Научная статья на тему 'IQTISODIYOTDA TARMOQLARARO MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA TO’QIMACHILIK KORXONALARINING IQTISODIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH'

IQTISODIYOTDA TARMOQLARARO MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA TO’QIMACHILIK KORXONALARINING IQTISODIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1219
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarmoq / tarmoqlararo balans / Leontev modeli / yalpi innovatsion mahsulot / investitsiya multiplikatori. / network / inter-sectoral balance / Leontev model / gross innovative product / investment multiplier

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Davlyatova, Gulnara Mukhammedzhanovna, Abdullaeva, Sevarakhon Hasanovna

Mamlakatda o’zaro bir birining ishlab chiqarish faoliyatiga bog’liq bo’lgan tarmoqlarning o’zaro bog’liqlikni (aloqani) tashkil etish bilan qo’shimcha qiymatning butun zanjiriga samarali ta’sir ko’rsata oladigan innovatsiyani alohida turini – “yalpi innovatsion mahsulot”ni yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Tarmoqlararo balans asosida tarmoqlarning o’zaro ta’sirini baholashni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan kadrlarning malakasini oshirish uchun zaruriy xarajatlarni kamaytirishga imkon yaratiladi. Tarmoqlararo kooperatsiya natijasida investitsiyalarni jalb etish shart-sharoitlari, investitsiyalarni faoliyat sohalari bo’yicha taqsimlash jarayoni yaxshilanadi, yuqori sifatli inson kapitali shakllantiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENSURING THE ECONOMIC STABILITY OF TEXTILE ENTERPRISES BASED ON THE DEVELOPMENT OF INTER-SECTORAL RELATIONS IN THE ECONOMY

By establishing interdependence (communication) of industries that depend on each other's production activities in the country, there is an opportunity to create a special type of innovation "gross innovative product" that can effectively affect the entire chain of added value. Based on the inter-network balance, it is possible to evaluate the interaction of networks. Also, it will be possible to reduce the necessary expenses for the organization of scientific research and experimental design work and for improving the qualifications of personnel employed in the production process. As a result of cross-industry cooperation, the conditions for attracting investments, the process of distribution of investments by spheres of activity will be improved, and high-quality human capital will be formed.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTDA TARMOQLARARO MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA TO’QIMACHILIK KORXONALARINING IQTISODIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH»

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2022 Issue: 5 Volume: 2 Published: 31.05.2022

http://alferganus.uz

Citation:

Davlyatova, G. M., Abdullaeva, S.H. (2022). Ensuring the economic stability of textile enterprises based on the development of inter-sectoral relations in the economy.

SJ International journal of theoretical and practical research, 2 (5), 18-29.

Davlyatova, G. M., Abdullaeva, S.X. (2022). Iqtisodiyotda tarmoqlararo munosabatlarni rivojlantirish asosida to'qimachilik korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (5), 18-29.

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6945580

DOI 10,5281/zenodo .6945 580

T. 2. №5. 2022

SJIF 2022:5.962 QR-Article

Gulnara Mukhammedzhanovna

Davlyatova

associate professor of the "Economics" department, PhD Fergana Polytechnic Institute

Sevarakhon Hasanovna Abdullaeva

Senior Lecturer of the Department of Accounting and Audit, PhD Fergana Polytechnic Institute

UDC 338.45

ENSURING THE ECONOMIC STABILITY OF TEXTILE ENTERPRISES BASED ON THE DEVELOPMENT OF INTER-SECTORAL RELATIONS IN

THE ECONOMY

Abstract: By establishing interdependence (communication) of industries that depend on each other's production activities in the country, there is an opportunity to create a special type of innovation - "gross innovative product" - that can effectively affect the entire chain of added value. Based on the inter-network balance, it is possible to evaluate the interaction of networks. Also, it will be possible to reduce the necessary expenses for the organization of scientific research and experimental design work andfor improving the qualifications of personnel employed in the production process. As a result of cross-industry cooperation, the conditions for attracting investments, the process of distribution of investments by spheres of activity will be improved, and high-quality human capital will be formed.

Key words: network, inter-sectoral balance, Leontev model, gross innovative product, investment multiplier

IQTISODIYOTDA TARMOQLARARO MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA TO'QIMACHILIK KORXONALARINING IQTISODIY BARQARORLIGINI TA'MINLASH

© ®

18

Gulnara Muxammedjanovna Davlyatova

"Iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti, i.f.n., Farg'ona politexnika instituti

Sevaraxon Xasanovna Abdullaeva

"BH va A " kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD Farg'ona politexnika instituti

Annotatsiya: Mamlakatda o'zaro bir birining ishlab chiqarish faoliyatiga bog'liq bo'lgan tarmoqlarning o'zaro bog'liqlikni (aloqani) tashkil etish bilan qo'shimcha qiymatningbutun zanjirigasamarali ta'sirko 'rsata oladigan innovatsiyanialohida turini - "yalpi innovatsion mahsulot"ni yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Tarmoqlararo balans asosida tarmoqlarning o'zaro ta'sirini baholashni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonida band bo'lgan kadrlarning malakasini oshirish uchun zaruriy xarajatlarni kamaytirishga imkon yaratiladi. Tarmoqlararo kooperatsiya natijasida investitsiyalarni jalb etish shart-sharoitlari, investitsiyalarni faoliyat sohalari bo'yicha taqsimlash jarayoni yaxshilanadi, yuqori sifatli inson kapitali shakllantiriladi.

