Научная статья на тему 'Raqamli iqtisodiyot sharoitida tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va unga investitsiya omilining ta’sirini baholash'

Raqamli iqtisodiyot sharoitida tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va unga investitsiya omilining ta’sirini baholash Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
239
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarkibiy o‘zgarishlar / investitsiya oqimlari / raqamli xizmatlar / AKT / YaIM / raqamli iqtisodiyot / investitsion muhit / investitsion jozibadorlik / xorijiy investitsiyalar / iqtisodiyot tarkibi / sanoat / xizmatlar sohasi / qishloq xo‘jaligi / qurilish / yalpi qo‘shilgan qiymat. / structural changes / investment flows / digital services / ICT / GDP / digital economy / investment climate / investment attractiveness / foreign investment / economic structure / industry / services / agriculture / construction / gross added value.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Maxmudov Nosir Maxmudovich, Avazov Nuriddin Rustam O‘g‘li

Mazkur maqolada O‘zbekiston misolida iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida tarkibiy o‘zgarishlarning ahamiyati tahlil qilingan. Bunday sharoitda investitsiya omilining ta’sirchanligi qanchalik darajada ekanligi ham ko‘rib chiqilgan. Bir qator olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari o‘rganilib, tadqiqot uchun kerakli jihatlari keltirilgan. Raqamlashtirish darajasini ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida raqamli iqtisodiyotning YaIMga qo‘shgan yalpi qo‘shilgan qiymati olingan. Keyingi, ya’ni tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi omil sifatida esa asosiy kapitalga investitsiya oqimlari ko‘rsatilgan. Omillar orasida bog‘liqlikni aniqlash uchun ekonometrik tahlil o‘tkazilgan va natijalar asosida xulosa chiqarilgan. Bu tadqiqot O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016–2020-yillar oralig‘idagi davr uchun amalga oshirilgan. Shuningdek, maqolada iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar, uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri hamda investitsiya oqimlarining iqtisodiyot va tarkibiy o‘zgarishlarga ta’siri nazariy jihatdan yoritilgan va tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida YaIM va AKT sohasida yaratilayotgan yalpi qo‘shilgan qiymat orasida kuchli bog‘liqlik borligi aniqlangan. Bundan tashqari, investitsiyalarning tarkibiy o‘zgarishlarga ijobiy ta’siri borligi, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining ko‘payishi natijasida YaIM hajmi ham, tarkibiy o‘zgarishlar darajasi ham oshib borishi tahlil asosida tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Deepening of structural changes in the digital economy and estimating the impacts of the investment factor

The article reviews the importance of structural changes in the digitalization of the economy in the example of Uzbekistan. The degree of effectiveness of the investment factor in such circumstances is also taken into account. The research work of a number of scientists has been studied and relevant aspects of the research have been presented. The main factor which determines the level of digitalization is the gross value added of the digital economy to GDP. The next factor affecting the structural changes is the inflow of investments in fixed assets. An econometric analysis was carried out to determine the relationship between the factors, and the conclusion made was based on the results. The study was carried out for the period 2016-2020 of the economy of Uzbekistan. The article theoretically investigates and analyzes structural changes in the economy, their impact on economic development, factors influencing structural changes, as well as the impact of investment flows on the economy and structural changes. The study found a strong correlation between GDP and gross value added in the ICT sector. In addition, the analysis showed that investment has a positive effect on structural changes that increase both the volume of GDP and the rate of structural changes as a result of increased investment in fixed assets.

Текст научной работы на тему «Raqamli iqtisodiyot sharoitida tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va unga investitsiya omilining ta’sirini baholash»

ИКТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ ECONOMIC SCIENCES

UDC: 338.12.015

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TARKIBIY O'ZGARISHLARNI CHUQURLASHTIRISH VA UNGA INVESTITSIYA OMILINING

TA'SIRINI BAHOLASH

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekiston misolida iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida tarkibiy o'zgarishlarning ahamiyati tahlil qilingan. Bunday sharoitda investitsiya omilining ta'sirchanligi qanchalik darajada ekanligi ham ko'rib chiqilgan. Bir qator olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari o'rganilib, tadqiqot uchun kerakli jihatlari keltirilgan. Raqamlashtirish darajasini ko'rsatuvchi asosiy omil sifatida raqamli iqtisodiyotning YalMga qo'shgan yalpi qo'shilgan qiymati olingan. Keyingi, ya'ni tarkibiy o'zgarishlarga ta 'sir qiluvchi omil sifatida esa asosiy kapitalga investitsiya oqimlari ko'rsatilgan. Omillar orasida bog'liqlikni aniqlash uchun ekonometrik tahlil o'tkazilgan va natijalar asosida xulosa chiqarilgan. Bu tadqiqot O'zbekiston iqtisodiyoti 2016-2020-yillar oralig'idagi davr uchun amalga oshirilgan. Shuningdek, maqolada iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar, uning iqtisodiy rivojlanishga ta'siri hamda investitsiya oqimlarining iqtisodiyot va tarkibiy o'zgarishlarga ta'siri nazariy jihatdan yoritilgan va tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida YalM va AKT sohasida yaratilayotgan yalpi qo'shilgan qiymat orasida kuchli bog'liqlik borligi aniqlangan. Bundan tashqari, investitsiyalarning tarkibiy o'zgarishlarga ijobiy ta 'siri borligi, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining ko'payishi natijasida YalM hajmi ham, tarkibiy o'zgarishlar darajasi ham oshib borishi tahlil asosida tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: tarkibiy o'zgarishlar, investitsiya oqimlari, raqamli xizmatlar, AKT, YalM, raqamli iqtisodiyot, investitsion muhit, investitsion jozibadorlik, xorijiy investitsiyalar, iqtisodiyot tarkibi, sanoat, xizmatlar sohasi, qishloq xo'jaligi, qurilish, yalpi qo'shilgan qiymat.

УГЛУБЛЕНИЕ СТРУКТУРНЫХ ИЗМЕНЕНИЙ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ И ОЦЕНКА ВЛИЯНИЯ ИНВЕСТИЦИОННОГО ФАКТОРА

Maxmudov Nosir Maxmudovich,

iqtisodiyot fanlari doktori, Professor, Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish" kafedrasi;

e-mail: [email protected];

ORCID: 0000-0002-3801-5406

Avazov Nuriddin Rustam o'g'li,

"Iqtisodiyot" fakulteti talabasi; e-mail: [email protected];

ORCID: 0000-0001-6347-7445

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Махмудов Носир Махмудович,

доктор экономических наук, профессор кафедры Макроэкономический анализ и прогнозирование";

Авазов Нуриддин Рустам угли,

студент факультета "Экономика"

Ташкентский государственный экономический университет

ИКТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ ECONOMIC SCIENCES

Аннотация. В статье анализируется важность структурных изменений в цифровизации экономики на примере Узбекистана. Также учитывается степень эффективности инвестиционного фактора в таких обстоятельствах. Проведена исследовательская работа ряда ученых и представлены необходимые аспекты исследования. Основным фактором, определяющим уровень цифровизации, является валовая добавленная стоимость цифровой экономики к ВВП. Следующим фактором, влияющим на структурные изменения, является приток инвестиций в основной капитал. Был проведен эконометрический анализ для определения взаимосвязи между факторами, и на основании результатов был сделан вывод. Исследование проводилось за период 2016-2020 годов экономики Узбекистана. В статье также теоретически исследуются и анализируются структурные изменения в экономике, их влияние на экономическое развитие, а также влияние инвестиционных потоков на экономику и структурные изменения. Исследование обнаружило сильную корреляцию между ВВП и валовой добавленной стоимостью в секторе ИКТ. Кроме того, анализ показал, что инвестиции положительно влияют на структурные изменения, которые увеличивают как объем ВВП, так и темпы структурных изменений в результате увеличения инвестиций в основной капитал.

