Научная статья на тему 'SANOAT MAHSULOTLARI EKSPORTI: HUDUDIY TAHLIL, OMILLAR VA EKSPORTDAGI TENDENTSIYALAR (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)'

SANOAT MAHSULOTLARI EKSPORTI: HUDUDIY TAHLIL, OMILLAR VA EKSPORTDAGI TENDENTSIYALAR (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
541
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bevosita omillar / bilvosita omillar / pandemic inqiroz / sanoat mahsulotlari eksporti / savdo urushi / tashqi savdo / eksport. / direct factors / indirect factors / pandemic crisis / industrial export / trade war / foreign trade / export

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ilyosov, Asrorjon Axrorjon O‘g‘li

Bugungi kunda mamlakatimiz eksportbop hamda yuqori texnologiyali raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga asosiy e’tibor qaratmoqda. Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati misolida sanoat mahsulotlari eksportining dinamik tahlili amalga oshirilgan. Tahlil asosida eksportdagi o‘zgarish tendentsiyalari va ta’sir etuvchi omillar aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPORT OF INDUSTRIAL PRODUCTS: REGIONAL ANALYSIS, FACTORS AND EXPORT TRENDS (ON THE EXAMPLE OF THE FERGANA REGION)

Today in our country special attention is paid to the production of export-oriented and high-tech competitive industrial products. The article presents a dynamic analysis of industrial exports on the example of the Fergana region. The analysis identifies export trends and influencing factors.

Текст научной работы на тему «SANOAT MAHSULOTLARI EKSPORTI: HUDUDIY TAHLIL, OMILLAR VA EKSPORTDAGI TENDENTSIYALAR (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)»

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2022 Issue: 1 Volume: 2 Published: 31.01.2022

http://alferganus.uz

Citation:

Ilyosov, A.A. (2022). Export of industrial products: regional analysis, factors and export trends (on the example of the Fergana region). SJ International journal of theoretical and practical research, 2 (1), 31-39.

Ilyosov, A.A. (2022). Sanoat mahsulotlari eksporti: hududiy tahlil, omillar va eksportdagi tendentsiyalar (Farg'ona viloyati misolida). Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (1), 31-39.

Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6089956

DOI 10.5281/zenodo .6089956

ISSN 2181-2357 T. 2. №1. 2022

ISJIF 2021:5.5

QR-Article

l-iapsi'toi-da .tr q' IG £2BUzon)n

Ilyosov Asrorjon Axrorjon o'g'li

Farg'onapolitexnika instituti, tayanch doktorant

UDC 332.142

SANOAT MAHSULOTLARI EKSPORTI: HUDUDIY TAHLIL, OMILLAR VA

EKSPORTDAGI TENDENTSIYALAR (FARG'ONA VILOYATI MISOLIDA)

Annotatsiya: Bugungi kunda mamlakatimiz eksportbop hamdayuqori texnologiyali raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga asosiy e'tibor qaratmoqda. Ushbu maqolada Farg'ona viloyati misolida sanoat mahsulotlari eksportining dinamik tahlili amalga oshirilgan. Tahlil asosida eksportdagi o'zgarish tendentsiyalari va ta'sir etuvchi omillar aniqlangan.

Kalit so'zlar: bevosita omillar, bilvosita omillar, pandemic inqiroz, sanoat mahsulotlari eksporti, savdo urushi, tashqi savdo, eksport.

Ilyosov Asrorjon Akhrorjon ugli

Fergana polytechnic institute, doctoral student

EXPORT OF INDUSTRIAL PRODUCTS: REGIONAL ANALYSIS, FACTORS

AND EXPORT TRENDS (ON THE EXAMPLE OF THE FERGANA REGION)

Abstract: Today in our country special attention is paid to the production of export-oriented and high-tech competitive industrial products. The article presents a dynamic analysis of industrial exports on the example of the Fergana region. The analysis identifies export trends and influencing factors.

