Научная статья на тему 'ZAMONAVIY SHAROITDA O’ZBEKISTONDA INNOVATSION FAOLIYaTNING HOLATI VA VA UNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI'

ZAMONAVIY SHAROITDA O’ZBEKISTONDA INNOVATSION FAOLIYaTNING HOLATI VA VA UNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3042
375
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / innovatsiya iqtisodiyoti / innovatsion model / milliy innovatsiya tizimi / innovatsiya faoliyati / texnologik taraqqiyot / samarali boshqaruv / innovation / innovative economy / innovative model / national innovative system / innovative activity / technological progress / effective management

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ashurov, Maxammadjon Sotvoldievich

Maqolada O’zbekiston Respublikasi innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish yo’nalishlariga bag’ishlangan. Maqolada, mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy drayverlari bo’lgan inson omili, demografiya va mehnat bozorida yuzaga keladigan o’zgarishlar, innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirishga ta’sir qiluvchi sabab va omillar, muammo va yechimlar o’rganilgan, taxlil qilingan hamda bayon etilgan. Mualliflar tomonidan o’tkazilgan tahlil natijalaridan, statistik raqamlar innovatsion faoliyat tizimidagi mavjud tendentsiyalar saqlab turilgani, o’sish kuzatilayotganidan ma’lumot berayotganligi, biroq, amalda bu faoliyatda juda zaif o’sish kuzatilganligi aniqlangan. Ushbu natijalardan kelib chiqib, mamlakatda innovatsion faoliyatni jadal o’sishi va rivojlanishi uchun zarur ustuvor yo’nalishlar taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATE AND PRIORITY AREAS OF DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ACTIVITIES IN UZBEKISTAN IN MODERN CONDITIONS

The article is devoted to the formation and development of the innovation system of the Republic of Uzbekistan. The article examines, analyzes and describes the human factor, demography and changes in the labor market, the reasons and factors affecting the formation and development of the innovation system, problems and solutions that are the main drivers of innovation in the country. According to the results of the analysis carried out by the authors, it has been established that statistics show that the existing trends in the system of innovative activity persist, there is an increase, but in practice there is a very weak growth of this activity. Based on these results, the necessary priorities are proposed for the rapid growth and development of innovative activities in the country.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY SHAROITDA O’ZBEKISTONDA INNOVATSION FAOLIYaTNING HOLATI VA VA UNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI»

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2022 Issue: 1 Volume: 2 Published: 31.01.2022

http://alferganus.uz

ISSN 2181-2357 T. 2. №1. 2022

ISJIF 2021:5.5

QR-Article

TZJ:- ,','>: L-. лцов шлшпь G0338Z1

Citation:

Ashurov, M.S. (2022). State and priority areas of development of innovative activities in Uzbekistan in modern conditions. SJ International journal of theoretical and practical research, 2 (1), 15-30.

Ashurov, M.S. (2022). Zamonaviy sharoitda O'zbekistonda innovatsion faoliyatning holati va va uni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (1), 15-30.

Ashurov Maxammadjon Sotvoldievich

Farg'onapolitexnika instituti "Menejment" kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6089821

DOT 10.5281/zenodo .60Б9Б21

UDC 332.142

ZAMONAVIY SHAROITDA O'ZBEKISTONDA INNOVATSION FAOLIYaTNING HOLATI VA VA UNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR

YO'NALISHLARI

Annotatsiya: Maqolada O'zbekiston Respublikasi innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish yo'nalishlariga bag'ishlangan.

Maqolada, mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy drayverlari bo'lgan inson omili, demografiya va mehnat bozorida yuzaga keladigan o'zgarishlar, innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirishga ta'sir qiluvchi sabab va omillar, muammo va yechimlar o'rganilgan, taxlil qilingan hamda bayon etilgan. Mualliflar tomonidan o'tkazilgan tahlil natijalaridan, statistik raqamlar innovatsion faoliyat tizimidagi mavjud tendentsiyalar saqlab turilgani, o'sish kuzatilayotganidan ma'lumot berayotganligi, biroq, amalda bu faoliyatda juda zaif o'sish kuzatilganligi aniqlangan. Ushbu natijalardan kelib chiqib, mamlakatda innovatsion faoliyatni jadal o'sishi va rivojlanishi uchun zarur ustuvor yo'nalishlar taklif etilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, innovatsiya iqtisodiyoti, innovatsion model, milliy innovatsiya tizimi, innovatsiya faoliyati, texnologik taraqqiyot, samarali boshqaruv.

СОСТОЯНИЕ И ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ

Ашуров Махаммаджон Сотволдиевич

Ферганский политехнический институт

15

ISSN 2181-2357 T. 2. №1. 2022

доцент кафедры "Менеджмент ", к.э.н., Аннотация: Статья посвящена становлению и развитию инновационной системы Республики Узбекистан. В статье исследуются, анализируются и описываются человеческий фактор, демография и изменения на рынке труда, причины и факторы, влияющие на формирование и развитие инновационной системы, проблемы и решения, которые являются основными драйверами инноваций в стране. По результатам проведенного автором анализа установлено, что статистика показывает, что существующие тенденции в системе инновационной деятельности сохраняются, наблюдается рост, но на практике наблюдается очень слабый рост этой активности. На основе этих результатов предложены необходимые приоритеты для быстрого роста и развития инновационной деятельности в стране.

Ключевые слова: инновации, инновационная экономика, инновационная модель, национальная инновационная система, инновационная деятельность, технический прогресс, эффективное управление

STATE AND PRIORITY AREAS OF DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ACTIVITIES IN UZBEKISTAN IN MODERN CONDITIONS

Ashurov Mahammadjon Sotvoldievich

Ferghana Polytechnic Institute Associate Professor of the Department of Management, PhD,

Abstract: The article is devoted to the formation and development of the innovation system of the Republic of Uzbekistan. The article examines, analyzes and describes the human factor, demography and changes in the labor market, the reasons and factors affecting the formation and development of the innovation system, problems and solutions that are the main drivers of innovation in the country. According to the results of the analysis carried out by the authors, it has been established that statistics show that the existing trends in the system of innovative activity persist, there is an increase, but in practice there is a very weak growth of this activity. Based on these results, the necessary priorities are proposed for the rapid growth and development of innovative activities in the country.

