of theoretical and practical research, 2 (9), 20-26.

Axunova, M.X. (2022). Innovatsion rivojlanish strategiyasini joriy etish asosida to'qimachilik sanoatini rivojlantirishning dolzarb masalalari. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (9), 20-26.

QR-Article

Akhunova, Marifat Khakimovna

Senior Lecturer, Department of

Economics Fergana Polytechnic Institute ahunovamarifatxakimovna@gmail. com

Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7186100

UDC 334.021

KEY ISSUES OF TEXTILE INDUSTRY DEVELOPMENT ON THE BASIS OF IMPLEMENTATION OF INNOVATIVE DEVELOPMENT STRATEGY

Abstract: Presidential and government decisions aimed at rapid development of the textile and sewing-knitting industry in our country have been adopted, state programs are being developed. State programs aimed at modernization and diversification of the textile industry are expansion of the volume and types of ready-made competitive products that are in high demand in foreign markets.

Key words: textile industry, raw cotton, finished product with added value, fabrics.

INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI JORIY ETISH ASOSIDA TO'QIMACHILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB

MASALALARI

Axunova, Ma'rifat Xakimovna

"Iqtisodiyot" kafedrasi katta o 'qituvchisi Farg'onapolitexnika instituti [email protected]

cc

®

Annotatsiya: Mamlakatimizda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirishga qaratilgan Prezident va hukumat qarorlari qabul qilindi, davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda. To'qimachilik sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga qaratilgan davlat dasturlari tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan ishlab chiqarilayotgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlarning hajmi va turlarini kengaytirish hisoblanadi.

Kalit so'zlar: to'qimachilik sanoati, paxta xom ashyosi, qo'shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot, matolar.

КЛЮЧЕВЫЕ ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ ТЕКСТИЛЬНОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ НА ОСНОВЕ РЕАЛИЗАЦИИ СТРАТЕГИИ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ

Ахунова, Маърифат Хакимовна

Старший преподаватель кафедры «Экономика» Ферганский политехнический институт ahunovamarifatxakimovna@ gmail. ерш

Аннотация: В нашей стране принимаются решения Президента и правительства, направленные на опережающее развитие текстильной и швейной промышленности, разрабатываются государственные программы. Государственные программы, направленные на модернизацию и диверсификацию текстильной промышленности, заключаются в расширении объемов и видов готовой конкурентоспособной продукции, пользующейся повышенным спросом на внешних рынках.

Ключевые слова: текстильная промышленность, хлопковое сырье, готовая продукция с добавленной стоимостью, ткани.

Kirish

O'zbekiston to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati iqtisodiyotining real sektorida yuqori ulushga ega bo'lgan va ishlab chiqarish zanjirini to'liq qamrab olgan yagona sanoat sohasi hisoblanadi. To'qimachilik sanoati O'zbekiston sanoatining eng rivojlangan va yuqori rentabelli tarmoqlaridan hisoblanadi [1-12].

So'nggi yillarda Respublikamizda to'qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo'ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sohaga qaratilayotgan alohida e'tibor tufayli O'zbekiston nafaqat paxta xomashyosi yetishtiruvchi, balki uni qayta ishlash salohiyati yuksalib borayotgan

cc

®

21

ISSN 2181-2357

T. 2 №9. 2022

I INTERNATIONAL ;OURNAl OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH_,

ISJIF 2022:5.962

davlatlar qatoridan joy oldi. Har doim yengil sanoat aholi bandligining yuqori darajasini ta'minlovchi yetakchi tarmoq bo'lib kelgan [8-14]. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Sanoatni rivojlantirishning dolzarbligi va iqtisodiyotni takomillashtirishda tutgan o'rnining nihoyat darajada kengligi bilan doimiy ravishda tadqiqotchi olimlarning diqqat markazida bo'lgan. Xususan, mavzu yuzasidan xorijlik olimlardan Yu.Rodionov, R.S.Porter, D. Deveryuks, B.Roberts, R.N. Nureevlar ilmiy yangiliklar yaratgan bo'lsalar, mahalliy olimlardan Yo.A.Abdullaev, A.Abduhamidov, U.Muxitdinov, A.A.Ortikov, X.Ishbutaeva, SH.Nizomova, E.X.Maxmudov, M.Isoqovlar bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borishga muvaffaq bo'lishgan. Xususan, A.Artikov "O'zbekistonda sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari, geografik va iqtisodiy omillari"ga, M.P.Narziqulov "Sanoatni rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida asosiy e'tibor tarkibiy o'zgarishlarga qaratilganligi"ga, E.X.Maxmudov "Sanoat tarmoqlari rivojlanishiga sharoit yaratishning strategik yo'nalishlari birinchi navbatda byudjet, soliq, pul kredit, narx va valyuta siyosati kabi vositalarni qamrab olgan qulay makroiqtisodiy muhitni yaratish"ga, bog'liqliklariga alohida to'xtalib o'tishgan. Tadqiqot metodologiyasi

