Научная статья на тему 'Sanoat korxonalarida raqamli iqtisodiyotdan foydalanish usullari'

Sanoat korxonalarida raqamli iqtisodiyotdan foydalanish usullari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
366
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
raqamlashtirish / raqamli korxona / raqamli transformatsiya / bulutli texnologiyalar / katta ma’lumotlar / raqamli transformatsiyalash modellari / jarayon modeli / tarmoq modeli / texnologiya modeli / matritsa modeli

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shahriyor Azimov

Ushbu maqolada raqamlashtirish tushunchasi, uni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni haqida so’z yuritilgan. Raqamli transformatsiya jarayoninig mohiyati, ushbu jarayonni korxonalar faoliyatiga tadbiq etish strategiyasi va ushbu strategiyani amalga oshirish yo’llari, raqamli texnologiyalarning guruhlanishi, ushbu texnologiyalarni joriy qilishning afzalliklari va keltirishi mumkin bo’lgan ehtimoliy zararlari, raqamli korxonani joriy etish bosqichlari va modellari yoritib berilgan hamda amaliy tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Sanoat korxonalarida raqamli iqtisodiyotdan foydalanish usullari»

Sanoat korxonalarida raqamli iqtisodiyotdan foydalanish

usullari

Shahriyor Azimov Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamlashtirish tushunchasi, uni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni haqida so'z yuritilgan. Raqamli transformatsiya jarayoninig mohiyati, ushbu jarayonni korxonalar faoliyatiga tadbiq etish strategiyasi va ushbu strategiyani amalga oshirish yo'llari, raqamli texnologiyalarning guruhlanishi, ushbu texnologiyalarni joriy qilishning afzalliklari va keltirishi mumkin bo'lgan ehtimoliy zararlari, raqamli korxonani joriy etish bosqichlari va modellari yoritib berilgan hamda amaliy tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: raqamlashtirish, raqamli korxona, raqamli transformatsiya, bulutli texnologiyalar, katta ma'lumotlar, raqamli transformatsiyalash modellari, jarayon modeli, tarmoq modeli, texnologiya modeli, matritsa modeli

Methods of using the digital economy in industrial enterprises

Shahryor Azimov Urganch State University

Abstract: This article discusses the concept of digitization and its role in economic development. The essence of the digital transformation process, the strategy of applying this process to the activities of enterprises and the ways of implementing this strategy, the grouping of digital technologies, the advantages and possible harms of the introduction of these technologies, the stages and models of the introduction of a digital enterprise are highlighted and practical. recommendations are given.

Keywords: digitization, digital enterprise, digital transformation, cloud technologies, big data, digital transformation models, process model, network model, technology model, matrix model

Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida zamonaviy raqamli texnologiyalar ijtimoiy farovonlik o'sishini belgilovchi asosiy ishlab chiqarish resursi sifatida qaralmoqda. Tashkilotlar va birinchi navbatda iqtisodiyotning real sektori korxonalari tomonidan zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan foydalanish ularning raqamli iqtisodiyotda samarali ishlashining eng muhim shartidir. Korxonani raqamlashtirish zamonaviy ishlab chiqarish usullariga asoslangan holda texnologik

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1533

jarayonlarni va boshqaruvning barcha darajalarida qaror qabul qilish jarayonlarini boshqarish sifatini keskin o'zgartiradi va korxona faoliyati samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Sanoat korxonalarini raqamli tranformatsiya jarayoni bir qancha o'ziga hos hususiyatlarga ega bo'lib ushbu jarayonni to'g'ri tashkil qilish, korxona uchun kerakli strategiyani ishlab chiqish ko'p jihatdan uning faoliyatini samarali va uzluksiz tashkillashning asosiy shartlaridan biridir.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Ma'lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qo'shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida raqamli axborotlar ta'siri asosida kuzatilayotgan jarayonlar real sektorning strategik rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo'lmoqda. Shunday ekan sanoat korxonalarimizda raqamli ishlab chiqarishni to'g'ri tashkil etish, ushbu jarayonni korxonaga joriy etish strategiyasini to'g'ri tanlashga katta ahamiyat qaratish lozim.

Innovatsion faoliyat ulushining o'sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo'lida, innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning, mamlakatimizda ko'p tarmoqli innovatsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun - qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech imkoni yo'q. Davlatimiz rahbarining ta'kidlashicha, yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo'yicha 2019 yilda 8 pog'onaga ko'tarilgan bo'lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz. Ertaga juda kech bo'ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish

- kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat

- korrupsiya balosini yo'qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin".

O'z o'rnida qayd etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatmoqda. Jumladan,

www.openscience.uz / issn 2181-0842 1534

hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o'tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o'tkazilmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta'biri bilan aytganda, "raqamli iqtisodiyot yangi xavf-xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, shu jumladan, kiberxavfsizlikka tahdidlar, noqonuniy iqtisodiy faoliyatning yengillashuvi, shaxsiy hayot daxlsizligini buzilishi bilan bog'liq sabablarni keltirish mumkin. Yangi qarorlar qabul qilish hukumatlar, fuqarolik jamiyati, akademik guruhlar, ilmiy hamjamiyat va texnologik sektorlarning hamkorlikdagi harakatini talab etadi" Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu o'rinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O'zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta'sirchan chora-tadbirlar natijasida 2019 yilda Kiberxavfsizlik BMT statistikasi 2019 global indeksida 41 pog'onaga ko'tarilib, 52 o'rinni egalladi.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog'liq bo'lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo'nalishlarini sanab o'tish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonuni, 1998. 24 dekabr.

2. O'zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to'g'risida"gi qonuni, 1998. 30 aprel.

3. O'zbekiston Respublikasining "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida"gi qonuni. 1998. 30 aprel.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 aprel "To'g'ridan- to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotni real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, 2008 yil, 28 noyabr, PF-4058-son.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotni real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni 2008 yil, 18 noyabr, PF-4053-son.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1535

V. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 aprel PQ-56-sonli "Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1536

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.