Keywords: innovation, innovative economy, innovative model, national innovative system, innovative activity, technological progress, effective management.

Kirish

Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy sharoitlarida sanoat korxonalari uchun innovatsiyaviy va texnologik taraqqiyotga erishish o'ta muhimdir, chunki faqat shu yo'l orqali sanoat korxonalarida innovatsion faollikni oshirish, zamonaviy texnologik bazani yaratish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, samaradorlik va mehnat unumdorligin oshirish, shuningdek ularning xalqaro hamda mahalliy raqobatbardoshligini mustahkamlash mumkin bo'ladi.

© ®

16

Shuning uchun O'zbekiston sanoat korxonalarini boshqarishning dolzarb muammolaridan biri bo'lib, innovatsion faoliyatni kerakli sifat va miqdor darajasiga erishtirishdan iboratdir.

Zamonaviy haqiqatda mamlakatda innovatsion faoliyatni jonlantirish nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiyotni sog'lomlashtirish va kelgusi rivojlanishi uchun sharoit yaratish, biznes rivojlanish sur'atlarini tezlashtirish, shu bilan birga yetakchilikni mustahkamlash va raqobatchilardan o'zib ketish, shuningdek, biznesning butun yo'nalishlarini iqtisodiy jihatdan amaliy bo'lmagan radikal innovatsiyalar joriy etilgan taqdirda sohaga zarar yetkazilishidan o'z vaqtida himoya qilish uchun ham kerakdir.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

Iqtisodiyot nazariyasiga "innovatsiya" atamasi XX asr boshlarida avstriyalik Iosif Shumpeter tomonidan kiritilgan. 1970-yillarning boshlarida mikroelektronika, kompyuter texnologiyalari va nozik kimyoviy texnologiyalarning rivojlanishi natijasida innovatsiyalarning iqtisodiy rivojlanishga ta'siriga qiziqish keskin kuchaydi, bu ilmiy tadqiqotlar butun tarmoq va milliy iqtisodiyotlar raqobatbardoshligini ta'minlovchi harakatlantiruvchi kuchga aylanishini yaqqol ko'rsatdi.

Psixologlar, sotsiologlar, huquqshunoslar, menejment va marketing bo'yicha mutaxassislar muhokamaga qo'shilgandan so'ng, ilmiy va texnik natijalarni amaliy faoliyatga joriy etish jarayoni yoki natijasi sifatida innovatsiyaga dastlabki yondashuv (innovatsiyalar nazariyasi klassiklarining qarashlarida) sezilarli darajada o'zgardi. "Innovatsiya" atamasidan foydalanishning gumanitar fanlar va faoliyat sohalarini, masalan, sotsiologiya, tibbiyot, siyosatshunoslikni qamrab olish uchun kengayishi yangi ta'riflar oqimini keltirib chiqardi.

"Innovatsiya" va "innovatsion faoliyat" tushunchalari O'zbekistonda 1992 yildan beri iqtisodiy amaliyotda keng qo'llanila boshlandi. Ko'pgina mahalliy qonun hujjatlarida innovatsion faoliyat o'ziga xos ilmiy-texnikaviy faoliyat sifatida taqdim etiladi. Zamonaviy ilm-fanda "innovatsiya" va "innovatsion faoliyat" tushunchasiga ta'rif berishga bir qancha yondashuvlar mavjud. Ba'zi mualliflar buni innovatsiyalarni yaratish va ishlab chiqarish uchun yagona jarayonda o'zaro bog'langan 28 xil turdagi ishlarning majmuidan iborat bo'lgan maqsadli va ijodiy faoliyat deb ta'riflaydilar, boshqalari ta'kidlashlaricha, innovatsiya - bu foyda olish maqsadida innovatsiyadan foydalanish jarayoni, tijorat maqsadlarida, ya'ni bu tadbirkorlik faoliyati, boshqalar innovatsion faoliyatni yangi bilimlarni olish va uni bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan amalga oshirish bilan bog'liq tijorat faoliyati deb bilishadi.1

SHuningdek, ushbu ishda innovatsion faoliyat deganda "mahsulot assortimentini kengaytirish va yangilash va sifatini oshirish, ularni ishlab chiqarish usullarini takomillashtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanish va tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyat" tushuniladi deb aytib o'tilgan.2

1 Волынкина, М.В. Правовое регулирование инновационной деятельности: проблемы теории / М.В. Волынкина.- М.: Аспект-Пресс, 2007. - 192 с.

2 Волынкина, М.В. Правовое регулирование инновационной деятельности: проблемы теории / М.В. Волынкина. - М.: Аспект-Пресс, 2007. - 192 с.

17

Iqtisodiy tizimlarning yangi sifatini shakllantirish jarayonining markazida bozor talab qiladigan jarayonlar yoki mahsulotlar samaradorligini sifat jihatidan o'sishini ta'minlovchi joriy qilingan yangilik sifatida "innovatsiya" tushunchasi yotadi deb innovatsiya tushunchasiga ta'rif beriladi.3

E.I.Alyoxina ta'rificha "innovatsiya - bu korxonaga yangi bozorlarni o'zlashtirish, ilg'or texnologiyalar va tashkiliy va boshqaruv faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy etish imkonini beradigan yangi mahsulot, xizmat, texnologiyani yaratish yoki o'zgartirishni o'zida aks ettiradi" 4

2020 yil 24 iyulida qabul qilingan 630-sonli O'zbekiston Respublikasining Innovatsion faoliyat to'g'risidagi Qonunida "innovatsiyaga fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo'llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta'minlaydigan yangi ishlanma" sifatida ta'rif bersa, "innovatsion faoliyat — yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning o'tkazilishi va amalga oshirilishini ta'minlash bo'yicha faoliyat" deb ta'riflanadi5.

