O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI TAHLILI
Bababekova Nargiza Baxtiyarovna
Toshkent Amaliy fanlar universiteti "Tarmoqlar iqtisodiyoti" kafedrasi katta
o 'qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakat iqtisodiyotida axborot texnologiyalarning izchil rivojlanishi hosilasi sifatida raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining nazariy asoslari o'rganib chiqilgan holda asosli takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, qonuniy baza, huquqiy tartibot
АНАЛИЗ ТЕОРЕТИЧЕСКИХ И ПРАВОВЫХ ОСНОВ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Бабабекова Наргиза Бахтияровна
Старший преподаватель кафедры "Экономика отраслей " Ташкентского университета прикладных наук (UTAS)
Аннотация: В данной статье рассмотрены теоретические основы развития цифровой экономики как производной от последовательного развития информационных технологий в экономике страны.
Ключевые слова: цифровая экономика, правовая база, правопорядок.
ANALYSIS OF THE THEORETICAL AND LEGAL FRAMEWORKS FOR THE DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY IN UZBEKISTAN
Bababekova Nargiza Bakhtiyarovna
Senior Lecturer at the Department of Economics of Industries, Tashkent University
of Applied Sciences (UTAS)
Abstract: In this article, reasonable proposals were developed with a study of the theoretical foundations of the development of the digital economy as a derivative of the consistent development of Information Technology in the country's economy.
Keywords: digital economy, legal base, legal enforcement.
KIRISH
Hozirgi butun dunyoda amalga oshirilayotgan axborot texnologiyalarning izchil rivojlanishi jumladan raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, loyihalari asosan barcha mamlakatlar turli darajalarda duch keladigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda samarali usul sifatida qo'llaniladi. Dunyo aholisining yarmidan ko'pi shaharlarda yashayotganligini hisobga olsak, raqamli iqtisodiyot tizimini joriy etish va rivojlantirish masalasi kun sayin dolzarb bo'lib kelmoqda. Raqamli iqtisodiyot va uni yanada rivojlantirish zarurati, shuningdek, ishlab chiqaruvchi kuchlarning axborot texnologiyalar asosida ilmiy-texnikaviy rivojlanish darajasini, jamiyatning madaniy va ijtimoiy-ma'naviy hayotini yaxshilash talab etmoqda.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni samarali tashkil etishdan maqsad xizmatlarning samaradorligini oshirish va aholi ehtiyojlarini qondirish uchun ularni rag'batlantirish masalalari shuningdek, shaharni yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda hayot sifatini yaxshilash lozim.
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot tushunchasi bir qator mamlakatlarning iqtisodiy nazariyasi va amaliyotida paydo bo'ldi. Bu raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turdi. Ulardan foydalanish samaradorligi ortib borayotgan bilimga aylantirildi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tobora kengayib bormoqda. Bozor subyektlarining faoliyatida raqamli transformatsiyalarning asosiy omili raqamli madaniyatni rivojlantirishdan iborat. Jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy isloh qilishning hozirgi bosqichida atrof-muhit jamiyatning institutsional tuzilishiga xos xususiyatlarini keltirib chiqarmoqda va bu asosda yangi tushunchalar va yondashuvlarni shakllantirishga zarurat tug'diradi.
Ma'lumki, Muhtaram Prezidentimizning 2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan "Elektron Hukumat" tizimini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarida axborot tizimlarini tatbiq etish va jamoat tartibini ta'minlash vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2017-yil 27 iyuldagi PQ-3150-sonli qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi "Uzinfokom" negizida Davlat
axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integrator tashkil etish va yagona integrator oldiga bir qator vazifalar qo'yildi [1].
Ta'kidlash joizki, keyingi yillarda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga doir bir qancha me'yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, unda mazkur tizimni taraqqiy ettirishga doir ko'plab qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab berildi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari to'g'risidagi PQ-3832-sonli, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PK-6079-sonli qarorlariga binoan respublikada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, yaqin istiqbolda barcha tarmoq va sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilganligini ko'rsatib o'tish mumkin [2].
