Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT BUGUNGI KUNDA'

RAQAMLI IQTISODIYOT BUGUNGI KUNDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
430
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / iqtiosodiyot / bozor iqtisodiyoti / raqamli texnologiya / raqamlashtirish / robototexnika / IT / raqamli dividentlar / internet banking / digital economy / economy / market economy / digital technologies / digitalization / robotics / IT / digital dividends / Internet banking.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh. Yoldoshmaxmudov

Hozirgi kunda ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot va ularni rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda, shuningdek jamiyat hayotida ham raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqolada siz raqamli iqtisodiyot haqida "Raqamli iqtisodiyot nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", "Raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar" kabi savollarga javob topishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIGITAL ECONOMY TODAY

Currently, many developed countries have a significant impact on the digital economy and the factors of their development, and the digital economy plays an important role in the life of society. In this article, you can find answers to questions about the digital economy, such as "What is the digital economy?", "Objectives and goals of the digital economy", "Obstacles to the development of the digital economy in Uzbekistan".

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT BUGUNGI KUNDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

RAQAMLI IQTISODIYOT BUGUNGI KUNDA Shukurullo Yo'ldoshmaxmudov Xurshid o'g'li

Farg'ona Politexnika Instituti Iqtisodiyot yo'nalishi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7133438

Annotatsiya. Hozirgi kunda ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot va ularni rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda, shuningdek jamiyat hayotida ham raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqolada siz raqamli iqtisodiyot haqida "Raqamli iqtisodiyot nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", "Raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar" kabi savollarga javob topishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, iqtiosodiyot, bozor iqtisodiyoti, raqamli texnologiya, raqamlashtirish, robototexnika, IT, raqamli dividentlar, internet banking.

ЦИФРОВАЯ ЭКОНОМИКА СЕГОДНЯ

Аннотация. В настоящее время значительное влияние на цифровую экономику и факторы их развития оказывают многие развитые страны, а цифровая экономика играет важную роль в жизни общества. В данной статье вы можете найти ответы на вопросы о цифровой экономике, такие как «Что такое цифровая экономика?», «Задачи и цели цифровой экономики», «Препятствия на пути развития цифровой экономики в Узбекистане».

Ключевые слова: цифровая экономика, экономика, рыночная экономика, цифровые технологии, цифровизация, робототехника, ИТ, цифровые дивиденды, интернет-банкинг.

DIGITAL ECONOMY TODAY

Abstract. Currently, many developed countries have a significant impact on the digital economy and the factors of their development, and the digital economy plays an important role in the life of society. In this article, you can find answers to questions about the digital economy, such as "What is the digital economy?", "Objectives and goals of the digital economy", "Obstacles to the development of the digital economy in Uzbekistan".

Keywords: digital economy, economy, market economy, digital technologies, digitalization, robotics, IT, digital dividends, Internet banking.

KIRISH

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan murojaatnomasida "2020 yil - Ilm- ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili" deb e'lon qilgan edi. Shundan keyin fuqarolarda "raqamli iqtisodiyot" atamasi haqida ko'plab savollar tug'ila boshladi.[1]

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Raqamli iqtisodiyot noldan boshlab yaratilishi lozim bo'lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko'chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyot xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.

TADQIQOT NATIJALARI

«Raqamlashtirish» so'zi aslida yangi atama bo'lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o'laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo'lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo'llashni ko'zda tutadi. Raqamli iqtisodiyot deganda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo'llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" terminini amaliyotga kiritdi.

Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar - deyarli barcha qo'llamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta ma'ruza e'lon qildi ("Raqamli dividendlar"). Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi. Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda.

Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin. Raqamli iqtisodiyotga bo'lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro'y bergan jiddiy o'zgarishlar tufayli sezilarli darajada o'sdi.

Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o'zaro muloqotni yanada tez va oson yo'lga qo'yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo'ldi. Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba -trakzaksion sektorning o'sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich YalMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko'rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.

Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo'lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko'p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo'ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko'p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi. Ayniqsa, bu - transport, savdo, logistika va shu singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi.

Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, ularda elektron segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu ko'rsatkichlar barqaror tarzda o'sib boradi. Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko'rsatadi.

Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o'rin tutishini bildiradi. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin.

Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri - bu davlatdir. U raqamli iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va iste'molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun 9 mlrd dollar atrofida mablag' sarflagan. Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd dollardan ziyod bo'lgan Alibaba internet resursi ushbu sarmoyalarning to'g'ri yo'naltirilganini isbotladi. Raqamlashtirishdan maksimal foyda olishni istagan davlat, zaruriy yuqori texnologik maxsulotlarning bozorini yaratishi va uni qo'llab-quvvatlashi lozimdir.

Shu bilan birga, parallel tarzda davlat boshqaruvi, muhim sohalar va korxonalar uchun xususiy ilovalarni rivojlantirgan holda, elektron iqtisodiyotning asosiy platformalarini nazorat qiluvchi instrumentlarni o'z izmida saqlab qolish ham muhim hisoblanadi.