Rossiya Federatsiyasining 23.08.1996 yildagi 127-FZ-sonli "Fan va davlat ilmiy-texnik siyosati to'g'risida" Federal qonunida "Innovatsion faoliyat - innovatsion loyihalarni amalga oshirishga, shuningdek innovatsion infratuzilmani yaratishga va uning faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyat (jumladan, ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va tijorat faoliyati)" sifatida talqin qilinadi6. A.N.Vasilev innovatsion faoliyatni mahsulotlar, tovarlar, xizmatlar assortimentini kengaytirish va yangilash, sifatini yaxshilash, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini keyinchalik joriy etish va samarali joriy etish maqsadida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan bozorda foydalanish va tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyat turi sifatida ko'radi.7

B. Tviss fikricha ixtiro yoki yangi g'oyaning iqtisodiy mazmunga ega bo'lish jarayoni innovatsion faoliyatdir 8.

Ijtimoiy-iqtisodiy jarayon, ulardan amaliy foydalanish tufayli sifat xususiyatlari jihatidan maqbul bo'lgan mahsulotlar, texnologiyalar shakllanishiga olib keladi va agar innovatsiya iqtisodiy natija olish uchun yaratilgan bo'lsa ( foyda), uning bozorda paydo bo'lishi qo'shimcha daromad keltirishi mumkin deb ta'kidlaydi B. Santo o'z ishida.9

3 Internet resurslar lug'ati www..dis.ru.

4 Алёхина Е.И. Инновационная деятельность как элемент стратегического развития предприятия // Эффективное управление экономикой: проблемы и перспективы: сборник трудов IV Всероссийской научно-практической конференции; научн. ред. В. М. Ячменева. Симферополь: ИТ АРИАЛ, 2019. С. 362.

5 Крнун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.07.2020 й., 03/20/630/1101-сон

6 Fan va davlat ilmiy-texnik siyosati to'g'risida" Federal qonuni (oxirgi nashr) // consultant.ru/document/c ons_doc_LAW_11507 /(12-qism 21.07.2011 yildagi 254-FZ-son Federal qonuni bilan kiritilgan)

7 Васильев А.Н. Анализ динамики инновационной активности экономики Российской Федерации за 2003 - 2016 годы // Вестник Волжского университета имени В.Н. Татищева. - 2018. - №1. - т.2. [Электронный ресурс] URL: https://cyberleninka.ru/article/n/analiz-dinamiki-innovatsionnoy-aktivnostiekonomiki-rossiyskoy-federatsii-za-2003-2016-gody

8 Твисс Б. Управление научно-техническими нововведениями: сокр. пер. с англ. авт. предисл. и науч. ред. К.Ф. Пузыня. - М.: Экономика, 1989.- 271 с. С. 152

9 Санто Б. Инновация как средство экономического развития: пер. с венг. общ. ред. и вступ. ст. Б.В. Сазонова. М.: Прогресс, 1990. С 141

18

F.F. Bezdudniy G.A. Smirnova, O.D. Nechaevalar Inson faoliyatining har qanday sohasida yangi g'oyani amalga oshirish, bozorda mavjud talabni qondirishga hissa qo'shish va iqtisodiy samara berish jarayonini innovatsion jarayon sifatida qaraydilar.10 G.D.Otnyukova innovatsion faoliyatga agar tashkilot yangilik kiritgan bo'lsa va yangi mahsulot ishlab chiqarishga kirishsa, u o'z ishlab chiqarish faoliyatini, sifat jihatidan yangi, innovatsion darajada davom ettiradi deb urg'u beradi.11

Iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarida innovatsiyalarni boshqarishning asosini rejalashtirish, motivatsiya va nazorat qilish funktsiyalari tashkil etadi. Boshlanish nuqtasi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, resurslar imkoniyatlarini va bozorda mavjud yoki potentsial talabni muvofiqlashtirishni o'z ichiga olgan rejalashtirish funktsiyasidir. Bu, birinchi navbatda, maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan investitsiyalarni yaratishni ta'minlaydi12. Natijada, innovatsion faoliyatni rejalashtirish innovatsion mahsulotlarni etkazib berish, sotish xavfini va moliyalashtirishning etarli emasligi xavfini minimallashtirishga imkon beradi13.

Innovatsion faoliyat zamonaviy jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini tavsiflovchi asosiy omil bo'lib, bu hukumat14 va mahalliy darajada qayd etiladi. Innovatsion jarayon fundamental va amaliy tadqiqotlar, konstruktorlik ishlanmalari, marketing, ishlab chiqarish va sotish bosqichlaridan o'tib, g'oyaning mahsulotga izchil o'zgarishini o'z ichiga oladi.15

Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, hozirgi vaqtda innovatsion faoliyat - bu ishlab chiqarish, shuningdek, xo'jalik yurituvchi sub'ektning o'zini keyingi innovatsion rivojlanish samaradorligini oshirish maqsadidan tizimli ravishda o'zgartirish, ishlab chiqarishning yangi yoki yangilangan usuli va / yoki uni tashkil etish tufayli mahsulotning yangi sifatini olish uchun ilmiy, texnik va intellektual salohiyatdan foydalanish bo'yicha maxsus chora-tadbirlar tizimidir.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotning instrumental va metodik apparati tizimli yondashuv doirasida tadqiqotning mantiqiy va vaziyatli tahlil, ekspert baholash, anketa, kuzatuv, inter^yu, guruhlash, taqqoslash kabi umum ilmiy usullarni qo'llashga asoslanadi. Ushbu vositalar tadqiqotni turli bosqichlarida turli xil kombinatsiyalarda ishlatilgan, bu yakuniy natijalar, xulosalar va tavsiyalarning ilmiy ishonchliligini ta'minlashga imkon beradi.

Tahlil va natijalar

Innovatsiyalar kompaniyalarning foydasini sezilarli darajada oshiradi, ularga tezroq o'sish va raqobatchilardan ustun turish imkonini beradi.

Innovatsiyalar davlatga foyda keltiradi, chunki turli darajadagi innovatsion faoliyat yalpi ichki mahsulotning o'sishiga bevosita yordam beradi (hosildorlikning o'sishi, uy

10 Бездудный Ф.Ф., Смирнова Г.А., Нечаева О.Д. Сущность понятия «инновация» и его классификация // Инновации, 1998. № 2-3. С.25

11 Отнюкова Г.Д. Понятие и признаки инновационной деятельности //Вестник Университета имени О. Е. Кутафина. 2015. № 1. С. 45

12 Друкер П.Ф. Бизнес и инновации. М.: Вильямс, 2007. 432 с.

