INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 International journal of theoretical and practical research
Scientific Journal
Year: 2021 Issue: 2 Volume: 1 Published: 01.12.2021
http://alferganus.uz
Ci tation:
Adilova, Z.D., Xonturaev, B.A. (2021). O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorligini ta'minlash sharoitida raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish zaruriyati. SJ International journal of theoretical and practical research, 1 (2),19-25.
Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5751918
QR-Article
Adilova Zulfiya Djavdatovna
I.f.d., professor, TDIU huzuridagi "O 'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy-tadqiqot markazi
Xonturaev Bobur Azimovich
kichik ilmiy xodim, TDIU huzuridagi "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy-tadqiqot markazi
DOI 10.5281/zenodo. 57519 IB
O'ZBEKISTONDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIGINI TA'MINLASH SHAROITIDA RAQAMLI MOLIYA XIZMATLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash sharoitida moliya xizmatlar bozorida raqamlashtirish tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari yoritilgan bo 'lib, raqamli moliya xizmatlar tushunchasi, uning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati, ushbu sohani rivojlanish tendentsiyalari o'rganilib, xulosa va takliflar keltirib o 'tilgan.
Kalit so'zlar: makroiqtisodiyot, barqarorlik, raqamli moliya, raqamli banklar.
Адилова Зулфия Джавдатовна
Доктор экономических наук, профессор, Научно-исследовательский центр "Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана "
Хантураев Бобур Азимович
младший научный сотрудник, Научно-исследовательский центр "Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана "
@ ®
19
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 НЕОБХОДИМОСТЬ РАЗВИТИЯ РЫНКА ЦИФРОВЫХ ФИНАНСОВЫХ УСЛУГ В УСЛОВИЯХ ОБЕСПЕЧЕНИЯ МАКРОЭКОНОМИЧЕСКОЙ СТАБИЛЬНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация: В данной статье освещаются актуальные вопросы развития системы цифровизации на рынке финансовых услуг в условиях обеспечения макроэкономической стабильности, изучается концепция цифровых финансовых услуг, ее значение в мировой экономике, тенденции развития данного сектора, обсуждаются выводы и предложения.
Ключевые слова: макроэкономика, стабильность, цифровые финансы, цифровые банки.
Adilova Zulfiya Javdyatovna
Doctor of Economics, Professor, Scientific Research Center "Scientific foundations and problems of economic development of Uzbekistan"
Khanturaev Bobur Azimovich
Junior Researcher, Scientific Research Center "Scientific foundations and
problems of economic development of Uzbekistan"
THE NEED TO DEVELOP THE DIGITAL FINANCIAL SERVICES MARKET IN THE CONTEXT OF ENSURING MACROECONOMIC
STABILITY IN UZBEKISTAN
Abstract: This article highlights topical issues of the development of the digitalization system in the financial services market in the context of ensuring macroeconomic stability, examines the concept of digital financial services, its importance in the global economy, trends in the development of this sector, discusses conclusions and proposals.
Key words: macroeconomics, stability, digital finance, digital banks.
Mamlakatimizda raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish, aholini sifatli raqamli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish, iste'molchilaming iqtisodiy manfaatlarini qo'llab-quvvatlash, iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida moliya xizmatlar bozorida raqamli faoliyatni tashkil qilish zarurligini keltirib chiqarmoqda. Buning boisi, raqamli iqtisodiyotning rivojlanib borishi natijasida ijtimoiyiqtisodiy faoliyatning turli yo'nalishlarini raqamlashtirish, ya'ni kichik korxonalardan boshlab davlat boshqaruvidagi barcha tashkilotlarni qamrab olmoqda.
SHu bois, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2018 yil "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3620-sonli qarorida bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish, xalqaro tajribani o'rganish va uni
@ ®
20
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 respublika bank xizmatlari bozorida qo'llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish, masofaviy bank xizmatlari ko'rsatishni rivojlantirish bo'yicha zamonaviy va ilg'or bank xizmatlari turlarini amaliyotda joriy etish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalar belgilab berilganligi raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish zarurligini anglatadi.