Key words: direct factors, indirect factors, pandemic crisis, industrial export, trade war, foreign trade, export.

© ©

31

Илёсов Асроржон Ахроржон угли

Ферганский политехнический институт,

базовый докторант

ЭКСПОРТ ПРОМЫШЛЕННОЙ ПРОДУКЦИИ: РЕГИОНАЛЬНЫЙ АНАЛИЗ, ФАКТОРЫ И ТЕНДЕНЦИИ ЭКСПОРТА (НА ПРИМЕРЕ ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ)

Аннотация: Сегодня в нашей стране уделяется особое внимание производству экспортно-ориентированной и высокотехнологичной конкурентоспособной промышленной продукции. В статье представлен динамический анализ промышленного экспорта на примере Ферганской области. Анализ выявляет тенденции в экспорте и влияющие факторы.

Ключевые слова: прямые факторы, косвенные факторы, пандемический кризис, промышленный экспорт, торговая война, внешняя торговля, экспорт.

Kirish

Butun dunyoda globallashuv jarayonlari, xalqaro maydonda turli manfaatlar to'qnashuvi kuchayib borayotgan vaziyatda eksport faoliyatini rivojlantirish, ayniqsa, sifatli, raqobatbardosh sanoat mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish dolzarb masalaga aylandi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

Ilyosov A. (2020) raqamli iqtisodiyotda raqamli ishlab chiqarish va sanoat mahsulotlarini eksport qilishdagi ayrim muammolarga e'tibor qaratilgan [1].

Kurpayanidi K., Ilyosov A. (2020) mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish kontekstida raqamli texnologiyalardan sanoatda foydalanish muammolarini o'rgandilar [2].

Kurpayanidi K. va boshqalar. (2020) O'zbekistonda raqobatbardosh milliy innovatsion tizimni shakllantirish masalasi tahlil qilingan [3].

Kurpayanidi K., Ilyosov A. (2020) raqamli iqtisodiyotda sanoat mahsulotlari eksportining rivojlanish istiqbollari o'rganilgan [4].

Abdullayev, A. M., & Kurpayanidi, K. I. (2020) sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv metodoligiyasi va mexanizmlari tadqiq qilingan [5].

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotda tizimli tahlil, sintez, statistik guruhlash, ekspert baholari va boshqa usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar

Globallashuv jarayonlarining afzalliklaridan unumli foydalanish orqali sanoat mahsulotlari eksportini yanada ko'paytirish muhim ahamiyat kasb

@ ®

32

etadi. Masalan, birgina 2018 yil noyabrida boshlangan «AQSH-Xitoy savdo urushi» natijasida Xitoyning AQSHdan importi cheklanishi va pandemik inqiroz sharoitida mamlakatda iqtisodiy faollikning pasayishi kuzatildi. Buni inobatga olgan holda Xitoy bozori uchun AQSH yetkazib berayotgan importi cheklangan tovar va xizmatlar o'rnini egallashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

2020 yil yakuniga ko'ra mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasida eng yuqori, ya'ni 17,7 % ulush Xitoy hissasiga to'g'ri keladi. 2020 yilda ushbu mamlakatga eksportimiz 1,9 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. Eksportning asosiy qismi tabiiy gaz, ip-kalava, paxta tolasi, kimyoviy mahsulotlar va xizmatlar hissasiga to'g'ri kelmoqda.

SHuningdek, Xitoydagi tanglik holati mamlakatimiz iqtisodiyotiga import qilayotgan mashina va uskunalar (importning 51 %i) hajmining qisqarishi bilan bog'liq sanoat mahsulotlari eksportiga quyidagi xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin:

- mashina va uskunalar, butlovchi qismlar hamda xom ashyo mahsulotlari importining kamayishi sanoat ishlab chiqarishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Trikotaj, poyafzal, sintetik tolalar, mebel furniturasi va polietilen xom ashyosining asosiy qismi, shu bilan birga yuqorida aytib o'tganimizdek, import qilinayotgan mashina va uskunalarning yarmidan ko'prog'i Xitoydan olib kelinadi;