13 Дармилова Ж.Д. Инновационный менеджмент: учебное пособие. М.: Дашков и К, 2013.168 с.

14 Стратегия инновационного развития России до 2020 года. М: Минэкономразвития России, 2010. С. 9.

15 Internet resurslar lug'ati www..dis.ru

19

xo'jaliklarining ixtiyoriy daromadlari va soliq tushumlari natijasida) va alohida tarmoqlarning rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Innovatsiyani rivojlanishining xususiy biznesga, jamiyatga, umuman davlatga ta'sirining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

• hayot sifatini yaxshilash;

• YaMM daromadlari va foydalarining o'sishi;

• aholi daromadlarining o'sishi;

• iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish;

• iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini rivojlantirish;

• yangi ish o'rinlarini yaratish imkoniyatlari;

• tengsizlikni kamaytirish;

• kichik va o'rta biznesning o'sish sur'atlarini tezlashtirish.

Zamonaviy rivojlanish bosqichida bu kabi vazifalarni hal etishni innovatsion faoliyatni jonlantirishga yo'naltirilgan sharoitlarni yaratmasdan amalga oshirib bo'lmaydi. Innovatsion iqtisodiyotni qurishda sanoat korxonalari muhim rol o'ynaydi, ular kelgusi iqtisodiyotni shakllantiruvchi asosiy iqtisodiy natijalarni yaratadi.

Innovatsiyalarni rivojlantirishda asosiy rol fundamental tadqiqotlar olib boradigan, mutaxassislar tayyorlaydigan, ilmiy hamkorlik va almashinuv uchun shart-sharoitlarni ta'minlovchi, yangi kompaniyalarning paydo bo'lishiga hissa qo'shadigan universitetlarga tegishli. Ilmiy innovatsiyalarda, qoida tariqasida, fundamental tadqiqotlar va ilmiy ta'limini davlat tomonidan moliyalashtiradigan mamlakatlar muvaffaqiyatga erishadi.

Mamlakatimizda yuqori bilim va malakaga ega bo'lgan, raqobatdosh kadrlar tayyorlash maqsadida oliygohlar soni 141 taga yetkazildi, 26 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasining filiallari ochildi. 2016 yilda respublikamizdagi oliygohlarning soni 77 ta edi. Qisqa muddatda bu borada qariyb ikki barobar o'sishga erishilgan.

Oliy ta'iim tashkilotlari soni

140

2010/ 2011/ 2012/ 2013/ 2014/ 2015/ 2016/ 2017/ 2018/ 2019/ 2020/ 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2018 2020 2021

■ Mahalliy oliy ta'lim tashkilotlari soni, birlik ■ xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari filiallari

1- diagramma. Oliy ta'lim tashkilotlari soni

Keyingi besh yilda oliy ta'limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo'lish imkoniyati yaratildi. Bu - umumiy qamrov 28 foizga yetdi. 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat grantlari

21 mingtadan 47 mingtaga ko'paytirilgan.

20

Innovatsion rivojlanishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi:

O'zbekistonda fan va innovatsiyalar bo'yicha barcha jarayonlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bilan shug'ullanish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda «O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida»gi PQ3416-sonli qarori bilan innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgan. Vazirlik O'zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organiga aylandi.

Innovatsiyani rivojlantirish bo'yicha so'nggi besh yilda turli tarmoqlardagi innovatsion va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlash, o'zining ishlanmalari, o'sish nuqtalarini izlash bilan shug'ullanuvchi 10 ga yaqin davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan quyidagi tashkilotlar tashkil qilindi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi.

2. Xalqaro molekulyar allergologiya markazi.

3. "Yashnobod innovatsion texnoparki" DUK.

4. Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi.

5. Ilg'or texnologiyalar markazi.

6. "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" DUK.

7. Ilmiy-texnik axborot markazi.

8. "Yoshlar innovatsiya markazi" DUK.

9. "Innovatsiya texnologiyalari markazi" MCHJ.

10. "Innovatsiya, texnologiya va strategiya" markazi.

Bugungi kunda innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, ilmiy texnik faoliyatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakat ilmiy salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish tizimining asoslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi "2019 — 2021 yillarda o'zbekiston respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5544-sonli, 2020 yil 29 oktyabrdagi "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-6097-sonli, 2021 yil 1 aprel kungi "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo'yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida" gi PF-6198 sonli Farmonlariga, shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi "Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3365-sonli, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda «O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida»gi PQ-3416 - sonli, 2018 yil 27 aprelda «Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida» PQ-3682-sonli Qarorlari hamda 2020 yil 24 iyuldagi O'zbekiston Respublikasining "Innovatsion faoliyat to'g'risida" gi O'RQ-630-sonli Qonuniga asoslanadi.

Yuqoridagi qonun, farmon va qarorlar ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik va laboratoriya - eksperimental bazani mustahkamlash,

21

ISSN 2181-2357 T. 2. №1. 2022

innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yaqin kelajakda ilmiy infratuzilmalarning moddiy -texnik, laboratoriya va tajriba bazalarini kuchaytirish maqsadida respublikada ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan har tomonlama tizimli o'zgarishlar asosini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biroq, bugungi kunda mamlakatda tarmoqda innovatsiyalarni jadal rivojlantirish uchun qonunchilik va me'yoriy-huquqiy bazani yangilashga ham e'tibor qaratishi zarur. Shu bilan birga, standartlar predmetlarini mavjud va kelajak texnologiyalarga muvofiqligini muntazam ravishda tahlil qilib borish kerak.

Yuqoridagi taxliliy ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, mamlakatda innovatsion tizimning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo'lgan barcha elementlari mavjud, biroq ular bir -biri bilan zaif bog'langan yoki umuman bog'lanmagan. "Uchburchak spirali" -davlat, fan va biznes o'rtasidagi samarali o'zaro ta'sir o'rnatilmagan. Muhim muammolardan biri - davlat mablag'larini taqsimlashning samarali raqobat mexanizmlarini yaratish zarur.

Demografiya va mehnat bozorining o'zgarishi (mehnat omili) ham chaqiriq, ham innovatsiyalarning qo'shimcha drayveri hisoblanadi.

