INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 International journal of theoretical and practical research
Scientific Journal
Year: 2021 Issue: 2 Volume: 1 Published: 01.12.2021
http://alferganus.uz
Ci tation:
Turg'unov, M. (2021). Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini boshqarishning o'ziga xos ayrim xususiyatlari. SJ International journal of theoretical and practical research, 1 (2),65-75.
QR-Article
Turg'unov Muhriddin
«Iqtisodiyot» kafedrasi assistenti Farg'ona politexnika institute
Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752127
DOI 10.5281/zenodo. 57 52127
OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARI FAOLIYATINI BOSHQARISHNING O'ZIGA XOS AYRIM XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Maqola oziq-ovqat sanoati korxonalarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Sanoat korxonalari faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy muhitining qisqacha tavsifi uning kerakli parametrlarini aniqlash uchun berilgan. Muallif tomonidan muhokama qilingan oziq-ovqat korxonalarida faoliyatini boshqarishning o'ziga xos ayrim xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Bunday oziq-ovqat sanoati korxonalarining boshqaruv mexanizmning tuzilishi taklif qilingan va uning tarkibiy qismlarining xususiyatlari berilgan.
Tayanch so'zlar: Oziq-ovqat xavfsizligi, boshqarish mexanizmi, ta'sir etuvchi omillar, islohotlar, oziq-ovqat sanoati, eksport, import, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti.
Тургунов Мухриддин
ассистент кафедры «Экономика» Ферганский политехнический институт
НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ УПРАВЛЕНИЯ ПРЕДПРИЯТИЯМИ ПИЩЕВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ
Аннотация: Статья посвящена изучению особенностей формирования организационно-экономического механизма управления пищевой промышленностью. Дано краткое описание социально-экономической среды промышленных предприятий для определения ее требуемых параметров. Рассмотрены некоторые особенности ведения пищевого бизнеса, обсуждаемые автором. Предложена структура механизма управления такими
© ®
65
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255
предприятиями пищевой промышленности и дана характеристика ее составных частей.
Ключевые слова: Продовольственная безопасность, механизм управления, влияющие факторы, реформы, пищевая промышленность, экспорт, импорт, экспорт продуктов питания.
Turgunov Mukhriddin
assistant at the Department of Economics Fergana Polytechnic Institute SOME FEATURES OF FOOD INDUSTRY MANAGEMENT
Abstract: The article is devoted to the study of the peculiarities of the formation of the organizational and economic mechanism of management of the food industry. A brief description of the socio-economic environment of industrial enterprises is given to determine its required parameters. Some specific features of food business management discussed by the author are considered. The structure of the management mechanism of such food industry enterprises is proposed and the characteristics of its components are given.
Keywords. Food security, management mechanism, influencing factors, reforms, food industry, export, import, food export.
Kirish
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, innovatsion o'zgarishlar har qanday faoliyat sohasidagi korxonalar samaradorligini oshirish omili hisoblanadi. Ayniqsa, va oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun investitsion transformatsiyalarni ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat sanoatini innovatsion rivojlanishga yo'naltirish mamlakatimiz uchun dolzarb va ustuvor vazifadir.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida oziq-ovqat sanoati faoliyatini rivojlantirish va uni boshqarish jarayonlari amaldagi qonun va qonun osti xujjatlari doirasida takomillashib bormoqda. "Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir" etib belgilangan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida eng muhim muammolaridan biri oziq-ovqat xavfsizligi va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'laqonli ta'minlashdir. Oziq-ovqat sanoati mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to'ldirishning ob'ektiv zarurati oziq-ovqat sanoati korxonalarining samarali ishlashini nazarda tutadi, chunki oxir-oqibat nafaqat aholining turmush darajasi, balki umuman iqtisodiyotning rivojlanishiga ham bog'liq. Shu bois, oziq-ovqat sanoati korxonalarini yetuk bozor munosabatlari sharoitida va ichki oziq-ovqat bozorida raqobatning kuchayishi sharoitida, nafaqat an'anaviy resurslardan, balki, birinchi navbatda, texnologik va tashkiliy asosda foydalanishga asoslangan yangi
@ ®
66
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 boshqaruv tizimi zarur. Bu vazifa nazariy va amaliy xarakterdagi bir qator yangi muammolarni hal qilish uchun asos xisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Ushbu amalga oshirilayotgan tadqiqotimiz doirasida oziq-ovqat sanoati faoliyatini takomillashtirish bo'yicha mahalliy olimlarimizning tadqiqotlari o'rganib chiqildi.