Raqamli moliya xizmatlar bozorining rivojlanishi bu bevosita moliya indisturiyasiga axborot texnologiyalarining kirib kelishi bilan xarakterlanadi. XXI asr boshlariga kelib banklarning ichki va tashqi jarayonlari, shunigdek mijozlari bilan o'zaro munosabatlari to'liq raqamlashtirila boshlandi. 1980 yillarda tijorat banklariga kompyuterlar kirib kelishi 1990 yillarga kelib esa internetning rivojlanishi onlayn -banking, elektron tijorat bank modellarining ravnaq topishiga olib keldi.
Bundan tashqari raqamli moliya xizmatlar bozori rivojlanishining yana bir muhim omili bu dunyo bo'ylab millionlab insonlar uchun internetga kirish imkonini beruvchi smartfonlarning ommaviy bozorga kirib kelishi bilan izohlanadi.
2011 yilda Google Wallet undan keyin 2014 yilda Apple pay tizimining ishga tushirilishi odamlarning turli xil moliyaviy xizmatlardan foydalanishlari uchun to'lov vositasiga aylandi. Statistik ma'lumotlarga nazar tashlaydigan bo'lsak dunyoda mobil telefondan foydalanuvchilar soni 2019 yilga kelib 5,11 milliarddan oshgan [1].
Moliya xizmatlar bozorida axborot texnologiyalarning jadal taraqqiyoti, FinTech kompaniyalar va raqamli banking rivojlanishi raqobat muhitini keskin ravishda oshib borishga olib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari o'z xizmatlarini "Digital banking", "Mobil banking", "Neobanking"lar orqali taqdim etib kelmoqda. 2018 yil "PwC" tomonidan "Digital champions" raqamli bank rivojlangan mamlakatlar reytingi tuzildi, ushbu reytinga ko'ra Daniyada 89%, Norvegiyada 87%, SHvetsiya 86%, Xindiston 45%, Rossiya 30%, O'zbekistonda 9,58% aholi raqamli xizmatlardan foydalanuvchilarni tashkil etgan [2].
"Innovation in Retail Banking" 2018 yil hisobotiga ko'ra, banklar iste'molchi talablariga javob berish uchun "Cloud technologies" kabi bulutli texnologiyalardan, ilg'or tahlillar va yangi tarqatish muqobillaridan foydalangan holda, raqamlash va innovatsion tashabbuslarning ko'paytirishiga alohida ahamiyat berishlari kerak ekan
[3].
FIS xalqaro kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra mijozlarning umumiy qoniqish darajasi bo'yicha Angliyadagi raqamli banklar an'anaviy banklardan o'zib ketgan. Britaniyaliklar qatnashgan so'rovnoma natijalariga ko'ra "raqamli banklar" mijozlarining 76% o'z moliyaviy muassasasidan "juda mamnun" ekanliklarini qayd
21
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 etgan bo'lsalar, dunyoning Top-50 reytingiga kiruvchi bank mijozlarida esa ushbu ko'rsatkich 69%ni tashkil etgan [4].
Raqamli moliya xizmatlar bozorining afzalliklari shundaki, ushbu xizmat turidan foydalanuvchilar o'zlariga qulay va xamyon bop bo'lgan xizmat turini tanlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. CHunki, raqamli moliya - mobil telefonlar, shaxsiy kompyuterlar, internet yoki ishonchli raqamli onlayn va oflayn to'lov tizimiga ulangan kartalar orqali taqdim etiladigan moliyaviy xizmatlar bozoridir [5]. Raqamli moliya ko'plab yangi moliyaviy raqamli mahsulotlar, moliyaviy xizmatlar, moliya bilan bog'liq dasturiy mahsulotlar, innovatsion moliyaviy xizmatlar provayderlari va FinTech kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan aloqa va mijozlarning o'zaro munosabatlarining yangi shakllarini qamrab oluvchi jarayon [5].