Xususan, Yaponiya texnologiyalarni xarid qilgan bo'lsa-da, ushbu yo'nalishda o'zining ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini yaratolmagani va texnik ishlanmalar darajasini muttasil yuqori holatda tutolmagani tufayli, raqamli iqtisodiyotdagi yetakchi pozitsiyalarni qo'ldan boy berdi. Janubiy Koreya esa elektron hukumat va elektron vositachilikka (elektron tijorat faoliyati va davlat tender xaridlarini o'tkazish uchun) milliy budjetning 1 foiziga teng miqdorda sarmoya kiritib, har yili 10-15 milliard dollar hosil qilmoqda va xarajatlarni 30-40 baravar qoplaydigan daromad olmoqda. Jumladan, davlat va xususiy sektorda call-markazlarni tashkil qilish, mobil ilovalarni yaratish va davlatga tegishli internet-platformalarni reinjiniring qilish orqali mana shunday natijaga erishildi.

Davlat boshqaruvidagi axborot tizimlari bilan ishlaydigan kadrlarni tayyorlash ushbu sohaning muhim yo'nalishlaridan bo'lib qolmoqda. Misol uchun, o'tgan asrning 70 - yillarida Belgiyada davlat organlari xodimlarini o'qitadigan va ular uchun bevosita ish o'rinlarida tizimlarni sozlaydigan mutaxassislarning maxsus mobil guruhlari (jumladan ixtisoslik o'quv yurtlaridagi o'qituvchilar va talabalar ham jalb etilgan holda) tashkil qilinadi. Raqamli sohaning yana bir nozik jihati shundaki, murakkab raqamli tizimlarni ishlab chiqish va ularni amalda qo'llash jiddiy va mufassal yondashuvni talab qiladi. Sizga noodatiy tuyulishi mumkin, biroq ko'pincha dasturlash (o'zicha) aslida yetarli darajada texnologik hodisa emasdir. Binobarin, sizning vazifalaringizni hal qiluvchi 234 dasturchi ko'p jihatlarda vazifani qanday anglashiga qarab harakat qiladi. Aksariyat axamiyatli yechimlar bu jarayonda izohsiz qoldiriladi, chunki har qaysi taraf ularni o'zo'zidan tushunarli deb hisoblaydi.

Dasturlarga aloqador yondosh hujjatlar ba'zan pala-partish tuziladi. Natijada mahsulot bilan ishlash jarayonida buyurtmachi o'zi buyurtma bergan va yaratilishi uchun pul to'lagan ishlanma ustidan nazoratni qo'ldan chiqaradi. Bunda axborotlashtirish loyihalariga ajratiladigan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

budjetda garchi g'oyatda muhim bo'lishiga qaramay xizmat ko'rsatishga doir xarajatlar ko'zda tutilmaydi. Raqamli iqtisodiyot butun dunyoni qamrab olishi tufayli, axborotlashtirish va raqamlashtirishga oid har qanday davlat loyihasi kompleks ravishda hamda yagona kodlash tizimi, iqtisodiy va boshqaruvga aloqador axborotni aniqlash asosida o'rganilishi lozim. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi eng muhim jihat va bir vaqtning o'zida eng murakkab bosqich -bu ishbilarmonlik muhitini soddalashtirish hamda odamlar va biznesning davlat bilan muloqotiga sarflanajak xarajatlarni maksimal qisqartirishdir. Shundan keyin tomonlarning davlat va xususiy sektor doirasida tashkilotlararo (multiagent) muloqotni yo'lga qo'yish talab etiladi. «Bittadan -bittaga» va «bittadanko'pga» muloqot formulasidan «ko'pdan-ko'pga» formulasiga o'tiladigan raqamli iqtisodiyot platformalari ushbu jarayonning eng muhim bo'lagi hisoblanadi. Ushbu sohadagi siljishlar davlat ko'magida kichik va o'rta biznesga mos keladigan konsalting va texnik tashkilotlarni rivojlantirish orqali, iqtisodiyotning real sektoridagi vaziyatni avtomatik tarzda keskin o'zgartiradi (va mazkur sohalarda tuzilmaviy islohotlarga turtki beradi) va innovatsion iqtisodiyot uchun shart-sharoit yaratishga yordam beradi.

Raqamli iqtisodiyotda davlatning o'rni Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat (hukumat) bozor "o'yin" qoidalarini o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta'minlanadi.

Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda (ya'ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda.

Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin. Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda.

Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin:

• ko'plab sohalardagi monopoliya;

• internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;

• axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi;

• fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;

• qonunchilikning shaffof emasligi;

• axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;

• axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;

• boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki (ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi.