Tayanch so'zlar: tarmoq, tarmoqlararo balans, Leontev modeli, yalpi innovatsion mahsulot, investitsiya multiplikatori.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ ТЕКСТИЛЬНЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ НА ОСНОВЕ РАЗВИТИЯ МЕЖОТРАСЛЕВЫХ СВЯЗЕЙ В

ЭКОНОМИКЕ

Гул^ра Мухамеджановна Давлятова

доцент кафедры "Экономика", к.э.н., Ферганский политехнический институт

Севарахон Хасановна Абдуллаева

старший преподаватель кафедры "Бухгалтерский учет и аудит ", PhD

Ферганский политехнический институт

Аннотация: Путем установления взаимозависимости (связи) отраслей, зависящих друг от друга в производственной деятельности страны, появляется возможность создания особого вида инноваций - «валового инновационного продукта», способного эффективно воздействовать на всю цепочку создания добавленной стоимости. На основе межсетевого баланса можно оценить взаимодействие сетей. Также удастся сократить необходимые затраты на организацию научно-исследовательских и опытно-конструкторских работ и повышение квалификации персонала, занятого в производственном процессе. В результате межотраслевой кооперации будут совершенствоваться условия привлечения инвестиций, процесс распределения инвестиций по сферам деятельности, формироваться качественный человеческий капитал.

19

T. 2. №5. 2022

RESEARCH _

SJIF 2022:5.962

Ключевые слова: сеть, межотраслевой баланс, модель Леонтьева, валовой инновационный продукт, инвестиционный мультипликатор.

Kirish

O'zbekiston 2030 yilgacha bo'lgan davr ichida sanoati rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lgan turmush darajasi standartlariga (hayot darajasiga) ega mamlakat darajasiga chiqish vazifasini o'z oldiga maqsad qilib quydi. Belgilangan maqsadga erishishdagi muvaffaqiyat ko'rsatkichlaridan biri aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalMning o'sishi hisoblanadi, ushbu ko'rsatkich bugungi kunda aholining o'rtacha daromadi yuqori bo'lgan o'rtacha statistik mamlakat darajasiga teng bo'lib, 2030 yilda iste'molchilarning xarid pariteti, xalqaro dollar va joriy narx darajasi kabi ko'rsatkichlarni e'tiborga olgan holda hisoblanganda 10600 AQSH dollarni tashkil etishi belgilangan. Buning uchun esa, YalMning yillik 8 foizga teng bo'lgan o'sish sur'atini ta'minlash zarur.1

So'nggi 10 yillik makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning joriy tahliliga ko'ra mamlakat yalpi ichki mahsulotining o'rtacha yillik o'sish sur'ati 108 foizga teng. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat alohida o'ringa ega bo'lgan holda, mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlovchi asosiy drayver hisoblanadi. Xususan, oziq-ovqat sanoati, to'qimachilik sanoat, mashinasozlik va metalni qayta ishlash kabi sanoat tarmoqlari rivojlanishning asosi sifatida belgilangan. Mamlakatni rivojlantirishshning keyingi bosqichiga o'tish tarkibiy o'zgarishlarni va innovatsion rivojlanishni talab etadi, bularni amalga oshirish bilan esa O'zbekistonni rivojlangan mamlakatlar guruhiga kirib borishiga zamin yaratiladi.

O'tgan 20 yil mobaynida O'zbekistonda asosiy e'tibor qishloq xo'jaligidan asta sekin yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lmagan xom-ashyo va yarim-tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo'naltirildi, natijada esa mamlakatning rivojlanish (o'sish) modeli diversifikatsiyalandi. Ushbu holatda o'sish asosan kapital jamg'arishga asoslangan bo'lib, inson kapitalining sifati va jami omil unumdorligi kabi ko'rsatkichlar (tushunchalar) nisbatan ahamiyatsiz edi. Investitsiyalar sanoatning ustuvor tarmoqlariga, asosan, kapital va energiya sig'imi yuqori bo'lgan tarmoqlarga yo'naltirilgan bo'lib, ushbu vaziyatda xom-ashyoning jahon narxlaridagi ijobiy tendentsiyalaridan samarali foydalanilgan. Natijada, mehnat sig'imi yuqori bo'lgan, ekologik jihatdan toza sanoat tarmoqlari, Shuningdek, mikroiqtisodiyot va sanoatdagi kichik xususiy korxonalar rivojlanmadi. O'z navbatida, amal qilgan o'sish modeli samarali va yuqori ish haqini ta'minlovchi barqaror ish o'rinlarini yaratishni chekladi.