Raqamli moliyaviy xizmatlar an'anaviy bank xizmatlariga qaraganda qulayroq va arzonroq bo'lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi qashshoq odamlarga moliya tizimida mablag'larni tejash, kredit olish, moliyaviy xizmatlardan osonlik bilan foydalanish va iste'mol qilishga imkoniyat yaratib beradi [6]. Bundan tashqari raqamli moliya xizmatlarning bir qancha afzaliklari mavjud bo'lib, sekin rivojlanayotgan mamlakatlarning iste'molchilariga arzon, qulay va xavfsiz bank xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga egadir.
So'nggi yillarda dunyo bo'ylab raqamli moliyaviy xizmatlarning mavjudligi va ulardan foydalanish yaxshilanishi millionlab mijozlarga kassa operatsiyalaridan xavfsiz raqamli platformalardan rasmiy raqamli moliyaviy operatsiyalarga o'tishda yordam berib kelmoqda [7]. SHuningdek, raqamli moliya hizmatlari kichik, o'rta va yirik biznes egalariga umumiy xarajatlarni kamaytirishi mumkin bo'lgan turli xil moliyaviy mahsulotlar, xizmatlar va kreditlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali yalpi ichki mahsulotni (YalM) o'sishiga yordam beradi, buning natijasida mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligi ta'minlanadi. "SHuningdek, raqamli moliya hizmatlar bozori umumiy xarajatlarni ko'paytirishga yordam beradigan platformani taqdim etish orqali hukumatga foyda keltiradi, bu esa moliyaviy operatsiyalarning oshishi natijasida soliq tushumlarining ko'payishiga olib keladi" [8,9].
Moliyaviy hizmatlarning raqamlashtirilishi natijasida fiskal va monetar siyosatlarning samarasi oshadi, shuningdek, raqamli moliyalashtirishning to'liq amalga oshirilishi bankdan tashqari soxta pullar aylanmasini sezilarli darajada kamaytiradi. Raqamli moliya hazmatlarning boshqa afzalliklariga to'xtaladigan bo'lsak, iste'molchilar o'zlarining shaxsiy moliyasini real vaqt rejimida nazorat qilishi, tezkor moliyaviy qarorlar qabul qilishi va bir necha soniya ichida to'lovlarni amalga oshirishi mumkin bo'ladi. Olib borilgan tahlil natijalariga ko'ra mamlakatimizda
22
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish bo'yicha quyidagi muammolar aniqlandi:
- mamlakatimiz AKTlarining fundamental darajasi, shu jumladan, kommunikatsiya infratuzilmasining yomonligi va qimmatliligi;
- viloyatlarda yashovchi aholining raqamli texnologiyalardan foydalanish bilim va ko'nikma darajasining pastligi;
- mamlakatimiz aholisining uyali aloqa xizmatlariga ulanganlik darajasining pastligi, mamlakatimizda bulutli xizmatlar (public cloud services)ning yaxshi rivojlanmaganligi, shuningdek axbarot texnologiyalarga qilinayotgan xarajatlar hajmining pastligi (IT spend forecast), to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning raqamli texnologiyalardagi ulushining pastligi;
- venchur sarmoyasi kiritilishining kamligi, patentlar berilishining qiyinligi va yangi innovatsion g'oyalarning amaliyotga tadbiq etilish darajasining pastligi;
- davlat tomonidan tadqiqot va ishlamalarga qilinayotgan xarajatlar ulushining pastligi, universitetlar, ishlab chiqarish, biznes va xususiy sektor o'rtasidagi integratsiyaning rivojlanmaganligi, intellektual mulk to'g'risidagi qonunlarning takomillashmaganligi va unga rioya qilish darajasining sustligi;
- moliya tizimida zamonaviy texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish darajasi bo'yicha jahon mamlakatlariga nisbatan mamlakatimiz orqada qolayotganligi va nufuzli reytinglarda past o'rinda ekanligi;
- raqamli moliya xizmatlar bozorida zamonaviy moliya texnologiyalarini ishlab chiqish va undan erkin foydalanish salohiyatiga ega yuqori malakali moliyachi-dasturchi kadrlar sonining kamligi va boshqalar.