O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish vazifasi milliy statistika doirasida ham bir qancha muhim ishlarning bajarilishini, xususan, milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarini raqamlashtirishga oid indikatorlar tizimi ishlab chiqilishi, mazkur tizim uchun ma'lumotlar bazasi shakllantirilishi, maxsus kuzatuvlar, so'rovnomalar, hisobot shakllari ishlab chiqilishini taqozo etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Iqtisodiyot va jamiyatning "raqamlashtirish" jarayoni (ingliz tilida - digitization ya'ni, raqamlashtirish, ba'zan esa digitalization ya'ni raqamlashtirilishi ma'nosini bildiradi.) haqida gapirganda, birinchi navbatda, terminologiyaga aniqlik kiritish kerak. Eng keng ma'noda "raqamlashtirish" jarayoni odatda raqamli texnologiyalarni keng qo'llash va assimilyatsiya qilish tashabbusi bilan boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishni anglatadi. axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalaridir.41 Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta'riflar berilgan. Jumladan, iqtisodiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi V.Ivanov "Raqamli iqtisod - haqiqatimizni to'ldiradigan virtual muhit" deya takidlaganlar [3].
Tomsk davlat universitetining professori, R. Meshyaryakovning fikricha "raqamli iqtisod" atamasiga ikkita yondashish mavjud deb hisoblaydi. Raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiyotning va elektron tovar va xizmatlar eksklyuziv domen tavsiflovchi raqamli iqtisodiyot: birinchi yondashuv "klassik" deb nomlanib, klassik misollar - teletibbiyot, masofaviy ta'lim, dori-darmonlarni sotish (filmlar, televizorlar, kitoblar va boshqalar). Ikkinchi yondashuv: "raqamli iqtisod" ilg'or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarishdir [4].
M.L.Kalujskiy raqamli iqtisodiyot - iqtisodiy internet faoliyati, shuningdek, shakllari, usullari, vositalari va uni amalga oshirish aloqa muhitidir deb ta'riflagan [5].
"Raqamli iqtisodiyot" atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuyel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o'zining "Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat" nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to'laligicha hali shakllanmagan va ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o'rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon "Yangi raqamli iqtisodiyoti" turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, "Postindustrial iqtisodiyot" (D.Bell), "Axborotlashgan iqtisodiyot" (O.Toffler)[6], "Megaiqtisodiyot" (V.Kuvaldin), "Axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot" (I.Niiniluto), "Texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot" (B.Geyts), "Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot" (D.Tapskott) adabiyotlarini keltirish mumkin.
Manbalarda keltirilishicha "Raqamli iqtisodiyot" iqtisodiyotning bunday turi ma'lum darajada amalda ishlaydigan turdagi model hisoblanadi. Raqamli iqtisod - bu ishlab chiqarish kompleksi, inson uchun hayot va qulaylikni ta'minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan ishlab chiqarish tizimi bo'lib, u yerda ma'lum bir kiber-jismoniy (киберфизическая) tizim paydo bo'ladi [7].
Fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot bu ishlab chiqarish kompleksi insonlar uchun qulayliklarni ta'minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan virtual muhit bo'lib, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarish tizimidir. Shuningdek, raqamli iqtisod rasmiylashtirilishi mumkin bo'lgan barcha arsani qamrab olishi mumkin, ya'ni mantiqiy sxemalarda namoyon bo'ladi. Hayotning o'zi esa bu "narsalarni" ishlab chiqarish, tarqatish, almashtirish va iste'mol qilish tizimiga aylantirishga imkoniyat yaratadi. Xaqiqatdan ham insonning ruhiy haqiqatida joylashgan dunyoning virtual qismidan oldin ishlab chiqarish kuchi bo'lmagan, yangi g'oyalar va mahsulotlar yaratilgan muhit emas edi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"Raqamli" davlatlar - ya'ni raqamli iqtisodiyot yuksak rivojlangan davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanadi. AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya hamda Gongkong raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlar 10 taligiga kiradi. Ushbu davlatlar tajribasini o'rganib chiqish va bular asosida harakatlanish ko'zlangan maqsadga tezroq erishishga yordam beradi.
Bugungi kunda Respublikada axborot-kommunikatsiya tarmog'ida hizmatlar turlarini o'stirish, soxaga yangi innovatsion uslublarni joriy etish maqsadida 2030-yilga qadar "Raqamli O'zbekiston" konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan ham choratadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Shu maqsadda axborot va aloqa sohasida
faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni haqidagi statistikani tahlil etishimiz mumkin.