- texnologik uskunalar importidagi muammolar esa asosiy kapitalga investitsiyalar o'sishining pasayishiga yoki kamayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu mahsulotlar importining 36,3 % Xitoydan amalga oshiriladi;

- Xitoydagi ichki talabning pasayishi natijasida ayrim mahsulotlarimiz eksportining kamayishi. Masalan, 2019 yilda tabiiy gaz eksportining 40,6 %i ushbu mamlakatga bo'lgan tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilda 2019 yilga nisbatan ushbu mahsulot umumiy eksporti 79,2 %ga kamaygan.

Yuqoridagi sharoitda, boshqa tashqi savdo hamkorlarini qidirib topish muayyan vaqt talab qilishi yoki umuman imkonsiz ham bo'lishi mumkin. Umuman olganda Xitoy bilan bog'liq bunday holat 2021 yildagi YalM o'sish sur'atini 0,2-0,3 % bandga pasaytirishi mumkin18.

Xitoydagi pandemik inqiroz bilan bog'liq vaziyat asosiy savdo hamkorlarimiz iqtisodiyotidagi holatning yomonlashuvi orqali ham bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Xususan, energiya manbalarining eng asosiy importyori bo'lgan Xitoyda neftga bo'lgan talabning pasayishi natijasida, jahonda neftb narxi sezilarli darajada arzonlashdi. Bu o'z navbatida Rossiya va Qozog'iston kabi neftb eksport qiluvchi mamlakatlarga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Natijada ushbu mamlakatlardagi iqtisodiy o'sishning sekinlashuvi va valyuta devalvatsiyasi bilan bog'liq holat tovar va xizmatlarimizga bo'lgan tashqi talab va pul o'tkazmalari hajmining kamayishi bilan bog'liq bo'lgan ichki talabning pasayishiga olib keldi. Tashqi savdo hamkorlarimiz iqtisodiyoti va jahon moliya

18 O'/bekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020 yildagi faoliyati to'g'risida hisoboti. 2021 yil. 203 bet. @ ®

33

bozoridagi bunday tanglik vaziyatida iqtisodiyomizga kirib keladigan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmining qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Viloyat sanoat mahsulotlari eksportining rivojlanishiga bir qator bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi omillarni sanab o'tish mumkin (2.6-rasm). Bevosita ta'sir etuvchi omillar:

Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) - muayyan bir vaqt, asosan bir yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va ko'rsatilgan xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati hisoblanib, uning asosiy qismini sanoat mahsulotlari tashkil qiladi. Farg'ona viloyati YaHMning qariyb 60,0 %ini sanoat ishlab chiqarish tashkil qiladi.

Eksport tovar va xizmatlarning respublika bojxona hududidan olib chiqilishi bo'lib, uning tarkibida sanoat tovarlari 2020 yilda Respublika jami eksportida 19,2 %ni qayd etgan.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi shak-shubhasiz sanoat mahsulotlari eksportiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biridir.

Jalb qilinayotgan investitsiyalar pirovard sanoat ishlab chiqarish hajmining ortishiga ta'sir qilish bilan birga xorijiy investitsiyalar asosan eksportbop sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo'naltiriladi.

Aholi pul daromadlarining o'sib borishi harid qobiliyati va real talabning ortishi hisobiga sanoat ishlab chiqarishni ko'paytirib, eksport xajmiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biri bu - kadrlar masalasidir. Oddiy iqtisodchi yoki buxgalter emas «eksportchi-mutaxassis» zarur. «Eksportchi-mutaxassis» - iqtisodchi, marketolog, diplomat, yurist, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi hamda bir necha xorijiy tillarni biladigan kadr bo'lishi lozim. CHunki, har bir mamlakat o'zining iqtisodiy rivojlanish yo'li, huquqiy va diplomatik munosabatlari, diniy qadriyatlari asosida shakllangan madaniy va ma'naviy xususiyatlari, shuningdek so'zlashish tiliga egadir.