Ключевые слова: структурные изменения, инвестиционные потоки, цифровые услуги, ИКТ, ВВП, цифровая экономика, инвестиционный климат, инвестиционная привлекательность, иностранные инвестиции, структура экономики, промышленность, услуги, сельское хозяйство, строительство, валовая добавленная стоимость.

Abstract. The article reviews the importance of structural changes in digitalization of the economy on the example of Uzbekistan. The degree of effectiveness of the investment factor in such circumstances is also taken into account. The research work of a number of scientists has been studied and relevant aspects of the research have been presented. The main factor which determins the level of digitalization is the gross value added of the digital economy to GDP. The next factor affecting the structural changes is the inflow of investments in fixed assets. Econometric analysis was carried out to determine the relationship between the factors, and the conclusion made was based on the results. The study was carried out for the period 2016-2020 of the economy of Uzbekistan. The article theoretically investigates and analyzes structural changes in the economy, their impact on economic development, factors influencing structural changes, as well as the impact of investment flows on the economy and structural changes. The study found a strong correlation between GDP and gross value added in the ICT sector. In addition, the analysis showed that investment has a positive effect on structural changes that increase both the volume of GDP and the rate of structural changes as a result of increased investment in fixed assets.

DEEPENING OF STRUCTURAL CHANGES IN THE DIGITAL ECONOMY AND ESTIMATING THE IMPACTS OF THE INVESTMENT FACTOR

Makhmudov Nosir Mahmudovich,

Doctor of Economics, Professor of the Department "Macroeconomic Analysis and Forecasting";

Avazov Nuriddin Rustam ugli,

Student of the Faculty of Economics

Tashkent State University of Economics

MKTMCOflMËT OAHAAPM ЭKОHОMMHEСKME HAyKM ECONOMIC SCIENCES

Keywords: structural changes, investment flows, digital services, ICT, GDP, digital economy, investment climate, investment attractiveness, foreign investment, economic structure, industry, services, agriculture, construction, gross added value.

Kirish

Bugungi kunda butun dunyo iqtisodiyoti-da ko'plab o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Bu o'zgarishlarning asosiylaridan biri iqtisodi-yot tarkibining o'zgarishidir. Bunday o'zgarish-larga sabab iqtisodiyotga nisbatan innovatsion yondashuvning hosil bo'lishi deb aytish mum-kin. Umuman olganda, bugungi kunda dunyo aholisining talab tarkibi ham o'zgarib bormoq-da. Turli ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish-ga ixtisoslashgan korxona va kompaniyalar o'z faoliyatlarini aholi talabiga moslab bormoqda. Natijada bu, birinchidan, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar bo'lishiga, ikkinchidan, aholiga yanada qulayliklar yaratib berilishiga olib kelmoqda. Bunga raqamli texnologiyalarning yaratilishi va investitsiya oqimlarining ko'pa-yishi ham ta'sir o'tkazib, jarayonni yanada tez-lashtirdi. O'zbekistonda ham bu jarayon amal-ga oshirib kelinmoqda.

Mamlakat mustaqillikka erishgan davrda agrar-industrial iqtisodiyotli davlat bo'lgan bo'lsa, mustaqillikdan keyingi davrlarda amal-ga oshirilgan islohotlar natijasida industrial-agrar iqtisodiyotga ega bo'lgan mamlakat-lar qatoriga qo'shila oldi. Hozirgi kunda esa mamlakat iqtisodiyotida xizmatlar sektori-ning ulushi yuqori va iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarning qo'shayotgan ulushi ham oshib bormoqda.

Iqtisodiyotda raqamlashtirish jarayonining tezlashishi natijasida tarkibiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Investitsiya omilining ta'sir ko'rsatishi bu jarayonning yanada mukammallashishi va murakkablashishiga olib keladi. Bundan tash-qari, hozirgi kunda investitsiyalarning global miqyosdagi oqimlari ko'payishi dunyo mam-lakatlari iqtisodiyotiga katta ta'sir ko'rsatmoq-da. To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hajmining oshishi natijasida mamlakatlar real sektori rivoj-lanib, ishlab chiqarish hajmi ham oshib bormoqda. Bu esa bevosita iqtisodiyotda sanoat mahsulotlari hajmi ko'payishi va sanoatning iqtisodiyotdagi ulushi ortishiga olib keladi.

Shuningdek, xizmatlar sektori rivojlanishi-ga mamlakatga kirib kelayotgan investitsiya oqimlarining ko'payishi ijobiy ta'sir qiladi. Yuqorida keltirilgan masalalar O'zbekiston iqtisodiyoti uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasini yanada rivoj-lantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hiso-biga uning raqobatbardoshligini oshirish"ga [1] qaratilgan ustuvor yo'nalishlar belgilab olingan va bugungi kunda bu amaliyotga tatbiq etib ke-linmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, mam-lakat iqtisodiyotida tarkibiy o'zgarishlarning ahamiyati, unga ta'sir qiluvchi omillar tahlili va investitsiyalarning ta'sirini baholash muhim vazifa hisoblanadi.

Ma'lumki, global muammolar hisoblangan korrupsiya va xufyona iqtisodiyot butun dunyo mamlakatlarini barcha davrlarda qiynab kelgan. Bu muammolarning yechimi esa mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga katta hissa qo'shish mumkin.

Bugungi kunda O'zbekiston iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning ulushi oshib bormoqda. Raqamli iqtisodiyot darajasini yanada oshirish, iqtisodiyot tarkibida raqamli mahsulotlar va xizmatlar ulushini kengaytirish bugungi kun-dagi dolzarb masalalardan biridir. Chunki bu orqali xufyona iqtisodiyot darajasini tushirish, korrupsiyaning oldini olish mumkin. Bu esa qulay investitsion muhit shakllanishi va aholi daromadlari yanada oshishiga olib keladi. Shuningdek, kambag'allik muammosi va uning oldini olish bugungi kundagi dolzarb ma-saladir. Kambag'allikni qisqartirish uchun esa tarkibiy o'zgartirishlarni jadallashtirish talab etiladi. Chunki jahon tajribasiga ko'ra, tarkibiy o'zgarishlar, odatda, yirik iqtisodiy rivojlanish-ga olib keladi. Investitsiya omili esa iqtisodiyot tarkibidagi barcha tarkibiy qismlarga o'zining

MKTMCOflMET OAHAAPM ЭKОHОMMHEСKME HAyKM ECONOMIC SCIENCES

ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Shuning uchun ham iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotning ulushini oshirish uchun bu sohaga investitsiyalar, ayniq-sa, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, xufyona iqti-sodiyot darajasining balandligi, ma'lum so-halarda haligacha korrupsion holatlar saqla-nib qolayotganligi, raqamli iqtisodiyotning YalMdagi ulushi past ekanligi, tarkibiy o'zga-rishlar jadalligi ta'minlanmayotganligi, AKT sohasiga investitsiyalarning kam jalb qilinayot-ganligi va ma'lum sohalarda raqamli texnolo-giyalarga bo'lgan talab yetarli darajada qondiri-lmayotganligi kabi muammolar tadqiqot yechi-shi kerak bo'lgan asosiy masalalardan hisobla-nadi.

Shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, tad-qiqotga quyidagi vazifalar qo'yiladi:

> investitsiyalarning YalM va raqamli iqtisodiyot rivojlanishiga ta'sirini aniqlash va investitsiya oqimlari hajmini oshirishga qaratil-gan takliflar ishlab chiqish;

> AKT sohasiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini tahlil qilish;

> raqamli iqtisodiyotni baholovchi ko'rsat-kichlarni ishlab chiqish va bu bo'yicha iqtisodiyotning joriy holatini tahlil qilish;

> iqtisodiyot tarkibining yillar davomida o'zgarishini statistik ko'rib chiqish va o'zga-rishlarni baholash;

> tarkibiy o'zgarishlarni yanada jadallash-tirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Adabiyotlar tahlili

Iqtisodiyotning tarkibiy o'zgarishlariga iqtisodiyotning raqamlashtirilishi va investit-siya oqimlarining ta'siri mavzusida xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan bir qator ilmiy tad-qiqotlar olib borilgan.

Geoff Riley olib borgan tadqiqotlarga ko'ra, iqtisodiy struktura (tuzilma, tarkib) - bu tur-li xil iqtisodiy tarmoqlardan kelib chiqadigan mahsulot, savdo, daromadlar va ish bilan band-likning o'zgaruvchan muvozanatini tavsiflov-chi atama. Bu o'zgarishlar birlamchi (qish-loq xo'jaligi, baliqchilik, tog'-kon sanoati va boshqalar)dan ikkilamchi (ishlab chiqarish va qurilish sohalari)gacha va bundan uchinchi va to'rtinchi darajalargacha (turizm, bank, dastu-

riy ta'minot sohalari) bo'lgan o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Iqtisodiy strukturadagi o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyotdagi tabiiy holat hisobla-nadi, ammo ular ishlab chiqarish omillarini qay-ta taqsimlash nuqtayi nazaridan qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Masalan, bitta tarmoqda-gi ishlab chiqarish va ish joylarining o'zgarishi tarkibiy ishsizlik muammolariga olib kelishi ehtimoli bor [2].

Akhilesh Ganti [3] tadqiqotlariga ko'ra, "Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar, odatda, yirik iqtisodiy rivojlanish natijasida kelib chiqadigan sanoat yoki bozor funksiyalarining kes-kin o'zgarishini anglatadi" [4]. Bu tadqiqot natijasida quyidagi gipotezalar ishlab chiqilgan:

- Tarkibiy o'zgarish deganda, mamlakat, sanoat yoki bozor faoliyatidagi, odatda, yirik iqtisodiy rivojlanishga olib keladigan keskin o'zgarishlarga aytiladi.

- Strukturaviy o'zgarishlarni amalga oshi-rishning kaliti ushbu tizimga xos bo'lgan dina-mizmdir.

- Tarkibiy o'zgarishlarni ko'pincha tex-nologik innovatsiyalar, yangi iqtisodiy rivoj-lanishlar, kapital va ishchi kuchidagi global o'zgarishlar, resurslar mavjudligining o'zgarishi, resurslarga talab va taklifning o'zgarishi hamda siyosiy landshaft o'zgarishi keltirib chiqaradi.

Cong Wang va Yifan Lu Technological Forecasting and Social Change nomli ilmiy jurnalda "Iqtisodiy tarkibiy o'zgarishlar va o'tish mamlakatlari innovatsion faoliyatdagi farqlarni tushuntirib bera oladimi? [Can economic structural change and transition explain cross-country differences in innovative activity?]" [5] mavzusida maqola chop etgan. Ushbu maqolada olimlar Shumpeterning innovatsiyalar haqidagi qarashlari va Quatraro (2009) [6] tomonidan kiritilgan tarkibiy o'zgarishlarga oid Kuznets nazariyasining kombinatsiyasidan kelib chiqqan holda, tarkibiy o'zgarishlarning innovatsiyalarga ta'sirini tahlil qilgan. Ushbu tadqiqotga global namuna sifatida 1970-yildan 2012-yilgacha bo'lgan oraliqda 75 ta rivoj-langan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqti-sodiyoti olingan. Olimlar xizmat ko'rsatish sohasi ulushining innovatsiyalarga ijobiy va qishloq xo'jaligi ulushining innovatsiyalarga

MKTMCOflMËT OAHAAPM ЭKОHОMMHEСKME HAyKM ECONOMIC SCIENCES

salbiy ta'siri borligini aniqlagan. Shuningdek, ular ushbu ta'sirlarni daromadlar va tarkibiy o'tish bosqichlari bilan ajralib turadigan tur-li iqtisodiyotlardan farq qilishini aniqlaydi. Xususan, qishloq xo'jaligi sohasidan uzoqla-shish rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlari uchun muhim bo'lgan bir vaqtda, o'rtachadan yuqori daromadli iqtisodiyotga ega bo'lgan mamlakatlarda sanoat sektori innovatsiyalar uchun muhimdir. Past daromadli iqtisodiyotga ega bo'lgan mamlakatlar o'zlarining iqtisodi-yotdagi tarkibiy o'zgarishlaridan past o'rta, yuqori o'rta va yuqori daromadli iqtisodiyotga ega bo'lgan mamlakatlardan ko'ra kam foyda ko'radi.

Olim Francesco Quatraro Cambridge Journal of Economics jurnalida "Innovatsiya, tarkibiy o'zgarish va mahsuldorlikning o'si-shi: Italiya mintaqalaridan dalillar [Innovation, structural change and productivity growth: evidence from Italian regions]" [7] nomli ma-qola chop etgan.

Ushbu maqolada olim Shumpeterning tarkibiy o'zgarishlarga oid nazariyasining biz-nes sikllari va ijodiy halokat roli o'sishini ke-chiktirish nazariyasiga bog'lash orqali tahlil qilgan. Olim bilimlar iqtisodiyotiga asoslangan Italiyaning 20 ta mintaqasini 1981-2003-yillar oralig'ida o'rganib, xulosa chiqargan. Natijalar esa dastlabki sanoatlashgan hududlarda to'liq bilimlar iqtisodiyotiga o'tishni talab qiladi. Kech sanoatlashgan hududlarda esa ishlab chiqarish faoliyatining kechiktirilgan kenga-yishi tufayli ishlab chiqarish tarmoqlarida mahsuldorlikning o'sishi va innovatsiyalar ishlab chiqarishning bevosita ichida sodir bo'lishi kuzatiladi.

Bundan tashqari, Jaime Alonso-Carrera va Xavier Raurich "Labor mobility, structural change and economic growth" [8] nomli maqo-lasida; Naohisa Hirakata va Takeki Sunakawa "Financialfrictions, capital misallocation and structural change" nomli maqolasida; Lukas Hardt, John Barrett, Peter G. Taylor va Timothy J. Foxon "What structural change is needed for a post-growth economy: A framework of analysis and empirical evidence"[9] nomli maqolasida; Eddy Bekkers, Robert B. Koopman, Carolina Lemos Rêgo "Structural change in

the Chinese economy and changing trade relations with the world" [10] nomli maqolasida iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar, unga ta'sir qiluvchi omillar va tarkibiy o'zgarishlarning iqtisodiyotga ta'sirini turli davlatlar misolida va turli davrlar uchun tahlil qilishgan.