1-jadval
Iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha "Axborot va aloqa" sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni
Tarmoqlar 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024
Axborot va aloqa - jami 6370 6427 6403 6975 7901 9517 10587 12204 10551
Kitoblar nashr qilish 84 87 114 122 145 193 217 242 232
Ma'lumotnoma va ro'yxatlar nashr qilish 21 15 5 7 7 8 7 11 11
Gаzetаlаr ^shr qilish 106 267 308 315 315 337 324 321 246
Jur^l^r vа dаvriy nаshrlаr ^shr qilish 39 117 143 154 176 182 211 229 192
Nаshirlik fаoliyatining boshqа turkn 216 220 223 231 270 358 405 409 341
Kompyuter o'yinlаrini chiqаrish 82 171 83 90 109 136 130 156 171
Boshqа dаsturiy tа'minotlаmi chiqаrish 122 109 201 206 248 315 352 425 494
Kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqarish 115 161 184 205 227 293 353 400 305
Kino- videoH^m^ vа televizion dаsturlаr tayyorlashning ishlаb chiqаrish bosqichi 12 23 39 44 42 53 59 63 44
Kinofilm^r, video vа televizion dаsturlаrni tаrqаtish 46 43 44 50 46 49 47 49 42
Kinofilmlar namoyish qilish 95 82 87 87 95 99 84 95 70
Fonogrаmmаlаr vа musiqаli yozuvlаmi nаshr qilish bo'yichа fаoliyat 125 100 88 71 76 84 77 71 44
Rаdioeshittirish 227 389 109 93 87 88 66 68 35
Televizion dаsturlаrni yarаtish vа nаmoyish qilish bo'yichа fаoliyat 99 81 76 91 92 106 106 107 90
Simli аloqа xizmаtlаrini taqdim etish 845 640 547 542 457 463 362 386 296
Simsiz aloqa xizmatlarini taqdim etish 1025 1255 1020 1065 1127 1382 1457 1588 1223
Yo'ldosh vositasidagi aloqa xizmatlarini ko'rsatish taqdim etish 16 11 7 8 20 24 22 25 16
Boshqa telekommu-nikatsiya xizmatlari ko'rsatish 368 245 538 606 805 1017 1255 1253 992
Kompyuter dasturlashtirish sohasidagi faoliyat 370 379 387 561 710 896 1121 1618 1602
Kompyuter texnologiyalari sohasidagi maslahat xizmatlari 169 175 249 272 309 387 461 536 583
Kompyuter uskunalarini boshqarish bo'yicha faoliyat 66 93 89 122 149 198 243 290 269
Аxborot texnologiyalari va kompyuter tizimlari sohasidagi boshqa faoliyat turlari 1020 972 1018 1051 1217 1433 1596 1993 1694
Ma'lumotlarni joylashtirish va ishlov berish bo'yicha xizmatlar 92 107 224 317 396 510 628 704 604
Web-portallar 3 - 17 49 70 97 109 128 137
Аxborot agentliklari faoliyati 454 253 215 207 188 175 171 197 188
Boshqa toifalarga kiritilmagan, axborot xizmati ko'rsatish bo' yicha boshqa faoliyat 553 432 388 409 518 634 724 840 630
Mazkur 1-jadvalda tarmoqlar kesimi bo'yicha axborot va aloqa xizmatlar ko'rsatishni yillar kesimida o'sib borayotganligini, ayniqsa simsiz aloqa xizmatlarini taqdim etish va dasturiy ta'minot bo'yicha xizmat turlarini jadal o'sib borayotganligini ko'rish mumkin.
2-jadval
Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning YAIMdagi ulushi (YAQQga nisbatan % da)
Ko'rsatkichlar 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sektori 1,9 2,1 2,3 2,0 1,7 1,9 2,5 3,3
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sektori 1,8 2,0 2,1 1,8 1,5 1,6 1,7 1,9
AKT ishlab chiqarish 0,1 0,1 0,1 0,1 0,1 0,1 0,1 0,1
AKT savdosi 0,1 0,1 0,1 0,1 0,1 0,0 0,1 0,1
AKT xizmatlari 1,6 1,8 1,9 1,7 1,4 1,5 1,6 1,8
Kontent sektori va ommaviy axborot vositalari 0,1 0,2 0,2 0,2 0,2 0,2 0,2 0,2
Elektron tijorat - - 0,0 0,0 0,1 0,1 0,6 1,2
Mamlakat yalpi ichki mahsulotida axborot biznesi ulushining ko'payishi jamiyat rivojlanishining axborotlashgan jamiyat tomon harakatlanishini bildiradi. 2-jadval ma'lumotlaridan tahlil etishimiz mumkinki mamlakat Yalm hajmida AKT mahsulotlari hamda hizmatlarini sekin astalik bilan o'sib bormoqda. Bu yerda 2015-yilga qaraganda AKT sektori o'rtacha 1.8 % ga o'sganini, AKT ishlab chiqarish va AKT savdosi 0.1 probelda o'zgarishsiz qolganini hamda AKT xizmatlari va elektron tijorat o'rtacha 1.66 %ga o'sib kelayotganini ko'rishimiz mumkin.