Sanoat mahsulotlari eksportining barqaror o'sishi har tomonlama hududiy sanoat ishlab chiqarishning raqobatbardoshligiga bog'liq. Kompleks iqtisodiy kategoriya sifatida raqobatbardoshlik turli yo'nalishlardagi ko'rsatkichlarni o'ziga qamrab olgan. Raqobatbardoshlik hudud yoki mamlakatning tarkibiy o'zgarish sur'ati va sifati, rivojlanish darajasi va ushbu o'zgarishlarning jamiyat farovonligiga qo'shadigan hissasini belgilaydi. Sanoat tarmog'ining farovonlikka qo'shadigan hissasi uning mahsulot ishlab chiqarish, ushbu mahsulotlarni jahon bozorlarida ayirboshlash va kompleks ishlab jarayonlarida ixtisoslashishiga bog'liq.

Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun anbanaviy bo'lgan xom ashyo eksportidan voz kechish, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni jahon bozoriga yetkazib berish hozirgi globallashuv jarayonlarida jon saqlab qolish hamda yuqori samaradorligiga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Hudud eksporti tarkibida tayyor mahsulotlar ulushining ortib borishi sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi hisobiga amalga oshadi.

34

Bilvosita ta'sir etuvchi omillar:

Hududiy joylashuv, mavjud resurslar miqdori, sifati, infratuzilmalar, ekologik vaziyat va iqlim ishlab chiqarish imkoniyatlarini belgilab beruvchi bilvosita omillarning eng yetakchi element hisoblanadi.

Davlat bosh islohotchi sifatida barcha munosabatlarning asosiy sub'ekti sifatida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Davlat sanoat ishlab chiqarish va uning jahon bo/oridagi ustunligini ta'minlashda amalga oshiradigan sanoat, tashqi savdo, bojxona va davlat-xususiy sherikchilik siyosatiga uzviy bog'liqdir. Tashqi savdo va bojxona siyosati bojxona munosabatlarini nazarda tutuvchi mexanizmlar yaratilganligiga qaramasdan takomillashtirish, zamon talablariga moslashtirish zarur. SHu o'rinda eng asosiy urg'u «elektron bojxona»dan «raqamli bojxona» mexanizmlarini samarali joriy etishga qaratilgan. Ushbu tizimning yo'lga qo'yilishi eksportga sarflanadigan rasmiylashtirish vaqtini 5 barobarga kamaytirishni ko'zda tutadi.

Iqtisodiy muhit o'z ichiga: bozor mexanizmi, institutsional rivojlanish, tarkibiy o'zgarishlar va tashqi bozorga chiqishdagi to'siqlar kabilarni olib, ular sanoat mahsulotlari eksportiga bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi omillar jumlasidandir. Har bir mahsulot talab, taklif, narx va raqobat singari bozor mexanizmiga bo'ysunadi. Tashqi bozorlardagi ushbu mexanizmlarning xususiyatlarini o'rganish, tahlil qilish va bozordagi faoliyat istiqbollarini belgilash taqozo etiladi. Bu jarayonga xizmat qiluvchi kuchli institutsional asos bo'lsagina bozordagi raqobatda jon saqlab qolish imkoniyati yaratiladi. Hududiy tarkibiy o'zgarish siyosati, ustuvor sanoat tarmoqlarini belgilab olishni nazarda tutib, eksport salohiyatiga ijobiy turtki beradi. Tashqi bozorga chiqishdagi to'siqlar iqtisodiy (tarifli) va ma'muriy (notarif) ko'rinishlarda namoyon bo'lib, eksport faoliyatini erkin olib borishga to'sqinlik qiladi.

