Научная статья на тему 'ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISHDA «RAQAMLI EGIZAK» TEXNOLOGIYASINING O‘RNI'

ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISHDA «RAQAMLI EGIZAK» TEXNOLOGIYASINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
314
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“raqamli egizak” / digital twin” / modellashtirish / raqamlashtirish / avtomatlashtirish / raqamli texnologiyalar / raqamli transformatsiya / virtual qurilmalar / simulyatsiya. / "digital twin" / "digital twin" / modeling / digitization / automation / digital technology / digital transformation / virtual devices / simulation.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Jurayev Aburayxon Xoliqulovich

Maqolada ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimlarini kompleks avtomatlashtirish va raqamlashtirish uchun “raqamli egizak – digital twin” deb nomlangan texnologiyani keng joriy etilayotganligi va bu texnologiyaning afzalliklar yoritilgan. Shuningdek, Respublikamizda raqamli transformatsiyaga o‘tish va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF DIGITAL TWIN TECHNOLOGY IN MANUFACTURING AUTOMATION

The article describes the widespread introduction of a technology called ";digital twin digital twin" for complex automation and digitization of production process control systems, and the advantages of this technology. It was also noted that the transition to digital transformation and widespread introduction of digital technologies in the country is being carried out gradually.

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISHDA «RAQAMLI EGIZAK» TEXNOLOGIYASINING O‘RNI»

ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISHDA «RAQAMLI EGIZAK» TEXNOLOGIYASINING O'RNI

Jurayev Aburayxon Xoliqulovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Annotatsiya: Maqolada ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimlarini kompleks avtomatlashtirish va raqamlashtirish uchun "raqamli egizak - digital twin " deb nomlangan texnologiyani kengjoriy etilayotganligi va bu texnologiyaning afzalliklar yoritilgan. Shuningdek, Respublikamizda raqamli transformatsiyaga o 'tish va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: "raqamli egizak", digital twin", modellashtirish, raqamlashtirish, avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalar, raqamli transformatsiya, virtual qurilmalar, simulyatsiya.

THE ROLE OF DIGITAL TWIN TECHNOLOGY IN MANUFACTURING

AUTOMATION

Jurayev Aburayxon Xoliqulovich

Karshi engineering and economics institute

Abstract: The article describes the widespread introduction of a technology called "digital twin - digital twin " for complex automation and digitization of production process control systems, and the advantages of this technology. It was also noted that the transition to digital transformation and widespread introduction of digital technologies in the country is being carried out gradually.

Key words: "digital twin", "digital twin", modeling, digitization, automation, digital technology, digital transformation, virtual devices, simulation.

Jahonda so'nggi vaqtlarda ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimlarini kompleks avtomatlashtirish va raqamlashtirish uchun usul va algoritmlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada, turli texnologik profildagi ishlab chiqarish qurilmalaridan iborat bo'lgan kompleksli ishlab chiqarish obyektining bir butun sifatida ishlaydigan tizimlarini ishlab chiqish va zamonaviy integrallashgan axborot-boshqarish tizimlari asosida kompleksli ishlab chiqarish obyektining ish samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jahonda ishlab chiqarish obyektining tashkiliy va texnologik infratuzilmasini optimallashtirish bo'yicha ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

So'nggi yillarda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan alohida qiziqish uyg'otadigan eng qiziqarli texnologiyalardan biri bu "raqamli egizak - digital twin" deb nomlangan texnologiyadir.

"Raqamli egizak" - bu modellashtirish va ishlab chiqarishni rejalashtirish va avtomatlashtirishda yangi so'z - virtual qurilmalar va simulyatsiya modellari

ko'rinishidagi har bir ishlab chiqarish obyekti ichidagi barcha munosabatlarni ishonchli tavsiflovchi yagona modeli. Shunday qiliD, jismoniy dunyoning virtual nusxasi yaratiladi. Haqiqiy aktivning aniq nusxasi bo'lgan raqamli egizakdan foydalanish ma'lum sharoitlar va omillarga bog'liq holda voqealarning rivojlanishini tezda modellashtirishga, ishning eng samarali usullarini topishga, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavflarni aniqlashga, yangi texnologiyalarni mavjud ishlab chiqarish tarmoqlariga qo'shishga va loyihani amalga oshirish vaqti va narxini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, raqamli egizak xavfsizlikni ta'minlash uchun qadamlarni aniqlashga yordam beradi.

Zamonaviy texnologiyalar neftni qayta ishlash zavodi yoki logistika kompaniyasi bo'lishidan qat'i nazar, har qanday ishlab chiqarish aktivlarining raqamli egizaklarini yaratishga imkon beradi. Kelgusida ushbu texnologiyalar real vaqt rejimida butun ishlab chiqarish jarayonini masofadan boshqarishga imkon beradi. Raqamli egizak asosida ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va boshqarish uchun ishlatiladigan barcha tizimlar va modellarni birlashtirish mumkin, bu jarayonlarning shaffofligini, qarorlarni qabul qilishning aniqligi va tezligini oshiradi.