Shuningdek, olimlardan Luukkanen J., Pan-ula-Ontto J., Vehmas J., Liyong L., Kaivo-oja J., Hayha L., va Auffermann B. "Structural change in Chinese economy: Impacts on energy use and CO2 emissions in the period 2013-2030'"

[11] nomli maqolasida Xitoy iqtisodiyoti uchun tarkibiy o'zgarishlar va unga ta'sir etuvchi omillarni 2013 va 2030-yillar oralig'i uchun o'rganishgan.

Zheng Jiang va Huimin Shi ham o'zlarining "Sectoral technological progress, migration barriers, and structural change in China"

[12] nomli maqolasida Xitoy uchun texnologik taraqqiyot, migratsiya masalalari va iqtisodi-yotdagi tarkibiy o'zgarishlarni tadqiq qilishgan.

Aurora A.C. Teixeira va Anabela S.S. Que-iros kabi olimlar ham o'zlarining "Economic growth, human capital and structural change: A dynamic panel data analysis" [13] nomli maqolasida iqtisodiy o'sish, inson kapitali va tarkibiy o'zgarishlarni tadqiq qilishgan. Shuningdek, ular inson kapitali va tarkibiy o'zgarishlarning iqtisodiy o'sishga ta'sirini baholash-gan.

Danny McGowan va Chrysovalantis Vasi-lakis "Reap what you sow: Agricultural technology, urbanization and structural change" [14] nomli maqolasida AQSh iqtisodiyoti uchun qishloq xo'jaligi texnologiyalarining iqtisodiyotning tarkibiy o'zgarishlarga ta'sirini o'rganishgan. Bundan tashqari, qishloq xo'jaligi texnologiyalarining taraqqiy etishi va buning hududlar urbanizatsiya darajasiga ta'sirini tahlil qilishgan. Qishloq xo'jaligi-ning rivojlangan texnologiyalar bilan ta'min-lanishi natijasida mamlakat iqtisodiyotida agrar sektorning ulushi ko'payadi va bu iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar bo'lishiga olib keladi.

Bingjiang Luan, Junbing Huang, Hong Zou va Cheng Huang kabi tadqiqotchilar o'zlarining "Determining the factors driving

MKTMCOflMËT OAHAAPM ЭKОHОMMHEСKME HAyKM ECONOMIC SCIENCES

China's industrial energy intensity: Evidence from technological innovation sources and structural change" [15] nomli maqolasida Xitoy sanoati uchun energiya intensivligini o'rganishgan. Bunda texnologik innovatsion resurslar va tarkibiy o'zgarishlarga asos sifa-tida qarashgan.

Bundan tashqari, O'zbekistonda ham bu yo'nalishda turli tadqiqotlar olib borilmoq-da. Musaxon Isoqov va Dilobar Ro'ziyevalar "O'zbekiston sanoatidagi tarkibiy o'zgarishlar" [16] nomli monografiyasida sanoatning iqti-sodiyot tarkibiy o'zgarishlariga ta'siri, sanoat tarkibidagi o'zgarishlar hamda sanoatning iqti-sodiyot rivojlanishida tutgan o'rnini tahlil qi-lishgan. Tadqiqotchi I. Murtazayevning "Iqti-sodiyotda tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshi-rish sharoitida mintaqalarning ijtimoiy-iqti-sodiy rivojlanishdagi o'zgarishlar" [17] nomli maqolasi chop etilgan. Maqolada mintaqalar iqtisodiyotidagi o'zgarishlarning mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy o'zgarishlariga ta'siri tahlil qilingan.

A.A. Yadgarov va S.S. Saidkarimovalarning "Real sektor tarmoqlari rivojlanishida tarkibiy o'zgarishlar" [18] nomli maqolasida iqtisodiyot real sektorining tarkibiy o'zgarishlarga ta'siri, real sektorni rivojlantirish ko'rsatkichlari va yo'nalishlari keltirib o'tilgan.

Sh.A. Toshmatov o'z ilmiy tadqiqotlarida moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyati [19] va tarkibiy o'zgarishlarga ta'sirini tahlil qilgan. Moliya bozori rivojlanishi bilan tarkibiy o'zgarishlar jadallashishi va iqtisodiyot rivojlanishi aniqlangan.

Ma'lumotlar va metodologiya

Maqolada, asosan, statistik ma'lumotlarni tahlil qilish asosida iqtisodiy holat va tarkibiy o'zgarishlar baholangan. Ma'lumki, tarkibiy o'zgarishlarni faqatgina ma'lumotlar ustida ishlash yordamida baholash mumkin. Maqola-da, shuningdek, ilmiy abstraksiya usulidan foydalanilgan hamda asosiy e'tibor tarkibiy o'zgarishlar va unga investitsiya omilining ta'siriga qaratilgan. Bundan tashqari, yuqorida keltirilganidek, maqolada tahlil usulidan foy-

dalanilgan. Ma'lumotlarni yig'ish va ularni umumlashtirishda esa sintez usuli qo'llanilgan. Maqolada, shuningdek, 2016-2020-yillarda qayd etilgan ko'rsatkichlar ham ekonomet-rik tahlil qilingan. Ya'ni maqolada korre-lyatsion-regression tahlil amalga oshirilgan. 2 omilli korrelyatsion-regression tahlilda YalMga ta'sir etuvchi omil sifatida asosiy ka-pitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar va AKT sohasining YalMga qo'shgan yalpi qo'shilgan qiymati olingan.

Raqamlashtirish jarayonida iqtisodiyot-da tarkibiy o'zgarishlar sodir bo'lishi tabiiy. Chunki iqtisodiyotga raqamli texnologi-yalarning kirib kelishi iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida o'zgarish bo'lishini ta-lab qiladi. Ko'p jihatdan olib qaraganda, bu jarayonga investitsiya omili ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Mamlakatda AKT sohasiga inves-titsiyalarning kirib kelishi natijasida raqamli iqtisodiyot ko'lami yanada kengayadi. Bosh-qa tomondan esa iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiya oqimlarining ko'payishi yoki ka-mayishi hisobiga tarkibiy o'zgarishlar sodir bo'ladi.

O'zbekistonda investorlarga qulay investit-sion muhit yaratib berilmoqda. Natijada iqti-sodiyotning barcha tarmoqlarida investitsiya oqimlari, ayniqsa, xorijiy investitsiya oqimlari oshib bormoqda. Raqamli iqtisodiyotni keng joriy qilishga qaratilgan islohotlar natijasida keyingi yillarda AKT sohasida ham investitsi-yalar oqimi ko'paydi (1-rasm).

2016-yilda "Axborot va aloqa" iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar 1,2 trln so'mni tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020-yil-ga kelib 4,8 trln so'mgacha o'sdi. Oraliq davr-da ham o'sish tendensiyasini ko'rish mumkin.