Xalqaro muhit haqida gap ketganda birinchi navbatda har bir mamlakatning geografik joylashuvi, iqlimi, rel'efi, mavjud tabiiy resurslari va intellektual salohiyati belgilab beradigan xalqaro mehnat taqsimoti gavdalanadi. Xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiya aloqalarining rivojlanishi xalqaro savdo munosabatlarining shakllanishiga xizmat qiladi. Ikki va undan ortiq mamlakatlar tomonidan o'zaro tovar almashinuvi jarayonlari davlat, mintaqa va yuqori darajada xalqaro standartlar (ISO, CE va b.) asosida amal qiladi. Xalqaro raqobatda ustunlik mamlakat tovarlarining jahonda talabgir bo'lishini belgilab beradi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik va a'zolik orqali mamlakat keng ko'lamli savdo ustunliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. SHu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki, mamlakatimiz 2021 yil 10 apreldan boshlab Yevropa Ittifoqi(EI)ning Preferentsiyalar bosh tizimi - GSP+(Generalized System of Preferences) doirasida benefitsiar mamlakat sifatida qabul qilindi. Bu mamlakatimizga GSP+ tizimidagi mahsulotlarni Yelga imtiyozli olib kirish orqali o'z eksport salohiyatini yanada kengaytirish va qo'shimcha investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini yaratadi.

CC

®

35

ISSN 2181-2357 T. 2. №1. 2022

ISJIF 2021:5.5

2011-2020 yillarda sanoat mahsulotlari eksportining tahlili ushbu davrda notekis dinamika qayd etilganligini ko'rsatmoqda (1-jadval).

1-jadval

Farg'ona viloyat tumanlaridagi sanoat mahsulotlari eksportining 2011-2020 yillardagi rivojlanish dinamikasi, ming AQSH dollar

Yillar 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020

Farg'ona viloyati 395771,9 335740,6 343927,7 362837,9 289100,0 320967,8 365143,5 336156,2 337182,9 347836,5

Marg'ilon sh. 4392,7 3078,5 3922,0 1989,8 5160,2 8446,2 9565,7 11659,6 10327,1 16496,6

Farg'ona sh. 177596,9 152782,3 137958,4 138269,0 79586,0 94148,5 81937,3 45684,0 38973,4 18295,1

Quvasoy sh. 4529,4 3333,5 3715,5 2399,9 812,6 707,6 4189,5 2576,0 4972,9 7946,5

Qo'qon sh. 24814,7 37061,6 65416,2 105848,9 93078,2 74406,7 102903,9 109903,1 106989,6 98278,9

Bag'dod 15779,4 6119,9 2826,2 2696,0 1432,3 929,8 1397,6 997,0 2045,8 3822,4

Beshariq 14383,3 9330,8 9101,6 5239,7 4881,2 3968,5 4206,7 3462,8 4112,9 2523,7

Buvayda 881,4 0,0 22,0 699,0 46,9 71,3 7111,4 545,7 6635,7 2905,9

Dang'ara 169,9 23209,9 41385,5 33280,4 40735,8 25081,4 2266,7 5490,9 7886,5 9597,7

Yozyovon 0,0 0,0 0,0 0,0 1178,2 0,0 109,1 66,8 465,4 1830,7

Oltiariq 76,29 208,77 186,25 694,00 1156,20 1159,95 2188,85 1689,74 2607,07 5015,9

Qo'shtepa 0 120,1 325,3 372,3 155,5 98,9 68,3 74,6 1401,7 5147,6

Rishton 12994,1 5651,6 6552,3 6882,2 6129,1 7844,2 8936,4 6867,4 7826,7 5665,1

So'x 0,7 0,0 0,0 0,0 0,0 496,4 1115,1 1525,0 1203,6 1480,5

Toshloq 113466,4 101695,9 95984,5 78893,6 71593,8 94444,1 118970,1 119438,3 111287,6 93133,8

Uchko'prik 6768,2 4720,0 4651,9 3275,7 1507,1 3336,1 3126,7 1548,5 6367,3 18563,7

Farg'ona 5,194 0 1,07 6,078 32,278 1899,2 4261,581 6230,245 5796,5 7785,9

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Furqat 1472,4 343,5 503,9 450,5 468,4 899,9 601,4 642,9 871,1 6021,1

