Научная статья на тему 'MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI YETISHTIRISHDA ILG’OR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING AHAMIYATI'

MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI YETISHTIRISHDA ILG’OR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1401
114
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meva-sabzavotchilik / ilg’or texnologiyalar / sovutkichlar / sovitish omborlari / global GAP(yaxshi qishloq xo’jaligi amaliyotlari) / dehqon xo’jaliklari / texnik uskunalar / : horticulture / advanced technologies / refrigerators / refrigerated warehouses / global GAP(Good Agricultural Practices) / farms / technical equipment

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Khudoyberganova, Dilnoza

Maqolada so'nggi yillarda qishloq xojaligi sohasida va mevasabzavot mahsulotlarini yetishtirishda ilgor texika va texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida Respublikamizda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar, mahsulot yetishtirishning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashning zamonaviy usullari tahlil qilingan va amaliyotda foydalanish yo'llari asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF INTRODUCTION OF ADVANCED TECHNOLOGIES IN THE CULTIVATION OF FRUIT AND VEGETABLE PRODUCTS

The article examines the importance of the introduction of advanced techniques and technologies in recent years in agriculture and horticulture. The study analyzes the complex measures for the cultivation, storage, processing and export of fruits and vegetables in the Republic, the use of advanced technologies of cultivation, modern methods of storage and processing of products and ways to use them in practice.

Текст научной работы на тему «MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI YETISHTIRISHDA ILG’OR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING AHAMIYATI»

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

QR-Article

Volume: 2 30.04.2022

Year: 2022 Issue: 4 Published: http://alferganus.uz

Citation:

Khudoyberganova, D., (2022). Importance of introduction of advanced technologies in the cultivation of fruit and vegetable products. SJ International journal of theoretical and practical research, 2 (4), 99-106.

Xudoyberganova, D. A. (2022). Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishda ilg'or texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati.

Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (4), 99-106.

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6656728

DOI 10.5281/zenodo .66 56728

Dilnoza, Khudoyberganova

Lecturer at the Department of Economics Fergana polytechnic Institute Email: Dildil677091 @gmail. com

UDC 336.215.332

IMPORTANCE OF INTRODUCTION OF ADVANCED TECHNOLOGIES IN THE CULTIVATION OF FRUIT AND VEGETABLE PRODUCTS

Abstract: The article examines the importance of the introduction of advanced techniques and technologies in recent years in agriculture and horticulture. The study analyzes the complex measures for the cultivation, storage, processing and export of fruits and vegetables in the Republic, the use of advanced technologies of cultivation, modern methods of storage and processing ofproducts and ways to use them in practice. Keywords: horticulture, advanced technologies, refrigerators, refrigerated warehouses, global GAP (Good Agricultural Practices), farms, technical equipment

Dilnoza Anvarjon qizi Xudoyberganova

"Iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi Farg'ona politexnika instituti

MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI YETISHTIRISHDA ILG'OR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING AHAMIYATI

Annotatsiya: Maqolada so'nggi yillarda qishloq xojaligi sohasida va mevasabzavot mahsulotlarini yetishtirishda ilgor texika va texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida Respublikamizda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar, mahsulot yetishtirishning ilg'or texnologiyalarini qo'llash, mahsulotlarni

99

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

SJIF 2022:5.962

amaliyotda

va

saqlash va qayta ishlashning zamonaviy foydalanish yo'llari asoslangan. Kalit so'zlar: meva-sabzavotchilik, ilg'or texnologiyalar, sovutkichlar, sovitish omborlari, global GAP(yaxshi qishloq xo'jaligi amaliyotlari), dehqon xo'jaliklari, texnik uskunalar

Дилноза Анваржон ^изи Худойберганова

Преподаватель кафедры «Экономика» Ферганский политехнический институт

ВАЖНОСТЬ ВНЕДРЕНИЯ ПЕРЕДОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ВЫРАЩИВАНИИ ПЛОДООВОЩНОЙ ПРОДУКЦИИ

Аннотация: В статье рассматривается важность внедрения в последние годы передовой техники и технологий в сельском хозяйстве и садоводстве. В исследовании анализируются комплексные мероприятия по выращиванию, хранению, переработке и экспорту овощей и фруктов в республике, использование передовых технологий выращивания, современных способов хранения и переработки продукции и способов их использования на практике. Ключевые слова: садоводство, передовые технологии, холодильники, холодильные склады, глобальный НСП (Надлежащая сельскохозяйственная практика^ фермы, техническое оснащение

Kirish

Respublikamizda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar jadal sur'atda amalga oshirilmoqda. Mahsulot yetishtirishning ilg'or texnologiyalarini qo'llash, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashning zamonaviy usullarini joriy etish meva-sabzavotchilik tarmog'ining barqaror rivojlanishi bilan bir qatorda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligining oldini olishga ham xizmat qiladi. Ekin maydonlarining kengayishi va olinadigan yalpi hosilning ortib borishi esa soha mutaxassislari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi.