Jumladan N.M. Ziyavitdinovaning tadqiqotlarida oziq-ovqat sanoati korxonalarida bozor strategiyasini shakllantirishda, ularni rivojlantirish yo'nalishlarini ishlab chiqishda va tarmoq boshqaruvining tashkiliy tuzilishi takomillashtirilgan[2]. Shuningdek, I.Yu. Umarov tomonidan olib borilgan tadqiqotda oziq-ovqat sanoati iqtisodiy salohiyatini baholash bo'yicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan hamda tadqiq qilingan mintaqa oziq-ovqat sanoati korxonalarining moliyaviy iqtisodiy salohiyati baholash ishlari amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqot ishida yuqoridagi ishlardan farqli o'laroq oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyati boshqaruv mexanizmini takomillashtirish xususida so'z yuritildi.
Tahlil va natijalar
Mamlakatimizda oziq-ovqat sanoatida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi kundan kunga ortib bormoqda. Tahlil amalga oshirilayotgan davrda ya'ni, 2011 yildan 2020 yilga qadar davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi o'n barobarga yaqin ortganini kuzatish mumkin. Shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini 2011 yilda 47587,1 mlrd. so'mdan 2020 yil 367078,9 mlrd. so'mga va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi esa 2011 yil 36717,7 mlrd. so'mdan 2020 yil 42388,2 mlrd. so'mga yetganligi ko'rinadi.
1-jadval
Iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish
2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020
Sanoat mahsuloti hajmi, mlrd. so'm 47587,1 57552,5 70634,8 84011,6 97598,2 111869,4 148816,0 235340,7 322535,8 367078,9
Ishlab chiqaradigan
sanoat mahsulotlari 36717,7 43620,7 55332,8 67097,5 77088,2 89793,3 117736,0 189642,6 254860,9 304714,3
hajmi, mlrd. so'm
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, mlrd. so'm 7305,8 8610,6 11373,7 14387,2 18511,6 22400,5 23217,7 25256,0 35337,3 42388,2
Ichimliklar ishlab chiqarish 1211,0 1480,5 1787,9 2082,9 2538,1 3364,7 3793,9 4948,9 6402,5 7308,7
1 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan. @ ©
67
hajmi, mlrd. so'm
Jadval ma'lumotlarida aks ettirilgan ko'rsatkichlarning iqtisodiy samaradorligi ko'proq kichik korxonalar, ya'ni iqtisodiy jihatdan moslashuvchan bo'lgan tadbirkorlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Respublikada oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ekologik tozaligi, sun'iy emasligi, narxini arzonligi hamda sifat jihatidan iste'mol didini o'ziga tortishi bilan ajralib turadi. Ammo, respublika oziq-ovqat sanoati sohasida hal etilmagan muammolar mavjud. Chunki, mazkur mahsulotlar respublika aholisiga oziq-ovqat bozorlarida sotilishi bilan birga chet mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. Biroq, ekologik toza, jahon talablariga mos turdagi oziq-ovqat tovarlariga barcha xorijiy davlatlarda ehtiyoj juda katta. Bu esa, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirishni talab etadi. Ushbu soha xodimlarining vazifasi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni yo'lga qo'yishga erishishdan iboratdir.