2017-yilda bu ko'rsatkich 1,9 trln so'mni tashkil qilib, 2019-yilda 2,1 trln so'mgacha o'sgan. Faqatgina 2018-yilda bu ko'rsatkich pasay-di. Bunda 2017-yilga nisbatan deyarli 1 trln so'm kam investitsiyalar o'zlashtirilgan, ya'ni

2018-yilda 0,9 trln so'm investitsiya shu sohaga yo'naltirilgan.

2016 2017 2018 2019 2020

■ Asosiy kapitalga o'zlashtrilgan investitisiyalar hajmi

■ Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi

1-rasm. "Axborot va aloqa" iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmining dinamikasi (trln so'm) [20]

"Axborot va aloqa" iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha shuni kuzatish mumkinki, asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning katta qismi xorijiy investitsiya va kreditlardir (1-rasm). Bu iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha 2016-yilda 0,8 trln so'm xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020-yil-da 2 trln so'mgacha oshdi. Oraliq davrda esa, ya'ni 2017-yilda 1,5 trln so'm, 2018-yilda 0,5 trln so'm va 2019-yilda 1,2 trln so'm xorijiy investitsiya oqimlari bu sohaga kirib kelgan.

So'nggi yillarda O'zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida katta qadam tashlandi. Bu iqtisodiyotning ko'plab sohalarida raqamlashtirish jarayonlari kenga-yishiga yordam berdi. Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlariga elektron tijorat, "Elektron hukumat" tizimi, iqtisodiyotning turli tarmoq-larida, xizmat ko'rsatish sohalarida "aqlli" (smart) texnologiyalarni joriy etish, "Aqlli sha-har", "Xavfsiz shahar"ni yaratish, shuningdek, "Buyumlar Internet"idan keng foydalanish va boshqalar kiradi.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish dara-jasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning rivojlanish darajasi bilan bevosita bog'liq bo'lgan holda, odatda, turli ko'rsat-kichlar bilan baholanadi. Ushbu ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat:

• raqamli iqtisodiyotning YalMdagi ulushi;

• AKT sanoatiga kiritilgan investitsiyalar hajmi;

• Internet tezligi, uning mamlakat hududini qamrab olishi va aholi foydalanishi uchun qu-layligi;

• elektron tijoratning rivojlanish darajasi;

• "Elektron hukumat" tizimidagi davlat xiz-matlari ulushi;

• tashkilotlarning AKT sohasidagi mutaxas-sislar bilan ta'minlanishi [21].

Tahlil va natijalar

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasini belgilab beruvchi asosiy ko'rsatkich bu raqam-li iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi hisoblanadi. YalMda bu ulushning oshib borishi mamlakatda raqamli iqtisodiyot ko'lamining kengayayotgan-ligidan darak beradi. O'zbekistonda raqamli iqti-sodiyotni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar-ning kuchaytirilganligi sababli bu sohada sezi-larli o'zgarishlar sodir bo'ldi. "Axborot-kom-munikatsiya" sohasining xizmat ko'rsatish tar-mog'ida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymati 2016-yildan boshlab 2 baravarga oshib, 2020-yil-da 4,4 trln so'mdan 8,8 trln so'mgacha ko'paydi. Oraliq muddatda esa bu ko'rsatkich doim o'sish tendensiyasida bo'ldi. Ko'rsatkich 2017-yilda 5,7 trln so'm, 2018-yilda 7,0 trln so'm va 2018-yil-da 7,4 trln so'mni tashkil qildi (1-jadval).

ИКТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ ECONOMIC SCIENCES

ft

Я

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1-jadval

Yalpi qo'shilgan qiymatda "Axborot-kommunikatsiya" sohasidagi xizmatlar hajmining

o'sish dinamikasi (trln so'm)

2016 2017 2018 2019 2020

YaIM 242,5 302,5 406,6 510,1 580,2

Sanoatning yalpi qo'shilgan qiymati 220,1 267,7 361,1 464,9 535,8

Axborot-kommunikatsiya sohalari 4,4 5,7 7,0 7,4 8,8

Manba: www.stat.uz O'zbekiston Respu blikasi Davl at statistika qo'mitasi rasmiy sayti ma'lumotlari

asosida muallif ishlanmasi.

Bu davrda sanoatning yalpi qo'shilgan qiy-mati deyarli 2,5 barobarga oshdi. Ya'ni bu ko'rsatkich 2016-yilda 220,1 trln so'mdan 2020-yilda 535,8 trln so'mgacha ko'tarilgan. Oraliq davrda bu ko'rsatkich muttasil o'sish sur'atlariga erishdi. Bu ko'rsatkich 2017-yil-da 267,7 trln so'm, 2018-yilda 361,1 trln so'm va 2019-yilda 464,9 trln so'mni tashkil qildi.

Bu davrda umumiy Yalpi ichki mahsulot ham tarkibiy qismlarining o'sishga erishgan-ligi sabab muntazam ko'payib bordi. YaIM ham 2020-yilda 2016-yilga nisbatan deyarli 2,5 barobarga ko'paydi. Ya'ni ko'rsatkich

davr boshida 242,5 trln so'mdan davr oxirida 580,2 trln so'mgacha ko'tarildi.

"Axborot-kommunikatsiya" iqtisodiy faoli-yat turi bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar ham tahlil qilinayotgan davrda o'sish tendensiyasi-ga ega bo'lgan. Ya'ni bu davrda xizmatlar haj-mi 2016-yilda 97,1 trln so'mdan 2020-yilda 218,9 trln so'mgacha o'sib borgan (2-rasm). Jami xizmatlarning o'sish ko'rsatkichi esa tahlil qilinayotgan davrda 8% dan kam bo'lmagan o'sishga erishgan. Faqatgina davr oxirida bu ko'rsatkich 102,3% gacha tushgan. Davr boshida esa, ya'ni 2016-yilda o'sish ko'rsatkichi 114,7% ni tashkil qilgan.

2-rasm. "Axborot-kommunikatsiya" iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar hajmining o'sish dinamikasi (trln so'm)

Manba: www.stat.uz O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy sayti ma'lumotlari

asosida muallif ishlanmasi.

ИКТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ ECONOMIC SCIENCES

"Axborotlashtirish va aloqa" sohasida yaratilgan xizmatlar hajmi 2016-yilda 6,3 trln so'mni tashkil qilgan bo'lsa, bu 2020-yilda 2 barobar, 12,9 trln so'mgacha oshdi. Oraliq davrda esa, ya'ni 2017-yildan 2019-yilgacha mos ravishda 8,2 trln so'm, 10,3 trln so'm, 10,9 trln so'm kabi ko'rsatkichlar qayd etildi.

Bu ko'rsatkich muntazam o'sish sur'atlari-ni qayd qilgan bo'lib, tahlil qilinayotgan davrda 8,5 dan kam bo'lmagan o'sish sur'atlariga erishgan. 2016-yilda o'sish sur'ati 114,6% ni tashkil qilgan bo'lsa, 2020-yilda bu ko'rsatkich 115,3% gacha o'sdi.

Tahlil qilinayotgan davrda iqtisodiyot-da tarkibiy o'zgarishlarni chuqurlashtirish-ga qaratilgan islohotlar natijasida iqtisodiyot

tarkibida tarmoqlar ulushi ham o'zgarib bordi. 2016-yilda YaIMda qishloq, baliq va o'rmon xo'jaligining ulushi 19,2% bo'lib, 2017-yilda bu ko'rsatkich 34% gacha ko'tarildi va davr oxirida 28,2% gacha tushish tendensiyasi kuza-tildi.