Shu bilan birga meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish sohasidagi ilg'or tajriba tahlili ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasini rivojlantirishni samarali rag'batlantirish zarurati mavjudligini ko'rsatmoqda. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish miqdori ortib borgan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham to'g'ri yo'lga qo'yilishi kerak, buning uchun yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, ularda fan-texnika yutuqlari va ilg'or texnologiyalarni tatbiq etish, xorijiy tajriba-yutuqlarni o'rganib, ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tahlillar va natijalar

© ®

100

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

So'nggi yillarda meva va sabzavotlarni yetishtirish, ularni saqlash va o'z vaqtida qayta ishlash maqsadida bir qator qonunlar va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Shu sababli, yetishtirilgan qishloq xo xo'jaligi mahsulotlarini yig'ib olish, saqlash va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, qolaversa, bu boradagi fan-texnika va ilg'or texnologiyalarni tatbiq etish, xorij tajriba va yutuqlarini o'rganib ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Modomiki, aholini yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ravishda ta'minlab turish

xalq xo'jaligining muhim vazifalaridan bin bo'lib qolaverar ekan, u holda qishloq xo'jal igi mahsulotlarini katta hajmda sifatini buzmasdan saqlash va uni jahon andozalariga m os ravishda qayta ishlab, bozor talablariga mos mahsulotlarni uzluksiz yetkazib turish taqozo etiladi.

Demak, yetishtirilayotgan katta hajmdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yig'ib olish, saqlash va qayta ishlashni to'g'ri tashkil etmasdan turib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirib bo'lmaydi. Bu jarayonda ekiladigan navlarning seleksiyasiga, meva-sabzavot yetishtiriladigan hududning iqlim sharoitiga, tuproq unumdorligi va mahsulotlarning eksport xususiyatlariga alohida e'tibor qaratish lozim. Bundan tashqari, tanlab olingan meva yoki sabzavotlarga agrotexnik ishlov berish jarayonini xalqaro standartlar talablariga mos holda olib borish talab etiladi. Bunday xalqaro standartlardan biri Yevropaning Global GAP xalqaro standartlar va sertifikatsiyalash tashkiloti bo'lib, mevasabzavotlarning mazkur standartlar bo'yicha yetishtirilishi va saqlanishi nafaqat Yevropa, balki boshqa rivojlangan mamlakatlar uchun ham savdo yo'llarining ochilishini ta'minlaydi. Global GAP qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun birinchi darajali standart bo'lib, qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish vaqtidan to mahsulotlarni yig'ib olishgacha bo'lgan, chorvachilik yo'nalishida esa ishlab chiqarishga kirishish vaqtidan oraliq mahsulot holatiga kelgungacha (boqish va so'yish) bo'lgan davrdagi barcha jarayonni qamrab olgan me'yoriy hujjatdir. Meva-sabzavotchilik sohasidagi yo'lga qo'yilishi talab etiladigan yana bir yo'nalish yetishtirilgan mahsulotlarga dastlabki ishlov berish va ularni turli omborlarda saqlash masalasi hisoblanadi. Meva-sabzavotlarni saqlash deganda, tabiiyki, ajdodlarimiz tomonidan foydalanib kelingan juda katta tarixiy tajriba ko'z oldimizga keladi. Shu bilan bir paytda meva-sabzavotlarni saqlash texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Meva-sabzavot mahsulotlarining o'ziga xos xususiyatlari, mahsulot yetishtiriladigan mintaqaning tabiiy sharoiti, mahsulot yetishtirilgan xo'jalikning moddiy-texnikaviy imkoniyatlariga qarab, mahsulotni saqlashning turlicha usullarini qo'llash mumkin. Bugun dunyo amaliyotida meva-sabzavotlarni saqlashning ikki usulidan foydalanib kelinmoqda. Bular vaqtinchalik va doimiy, ya'ni zamonaviy sovitkichli omborlar bo'lib, ularda meva-sabzavotlar va turli urug'liklar kabi qishloq xo'jaligi mahsulotlari saqlanadi.