Hozirgi kunda qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlarning salkam yuz foizi, chakana savdo aylanmasi to'liq holda kichik korxonalar hissasiga to'g'ri keladi. Lekin, oziq-ovqat sanoatida sanoat mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish sohasidagi rivojlanish darajasi talabga to'liq javob bermaydi. Bu esa, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarni ko'proq tashkil etishni, ularni ishlab chiqarish kuchlarini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish dolzarb vazifa ekanligini ko'rsatadi[4].
O'zbekistonda oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatining tez rivojlanib ketmasligiga asosiy sabab aylanma mablag'larning yetishmasligi, xomashyolar tanqisligi, ularning faoliyatini to'xtab qolishi va boshqalardir. Shuningdek, respublikada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va samaradorligini oshirish bo'yicha bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilayotgan bo'lsada, hududiy xususiyatlarni inobatga olish hamda raqobat muhitini yaratuvchi korxonalar faoliyatiga qo'yilgan talablar, unga ajratilgan imtiyozlardan samarali foydalanish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan iste'mol darajasi va ishlab chiqarish hajmini iqtisodiy matematik modellar asosida chuqur o'rganishni talab etadi. Ushbu tahlillar asosida esa mazkur sanoat korxonalarining boshqaruv mexanizmini tokomillashtirish va shu asosida raqobatga kirishish mumkin ekanligini ko'rishimiz mumkin[5].
Oziq-ovqat sanoati korxonalar faoliyatini rivojlantirish uchun uning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish xususiyatlari to'g'risida mulohazalar yuritilganda, birinchi navbatda har bir iqtisodiy faoliyat turida bo'lgani kabi tavakkalchilik bilan bog'liq faoliyat tushuniladi. Chunki umumiy ma'noda tavakkalchilik - tadbirkorlik faoliyatini yuritishda xavf-xatarga va tahlikaga borishdir. Tavakkalchilik tadbirkorlik faoliyatining tub negizi bo'lishiga sabab:
ce
®
68
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 birinchidan, tadbirkorning tavakkalchilik asosida faoliyat yuritishini iqtisodiy mustaqilligi, faoliyat turini erkin tanlashi, ishlab chiqarish vositalaridan erkin foydalanishini bildiradi.
ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi sub'ektlar raqobat kurashiga kirishadi.
uchinchidan, tadbirkor tavakkalchilik bilan ish boshlaganda boshqa qator omillar ta'sirida ham tahlikaga borishi mumkin. Jumladan, iqtisodiyotdagi mavjud nobarqarorlik holati ishlab chiqarish sohasini tanlashda tavakkalchilik xavfini oshiradi. Chunki bu sohaning foydali ekanligi to'g'risida aniqlik darajasi bo'lmaydi.
to'rtinchidan, tavakkalchilik qonunchilikka ham bog'liq, ya'ni amal qilayotgan qonun ostida huquqiy me'yorlardagi qonunchilikka zid holatlar tavakkalchilik xavfini oshiradi.
Oziq-ovqat sanoati agrosanoat majmuining ajralmas qismi bo'lgan xalq iste'moli tovarlari sanoatining tarmoqlaridan biri bo'lib, insonning eng eng muhim ehtiyojlarini qondirishga mo'ljallangan. Oziq-ovqat sanoati xalq xo'jaligining muhim, ko'p tarmoqli, ijtimoiy yo'naltirilgan tarmog'i bo'lib, keng assortimentdagi yuqori sifatli iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Natijada mehnatga layoqatli aholi bandligini ta'minlash, uning salomatligi va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, oziq-ovqat sanoati ko'plab turdosh tarmoqlar bilan chambarchas bog'liq; qishloq xo'jaligi, kimyo va mashinasozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo'shadi.