Bunday o'sishni mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan dasturlar bilan izohlasak bo'ladi.
Shuningdek axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat hajmini qiymatlarda ham tahlil etsak axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sektori o'rtacha 8 yilda 23878.7 mlrd. so'mlik o'sishga erishgan bo'lsa, elektron tijoratning hajmi esa 9683.9 mlrd. so'mga jadal o'sganini ko'rish mumkin. Aynan AKT hizmatlari yillar davomida yuqori o'sish suratida borayotganligini bu esa turli hizmatlar turlarini bozorda keng faoliyat yuritayotganligidan dalolat berishini kuzatish mumkin.
3-jadval
Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat hajmi (mlrd.so'm)
Ko'rsatkichlar 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sektori 3 876,3 4 967,7 6 377,8 7 732,1 8 491,9 10 777,0 16 939,5 27 755,0
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sektori 3 581,7 4 575,3 5 849,0 6 876,8 7 323,0 9 095,9 11 567,6 16 131,1
AKT ishlab chiqarish 141,7 127,2 238,3 301,9 279,4 540,1 503,3 820,3
AKT savdosi 140,8 228,0 281,6 236,2 293,3 252,3 367,8 580,8
AKT xizmatlari 3 299,2 4 220,1 5 329,1 6 338,7 6 750,3 8 303,5 10 696,4 14 730,0
Kontent sektori va ommaviy axborot vositalari 294,6 392,4 518,7 750,1 908,9 1 089,7 1 464,6 1 929,9
Elektron tijorat 10,1 105,2 260,0 591,4 3 907,3 9 694,0
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi yo'nalishlar belgilab olingan:
- davlat va xo'jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish;
- mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
- zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojlantirish, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriy qilishni muvofiqlashtirish;
- davlat boshqaruvida va iqtisodiyot sohalarida elektron xizmatlarni joriy qilish, elektron tijorat va dasturiy ta'minot bozorini rivojlantirish orqali raqamli iqtisodiyotni yuksaltirish;
- Internetning milliy segmentini, raqamli media-kontentni tashkiliy, moddiy-texnik va iqtisodiy qo'llab-quvvatlash orqali rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
- shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishda foydalanish, xususan turar-joy va kommunal xizmat ko'rsatish, transport logistikasi, xavfsiz va "aqlli shahar" uchun "aqlli tizim"larni ishlab chiqish;
- malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Shubhasiz raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi aholi bandligi sohasiga ta'sir
qiladi.
Kelajakda quyidagi kasblar paydo bo'lishi mumkin:
- shaxsiy brendni boshqaruvchi;
- virtual advokat;
- davlat organlari vakillari bilan muloqot platformasi moderatori;
- infostyleist;
- raqamli lingvist;
- muddatli broker;
- interfeysi uslubchisi.
Raqamli iqtisodning shakllanishi muayyan bazaga ega bo'lishi kerak, bu quyidagicha bo'lishi lozim:
- raqamli infratuzilmani va aloqa standartlarini ishlab chiqish;
- axborot xavfsizligini ta'minlash;
- On-Line xizmatlarni kengaytirish;
- fuqarolar uchun tarmoq ichidagi va On-Line kommunikatsiyalarga bepul kirishni yaratish;
- raqamli ekotizimlarda axborot oqimlari va bilimlarni boshqarishni
takomillashtirish.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va amalga oshirishning muhim jihati, birinchi navbatda, quyidagi muammolarni hal etishga yo'naltirilgan davlat mintaqaviy siyosatini amalga oshirish hisoblanadi. Hududlarda investitsion jozibadorligini oshirish va ulardagi innovatsion faoliyatni oshirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, mintaqalarning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish sohasidagi hududiy nomutanosiblikni minimallashtirish, mintaqalararo munosabatlarni mustahkamlash hamda inson salohiyatidan oqilona foydalanish lozim.
Biz mintaqaviy rivojlanish sohasida to'rtta strategik vazifani belgilashni taklif qilamiz:
- Birinchidan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi sifatida
- hududlarning raqobatdoshligini oshirish va ularning resurs salohiyatini
- mustahkamlash;
- Ikkinchidan, inson resurslarini rivojlantirish;
- Uchinchidan, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish hamda mintaqalarni rivojlantirish uchun institutsional sharoitlarni yaratish;
- To'rtinchidan, jarayonlarni samarali boshqarish va o'z vaqtida to'g'ri qaror qabul qilish uchun onlayn rejimda xo'jalik yurituvchi subyekt darajasida moliyaviy va
iqtisodiy xavfsizlikni monitoring qilish uchun dasturiy ta'minotni taqdim etish uchun bevosita muloqot qilish va aloqa uchun aloqa tizimini yaratish kerak.