Bu davrda sanoat ulushi 2016-yilda 33,5%, tahlil qilinayotgan davr oxirida 28,5% ni tashkil qilgan. Davr oralig'ida esa 22,2% dan 30% gacha ko'tarilish tendensiyasiga ega bo'lgan, ya'ni 2017-yildan 2019-yilgacha bo'lgan davrda. Davr boshida, ya'ni 2016-yilda qurilish ko'rsatkichi sanoatniki bilan qo'shib hisoblan-gan. Shuning hisobiga ham 2016-yilda sanoat-ning YaIMga qo'shgan yalpi qo'shilgan qiyma-ti yuqori hisoblanadi.

100% 90% 80% 70% 60% 50% 40% 30% 20% 10% 0%

47,3

33,5

19,2 ^

5,7

38,1

22,2

34

bj

35,6

_

26,3

32,4

— 6,4

35,5

1

30

28,1

36,3

28,5

28,2

2016

2017

2018

2019

2020

■ Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi ■ Sanoat ■ Xizmatlar sohasi ■ Qurilish

3-rasm. Yalpi ichki mahsulotning tarmoqlar bo'yicha tarkibi (foizda)

Manba: www.stat.uz O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy sayti ma'lumotlari

asosida muallif ishlanmasi.

Tahlil qilinayotgan davrning barcha qism-larida YaIMda eng katta ulushga ega bo'lgan sektor bu xizmatlar sohasi hisoblanadi. Ush-bu davrda bu ko'rsatkich 35% dan 48% gacha oraliqda bo'lgan. Ya'ni 2016-yilda bu ko'rsatkich 47,3% ni, 2017-yilda 38,1% ni, 2018-yil-da 35,6% ni, 2019-yilda 35,5% va 2020-yilda 36,3% ni tashkil qilgan. Xizmatlar sektorining YaIMga qo'shayotgan yalpi qo'shilgan qiy-

matining ulushi boshqa sektorlarga qaraganda yuqori bo'lishi ijobiy baholanadi. Yuqori iqti-sodiy o'sishga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biri ham shu hisoblanadi.

Qurilish ishlari tahlil qilinganda, bu davrda o'sish tendensiyasi mavjud ekanligini ku-zatish mumkin. Ya'ni bu davrda qurilishning YaIMga qo'shayotgan yalpi qo'shilgan qi-ymati 2017-yilda 5,7% dan 2020-yilda 7%

ИКТИСОДИЕТ ФАНЛАРИ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ ECONOMIC SCIENCES

gacha ko'tarildi. 2018-yilda bu ko'rsatkich 2017-yil bilan bir xil bo'lib, o'zgarishsiz qol-gan. 2019-yilda esa 6,4% gacha ko'tarilgan.

YaIM tarkibiy qismlarining o'sish sur'at-lari tahlil qilinganda, boshqa tarkibiy qism-larga qaraganda, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi sektorida nisbatan past iqtisodiy

o'sishga erishilganligini kuzatish mumkin. Bu o'sish ko'rsatkichi tahlil qilinayotgan davrda 0,3% dan 7% gacha bo'lgan oraliqda qayd etil-gan. 2016-yilda bu sektorda o'sish ko'rsatkichi 106,1% bo'lgan bo'lsa, 2018-yilda 100,3% gacha tushgan. 2020-yilda esa 103% gacha ko'tarilgan.

4-rasm. Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi tarmoqlarning o'sish sur'atlari (foizda)

Manba: www.stat.uz O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy sayti ma'lumotlari

asosida muallif ishlanmasi.

Tahlil qilinayotgan davrda sanoatda yuqori o'sish ko'rsatkichlari qayd qilingan. 2016-yilda sanoatdagi o'sish ko'rsatkichi 105,4% bo'lgan bo'lsa, 2018-yilda bu ko'rsatkich 110,8% gacha ko'tarilgan. Undan keyingi davrda bu ko'rsatkich nisbatan tushish tendensiyasiga ega bo'lgan. Ya'ni 2020-yilda bu ko'rsatkich 100,7% ni tashkil qilgan.

Xizmatlar sohasi boshqa YaIM tarkibiy qismlariga qaraganda ancha o'sgan. Bu ko'rsatkich 2016-2019-yillar oralig'ida 108% dan kam bo'lmagan o'sishga erishgan. Ya'ni 2016-yilda bu ko'rsatkich 114,7% bo'lgan bo'lsa, 2019-yilda 113,2% bo'lgan. 2020-yilda pandemiya sabab yuz bergan iqtisodiy harakat-sizlik natijasida bu sektorda ham nisbatan past-

roq o'sish kuzatildi. Ya'ni 2020-yilga borib bu ko'rsatkich 102,3% ni tashkil qildi.

Qurilish sektori boshqa sektorlarga nisbatan eng yuqori o'sish qayd etilgan sektor hisoblana-di. Ya'ni bu davrda 106% dan kam bo'lmagan o'sish ko'rsatkichiga erishilgan. Eng yuqori o'sish 2019-yilda kuzatilgan bo'lib, 122,9% gacha ko'tarilgan.

Tahlil qilinayotgan davrda asosiy kapitalga investitsiyalarning o'zlashtirilishi ham oshib borgan. Agar 2016-yilda 51,2 trln so'm in-vestitsiyalar o'zlashtirilgan bo'lsa, 2020-yilga kelib, 202 trln so'm asosiy kapitalga investitsi-yalar o'zlashtirildi (2-jadval). Oraliq davrda in-vestitsiyalar hajmi o'sib borish tendensiyasini hosil qilgan.

ИКТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ ECONOMIC SCIENCES

2-jadval

Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi va o'sish dinamikasi

2016 2017 2018 2019 2020

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi (trln so'm) 51,2 72,2 124,2 195,9 202,0

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o'sish sur'ati (foizda) 104.1 119.4 129.9 138.1 91.8

Manba: www.stat.uz O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy sayti ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

O'zlashtirilayotgan investitsiyalarning o'sish sur'ati tahlil qilinganda, bu davrda ush-bu ko'rsatkichda keskin o'sish qayd etilganli-gini kuzatish mumkin. O'sish sur'ati 2016-yil-da 104,1% bo'lgan bo'lsa, 2019-yilga kelib, bu ko'rsatkich 138,1% ni tashkil qilgan. Faqatgina pandemiya sabab 2020-yilda tushish qayd etil-ganligini kuzatish mumkin.

YalM

YalM Asosiy kapitalga investitsiyalar AKTning yalpi qo'shilgan _qiymati_

Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi va AKT sektorining YalMga qo'shgan yalpi qo'shilgan qiymatini ta'sir etuvchi omil sifati-da, YalMni natijaviy belgi sifatida olgan holda, korrelyatsion-regression tahlilni amalga oshi-ramiz. Korrelyatsion tahlil asosida quyidagi jadvaldagi natijalarni olish mumkin:

Asosiy kapitalga AKTning yalpi investitsiyalar_qo'shilgan qiymati

1

0.9361527 1

1

0.98769885 0.97624179

Korrelyatsion tahlil asosida YalM va asosiy kapitalga investitsiyalar orasida kuchli bog'liqlik mavjudligi kelib chiqadi. Chun-ki bu davrda qayd etilgan ko'rsatkichlar bo'yicha YalM va investitsiyalar orasidagi korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,987 ga teng va bu ko'rsatkich ±0,7 va ±1 oralig'ida ekan-ligidan bog'liqlik kuchli darajada ekanligi ma'lum bo'ladi.