Yuzaga kelgan salbiy natijalarni bartaraf etish, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga doir xatarlarni kamaytirish hamda sanoatni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida iqtisodiyotni modernizatsiyalash bo'yicha yangi davlat siyosati belgilab olindi. 2015 yilda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan respublikani iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida tayanilishi lozim bo'lgan O'zbekistonning ustuvor

1 Узбекистан Республикаси Президенты Ш.М. Мирзиёевнинг 2016-йилда мамлакатни ижтимоий-щтисодий ривожлантириш якунлари ва 2017-йилга мулжалланган щтисодий дастурнинг енг мухдм устувор йуналишларига багишланган Вазирлар Мадкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маърузаси. 2017-йил 14-январ. https://nrm.uz

20

T. 2. №5. 2022

RESEARCH _

SJIF 2022:5.962

tarmoqlarini aniqlash bo'yicha tadqiqot o'tkazildi.2 Ushbu tadqiqot taniqli iqtisodchilar Dj.Lin va S.Mong tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun sanoat tarmoqlarini aniqlash va ular faoliyatini yengillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan usulga asosan shakllantirilgan. Iqtisodchi olimlar tomonidan shakllantirilgan tadqiqot usuli uzoq davr mobaynida yuqori va barqaror iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarini namoyon etgan mamlakatlarning tajribalariga asoslangan. Ushbu mamlakatlar tajribasiga ko'ra, mamlakatda ma'lum bir tarmoqni rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoit bo'lmasa yoki ushbu tarmoqni yetarlicha rivojlantirgan mamlakatlar kabi ustunlik mavjud bo'lmasa mamlakatning sanoatni rivojlantirish uchun olib borgan siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Xususan, O'zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo'nalishlarini hamda mamlakat sanoatining ustuvor tarmoqlarini aniqlash uchun amalga oshirilgan tadqiqot natijalariga ko'ra O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, bolalar o'yinchoqlari va boshqa plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqarish, sport jihozlari, qurilish materiallari kabi yuqori mehnat sig'imini talab qiluvchi tarmoqlarni rivojlantirishni jadallashtirishi lozim. O'tgan davrda Respublikaning rivojlanish strategiyasi asosan kapital va resurs sig'imi yuqori bo'lgan sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, mehnat sig'imi yuqori bo'lgan sanoat tarmoqlarining rivojlanishi esa e'tibordan chetda qolgan. Natijada, ko'proq ish o'rinlarini yaratish imkoniyati mavjud bo'lmagan. Shuning uchun, industrial va innovatsion rivojlanishga o'tishda ishlab chiqarish jarayonida ham mehnatning ham kapitalning o'zaro faoliyatini ta'minlaydigan to'qimachilik sanoatini rivojlantirishga urg'u bergan holda, barcha e'tiborni tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratish lozim. Bu esa o'z navbatida, barcha mavjud tarmoqlar o'rtasida o'zaro integratsiyani talab etadi (masalan, neft-kimyo sanoatidan boshlab sun'iy kimyoviy tolani ishlab chiqarishgacha).

Tadqiqot metodologiyasi

Maqolada mantiqiy fikrlash, qiyosiy tahlil, ilmiy abstraktsiyalash dinamikada o'rganish, ma'lumotlarni guruhlash, taqqoslash usullaridan foydalanilgan.

Muammoning o'rganilganlik darajasi

Tarmoqlararo modellar asosida iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari V.V. Leontiev, X.B. Cheneri, P.G. Klark, R. Stoun, V. Izard, V.V. Kosova, A.G. Granberg, V.I. Suslova, N.N. Mixeeva, I.G. Nikolaeva, M.N. Uzyakova, M. Kuboniva, A.R. Sayapova, N.V. Suvorov va boshqa xorijlik olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida o'rganilgan.

Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari mahalliy olimlarning xususan, Sh. Mustafaqulov, N.G'. Karimov, S.R. Umarov, M.Sh.Sharifxo'jaev, Sh.G.Yuldashev, N.R. Qo'zieva, A.Q.Qodirov, N.H.Haydarov, D.G'.G'ozibekov, X.X. Imomov, S.S.G'ulomov, A.H.Ergashev va boshqalarning ilmiy ishlarida alohida o'rin tutadi.

Yuqorida qayd etib o'tilgan iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida mamlakat iqtisodietini rivojlantirishning xususiyatlari va o'ziga xos jihatlari yoritib berilgan

2 "2005-2016 HH^apra My^araamuH caHoaT nm^aö HHKapnmHHHHr ycnmn, TapKHÖHH y3rapHm^apH, gHBepcH^HKa^Hraam Ba MaxaraHH^amTHpnmga M3ara KerauH MyawMO^apHHHr acocnn HyHamm^apH" ^hcoöoth, nMTH. 2017. https://ifmr.uz/ru

21

bo'lsada, biroq mamlakatimiz iqtisodiètini rivojlantirishda tarmoqlar kesimida tarmoqlararo balans modelidan foydalanish asosida tarmoqlar imkoniyatlarini hisobga olish, rivojlanishning ko'lamini oshirish masalalari chuqur o'rganilmagan.