To'qimachilik sanoatining O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan rolining yuqoriligi, tarmoqning rivoji uchun zarur bo'lgan mahaliy xomashyoning mavjudligi va malakali ishchi kuchining yetarliligidir. Endigi maqsad esa, ushbu imkoniyatlardan to'liq va samarali foydalangan holda ishlab chiqarish quvvatlarini samaradorligini oshirishdan iborat. Jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi, o'z navbatida sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi [17-19]. Tahlil va natijalar

Respublika to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o'zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizatsiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish o'rinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilg'or "klaster modeli"ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda [1219]. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida» gi 2020 yil 5 maydagi PF-5989-son Farmoni va «Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi 2019 yil 16 sentyabrdagi PQ-4453-son qarori mamlakatimizda mazkur sohani yanada rivojlantirishni ta'minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar izchil ro'yobga chiqarilayotganligi isbotidir. Shu bilan birga, to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati rivojlanishining har tomonlama tahlili, raqobatning kuchayishi sharoitida jahon bozorining o'zgaruvchan kon'yunkturasi sohani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, yanada barqaror va jadal rivojlanishi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda

22

amalga oshirishni taqozo etmoqda. Trikotajdan tayyorlangan kiyimlar salmog'i muntazam ortib bormoqda. Bu trikotaj buyumlarining xizmat vazifasining yuqoriligi va iqtisodiy tejamligi bilan bog'liq [20-24]. 2022- yilning dastlabki ikki oyida O'zbekiston 15 ta xorijiy davlatlarga qiymati 45,6 mln AQSH dollariga teng bo'lgan qariyb 8 ming tonna trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan.Trikotaj mahsulotlari eksporti hajmi o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,4 mln AQSH dollariga oshgan. Shu davr ichida O'zbekiston trikotaj mahsulotlarini eng ko'p eksport qilgan davlatlar: Rossiya - 14,5 mln, Qirg'iziston - 14,2 mln, Italiya - 8,6 mln, Ukraina - 2,8 mln AQSH dollariga teng [26].

2022- yilning ikki oyida trikotaj mahsulotlarini eng ko'p eksport qilgan hududlar:

Toshkent shahri - 19,1 mln, Toshkent viloyati - 9,1 mln, Andijon viloyati - 6,4 mln, Buxoro viloyati - 3 mln AQSH dollarini tashkil qildi.

To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, to'qimachilikda yarimtayyor mahsulotlarni chuqur qayta ishlashga investitsiyalar hajmini va tayyor mahsulotlar eksportini oshirishdagi sayyi harakatlar natijasida:

- 2019-2025-yillarda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi

-ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari bo'yicha foizlarni to'lash bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplanadi

- birja savdolari orqali paxta tolasini sotishda qat'iy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilindi

-qo'shilgan qiymat solig'i jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qat'i nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda hisoblanadi

-respublikada ishlab chiqariladigan paxta ip-kalavalarning butun hajmini qayta ishlash hisobiga 2025-yilga borib to'qimachilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 milliard AQSH dollariga yetkazish

- "O'zstandart" agentligi "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi bilan birgalikda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlariga ularni sinovdan o'tkazish usullariga talablarni belgilovchi standartlar bo'yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o'tkazsin va xalqaro me'yorlarni hisobga olgan holda qayta ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan standartlar belgilandi.

Xulosa va takliflar

Yuqoridagi yuksak maqsadlarga erishish uchun quyidagi yo'nalishlarga alohida o'rg'u berishni taklif etamiz :

23

ш

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

ISSN 2181-2357

T. 2 №9. 2022

^mШ___

SJIF 2022:5.962

-to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish;

- ichki va tashqi bozorlarda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta'minlash maqsadida printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o'zlashtirish;

- ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;

- to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarining eksport salohiyatini kengaytirish

Xulosa o'rnida aytish joizki, to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirilib, to'qimachilik sanoati sohasida malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj ta'minlansa, mamlakatimizda keng turdagi sifatli to'qimachilik mahsulotlari tayyorlashning sifati ortadi, natijada xalqimiz turmush farovonligi yanada yuksaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2019 yil 16 sentyabrdagi PQ-4453-son qarori

2. Axunova, Ma'rifat Xakimovna (2022). Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligi: muammo va yechimlar. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (1), 7-14. Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.6089658

3. Kurpayanidi, K. (2021). Modern Concepts and Models of Entrepreneurship Development. Bulletin of Science and Practice, 7(9), 425-444. (in Russian). https://doi.org/10.33619/2414- 2948/70/40.