YalM va AKT sohasida yalpi qo'shilgan qiymat o'rtasida ham o'xshash holatni kuzatish mumkin. Ya'ni bu ko'rsatkichlar orasida ham kuchli bog'liqlik mavjud. Chunki bu ko'rsatkichlar orasidagi korrelyatsiya koeffit-siyenti 0,976 ga teng va bu ham ±0,7 va ±1 oraliqqa tushgani uchun ham bog'liqlik kuch-lidir.

Asosiy kapitalga investitsiyalar va AKT-ning yalpi qo'shilgan qiymati orasida ham kuchli bog'liqlik bor. Ya'ni bu ikki ko'rsatkich uchun korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,936 ga teng va bu ham ±0,7 va ±1 oraliqqa mansub ekan-ligidan bog'lanish kuchli bo'lib chiqadi.

Bu ko'rsatkichlar asosida regression tahlil amalga oshirilganda, unda regressiya tenglama-si quyidagi ko'rinishni oldi:

Y=1,21X1+34,86X2+19,93

Bu yerda X1 - omil sifatida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi olingan bo'lsa, X2 - omil sifatida AKT sohasidagi yalpi qo'shilgan qiy-mat olingan.

Bu tenglama orqali shuni xulosa qilish mumkinki, hech qanday omillar ta'sir et-maydigan natijaviy ko'rsatkich 19,93 ni tashkil qiladi. Ya'ni bu omillar ta'sirisiz YalM 19,93 trln so'mni tashkil qiladi. Birinchi omil, ya'ni investitsiyalarning 1 birlikka o'zgarishi YalMning 1,21 birlikka o'zgarishiga olib kela-di. Yoki investitsiyalar hajmining 1 trln so'mga ko'payishi YalMning 1,21 trln so'mga ko'pa-yishiga olib keladi. Ikkinchi omil, ya'ni AKT sohasidagi yalpi qo'shilgan qiymatning 1 birlikka o'zgarishi YalMning 34,86 birlikka o'zgarishiga olib keladi. Ya'ni agar AKT sohasida yalpi

MKTMCOflMËT OAHAAPM ЭKОHОMMHEСKME HAyKM ECONOMIC SCIENCES

qo'shilgan qiymatning 1 trln so'mga ko'payishi YalMning 34,86 trln so'mga ko'payishiga xiz-mat qiladi.

Xulosalar

Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar doimo muhim hisoblanib kelingan. Umuman olib qaraganda, tarkibiy o'zgarishlarga iqtisodi-yot tarkibining o'zgarishi yoki iqtisodiyotni tashkil qilib turgan sektorlarning iqtisodiyotga qo'shayotgan ulushi o'zgarishi sifatida qarash mumkin. Ijobiy tarkibiy o'zgarishlar, odat-da, iqtisodiy rivojlanish yoki yuqori iqtisodiy o'sish sodir bo'lishiga olib keladi. O'zbekis-tonda mustaqillikning dastlabki yillarida iqti-sodiyotning shakllanishida ko'proq agrar soha ulush qo'shgan bo'lsa, keyinchalik agrar sektor yetakchilikni sanoatga topshirdi va sanoat ma'lum yillarda YalM shakllanishiga katta hissa qo'shib keldi. Undan keyingi va yaqin yillar-da xizmatlar sohasi iqtisodiyot shakllanishida katta ulushga ega bo'lib kelmoqda. Tarkibiy o'zgarishlarning sodir bo'lishiga bir nech-ta omillar ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bu jarayonni yanada tezlashtirdi va iqtisodiyotga yangi sektorlar qo'shilishiga sabab bo'lmoqda. Mamlakatda AKT sohasiga investitsiya oqim-larining ko'payishi bu soha rivojlanishiga olib keladi. Bu esa mamlakatda raqamli iqtisodi-yot shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy omil hi-soblanadi.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, 2016-2020-yillarda O'zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy o'zgarishlar sodir bo'lib kelmoqda. Iqtisodi-yot tarkibiga yangi sektorlarning qo'shilishi va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi nati-jasida iqtisodiyot ham rivojlanib bormoqda. YalM tarkibidagi har bir sektorning qo'shgan hissasi bu davrda o'zgarish tendensiyasiga ega bo'lgan va har bir sektorda yuqori o'sish ko'rsatkichlari qayd etilgan. Ayniqsa, xizmat-lar sektorining ulushi oshib borayotgani iqti-sodiyotning rivojlanayotganligini bildiradi va bu jahon tajribasida ijobiy holat sifatida qaraladi. Bu sohaga raqamli xizmatlarning ham qo'shilishi uning hajmi oshishiga turtki bo'ldi.

Bu davrda "Axborotlashtirish va aloqa" yo'nalishida xizmat ko'rsatish hajmi oshgan va

natijada bu mamlakatda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga olib kelmoqda. Raqam-lashtirish sharoitida esa tarkibiy o'zgarishlar sodir bo'lishi qisqa davrni talab qiladi. Bundan tashqari, bunday holatda iqtisodiyotning yangi muhitga moslashishi oson kechadi. Bu sharoit iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar bo'lishini rag'batlantiradi va jarayonning tezlashishiga olib keladi.

Ekonometrik tahlillarga ko'ra, YalM, asosiy kapitalga investitsiyalar va AKT sohasi-da yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat orasida kuchli bog'liqlik mavjud. Bu ko'rsatkichlarning oshishi YalM ko'payishiga ijobiy ta'sir qiladi. Bundan tashqari, AKT sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmining oshishi natijasida mamlakatda raqamli iqtisodiyot ham rivojlanib bormoqda.

AKT sohasiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini oshirish asosida, birinchidan, bu sohani yana rivojlantirishga, ikkinchidan, mamlakatda raqamli iqtisodiyot rivojlanishiga hissa qo'shishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida mamlakatda yangi xizmat turlari va yangi sektorlar paydo bo'la-di. Bu jarayon esa tarkibiy o'zgarishlar sodir bo'lishiga ijobiy ta'sir qiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va tarkibiy o'zgarishlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan quyidagi takliflarni amaliyotga tat-biq etish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

- raqamli banklar va raqamli bank xizmat-larini joriy qilish;

- investitsion muhit jozibadorligini oshirish asosida AKT sohasiga investitsiya oqimlarini ko'paytirish;

- investorlar, ayniqsa, AKT sohasiga inves-titsiya kirituvchi tadbirkorlik uchun huquqiy asoslarni yanada mukammallashtirish va ularni zamon talablari asosida qayta ko'rib chiqish;

- Markaziy bank tomonidan "inflyatsion targetlash" rejimiga o'tish ishlarini tezlashti-rish;

- mamlakat hududiga raqamli texnologi-yalarni olib kiruvchi investorlarga turli imti-yozlar berish;

- korxonalarga ishchilar soni ko'payib bori-shi bilan soliq yuki kamayib borishi tizimini yo'lga qo'yish;

ИКТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ ECONOMIC SCIENCES

- iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga ra-qamli texnologiyalarni joriy qilish va raqamli xizmatlar ulushini ko'paytirish;

- bilimlar iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion g'oyalarni qo'llab-quvvat-lash tizimini yanada takomillashtirish.