Tahlil va natijalar. O'zbekistonda to'qimachilik sohasining o'ziga xosligi sanoatda birlamchi to'qimachilik ishlab chiqarishining ustunligi va xom ashyoni qayta ishlash darajasining pastligi bo'lib hisoblanadi. Mamlakatda xom ashyoni chuqur qayta ishlash rentabelligi hamda paxta tolasini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yettinchi, eksport bo'yicha esa sakkizinchi o'rinni egallashiga3 qaramay, to'qimachilik korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi umumiy hajmining 40-50 foizdan ko'p bo'lmagan qismigina iste'mol qilinadi4. Bu esa o'z navbatida, mamlakatning to'qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligidan dalolat beradi.

So'nggi yillarda sanoatda mahalliy xom-ashyoni chuqur qayta ishlashga asoslangan yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning roli toboro oshib bormoqda. Ularning yalpi sanoat mahsulotlaridagi ulushi so'nggi yillarda 5.6 % dan 11.6 % ga o'sdi, paxta tozalash sanoatining ulushi esa 11 % dan 4.8 % ga tushdi. 2020 yilda paxta tolasini ichki qayta ishlash hajmi 55 % gacha o'sdi.5 Sanoatni, umuman uning asosiy bo'g'ini hisoblangan to'qimachilik sanoatini yanada samarali rivojlantirishning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, Shuningdek, xom-ashyoni chuqur qayta ishlashni oshirishga va ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar turini ko'paytirishga bo'lgan talabning yuqoriligi tarmoqlararo tahlilni amalga oshirish hamda klasterlarni shakllantirish va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik tsiklini takomillashtirish asosida sohaning rivojlanishini prognoz (bashorat) qilish zarurligini keltirib chiqaradi.

Texnologik tsikl mahsulot ishlab chiqarish jarayonining murakkabligiga va mehnat sig'imiga, texnika va texnologiyaning darajasiga, asosiy va yordamchi operatsiyalarning mexanizatsiyalashtirilganligiga va avtomatlashtirilganligiga, sifatli ish o'rinlarini tashkil etilganligiga bog'liq. Texnologik tsiklning samaradorligi esa quyidagilarda namoyon bo'ladi:

ishlab chiqarish jarayonini, ish o'rinlarini texnik va texnologik yangilash asosida mehnat unumdorligining oshishida;

ishlab chiqarish tsiklini kamaytirish orqali aylanma mablag'larning aylanish tezligini oshirishga erishishda;

ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish asosida mahsulot tannarxini pasaytirishida.

O'zaro bir birining ishlab chiqarish faoliyatiga bog'liq bo'lgan tarmoqlar ichki va tashqi bozor uchun raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaradigan klasterlarni yoki sanoat guruhlarini tashkil etish asosida birlashishlari mumkin. Tarmoqlararo o'zaro bog'liqlikni (aloqani) tashkil etish bilan qo'shimcha qiymatning butun zanjiriga samarali ta'sir ko'rsata oladigan innovatsiyani alohida turini - "yalpi innovatsion mahsulot" ni yaratish mumkin. Tarmoqlararo balans asosida tarmoqlarning o'zaro ta'sirini baholashni amalga

3 https ://sputniknews-uz. com/economy

4 Х,исоб-китоблар Узбекистан Республикаси Давлат Статистика Кумитаси маълумотларига асосан дакщатда ишлаб чщарилган пахта матолари ва трикотаж матолари учун керакли пахта толаси меъёрлари буйича амалга оширилган.

5 Узбекистан Республикаси Давлат Статистика Кумитаси маълумотлари. https://stat.uz/uz

22

T. 2. №5. 2022

RESEARCH _

SJIF 2022:5.962

oshirish bilan yagona logistik "oyna" orqali moliyaviy oqimlarni va faoliyatni nazorat qilish mumkin. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonida band bo'lgan kadrlarning malakasini oshirish uchun zaruriy xarajatlarni kamaytirishga imkon yaratiladi. Tarmoqlararo kooperatsiya natijadasida investitsiyalarni jalb etish shart-sharoitlari, investitsiyalarni faoliyat sohalari bo'yicha taqsimlash jarayoni yaxshilanadi, yuqori sifatli inson kapitali shakllantiriladi.

"Leontev modeli" asosida tarmoqlararo balansdan foydalanish ishlab chiqarish va investitsiya multiplikatorlarini hisoblash imkonini beradi. Ishlab chiqarish multiplikatori to'qimachilik va boshqa sanoat mahsulotlarining ko'payishi natijasida umumiy iqtisodiyot yoki tarmoq yalpi mahsulotining hajmi qanday o'zgarishini ifodalaydi. Investitsiya multiplikatori esa tahlil qilinayotgan sektorda asosiy fondlarga yo'naltirilgan investitsiyalarning ko'payishi bilan sanoat mahsulotidagi o'zgarishlarni aks ettiradi. Ishlab chiqarish multiplikatorini hisoblashdan olingan natijalarni talqin qilish oson bo'lib, uning ta'sirini uchta asosiy tarkibiy qismga ajratish mumkin:

- sektordagi ishlab chiqarishning o'sishi bilan bog'liq bevosita ta'sirlar;

- tarmoqlararo aloqalar natijasida yuzaga kelgan qo'shimcha ta'sirlar;

- daromadlarni taqsimlash natijasida yuzaga kelgan ta'sirlar.