O'zbekiston 7817,7 5524,2 774,6 2447,7 294,0 613,7 990,4 653,2 2334,6 2632,1

Quva 7916,3 1966,5 2832,9 3471,3 11727,3 16572,8 14681,3 29043,5 24305,5 13197,1

O'rganilayotgan davrda sanoat mahsulotlari eksporti ko'rsatkichi tahlili ko'rilayotgan davrda uning ma'lum tebranishlar asosida o'zgarganligini ko'rsatadi. Ya'ni, 2013, 2014, 2016, 2017, 2019 yillarda o'tgan davrga nisbatan o'sish kuzatilgan bo'lsada, 2011 yilga nisbatan olganda 2020 yilda sanoat mahsulotlari eksporti sezilarli darajada kamaygan. Jadval ma'lumotlari shuni ko'rsatmoqdaki, sanoat mahsulotlari eksporti 2011 yilda 395771,9 ming. AQSH dollari, 2020 yilda esa 347836,5 ming. AQSH dollarini tashkil etgan bo'lib, -47935,4 ming. AQSH dollarga kamroq yoki 12,2 %ga pasayganligini ko'rish mumkin. Buning asosiy sababi sifatida milliy iqtisodiyot darajasida valyuta siyosatining liberallashtirilishini ko'rsatish mumkin.

Viloyatda sanoat mahsulotlari eksporti hududlar kesimida juda ham notekis rivojlanganligini ko'rish mumkin. Masalan, 2020 yil yakunlarini tahlil qiladigan bo'lsak, viloyat jami sanoat mahsulotlari eksportida 5 %dan yuqori ulushga ega hududlarning hissasi 65,7 %ni, ya'ni Qo'qon shahri (28,3 %), Toshloq tumani (26,8 %), Uchko'prik tumani (5,3 %) va Farg'ona shahri (5,3 %)ni tashkil qilmoqda (1-rasm).

© ©

36

ISSN 2181-2357 T. 2. №1. 2022

Viloyat sanoat m

¡lotlari eksportidagi ulushi, %da

■ So'x, 0,4 %

I Yozyovon, 0,5 % Beshariq, 0,7 % Buvayda, 0,8 % O'zbekiston, 0,8 % Bag'dod, 1,1 % lOltiariq, 1,4 % iQo'shtepa, 1,5 % Rishton, 1,6 % iFurqat, 1,7 % IFarg'ona, 2,2 % I Quvasoy sh., 2,3 % Dang'ara, 2,8 % Quva, 3,8 % Marg'ilon sh., 4,7 % Uchko'prik, 5,3 % iFarg'ona sh., 5,3 % Qo'qon sh., 28,3 % Toshloq, 26,8 %

1-rasm. 2020 yil Farg'ona viloyati sanoat mahsulotlari eksportida tuman va

shaharlar ulushi, %19

Buvayda (0,8 %), O'zbekiston (0,8 %), Beshariq (0,7 %), Yozyovon (0,5 %) va So'x (0,4 %) tumanlarining ulushi esa 1 %ga ham yetmagan.

Mamlakatimizda sanoat tarmog'ining hududlar va tarmoq tarkibi bo'yicha o'zgarishining statistik tahlili asosida tarmoq rivojlanishidagi quyidagi asosiy o'zgarish tendentsiyalari aniqlandi:

- sanoat tarmog'i tomonidan yaratilgan yalpi mahsulot hajmi 2011 yildan 2017 yilgacha bo'lgan davrda barqaror pasayish ko'rinishidagi o'sish tendentsiyasiga ega bo'lgan bo'lsa, 2017-2018 yillarda bu o'zgarish keskin o'sish ko'rinishini olgan va 2019 yildan yana pasayish tendentsiyasiga o'tgan;