Bundan kelib chiqib, mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish muvaffaqiyatining asosiy omili sifatida inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan davlat strategiyasini takomillashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Mamlakatda, ham mehnatga layoqatli aholi soni va ham uning ta'lim olganlik darajasi bo'yicha muhim inson kapitali massasi mavjud va buni quyidagi raqamlar ham isbotlab turibdi.

2-diagramma. Aholi soni dinamikasigagi farq

O'zbekistonda umumiy aholi sonidagi 34 558 891 kishidan mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni 58,3 % ni tashkil etadi, ya'ni, 20135100 tasi mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni hisoblanadi.

© ©

22

1-jadval

Mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni

(yil oxiriga, jami aholiga nisbatan ulushi, foizda) ___

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020

O'zbekiston Respublikasi 61,1 61,5 61,7 61,7 61,4 61,0 60,5 60,1 59,5 58,8 58,3

Qoraqalpog'iston Respublikasi 61,3 61,4 61,4 61,4 61,1 60,9 60,8 60,6 60,3 59,8 59,7

viloyatlar:

Andijon 61,7 62,2 62,4 62,2 61,9 61,4 60,8 60,2 59,6 58,8 58,0

Buxoro 62,8 63,1 63,2 63,0 62,6 62,1 61,6 61,2 60,6 59,9 59,3

Jizzax 59,3 59,9 60,3 60,5 60,3 59,9 59,6 59,3 58,8 58,1 57,5

Qashqadaryo 59,4 60,1 60,6 60,7 60,5 60,2 59,9 59,6 59,1 58,5 57,8

Navoiy 63,1 63,3 63,4 63,2 62,7 62,2 61,6 61,1 60,5 59,8 59,1

Namangan 61,7 62,3 62,7 62,6 62,3 61,9 61,3 60,8 60,2 59,4 58,6

Samarqand 59,9 60,4 60,7 60,8 60,4 60,0 59,5 59,0 58,4 57,7 57,1

Surxondaryo 59,6 60,1 60,7 61,0 60,8 60,5 60,1 59,6 59,1 58,5 57,7

Sirdaryo 61,8 62,1 62,3 62,3 62,1 61,9 61,5 61,2 60,9 60,4 59,8

Toshkent 61,9 62,1 62,1 61,9 61,6 61,0 60,5 60,0 59,4 58,8 58,3

Farg'ona 61,6 62,1 62,4 62,4 62,1 61,6 61,0 60,5 59,9 59,1 58,5

Xorazm 60,9 61,3 61,5 61,5 61,3 61,2 61,0 60,7 60,4 60,0 59,7

Toshkent sh. 62,3 62,1 61,8 61,3 60,7 60,2 59,6 59,0 58,4 57,8 57,5

Yuqoridagi raqamlardan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun sizga kerak bo'lgan hamma narsa mavjud: kadrlar, resurslar. Biroq kapitalning bu turlaridan yetarlicha samarali foydalanilmayapti, aholining turmush darajasi sekinlik bilan yaxshilanmoqda.

Bu muammo ko'p jihatdan quyidagilar bilan bog'liq: 1) boshqaruv organlarining innovatsiyalarni rag'batlantirishga etarlicha e'tibor bermasligi; 2) odamlarning mehnati va bilimini qadrsizlantiradigan, xomashyo ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotning beqarorligiga, qashshoqlikning o'sishiga yordam beradigan inflyatsiyaning mavjudligi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va ijtimoiy ustuvor yo'nalishlarni o'zlashtirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, O'zbekiston milliy iqtisodiyoti zamonaviy tipdan yiroq.

Shu bilan birga, O'zbekistonning innovatsion rivojlanish dinamikasiga e'tibor qaratsak, masalan, Jahon iqtisodiy forumining global raqobatbardoshlik reytingining innovatsion tarkibiy qismida, mamlakatimiz ushbu ko'rsatkich bo'yicha 132 davlat orasida 86 (olti yilda 36 punktga o'sgan), o'rinni egallab borayotganini ko'rish mumkin. Biroq, yalpi ichki mahsulot bo'yicha yetakchi davlatlar bilan solishtirganda o'sish salohiyati saqlanib qolmoqda.

Agar raqamlarga murojaat qilsak, so'nggi besh yil davomida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini monitoring natijalari shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston Respublikasi hukumati asosiy sa'y-harakatlarini tadqiqot va innovatsiyalarni

23

rag'batlantirishga, shuningdek, zamonaviy bilimga asoslangan iqtisodiyotga o'tishga qaratishi natijasida, so'nggi yillarda O'zbekistonda ilmiy -tadqiqot ishlariga investitsiyalar hajmi oshdi. Buning natijasida, Global Innovation Indexning reytingida, uzoq yillik tanaffusdan so'ng O'zbekiston 43 ta kirish indikatori va 22 ta chiqish indikatoriga ko'ra baholanib, O'zbekiston GII reytingida 132 davlat orasida 86 o'rinda qayd qilindi. Bu natija mamlakatimizning reytingdagi o'tgan yilgi o'rnidan 7, 2015 yilgi o'rnidan esa 36 pog'ona yuqori.

Biroq erishilgan natijalar ijobiyligiga qaramasdan, biz baribir yuqorida keltirib o'tilgan boshqa etakchi davlatlarga qaraganda yangi texnologiyalar va innovatsiyalarga kam mablag' sarflaymiz.

Innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat siyosati zarur mablag'lar bilan ta'minlanadi.

UNESCO statistika instituti ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda dunyoda ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga ajratilgan mablag'lar o'rtacha YalMning 1,7 foizini tashkil etgan bo'lsa, unda Markaziy Osiyo uchun bu ko'rsatkich 0,2 foizni tashkil etdi. Xo'sh, O'zbekistonda ilmiy ishlarga va tadqiqotlarga qancha mablag' ajratilmoqda? O'zbekistonda rivojlanish va innovatsiyalarga ichki xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 1 foizidan ham kam va 2/3 qismi davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.

Ilmiy-innovatsion faoliyat bo'yicha dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 2018 yilda 198 mlrd so'm, 2019 yilda 324 mlrd so'm, 2020 yilda 428,2 mlrd so'm miqdorida mablag'lar ajratilgan16.