Leontev modelining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

o'zining ishlab chiqarish faoliyatiga ega va faqat o'ziga xos bo'lgan mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan alohida tarmoqlar mavjud bo'lgan iqtisodiyot tadqiq etiladi;

mahsulot ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar o'rtasidagi bog'liqlik chiziqli tenglamalar (chiziqli va doimiy texnologiyalar) asosida yoritiladi;

mahsulotlarga bo'lgan talabning vektori oldindan belgilangan deb qabul qilinadi, ya'ni modelda iste'molchilarga doir optimallashtirish masalalari mavjud emas;

mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ya'ni taklif iste'solchilar tomonidan shakllantirilgan talabga ko'ra belgilanadi;

muvozanat deb talab va taklifning qat'iy tengligi tushuniladi.

Xususan, n+1 sektori mavjud bulsin. Bu yerda, n tarmoq va yakuniy talab sektori (uy xo'jaliklari sektori), x - i - sektorning ishlab chiqarish hajmi, yi - yakuniy talab sektoriga (uy xo'jaliklariga) yetkazib beriladigan i sektor mahsulotlarining miqdori, xij -j tarmoq uchun i tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulot uchun joriy xarajat sarfi:

X i = S xXj + yi

Ushbu matritsa Leontevning teskari matritsasi yoki Leontev multiplikatori deb ham yuritiladi. Bu holda Leontevning teskari matritsasi umumiy xarajat koeffitsientlarining matritsasi bo'lib hisoblanadi. Matritsa elementlari-koeffitsientlari j tarmoqning bir birlik pirovar mahsulotini ishlab chiqarish uchun i tarmoqning yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotlariga bo'lgan talabni ifodalaydi. Shunday qilib, matritsali multiplikator koeffitsientlari mahsulotning umumiy o'sishini ifodalagan holda, uning dastlabki manbai mahsulotlarga mavjud yakuniy talab ekanligini ham ifodalaydi.

Tarmoqlararo balans modelini shakllantirish dastlab tarmoqlarning xom-ashyo va boshqa materiallar sarf xarajatlarini hamda pirovard mahsulot ko'rsatkichlarini ifodalovchi "Xarajatlar-ishlab chiqarish" sxemasini tashkil etish asosida ishlab chiqiladi.

23

T. 2. №5. 2022

RESEARCH _

SJIF 2022:5.962

Xususan, to'qimachilik sohasi bilan mashinasozlik tarmog'i orasidagi bog'liqlikni ta'minlashga tegishli hisoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tarmoqlar (Ishlab chiqaruvchi tarmoqlar)

To'qimachilik sanoati Mashinasozlik sanoati

Iste'molchi tarmoqlar Pirovard mahsulot

(ishlab chiqarishdan

To'qimachilik sanoati Mashinasozlik sanoati tashqaridagi iste'mol),

mlrd so'm

0,4 0,25 300

0,5 0,4 200

Bu yerda, 0,4 va 0,25 - to'qimachilik sanoatining xom-ashyo va boshqa materiallar

sarfi

0,5 va 0,4 - mashinasozlik sanoatining xom-ashyo va boshqa

materiallar sarfi

Ushbu ko'rsatkichlar asosida tarmoqlarda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan yalpi mahsulot hajmi, tarmoqlararo ta'minot, har bir tarmoqning sof mahsulot hajmini, Shuningdek, sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan pirovard mahsulotga bo'lgan talabning oshishi natijasida ishlab chiqarilishi zarur bo'lgan mahsulot hajmini aniqlash mumkin.

Dastlab tarmoqlarning yalpi mahsulot hajmi aniqlanadi. Har bir tarmoqning yalpi mahsulotining hajmi Leontevning teskari matritsasidan foydalangan holda quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi:

X = (E — A)-iU Bu yerda, X - yalpi mahsulot vektori

A - to'g'ri (bevosita) xarajatlar matritsasi U - pirovard mahsulot vektori (yakuniy iste'mol vektori)

_ ran ai2\

= (a2i a22)

aij — j — tarm oqn ing bir b irl ik m ah su l ot ini i s h l a b ch i q ari sh uchun i — tarmoqda ishlab chiqariIgan mahsulot sarfi

X11 = aiiXi

ai

f0,4 0,2S\ tt _ /"300^ = U

aii =

A

,0,5 0,4

) U = (300) ) , \200J

E—A=d D-iTs 002!)=C

(E — A)

0,25\ ( 0,6 ■0,5

(E - A) uchun teskari matritsa shakllantiriladi:

1 (0,5 0026) = 4.25532 (

—0,25 0,6 )

-i _

(0,6 x 0,6) — (0,25 x 0,5) V0,5 0,6

0,6 0,5

0,25\ (2,553

0,6

') = (

2,128

1,064 2,553)

Hisoblangan to'liq to'g'ri xarajatlar matritsasidan foydalanib tarmoqlarning yalpi mahsulot vektorini aniqlanadi.