- hududlar bo'yicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida mamlakatning 5 ta hududiy birligi (Toshkent shahri - 18,2 %, Navoiy viloyati - 17,7 %, Toshkent viloyati -17,6 %, Andijon viloyati - 9,7 %, Farg'ona viloyati - 5,9 %)da 69,1 % ulushga egaligi va qolgan hududiy birliklarga 29,9 % to'g'ri kelishi sanoat tarmoqlarining mamlakat hududlari bo'yicha notekis joylashganligini ko'rsatadi;

- yalpi hududiy sanoat mahsulotining 2011-2020 yillardagi mamlakat sanoat mahsulotidagi ulushi Qoraqalpog'iston Respublikasi (2,0 %), Navoiy (2,9 %), Toshkent (1,9 %), Xorazm (1,0 %) viloyatlarida ijobiy o'sish tendentsiyasi mavjudligini, qolgan hududiy birliklarda bu ko'rsatkichning deyarli o'zgarmaganligi yoki salbiy o'zgarish tendentsiyasiga ega ekanligi aniqlandi;

19 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida ishlab chiqilgan.

37

- sanoat tarmog'ining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha sohalarida faqatgina ishlab chiqariladigan sanoat sohasida ijobiy o'zgarish tendentsiyasi (6,1 %) mavjud bo'lgan, qolgan sohalarda hajm bo'yicha o'sishga erishilgan bo'lsa-da, umumiy ko'rsatkichdagi ulush pasaygan;

- o'rganilayotgan davrda sanoat mahsulotlari mutloq xajmda respublika bo'yicha o'rtacha 7,7 marta o'sgan bo'lsa, eng past tendentsiyaga Qashqadaryo (2,9), Surxondaryo (6,0) va Farg'ona (5,2) viloyatlari ega bo'lgan;

- 2011-2020 yillarda eksport tarkibiy tahlili ko'rsatmoqdaki, paxta tolasi (9,3 %dan 1,3 %gacha), energiya manbalari va neft mahsulotlari (34,5 %dan 4,4 %gacha), oziq-ovqat mahsulotlari (13,3 %dan 8,8 %gacha) pasayish, faqatgina sanoat tovarlari hamda boshqa mahsulotlargina o'sish tendentsiyasini qayd etgan;

- Farg'ona viloyat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2017 yildagina pasayish, qolgan yillarda o'sish tendentsiyasiga ega, lekin so'nggi ikki yilda o'sish sur'ati sezilarli darajada pasayganligini kuzatish mumkin. Respublika umumiy ko'rsatkichidagi ulushi esa o'rganilgan davrda 2,8 % salbiy o'zgarish tendentsiyasini ko'rsatgan;

- Viloyat kesimida o'rganilganda umumiy sanoat mahsulotlari eksportida hududiy taqsimot juda ham notekis dinamika qayd etgan, ya'ni to'rt hudud 65,7 %, xususan Qo'qon shahri (28,3 %), Toshloq tumani (26,8 %), Uchko'prik tumani (5,3 %) va Farg'ona shahri (5,3 %) ulushga ega bo'lgan. Buvayda (0,8 %), O'zbekiston (0,8 %), Beshariq (0,7 %), Yozyovon (0,5 %) va So'x (0,4 %) tumanlarining ulushi esa 1 %ga ham yetmagan.

Xulosa va takliflar

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, yaqin yillarga qadar viloyat sanoat mahsulotlari eksporti hududning iqtisodiy imkoniyatlarini to'la aks ettira olmagan. Mavjud imkoniyatlarimizni yanada to'liqroq ishga solish, yetakchi eksportyor korxonalar tomonidan orttirilgan amaliy tajribadan foydalanish hamda quyidagi takliflarni hayotga tadbiq etish asosida biz eksport salohiyatimizni yanada oshirishimiz, xalqaro savdodagi o'rnimizni mustahkamlashimiz mumkin:

■ hududlar imkoniyatlarini bir-biriga yaqinlashtirish maqsadida yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan tumanlar eksport salohiyatini chuqur tahlil qilish asosida past ko'rsatkichga ega tumanlarga ularning eksport bo'yicha orttirgan amaliy tajribalarini o'rgatish va tadbiq qilish lozim;