Oziq-ovqat sanoatining rivonlanishi birinchi navbatda texnologik salohiyatining samaradorligi quyidagilar bilan belgilanadi:
1. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazib berish;
2. Ushbu sanoat uchun qurilgan ob'ektlarning mavjudligi;
3. Barcha turdagi energiya resurslari bilan ta'minlash;
4. Transportning samarali ishlashi.
Innovatsiyalar korxona muvaffaqiyatining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda ular oziq-ovqat sanoatida muhim rol o'ynay boshladilar, bu odatda yetarlicha yetuk va sekin rivojlanayotgan sektor sifatida belgilandi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarining boshqaruv mexanizmini takomillashtirish hisobiga ushbu sohada sezilarli iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin ekanligini ko'rishimiz mumkin. Ushbu natijaga erishish uchun esa oziq-ovqat sanoati korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmiga ta'sir etuvchi omillarni alohida turkumlab olish va shu asosida xar bir omilni korxona faoliyatiga ta'sirini baholash lozim[6].
1-rasm ma'lumotlaridan xulosa qilish mumkinki, barcha korxonalarda bo'lgani kabi huquqiy-me'yoriy omillarni korxonaning boshqaruv mexanizmigaga eng yuqori
@ ©
69
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 ta'sir etishini va undan keyingisi esa iqtisodiy omillar hisoblanadi. Bunga biz o'ndan ortiq omillarni kiritib har birini ta'sirini baholash mumkin.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmiga ta'sir etuvchi omillar
I
Huquqiy-me'yoriy omillar
1. Me'yoriy-huquqiy hujjatlarga bozor elementlarining kiritish(raqobat); 2.Qonunlarning
iqtisodiy erkinlikka mosligi;
3. Me'yoriy-huquqiy
ba'zani takomillashtirib borish;
4.Huquqiy hujjatlarga amal qilish
Iqtisodiy omillar
1. Narx;
2. Soliq;
3. Moliyalashtirish; 4. Sug'urta;
5. Kredit;
6. Ish haqi;
7. Infratuzilma;
8. Investitsiya;
9. Mahsulot tannarxi 10. Innovatsiya
Tashkiliy omillar
1. Boshqaruv tizimini muvofiqlashtirish;
2. Resurslar bozori;
3. Ist'molchilar talabi;
4. Marketing xizmati;
5. Transport ta'minoti;
6. Sifat;
7. Mahsulotni sotish
tizimi;
8. Saqlash va qayta
ishlash;
9. Kadrlar malakasi; 10. Ixtisoslashuv
1-rasm. Oziq-ovqat sanoati korxonalarini boshqarish mexanizmini takomillishtirishga ta'sir etuvchi omillar2
Oziq-ovqat sanoati korxonalarining mahsulotlarini turkumlashda ularning har xil xususiyatlarini hisobga olib ularning boshqaruv strukturasi ham turlicha shakllanitiriladi. Shuningdek, mustaqil iqtisodiy faoliyat va javobgarlik tadbirkorlik faoliyatini yuritishning o'ziga xos xususiyatlaridan biri xisobiga ushbu korxonalarda boshqaruvning eng zamonaviy usullaridan foydalanishlik talab etiladi. Bu xususiyat tadbirkorlik mohiyatidan kelib chiqib, tadbirkorning iqtisodiy mustaqilligi, teng huquqli bo'lishi bilan xam ifodalanadi. Tadbirkorning tavakkalchilik bilan faoliyat yuritishi ham uning iqtisodiy mustaqilligidan, faoliyat turini erkin tanlashidan dalolat berib undagi boshqaruv mexanizmi ham o'ziga hosligi bilan ajralib turadi.
Shuni ta'kidlash joizki, oziq-ovqat sanoatida kichik korxonaning o'ziga xos boshqaruv mexanizmlari va xususiyatlari to'g'risidagi masala ham munozaralidir. Ularni ikki guruhga ajratib boshqarish va o'rganish mumkin, ya'ni iqtisodiy va ijtimoiy
2 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
70
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 guruhlarga. Oziq-ovqat sanoatida kichik tadbirkorlikning iqtisodiy xususiyati bo'lib, uning tub vazifalarini faoliyat turi sifatida va tadbirkorning mulkdor sifatida mos kelishi hisoblanadi. Eng muhimi, kichik tadbirkorlikning ijtimoiy xususiyati jamiyatda ijtimoiy tanglikni pasaytiradi va bozor munosabatlarini chuqurlashtirishga olib keladi. Barcha tadbirkorlik faoliyati, xususan, oziq-ovqat sanoati tadbirkorligi uchun ham yaratilayotgan mahsulotning iste'mol qilinishi, uning savdodagi xarid miqdori muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, tadbirkorning boshqaruv mexanizmi masalalarini yaxshi anglashi tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.