-2,553 1,064\ (300\_ /765,9 + 212,8\ f978,7\_ /XA

2,128 2,553) V200/ = \638,4 + 510,6) = (1149) = \X2) Bu yerda, Xi - birinchi tarmoq yalpi mahsulotining hajmi X2 - ikkinchi tarmoq yalpi mahsulotining hajmi

X

= (2

24

T. 2. №5. 2022

RESEARCH _

SJIF 2022:5.962

Demak, har bir tarmoq o'zaro xom-ashyo va boshqa materiallarni sarfi qilgan holda bir vaqtning o'zida ham ishlab chiqaruvchi, ham iste'molchi sifatida ishtirok etib mos ravishda 978,7 va 1149 mlrd. so'mga teng bo'lgan yalpi mahsulotni ishlab chiqaradi.

Tarmoqlararo balans modeli moddiy ishlab chiqarishning har bir tarmog'idagi yillik mahsulot hajmining boshqa tarmoqlar o'rtasida taqsimlanishini ifodalab, ma'lum bir tarmoq mahsulotining o'sha tarmoqning o'zida hamda boshqa tarmoqlarda iste'mol qilingan miqdorini ko'rsatadi. SHunga ko'ra, yuqorida hisoblangan ikki tarmoq ko'rsatkichlari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o'zaro tarmoqlardagi taqsimotini aniqlaymiz.

Xi

HJ

— ajyXy

x11 — a11 xX1 — 0,4 X 978,7 — 391,489 x12 — a12 x X2 — 0,25 x 1149 — 287,25 x21 — a21 x — 0,5 x 978,7 — 489,35 x22 — a22 xX2 — 0,4 x 1149 — 45 9,6 "Xarajatlar-ishlab chiqarish" sxemasini hisoblangan kattaliklar, ya'ni tarmoqlarda mahsulot taqsimoti ko'rsatkichlari asosida quyidagicha shakllantiriladi:

Ishlab chiqaruvchi tarmoqlar

To'qimachilik sanoati, mlrd. so'm Mashinasozlik sanoati, mlrd. so'm

Iste'molchi tarmoqlar

To'qimachilik Mashinasozlik Pirovard mahsulot,

sanoati, sanoati, mlrd. so'm

mlrd. so'm mlrd. so'm

391,489 287,25 300

489,35 459,6 200

Yalpi mahsulot, mlrd. so'm

978,7

1149

Jadvalda ifodalangan ma'lumotlar asosida Shunday xulosa qilish mumkinki, to'qimachilik sanoatida ishlab chiqariladigan 978,7 mlrd. so'mlik mahsulotning 300 birligi unumli iste'mol jarayonidan tashqarida iste'mol qilinsa, 391,489 birligi sohaning o'zida hamda 287,25 birligi boshqa sanoat tarmog'ida oraliq mahsulot sifatida foydalaniladi.

Tarmoqlarda yalpi mahsulotni yaratish jarayonida bevosita qo'shimcha qiymat shakllantiriladi, bu esa o'z ifodasini sarf etilgan ishchi kuchida, amortizatsiya ajratmalarida, foydada va boshqa to'lovlarda topadi. Tarmoqlararo balans modelida shartli sof mahsulot quyidagicha hisoblanadi:

Bu yerda, V - tarmoqlarda yaratilgan sharti sof mahsulot

Vx — 978,7 - (391,489 + 489,35) — 97,861

V2 — 1149 - (289,25 + 459,6) — 402,15 "Xarajatlar-ishlab chiqarish" sxemasiga shartli sof mahsulot ko'rsatkichlarini joylash asosida uni yakuniy shaklga keltiramiz.

© ©

25

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

ISSN 2181-2357

T. 2. №5. 2022

Ishlab chiqaruvchi tarmoqlar

To'qimachilik sanoati, mlrd. so'm Mashinasozlik sanoati, mlrd. so'm Shartli sof

mahsulot

Yalpi mahsulot, mlrd. so'm

Iste'molchi tarmoqlar

To'qimachilik Mashinasozlik

sanoati, sanoati,

mlrd. so'm mlrd. so'm

391,489 287,25

489,35 459,6

97,861 402,15

978,7 1149

mlrd. so'm

300 200

Yalpi mahsulot, mlrd. so'm

978,7

1149

Tarmoqlararo balans ma'lumotlari alohida tarmoqlar bo'yicha yillik mahsulotning qiymati, ishlab chiqarilgan qiymatning tarkibi, ushbu mahsulotlarni boshqa tarmoqlarda foydalanish uchun taqsimotini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, tarmoqlar, qolaversa mamlakat iqtisodiyotini prognoz qilish, ishlab chiqarilishi zarur bo'lgan mahsulotlar hajmini oldindan belgilash, tarmoqlarning yuqori qo'shimcha qiymatli mahsulotarni ishlab chiqarish jarayonini o'zaro xamkorlikda tashkil etish uchun shart-sharoit yaratadi. Shunday ekan hududning va har bir korxonaning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda ushbu modeldan foydalanish zarur.