Bugun mamlakatimizda zamonaviy sovitish omborlarini qurish va ularning ishlash texnologiyalari bilan tanishtirish bo'yicha bir qancha kompaniyalar faoliyat ko'rsatmoqda. Ular mijozning talab va istaklarini inobatga olgan holda asosan sovitish omborining ishlash quvvati va jihozlanganlik darajasiga qarab, turli davlatlarda ishlab chiqarilgan uskunalardan foydalanmoqda. Shuni aytish lozimki, bugun sovitish omborlari uchun zarur butlovchi uskunalarning 30-40 foizga yaqini yurtimiz tadbirkorlari

101

tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Biroq sovitish omborlari uchun muhim bo'lgan kompressor, eshik, gazli muhitni boshqaruvchi (RGS) butlovchi qismlar chet mamlakatlardan olib kelinmoqda. Xorijiy davlatlardan keltirilishiga ko'ra eng arzon, foydalanilishiga ko'ra oddiy uskunalar Xitoydan, zamonaviyligi jihatidan o'rtacha bo'lganlari Turkiyadan va qolganlariga nisbatan sifatli va mustahkam, narxi jihatidan qimmat bo'lgan uskunalar esa Yevropa davlatlaridan keltirilmoqda. Bunday kompaniyalar faoliyatining asosiy yo'nalishlari zamonaviy transport-logistika markazlarini barpo qilish, energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sovitish va muzlatish omborlari va majmualarini loyihalashtirish, modernizatsiya qilish va qurish hamda zarur texnik uskunalarni yetkazib berishdan iborat.

O'zbekistonda sovitkichli omborlarni qurish va ularga texnik ko'rsatishga _ ixtisoslashgan kompaniyalar_

№ Nomi Faoliyat turi Tashkil etilgan yili Manzili

1 "TECHNOCOOL ENGINERING" MCHJ Sig'imi ming tonnadan 50 ming tonnagacha bo'lgan sanoat sovutkichli omborlarni qurish 2010 Bobur ko'chasi, 77A-uy 100000 Toshkent shahar Tel.:(71)254-75-00 E-mail :[email protected]

2 "AZN" MCHJ Savdo va sovutish uskunalarini, kichik va gabaritli sovutish va muzlatish kameralarini ishlab chiqarish 1999 Bog'ishamol ko'chasi 160-uy, Yunusobod tumani, Toshkent shahri Tel.:(71)235-11-30 Faks: (71) 234-34-75 E-mail:[email protected]

3 "GRIFON-SERVIS" MCHJ Sovutish omborlari uchun uskunalar ishlab chiqarish va o'rnatish 2011 "Naberejnaya Chirchika" ko'chasi, 9-uy Bektemir tumni, Toshkent shahar http://qrifon.uz

4 "HOLOD SISTEM SERVICE" MCHJ Har qanday modifikatsiyadagi sovitkich va chiller agregatlarini ishlab chiqarish, o'rnatish, ishga tushirish 2005 Bunyodkor ko'chasi, 42-uy Toshkent shahar Tel.:(71)276-76-74 Faks.: (71)276-78-68 https://holod.uz

5 "TERMO COOL BITZER" MCHJ Meva-sabzavotlarni saqlash uchun sanoat sovutkich kameralarini qurish 2013 Tolariq ko'chasi, 2-uy, Toshkent sh. E-mail:[email protected] https://www.termo.uz

6 "FRIGO DINAMIC" MCHJ Sanoat sovutkichlari va muzlatkichlarni loyihalash, yetkazib berish, o'rnatish 2010 Oqqo'rg'on ko'chasi, 21A-uy Mirzo Ulug'bek tumani, Toshkent sh. Tel/Faks: (71) 286-18-30 E- mail:[email protected]

102

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

Jadvalda nomi keltirilgan kompaniyalarning barchasi tadbirkor yoki mijozlarning talab va istaklariga qarab, turli davlatlarda ishlab chiqarilgan va sovitish omborlari uchun zarur bo'lgan asbobuskunalarni xarid qilish, o'rnatish va ishga tushirish ishlarini bajaradi. Bugun O'zbekistonda tobora rivojlanayotgan saqlash omborlari tizimi asosan zamonaviy sovitish omborlaridan iborat. Sovitish omborlarini loyihalash, qurish, ishga tushirish va ularga texnik xizmat ko'rsatish uchun tajribali mutaxassislar yordamidan foydalanish tavsiya etiladi. Zero, yurtimizda mazkur yo'nalishda faoliyat ko'rsatayotgan kompaniyalar mijozning talab va istaklaridan kelib chiqib, omborlarni mahalliy va xorijiy kompaniyalarning mahsulotlari bilan ta'minlash imkoniyatiga egadir.