■ past ko'rsatkich qayd etgan tumanlar tadbirkorlari uchun mahorat darslari tashkil etish;

■ hudud darajasida eksport jarayonlariga ta'sir qilayotgan ichki va tashqi omillarni chuqur tahlil qilgan holda, uslubiy materiallar (uslubiy qo'llanma, o'quv qo'llanma) tayyorlash, chop etish va targ'ib etish;

38

ш globallashuv jarayonlaridagi jahonda ro'y berayotgan har bir o'zgarish va tendentsiyalarni chuqur o'rganib, tahlil qilib borish;

ш sanoat mahsulotlari uchun zarur bo'lgan import qilinayotgan hom-ashyo va materiallarni yetkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash;

ш xorijiy investitsiyalar xajmini oshirish orqali mahalliylashtirish jarayonlarini uzviy davom ettirish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga eksport qilinayotgan sanoat mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish va h.k.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ilyosov, А. (2020). Some problems in digital production and export of industrial products in the digital economy. Economics and finance. 3. 175-182 p.

2. Kurpayanidi, K. et al. (2020). The issue of a competitive national innovative system formation in Uzbekistan. E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, Т. 159. - С. 04024. Doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202015904024

3. Ilyosov, A. A. (2020). Problems of the use of digital technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country. ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (90), 113-117. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-10-90-23 Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.10.90.23 .

4. Abdullayev, A. M., & ets. (2020) Analysis of industrial enterprise management systems: essence, methodology and problems. Journal of Critical Reviews, 7 (14), 12541260. https://dx.doi.org/10.17605/QSF.IQ/E6JFS .

5. Nabiyeva, N., Akhunova, S., & ets. (2021). Analysis of the State's Macroeconomic Policy. Revista Geintec-Gestao Inovacao E Tecnologias, 11(4), 4669-4680.

6. Курпаяниди, К. И. (2021). Современные концепции и модели развития предпринимательства. Бюллетень науки и практики, 7(9), 425-444.

7. Курпаяниди, К.И. (2021). Научно-теоретические вопросы развития предпринимательства. Бюллетень науки и практики. 6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/nauchno-teoreticheskie-voprosy-razvitiya-predprinimatelstva (дата обращения: 16.11.2021).

8. Tsoy, D., Tirasawasdichai, T., (2021). Role of social media in Shaping Public Risk Perception during COVID-19 Pandemic: A Theoretical Review. International Journal of Management Science and Business Administration, 7(2), 35-41.

9. Nishonov, F.M., & Urmonov, A.A. (2021). Issues of technological and innovative development of industry. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 1 (1), 69-75. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5731634

10. Урмонов, А. А., Акрамов, И. (2021). Проблемы и перспективы цифровизации банковского сектора экономики Узбекистана. Cognitio rerum. 12. 20-31.

ce

®

39

11. Икрамов, М.А., & Шермухамедов, А.Т. (2021). Проблемы перевозки скоропортящихся грузов. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 1 (2), 33-38. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5751980

12. Abdullaev, A. M., & ets. (2020). Challenges of coping with the economic consequences of the global pandemic COVID-19. ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (85), 1-5. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.05.85.1

13. Kurpayanidi, K.I. (2021). Analysis of scientific and theoretical ideas about entrepreneurship. International journal of theoretical and practical research - Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali. 1 (1), 50- 59 бб. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5731500

14. Курпаяниди, К.И. (2022). Вопросы совершенствования организационно-экономического механизма развития частного предпринимательства. Хоразм маъмун Академияси Ахборотномаси- Вестник Хорезмской академии Маъмуна. Хива, 1 (85). 89-93 66.Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.5940010

15. Muminova, E., & ets. (2016). Management of innovative activity on industrial corporations. LAP Lambert Academic Publishing GmbH & Co.

cc

®

40

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.