Tarmoqlararo balansning multiplikativ ta'sir mexanizmi to'qimachilik va boshqa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan oraliq mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlarning ularga mos ravishda oshishini, natijada bir vaqtning o'zida o'zaro bir biriga bog'liq tarmoqlarlarda so'ngra esa butun iqtisodiyotda ijobiy harakatni yuzaga kelishini ifodalaydi. Yalpi mahsulotning o'sishi daromadlarning o'sishini ta'minlaydi: soliqlar, ish haqi, foyda, Shuningdek, ushbular qayta taqsimlanib, davlat, tadbirkorlik va aholining yakuniy talabining o'sishiga aylanadi.

Investitsiya multiplikatorini shakllantirishda ishlab chiqarish multiplikatorida qo'llanilgan yondashuvdan farqli jihatlar mavjud bo'lib, ushbu farq to'qimachilik va yengil sanoat asosiy fondlariga investitsiyalarning o'sishi natijasidan kelib chiqadigan ta'sirda namoyon bo'ladi.

Investitsiya multiplikatori mexanizmi asosida ma'lum bir tarmoqqa yo'naltirilgan investitsiyalar ushbu tarmoqda nafaqat ishlab chiqarish hajmini, balki bandlikni oshiradi. Buning natijasida iste'mol mahsulotlariga bo'lgan talabning qo'shimcha ko'payishi kelib chiqib, ushbu turdagi mahsulotlarni tegishli tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmi oshadi va shu yuilan birga korxonalar tomonidan zaruriy xom-ashyolarga bo'lgan talab ham ko'payadi.

Multiplikator ta'sirlarini hisoblashda shuni e'tiborga olish lozimki, haqiqiy holatda biror tarmoqning oraliq yoki pirovard mahsulotlariga bo'lgan talabning ma'lum bir hajmga oshishi to'qimachilik sanoati ishlab chiqarishining aynan o'sha hajmga o'sishiga olib kelmaydi, chunki qisman yuzaga kelgan qo'shimcha talab import hisobiga qondiriladi. Masalan, chet eldan uskunalarni sotib olish hisobiga kapilat qo'yilmalarining o'sishi yoki xom-ashyoni import qilish asosida ishlab chiqarish hajmining oshishi mamlakat iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Xulosa

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

26

Ishlab chiqarish va mahsulotlar taqsimotining tarmoqlararo balans usuli iqtisodiyotda tarmoqlararo aloqa tizimining nisbatan barqaror holatida to'qimachilik sanoatining rivojlanishini qisqa va o'rta istiqbolli prognozlashtirish jarayonida multiplikator ta'siri kattaliklarini baholash vositasi sifatida foydalanilgan. Multiplikatorning mamlakat iqtisodiyotiga uzoq vaqt oralig'i davomidagi ta'sirini baholash uchun dinamik tarmoqlararo balans modelidan foydalaniladi.

Multiplikativ ta'sirlarni baholashning tarmoqlararo balans usuli ushbu vositaning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga alohida tarmoqlar rivojlanishining tarkibiy xususiyatlarini qanday ta'sir etishini hisobga olish, shuningdek, davlatning moliyaviy qo'llab-quvvatlashining zarur miqdorlarini asoslashni talab qiluvchi muayyan investitsiya loyihalarining ahamiyatini aniqlash uchun imkoniyatlar doirasini ifodalaydi. Tarmoqlararo balans usuli yordamida tarmoqlar (sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat sohalari) rivojlanishining umuman iqtisodiyotga hamda xususiy holda to'qimachilik sanoatiga ta'siri, shuningdek, to'qimachilik va sanoatining rivojlanishini iqtisodiyotga hamda uning tarmoqlariga (sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmatlar sohasiga) ta'siri ko'rib chiqildi. Ushbu o'zaro aloqalarning miqdoriy baholanishi istiqbol uchun mo'ljallangan prognoz parametrlarini va iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha davlat siyosatining chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Shunday qilib, o'rta muddatda to'qimachilik sanoatining rivojlanish dinamikasini prognoz qilish zarurati iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari - umuman sanoatning, xizmat ko'rsatish sohasi va qishloq xo'jaligining rivojlanishiga mos bo'lgan rivojlanish parametrlarini tahlil qilishni taqozo etadi. "Xarajatlar-ishlab chiqarish" modeli yirik tarmoq sifatida ifodalangan bo'lib, o'zida 8 ta sanoat tarmog'ini - elektr-energiya, yoqilg'i va kimyo sanoati, metallurgiya, mashinasozlik, sanoat qurilish materiallari, to'qimachilik va oziq-ovqat sanoatini, shuningdek, 3 ta jamlangan tarmoqlarni -xizmatlar sohasi, qishloq xo'jaligi, qurilishni qamrab oladi. Ushbu yondashuv "xarajatlar-ishlab chiqarish" modeliga asoslangan iqtisodiy-balans modelining vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Buning natijasida joriy holatni har tomonlama baholash, o'rta hamda uzoq muddatli rivojlanish prognozini amalga oshirish uchun shart-sharoit shakllantiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Davlyatova, G. M., & Abdullaeva, S. H. (2020). Economic perspectives of using the model" UNIVERSITY 3.0" in the education system of Uzbekistan. Экономика и бизнес: теория и практика, (2-1).

