Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANI AMALGA OSHIRISHNING YO’NALISHLARI TADQIQI'

O’ZBEKISTONDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANI AMALGA OSHIRISHNING YO’NALISHLARI TADQIQI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
776
235
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli transformatsiya / raqamli texnologiyalar / strategiya / biznes modellar. / digital economy / digital transformation / digital technologies / strategy / business models.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — T. Boboqulov, I. Ergashov

Maqolada iqtisodiyotdagi raqamli transformatsiya qilishjarayonlari axborotkommunikatsion texnologiyalarini jadal joriy etish, sanoatni innovatsion rivojlantirish varaqamli iqtisodiyotga o‘tish bilan bog‘liqligi haqida fikrbildirilgan. Raqamli iqtisodyot sharoitida yangi biznes modellariga o‘tish tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE STUDY OF DIRECTIONS FOR THE IMPLEMENTATION OF DIGITAL TRANSFORMATION IN UZBEKISTAN

The article expresses the opinion that the processes of digital transformation in the economy are associated with the rapid introduction of information and communication technologies, the innovative development of industry and the transition to a digital economy. The transition to new business models in the digital economy is analyzed

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANI AMALGA OSHIRISHNING YO’NALISHLARI TADQIQI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

O'ZBEKISTONDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANI AMALGA OSHIRISHNING

YO'NALISHLARI TADQIQI T.I.Boboqulov

Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Ergashov Isroil Xasanovich

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6881679

Annotatsiya. Maqolada iqtisodiyotdagi raqamli transformatsiya qilishjarayonlari axborot-kommunikatsion texnologiyalarini jadal joriy etish, sanoatni innovatsion rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotga o'tish bilan bog'liqligi haqida fikr bildirilgan. Raqamli iqtisodyot sharoitida yangi biznes modellariga o'tish tahlilqilingan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, raqamli texnologiyalar, strategiya, biznes modellar.

ИЗУЧЕНИЕ НАПРАВЛЕНИЙ РЕАЛИЗАЦИИ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В статье высказывается мнение о том, что процессы цифровой трансформации в экономике связаны со стремительным внедрением информационно-коммуникационных технологий, инновационным развитием промышленности и переходом к цифровой экономике. Анализируется переход к новым бизнес-моделям в условиях цифровой экономики.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровая трансформация, цифровые технологии, стратегия, бизнес-модели.

THE STUDY OF DIRECTIONS FOR THE IMPLEMENTATION OF DIGITAL TRANSFORMATION IN UZBEKISTAN

Abstract. The article expresses the opinion that the processes of digital transformation in the economy are associated with the rapid introduction of information and communication technologies, the innovative development of industry and the transition to a digital economy. The transition to new business models in the digital economy is analyzed.

Keywords: digital economy, digital transformation, digital technologies, strategy, business models.

KIRISH

Bugungi kunda iqtisodiyotni transformatsiya qilishning dolzarbligi - iqtisodiyotda bir tekis amalga oshirilayotgan ijtiomiy-iqtisodiy rivojlanish va transformatsiya jarayonlarining o'ziga xos tezkor xususiyatlari o'rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgarishlar bilan bog'liqdir.

Hududlarda iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni tizimli tahlil qilish, jahon iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlariniasosiy yo'nalishlarini va sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasini batafsil o'rganish talab etiladi.

Mamlakatimiz Prezidenti, Sh.M. Mirziyoev 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "...Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish kerak..." ligini ta'kidlab o'tgan edi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

raqamli rivojlanishini ta'minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi farmoni bilan "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi tasdiqlangan. Strategiya BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi va unda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalishlari hamda o'rta va uzoq muddatli istiqbolli vazifalari belgilangan.

TADQIQOT NATIJALARI

Strategiya doirasida 2020-2022 yillarga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi"da to'rtta asosiy sohani, ya'ni elektron hukumatni, raqamli industriyani, raqamli ta'limni va raqamli infratuzilmani rivojlantirish nazarda tutilgan va unda, hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida:

- aholi punktlarini Internet tarmog'iga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 mlngacha ko'paytirish, 20 ming kilometr optik- tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78 %dan 95 %ga yetkazilishi;

- hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiymahsulotlar joriy etilishi;

- 587 ming nafar kishini, shu jumladan «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash asoslariga o'qitish tashkillashtirilishi;

- iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etilishi belgilangan.