Ma'lumki, meva va sabzavotlar mavsumiy bo'lib, yilning muayyan muddatida yeti shtiriladi. Shuning uchun ham ularni qayta ishlashni va uzoq muddat saqlashni tashkil qilmasdan turib, aholini yil bo'yi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni hal qilib bo'lmaydi. Meva va abzavotlarni yetishtirish ko'paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashib bormoqda.

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni yaxshilash hamda ularning uzluksizligiga imkoniyatlar yaratish hozirgi zamonning eng dolzarb masalasidir. Buning uchun joylardaqishloqxo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlab konservalash ishlariga yetarli e'tibor berish talab qilinadi. Meva va sabzavotlarni yig'ib-terib olish, tashish, saqlash va qayta ishlab konservalash ishlari ilmiy tashkil

qilinsa, Respublikamiz hamda chet el texnika va texnologiyasida erishilayotgan yutuqlarga, ilg'or tajribalarga tayanib ish olib borilsa, ularning isrofbo'lishining oldini olgan bo'lamiz.

Hozirgi qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini to'laroq qondirish va shu bilan bir paytda bugungi kunning eng katta muammolaridan biri bo'lgan oziq-ovqat xavfsizligining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi.

Tahlillar natijasining ko'rsatkichiga ko'ra, meva-sabzavotchilik mahsulotlari hajmlarining yildan-yilga oshib borishi saqlash va qayta ishlash tarmog'idagi bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohani isloh qilishda zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda tub burilishni amalga oshirishni talab etmoqda.

Xususan:

- respublikada umumiy ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan mevaning 18,9 foizi, sabzavot va poliz mahsulotlarining 5,6 foizi, uzumning 9,5 foizi sanoat korxonalarida qayta ishlanmoqda;

- yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini hududlarda saqlash uchun sovutgichlar bilan ta'minlanganlik darajasi 3,7 foizni (sovutish omborxonalari yil davomida bor-yo'g'i 20-22% ga mahsulot bilan ta'minlangan) tashkil etmoqda;

- mavjud sovutgichlarning aksariyati ma'nan eskirgan, texnologik jihatdan yangilanmagan, zamonaviy texnologiya va raqamli innovatsion ishlanmalar lozim darajada tatbiq etilmagan;

- soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasiga innovatsion yondashuvni taqozo etmoqda. Ilg'or tajribali zamonaviy uskunalar bilan ishlash qobiliyatiga ega, qayta

103

ishlash, saqlash yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashga yetarlicha e'tibor berilmayapti;

- saqlash va qayta ishlash korxonalarining zamonaviy-texnologik talablari va hajmlaridagi mahsulotlar bilan yetarli darajada ta'minlash masalalariga tizimli yondoshilmayapti;

- transport va logistika sohasi zamon talabidan ortda qolmoqda;

- so'nggi yillarda meva-sabzavotchilikni yuritish intensiv texnologiya asosida olib borilmoqda. Natijada qishloq xo'jaligida foydalaniladigan resurslar, jumladan, YoMM, kimyoviy vositalar (meva-sabzavot yetishtirish uchun 255 ming tonna fosforli, 290 ming tonna azotli o'g'it yetishmaydi) va urug'lik narxlarining ortib ketishi, qishloq aholisi daromadlarining pastligi, shuningdek, mineral o'g'itlar, kimyoviy vositalarning qo'llanilishi, og'ir texnikadan foydalanish, yer resurslari sifatining yomonlashuvi, ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda.