2. Davlyatova, G. M., & Kurpayanidi, K. (2020). Marketing as the main factor in introducing innovative products to the market. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume: 10, Issue, (5), 430.

3. Davlyatova, G. M. (2022). Jadidlar qarashlarida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (4), 16-34. doi: 10.5281/zenodo.6656676

4. Ivanovich, K. K. (2020). About some questions of classification of institutional conditions determining the structure of doing business in Uzbekistan. South Asian Journal

27

Т. 2. №5. 2022

RESEARCH _

SJIF 2022:5.962

of Marketing & Management Research, 10(5), 17-28. Doi: https://doi.org/10.5958/2249-877X.2020.00029.6

5. Kurpayanidi, K. I. (2022).Management of innovative activities of business entities in industry / K. I. Kurpayanidi, D. E. Mamurov : AL-FERGANUS. - 200 p. - ISBN 9789943-7707-3-7. - DOI 10.5281/zenodo.6475830.

6. Mamatova, Z. M., Nishonov, F.M. end ets. (2019). To the question of science approach to the construction of outsourcing business model of modern enterprise structure. Dostijeniya nauki I obrazovaniya. 7 (48). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/to-the-question-of-science-approach-to-the-construction-of-outsourcing-business-model-of-modern-enterprise-structure

7. Margianti, Eko Sri, and ets. (2022). Development of the business sector of the economy in the context of institutional transformation. In Development of the business sector of the economy in the context of institutional transformation (Version 1, p. 205) [Computer software]. Gunadarma Publisher. https://doi.org/10.5281/zenodo.6658834

8. Mukhsinova, S. O. end ets. (2021). The problem of optimal distribution of economic resources. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 14-22.

9. Tsoy D, Godinic D, Tong Q, Obrenovic B, Khudaykulov A, Kurpayanidi K. Impact of Social Media, Extended Parallel Process Model (EPPM) on the Intention to Stay at Home during the COVID-19 Pandemic. Sustainability. 2022; 14(12):7192. https://doi.org/10.3390/su14127192.

10. Абдуллаева, С. (2021). Тукимачилик махсулотлари бозорларининг халкаро ва худудий конъюнктураси: жорий холат тахлили. Экономика и образование, (2), 96-100.

11. Гафурова, Ф. С., & Давлятова, Г. М. (2019). Выявление и мобилизация резервов рационального использования ресурсов как фактор повышения эффективности производства. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)), 52-55.

12. Давлятова, Г. М. (2021). О некоторых направлениях развития промышленности Узбекистана на перспективу. Экономика и бизнес: теория и практика, (10-1), 101-105.

13. Жураева, Н. К. (2021). К проблемам совершенствования экономических моделей управления предприятием. Наука сегодня: теория и практика [Текст]: материалы между, 12

14. Куликова, О.М. (2019). Разработка методов и инструментов оценки уровня экономической стабильности предприятий текстилной и легкой промышленности в условиях инновационной активности.: Автореф. дис. канд. экан. наук. -Санкт-Петербург, С.14.

15. Курпаяниди К. И., Илёсов А.А. (2022). Саноат махсулотлари экспортининг ташкилий-иктисодий механизмларини такомиллаштириш (ФарFOна вилояти саноат тармоFи мисолида): монография / Курпаяниди К. И., Илёсов А.А..; М. A. Икрамов тахрир остида. -ФарFOна политехника институти. AL-FERGANUS, 184 б. ISBN 9789943-7707-5-1 Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.6618980

28

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACT

RESEARCH

16. Курпаяниди, К. И. (2022). Теоретические аспекты развития предпринимательства. Экономика и бизнес: теория и практика. 3-1(85). - С. 186188. - Doi 10.24412/2411-0450-2022-3-1-186-188 .

17. Курпаяниди, К. И. (2022). Факторы и направления развития институтов в сфере малого предпринимательства. Проблемы современной экономики, 3.

18. Курпаяниди, К.И. (2022). Вопросы разработки стратегии инвестиционной политики в условиях институциональной трансформации. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (3), 7-23. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6503328

19. Перминов С. М. Управление компанией на рынке В2В. - СПб., 2015.

20. Толибов, И. Ш. (2019). К вопросу оценки состояния и эффективности инфраструктуры предпринимательства в регионах Узбекистана. Экономика и бизнес: теория и практика, (1).

21. Тухлиев И.С. Особенности матриц SWOT и БКГ в стратегическом планировании организационных систем. - Т., 2014

22. Шумпетер Й.А. История экономического анализа. Перевод с английского. -М.: Экономическая школа, 2008-С.98.

© ®

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.