2-jadval
Iste'mol mollari ishlab chiqarish tarkibi (foizda)3
Yillar 2000 2005 2010 2015 2020
Jami 100 100 100 100 100
shu jumladan:
oziq-ovqat mahsulotlari 46,9 39,6 38,2 43,1 33,6
vino-aroq mahsulotlari 7,3 3,4 3,7 2,9 2,7
va pivo
nooziq-
ovqat 45,8 57 58,1 54 63,7
mahsulotlari
Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ma'lumki, mamlakatimizda o'tgan yillar davomida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish ulushini sezilarli ravishda boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilishiga nisbatan kamayib borayotganligini tahlil qilishimiz mumkin. Ushbu tahlil asosida mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarilishini kamayish tendensiyasida ketmoqda deb aytish notog'ri deb qarash mumkin. Buning sababi mahsulotlar aynan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sezilarli darajada kamayganini ko'rishimiz va oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligini ta'minlash birinchi darajadagi maqsad qilib olinganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
Tadqiqot maqsadiga erishish va muayyan vazifalarni hal qilish uchun tadqiqotda quyidagi usullardan foydalanilgan:
■ monografik-turli mamlakatlarda innovatsion faoliyatni boshqarish bo'yicha jahon tajribasini o'rganishda;
■ mavhum-mantiqiy-sabab-oqibat munosabatlarini o'rnatish va xulosalar va takliflarni shakllantirish;
3 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan. @ ©
71
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255
■ iqtisodiy-statistik - mamlakat oziq-ovqat sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini rivojlantirishning hozirgi holati va tendentsiyalarini tahlil qilish;
■ tahlil va sintez usullari, hisoblash va konstruktiv - oziq-ovqat sanoati korxonalarining innovatsion rivojlanishini boshqarishning iqtisodiy mexanizmi samaradorligini baholash va innovatsion faoliyatni takomillashtirish yo'nalishlarini asoslashda;
■ qiyosiy tahlil-oziq-ovqat sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari bo'yicha yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan taklif etilgan metodologik yondashuvlar, tushunchalar, ishlanmalar va takliflarni batafsil o'rganishda.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish eng yaxshi harakat va chora-tadbirlarni izlashni talab qiladi, ikkinchisi esa an'anaviy va innovatsion usullar, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan faoliyat yuritish uslublari o'rtasidagi qarama-qarshiliklar paydo bo'lishi sababli ko'pincha qiyinlashadi. An'anaviy faoliyat turidan yangi faoliyat turiga bunday o'tish bosqichma-bosqich, amalga oshiriladi, baholashni, yangi salohiyatni to'plashni, harakatlarni amalga oshirishning samarali usullarini izlashni talab qiladi.
Xulosa va takliflar
Mamlakatimizda oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini boshqarish mexanizmiga ta'sir etuvchi omillar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish asosida quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
- oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj hamisha yuqori bo'lganligini, bu ehtiyoj bundan buyon ham ortib borishini hisobga olib, mazkur sohadagi tadbikorlik sub'ektlari faoliyatini yanada rivojlantirish zarur;
- oziq-ovqat korxonalarining xom ashyo manbai bo'lgan qishloq xo'jaligida sanoat ishlab chiqarishning kichik sanoat korxonalariga davlat ko'magini berish hamda ularga qo'shimcha imtiyozlar yaratish; oziq-ovqat sanoati korxonalarni ishlab chiqarish salohiyati, bilimi hamda malakasini oshirish tizimini yangilash va takomillashtirish.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarida boshqarish mexanizmiga ta'sir etuvchi omillar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish asosida quyidagi xulosalarni qilish mumkin: oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj hamisha yuqori bo'lganligini, bu ehtiyoj bundan buyon ham ortib borishini hisobga olib, mazkur sohadagi tadbikorlik sub'ektlari faoliyatini yanada rivojlantirish zarur;
oziq-ovqat korxonalarining xomashyo manbai bo'lgan qishloq xo'jaligida sanoat ishlab chiqarishning kichik sanoat korxonalariga davlat ko'magini berish hamda ularga qo'shimcha imtiyozlar yaratish; oziq-ovqat sanoati korxonalarni ishlab chiqarish salohiyati, bilimi hamda malakasini oshirish tizimini yangilash va takomillashtirish.