Ushbu vazifalar davlat tomonidan tadbirkorlik va kichik biznesni moliyalashtirishni maqsadli yo'naltirishda o'z vaqtida javob berish uchun mintaqaviy va davlat darajasida muntazam ravishda yangilanishi, qo'llab-quvvatlashi, monitoringini amalga oshirishi hamda muntazam yangilanishini taklif etadi.
XULOSA
O'zbekistonda raqamli texnologiyalardan foydalanishning xorij tajribasi asosida takomillashtirish, Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta'minlashni ko'zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish lozim.
Fikrimizcha, raqamli tizimlar uchun texnologiyalar va xizmatlarni o'z ichiga quyidagilarni olishi kerak:
- axborot-kommunikatsiya tizimining rivojlangan tuzilmasi;
- obyektiv yo'naltirilgan guruhlarda ishtirok etadigan interaktiv jamoalar;
- axborot resurslari;
- ma'lumot bazasi;
- elektron o'zaro ta'sirlarning yangi shakllari;
- biznes, hukumat va jamiyatni integratsiyalashish uchun platforma;
- raqamli muhit.
Yuqoridagilarni hisobga olib, raqamli texnologiyalarni qo'llash va ulardan foydalanish, ularning mavjudligi va sifati, tayyorgarlik bosqichlari va rivojlanishning turli darajalari, majburiy maktabgacha ta'limda texnik ko'nikmalar olish bo'yicha zarur ta'limning darajasini oshirishga alohida e'tibor berish kerak hamda korxona va tashkilotlarda oliy ta'lim va doktorantura ta'lim dasturlarini ta'minlashimiz kerak. Mintaqaviy darajadagi oqilona iqtisodiy tizimni shakllantirish barqaror iqtisodiy o'sish nuqtalarini aniqlash, mintaqaning rivojlanish sohalari va yo'nalishlarini nafaqat zamonaviy sharoitlarda raqamli shakllantirishni emas, balki birinchi navbatda, inson resurslarini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash yo'li bilan davlat-xususiy sektor hamkorligi asosida iqtisodiy va innovatsion rivojlanish sarmoyasi shakllantiriladi. Asosiy omillarni dasturiy ta'minotni faollashtirishga qaratilgan ommaviy axborotlashtirishni rivojlantirish, apparatni yangilash, tarmoq
texnologiyalarini rivojlantirish, tranzaksion sektorning o'sishi hisoblanadi. Shu bilan birga, raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirishning g'oyalarini tarqatish, axborot bozori sifatida tavsiflangan ijtimoiy - iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning rivojlanishi sohasida iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar, vositachilar o'rtasidagi savdosi axborot mahsulotlari bozorini shakllantiradi. Ushbu yondashuv bir qator mamlakatlarda axborot industriyasining ustunligini kuchaytiradi, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasi borgan sari bilimga asoslangan va innovatsion asosida rivojlanmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2017-yil 27 iyuldagi PQ-3150-sonli qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5 oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PK-6079-sonli qaror.
3. Алексеев И.В. Информационное обеспечение системы управления франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене // Экономические и гуманитарные науки. - 2015. - №1 (276). - С. 105-110.
4. Кузовкова Т.А., Салютина Т.Ю., Кухаренко Е.Г. Методические основы и результаты интегральной оценки цифрового развития экономики и общества // Электронный научный журнал «Век качества». 2019. №3. С. 106-122. http ://www.agequal. ru/pdf/2019/319007.pdf.
5. Жуковская И.Е. Совершенствование методологии использования информационно-коммуникационных технологий в статистической деятельности в условиях формирования цифровой экономики. Диссертация на соискание ученой степени доктора экономических наук (DSc). - Ташкент. 2020, -260 с
6. Jacob B., Desouza K.C. Big data in the public sector: Lessons for practitioners and scholars //Administration & Society. - 2017. - Т. 49. - №. 7. - С. 1043-1064
7. Gulyamov S.S., Digitalization of the education system in Uzbekistan. International scientific journal "Theoretical & applied science". USA, 2020.10 volume 90. - 453-455 pp.
8. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Stataistika qo'mitasi