Xulosa

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish, meva-sabzavotchilikni uzoq muddat barqaror rivojlanishini ta'minlab, tarmoq samaradorligini oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta'minlash, eksport geografiyasini kengaytirish hamda xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi. Ma'lumki, mamlakatimizdagi mavjud tabiy-iqlim sharoiti qishloq xo'jaligi mahsulotlarini, xususan, meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish imkonini beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan sohani bozor munosabatlariga o'tish jarayonida meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida katta e'tibor qaratilmoqda. Zero, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish hisobiga mamlakat valyuta tushumining sezilarli qismi shakllanayotganligi ham sohani tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirishning ustuvorligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Khudoyberganova, D. (2020). То the problems of innovation into the educational process. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(10), 396-399.

2. Khudoyberganova, D. A. (2021). Current trends in trade and intermediary activities on world markets. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (9), 271-278.

3. Kurpayanidi, K. (2021). Актуальные вопросы цифровизации в индустриальном секторе экономики Узбекистана. Общество и инновации, 2(4/S), 201-212. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp201 -212

4. Kurpayanidi, K. I. (2021). Financial and economic mechanism and its role in the development of entrepreneurship. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 1-7. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2021.01.93.1

5. Kurpayanidi, K.I. (2022). Issues of regulation of small business development in the region. Proceedings of the XV International Multidisciplinary Conference «Prospects and

104

ra

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH _

SJIF 2022:5.962

Key Tendencies of Science in Contemporary World». Bubok Publishing S.L., Madrid, Spain. 2022. Doi: https://dx.doi.org/10.32743/SpainConf.2022.1.15.331624

6. Mamatova, Z. M., Nishonov, F.M. end ets. (2019). To the question of science approach to the construction of outsourcing business model of modern enterprise structure. Dostijeniya nauki I obrazovaniya. 7 (48). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/to-the-question-of-science-approach-to-the-construction-of-outsourcing-business-model-of-modern-enterprise-structure

7. Margianti, E. S., (2020). Role of goal orientation as a predictor of social capital: Practical suggestions for the development of team cohesiveness in SME's. Monograph. Gunadarma Pulisher, Indonesia. Doi: http://dx.doi.org/10.13140/RG.2.2.28953.44641

8. Mukhsinova, S. O. end ets. (2021). The problem of optimal distribution of economic resources. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 14-22.

9. Muminova, E. A. (2021). Directions for improving the organizational and economic mechanism of corporate governance in the textile industry. Экономика и предпринимательство, (2), 779-784.

10. Musaevna, U. Z., & Anvarjonqizi, X. D. (2021). To the Issues of Improving Personnel Motivation in Industrial Enterprises. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 1, 70-80.

11. To'xtasinova, D.R. (2022). Raqamli o'zgarishlar sharoitida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish muammolari. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (3), 52-56. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6503554

12. Usmanova, Z. M., & Khudoyberganova, D. A. (2021). To improvement of existing personnel management mechanisms in light industry enterprises. Frontline Marketing, Management and Economics Journal, 1(08), 41-46.

13. Xamdamova, U., & Khudoyberganova, D. (2020). Impact of the pandemic on the introduction of elements of the digital economy. Экономика и социум, (7), 70-75.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

14. Xudoyberganova, D. A. Q. (2022). O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot sharoitida mevasabzavotchilikka ixtisoslashgan korxonalar iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari. Academic research in educational sciences, 3(1), 282-287.

15. Курпаяниди, К.И. (2022). Вопросы разработки стратегии инвестиционной политики в условиях институциональной трансформации. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (3), 7-23. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6503328

16. Набиева, Н.М. (2022). Хизматлар маркетинги стратегиясига куйилган талаблар тахлили. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (3), 24-41. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6503406

17. Назарова, Л.Т. (2022). Kimyo sanoati korxonalarida tashkiliy-iqtisodiy boshqaruvning ayrim xususiyatlari. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (3), 42-51. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6503479

18. Худойберганова, Д. А. (2020). ФарFона вилояти саноат тармокларига инвестицияларни жалб килишнинг долзарб масалалари/Д. Худойберганова.

105

та

ISSN 2181-2357

Т. 2. №4. 2022

RESEARCH _

SJIF 2022:5.962

19. Худойберганова, Д., & Кодирова, С. (2020). Некоторые вопросы эффективной конкурентоспособности субъектов предпринимательства. Экономика и социум, (7), 475-481.

20. Худойберганова, Д., & Шарафуддинова, Н. (2020). Влияние цифровой экономики на рынок труда: мировой опыт предотвращения безработицы. Экономика и социум, (7), 468-474.

© ®

106

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.