Yuqorida tahlil qilingan mamlakatlarda AKT infratuzilmasining rivojlanganligi, internet tezligining yuqoriligi, raqamli texnologiyalarni yaratish va foydalanish ko'rsatkichining balandligi raqamli moliya xizmatlar bozorining rivojlanishiga turtki bo'lgan. So'nggi yillarda mamlakatimizda raqamli moliya xizmatlar bozorining tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan "raqamli banking"ni rivojlantirish, innovatsiyalarga asoslangan yangi xizmat turlarini kengaytirish va mavjud bank xizmatlarini takomillashtirish davlatning muhim strategik maqsadiga aylandi.
O'zbekistonda aholining yangi moliyaviy xizmat turlariga bo'lgan talabining oshishi mamlakatda raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Tahlillardan shuni ko'rish mumkinki, mamlakatimizda raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun birinchidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, ikkinchidan mamlakat aholisining bilim saviyasini ko'tarish, uchinchidan "Digital" tizimi ostida ishlovchi qurilmalar bilan ta'minlash va AKT infratuzilmasini yaxshilash lozim [10].
23
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255 Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish va raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirishda quyidagi yo'nalishlarda islohotlarni faollashtirish lozim deb hisoblaymiz:
- raqamli texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ish ko'nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash, aholining bilim saviyasini oshirish, ilmiy tadqiqot va amaliy ishlamalarga xarajatlarni ko'paytirish;
- raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida universitetlar va ishlab chiqarish, biznes va xususiy sektor o'rtasidagi integratsiyasini ta'minlash;
- raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish sohasidagi tashabbuslar (startaplar)ni moliyalashtirish va qo'llab-quvvatlashni tashkil etish uchun grantlar va kredit liniyalarini ajratish;
- raqamli bank faoliyatining ilg'or xalqaro tajribasini o'rganish hamda raqamli bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish;
- O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog'iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to'liq qoplashni bosqichma-bosqich ta'minlash;
- raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish bo'yicha rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o'rganish hamda raqamli moliyaviy xizmatlar va mahsulot turlarini joriy etishning institutsional mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
Adabiyotlar ruyxati:
1. https://wearesocial.com/blog/2019/01/digital-2019-global-internet-useaccelerates
2. www.pwc.ru/ru/publications/digital-champions.html
3. https://www.edgeverve.com/
4. https://www.fisglobal.com/solutions/retail-banking/digital
5. Manyika, J., Lund, S., Singer, M., White, O., & Berry, C. (2016). Digital finance for all: Powering inclusive growth in emerging economies. McKinsey Global Institute, 1-15.
6. Gomber, P., Koch, J. A., & Siering, M. (2017). Digital Finance and FinTech: current research and future research directions. Journal of Business Economics, 87(5), 537-580.
7. Haider, H. (2018). Innovative financial technologies to support livelihoods and economic outcomes. Helpdesk Report. Brighton, UK: Institute of Development Studies
@ ©
24
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
DOI https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5752255
8. CGAP. Consultative Group to Assist the Poor. Available at: http://www.cgap.org/topics/digital-financial-services Accessed 9 November 2017.
9. Abdurakhmanov, K., Zokirova, N., Shakarov, Z., & Sobirov, B. (2018). Directions of innovative development of Uzbekistan. National Academy of Managerial Staff of Culture and Arts Herald, (3).
10. Ostonov, O. A., kimsanbaeva, S. B., raimjonova, U. N., khaydarova, L. S., & Roziboevna, F. (2020). Some Social Features of the Development of Family Business and Crafts in Uzbekistan in the Context of a Pandemic. International Journal of Pharmaceutical Research, 12(3).
© ©
25