Niderlandiyaning IN ME jurnalida chiqqan innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov «O'zbekiston Respublikasida innovatsion rivojlanish» nomli maqolasida17 2021 yilda innovatsion ilmiy tadqiqotlarni byudjetdan moliyalashtirishga 514,2 mlrd so'm (YalMning 0,09 foizi) ajratilishini ma'lum qilgan. Solishtiradigan bo'lsak, ilmiy ishlarga va tadqiqotlarga ajratiladigan byudjet taqsimoti YaIMga nisbatan Janubiy Koreyada - 4,55, Isroilda - 4,54, SHvetsiyada - 3,33 foizni tashkil qiladi.

Mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va muvaffaqiyatga erishish uchun yana bir zarur omillardan biri sifatida professional kadrlar va biznes muhiti, texnologiya, bilim va yuqori sifatli kadrlar kerak.

2-jadval

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar bilan band bo'lgan xodimlar

soni (yil oxiriga; ming kishi)

2000 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020

Jami 36,8 35,6 36,2 35,1 35,2 35,8 36,8 37 36,8 37,2 31,1 30,3

shu jumladan:

tadqiqotchilar 25,1 30 30,9 29,5 30 30,8 31,7 32 31,9 32,1 26,3 25,5

texniklar 2,7 1,8 1,7 1,7 1,7 1,7 1,8 2 1,5 1,6 1,5 1,6

16https://mininnovation.uz/uz/news/3383?fbclid=IwAR3LBKIcHjzgXXFWL4DrxprEi8MuQ-gvW0Ijd4kqHJDDYyy6IxL3yCVo4eY

17https://kun.uz/uz/news/2021/05/16/2021-yilda-ilmiy-tadqiqotlar-uchun-5142-mlrd-som-airatilmoqda-innovatsiya-vazirligi

yordamchi personal 4,5 1,9 1,8 2 2 1,9 1,9 1,7 2 1,9 1,7 1,8

boshqa personal 4,5 1,9 1,8 1,8 1,4 1,4 1,4 1,3 1,4 1,6 1,6 1,4

Ulardan oliy ma'lumotga ega bo'lganlar

Jami 25,6 30,9 31,9 30,5 31 31,8 33 33,4 33,4 33,5 27,8 27,1

shu jumladan:

tadqiqotchilar 23,4 29,5 30,4 28,9 29,6 30,4 31,4 31,7 31,6 31,7 25,8 25,2

texniklar 0,5 0,3 0,4 0,4 0,4 0,4 0,5 0,6 0,4 0,4 0,4 0,5

yordamchi personal 0,8 0,7 0,6 0,6 0,5 0,6 0,6 0,6 0,8 0,8 0,7 0,8

boshqa personal 0,9 0,4 0,5 0,6 0,4 0,4 0,5 0,5 0,6 0,6 0,9 0,6

3-jadval

Ilmiy ishlarning turlari bo'yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik

ishlanmalari

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konst-ruktorlik ishlan-malarni bajargan tashkilotlar soni, birlik 301 317 313 304 360 323 437 389 668 304 254

1) shu jumladan:

ilmiy tadqiqot ishlari 237 259 247 251 259 267 313 284 456 195 195

ulardan fundamental 111 114 121 105 113 124 133 118 188 113 112

loyiha- konstruktorlik va texnologik ishlar 25 23 19 23 31 31 31 31 54 28 17

tajribaviy nusxa-namunalar, par-tiyalar, buyumlar (mahsulotlar) tayyorlash 13 18 13 10 11 14 20 19 33 16 9

qurilish uchun loyiha ishlari 4 5 6 6 10 13 10 8 33 6 6

ilmiy-texnik xizmatlar 63 62 73 58 41 66 143 118 219 126 91

Bajarilgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar hajmi, mln.so'm 127992,0 162695,8 202402,2 244345,4 280603,4 339856,9 426122,9 449905,4 680038,0 853404,4 992029,1

shu jumladan:

25

ilmiy tadqiqot ishlari 86130,5 113437,7 142482,5 171411,3 216111,7 258870,6 292803,5 300254,5 336482,5 535208, 9 663152, 8

ulardan fundamental 15399,0 19272,8 30717,6 34957,1 44070,2 53050,2 61487,6 82276,3 89254,2 162804,0 178052,6

loyiha- konstruktorlik va texnologik ishlar 5988,2 5062,6 5263,7 5205,9 16363,2 19521,5 23917,2 36888,4 38714,0 97641,2 74346,7

tajribaviy nusxa-

namunalar, par-tiyalar, buyumlar (mahsulotlar) 771,9 1275,7 677,3 578,6 1659,7 1997,3 3086,2 4025,6 7677,9 6318,8 3975,8

tayyorlash

qurilish uchun loyiha ishlari 15401,7 16106,3 20077,9 30679,6 28033,9 30748,8 43750,3 31166 77687,2 54628,9 68252,7

ilmiy-texnik xizmatlar 19700,1 26813,5 33900,8 36470,0 18434,9 28718,7 62565,7 77570,9 221205,1 160512,1 182301,1

1) Bitta tashkilot bir nechta turdagi ishlarni bajarganligi tufayli ilmiy ishlarning turlari bo 'yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan tashkilotlar soni yig 'indisi umumiy yig 'indiga teng emas.

3-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar bilan band bo'lgan xodimlar soni 2000, 2015 va 2017 yillarda eng yuqori 36,8 ming kishi, 2007 yilda eng past 30,1 ming ta xodim faoliyat olib borib, qolgan yillarda esa xodimlar soni pasayishi va ko'tarilishi kuzatilgan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlanmalarni bajargan tashkilotlar soni, birlik

■ ilmiy tadqiqot ishlari

■ ulardan fundamental

■ loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar

■ tajribaviy nusxa-namunalar, partiyalar, buyumlar (mahsulotlar) tayyorlash

■ qurilish uchun loyiha ishlari

■ ilmiy-texnik xlzmatlar

3-diagramma. Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarni bajargan

tashkilotlar soni

26

© ift

^-' BY

Ilmiy ishlarning turlari bo'yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari 2000 yilda 418 ta, 2002 yilda 439 ta, 2003 yilda 474 ta, 2018 yilda 668 tani tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich bo'yicha ham qolgan yillarda pasayishi va ko'tarilishi kuzatilgan.