@ ©
72
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 Oziq-ovqat sanoati korxonalarida boshqarish mexanizmiga ta'sir etuvchi omillar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish asosida quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj hamisha yuqori bo'lganligini, bu ehtiyoj bundan buyon ham ortib borishini hisobga olib, mazkur sohadagi tadbikorlik sub'ektlari faoliyatini yanada rivojlantirish zarur;
oziq-ovqat korxonalarining xomashyo manbai bo'lgan qishloq xo'jaligida sanoat ishlab chiqarishning kichik sanoat korxonalariga davlat ko'magini berish hamda ularga qo'shimcha imtiyozlar yaratish;
oziq-ovqat sanoati korxonalarni ishlab chiqarish salohiyati, bilimi hamda malakasini oshirish tizimini yangilash va takomillashtirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Abdullaev, A. & Kurpayanidi, K., (2021). Covid-19 pandemic in central Asia: policy and environmental implications and responses for SMES support in Uzbekistan.
In E3S Web of Conferences (Vol. 258, p. 05027). EDP Sciences.
2. Kodirov, S. (2021). Issues of business cooperation in the national economy of Uzbekistan. Экономика и социум, (7), 79-88.
3. Kurpayanidi, K., Abdullaev, A., & Muhsinova, SH. (2021). Analysis of the macroeconomic policy of the Republic of Uzbekistan. Obshchestvo i innovacii, 2(6/S), 248-252.
4. Mirzaev, A. T. (2020). Assessment of cluster formation in management of recreational activity. ISJ Theoretical & Applied Science, 04 (84), 605-610. https://dx. doi. org/10.15863/TAS. 2020.04.84.101
5. Mirzaev, A.T (2018). The level of use of tourist attractions in the regions and the factors affecting them, Economics and Innovative Technologies: Vol. 2018 : No. 3, Article 19. Available at: https://uzjournals.edu.uz/iqtisodiyot/vol2018/iss3/19
6. Musaevna, U. Z., & Anvarjonqizi, X. D. (2021). To the Issues of Improving Personnel Motivation in Industrial Enterprises. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 1, 70-80.
7. Tkach, D. V. and ets. (2020). Some questions about the impact of the COVID-19 pandemic on the development of business entities. ISJ Theoretical & Applied Science, 11 (91), 1-4. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.11.91.1
8. Tsoy, D., Tirasawasdichai, T., & ets. (2021). Role of Social Media in Shaping Public Risk Perception during COVID-19 Pandemic: A Theoretical Review. International Journal of Management Science and Business Administration, 7(2), 3541.
@ ®
73
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255
9. Turgunov, M. (2019). Mechanisms of effective management of corporations in the Republic of Uzbekistan. In Теория и практика корпоративного менеджмента (pp. 123-124).
10. Turgunov, M. (2021). Issues of innovative approach and financing of innovative projects in rapid economic development. Экономика и социум, (7), 151-159.
11. Turgunov, M. (2021). State and prospects of the republic of Uzbekistan in international ratings of innovation development. ISJ Theoretical & Applied Science, 7(99), 37-41.
12. Тургунов, М. М. (2021). Совершенствование механизмов управления предприятиями пищевой промышленности. Наука сегодня: фундаментальные и прикладные исследования, 25.
© ©
74