So'nggi o'n yillikda butun dunyo bo'ylab raqamli ma'lumotlarga asoslangan biznes modellaridan foydalangan holda ko'plab raqamli platformalar paydo bo'ldi va ular mavjud sanoat tarmoqlari o'rnini egalladi. Platformalarning ustunligi shundaki, bozor kapitall ashuvi bo'yicha dunyodagi yetakchi sakkizta kompaniyaning yettitasi platformaga asoslangan biznes modellaridan foydalanishadi.Raqamli iqtisodiyotda platformaga asoslangan biznes katta ustunlikka ega. Ham vositachi, ham infratuzilma sifatida ular onlayn harakatlar va platforma foydalanuvchilari o'rtasidagi o'zaro aloqalar bilan bog'liq barcha ma'lumotlarni yozib olish va o'chirish imkoniyatiga ega. Raqamli platformalarning o'sishi ularning raqamli ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish qobiliyatiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq, ammo ularning qiziqishlari va xattiharakatlari daromad olish uchun ushbu ma'lumotlarni qanday qilib tij oratlashtirayotganliklariga bog'liq.

MUHOKAMA

Ta'kidlanishicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog'liq 50 foizdan ortiq sohalarni keskin o'zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o'zgartirib, ularning samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan. Jahon banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko'payishi yillik YalM ko'lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YalMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga o'sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati belgilaydigan ko'rsatkich sifatida qaraladi. 2010 yilda Boston Consulting Group kompaniyasi raqamlashtirish ko'lamini 20ta mamlakatdan iborat guruh uchun 2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YalM) baholagan. Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, 10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning jahon YalMidagi ulushi 30-40 foizga yaqinlashadi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda IT sohasida taxminan 1 foiz aholi mehnat qiladi, ushbu sektor ish o'rinlarini boshqalarga solishtirganda nisbatan qamroq yaratadi.

Biroq IT yo'nalishining yuksalishi yangi texnologiyalarni o'zlashtirayotgan boshqa sohalarda ish o'rinlarining yaratilishiga turtki beradi (IT sohasida yaratilgan har 1ta 237 yangi ish o'rni uchun yondosh sohalarda 4,9ta ish o'rni to'g'ri keladi). Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlar va o'zi uchun ishlaydigan insonlarga yangi ufqlarni dadil ochib bermoqda. Ko'pincha IT sohasining rivojiga qo'shilgan hissa iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi ish o'rinlarining yaratilishi, odamlar va biznes uchun yangi turdagi xizmatlarning paydo bo'lishi, elektron hukumat loyihalari doirasida xarajatlarining qisqarishiga zamin yaratadi. Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyalarini tatbiq etishdan hosil bo'lgan umumiy effekt kutilganidan samarasizroq bo'lib chiqadi va bir xil tartibda taqsimlanmaydi. Bu kabi investitsiyalardan maksimal natija olish uchun texnologiyalarning Jahon banki tayyorlagan ma'ruzasida «analog to'ldiruvchilar» deb nomlangan boshqa omillar bilan o'zaro ta'sirini yaxshi tushunish talab etiladi.

XULOSA

Masalan, xaridorga poyafzal kerak. Uni bozorga tushib o'zi bevosita tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu an'anaviy iqtisod. Telegramdagi biron savdo boti orqali o'ziga ma'qul

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron to'lov tizimi orqali to'lash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish - raqamli iqtisodiyot deyiladi. Bu masalani eng sodda maishiy misol orqali tushuntirishdir. Aslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Masalan, oyliklarimiz plastik kartalarga tushadi, elektron to'lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot va xizmatlarga to'lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklarasiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga taom buyurtma qilamiz va hokazo. Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Deputat Nodir Jumayev bu boradagi mulohazalarini bayon etdi.

REFERENCES

1. Raqamli iqtisodiyot nima? www.texnoman.uz

2. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil 1/2021 (№ 00051) http://iqtisodiyot.tsue.uz 309 RAQAMLI IQTISODIYOTNING BUGUNGI HOLATI: MUAMMO VA YECHIMLAR Kurpayanidi Konstantin Ivanovich Farg'ona politexnika instituti dotsenti, i.f.n. Ilyosov Asrorjon Axrorjon o'g'li Farg'ona politexnika instituti

3. G'.M. PORSAEV, B.SH. SAFAROV, D.Q. USMANOVA RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLARI (Darslik)

4. Raqamli iqtisodiyot mamlakatimiz taraqqiyoti garovidir. [review.uz]

5. "Raqamli iqtisodiyot: taraqqiyot sari qisqa yo'l" Sanobar Jumanova "Yangi O'zbekiston" gazetasi 17-sentabr 2020

6. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil 288 1/2021 (№ 00051) http://iqtisodiyot.tsue.uz РА^АМЛИ ЩТИСОДИЁТНИНГ АХ,АМИЯТИ ВА РИВОЖЛАНИШ ЙУНАЛИШЛАРИ Аскаров Нодир Ибрагимович

7. International Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada May 21st 2022 215 MAVZU: RАQАMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLАNTIRISH OMILLАRI Rahimov Bahromjon Qaxramon o'g'li

8. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA "ELEKTRON SOG'LIQNI SAQLASH" TIZIMINING ISTIQBOLLARI Mirzarahimova Aziza Baxrom qizi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.