Umuman olib qaraganda, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya oqimlarini ko'paytirish asosida tarkibiy o'zgarishlar va raqamli iqti-sodiyotni rivojlantirishga erishish mumkin. Buning uchun mamlakatda qulay investitsiya muhitini shakllantirish lozim. Mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish asnosida, xorijiy investitsiyalar kirib kelish hajmi oshadi.

Xorijiy investitsiyalar jalb etilishi bilan yangi texnika-texnologiyalar, yuqori malakali kadrlar kirib keladi. Natijada mamlakatda ishlab chiqa-rish va xizmat ko'rsatish sohalari jadal rivojla-nadi. Ayniqsa, bu mamlakatda YaIM shaklla-nishiga ta'sir qiladi va tarkibiy o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib keladi. Bundan tashqari, raqamlashtirish sharoitida bunday islohotlar-ning amalga oshirilishi jarayonni yanada tez-lashtiradi va pirovard natijada iqtisodiyotning yuqori o'sish sur'atlariga erishishini ta'min-laydi. Bu jarayonlarning amalga oshishi bilan mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik ham ta'minlab boriladi.

REFERENCES

1. O'zbekiton Respublikasi Prezidentining "O'zbekiton Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. PF-4947 07.02.2017. [Decree of the President of the Republic of Uzbekistan "On the Action Strategy for the further development of the Republic of Uzbekistan". PF-4947 07.02.2017]. Available at: https://lex.uz/docs/-3107036/.

2. Riley G. AS Macro Key Term: Economic Structure. Available at: https://www.tutor2u.net/ economics/blog/as-macro-key-term-economic-structure/.

3. Investopedia is a part of the Dotdash publishing family. Available at: https://www. investopedia.com/akhilesh-ganti-4590113/.

4. Ganti A. Structural Change. Available at: https://www.investopedia.com/terms/s/structural_ change.asp/.

5. Cong Wang, Yifan Lu. Can economic structural change and transition explain crosscountry differences in innovative activity? Technological Forecasting and Social Change, 2020, vol. 159, pp. 120-194. Available at: https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/ S0040162520310209/. DOI: https://doi.org/10.1016/j.techfore.2020.120194/.

6. Scopus. Expertly curated abstract & citation database. Available at: https://www.scopus. com/authid/detail.uri?authorId=11539663100/.

7. Quatraro F. Innovation, structural change and productivity growth: evidence from Italian regions, 1980-2003, Cambridge Journal of Economics, vol. 33, Issue 5, September 2009, pp. 1001-1022. DOI: https://doi.org/10.1093/cje/ben063/.

8. Alonso-Carrera J., Raurich X. Labor mobility, structural change and economic growth. Journal of Macroeconomics, vol. 56, 2018, pp. 292-310. DOI: https://doi.org/10.1016/j. jmacro.2018.03.002. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0164070417303063/.

9. Hardt L., Barrett J., Taylor P.G., Foxon T.J. What structural change is needed for a post-growth economy: A framework of analysis and empirical evidence. Ecological Economics, vol. 179, 2021, 106845. Available at: https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/ S0921800920309009/. DOI: https://doi.org/10.10167j.ecolecon.2020.106845/.

10. Bekkers E., Koopman R.B., Lemos Rego C. Structural change in the Chinese economy and changing trade relations with the world. China Economic Review, vol. 65, 2021, 101573, ISSN 1043-951X. Available at: https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1043951X2030170X/. DOI: https://doi.org/10.1016/j.chieco.2020.101573/.

MKTMCOflMET OAHAAPM ЭKОHОMMHEСKME HAyKM ECONOMIC SCIENCES

11. Luukkanen J., Panula-Ontto J., Vehmas J., Liyong L., Kaivo-oja J., Hayha L., Auffermann B. Structural change in Chinese economy: Impacts on energy use and CO2 emissions in the period 2013-2030. Technological Forecasting and Social Change, 2013, 94, pp. 303-317. Available at: https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0040162514003023/. DOI: 10.1016/j.techfore.2014.10.016/.

12. Jiang Z., Shi H. Sectoral technological progress, migration barriers, and structural change in China. Journal of Comparative Economics, 2015, 43(2), pp. 257-273. Available at: https://www. sciencedirect.com/science/article/pii/S0147596715000025/. DOI: 10.1016/j.jce.2015.01.001/.

13. Teixeira A.A.C., Queiros A.S.S. Economic growth, human capital and structural change: A dynamic panel data analysis. Research Policy, 2016, 45(8), pp. 1636-1648. Available at: https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S004873331630052X/. DOI: 10.1016/j. respol.2016.04.006/.

14. McGowan D., Vasilakis C. Reap what you sow: Agricultural technology, urbanization and structural change. Research Policy, 2019. Available at: https://www.sciencedirect.com/science/ article/abs/pii/S004873331930109X/. DOI:10.1016/j.respol.2019.05.003/.

15. Luan B., Huang J., Zou H., Huang C. Determining the factors driving China's industrial energy intensity: Evidence from technological innovation sources and structural change. Science of The Total Environment, 2020, 139767. Available at: https://www.sciencedirect.com/science/ article/abs/pii/S0048969720332873/. DOI: 10.1016/j.scitotenv.2020.139767/.

16. Musaxon Isokov, Dilobar Ro'ziyeva. O'zbekiston sanoatidagi tarkibiy o'zgarishlar. Monografiya. Available at: https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/329 [Structural changes in the industry of Uzbekistan]. Monograph, Tashkent, TSUE, 2019.

17. Murtazayev I., "Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirish sharoitida mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o'zgarishlar". [Changes in the socio-economic development of the regions in the context of structural changes in the economy]. Economics and finance, no. 6, 2011, pp. 22-29. Available at: https://cyberleninka.ru/article/n/i-tisodiyotda-tarkibiy-zgartirishlarni-amalga-oshirish-sharoitida-minta-alarning-izhtimoiy-i-tisodiy-rivozh-lanishidagi -zgarishlar

18. Yadgarov A.A., Saidkarimova S.S. "Real sector tarmoqlari rivojlanishida tarkibiy o'zgarishlar". Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. [Structural changes in the development of real sector networks]. Economics and innovative technologies, no. 4, 2019. Available at: https:// tsue. scienceweb .uz/index. php/archive/article/view/1104

19. Toshmatov Sh.A., O'zbekiston xalqaro obligatsiyalarining jahon moliyaviy bozorlarida joylashtirilishi: risk va prognozlar. [Placement of Uzbekistan international bonds in world financial markets: risks and forecasts]. Available at: https://review.uz/uz/post/zbekiston-xalaro-obligatsiyalarining-jaon-moliyaviy-bozorlarida-joylashtirilishi-risk-va-prognozlar

20. Rasmiy sayti ma'lumotlari [Information from the official website]. Available at: https:// review.uz/oz/post/obzor-centra-ekonomicheskix-issledovaniy-i-reform-razvitie-cifrovoy-ekonomiki-v-uzbekistane-za-chetre-goda/

21. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy sayti ma'lumotlari. [Data from the official website of the State Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan]. Available at: www.stat.uz/.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.