"Gartner" tadqiqot va konsalting kompaniyasi tomonidan olib borilgan tahlillar natijasida 2021 yilga kelib yirik sanoat kompaniyalarining yarmi raqamli egizaklardan foydalanadi, bu esa ularning samaradorligini 10 foizga oshiradi deb taxmin qilmoqda. Raqamli egizaklar bozori 2024 yilga kelib 16 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Kompaniyalar ushbu texnologiyaga sarmoya kiritishdan oldin, ular qanday biznes foyda keltirishi va undan qanday foyda ko'rishlari mumkinligini tushunishlari kerak. Yaqin vaqtgacha raqamli egizakni yaratish juda qimmatga tushadi va ko'p foyda keltirmadi. Ammo, hozirda katta ma'lumotni saqlash uchun ko'proq imkoniyatlar mavjud va hisoblash texnikasi narxi tushganligi sababli, ushbu texnologiyadan foydalanish natijasida katta tijorat imtiyozlariga ega bo'lishingiz mumkin. Raqamli egizakning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, u eskirmaydi yoki to'xtab qolmaydi. Ushbu texnologiya har doim o'rganish jarayonida va o'zi modellashtirgan obyektlar bo'yicha ma'lumotlarni tahlil qilishni amalga oshiradi va bu yangi biznes imkoniyatlarini paydo bo'lishiga olib keladi [4].

Bizning Respublikamizda ham barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bunga misol sifatida Prezidentimizning 2020 yil 28 aprelda "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, 2023 yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravar va ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish hamda ularning eksportini 100 million AQSH dollariga yetkazish nazarda tutilgan [1].

«Raqamli O'zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi PF-6079-sonli Farmonining eng asosiy vazifa "Raqamli O'zbekiston - 2030" konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo'lib, u o'z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga

oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to'liq hamda kompleks raqobatbardoshlikni ta'minlashga xizmat qiladi [2].

Muhim vazifalardan yana biri davlatimiz rahbarining Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondirish, neft-gaz tarmog'i korxonalarini moliyaviy sog'lomlashtirishni ta'minlash, qabul qilingan xalqaro amaliyot asosida sog'lom raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni va ilg'or boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog'ini moliyaviy sog'lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4388-sonli Qarori tasdiqlandi. Ushbu Qarorga muvofiq O'zbekiston Respublikasining neft-gaz tarmog'ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Xorijiy tajribani hisobga olgan holda, shu jumladan, "Raqamli kon" konsepsiyasini amalga oshirish asosida ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish masalalari muhim vazifa sifatida belgilab olindi [3].

Barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish uchun axborot texnologiyalari bo'yicha mutaxassislarni talab etadi. Bu esa IT-mutaxassislarning xizmatiga bo'lgan talabning ortib borayotganidan darakdir. Respublikamizda bu bora qator ishlar olib borilmoqda masalan aholini axborot texnologiyalari bo'yicha savodxonligini oshirish, yosh dasturchilarni qo'llab quvvatlash, axborot texnologiyalari bo'yicha mutaxassislarni ko'paytirish maqsadida Respublikamizning barcha shaharlarida IT parklar va IT markazlar o'z faoliyatini boshladi. Bu esa Respublikamizda axborot texnologiyalari sohasining rivojlanishiga olib keladi.

Jahonda raqamli transformatsiya hali davom etmoqda. Hatto ilg'or mamlakatlarda ham bu jarayon tugallanmagan va raqamlashtirish darajasi tarmoqdan tarmoqqa qadar juda kuchli o'zgarib boradi. Ba'zi sohalar allaqachon ATning anchagina ta'siriga uchragan (moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiya, reteyl (chakana savdo), media sektori), boshqalari esa bu yo'lning boshida turibdi va raqamli texnologiyalarni ayrim jarayonlargagina (neft-gaz va tog'-kon tarmog'i, qishloq xo'jaligi, mudofaa sanoati) joriy etmoqda. Bu bilan birinchilardan bo'lib jadal transformatsiyalash ular uchun raqobatbardoshlilikning garovi bo'lgan korxonalar shug'ullana boshladilar [5-7].

O'zbekistonda banklar, telekommunikatsiya va sug'urta kompaniyalari boshqalarga qaraganda ancha faolroq raqamli transformatsiyaga o'tmoqda, chunki ularda daromadlilikning muhim ko'rsatkichlari texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etishga bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4699-sonli Qarori. 28.04.2020 y.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «Raqamli 0'zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli Farmoni. 05.10.2020 y.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog'ini moliyaviy sog'lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4388-sonli Qarori. 09.07.2019 y.

4. Магомадов В. С. ТЕХНОЛОГИЯ «ЦИФРОВОЙ БЛИЗНЕЦ» ДЛЯ ПРОИЗВОДСТВА/ В. С. Магомадов, 10.23670/IRJ.2020.97.7.010// Международный научно-исследовательский журнал. — 2020. — № 7 (97) Часть 1.- С. 72-75. -URL: https://research-journal.org/technical/texnologiya-cifrovoj -bliznec-dlya-proizvodstva/ (дата обращения: 16.04.2021.).

5. Mallayev A.R., Maxmadiyev B.S., Xusanov S.N., Rajabaliyev B.A. Boshqarish obyektlari uchun raqamli moslanuvchan rostlagich. Innovatsion texnologiyalar., Qarshi, 2020, №3 (39), 2124 betlar.

6. Mallaev A.R., Xusanov S.N., Sevinov J.U ALGORITHMS OF NONPARAMETRIC SYNTHESIS OF DISCRETE ONE-DIMENSIONAL CONTROLLERS. International Journal of Advanced Science and Technology. Vol. 29. No. 5s. (2020). pp. 1045-1050.

7. Mallayev Alisher Rajabaliyevich, Xusanov Suban Nurillayevich Estimation of Parameters of Settings of Regulators Based on Active Adaptation Algorithm. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Texnology. IJARSET. Vol. 6, Issue 8, August 2019. p.10376-10380.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.