Raqamlardan ko'rinib turibdiki, ilmiy ishlarning turlari bo'yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, innovatsion tadqiqot va ishlanmalar bilan band bo'lgan malakali kadrlar va ilmiy faoliyat xodimlar ta'minoti hamda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar bilan band bo'lgan xodimlar soni xam o'tgan yillar davomida barqaror rivojlanish kasb etmayapti. Bu esa korxonalarning innovatsion faolligi har doim barqaror emasligi, moliyalashtirish tizimi va resurslar ta'minotining uzviyligining ta'minlanmaganligi bilan bog'liqdir.

Xulosa va takliflar

Mualliflar tomonidan o'tkazilgan tahlil shuni ko'rsatdiki, statistik raqamlar innovatsion faoliyat tizimidagi mavjud tendentsiyalar saqlab turilgani, o'sish kuzatilayotgandek ma'lumot bermoqda, biroq, amalda bu faoliyatda juda zaif o'sish kutilmoqda.

Mamlakatimizning innovatsion faoliyatini jadal o'sishi va rivojlanishi uchun quyidagi ustuvor yo'nalishlarini taklif etamiz:

■ mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini beruvchi sanoat 4.0 vositalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish;

■ bozorni chuqur tushunishni talab qiladigan yangi bozor bo'shliqlarni izlab topish;

■ oxirgi foydalanuvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq o'rganish;

■ Rossiya va xorijiy mijozlar bilan hamkorlik aloqalarini shakllantirib, murakkab mahsulotlarni sotish bozorini yaratish zarur;

■ oliy o'quv yurti, korxona negizida ilmiy tadqiqotlar o'tkazish uchun xalqaro standartlarga javob beradigan laboratoriyalar, sanoat parklarini rivojlantirish;

■ sanoat klasterlarini yaratish va rivojlantirish, klasterlarning innovatsion, ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati holati monitoringini tashkil etish;

■ loyihalarni moliyalashtirish va innovatsion loyihalarni boshqarish tamoyillari asosida ishlaydigan venchur tashkilotlarni yaratish va rivojlantirish;

■ yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning real sektorida intellektual faoliyat natijalarini joriy etish mexanizmini yaratish va rivojlantirish;

■ tez o'zgaruvchan bozor sharoitlariga mos keladigan kichik biznes sohasida innovatsion faollikni oshirish;

■ ilmiy-tadqiqot faoliyati nufuzini oshirish - bu sohadagi yutuqlar va uning ahamiyati haqida ma'lumot tarqatish;

■ ilmiy xodimlar uchun qulay yashash va mehnat sharoitlarini yaratish, shu jumladan moddiy va nomoddiy rag'batlantirish tizimini joriy etish;

■ ilmiy - tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanuvchilarni keraksiz hisobotlardan ozod etish zarur, ularning bu ishlar bilan mashg'ul bo'lishga majburligi, bu esa o'z navbatida vaqtdan yutqazish, ortiqcha stress va ilmiy ishga bo'lgan qiziqishning so'nishiga olib kelishi mumkin;

CC

®

27

■ ilmiy - tadqiqot ishlarining asosiy qismi aniq va tabiiy fanlar yo'nalishlarida bajariladi. Holbuki, ushbu ilmiy ishning asosiy qismi bo'lmish metodologiyasi uchun laboratoriya uskunalari, reagentlar, texnik qurilmalar va boshqa instrumentlar kerak bo'ladi. Ushbu uskunalarning qimmatligi, olib kelishdagi bojxona muammolari va yagona platformaning yo'qligi ham innovatsiya faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta'sir etib, uni rivojlanishdan to'xtatadi;

■ mamlakatning ochiqlik siyosatini yanada kuchaytirish zarur, savdoni liberallashtirish kerak, ilg'or innovatsion ishlanmalarni yaratuvchi xalkaro korporatsiyalarning ishlashi uchun shart - sharoitlar yaratish, IBM, Siemens, Google, Microsoft kabi ko'plab global kompaniyalarning tadqiqot markazlarini mamlakatimizda ochish kerak;

■ mamlakatda biznes faoliyatni kichik biznesdan yirik biznesga tamoili asosida rivojlantirish;

■ ta'lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot institutlarini moliyalashtirish orqali davlat ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi va ochiqligini oshirish, shuningdek fundamental tadqiqotlar uchun resurslar - laboratoriyalar, reagentlar, eksperimentlar uchun vositalar bilan ta'minlash kabi asosiy ustuvor yo'nalishlarni aniqlash;

■ universitet-akademik innovatsiyalar majmuasini yaratish;

■ yirik biznes, davlat, fan va texnologik tadbirkorlik o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yangi darajaga ko'tarish mexanizmini yaratish zarur;

■ mamlakatda biznes faoliyatni kichik biznesdan yirik biznesga tamoili asosida rivojlantirish;

■ inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni xorijiy kapitalni jalb etish bilan uyg'unlashtirgan muvozanatli yondashuvni joriy etish;

■ davlat tomonidan ilmiy tadqiqot jarayoniga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni qo'llab - quvvatlash;

■ bozorning barcha ishtirokchilari va potentsial investorlar uchun investitsiya imkoniyatlari haqida ma'lumot olish va zarur ma'muriy tartib-qoidalardan o'tish mumkin bo'lgan yagona axborot portallarini yaratish;

■ Respublikada iqtisodiyotning innovatsion tarmoqlarini faol rivojlantirish uchun innovatsion infratuzilmaning bevosita ob'ektlari (ilmiy parklar, biznes-inkubatorlar, texnologiyalar transferi markazlari va boshqalar), shuningdek, transport va logistika, axborot-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va texnologiya, ekspert konsalting, moliya va sug'urta hamda boshqa turdagi ixtisoslashtirilgan infratuzilmalarni yaratish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Алёхина Е.И. Инновационная деятельность как элемент стратегического развития предприятия // Эффективное управление экономикой: проблемы и перспективы: сборник трудов IV Всероссийской научно-практической конференции; научн. ред. В. М. Ячменева. Симферополь: ИТ АРИАЛ, 2019. С. 362.