4. Kurpayanidi, K. (2021). National innovation system as a key factor in the sustainable development of the economy of Uzbekistan. Published online: 20 May 2021. Doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125805026

5. Kurpayanidi, K. (2021). Актуальные вопросы цифровизации в индустриальном секторе экономики Узбекистана. Общество и инновации, 2(4/S), 201-212. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp201 -212

6. Kurpayanidi, K. (2022). On the Issues of Methodological Approaches to the Study of the Institutional Environment of Small Business. Bulletin of Science and Practice, 8(9), 442-460. (in Russian). https://doi.org/10.33619/2414-2948/82/50.

7. Kurpayanidi, K. I. (2019). Theoretical basis of management of innovative activity of industrial corporation. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (69), 7-14. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2019.01.69.3

8. Kurpayanidi, K. I. (2020). Actual problems of implementation of investment industrial entrepreneurial potential. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (81), 301-307. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.01.81.54

9. Kurpayanidi, K. I. (2020). Corporate industry analysis of the effectiveness of entrepreneurship subjects in the conditions of innovative activity. Экономика и бизнес: теория и практика, (2-1).

© ®

24

ISSN 2181-2357

Т. 2 №9. 2022

I INTERNATIONAL ;OURNAl OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH_,

ISJIF 2022:5.962

10. Kurpayanidi, K. I. (2020). On the problem of macroeconomic analysis and forecasting of the economy. ISJ Theoretical & Applied Science, 03 (83), 1-6. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.03.83.1

11. Musajonovich, N. F., & Adhamovich, U. A. (2021). Issues of technological and innovative development of industry. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 1(1), 69-75.

12. Nabiyeva, N., & ets. (2021). Analysis of the State's Macroeconomic Policy. Revista Geintec-Gestao Inovacao E Tecnologias, 11(4), 4669-4680.

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida» gi 2020 yil 5 maydagi PF-5989-son Farmoni

14. Ortiqov A., M.Isaqov Industrial iqtisodiyot O'quv qo 'llanma.- T.: "Iqtisodiyott", 2019.

15. Tkach, D. V. & ets. (2020). Some questions about the impact of the covid-19 pandemic on the development of business entities. Theoretical & Applied Science, (11), 1-4. https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.11.91.1

16. Tsoy, D., & ets. (2021). Role of social media in shaping public risk perception during COVID-19 pandemic: A theoretical review. International Journal of Management Science and Business Administration, 7(2), 35-41.

17. Tsoy, D., & ets. (2022). Impact of Social Media, Extended Parallel Process Model (EPPM) on the Intention to Stay at Home during the COVID-19 Pandemic. Sustainability, 14(12), 7192. Doi: https://doi.org/10.3390/su14127192

18. Курпаяниди, К. И. Основы экономических знаний: Учебное пособие для неэкономических направлений бакалавриата высших образовательных учреждений / К. И. Курпаяниди, Э. А. Муминова; study guide. - Фергана: ALFERGANUS, 2022. - 280 с. - ISBN 978-9943-7707-9-9. - Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.6880920

19. Курпаяниди, К.И. (2022). Вопросы разработки стратегии инвестиционной политики в условиях институциональной трансформации. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (3), 7-23. Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.6503328

20. Курпаяниди, К.И. (2022). Факторы и направления развития институтов в сфере малого предпринимательства. Проблемы современной экономики, 3 (83).

21. Курпаяниди, К.И. (2022). Цифровая трансформация как перспективное направление развития промышленности Узбекистана. Экономика и бизнес: теория и практика-Economy and Business: Theory and Practice, vol. 9 (91). С.120-124, ISSN 2411-0450. Doi: https://doi.org/10.24412/2411-0450-2022-9-120-123 http://economyandbusiness.ru/wp-content/uploads/2022/10/Ekonomika-i-biznes-9.pdf

22. Курпаяниди, К.И., Михайлов, А.Б. (2022). К вопросам подготовки конкурентоспособных кадров для сферы услуг в условиях цифровых изменений. Oliy ta'lim muassasalarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning zamonaviy integratsiyasini ta'minlash: muammolar va yechimlar. Uzbekistan, Kokand. С. 65-70. Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.6649327

@ ®

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

25

23. Мамуров, Д. (2021). Инновационная система предприятия как основа модернизации современной промышленной корпорации. Общество и инновации, 2(4/S), 322-328. Doi: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp322-328

24. Нишонов, Ф. М. (2019). Конкуренция - ключевая категория рыночных отношений. Научный журнал. 7(41). - С. 74-76.

25. Толибов, И. Ш. (2019). К вопросу оценки состояния и эффективности инфраструктуры предпринимательства в регионах Узбекистана. Экономика и бизнес: теория и практика, (1).

26. www. Stat.uz/uz/ sanoat

CC

®

26

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.