MUHOKAMA

Raqamli texnologiyalarni amalda tatbiq etilishi jamiyat va iqtisodiyotni rivojlanishining muhim yo'nalishlarini aniqlab beradi va odamlar hayotinitubdan o'zgarishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish ko'plab mamlakatlar, jumladan iqtisodiy lider - AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya uchun ham ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib hisoblanadi. Sun'iy intellekt, robotlashtirish, "Internet buyumlar" kabi texnologiyalarning yangi avlodini paydo bo'lishi ijtimoiy soha va biznes faoliyatida transformatsiya qilishni yangi to'lqinini boshlashni taqoza etmoqda.Mutaxassislarning fikricha hududlarda, kompaniyalarda bunday texnologiyalarni joriy etilishi mehnat unumdorligini 40 foizga oshiradi.

Microsoft kompaniyasi tomonidan berilgan ta'rifga ko'ra raqamli transformatsiyaning asosiy maqsadi raqobatbardoshlikni oshirish, doimo o'zgarib turuvchi iqtisodiy sharoitda kompaniyaga o'zini rivojlantirish uchun imkon berishdir.

Raqamli transformatsiyaning an'anaviy avtomatlashtirilgan tizimdan farqi samaradorlikning keskin oshishida hisoblanadi. Shuning uchun transformatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshrilishi, odatda yangi biznes modellarni yaratilishiga olib keladi. Shuningdek, korxonalarda korporativ axborot tizimlarini joriy etilishi yoki modernizatsiya qilinishi bo'yicha amalgaoshirilgan har qanday loyihani ham raqamli transformatsiya deb bo'lmaydi.

Microsoft kompaniyasi raqamli transformatsiya loyihlarida quyidagi funksiyalarni ajratib ko'rsatadi:

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

1. Samaradorlikni keskin o'sishi: korxona faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari ikki barobarga yaxshilanishi mumkin.

2. Tejamkor, keng o'lchamli va moslashuvchan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish (Bulutli xizmatlar, Sun'iy intellekt, "Internet buyumlar", katta hajmdagi ma'lumotlar, robototexnika va boshqalar).

3. O'zaro bog'liq bo'lgan o'zgarishlarning mavjudligi, ya'ni loyiha biznesning bir necha sohalariga ta'sir ko'rsatishi zarur. Mijozlar nafaqat iste'molchi bo'lishi balki biznesning bir qismiga aylanishi, tovar va xizmatlarning sifatiga ta'sir ko'rsatishi kerak.

Raqamli iqtisodiyot an'anaviy iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilishni, yangi bozorlarga chiqish yo'nalishlarini belgilab beradi. Yangi biznes modellari mijozlarga yo'naltirilgan (customer centric) bo'lib, ularning strukturasini to'liq belgilab beradi, ya'ni mijoz talabini oldindan belgilangan muhim taklifini hisobga olib, xaridor tomonidan mahsulotdan foydalanish davrida, o'z vaqtida (just-in-time) yetkazib berishdan boshlab daromad kelishgacha bo'lgan davrlarni o'z ichiga oladi. XULOSA

Mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish yo'li bilan transformatsiya qilinishi muqarrar. Bu jarayonni samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun: axborot kommunkatsiya tizimlarini rivojlantirishda katta kadrlar salohiyati ega bo'lgan davlatning ta'sirini oshirish va butun jamiyat a'zolarini faol ishtirok etishini ta'minlash; keng miqyosda iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni va texnologik transformatsiyalarni keng miqyosda joriy etilishini, ayniqsa zamonaviy texnologiyalarga asoslangan sanoat va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish yo'nalishlariniqo'llab-quvvatlash zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/4057.

2. "Raqamli O'zbekiston-2030" Strategiyasi. https://www.norma.uz/uz/ qonunchilikda_yangi/raqamli_uzbekiston.

3. Gulyamov S.S., Ayupov R.H, Abdullaev O.M., Baltabaeva G.R. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar. - T.: TMI, "Iqtisod-Moliya" nashriyoti, 2019.

4. Tursunov F.U. Raqamli iqtisodiyot va globallashuv: Raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishning muhimligi. - T. Iqtisodiyotda innovatsiyalar, 6-son, 3 jild, DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-9491-2020-6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.