2. Бездудный Ф.Ф., Смирнова Г.А., Нечаева О.Д. Сущность понятия «инновация» и его классификация // Инновации, 1998. № 2-3. С.25

28

3. Васильев А.Н. Анализ динамики инновационной активности экономики Российской Федерации за 2003 - 2016 годы // Вестник Волжского университета имени В.Н. Татищева. - 2018. - №1. - т.2. [Электронный ресурс] URL: https://cyberleninka.ru/article/n/analiz-dinamiki-innovatsionnoy-aktivnostiekonomiki-rossiyskoy-federatsii-za-2003 -2016-gody

4. Волынкина, М.В. Правовое регулирование инновационной деятельности: проблемы теории / М.В. Волынкина.- М.: Аспект-Пресс, 2007. - 192 с.

5. Друкер П.Ф. Бизнес и инновации. М.: Вильямс, 2007. 432 с.

6. Дармилова Ж.Д. Инновационный менеджмент: учебное пособие. М.: Дашков и К, 2013.168 с.

7. Отнюкова Г.Д. Понятие и признаки инновационной деятельности //Вестник Университета имени О. Е. Кутафина. 2015. № 1. С. 45

8. Санто Б. Инновация как средство экономического развития: пер. с венг. общ. ред. и вступ. ст. Б.В. Сазонова. М.: Прогресс, 1990. С 141

9. Стратегия инновационного развития России до 2020 года. М: Минэкономразвития России, 2010. С. 9.

10. Твисс Б. Управление научно-техническими нововведениями: сокр. пер. с англ. авт. предисл и науч. ред. К.Ф. Пузыня. - М.: Экономика, 1989.- 271 с. С. 152

11. Курпаяниди, К. И., & Ашуров, М. С. (2019). Узбекистонда тадбиркорлик мухитининг замонавий холати ва уни самарали ривожлантириш муаммоларини бахолаш. Монография. GlobeEdit Academic Publishing, European Union.

12. Ашуров, М.С., & Шакирова, Ю.С. (2019). Пути повышения экономической эффективности инновационного развития промышленных предприятий. Известия Ошского технологического университета, (3), 265-270.

13. Ашуров, М. С., Курпаяниди, К. И., (2019). «DOING BUSINESS 2019: training for reform» тадбиркорлик мухити самарадорлигини бахолаш воситаси сифатида. Экономика и финансы (Узбекистан), (9).

14. Курпаяниди К., & Ашуров М. (2021) Миллий инновация тизимини шакллантиришнинг айрим муаммолари ва ечимлари. Логистика ва ицтисодиёт, (3) 210-220.

15. Курпаяниди, К.И., & Ашуров, М.С. (2018) Муваффакиятли бизнес юритиш учун тадбиркорлик мухитининг замонавий холати ва уни самарали назорат килиш муаммоларини бахолаш (Узбекистон Республикаси материаллари асосида).

Экономика и финансы (Узбекистан), (12).

16. Курпаяниди К., & Ашуров М. (2021) Узбекистон Республикасининг ракобатбардош миллий инновация тизимини шакллантириш муаммолари.

Общество и инновации, 2 (4/S), 213-223.

17. Kurpayanidi, K.I. (2021). National innovation system as a key factor in the sustainable development of the economy of Uzbekistan. E3S Web of Conferences Volume 258, 2021. Ural Environmental Science Forum "Sustainable Development of Industrial Region" (UESF-2021) Article Number 05026 Number of page(s) 13 Section Environmental Policy and Law Doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125805026 Published online 20 May 2021 E3S Web of Conferences 258, 05026 (2021)

29

18. К,онун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.07.2020 й., 03/20/630/1101 -сон

19. Fan va davlat ilmiy-texnik siyosati to'g'risida" Federal qonuni (oxirgi nashr) // consultant.ru/document/c ons_doc_LAW_11507 /(12-qism 21.07.2011 yildagi 254-FZ-son Federal qonuni bilan kiritilgan)

20. Kurpayanidi, K. I., Muminova, E., & Paygamov, R. R. (2016). Management of innovative activity on industrial corporations. LAP Lambert Academic Publishing GmbH & Co.

21. Nishonov, F.M., & Urmonov, A.A. (2021). Issues of technological and innovative development of industry. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 1 (1), 69-75. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5731634

22. Internet resurslar lug'ati www.dis.ru

23. https://mininnovation.uz/uz/news/3383?fbclid=IwAR3LBKIcHjzgXXFWL4Drxpr Ei8MuQ-gvW0Ijd4kqHJDDYyy6IxL3yCVo4eY

24. https://kun.uz/uz/news/2021/05/16/2021-yilda-ilmiy-tadqiqotlar-uchun-5142-mlrd-som-ajratilmoqda-innovatsiya-vazirligi

25. Kurpayanidi, K. (2021). Foreign experience of state support for the development of small business. Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.5519308

26. Kurpayanidi, K. I. (2021). Financial and economic mechanism and its role in the development of entrepreneurship. Theoretical & Applied Science, (1), 1-7. https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2021.01.93.1

27. Kurpayanidi, K. I. (2021). Financial and economic mechanism and its role in the development of entrepreneurship. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 1-7. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2021.01.93.1 .

28. Мухсинова Ш.О. и др. Анализ уровень жизни населения Республики Узбекистан // Экономика и бизнес: теория и практика. 2021. №9-1. Doi: https://dx.doi.org/10.24412/2411-0450-2021-9-1-154-159 URL: https://cyberleninka.ru/article/n/analiz-uroven-zhizni-naseleniya-respubliki-uzbekistan (дата обращения: 29.10.2021).

29. Kurpayanidi, K. I. (2021). The evolution of scientific and theoretical ideas about entrepreneurship. Logistics and economics. Scientific electronic journal.3. 178-185pp.

30. Kurpayanidi, K. I. (2021). The institutional environment of small business: opportunities and limitations. ISJ Theoretical & Applied Science, 09 (101), 1-9.

31. Kurpayanidi, K. I., & Ashurov, M. S. (2020). COVID-19 pandemic sharoitida tadbirkorlik va uni rivozhlantirish masalalari: nazaria va amaliyot. Monograph. GlobeEdit Academic Publishing. https://doi.org/10.5281/zenodo.4046090

30

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.